❗️
Erkin Vohidov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Shunday dargohlardan biri – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz.
✍️ Shahlo SAFAROVA
✍️ Gulyora HOSHIMJONOVA
✍️ Doniyorbek OLIMOV
✍️ Mohlaroy TO’LQINOVA
✍️ Muhammadyusufxon UBAYDULLAYEV
✍️ Mehriniso OLIMOVA
✍️ Shodiyona JO’RABOYEVA
✍️ Mushtariybonu SULAYMONOVA
✍️ Dilyorbek MUHAMMADQOSIMOV
✍️ Farangiz DAVLATOVA
✍️ Ikromjon ABDUSATTOROV
✍️ Gulsevar QOSIMOVA
✍️ Nodira AKBARALIYEVA
✍️ Laylo AMINJONOVA
✍️ Tasanno ABDUVAHOBOVA
📱 Batafsil: jadid.uz/erkin-vohidov-izdoshlari
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
➖ Nazokat USMONOVA:
“Adabiy diydorlashuv”
➖ Abdushukur HAMZAYEV:
“Omonatga xiyonat kechirilmaydi”
➖ Xurram RAHIMOV:
“Ikki poytaxtning yakdil xabarnomasi”
➖ Farhod QURBONBOYEV:
“Ma’naviy ekspertiza – qonun talabi”
➖ Malik BOY MUHAMMAD:
“Muzey ochgan otaxon”
➖ Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”
➖ Halima AHMEDOVA:
“Kuzgi olmalarning nafasi o‘tkir”
➖ Ozod MO‘MIN XO‘JA:
“Cho‘lpon bilan uchrashuv”
➖ Muhammadqosim OLIMOV:
“Qat’iyat va jasorat sohibi”
➖ Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Boburnoma” Dante diyorida”
➖ Ro‘zimboy HASAN:
“Kitobsiz uy”
➖ N.HABIBULLAYEVA:
“She’riyatga oshno matematik”
➖ Asqar JO‘MASHEV, Sabit NURJANOV:
“Qoraqalpoq jadidi Sayfulg‘abit Majit taqdiri”
➖ FITRAT:
“Muxtoriyat – milliy laylatul qadrimiz”
➖ Nurxon ELMIRZAYEVA:
“Tuproqqa “ekilgan” ajal urug‘i”
➖ Maqsud JONIXONOV:
“Insofli yoshlar”
➖ Eshqobil SHUKUR:
“Pirog va cheburek”
Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
EʼLON
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari diqqatiga! Endilikda Adiblar xiyoboniga moshina bilan kirishni huquq-tartibot organlari xodimlari nazorat qilyapti. Uyushmaning avtoturargohiga moshina bilan kirishda yoningizda aʼzolik guvohnomangiz bo‘lishini so‘raymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ISSIQ KO‘L
Bu azim kentda sevimli adib Chingiz Aytmatovni ko‘p xotirladim, ruhi shod bo‘lsin
Tin oldimi
Bu ko‘hna gardun,
Tek turdimi azim daryolar?
So‘ylab-so‘ylab mengacha o‘tmish,
Bitmadi lek hadsiz faryodlar.
Rivoyatlar eltgan bu irmoq,
Olatovning* zabardast nasli.
Xo‘v tog‘larga oq ro‘mol yopgan,
Bulutlarning ko‘z yoshi asli.
Sutchoy eltgan manov ejening*,
Kiprigida shudringmidi shay.
Tushlarida oq kema ko‘rib,
Olislarga
boqar bolakay…
Dunyo asli anov o‘tovdir,
O‘rozqulning yuragidek tor.
Ona bug‘i ko‘zidek olam,
Beshiklari allasiga zor.
Qo‘l silkigan qirg‘oq bo‘yida,
Tarix – karaxt,
Go‘yo ko‘ru kar.
Ters bo‘lmasin ochun, deb halak,
Sohil bo‘ylab chopar olapar…
*Olatov - Qirg‘izistondagi tog‘ning nomi
*Eje- opa (qirg‘izcha)
Nargiza Asadova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Yangi kitob
SEHRLI DARAXT SHOXLARI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Adabiyot” nashriyoti tomonidan “Sehrli daraxt shoxlari” (o‘zbek she’riyati klassiklari) kitobi chop etilib, unda Alisher Navoiy, Paxlavon Mahmuddan tortib Erkin Vohidov va Abdulla Oripov kabi yurtimizning atoqli so‘z ustalari asarlarining rus tiliga o‘girilgan ijod namunalari jamlangan. Tarjimalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nikolay Ilin tomonidan amalga oshirildi, kitob muharriri Risolat Haydarova. Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun, shuningdek, faoliyati jihatidan rus tilida taqdim etilgan o‘zbek she’riyatini tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qituvchilar va adabiyotshunos olimlarga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
______________________
Новая книга
ВЕТВИ ВОЛШЕБНОГО ДЕРЕВА
Издательством «Адабиёт» при Союзе писателей Узбекистана издана книга «Ветви волшебного дерева (классики узбекской поэзии)», содержащая переводы на русский язык произведений выдающихся мастеров слова нашей страны от Алишера Навои и Пахлавана Махмуда до Эркина Вахидова и Абдуллы Арипова включительно. Переводы осуществлены членом СП Узбекистана Николаем Ильиным, редактор книги – Рисолат Хайдарова. Книга адресована как широкому кругу читателей, а также педагогам и литературоведам, чья деятельность связана с анализом узбекской поэзии в предъявлении на русском языке.
