JONLI EFIR
Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tyapti.
Barchangizni ushbu kechaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishga chorlaymiz. Havolaga kiring.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://fb.watch/wrONaGAGWn/
Jarayon
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoirlar - Xumoyun Akbarov, Islomjon Quchqorov talabalar bilan suhbatlashdi. Adiblar o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdi. Yoshlar shoir va yozuvchi asarlaridan namunalar aytib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.
loyiha asosida “Kitobxonlik”, “Zakovat” o‘yinlari o‘tkazildi. Ijodkorlar universitet kutubxonasi bilan tanishib, mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi.
TURKSOY MADHIYASI
Zamin titrar botirlaring urhosidan.
Bir sas kelur qo‘hna Talas daryosidan,
Ey, turkiy deb atalgan mard elatlarim,
Najot topgandir siz Islom ziyosidan.
Tinchlik deya kelgan azal Turksoyimsan,
Ko‘kda Oyu Kundek go‘zal Turksoyimsan.
Ezgulig-u farovonlikni ko‘zlagan,
Madhi mudom sheʼru g‘azal Turksoyimsan!
Sen turkimsan, turкmanimsan, o‘zbegimsan,
Ozarimsan, qardosh qozoq-qirg‘izimsan.
Orzularning nurli-nurli osmonida -
Porlab turgan Cho‘lponim, tong yulduzimsan.
Biz birlashsak, biznikidek kuch bo‘lmagay,
Yo‘limizda xoru xaslar duch kelmagay.
Quyosh qadar yuksalgaymiz, Inshoolloh,
Dilda orzu-umidlar hech puch bo‘lmagay.
Qutlug‘ bo‘lsin, bu kun sening nuri yoshing,
Porlayversin mudom porloq вaxt quyoshing.
Qalqib turgan tahlikali bu dunyoda,
Ey Turksoyim, mangu omon bo‘lsin boshing!
Zikrilla Neʼmat
#atama
NOVELLA
Novella janri Uygʻonish davrida vujudga kelgan va oʻz nomini italyancha “novella” – “yangilik” soʻzidan olgan. XIII asrda xalq ertaklari, masallar va oʻrta asr latifalari asosida yaratilgan hikoyalar shu nom bilan atalgan. 1290-yillarda “Novellino” yoki “Yuz qadimiy novella” deb nomlangan nomaʼlum muallifning italyancha qisqa hikoyalar toʻplami paydo boʻlgan.
YODI QALBIMIZDA YASHAYDI
O‘zbek adabiyotida va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, atoqli adib, mohir tarjimon, taniqli adabiyotshunos Mahkam Mahmudov bugun – 2024-yilning 13-dekabr kuni 84 yoshida olamdan o‘tdi.
Mahkam Mahmudov 1940-yil 5-dekabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. 1947-1957-yillarda Andijon shahrida Muqimiy nomidagi maktabda taʼlim olgach, 1957-1962-yillarda Toshkent Davlat universitetida o‘qigan. U 60-yillardan to shu kungacha gazeta va jurnal tahririyatlari hamda nashriyotlarda ishlab keldi.
Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham o‘tib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qildi. Uning “Bibixonim”, «Shohlar malikasi», «Movarounnahr yulduzi», «Sulton Mahmud G‘aznaviy», «Boysung‘ur ibn Shohruh», «Imom Zayniddin G‘azzoliy» kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan bo‘lsa, «Men – men emasman», «Teskari ko‘zlar sayyorasi», «Sirli qasr», «Mangu kuy izlab» singari asarlari esa fantastik janrda yozilgan.
Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qildi. Uning «Talant va ijod falsafasi» (1976), «Abadiyat lahzalari» (1981), «Hayrat va tafakkur» (1992) kabi asarlari adabiy va ilmiy jamoatchilik eʼtiboriga tushgan.
U filologiya fanlari nomzodi sifatida Mannon Uyg‘ur nomidagi Sanʼat instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida o‘zbek va chet el adabiyoti kurslaridan maʼruzalar o‘qigan.
