Til – millatning faxri va g‘ururidir!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xodimlari hamkorligida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Fanlar akademiyasi xodimi, tilshunoslar hamda vazirlik va markaz mas'ullari mamlakatimizda Davlat tili borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z ma’ruzalari va ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbirda o‘zbek tili qanchalik boy va takrorlanmas ekani borasida misollar keltirildi hamda davlat tilini tarannum etuvchi video roliklar namoyish etildi.
#Jadidlar
Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir!
Abdulla Avloniy
Tanlov g‘oliblari maʼlum bo‘ldi
Til bayrami arafasida Sirdaryoda “To‘ra Sulaymon va Halima Xudoyberdiyeva sheʼrlari bilan aytiladigan qo‘shiqlarning eng yaxshi ijrochisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Mazkur tanlovda 14 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 30 nafardan ziyod professional hamda havaskor ijrochilar ishtirok etdi. Tanlov nizomiga muvofiq ishtirokchilar O‘zbekiston xalq shoirlari To‘ra Sulaymon va Halima Xudoyberdiyeva sheʼrlarini qo‘shiq qilib ijro etdilar. Eng yaxshi ijodiy ishlar hakamlar tomonidan munosib baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o‘quvchisi Laylo Sharofiddinova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi viloyat hududiy bo‘limi xonandalari Shahzoda Umarova va Nazira Raimjonova ikkinchi o‘rinni egalladi. Boyovut tumani madaniyat markazi to‘garak rahbari Maftuna Eshmirzayeva uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Viloyat musiqali drama teatrida ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ham qatnashdi va g‘oliblarga sovg‘alarni topshirdi.
Eng quvonarlisi shundaki, viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan madaniy dasturlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Prezident sovg‘asi” sifatida musiqa cholg‘ulari, sahna liboslari, texnik jihoz va uskunalar to‘plami tarqatildi.
Noriniso Qosimova,
Sirdaryo viloyat bo‘limi
Til - millat ko‘zgusi
O‘zbekistonda xalqimiz tomonidan nishonlanadigan bir-biridan ajoyib an‘analar, bayram hamda tantanalar bisyor. Mustaqil davlatimiz fuqarolari qalbiga g‘urur va surur baxsh etuvchi anashunday bayramlardan biri – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetida “Til –millat ko‘zgusi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda iqtidorli talabalar tomonidan sheʼriy chiqishlar, sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar va mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi.
"Otamning merosi - tilim, o'zingsan,
Onamning siymosi - tilim, o'zingsan".
Ona tilimizni asray olyapmizmi?
Shoir Shodi Otamurodning bu boradagi fikrlari qanday?
Bugun: 14:00
"Nurafshon tv"da ko‘ring!
OBUNA BO‘LING: NURAFSHON TV
❗️
OZODLIKKA O‘RNATILGAN HAYKAL
Nurboy JABBOROV
Furqat qanday sabablarga ko‘ra chet elga ketgan?
Jarayon
Kuni kecha Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida "INFOLIB O‘ZBEKISTON -2024 XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda shoir-yozuvchilar, harbiy qism xizmatchilari, kitobxonlar, jamoatchilik vakllari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosarlari Rustam Qobilov, Zebiniso Rahmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, uning bugungi kundagi rivoji, kitobxonlik, mutolaa zavgi, kitob ma‘naviyat ko‘zgusi ekanligi haqida gapirdi. Tadbir mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
KUZ
Kuz keldi,
Yodimga kelgan ashʼorday,
Kuz keldi so‘roqlab xotiralarni.
Bag‘rim butun edi - chalinmasdi nay,
Bugun tushunaman notalarini.
Kuz kirdi,
Ul nayning teshiklaridan,
Kuz kirdi, so‘roqlab “Cho‘li iroq”ni.
Kecha qizg‘onardim bahorni juda,
Mehmon qilolaman bugun firoqni.
Kuz tushdi,
Vaqtning zinalaridan,
Kuz tushdi, o‘ynatib sariq tillarin.
Eshitilar “chiq-chiq” - qadam tovushi,
Kuzning oyog‘idir soat millari...
Shodi OTAMUROD
Janubiy Koreyada O'zbek tili bayrami kuni va buyuk siymo tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi
Batafsil
Батафсил
Jarayon
Oriyental universitetida "Til – dil kaliti" mavzusida adabiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Shahodat Isaxonova, Zamira Ro‘ziyeva, Mahmuda Valiyeva, O‘bekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova ishtirok etdi.
Ijodkorlar talabalarga o‘zbek tilining jozibasi, boyligi, tarixiy asarlardagi milliy qadriyatlar haqida so‘zlab, o‘z sheʼrlaridan o‘qib berdi. Tadbir davomida yoshlar ham mumtoz qo‘shiqlardan ijro etdi. Mehmonlar universitet kutubxonasiga badiiy kitoblaridan tuhfa qildi.