Информационная служба Союза писателей Узбекистана
"ADABIYOT" NASHRIYOTI KO‘RGAZMADA
Shu kunlarda Turkiya Ruspublikasida 21-Anqara kitob yarmarkasi bo'lib o'tyapti. Ushbu tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan nashriyotlar ishtirok etyapti. Xususan, ko‘rgazmada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Adabiyot" nashriyoti direktori Nodir Suvonov ham qatnashyapti. Nashriyotda chop etilgan bir qancha kitob yarmarkada namoyish etilyapti.
Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr kuni boshlangan ko‘rgazma 8-dekabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
1-dekabr Qoraqalpoq tili bayrami kuni. Ayyom qoraqalpoq eliga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin!
She'r muallifi: Ibroyim Yusupov
Tarjimonlar: Omon Matjon, Yangiboy Qo‘chqorov
Ijrochi: Erkin Bozorov
✅ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Turksoy" xalqaro tashkiloti tashabbusi bilan yurtimizda tashkil etilgan Turkiy tilli davlatlar xalqaro she’riyat festivali yuqori saviyada o‘tkazildi.
✅ Bu haqda" Yoshlar" radiokanalining "Salom, yoshlar" eshittirishida yoritildi.
✅ Suhbatdosh: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid.
🎤 Boshlovchi: Azizbek Alijonov
✍️ Loyiha muharriri: Gulzebo Ibrohimova
“Народное слово” gazetasining 2024-yil 30-noyabr kungi 244-sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rus adabiyoti kengashi raisi Artyom Goroxov muallifligidagi “Русскоязычная литература в Узбекистане: преемственность творческих поколений” nomli maqola chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Qoraqalpoq tilim – mening o‘z tilim
Bugun «Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan Berdaq haykali poyida gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, Qoraqalpog‘istondan kelgan mehmonlar, adabiyotshunos olimlar va keng jamoatchilik vakillari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Kechani uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo Olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbar Nodirjon Jonuzoq, Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili va folklor instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tekshirish instituti Qoraqalpoq tili bo‘limi boshlig‘i Aytmurat Alniyazov, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov va boshqalar so‘zga chiqdi.
Uyushma raisi Sirojiddin Sayyid yig‘ilganlarni 1 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda boshqa sohalar qatorida ona tilimizni asrash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr moybanida qoraqalpoq tilini yana-da boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Xususan, qoraqalpoq tilidagi yangi darsliklar bilan qo‘llanmalarning, badiiy kitoblarning nashrdan chiqarilayotgani, ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning tashkil etilayotgani, Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan ijod maktabining ochilganini qayd etish mumkin. Adiblar xiyobonida qoraqalpoq shoir va yozuvchilarining haykallarini o‘rnatilishi shular jumlasidandir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizni yana-da rivojlantirish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimiz nufuzini yana-da oshirish va ularni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin egallashi haqida taʼkidlashdi. Qoraqalpoq tili – o‘z tilimizdir, deya baralla aytishdi.
Bayram dasturi sanʼatkorlarning kuy-qo‘shiqlari, raqslar bilan davom etdi.
Zulayho Ahmadjonova
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
QUSHLAR KO‘ZIDAGI OSMON EDIM MAN
Halima Ahmad she'ri
Mihayyo Rustam qizi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
❗️
QORAQALPOQ TILIM MENING
Kengesboy KARIMOV
Amu, Orol bo‘ylarinda
Tuqqan yurtim, elim mening.
Bobomlardan meros qolgan
Qoraqalpoq tilim mening.
Kuylamasam “Alpomish”ni,
Tarqarmikin cherim mening.
Parvoz qilgan ulkan qushday
Qoraqalpoq tilim mening.
Yo‘ldosh Mirzayev — 80 yoshda
Termiz shahar Matbuot uyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Surxon oqshomlari” mushoira kechasi hamda shoir, nosir, publisist Yo‘ldosh Mirzayevning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olgan ijodkorlar - Narzulla So‘fiyev, Haydar To‘rayev, Sharofat Jalilova, Dilnoz Mushfiq, Donoxol Jumayeva adibning ijodiy faoliyatiga to‘xtaldi. Yosh ijodkorlar sheʼrlar o‘qidi. Samimiy qutlovlar izhor qilindi.
Tadbirni uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov olib bordi. Yakunda shoir Yo‘ldosh Mirzayevga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Muzaffar Qurbonov,
Yozuvchilar uyushmasi
Surxondayo viloyat bo‘limi adabiy xodimi
Jarayon
Bugun Sariosiyo tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 150 taga yaqin o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari tuhfa etildi.
Ular orasida jahon va o‘zbek adabiyoti adiblari - Gyote, Chingiz Aytmatov, Naim Karimov, Iqbol Mirzo, Tohir Malikning durdona asarlari hamda 30 ga yaqin yosh ijodkorlarning sh‘eriy to‘plamlari o‘rin olgan. Endilikda o‘quvchilar badiiy adabiyotdan yana-da ko‘proq mutolaa qilishlari mumkin.
Yangi kitob
RASUL HAMZATOV
(Tanlangan asaralar)
Taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning "Mening tog'istonim" badiasi va "Onalarni asrang" dostoni jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o'rin olgan. "Mening Dog'istonim" badiasida Vatanga muhabbat, milliy urf-odatlarga, umuminsoniy qadryatlarga hurmat, sof sevgiga sadoqat ajib rang-bo'yoqlarda tasvirlangan. Benazir shoir bu asarida xalq hikmatlari, iboralari, hikmatlaridan unumli foydalangan.
Shuningdek, kitobga zamondosh adiblarning rasul Hamzatov haqidagi e'tiroflari, shoirning "o'zim haqimda uch og'iz so'z" tarjimai holi va yosh kitobxonlarga ma'lumot berish maqsadida, tarjimonning Rasul hamzatov haqidagi maqolasi kiritildi. O'ylaymizki, ular sizning shoir haqidagi bilimlaringizni boyitadi.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Tarjimon: Asror Mo'min
Muharrir: Oydin Alauddinov
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
⏳⏳⏳⏳
2-dekabr – O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojon tavallud topgan kun
Ramz Bobojon 1921-yil Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Shoirning «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi she’riy to‘plamlari va «Saylanma»si nashr etilgan.
1987-yil O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgan.
* * *
Sevgilim!
Yodimda oʻsha tun
Oq-oppoq olmaday oymoma…
Yulduzlar yigʻilsa bir butun,
Sochilsa shoirga manzuma…
Sevgilim!
Yodimda shalola
Daryoga qoʻshilib oqqani,
Uyqudan turolmay Kamola
Uyalib,
Goʻdakday boqqani…
Sevgilim!
Yodimda oqqushlar
Toʻsh urib daryoda suzgani,
Yulduzdan toʻqilgan kumushlar
Toʻlqin-la oʻynashib oʻzgani…
Sevgilim!
Yodimda ilk bora
Sevgini tilimga olganim,
Dardingni dilimga solganim,
Na qilay, Oʻzingga havola!
Ахborot 24 | XVI Turkiy she'riyat festivali
#30nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
YOMG‘IRLAR YOG‘ADI SEN BOR SHAHARDA
Rahmat Bobojon she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qidi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Qazaqstan" telekanalida Turkiy tilli davlatlar xalqaro she'riyat bayrami haqidagi lavha e'lon qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 29-noyabr kungi soni mutolaa uchun havola qilindi. Unda Rahmat Bobojonning Turkiy tilli davlatlar xalqaro she'riyat bayrami haqidagi maqolasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📖 TAQDIMOT
🏢Bugun O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasida Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha” va “Jahon adabiyoti” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.
🎤Tadbirda muallifning o’zi, bir qancha fan akademiklari va doktorlari, ustozlar va adabiyotshunoslar qatnashdi va kitoblar haqida o’zlarining shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirib muallifni tabriklashdi.
😊Siz ham muallifga yo’llaydigan iliq tabriklar va fikrlaringizni va albatta “To’rtko’cha” romanidan olgan o’z taassurotlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
@bookuzbekistan 📚
1 dekabr – Qoraqalpoq tili kuni
QORAQALPOQ TILI
Qadim turkiy qoraqalpoq tilisan,
Keng sahroning xushnavo bulbulisan.
Haq yaratgan gulistonning eng suluv
Gulisan-ey, gulisan-ey, gulisan.
Bu diyorda xalqlar yashaydi inoq,
Jonini ham ayamas kelsa qo‘noq,
Tangri suygan qoraqalpoqning oppoq
Dilisan-ey, dilisan-ey, dilisan.
Samo o‘toviga beldov bovlagan,
Yulduzlarni oltin kabi tovlagan,
Suvdan baliq, osmondan qush ovlagan
Qo‘lisan-ey, qo‘lisan-y, qo‘lisan.
Haydar qo‘yib, ot choptirgan davronning,
Dovonlardan oshgan dono sorbonning,
Ko‘chib kelayotgan katta karvonning
Yo‘lisan-ey, yo‘lisan-ey, yo‘lisan.
Sehr bilan so‘zga sarpo kiydirgan,
Mehr bilan yigit-qizni suydirgan,
Tosh ko‘ngilni moya kabi iydirgan,
Tilisan-ey, tilisan-ey, tilisan.
Oltindan ham bebaho shu tuproqning
To‘rt tulugi say badavlat urpoqning,
Dedim, Rustam, sen ham qoraqalpoqning
Ulisan-ey, ulisan-ey, ulisan!
Rustam MUSURMON,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
To‘rt tulugi say – chorvasi, qoramoli, yilqisi va tuyalari bor boy.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.