O‘ZI QUTLUG‘ AJINIYOZ,
SO‘ZI QUTLUG‘ AJINIYOZ.
Olis sahro qo‘ynida qabr,
Ziynatlari savobu sabr,
Ey Allohim! Yog‘dirgil ajr,
Bulkim, shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Xalqi uchun jonin niyoz,
Aylagan ul borin niyoz,
Duolaru zorin niyoz.
Shulkim shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Farishtalar qo‘rib yotar,
Tuprog‘i ham nur taratar,
Ajib ifor dil yayratar
Nuri ravzon Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Buyuk ustoz, piri komil,
Ulug‘lardan ulug‘ homil,
El-yurtiga qo‘rg‘on sohil,
Cheksiz ummon Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Yassaviydek bobomdir ul
Koni hikmat- kalomdir ul
Yaratgandan inʼomdir ul
Husni davron Ajiniyoz!
Ajiniyoz, Ajiniyoz.
Kunlar, oylar, yillar o‘tar,
Hamon uyg‘oq, bedor yotar,
Jim kuzatib, jim uyg‘otar
Mangu uyg‘oq Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Turkiy elning fazilatin -
Ilmi odob zeb-ziynatin,
Dildan kuylab bor qimmatin
Etdi doston Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Madrasalar ko‘rgan shoir,
Qurʼon ilmin ichgan shoir,
Eʼtiqodda ulkan shoir,
Daho shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Dilga joylab Alloh ishqin,
Navoiycha navo mashqin.
Jayxundayin toshqin-toshqin
Daryo shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Qo‘llarida muzaffar tug‘,
Qalbi otash, qalbi o‘tlug‘,
So‘zi qutlug‘, o‘zi qutlug‘
Qutlug‘ shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
Bahra oling har pandidan,
Ilmi g‘aybning payvandidan,
Har bir imlo, har bandidan
Hikmat yog‘ar Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Haqqa yetib faryodlari,
Bukun hosil murodlari,
Uyg‘onib xalq bunyodlari,
Shodon bo‘ldi Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
Ushaldi bor armonlari,
Yashnab yurtin bo‘stonlari,
Obod bo‘lib oshiyonlari
Obod bo‘ldi Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
O‘tdi qancha yaxshi-yomon,
Sinov otlig‘ ko‘p imtihon,
Shukr, keldi doril zamon,
Qutlug‘ bo‘lsin Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Bu kun to‘ylar to‘ylaringiz,
Jahon ko‘rib bo‘ylaringiz,
Kuylanmoqda kuylaringiz
Ulug‘ bobom Ajiniyoz,
Qutlug‘ bobom Ajiniyoz.!!!
Munojotxon Nurmatova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
#Millat_bayrogʼi
🇺🇿Davlatimiz bayrog'ida buyuk ajdodlarimizning aqlu-zakosi, millat iftixori, yurtimizning kelajak taraqqiyoti mujassam.
Rassom Elnur Egamov Davlat bayrog'imizga o'ziga xos ramziy timsollar ila yondashgan san'at asarini siz ham tomosha qiling.
📌 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, adib Abdunabi Boyqo‘ziyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.
🎤Respondent — uning shogirdi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Quvonchbek Mamiraliyev.