Mahkam Mahmudov tarjimon sifatida ham qalam tebratib, Aristotelning “Poyetika” risolasini, Balzakning «Sag‘ri teri tilsimi» romanini, Andersen ertaklari, Stefan Sveygning «Kuygan ko‘ngil faryodi» novellalar to‘plami (O‘tkir Hoshimov bilan)ni, Oskar Uayldning «Yulduzdan tushgan bola», «Sadoqatli do‘st» hikoyalari va boshqa bir qancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun Mahkam Mahmudovga «El-yurt hurmati» (1998) ordeni va «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni (2022) bilan munosib taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza namozi Yangi hayot tumani Choshtepa ko‘chasi “Sadr ota” masjidida asr namozi vaqtida o‘qiladi. Mo‘ljal: metroning “Choshtepa” metro bekatidan 300 metr o‘tganda.
Atoqli adib, zahmatkash tarjimon va olim ustoz Mahkam Mahmudovning yorqin xotirasi qalbimizda yashaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Quyida adib yashagan uy manzili va joylashuvini havola qilyapmiz.
Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasi 230-uy. Mo‘ljal: O‘zgarish — Zangiota yo‘li yoqasida, metroning "Choshtepa" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ma‘rifat ulashib
Ayni paytda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Ma‘rifat ulashib" loyihasining birinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab, elimiz suygan shoir-yozuvchilar Muhammad Ali, Humoyun Akbar va Islomjon Qo‘chqorov institut birinchi prorektori Zarifa Muminova hamda rektor maslahatchisi Davlat Jumayev bilan uchrashib, samimiy suhbat olib borishdi.
Davra uchrashuvlari davom etmoqda.
Yangi kitob
Hazrati ishq
Ota yurt,
xizmatingga
qodir bo‘lib borarman.
Go‘ro‘g‘lixon,
Alpomish
botir bo‘lib borarman.
Shiriq kabi hiylagar,
mohir bo‘lib borarman,
layli ko‘zlaring haqqi,
tohir bo‘lib borarman.
Borarman Kubro bo‘lib,
hofizi tug‘ro bo‘lib.
Temurxon bobo bo‘lib,
Bobur bo‘lib borarman.
Yov boshiga xarsangday
og‘ir bo‘lib borarman.
Yo vatan deb,
yo haq deb,
zokir bo‘lib borarman.
Vatanni sevmoq, magar,
iymondan demasmilar;
Haq qoshiga men nechuk
kofir bo‘lib borarman?!
Sheʼrida aytilganiday, Mansur Jumayev Vataniga chin oshiq edi.
Chin shoirning dini Ishq, mazhabi Ishqdir.
Chin sheʼrda Ishq kuylanadi.
Shoir Mansur Jumayevning “Hazrati ishq”i ayni shu azaliy
va abadiy tuyg‘uni tarannum etadi.
Bu kitobni o‘qib ko‘nglingiz Muhabbatga to‘lishidan umidvormiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Mansur Jumayevning ushbu kitobi “Chig‘anoq” loyihasi doirasida “Mikrokreditbank” homiyligida “Ijod nashr” nashriyotida chop etildi.
Loyiha rahbari: Orif Bo‘tayev
Tahrir hayʼati raisi: Ikrom Jumaniyozov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘ZBEKISTON
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda.
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo,
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston —
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish,
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan-kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi har bir daraxtda.
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim xumordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan,
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir.
Bu shundayin ajib diyordir.
Dalasida o‘smas tikonlar,
Cho‘llarida chopmas ilonlar,
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o‘tsa qurimas zoti.
Chanqov qolib yo‘lovchi o‘lmas,
Har burchakda boshkesar bo‘lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum,
Go‘daklarni yutmas och o‘lim.
Odamga baxt va tole yordir —
Bu shundayin ajib diyordir.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol.
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir,
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi.
Kuychilari o‘qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla.
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon —
Bu shundayin ajib diyordir.
Buning qiziq hikmati bordir.
Har go‘shada suyangan tog‘i,
Gurjistonda sevgan o‘rtog‘i,
Unga husn va iftixordir.
Uzoq Sharqda qo‘shini bordir,
Shuning uchun tinchdir ul ko‘ngul.
Shuning uchun osoyishdir ul.
Shuning uchun somonda yotmas,
Shuning uchun sovuqda qotmas.
Yovlariga osmon tutundir,
Shuning uchun bag‘ri butundir,
Shuning uchun yopinmagay xas,
Shuning uchun kiyinar atlas.
Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin og‘aynilari,
Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.
Doim bo‘lsin davlati omon,
Shunday bo‘lsin bu butun jahon.
Shaftoluzor bog‘larni ko‘rdim,
Gul ko‘kargan tog‘larni ko‘rdim,
Mehr qo‘yib o‘pgan sari oq,
Oppoq bo‘ldi bu, aziz tuproq.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Hamid Olimjon
12-dekabr kuni tavallud topgan adiblar:
Naim Karimov – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;
Chingiz Aytmatov – Qirg‘iziston xalq yozuvchisi;
Hamid Olimjon – shoir, dramaturg;
Suvon Meli - adabiyotshunos olim;
Nizom Komil - tarjimon;
Alisher Ibodinov - yozuvchi;
Husan Ermatov - jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Botir Ergashev - shoir
📌Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Muhtarama Ulugʻova, Oʻktam Mirzayorov, Gulnoz Sattarovalar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtti.
✔️Ushrashuvda adiblar oʻzlarining ijod yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻz yurutdilar va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan ushbu adiblar qalamiga mansub sherlarga bastalangan qoʻshiqlar ijrosidan baxramand boʻldilar.
❇️Bundan tashqari Uchtepa tumanida joylashgan 229-62-maktablarda, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida adiblar bilan koʻchatlar ekildi, Zakovat intellektual oʻyinlari oʻtkazildi, maktablar kutubxonalariga tashrif buyurilib kutubxonalardagi kitoblar koʻzdan kechirildi va adiblar oʻz qalamlariga mansub kitoblardan sovgʻalar ulashishdi.
🏛️ /channel/UzDK_manaviyat
Qish
Hurmatim ko‘p baland senga, qish,
Sendan boshqa fasllar xato.
Oppoq momiq mehringga olqish,
Mening qadrdonim, qahraton.
Qahringga hech yo‘qdir eʼtiroz,
Izillaysan mensiz qisinib.
Faqat... sirtda kutib tur bir oz,
Bahorgacha olay isinib.
Matnazar Abdulhakim
"O‘zbekiston” radiokanalining “O‘zbek nasri” eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib Jo‘ra Fozilning “Muhabbatning Yaldo tuni” hikoyasi efirga uzatildi.
Ushbu ovozli yozuvni eʼtiboringizga havola etamiz.
Prezident nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda o‘qishi naqadar muhim ekani haqida
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘QUVCHILAR SHE‘RIYAT POSBONLARINI LOL QOLDIRDI
"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida shoirlar - Amir Xudoyberdi va Alisher Boymurodov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 55-,100-maktabda yoshlar bilan uchrashdi.
Ilmsevar va ijodkor ahliga doim qalbini poyondoz qilgan maktab o‘quvchilari ham she‘riyat posbonlarini iqtidori bilan lol qoldirdi. Biri o‘z ijodi bilan, biri adiblarning asarlarini qoyilmaqom ijro qilishi, raqsi bilan, yana biri ashulasi bilan mehmonlarda o‘chmas taassurot qoldirdi.
Loyiha asosida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ezgu an‘anaga ko‘ra, shoirlar maktablarda ko‘chat o‘tqazishdi.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
BILDIRISH
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Mahkam Mahmudovning janozasi asr namozidan so‘ng Yangi hayot tumani Choshtepa ko‘chasi "Sadr ota" masjidida o‘qiladi.
Marhum soat 14:20da Choshtepa ko‘chasi 230-uydan ko‘tariladi. Mo‘ljal: O‘zgarish — Zangiota yo‘li yoqasida, metroning “Choshtepa” bekati.
Uy joylashuvi ilova qilinadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘z vaqtida Halima Xudoyberdiyeva qatori ko‘plab isteʼdodli ijodkorlarga ustozlik qilgan O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon Sirdaryoning fidoyi farzandi, haqiqiy kuychisi edi.
Nafaqat Sirdaryoda, balki butun mamlakatimizda bu ajoyib insonning nomini eshitmagan odam, uning dilbar sheʼrlari va qo‘shiqlari kirib bormagan xonadon yo‘q, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Bu ulkan ijodkorning adabiy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy olamini yuksaltirish uchun Mirzaobod tumanidagi To‘ra Sulaymon yashab ijod qilgan xonadonda shoirning uy-muzeyini tashkil qilsak, el-yurtimiz, adabiy jamoatchiligimiz bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman”.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
"Ma'rifat ulashib" davom etyapti
Ushbu loyiha bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yosh avlod qalbiga yetkazishda muhim o'rin tutmoqda.
