yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma‘rifat ulashib

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv talaba-yoshlar uchun muhim voqeaga aylandi. Tadbirning bosh mehmoni, taniqli olima O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Gulnoza Sattorova bo‘lib, u yoshlar bilan adabiyot va ma‘naviyat haqida jonli suhbat olib bordi.
Tadbirni filial direktor o‘rinbosari, dotsent Otabek Toshtemirov ochdi. U o‘z so‘zida Cho‘lponning "Adabiyot yashasa, millat yashaydi" degan so‘zlarini eslatib, bunday uchrashuvlarning yoshlar ongiga chuqur singib, kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta‘kidladi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning milliy ong va ma‘naviyatni shakllantirishdagi roli haqida savollar berdi. Professor Gulnoz Sattorova esa, adabiyot orqali shaxs ma‘naviy jihatdan shakllanishini, kitob va ilmning qadriyat sifatidagi ahamiyatini keng qamrab berdi.
Uchrashuv nihoyasida olima uchun filial ma‘muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Ushbu tadbir yoshlar uchun nafaqat bilim olish, balki ulkan ruhiy ko‘tarinkilik va ilhom manbai bo‘ldi. Adabiyot va ma‘naviyatga bo‘lgan qiziqish, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni yuksak qadriyatlar ruhida tarbiyalashda davom etmoqda.

Filial matbuot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiyada “Oʻzbek tili tadqiqotlari markazi” ochiladi

Ushbu markaz Turkiyaning Karabuk universitetida tashkil etiladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25360

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oʻz ona tilidan ajralmoqlik - milliy hissiyotlarni yoʻqotish natijasidir.

Alixontoʻra Sogʻuniy

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maxsus reportaj | «Ma`rifat ulashib» loyihasi doirasidagi muloqot va uchrashuvlar

#24oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

YANGI KITOB TAQDIMOTI

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh munaqqid” klubining navbatdagi adabiy uchrashuvi o‘kazildi. Unda taniqli adib Sobir O‘narning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri Uzoq Jo‘raqulov ochib berdi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari - Islomjon Yoqubov, Komiljon Hamroyev, Olmos Xurramov, Azamat Xayrullayev, Kamol Hakimov, Nuriddin Ubaydullayevlar, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, mas‘ul kotib G‘iyosiddin O‘narov, Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Muhiddin Abdisamad va shoir Mansur Jumayev qatnashdi. Uchrashuvda adibning “Tanlangan asarlar” kitobining o‘ziga xos xususiyatlari, qissa va hikoyalari badiiyati xususida so‘z bordi. So‘ngra “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori yozuvchining ijodiy faoliyati, insoniy qiyofasi, samimiyati va ko‘plab safar xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. G‘iyosiddin O‘nar yozuvchining ijod laboratoriyasi, ijod jarayoni bilan bog‘liq ma‘lumotlarni va asarlarining yuzaga kelish jarayonlarini, obrazlarining prototiplari haqida hayotiy, qiziqarli misollar bilan bog‘liq ma‘lumotlarni o‘quvchilarga yetkazdi. So‘ngra shoirlardan adibga bag‘ishlangan turli she‘rlar tinglandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Poytaxtimizdagi Toshkent Perfekt universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda adiblar - Isajon Sulton, Zilola Xo‘janiyozova, Begali Eshonqulov yoshlar bilan yuzma-yuz adabiy, ijodiy muloqotda bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BRIKS sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozondagi BRIKS sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tavsiya

Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.

