yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Народное слово” gazetasining 2024-yil 30-noyabr kungi 244-sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rus adabiyoti kengashi raisi Artyom Goroxov muallifligidagi “Русскоязычная литература в Узбекистане: преемственность творческих поколений” nomli maqola chop etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Madaniy hayot" ko‘rsatuvini tomosha qiling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qoraqalpoq tilim – mening o‘z tilim

Bugun «Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan Berdaq haykali poyida gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, Qoraqalpog‘istondan kelgan mehmonlar, adabiyotshunos olimlar va keng jamoatchilik vakillari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Kechani uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo Olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbar Nodirjon Jonuzoq, Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili va folklor instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tekshirish instituti Qoraqalpoq tili bo‘limi boshlig‘i Aytmurat Alniyazov, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov va boshqalar so‘zga chiqdi.
Uyushma raisi Sirojiddin Sayyid yig‘ilganlarni 1 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda boshqa sohalar qatorida ona tilimizni asrash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr moybanida qoraqalpoq tilini yana-da boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Xususan, qoraqalpoq tilidagi yangi darsliklar bilan qo‘llanmalarning, badiiy kitoblarning nashrdan chiqarilayotgani, ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning tashkil etilayotgani, Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan ijod maktabining ochilganini qayd etish mumkin. Adiblar xiyobonida qoraqalpoq shoir va yozuvchilarining haykallarini o‘rnatilishi shular jumlasidandir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizni yana-da rivojlantirish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimiz nufuzini yana-da oshirish va ularni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin egallashi haqida taʼkidlashdi. Qoraqalpoq tili – o‘z tilimizdir, deya baralla aytishdi.
   Bayram dasturi sanʼatkorlarning kuy-qo‘shiqlari, raqslar bilan davom etdi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/qoraqalpoq-tilim-qadrdon-qondosh-tilim_662305

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbiridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

QUSHLAR KO‘ZIDAGI OSMON EDIM MAN

Halima Ahmad she'ri
Mihayyo Rustam qizi o‘qigan


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Memorandum imzolandi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Turkiya Yozarlar birligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unda tashkilotlar raislari Sirojiddin Sayyid va Musa Kazim Arijan qatnashib, hujjatga imzo chekdi.
Ikki tomon uchrashuvida rahbarlar o‘z fikrlarini bildirar ekan, hamkorlik aloqasini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad, ikki xalq adabiy asarlarini o‘zbek va turk tillariga tarjima qilish, o‘zbek va turk mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini o‘quvchiga keng yetkazish, ikki xalq yozuvchi va shoirlarining adabiy hamkorligini yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanini aytishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami doirasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining uchunchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Muallif – Ahmad To'ra.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining uchunchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Muallif – Ahmad To'ra.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
VAQT BARAKASI
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur bilan suhbat

Qalb tarbiyalanadimi? Insonda hamma narsa tarbiyalanadi. Masalan, bitta narsaga e’tibor qilaman. Abdulla Qodiriyning kitobini olib shunday o‘qiyapsiz. Yoki bolangiz o‘qiyapti. Bolangiz-ku bolangiz, o‘zingiz tarbiyalanasiz o‘sha paytda.

Zarnigor BAXTIYOR qizi suhbatlashdi.

📱 Batafsil: jadid.uz/vaqt-barakasi

📱 To‘liq video:
https://youtu.be/fvvJKvwx8oY

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Fargʻona oqshomlari” koʻrsatuvi

Yosh ijodkorlarning dilbar satrlaridan bahramand boʻling!