ADABIYOT MUZEYIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi oldidagi xiyobonda, hazrat Navoiy haykali poyida o‘zbek tili bayrami o‘tkazildi. Davlat Adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu ma'rifiy tadbirda muzey jamoasi, uyushma a'zolari, tuman jamoatchiligi, yoshlar faol ishtirok etishdi.
Tadbirda tabrik-ma'ruzalar, she'r va qo‘shiqlar tinglandi. Jumladan, Adabiyot muzeyida faoliyat yuritayotgan adabiyotshunos olimlar Yusuf Tursunov, Otabek Jo'raboyev va Shahnoza Nazarova o'zbek tili tarixi va uning keng imkoniyatlari, jozibasi haqida so‘zlab, yoshlarga ilmiy-ma'rifiy ma'lumotlar berishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sitora Tojiddinova mumtoz adabiyotimiz darg‘alarining g'azallaridan o‘qib, yig‘ilganlarni bugungi bayram bilan tabrikladi. Qolaversa, kuy-qo'shiqlar, talaba-yoshlar, o'quvchilarning dil so‘zlari, samimiy tilaklari tadbirga o‘zgacha fayz qo‘shdi.
Jarayon
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil qilindi.
Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farog‘at Xudoyqulova so‘zga chiqib, ona tilining jozibasi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida bayon qildi.
❗️
“Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi...”
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, publitsist, adib Eshqobil Shukur bilan suhbat uyushtirdik.
📱 Suhbatni bugun 21.00 da JADIDmedia-ol4fc">YouTube kanalimizda tomosha qiling.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
⭐️ Сен ватанпарварсан! Сен ташаббускорсан! Сен кучлисан! Демак сен Сардорсан!
📢 Ўзбекистон болалар ташкилоти “Болалар ҳаракати” сардорлар сайловини эълон қилади!
👫 10 ёшдан 18 ёшгача бўлган ватанпарвар, ташаббускор ва кучли болалар жамоаси сафига қўшилинг.
❕ Креатив ғояларимиз ва орзу-мақсадларимизни Ўзбекистон болалар ташкилоти атрофида барпо этамиз.
Болаларда етакчилик, изланувчанлик, жасорат, меҳр-саховат ва юртни севиш каби фазилатларни ўрганишида ҳисса қўшамиз!
O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilidagi ilk O'zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
"Maxtumquli Firog‘iyning adabiy va siyosiy, falsafiy merosi" mavzusidagi ilmiy simpozium “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
#mahalla_yangiliklari
"Insonlar ma'rifati - jamiyat ravnaqi!".
🗓 16.10.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#mahalla_yangiliklari
Olam uzra jaranglasin ona tilim!
🗓 21.10.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
❗️
“Aslida ona tili emas, ona til deyishimiz kerak. Xuddi ona Vatan, ona yurt kabi”
🎤O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, publitsist, adib Eshqobil Shukur tabrigi
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Yangi kitob
RANGIN RUHUNAT
Ijod yaratish, boshqalarga o‘xshamagan fikr aytish demakdir. Ijodkor tuyg‘ularini qog‘ozga tushirar ekan, o‘quvchini ham o‘ylashga, olamga befarq qaramaslikka undaydi, uning mulohaza eshiklarini ochib yuboradi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, o‘ziga xos ovoz egasi bo‘lgan Guli Nigor qalamiga mansub sheʼrlarni o‘qib bunga yana bir bor amin bo‘lasiz. Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Vafo Fayzulloh so‘z boshi yozgan.
Ushbu kitob sheʼriyatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Nashriyot: “Akademnashr”
Muharrir: Gulrang Ubayeva
Badiiy muharrir: Bahriddin Bozorov
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
SOG‘INCH MASOFASI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ochil Tohirning “Sog‘inch masofasi” nomli kitobiga sheʼrlar, to‘rtliklar va dostonlar kirgan. To‘plam qalbga hamxonaligi, inson tafakkurini mushohadaga chorlashi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bahor epkinlari yanglig‘ uyg‘otuvchi sirli ohang va tuyg‘ularga egaligi bilan ko‘nglingizga yo‘l topadi. Har bir sheʼr so‘z qadri, qudrati va so‘zning moʻ’jizasini o‘zida mujassam etib, inson taxayyulini olis bolalikka yetaklaydi. Umr so‘qmoqlarida abadiyotning ramzi sifatida tafakkuringizga hamroh bo‘ladi.
Mazkur to‘plam zukko sheʼrxonlar qalbidan joy oladi, degan umiddamiz.
Nashriyot: “Ilm-ma‘rifat”
Muharrir: Asqarjon Samadov
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbek tilining so‘z boyligi, ifoda boyligi — juda katta xazina
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Bahor Xolbekova ijodi haqida "Adabiy gurung" ko‘rsatuvida tomosha qiling.
Читать полностью…