Lev Tolstoy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TIL BAYRAMI – EL BAYRAMI, IJOD BAYRAMI

Viloyatimizda bo‘lib o‘tgan Adabiyot kunlari o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi tantanalarini har qachongidan keng qamrovda tarannum etish imkonini berdi.
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni. Kuzning bayram shukuhiga to‘la tarovatli tongi namanganlik ijodkorlarni, ilmiy jamoatchilik va ma‘naviyat targ‘ibotchilarini viloyat markazidagi «Adiblar xiyoboni»da birlashtirdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo rahbarligidagi taniqli yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olim va san‘at ustalari bobo Mashrabning muazzam haykali poyida o‘zbek tilining jahonaro nufuzini yuksaltirish uchun qilinayotgan ishlar yuzasidan namanganliklar bilan bir go‘zal majlis tuzdilar.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Hotamovning mavzuga doir nutqida Navoiy hazratlaridan Habib Sa‘dullagacha, Chustiy g‘azaliyotidan Husniddin Sharipov dostonlarigacha o‘zbek tilining sayqali va bu tengsiz xazinani boyitish yo‘lidagi intilishlar, davlatimiz rahbarining bu boradagi tashabbus va tavsiyalari haqidagi ma‘lumotlar bilan yoqimli, siyosiylikka va ilmiylikka hamohang edi.
Chustiy tavalludining 120 yilligi, Husniddin Sharipovning 90 yoshlik yubileylari tilimiz xazinasiga qo‘shgan amaliy hissalari va targ‘ibotchilik faoliyatlari sharaflandi. Ishtirokchilar Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyoviddin Mansurov hamda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Mastura Nabixonovalarning mavzu doirasidagi fikrlarini tinglagach, Rahimbobo Mashrab haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Katta adabiy anjumanga viloyat teatri jamoasi astoydil taraddud ko‘rishganki, sahnada Chustiy va Husniddin Sharipov siymolari eng dilbar ash‘orlari jarangi bilan namoyon etildi. Atoqli kun yana sakkiz nafar yubiley yoshi nishonlanayotgan namanganlik shoiru adibning shaxsi va ijodiga hurmat-ehtirom izhorlari bilan yana-da fayzli edi. Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Sanobar Hasanova, Lutfulla Mahmud, Temur Bek, Boqiy Mirzo, Isoqjon Nishonov, Sodiq Sayxun, O‘ktamoy Xoldorova, Muhammad Vali viloyat teatri sahnasida sharaflanib, Yozuvchilar uyushmasi, viloyat hokimligi va ma‘naviyat va marifat kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari, tabriknomalari bilan siylandilar.
– Ona tilimiz rivojiga hamda biz ijod ahlini ilhomlantirish uchun ko‘rsatilayotgan e‘tibor uchun davlatimiz rahbaridan boshlab ijodiy tashkilotlarga, xususan, viloyatimiz rahbariyatiga bugun yubiley yoshi nishonlangan barcha ijodkor do‘stlarim va o‘z nomimdan cheksiz tashakkurimizni bildiraman, – dedi yozuvchi Isoqjon Nishonov.
Yozuvchilar uyushmasidan viloyat hokimligiga Alisher Navoiy “Xamsa”sining yangi chop etilgan mukammal to‘plami sovg‘a qilindi.
To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi Ishoqxon Ibrat majmuasi endilikda uzoq-yaqindan Namanganimizga tashrif buyuruvchilarning ziyoratgohiga aylandiki, poytaxtlik mehmonlar ham majmuada bo‘lib, o‘ndan ortiq tilni bilgan, oltita tilli lug‘at yaratib, o‘zbek tilining umrboqiyligiga beqiyos hissa qo‘shgan Ishoqxon to‘ra Ibrat haykali poyiga gullar qo‘yishdi. Filologiya fanlari nomzodi Hulkarxon Hamroyeva, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Namangan davlat chet tillari instituti hamda Ishoqxon Ibrat ijod maktabi talaba-o‘quvchilari bilan ma‘rifiy muloqot o‘tkazdilar. Unda iste‘dodli yoshlar tomonidan qadri baland, qaddi yuksak o‘zbek tilini ulug‘lovchi badiiy dastur ham namoyish etildi.
Chust madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ma‘naviy-ma‘rifiy suhbat adabiy anjuman tusini oldi. Nazmu navo jarangidan ko‘ngillarga nur indi. Taniqli telesuxandon Muslimbek Yo‘ldoshev boshqargan davrada Chustiy g‘azallari yangradi.
Mavlono Chustiyning hayoti ham, ijodi ham haqiqiy vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, olijanoblik, sabru qanoat va shukronalik, matonat va jasoratning noyob namunasidir. O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Nosirjon DEHQONOV

