yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#bugun #Xotira     
📌 
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.
                      
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

 ONA TILIM

Ozodlik – jon so‘zing edi bir zamon,
Qadim karvon – necha dovon oshgan tilim.
Oh, yer qattiq edi!
Oh, olis edi osmon!
O‘tdan suvga, suvdan o‘tga tushgan tilim.

Jurʼating tik edi, mana, g‘olib kelding,
Kishanlarni uzib kelding, nodir tilim.
Elga shunday ulug‘ davron olib kelding,
So‘z sehri-la buyuklikka qodir tilim.

Sen tufayli tilim chiqdi, dilim uyg‘oq,
Sen tufayli maʼrifatga to‘ldi shuur.
Ona tilim, onam kabi aziz, tilim,
Olam uzra mehring sochib, taratding nur.

Qulog‘imga alla bo‘lib kirgan tilim,
Nafis navo, yalla bo‘lib kirgan tilim.
Xazinabon elga asl xazinasan,
Bahosi yo‘q tilla bo‘lib kirgan, tilim.

Shoirlarga qalam berding – ilhom bo‘lding,
Xofiz xonishida bulbul – sayroq tilim.
Yuraklarni titratuvchi kalom bo‘lding,
Elim ko‘kka tik ko‘targan bayroq tilim.

Zumrad Masharipova,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Vengriyaning Lakitelek shahrida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan byustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109655

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

BUYUKLAR QADRI

   Yuksak insoniy sifatlari, rost, samimiy satrlari bilan zamondoshlari xotirasidan mustahkam o‘rin egallagan buxorolik marhum shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, ustoz G‘ulom Shomurod umrining so‘nggi kunlarida ham sermahsul ijod qildi, ulug‘larning maʼnaviy dunyosi, insoniy fazilatlarini ochib berishga intildi.
   Aynan ana shunday sheʼrlardan tarkib topgan “Buyuklar qadri” nomli kitobida buyuk shaxslar: ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Muhammad Narshaxiy, Mahmud Tarobiy, Ahmad Donish, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abdurauf Fitrat kabi allomalarning tariximizga qo‘shgan buyuk hissalari iftixor hissi bilan tilga olingan.
   Shuningdek, muallif sho‘ro davrida xalqparvar davlat arboblari va ijodkorlarning zamona zaylidan chekkan azob-uqibatlarini tasvirlash orqali o‘tmish va yaqin o‘tmishdagi ulug‘ shaxslar haqida chuqurroq maʼlumotlarni aks ettirgan.
   Aynan ana shunday sheʼrlardan tarkib topgan mazkur majmua shoirning o‘g‘li G‘ayrat Shomurodov tomonidan nashrga tayyorlanib, “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etildi.
   Aziz kitobxon, o‘ylaymizki to‘plamdan joy olgan sheʼrlar sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
SHE’RIYATNING O‘KTAM OVOZI
Bahodir KARIM

A’zam O‘ktamning chin do‘stlaridan biri chiroqchilik, ikkinchisi ishtixonlik edi. Gar­chand “Bitta do‘stim yo‘q mening, oh, Shu bo‘ldimi taqdirim?” deb yozgan bo‘lsa-da, shoir ikkita jonajon do‘st topgan edi.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/sheriyatning-oktam-ovozi

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

***

Yomg‘irli kun edi,
Atrof jim, sokin,
Mayus ko‘zlaringga boqardim sarmast.
Sekin shivirlading: — Boqmagil, yigit,
Sevging menga yangilik emas...

Yomg‘ir ham tinmadi o‘sha kuni hech,
U ham quvolmadi ko‘zdan xobingni.
Sovuq, rutubatli xonamga shu kech
Olib qaytdim iztirobingni.

Tunda ham jimgina yosh to‘kdi osmon,
U mening holimga yig‘lar edi, bas!
Bas, do‘stim, meni deb chekmagil fig‘on,
Sening ko‘z yoshing ham yangilik emas.