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taqdirlar

Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Jovli Xushboq ijodiga nazar

#26nov #uzbtarixi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mahliyo Asqaraliyeva

📺 "Qaqnus"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Matonatli Maryam qissasi"

Sayyora Samandar sheʼri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami qatnashchilari ishtirokida mushoira boshlandi. Marhamat, tomosha qiling.

https://fb.watch/w7KLdn2PI_/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 29-noyabr kungi soni mutolaa uchun havola qilindi. Unda Rahmat Bobojonning Turkiy tilli davlatlar xalqaro she'riyat bayrami haqidagi maqolasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

📖 TAQDIMOT

🏢Bugun O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasida Ulug’bek Hamdamning “To’rtko’cha” va “Jahon adabiyoti” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

🎤Tadbirda muallifning o’zi, bir qancha fan akademiklari va doktorlari, ustozlar va adabiyotshunoslar qatnashdi va kitoblar haqida o’zlarining shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirib muallifni tabriklashdi.

😊Siz ham muallifga yo’llaydigan iliq tabriklar va fikrlaringizni va albatta “To’rtko’cha” romanidan olgan o’z taassurotlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

@bookuzbekistan 📚

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

1 dekabr – Qoraqalpoq tili kuni

QORAQALPOQ TILI


Qadim turkiy qoraqalpoq tilisan,
Keng sahroning xushnavo bulbulisan.
Haq yaratgan gulistonning eng suluv
Gulisan-ey, gulisan-ey, gulisan.

Bu diyorda xalqlar yashaydi inoq,
Jonini ham ayamas kelsa qo‘noq,
Tangri suygan qoraqalpoqning oppoq  
Dilisan-ey, dilisan-ey, dilisan.

Samo o‘toviga beldov bovlagan,
Yulduzlarni oltin kabi tovlagan,
Suvdan baliq, osmondan qush ovlagan
Qo‘lisan-ey, qo‘lisan-y, qo‘lisan.

Haydar qo‘yib, ot choptirgan davronning,
Dovonlardan oshgan dono sorbonning,
Ko‘chib kelayotgan katta karvonning
Yo‘lisan-ey, yo‘lisan-ey, yo‘lisan.

Sehr bilan so‘zga sarpo kiydirgan,
Mehr bilan yigit-qizni suydirgan,
Tosh ko‘ngilni moya kabi iydirgan,
Tilisan-ey, tilisan-ey, tilisan.

Oltindan ham bebaho shu tuproqning
To‘rt tulugi say badavlat urpoqning,
Dedim, Rustam, sen ham qoraqalpoqning
Ulisan-ey, ulisan-ey, ulisan!

Rustam MUSURMON,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri


To‘rt tulugi say – chorvasi, qoramoli, yilqisi va tuyalari bor boy.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbiridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | Kitobxonlik festivali

#29nov #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/xvi-turkiy-sheriyat-festivali-yuqori-saviyada-otkazilmoqda_661975

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami

MUSHOIRA DAVOM ETMOQDA

   Shu kunlarda O‘zbekistonda sheʼriyat, adabiyot bayrami bo‘lib o‘tyapti. Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayramining uchinchi kunida ishtirokchilar Abdulla Qodiriy memorial muzeyi va adib nomidagi ijod maktabi bilan tanishdi va bir olam taassurot oldi. So‘ng “Turon” kutubxonasida turk adibi Mehmet Dog‘an, qirg‘iz shoiri Aliqul Osmonov, qozoq shoiri Abay xotirasiga bag‘ishlangan mushoira kechalari tashkil qilindi.
   Bir necha soat davom etgan mushoirada o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turk, ozarbayjon shoirlari o‘z sheʼrlaridan o‘qidi. Erkin tarzda o‘tgan sheʼr bayramida ijodkorlar qardosh sheʼriyati nima bilan nafas olayotganini bildi, bir-biri bilan tanishdi, muloqat qildi, kelajakda ijodiy hamkorlik qilish masalalarini kelishib oldi.
   Ealatib o‘tamiz, festivalda 43 nafar xorijiy mehmonlar qatnashyapti. Ular 5 mamlakatda ijod qilayotgan taniqli shoir va yozuvchilar, TURKSOY Yozarlar birligiga aʼzo adabiy tashkilotlar vakillaridan iborat.
   Mushorada qatnashgan har bir ishtirokchi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
   Ertaga, festivalning to‘rtinchi kunida mehmonlar Toshkentning diqqatga sazovor joylarida bo‘ladi. Xususan, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Hazrati Imom meʼmoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi, Toshkent tarixi muzeyi, Suzuk ota meʼmoriy majmuasi singari tarixiy, zamonaviy obyektlar bilan tanishadi.
   Bir necha daqiqalardan so‘ng, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.
   Quyidagi havolalar orqali mushoira va taqdirlash marosimini to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