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Kuz yomg‘iri"

Islom Ali sheʼri
Mahliyo Xurramova o‘qidi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasidagi uchrashuv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SINFDAN TASHQARIDA

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid “Sinfdan tashqarida” ko‘rsatuvining bu galgi mehmoni.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/marifat-va-ezgulik-ulashib_648948

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida ishtirok etmoqda

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi.

@yangidavr_rasmiy

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezidentimiz Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
FIDOYI MA’RIFATPARVARNING ACHCHIQ QISMATI
Bahrom IRZAYEV

“Sovetlar madrasalarimizni bir-bir yiqayaptilar. Yaqinda Eski Qo‘qondan hech narsa qolmaydi. Xalqqa Eski shaharni butunlay unuttiradilar. Shu bahonada qadimiy binolarimizni yo‘q qilib, milliy arxitektura­mizni, umuman olganda esa bular bizning tariximizni yo‘q qilmoqchilar”.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/fidoyi-marifatparvarning-achchiq-qismati

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Uchrashuv va kitob taqdimoti

Mahmud Zamahshariy nomidagi axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Sayyora Samandarova bilan ijodiy uchrashuv va uning “Faqat ishq” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Dastlab talabalar markazimizda taniqli adib Erkin Samandarga bag‘ishlab tashkil qilingan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Tadbirda so‘z olgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams shoira asarlari g‘oyasi, o‘ziga xos jihatlari, ilmiy ishlari hamda “Faqat ishq” to‘plami haqida o‘zlarining iliq fiklarini bildirdilar.
So‘ng Sayyora Samandar o‘z ilmiy faoliyati, ijodi, yangi nashr qilingan to‘plami haqida so‘zladi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga javob berdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Qozonda uchrashuv o‘tkazdilar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BRIKS sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Boshimdagi tojim onam" hamda "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" kitoblari taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahriga jo‘nab ketdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/yangi-ozbekiston-universitetida-ijodiy-uchrashuv_647350

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari" turkumidan. Eulogio Crespin (AQSh)

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️

23-oktyabr – italiyalik bolalar yozuvchisi Janni Rodari tavallud topgan kun

Janni Rodari 1920-yil 23-oktyabrda Italiyaning Pyemont viloyatidagi Omenya shaharchasida dunyoga kelgan.

Rodari 1948-yil “Unita” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirib, oʻsha yildan eʼtiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1950-yildan Rimda tashkil etilgan “Pioniyere” bolalar jurnaliga bosh muharrir etib tayinlanadi. 1951-yilda uning ilk kitobi “Quvnoq sheʼrlar” dunyo yuzini koʻradi. Soʻng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning sarguzashtlari” asarini yaratadi.

Tez orada Rodarining “Jelsamino yolgʻonchilar mamlakatida”, “Osmon va zamindagi sheʼrlar”, “Yangi yil archalari sayyorasi”, “Samodagi tort”, “Bekorchi laqabli Jovanninoning sarguzashtlari” singari asarlari bolalar kitob javonidan joy oladi. Uning asarlari bir qator tillarga tarjima qilina boshlaydi.

Janni Rodarining ertak, qissa va hikoyalarida bolalarcha soddalik, begʻuborlik yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Shu bilan birga, u oʻz asarlarida yangicha, noanʼanaviy usul va uslublardan ham unumli foydalandi. “Uchtadan yakuni bor ertaklar” toʻplamida ana shunday yangicha yondashuvni koʻrish mumkin. Bu ertaklarning har birida oʻquvchiga voqealarning uch xil yechimini taqdim etadi. Adibning barcha asarlari bolalarni rostgoʻy, dovyurak boʻlishga, odamlarga faqat ezgulik ulashishga daʼvat etadi.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…
Подписаться на канал