1966

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kuzgi o‘ylar

Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Uzilar yaproqlar uzoq-yaqinda.
Uzilar ushalgan, ushalmagan armon,
O‘ylayman uchag‘on vaqt haqinda.

Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Daraxtlar yo‘llarga to‘kishar g‘amni.
Xayolim uchadi qushdek uy tomon,
O‘ylayman munkaygan ota-onamni.

Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Yerga sariq yoshlar tomadilar jim.
Duk-duk sado berar o‘rtab nogahon
Doriga suyanib qolgan yuragim.

Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Olam to‘lib borar rangin nolaga.
O‘ksinib kasalmand do‘stim o‘ylayman,
Xayolim uchadi shifoxonaga.

Yaprog‘in to‘kar nok, teragu jiyda,
Shamol sovuray der bog‘, xiyobonni.
O‘ylayman ertaning tashvishlarida
Bargin to‘kayotgan O‘zbekistonni!

1973-yil

Erkin Samandar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijod ahli bilan uchrashuv

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida  “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimov, shoira Sayyora Samandarova, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Xaliyla Davletnazarov ishtirokida  uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmonlar dastlab institutning yangi binosida bo‘lib, u yerda talabalar uchun yaratilgan  shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng,   ijodkorlar jahon adabiyoti va mumtoz adabiyot xususida so‘z yuritib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Fikr-mulohazalar davomi mushoiraga ulangan kechada talabalar o‘z ijodlaridan parchalar o‘qidi. Yakunda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kengesboy Karimov institut kutubxonasiga “Qoraqalpoq sheʼriyati antologiyasi” kitobini sovg‘a qildi. Bundan tashqari shoir-yozuvchilar yaxshi tilaklar bilan institut bog‘iga ko‘chat ekdi.
Bu kabi uchrashuvlar tumanlarda davom etmoqda.

Fotima Abduraimova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent tumaniga tashrif buyurib, Keles yo‘li ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«MAHALLA» radiosida efirga uzatiladigan «BIR ASAR TARIXI» loyihasining navbatdagi sonida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos Muhammad VALI ishtirok etdi. U ardoqli adib Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub «JALOLIDDIN MANGUBERDI» dramasining ijodiy tarixi haqida so’zlab berdi.

Muloqot chog’ida drama Milliy akademik teatrda sahnalashtirilgani, spektakl bosh qahramonining ulug’vor yuksak romantik ruhdagi monologi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgani, ayniqsa, «Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o’shal, Ulug’vor niyatlarda kor qilmas ajal» misralari tillarda doston bo’lgani xususida mulohaza yuritildi.

Ikkinchi jahon urishidan so’ng drama va uning muallifi boshiga tushirilgan qora kunlar, Jaloliddin Manguberdi shaxsi va faoliyatiga istiqlol yillarida alohida ehtirom ko’rsatilayotgani bilan bog’liq qimmatli ma’lumotlar tinglovchilar tomonidan olqishlanmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Mazkur loyiha doirasida taniqli adib Normurod Norqobilov hamda shoir O‘roz Haydarov Navoiy davlat konchilik universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari Bahriddin Sadriddinov so‘zga chiqib, adiblarning ijodiy faoliyati bilan talabalarni tanishtirdi.
Normurod Norqobilovning hikoyalari asosida yoshlar ijro etgan sahna ko‘rinishlari barchaga zavq bag‘ishladi. Ijodkorlar va talabalar taʼlim dargohi bog‘iga daraxt ko‘chatlari ekishdi. Adiblarga navoiyliklarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchlar uyushmasi viloyat bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir va yoshlar

Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida "Shoir va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Unda shoirlar - Sirojiddin Rauf va Islom Ali mehmon bo‘ldi. Tadbir davomida ijodkorlar o‘z sherlaridan yoshlarga o‘qib berdi. Talabalar ijodkorlardan mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Munavvara Tillaboyeva 80 yoshda