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 va 103'1da soat har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif — Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
ANDIJON AXBOROTI | SHOIR ABDUNABI BOYQO‘ZIYEV 70 YOSHDA 15.11.2024 YIL
Telegram | AndijonVTRK">Youtube | Instagram | Facebook
EL-YURTNING UMIDLARIGA OQ YO‘L TILANDI
Shu yilning 15-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilda “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etilgan stipendiatlari, jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 500 ga yaqin stipendiat, vazirlar va tashkilot rahbarlari, idoralar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari ijodiy jamoalari hamda jamg‘armaning mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisning o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma matbuot kotibi Fozil Farhod qatnashib, ma’ruza qildi. Chet mamlakatlarga o‘qishga ketayotgan yigit-qizlarga oq yil tilab, qaytgach, bilimlarini mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida safrlashga chaqirdi. Shoirlar yig‘ilganlarga o‘z she’rlaridan aytib berdi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy maqsadi – yosh, iqtidorli va istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli ravishda o‘qitish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda mamlakatdagi keng qamrovli islohotlarga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida xorijdagi vatandoshlar bilan muntazam muloqot o‘rnatish, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlar bilan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2018 yil 25 sentyabr kuni davlat rahbari farmoni bilan tashkil etilgan. Jamg‘arma iqtidorli va istiqbolli yoshlarimizning orzu umidlarini ro‘yobga chiqarishda, iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va turli kompaniyalarida ta’lim olgan, stajirovka o‘tagan va malaka oshirgan yosh mutaxassislar bilan ta’minlashning mustahkam instituttsonal manbai sanaladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlarida jami 600 nafardan ortiq, xususan, 535 nafar 2021-2023 yillardagi tanlov g‘oliblari jamg‘arma stipendiatlari, jumladan, bakalavriat dasturida 273 nafar, magistraturada 171 nafar va doktorantura dasturida 91 nafari ta’limni davom ettirmoqda.
Har yili jamg‘arma tomonidan e’lon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirliklar va idoralar mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar faol ishtirok etib kelyapti.
Bugungi kunga qadar xorijning nufuzli ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida Jamg‘armaning stajirkovka o‘tash dasturi bo‘yicha 232 nafar, malaka oshirish dasturi bo‘yicha 737 nafar hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha 337 nafar, jami 1300 nafardan ortiq stipendiat muvaffaqiyatli ta’lim olib, yurtimiz taraqqiyoti va rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelyapti.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
AJINIYOZ IJODIGA OID KECHA
Shu yilning 9-noyabr kuni Navoiy shahridagi Ma’naviyat markazida "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash maqsadida «Adabiyot osmonining zevari» nomli adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan bir guruh adabiyotshunos olimlar – Quvanisbay O'razimbetov "Ajiniyoz hayoti va ijodi", Adilbek Seyitbekov "Ajiniyoz ijodida sharq poeziyasi an'analari", Qo'chqarbay Matimov "Ajiniyoz – improvizator shoir" mavzularda ma'ruzalar qilgan bo‘lsa, O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Navoiy viloyati bo'limi rahbari Bahriddin Sadriddinov "Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni" mavzusida o'z mulohazalarini bayon etdi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir Baxtiyor Genjamurod esa Ajiniyoz siymosiga bag'ishlangan she’rlaridan namunalar o'qidi. Ajiniyoz hayoti va ijodini yoritib beruvchi sahna ko'rinishlari, xalq mulkiga aylanib ketgan qo'shiqlar va milliy raqslar davraga o'zgacha fayz kiritdi. Ushbu badiiy kechani tayyorlashda faollik va fidoyilik ko'rsatgan mezbonlarga mehmonlar chuqur minnatdorlik bildirildi. Navoiy davlat universuiteti O‘zbek fililogiyasi fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabalarining faol ishtiroki alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayon
TALABALARGA TUHFA
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida o‘tkazilgan, taniqli olim va shoir To‘lqin Eshbekning Buxoro madhiga bag‘ishlangan “Buxoroyi sharif ziyosi” she’riy kitobi taqdimotida ma’rifat targ‘ibotchilari, shoir-yozuvchilar, institut professor-o‘qituvchilari, faol talabalar jam bo‘ldi.
Dastlab davlat madhiyasi yangrab, yig‘ilganlar uni jo‘r bo‘lib ijro etishdi.
Institut rektori Sharif Barotov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, barchani yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ ayyom – yurtimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan qutladi, mehmon ijodkor va uning yangi kitobini tanishtirdi.
So‘z olganlar kitobdan o‘rin egallagan she’rlar, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tishdi. Muallifning izhorlari tinglandi.
Talabalar shoir she’rlaridan aytishdi.
Yakunda muallif kitobning yuz nusxasini institut kutubxonasiga topshirdi. Shuningdek, faollarga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan badiiy kitoblar ulashildi.
Abdunabi Boyqo‘zievning 70 yilligi
SHOIR, PUBLISIST VA ADIB
Shu yilning 14 noyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida shoir, publitsist va adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi Abdunabi Boyqo‘ziev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Abdunabi Boyqo‘ziev Andijon viloyati, Izboskan tumani, Teshikmozor qishlog‘ida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini tumandagi bosmaxona ishchisi vazifasidan boshlagan. Shundan so‘ng Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, "Mushtum" jurnali, "O‘zbekiston ovozi", "Xalq so‘zi" gazetalari, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi, OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi joylarda turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi she’ri (Umar Xayyom) 1972 yili tuman gazetasida chop etilgan. Shundan so‘ng turli yillarda uning "G‘uboringni yozgayman", "Men yana kelaman", "Judolig‘ dashti", "Turnalar ketmoqda", "O‘zbeknavo yulduzlari", "Besh navo", "Besh so‘mlik kekkayish", "Teshikmozor hangomalari", "Ay, akam, daryo ekan" kabi kitoblari nashr etildi.
Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati rahbari Xurshida Vahobjon qizi ochib, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tabrigini hamda qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo Abdunabi Boyqo‘zievning hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘zladi. So‘ngra uyushma raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning tabrigi hamda qimmatbaho sovg‘alar va noyob kitoblar majmuasini taqdim etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan fan doktorlari, professorlar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Yo‘ldosh Solijonov (Farg‘ona), Ulug‘bek Hamdam, Qunduzoy Husanova shoirning ijodiy salohiyati haqida to‘xtaldi. "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, Andijon davlat universiteti dotsenti Halim Karim, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Matluba Yusupova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohista Nurmatova va boshqalar adibning ijodi hamda fazilatlari haqida so‘zladi. Ijod maktabi o‘quvchilari Abdunabi Boyqo‘ziev she’rlarini yoddan o‘qidi.
Shundan so‘ng, Minhojiddin Mirzo taniqli shoirlar she’rlaridan o‘qigan bir guruh talabalarga mashhur adiblar kitoblaridan sovg‘a qildi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va Andijon davlat pedagogika instituti rektoriga uyushma raisi Sirojiddin Sayyidning tashakkurnomasi va qimmatbaho kitoblar jamlanmasini topshirdi. Shuningdek, uyushma nomidan institut kutubxona markaziga ham bir qancha kitoblar to‘plami hadya etildi.
Anjuman nihoyasida so‘zga chiqqan Abdunabi Boyqo‘ziev viloyat hokimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uyushmaning viloyat bo‘limi va institut rahbariyatiga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, kelgusi rejalari haqida to‘xtaldi. So‘ng o‘zining she’rlaridan o‘qib berdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun, 15-noyabr kuni soat 21:00da “Nurafshon” telekanalida efirga uzatiladigan "Uyg‘onish nuqtasi" ko‘rsatuvini tomosha qiling.
Читать полностью…Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirdan
Yozuvchi, kinodramaturg va kinorejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira anjumanidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Axborot 24 | Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligi
#26sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
SHOIRLAR VA SUVCHILAR HAMKASB
- Suvchilar eng pokiza insonlar, chunki ular suv bilan muomala qilishadi. Dunyo suv tanqisligi muammosiga duch kelayotgan va uni hal qilish yo‘llari izlanayotgan hozirgi sharoitda bizning miroblar uchun mana shunday o‘qishlar tashkil etilayotganini ko‘rib, nihoyatda xursand bo‘ldim, - dedi “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmatov.
Xalqimizning suyukli ikki ijodkori va shoiri ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv Suvchilar maktabida bo‘lib o‘tayotgan malaka oshirish kurslari doirasida tashkil etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid suvchilar va shoirlar hamkasb degan fikrni o‘rtaga tashladi. Uning eʼtiroficha, shoirlar yuraklarda hayotga muhabbat uyg‘otadi, maʼnaviy quvvat beradi. Suvchilar esa nabotot va hayvonot olamiga tiriklik suvini yetkazib beradi.
Batafsil
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Ko‘ngilda ochilar Vatan degan bog‘,
Yurakda yuksalar iftixor tog‘i –
Bashar osmonida hilpiragan chog‘
Ona O‘zbekiston bayrog‘i.
Ko'm-ko‘k osmon, oq yo‘l, yam-yashil Vatan,
Yangi chiqqan oy va o‘n ikki yulduz,
Qizil chiziq – millat tomirida qon –
Chambarchas bog‘langan yil, oy, tun-kunduz.
Davlat bayrog‘i bu – el-yurt timsoli,
Unda Ulug‘bekning yulduzlari bor.
Beruniy, al-Xorazmiyning misoli,
Buyuk tafakkurning ildizlari bor.
Botir suvoriylar olib chopgan tug‘,
Yovqur bobolarim ko‘targan yalov.
Amir Temur tuzgan saltanat – yo‘ruq,
Muqanna yondirgan mashʼala, olov.
Buyuk millat uchun, ulug‘ xalq uchun
Baland bo‘lib kelgan hamisha bayroq.
Istiqlol nuridan qamashdi ochun,
O‘zbekning yuksalgan bayrog‘iga boq.
Rustam MUSURMON,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi
Ijtimoiy rolik Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan.
O‘rgandim ustodim Maxtumqulidan
G‘ayrat Majid she'ri
O‘zbek va turkman yosh ijodkorlari ijro etgan
Maxtumquli Forog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumandan
AJINIYOZ IJODIGA BAG‘ISHLANDI
Bugun Bosh prokuraturada maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademisi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Muzaffar Mamasiddiqov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muhiddinova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, shoir Salim Ashur ishtirok etib, atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan maʼruzalar o‘qidi. Salim Ashur sheʼrlaridan aytdi.
Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi nomidan mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining "Tarixiy xotira beqiyos" nomli kitobi va boshqa esdalik sovg‘alari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi jamoasi Feruza Muhiddinova va Salim Ashurga ishtirok uchun o‘z minnatdorligini bildirib, ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir "O‘zbekiston 24" radiokanalida keng yoritildi. Muallif — Durdona Ma'diyeva.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ADABIYOT VA KINONI BIRLASHTIRGAN ADIB YODI
Bugun, 2024-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi.
Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq artisti Xayrullo Lutfullayev, taniqli jurnalist, jamoat arbobi Aʼlo Xo‘jayev, O‘zbekiston sanʼat arbobi, kinooperator Abdurahim Ismoilov va boshqalar so‘zga chiqib, Uchqur Nazarovning ijodiy merosi o‘quvchilar va tomoshabinlar uchun xazina ekanini, bu adabiy va kinomeros ko‘proq targ‘ib qilinishi kerakligini taʼkidladi.
– Uchqun Nazarov bilan zamondosh bo‘lgan shoir, yozuvchilari o‘z tengqurlari bo‘lgan, rassomlar, bastakorlar, rejissyorlar, aktyorlar bilan ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi, – dedi Erkin Aʼzam. – Bu hamkorlikdan so‘ng esa yaxshi asarlar dunyoga keldi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov “Odamlar” (1961) hikoyasi bilan kitobxonlarga tanilgan. Abdulla Qahhor o‘sha yillarda O‘lmas Umarbekovning “Boboyong‘oq” hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning “Odamlar” hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan keyin uning “G‘urur” (1965), “Jurʼat” (1977), “Sadoqat” (1965) nomli hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari chop etildi. Uchqun Nazarov “Iqror”, “Odamlar”, “G‘urur” kabi hikoyalari bilan kitobxonlar ommasiga manzur bo‘lgan. Uning yirik asari – “Chayon yili” romani ham o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, uning “Oyna” dramasi (1977) avvalgi Hamza nomli akademik drama teatrida muallif tomonidan sahnalashtirilgan.
U kinossenarist sifatida ham barakali ijod qilgan. Uning “Surayyo”, “Qiz va yigit», “Shiddat”, “Alangali sohil” va uch bo‘limdan iborat “Qo‘qon voqeasi” kabi badiiy filmlari tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. So‘nggi filmi uchun unga 1977-yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
Tadbirda Uchqur Nazarovning qissa va hikoyalar iborat “Yorug‘ dunyo” nomli yangi to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi. Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yozuvchi, kinodramaturg va kinorejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira anjumanidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi
ODAMLAR BIRLIGIN KUYLAGAN SHOIR
Prezidentimizning shu yil 16 iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda bir qancha ishlar qilindi, yurtimiz bo‘ylab ko‘plab tadbirlar o‘tkazilyapti.
Shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani uning ijodiy merosi umumbashariy ahamiyatga ega ekanini bildiradi.
Shu yili davlat rahbarining qarorida ko‘rsatilgan bir qator ishlar bajarildi. Xususan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyi tashkil qilindi. Mo‘ynoq tumanidagi ijodkor qabri obodonlashtirildi va unga yodgorlik o‘rnatildi. Mazkur tumanda shoir nomidagi ekopark barpo etildi. Shoirning “Asarlar”i o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilindi. Ajiniyoz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalar to‘plamining ikki jildligi chop etildi. Shoir adabiy merosini o‘rganish mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etildi.
Ayni kunda yurtimiz bo‘ylab shoirning 200 yillik yubileyi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilyapti. Kuni kecha shunday tadbirlardan biri Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlab ishtirokchilar Nukus shahridagi shoir haykaliga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Oqqush majmuasida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya va badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda nafaqat mamlakatimizdan, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya davlatlaridan kelgan olimlar, adiblar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay O‘rinbayev so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk mutafakkir tavalludining 200 yilligi YUNESKO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylar qatoriga kiritilgani, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining nomini abadiylashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid so‘zga chiqib, Ajiniyozning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan “Asarlar” to‘plami chop etilganini maʼlum qildi.
– Uning butun hayoti murakkab sinovlarga to‘la, el-ulusi, turmushi-ro‘zg‘oridan ayro tushib, musofirlik non-tuzini totgan, shunda ham tushkunlikka tushmay, odamlarning birligi va ahilligini avj pardalarda yangratgan mustahkam irodali va matonatli kuychidir, – dedi Sirojiddin Sayyid o‘z so‘zida. – Shoir hayotidan misol keltiradigan bo‘lsak, uning yakkayu yagona quroli do‘mbirasi va qo‘shiqlari bo‘lgan. So‘z bilan, sheʼr bilan, hazil-mutoyiba va o‘tlig‘ va o‘tkir satrlar bilan g‘animlarni mot qilib, yer bilan yakson etgan, hamisha maydondan g‘olib va muzaffar chiqqan.
So‘zga chiqqanlar shoirning bebaho asarlari qadri yillar o‘tgan sayin ortib borishini aytib o‘tdi.
Tadbirda bir qator olimlar va jamoat arboblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining “Faxriy yorlig‘”i topshirildi. Sanʼat va madaniyat namoyandalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi ishtirokchilar kayfiyatini ko‘tardi.
Shuningdek, shoir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi yaratildi. Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida Ajiniyozning “Asarlar”i yig‘ilganlarga sovg‘a qilindi. Undan shoirning bag‘ishlovlari, pand-nasihat sheʼrlari, muhabbat haqidagi sheʼrlari, iltijo va hasrat mavzusidagi sheʼrlari, hajv va hazil sheʼrlari, sheʼriy qissalari, aytishuv, shajara va dostoni o‘rin olgan. Tarjimon Rustam Musurmon.
Shu kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Turkiy xalqlar akademiyasi tashabbusi bilan shoirning turk va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
Shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etyapti.
Fozil Farhod
#mahalla_yangiliklari
Adiblar xiyoboni - ma'rifat oshyoni.
🗓 11.11.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#yangi_loyiha
📶 JADIDLAR HARAKATI XALQNI, MILLATNI UYGʻOTA OLDIMI?
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligining yana bir ifodasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi.
Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug‘ilgan, ammo umrining katta qismini O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda. U ko‘plab o‘zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga o‘girgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning «Vaqt haykali» kitobini tarjima qilgan. Shoir xalqimizning shonli tarixi va O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi yutuqlaridan, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan «O‘zbek kelayotir» qasidasi bilan ham mashhurdir.
Uchrashuvda Akif Bag‘irov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Shavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi.
Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning "Mening Prezidentim" va "Millatparvar" kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar o‘rin olgan. U davlatimiz rahbari boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy islohot va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan. Unda Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash masalalari yoritilgan.
Prezidentimiz shoirga o‘zbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
www.prezident.uz