Atoqli ijodkorlar — adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov, shoir va adiblar Axtamquli va Nabi Jaloliddin “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan qizg‘in ijodiy muloqot o‘tkazdi. Tadbir tumanlardagi maktablarda davom etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
HAMID OLIMJON XOTIRASIGA
O‘rik gullaganmish kechagi tunda,
Bahor mujdasi bu, yayragin, ey jon.
Yillar o‘tar ekan, bugungi kunda
Oltmishga kiribsiz, ustoz Olimjon.
Bir yonda Hulkar bu, bir yon Omon bu,
Bir yon shoiramiz — mashhuri olam.
Sizning tegrangizda ahli zamon bu,
Sizning tegrangizda do‘stlar bo‘lmish jam.
Barhayot Oybek bu — qutlaydi mamnun,
Qutlar G‘afur G‘ulom — dongdor zamondosh.
Sizni qutlayotir do‘st-yorlar bukun,
Qutlar O‘zbekiston — mag‘rur egib bosh.
Yetimtov bag‘ridan chiqqan navqiron,
Siz bu — sheʼrimizning eng jarang sasi.
Sizning satringizda qurmish oshyon
Uchirma qush kabi sheʼr ilohasi.
Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo
Shabnamday maʼsumu ko‘klam kabi yosh.
Axir qancha qadim bo‘lmasin dunyo
Bag‘rida nur borki. qarimas quyosh.
Hayot bo‘lsaydingiz turardingiz shod
Ulkan shu davraning eng o‘rtasida,
Tiriklik shaʼnini ulug‘lab kushod
Doston insho etib, bitib qasida.
Hayot bo‘lsaydingiz har salqich sahar
Oshko buloqlarga quyardingiz lab.
Yurardingiz elda aziz, moʻtabar,
Sonsiz shogirdlarning manglayin silab.
Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat,
Samandar misoli o‘lim bilmas jon.
Minnatdor yurt sizni qutlaydi faqat,
Kutlug‘ bu ayyomda, ustoz Olimjon.
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir,
Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.
Tole yulduzining qutlug‘ ziyosi
Saodat burjida balqqay, zamon bu.
Qadim bir diyor bu — yo‘qdir qiyosi,
Ajib bir bo‘ston bu — O‘zbekiston bu.
Ustoz, sozga solay boqiy hayotni,
Boqiy sheʼr qoshida bosh egay bir on.
Shodlik va baxtini kuylagan zotni
Shodlik bilan eslar odatda zamon.
1970
Abdulla Oripov
@abdullaorifijodi
Faqat milliy, xalqona taʼlim-tarbiya bilan maʼnaviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.
***
Odamlar har xil tillarda gaplashadilar. Biroq, faqat bitta tilda – yurak deb atalmish zabonda sevgi izhor qiladilar, quvonadilar, sog‘inadilar.
Chingiz Aytmatov
Taklifnoma
Yozuvchilar uyushmasida 13-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu kechaga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
XAYOLIMDA BO‘LDING UZUN KUN…
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
Ma'rifat ulashib: talaba-yoshlar bilan Ijodkorlar uchrashuvi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Feruza Qurbonova ochib, mehmonlarni talabalarga tanishtirib oʻtdi.
Loyihaning maqsadi yoshlarni badiiy savodxonlikka, ma’naviyatga va vatanparvarlikka rag‘batlantirishdir.
Adiblar uchrashuv davomida talabalarga ijodiy faoliyatlari, vatanparvarlik, ilm olish va kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirdi.
#ma'rifat_ulashib
Qarshi shahridagi 7-umumta’lim maktabida respublika miqyosida davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida "Men o‘zimdan boshqa bo‘lib yasholmayman..." deb nomlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir Minhojiddin Mirzo o‘z ijodiy faoliyati hamda vohamiz adabiy muhitidagi ijodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi va yangi she’rlaridan o‘qib berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti prorektori Oybek Kuziyev hamda maktab jamoasi, o'quvchilar-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlagan badiiy kompazitsion sahna chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#iqtibos
“Hamma narsa yozib boʻlingan degan ishonch ijodkorni barbod qiladi...”
Borxes
“Al-Muhtasimga yaqinlashuv”
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Oygul Suyundiqova: Men tabiat bilan o‘y surdim (+video)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, o‘ziga xos ovozga ega dilbar shoira Oygul Suyundiqova 1957-yil 17-sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Oygul opa Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qigan.
https://uza.uz/oz/posts/oygul-suyundiqova-men-tabiat-bilan-oy-surdim-video_662555
Batafsil: https://uza.uz/posts/662554