Fozil Farhod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i


https://fb.watch/w87jsPbH2V/
https://fb.watch/w87kN5Uopc/
https://fb.watch/w87lyHRTSo/
https://fb.watch/w87m9-DEnV/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining uchunchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Muallif – Ahmad To'ra.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Poytaxtimizda turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy sheʼriyat festivali o‘tkazilmoqda.

@yangidavr_rasmiy

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan inklyuziv ijodiy studiyalar faoliyatiga nazar

Farg‘ona 24

27.11.2024

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maxsus reportaj | Turkiy she'riyat bayrami

#28nov #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida she'riyat festivali

28.11.2024

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | XVI Turkiy she'riyat festivali

#28nov #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 29-noyabr kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonida gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Topilma

“QASSOBGA MOY QAYG‘U...”

Labzakda, seysmologiya instituti yonidagi uyda turardim. Bir kuni ertalab ishga ketayotsam, institut direktori, taniqli akademik ishxonasi oldidagi hovlida sayr qilib yurgan ekan, borib salom berdim. Hol-ahvol so‘rashdik. Direktor negadir xomush, parishon ko‘rinardi.
– Domla, – dedi dabdurustdan, – mana, siz yuqorida ishlaysiz, ayting-chi, tepadagilar bizning ins­titutimizni unutib yuborishmaganmi ishqilib?
– Nega unday deyapsiz? – dedim ajablanib.
– Negaki, institutimizga hech qanday e’tibor yo‘q-da, – dedi u kishi kuyunib. – Qarang, yetti qavatli mana shu binoda bor-yo‘g‘i ellikta xodim qolgan, besh qavati huvillab yotibdi. Oylik kam, ilmiy ishlarga mablag‘ yetishmaydi. Bilasizmi, bir vaqtlar, – dedi u jonlanib, – ya’ni 66-yilgi zilziladan keyin bizga e’tibor nihoyatda kuchli edi. Bu yerdan Rashidovning oyog‘i uzilmasdi, boshqa rahbarlarni-ku, qo‘yavering. Hozir rayon hokimining qorovuli ham bizdan xabar olmaydi.
– Xo‘sh, muammolaringizni hech ko‘tarib chiqdingizmi? Masalan, Fanlar akademiyasi yo hukumatga mu­rojaat qildingizmi? – deb so‘radim.
Direktorning yuzida xavotir alomatlari paydo bo‘ldi.
– Murojaat qilsam bo‘ladiku-ya, – dedi uh tortib, – lekin rahbarlarning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolarmikanman, deb qo‘rqaman-da. Bu yog‘i pensiyaga ketishimgayam besh-olti yil qoldi.
– Ha, endi, domla, bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi-da, – dedim yo‘l ko‘rsatib, – bunaqangi ilmiy-tadqiqot institutlari ko‘p bo‘lsa, hammasining ahvolini tepadagilar qayoqdan bilsin. Sizga maslahatim – jamoa nomidan bir xat yozib rahbariyatga murojaat qiling.
Domla bechoraning yuzi qayg‘uli tus oldi:
– Xat yozish qiyin emas-u, ammo-lekin... – U bir zum o‘ylanib turdi-da, keyin chin dildan afsuslanib: – Biz­ning baxtimizga, Toshkentda bir qattiqroq zilzilayam bo‘lmayapti... – dedi.
– E, qo‘ying, domla, nafasingizni issiq qiling-ey! – de­dim shoshib
– Zora, bizga ozgina e’tibor bo‘larmidi, deyman-da, – dedi akademik domla orzumandlik bilan.

Xayriddin Sulton

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал