yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#reportaj

SIDQIY XONDAYLIQIY TAVALLUDINING 140 YILLIGI


batafsil ko'ring! ☝🏽☝🏽

Muxbir: Gulnora OTAJONOVA

OBUNA BO‘LING: /channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV‌‌

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘ZBЕK TILI

Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Rauf Parfi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi



6-noyabr – taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun

Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan.

Uning ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi.

Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mudan” kabi lirik qissalari va “Koinot” kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan.

Sharof Rashidov to‘qqiz yil O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumiga, yigirma to‘rt yil O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga rahbarlik qildi.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BO‘STONLIQ TUMANI_XONDAYLIQIY NOMIDAGI KUTUBXONA OCHILDI_05.11.2024

OBUNA BO’LING:/channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV‌‌

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

6-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

Manzil: Mirobod tumani, Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi, 28-uy

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MANSUR JUMAYEV IJODI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, iste'dodli shoir Mansur Jumayev 33 yoshida vafot etdi.
Mansur Jumayev Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 1991-yil 17-fevralda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she‘riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she‘riy to‘plami chiqqan edi. Bu uning oxirgi kitobi bo‘lib qoldi.
Shoir “Ota yurt”, “Oldinda bir yo‘l bor...”, “Sujud”, “Bolalik”, “Mening xatolarim”, “Esingdami, aka...”, “Ertak haqida ertak”, “Hayrat qo‘shig‘i”, “Kitobsevar qizga”, “Yigirma birinchi asr tabibi”, “Yo‘lovchi qo‘shig‘i”, “Senga deganim” singari Vatanga, el-yurtga muhabbat, insoniy va ilohiy tuyg‘ular baland pardalarda kuylangan sheʼrlari bilan sinchi sheʼrxonlarning qalbidan joy olgan.
   Bir qator asarlari rus, ingliz, turk, ozarbayjon, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilinib, nufuzli xorijiy nashrlarda eʼlon qilingan. Turli yillarda “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Yangi O‘zbekiston”, “Hurriyat”, “Kitob dunyosi” va boshqa markaziy nashrlarda sheʼr, hikoya, esse va publitsistik maqolalari chop etilgan. Jumladan, “Xon qizining hovlisida kechgan mushoira”, “Kichkina odamning ulkan qalbi”, “Uyqudagi go‘zallar mehmoni”, “Ulug‘ Attor va jajji jiyancham”, “Adiblari ardoqlangan yurt”, “Bulbul qachon baland sayraydi?”, “Velosipedni qaytadan kashf etamiz!” singari badiiy publitsistik maqolalari o‘quvchini befarq qoldirmadi.
Mansur Jumayevning “Alfa”, “Arilar ko‘zyoshi” kabi hikoyalari nafaqat yurtimiz ommaviy axborot vositalarida, balki rus, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, adabiy-badiiy jurnallarda chop etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari Mansur Jumayevning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/653437

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/653415

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Atoqli shoir Sidqiy Xondayliqiy nomidagi xalq kutubxonasining ochilish marosimidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi nishonlandi

Bugun Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” oromgohida atoqli shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim!" nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.
Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, ijod ahli namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash hamda faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sidqiy Xondayliqiy xotirasi va ijodiga bag‘ishlangan kecha ham anashunday ezgu ishlarning davomchisidir.  
Adabiy kechada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Axmedov, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olim Bahodir Karim, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, shoir Zohidjon Olov so‘zga chiqdi.
Tadbirda Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy 1884-yili hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgani, u lirik sheʼrlarida hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi anʼanalarni davom ettirgani taʼkidlandi.
- Ilk sheʼrlarini “Shuhrat”, “Shevan” taxalluslari bilan yozgan, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Keyinroq barcha asarlarini Sidqiy Xondayliqiy taxallusi bilan chop ettirgan. Poetik ijodining asosiy qismini hajviyot va ijtimoiy sheʼrlar tashkil qiladi. Ijtimoiy mavzudagi sheʼrlari esa o‘sha davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan.
Tadbirda Minhojiddin Mirzo Zoir Mirzayevga “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan Sidqiy Xondayliqiyning “Saylanma”sini tuhfa qildi.
“Nazm va navo” ruhidagi adabiy kechada mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shoir sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.

Zulayho Ahmadjonova tayyorladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida adib Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Janub posboni” gazetasining 2024-yil 25–oktabr kungi 10–sonidan olindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kutubxona ochildi

Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida shoir Sidqiy Xondayliqiy nomidagi xalq kutubxonasi barpo etildi.
Ayni damda mazkur ziyo maskaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Yozuvchilar uyushmasi raisining biirnchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, viloyat ziyolilari, ijodkorlar, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani va bu kabi ezgu ishlar davomiy ekani taʼkidlandi.
Endilikda hudud aholisi 3000 ta kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxonada mutolaa zavqidan yana-da ko‘proq bahra olish imkoniga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

YOMG‘IR SONATASI

Eng avval yaproqlarning shivirida mujdalar
Bulutlar maktubini o‘qidilar hijjalab.
Haligina bosilgan shamolning yo‘qmi esi?..
Yana sozlay boshladi tori uziq g‘ijjagin.
Quyuqlashib tobora kulrang bulut to‘dasi
Yomg‘ir isin anqitib, dimoqlarni ochalar.
Changbosdiday ermaklab bir-ikkita tomchini
Sog‘inchlarning qaqragan lablariga sochalar…
– Hey, bulutlar, tashnamiz, yomg‘ir kuyin boshlangiz!..

…Xayriyat, ko‘k toqidan yog‘ildi rahmat seli,
Yana yomg‘ir isidan sarxush yellar epkini
Osmonning hovuzida bo‘kib ichgan tentakday
Oshqinlaydi, eshkinlab, topolmaydi epini.
– Hey, shamollar, alp erlar otlarining yoliga
Sizni bog‘lab, tizginlab solib qo‘yar yo‘liga.
Haddingizdan oshmangiz, tomchilarni sochmangiz,
Suvsagan ona tuproq to‘ysin yomg‘ir seliga.
Hey, shamollar, shoshmangiz, haddingizdan oshmangiz!

Ochiq derazasidan qo‘lin yomg‘irga tutgan
Sunbul sochli suluvning ko‘zlarida hayrat, lol.
– Hoy qiz, derazangni yop, ko‘zlaringning chaqmog‘i
Qay alplarning qalblarin kuydirgusi – tayin hol.
Yuraklarga o‘t ketsa, o‘chirolmas yomg‘irlar
Shamollarni tizginlab, asov otday choptirgan
Yovqurlar ham holi tang poyingga yiqilgusi
Va bir tabassumingga yotadi yer bag‘irlab.
– Hoy, qiz, derazangni yop, ko‘zingga ko‘z tushmasin!

Darvoqe, ro‘parada – shoir o‘z kulbasida
Undov, so‘roq gaplardan ishqqa bitar qasida:
«Yig‘lagan osmon emas, bir men-ku yig‘layotgan,
Yomg‘ir bo‘lib, to‘kilgan yer-osmon orasida!.
…Esingdami, azizam, osmon tund, xira edi,
Ammo, sening ko‘zlaring yoritardi olamni.
O‘shanda yuragimga chaqin tekkan, o‘t tekkan,
Guldurayman, yog‘aman, eshitmaysan nolamni»...
– Hoy, oshiq, sarafroz et, tabiatning tuhfasin!

Hay, mayliga, shoirlar ne desalar, desinlar,
Ular mahzun qo‘shiqlar bitayotgan bu palla –
Havo biram musaffo, yaltiraydi yaproqlar,
Tarnovlar qo‘shig‘ida quvnoq taralla-yalla.
– Hoy, mashshoqlar, chalingiz, hayot kuyin baralla!

Mehribon Abdurahmonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
XIRA TORTMAGAN UFQ
Ahmadjon MELIBOYEV

O‘sha paytda desangiz, Yozuvchilar uyush­masi “Yozuvchilar uyushmasi” va “Adib­lar ittifoqi”ga bo‘linib, ular faoliyatini yoritish tahririyat uchun jiddiy muammoga aylangandi. Hashar-qissaning navbatdagi bobini yozishga kirishgan Said Ahmad bir o‘q bilan ikki quyon­ni shunaqa urdiki, ofarin demaslikning iloji yo‘q edi.

📱 Batafsil: jadid-media.uz/xira-tortmagan-ufq

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

@yangidavr_rasmiy

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

Bugun, 6-noyabr kuni soat 14:00da keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizdagi Maxtumquli ko‘chasiga o‘rnatilgan shoirning yodgorlik lavhasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

KETDING, DUK-DUK URADI YURAK

Isteʼdodli shoir Mansur Jumayev xotirasiga

Boshi g‘amdan egilib qoldi
Qora bulut ortida quyosh.
Erta so‘lgan bir gulni yo‘qlab,
Osmon tinmay to‘kadi ko‘z yosh.
Mansur...
Mansur...

Soat yig‘lar:
— Tong otdi, axir,
Uyqudan tur, uydan chiq-chiq-chiq.
Yomg‘ir, yomg‘ir — izillar tomchi,
Derazangni qoqar tiq-tiq-tiq.
Mansur...
Mansur...

Ketding.
Duk-duk uradi yurak,
Yurak dunyo eshigin qoqar.
Oltinchi uy bo‘ynini cho‘zib,
Qashqadaryo yo‘liga boqar.
Mansur...
Mansur...

Rustam Musurmon,
O‘zbekiston da xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BILDIRISH

   Mansur Jumayevning janozasi ertaga, 6-noyabr kuni soat 11:00da Qarshi shahri Shayx Ali qo‘rg‘oni Koson yo‘li ko‘chasi 6/42-uyda o‘qiladi.
Marhum Xo‘jai Jarroh qabristoniga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

👉
Rasul Hamzatovning «Mening Dog‘istonim» asaridan iqtiboslar

O, ona tilida so‘zlayotgan va kuylayotgan odamlar! Onaningizni qay darajada qadrlasangiz, tilingizni ham shu qadar qadrlang! Sizga bu til onangizdan, otangizdan meros!


📱 Batafsil: jadid-media.uz

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taʼziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi isteʼdodli shoir, uyushma aʼzosi Mansur Jumayevning vafoti munosabati bilan oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun

Adabiyot jonkuyari, ma’rifatparvar olim va jamoat arbobi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ne’matulla Xudoybergenov tavalludiga 70 yil to‘ldi. 

Respondentlar — O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim, Mahmud Toir, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov.                                        

"O'zbekiston 24" radiokanali Fm 87.9da (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida), Fm 103'1 da (qolagan hududlarda) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.                                                       
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan "Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim!" nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qaqnus
#3nov #madaniyat

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir va yoshlar

Jizzax pedagogika universitetida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokidagi tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Xosiyat Bobomurodova va Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonovaning adabiy-maʼrifiy islohotlardagi fikr-mulohazalari tinglandi. Suhbatni tarix fakulteti dekani o‘rinbosari Abdukarim Pardaboyev ochib berdi. Muloqot davomida talaba Sevinch Valiyevaning "Vatanimni kuylayman" nomli sheʼriy to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi. Sheʼrlar o‘qildi, yutuqlar eʼtirof etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodkorlar yoshlar davrasida

Guliston tumanidagi 29-umumtaʼlim maktabida “Yangi O‘zbekiston - yangi imkoniyatlar mamlakati” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma aʼzolari - Botir Ergash, Bahor Xolbekova, Noriniso Qosimova ishtirok etdi.
Botir Ergash yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda ajoyib suhbat qilarkan, ularga kitobning inson hayotidagi o‘rni, kelajakdagi orzu-niyatlarga yetaklovchi muhim omillar borasida qiziqarli hikoya qildi. Shuningdek, shoir o‘zining el orasidagi mashhur sheʼrlaridan o‘qib berdi. Ijodkorlar va yoshlar davrasi samimiy muloqotga boy bo‘ldi.
Shoira Feruza Rahmatova tomonidan tashkil etilgan ushbu kecha barchaga manzur bo‘ldi. Tumandagi 5-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etgan ushbu tadbirda isteʼdodli yosh xonanda Sulton Mamatqobilov diltortar qo‘shiqlar ijro etdi.
Ishtirokchi o‘quvchilarga Botir Ergash tomonidan 150 nusxa badiiy kitoblar sovg‘a sifatida topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Sirdaryo viloyat bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

KUZ SIMFONIYASI

Bargi hijron, bargi davron,
Bargi armon, bargi darmon,
Boshim uzra yomg‘ir kabi
Yog‘il, yog‘il, bargi giryon.

Bargi qiynoq, bargi firoq,
Bargi qaynoq, bargi titroq, 
Dardim so‘ra,holim so‘ra,
Ko‘nglim ko‘tar, bargi osmon.

Bargi nolon, bargi so‘zon,
Bargi hayron, bargi to‘zon,
Sening birla oshiq dilda
Qiyomatdur, bargi to‘fon.

Bargi ado, bargi nido,
Bargi gado, bargi vido,
Sendan najot kutar bu ishq,
Muruvvat qil, bargi rahmon.

Bargi olam, bargi fig‘on,
Bargi nolam, bargi afg‘on,
Iztirobda yonar dunyo,
Xazon fasli - bargi isyon.

Bargi funun, bargi mahzun,
Bargi junun, bargi afsun,
Yoyil, yoyil zamin uzra,
Olam aro bargi doston.

Bargi go‘zal, bargi g‘azal,
Bargi afzal, bargi azal,
Nolang ila bir quvvat ber,
Yuraklarga bargi darmon.

Atrof xazon... xazon... xazon...
Uchar sarson... sarson... sarson...
Hukming kutar oshiqlaring,
Qatl aylama, bargi sulton.
Bargi sulton... Bargi hoqon...

Sayyora Samandar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

👉
KO‘NGILCHANLIK

Mirtemir domla o‘ta ko‘ngilchan inson edilar. Bir kuni nashriyotning uzun yo‘lagidan bir odam domlaga qarab: “E, bormisiz, sizni ham ko‘radigan kun bor ekan-ku”, deya quchoq ochib kela boshladi. Domla u bilan xush kayfiyatda qadrdonlarcha quchoqlashib ko‘rishdilar. Obdon chaqchaqlashib bo‘lishgach, yana quchoqlashib xayrlashdilar.
Eshikkacha kuzatib qaytgach, bizdan so‘ra­di­lar:
– U odam kim?

Batafsil: jadid-media.uz/kongilchanlik

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…
Подписаться на канал