HAMID OLIMJON XOTIRASIGA
O‘rik gullaganmish kechagi tunda,
Bahor mujdasi bu, yayragin, ey jon.
Yillar o‘tar ekan, bugungi kunda
Oltmishga kiribsiz, ustoz Olimjon.
Bir yonda Hulkar bu, bir yon Omon bu,
Bir yon shoiramiz — mashhuri olam.
Sizning tegrangizda ahli zamon bu,
Sizning tegrangizda do‘stlar bo‘lmish jam.
Barhayot Oybek bu — qutlaydi mamnun,
Qutlar G‘afur G‘ulom — dongdor zamondosh.
Sizni qutlayotir do‘st-yorlar bukun,
Qutlar O‘zbekiston — mag‘rur egib bosh.
Yetimtov bag‘ridan chiqqan navqiron,
Siz bu — sheʼrimizning eng jarang sasi.
Sizning satringizda qurmish oshyon
Uchirma qush kabi sheʼr ilohasi.
Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo
Shabnamday maʼsumu ko‘klam kabi yosh.
Axir qancha qadim bo‘lmasin dunyo
Bag‘rida nur borki. qarimas quyosh.
Hayot bo‘lsaydingiz turardingiz shod
Ulkan shu davraning eng o‘rtasida,
Tiriklik shaʼnini ulug‘lab kushod
Doston insho etib, bitib qasida.
Hayot bo‘lsaydingiz har salqich sahar
Oshko buloqlarga quyardingiz lab.
Yurardingiz elda aziz, moʻtabar,
Sonsiz shogirdlarning manglayin silab.
Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat,
Samandar misoli o‘lim bilmas jon.
Minnatdor yurt sizni qutlaydi faqat,
Kutlug‘ bu ayyomda, ustoz Olimjon.
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir,
Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.
Tole yulduzining qutlug‘ ziyosi
Saodat burjida balqqay, zamon bu.
Qadim bir diyor bu — yo‘qdir qiyosi,
Ajib bir bo‘ston bu — O‘zbekiston bu.
Ustoz, sozga solay boqiy hayotni,
Boqiy sheʼr qoshida bosh egay bir on.
Shodlik va baxtini kuylagan zotni
Shodlik bilan eslar odatda zamon.
1970
Abdulla Oripov
@abdullaorifijodi
Faqat milliy, xalqona taʼlim-tarbiya bilan maʼnaviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.
***
Odamlar har xil tillarda gaplashadilar. Biroq, faqat bitta tilda – yurak deb atalmish zabonda sevgi izhor qiladilar, quvonadilar, sog‘inadilar.
Chingiz Aytmatov
Taklifnoma
Yozuvchilar uyushmasida 13-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu kechaga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
XAYOLIMDA BO‘LDING UZUN KUN…
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
Ma'rifat ulashib: talaba-yoshlar bilan Ijodkorlar uchrashuvi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdujabbor Obidov hamda Abdulla Ayizovlar talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Feruza Qurbonova ochib, mehmonlarni talabalarga tanishtirib oʻtdi.
Loyihaning maqsadi yoshlarni badiiy savodxonlikka, ma’naviyatga va vatanparvarlikka rag‘batlantirishdir.
Adiblar uchrashuv davomida talabalarga ijodiy faoliyatlari, vatanparvarlik, ilm olish va kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirdi.
#ma'rifat_ulashib
Qarshi shahridagi 7-umumta’lim maktabida respublika miqyosida davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida "Men o‘zimdan boshqa bo‘lib yasholmayman..." deb nomlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir Minhojiddin Mirzo o‘z ijodiy faoliyati hamda vohamiz adabiy muhitidagi ijodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi va yangi she’rlaridan o‘qib berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, Qarshi davlat universiteti prorektori Oybek Kuziyev hamda maktab jamoasi, o'quvchilar-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlagan badiiy kompazitsion sahna chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#iqtibos
“Hamma narsa yozib boʻlingan degan ishonch ijodkorni barbod qiladi...”
Borxes
“Al-Muhtasimga yaqinlashuv”
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Oygul Suyundiqova: Men tabiat bilan o‘y surdim (+video)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, o‘ziga xos ovozga ega dilbar shoira Oygul Suyundiqova 1957-yil 17-sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Oygul opa Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qigan.
https://uza.uz/oz/posts/oygul-suyundiqova-men-tabiat-bilan-oy-surdim-video_662555
Batafsil: https://uza.uz/posts/662554
Yangi kitob
OSMON YERGA YAQIN
Inson hayoti turli sinovlar, mashaqqatlardan iborat. Uning umr yo‘li goh oq, goho qora so‘qmoqlardan o‘tadi. Bu yo‘lda faqatgina qanoat, sabr-matonat, halollik bilan olg‘a intilgan insonlargagina pirovardida chinakam baxt, saodat nasib etadi. Mazkur kitobda ham ana shunday metin irodali, zabardast, hayot tashvishlari, qismatning og‘ir zarbalariga dosh berib, ulug‘ maqsad sari intilgan kishilar hayoti tasvirlangan. Kitob mutolaasida muallif qalamga olgan insonlarning ibratli hayoti, taqdiri sizni befarq qoldirmaydi, aziz kitobxon.
Ushbu kitob “Chig‘anoq” loyihasi doirasida “Mikrokreditbank” homiyligida “Ijod nashr” nashriyotida chop etildi.
Loyiha rahbari: Orif Bo‘tayev
Tahrir hayʼati raisi: Ikrom Jumaniyozov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
#11dec #uzbekiston24
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan bo‘lbi o‘tgan tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
#kitobxonlik_maktabi
✨ «Fayzul-furqon» kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bugun «Kitobxonlik maktabi» loyihasining 139-sonida Mirzo Kenjabek domla tomonlaridan tarjima qilingan «Fayzul-furqon» kitobining taqdimoti oʻtkazildi.
✔️ Tadbirga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro boʻlim yetakchi mutaxassisi Abduhakim domla Oripov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Gʻayrat Majidov, Oʻzbekiston xalq maorif aʼlochisi Rustam Qurbonovlar mehmon sifatida tashrif buyuradilar.
Taqdimot avvalida mehmonlar yangi kitob haqida soʻz soʻzlab, tarjimonni bu goʻzal ish bilan muborakbod etdilar.
🎉 Soʻng loyihamizning anʼanasiga muvofiq savol-javob oʻtkazildi. Eʼtiborlisi savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga «Fayzul-furqon» kitobi hadya qilindi.
Savol-javob oʻtkazilgandan keyin soʻz Mirzo Kenjabek domlaga berildi. Ustoz qisqa, ammo sermazmun nutqlari, soʻzlarining oxirida aytib bergan goʻzal sheʼrlari bilan tinglovchilarning qalbiga suruur olib kirdilar.
Tadbir soʻnggida «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan soʻz soʻzlagan mehmonlarga va Mirzo Kenjabek domlaga esdalik hadyalar topshirildi.
🤲 Taqdimot Qurʼoni Karim tilovati va xayrli duolar bilan yakunlandi.
Siz tadbirda ishtirok etdingizmi? Taqdimot haqida fikrlaringizni izohda qoldiring. 😊
▶️ Suhbatni tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/36MCilJX8vI?si=gb9h_Ek8pod7SMyL
@hilolnashr
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilingan kun
Antonina Iplina
MADHIYAM
G‘ururli, ulug‘vor bu millat –
Xalq ruhi bir-la hur mamlakat
Qudratin aylagan yalakat
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Ozod ruh, ozod so‘z – ashula,
Eng ulug‘, eng aziz ashula,
Jonimdan ham laziz ashula,
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Sof o‘zbek tilida yangragay,
Bir bayroq ostiga chorlagay,
Yurtimning baxtidek porlagay
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
O‘zligim, g‘ururim, orimsan,
Vatanim – onamsan, yorimsan,
Mangusan, abadiy borimsan,
Madhiyam, madhiyam, madhiyam.
Rus tilidan Rustam Musurmon tarjimasi
Ma‘rifat ulashib
Ayni paytda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Ma‘rifat ulashib" loyihasining birinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab, elimiz suygan shoir-yozuvchilar Muhammad Ali, Humoyun Akbar va Islomjon Qo‘chqorov institut birinchi prorektori Zarifa Muminova hamda rektor maslahatchisi Davlat Jumayev bilan uchrashib, samimiy suhbat olib borishdi.
Davra uchrashuvlari davom etmoqda.
Yangi kitob
Hazrati ishq
Ota yurt,
xizmatingga
qodir bo‘lib borarman.
Go‘ro‘g‘lixon,
Alpomish
botir bo‘lib borarman.
Shiriq kabi hiylagar,
mohir bo‘lib borarman,
layli ko‘zlaring haqqi,
tohir bo‘lib borarman.
Borarman Kubro bo‘lib,
hofizi tug‘ro bo‘lib.
Temurxon bobo bo‘lib,
Bobur bo‘lib borarman.
Yov boshiga xarsangday
og‘ir bo‘lib borarman.
Yo vatan deb,
yo haq deb,
zokir bo‘lib borarman.
Vatanni sevmoq, magar,
iymondan demasmilar;
Haq qoshiga men nechuk
kofir bo‘lib borarman?!
Sheʼrida aytilganiday, Mansur Jumayev Vataniga chin oshiq edi.
Chin shoirning dini Ishq, mazhabi Ishqdir.
Chin sheʼrda Ishq kuylanadi.
Shoir Mansur Jumayevning “Hazrati ishq”i ayni shu azaliy
va abadiy tuyg‘uni tarannum etadi.
Bu kitobni o‘qib ko‘nglingiz Muhabbatga to‘lishidan umidvormiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Mansur Jumayevning ushbu kitobi “Chig‘anoq” loyihasi doirasida “Mikrokreditbank” homiyligida “Ijod nashr” nashriyotida chop etildi.
Loyiha rahbari: Orif Bo‘tayev
Tahrir hayʼati raisi: Ikrom Jumaniyozov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘ZBEKISTON
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda.
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo,
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston —
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish,
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan-kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi har bir daraxtda.
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim xumordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan,
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir.
Bu shundayin ajib diyordir.
Dalasida o‘smas tikonlar,
Cho‘llarida chopmas ilonlar,
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o‘tsa qurimas zoti.
Chanqov qolib yo‘lovchi o‘lmas,
Har burchakda boshkesar bo‘lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum,
Go‘daklarni yutmas och o‘lim.
Odamga baxt va tole yordir —
Bu shundayin ajib diyordir.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol.
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir,
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi.
Kuychilari o‘qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla.
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon —
Bu shundayin ajib diyordir.
Buning qiziq hikmati bordir.
Har go‘shada suyangan tog‘i,
Gurjistonda sevgan o‘rtog‘i,
Unga husn va iftixordir.
Uzoq Sharqda qo‘shini bordir,
Shuning uchun tinchdir ul ko‘ngul.
Shuning uchun osoyishdir ul.
Shuning uchun somonda yotmas,
Shuning uchun sovuqda qotmas.
Yovlariga osmon tutundir,
Shuning uchun bag‘ri butundir,
Shuning uchun yopinmagay xas,
Shuning uchun kiyinar atlas.
Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin og‘aynilari,
Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.
Doim bo‘lsin davlati omon,
Shunday bo‘lsin bu butun jahon.
Shaftoluzor bog‘larni ko‘rdim,
Gul ko‘kargan tog‘larni ko‘rdim,
Mehr qo‘yib o‘pgan sari oq,
Oppoq bo‘ldi bu, aziz tuproq.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Hamid Olimjon
12-dekabr kuni tavallud topgan adiblar:
Naim Karimov – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;
Chingiz Aytmatov – Qirg‘iziston xalq yozuvchisi;
Hamid Olimjon – shoir, dramaturg;
Suvon Meli - adabiyotshunos olim;
Nizom Komil - tarjimon;
Alisher Ibodinov - yozuvchi;
Husan Ermatov - jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Botir Ergashev - shoir
📌Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Muhtarama Ulugʻova, Oʻktam Mirzayorov, Gulnoz Sattarovalar bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtti.
✔️Ushrashuvda adiblar oʻzlarining ijod yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻz yurutdilar va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan ushbu adiblar qalamiga mansub sherlarga bastalangan qoʻshiqlar ijrosidan baxramand boʻldilar.
❇️Bundan tashqari Uchtepa tumanida joylashgan 229-62-maktablarda, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida adiblar bilan koʻchatlar ekildi, Zakovat intellektual oʻyinlari oʻtkazildi, maktablar kutubxonalariga tashrif buyurilib kutubxonalardagi kitoblar koʻzdan kechirildi va adiblar oʻz qalamlariga mansub kitoblardan sovgʻalar ulashishdi.
🏛️ /channel/UzDK_manaviyat
Qish
Hurmatim ko‘p baland senga, qish,
Sendan boshqa fasllar xato.
Oppoq momiq mehringga olqish,
Mening qadrdonim, qahraton.
Qahringga hech yo‘qdir eʼtiroz,
Izillaysan mensiz qisinib.
Faqat... sirtda kutib tur bir oz,
Bahorgacha olay isinib.
Matnazar Abdulhakim
"O‘zbekiston” radiokanalining “O‘zbek nasri” eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib Jo‘ra Fozilning “Muhabbatning Yaldo tuni” hikoyasi efirga uzatildi.
Ushbu ovozli yozuvni eʼtiboringizga havola etamiz.
SHOIRGA
Bilolmadim, egallagansan
Koinotning qaysi joyini.
Yolg‘izsan, xayoling parishon,
Ko‘p ichmagin uzlat mayini.
Gapirdingmi samoga qarab,
Men ham seni tinglashga shayman.
Qolar bo‘lsa sheʼrda qolsin so‘z,
Aslo yerda qolmasin deyman.
Aytgin, shoir, qaysi olamda
Yangramoqda ovozing bekam.
Shu dunyoga kelgan bo‘lsang gar,
Borligingni bilayin men ham.
Shodi OTAMUROD
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivali efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
«Sharq yulduzi» jurnalining 2024-yildagi 9-soni nashrdan chiqdi. Mundarija bilan tanishing.
Читать полностью…11-dekabr – shoir Chori Avaz tavallud topgan kun
KUZ ERTASI
Tong yeli badanga o‘rmalar,
Vujudim bir shirin junjikar.
Men kutib turibman quyoshni,
Qizarib bormoqda kunchiqar.
Kun nafis va iliq kafti-la
Sap-sariq barglarni silaydi.
Yel ko‘zim o‘ngida o‘zini
Oftobning rangiga belaydi.
Tabiat qaytadan jonlanar,
Lahzalar ardoqli kechadi.
Ufkqa termulgan tiriklik
Quyoshni - olovni ichadi.
Ko‘ksimda umidlar yonmoqda,
Ketayapti yuragim gupirib.
Nigohim bilanmi quyoshni
Olganday ufqdan sug‘urib.
IJODKOR VA TALABALAR UCHRASHUVI
Xabaringiz bor, mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlariga kitobxonlik madaniyatini singdirish, ularning badiiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu kabi xayrli tashabbuslar yosh avlodni ongini ma’naviy jihatdan boyitmoqda.
Mazkur loyiha doirasida bugun, 10-dekabr kuni Osiyo texnologiyalar universitetida taniqli ijodkor Minhojiddin Mirzo mehmon bo‘ldi. Uchrashuv davomida adib tomonidan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi. Yoshlar bilan ochiq suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o'rni naqadar beqiyos ekani ta'kidlab o'tildi.
Qizg‘in va samimiy o'tgan uchrashuvda ijodkor talabalarga eng sara she’rlaridan o‘qidi. Shuningdek, adib she'rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar yangradi.
Abdulla Oripov 1992-yil Xl sessiyada madhiya matnini o‘zi o‘qib bergan arxiv videoni hukmingizga havola etamiz.
Читать полностью…