Shoira Munavvara Tillaboyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, adiblar - Qamchibek Kenja, Farid Usmon, Guljahon Mardonova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov, viloyat Nuroniylar kengashi raisi o‘rinbosari Nasibaxon Yo‘lchiboyeva, shoirlar - Ikromjon Asliy, Ro‘zixon Iminova so‘zga chiqib, shoirani qizg‘in muborakbod etdi.
Sanʼat maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilarining badiiy kompozitsiyalari davraga fayz kiritdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#iqtibos

Ayolni qadrlagan el ulug‘ bo‘ladi. Chunki ayol yaratadigan millat farzandlarining ilk Vatani, ko‘zlari yumuq holda ham chayqaladigan beshigi – ona vujudi. Shu bois ham biz Onani Vatan deb ulug‘laymiz. Uning himoyasiga jon qadar shay turamiz. Bilgan odamga Vatan – Onadir.

Abdulla ORIPOV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzuidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdi

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

TO‘KILAYOTGAN YAPROQLAR

Sheʼriyat muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Oygul Ubaydulla qizi qalamiga mansub mazkur kitobda ijodkor dil suvratining goh mayus, armonli, g‘amgin, gohida shukronalik, baxtu quvonch aralash rangin jilolari o‘ziga xos tashbehlarda chiroyli tasvir etilgan.
Kitobda Vatan, tarix, tinchlik, muhabbat, do‘stlik mavzulari, yurt chehrasini bezagan to‘rt fasl manzaralari o‘ziga xos yorqin tarzda namoyon bo‘ladi.
Kitobni o‘qish jarayonida shoiraning satrlarida ezgulik, yaxshilik, mehr, muhabbat, sadoqat, oqibat kabi inson maʼnaviyatining gultoji bo‘lgan qadriyatlar ifori taralayotganini his qilasiz. Mana shu ifor qalbingizni nurlantirishga qodir lahzalarni, kunlarni o‘quvchiga inʼom etadi.
Kitob mutolaasi Siz o‘quvchini sheʼriyatning sehrli olamiga yetaklab kirib, yangi maʼnaviyat chashmasidan nasiba ulashadi. Kitobdan yangi sheʼrlar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Vengriyada O'zbekistonga bag'ishlab birinchi madaniy yodgorlik ochildi

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

HARRI POTTER KITOBLARIDA YASHIRINGAN 3 SIR

Peshonasida belgi bor Harri ismli bolakay bugun butun dunyo bolalari va yoshlarining qalbidan joy olib, u haqidagi kitob "XXI asr dunyo kitobi" nomiga sazovor bo'ldi. Muallif Joan Rouling (J.K.Rowling) esa tarixda ilk milliarder-yozuvchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Uning kitoblari bir sutkada 4 million nusxada sotilgani esa eskpertlar tomonidan "Kitobxonlik va noshirlik tarixida fenomen", deb ta'riflandi. Lekin bu kitoblarda yashiringan asosiy uch sir bor.
Asarda ishlatilgan sehrli so'zlar va afsunlar lotin va grek tiliga mansub hisoblanadi. Misol uchun, "Albus" ismi "oq", "Severus" ismi "qahri qattiq", "rubeus" so'zi "qizil", "ekspekto patronum" afsuni "himoyachini chaqiraman" deb tarjima qilinadi. Yozuvchi talabalik yillarida antik tarix, madaniyat, mifologiya, lotin hamda grek tillarini chuqur o'rganib, bilimlarini kitob uchun ishlatgan.

Gulnoz Tojiboyeva tarjimasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Fakt 24 | «O‘tkan kunlar» asarini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz bilan o‘zbekcha muloqot

#14oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Taniqli jadid namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini Mark Riz ingliz tiliga tarjima qilgan. “Asaxiy books” kitob do‘konida mazkur kitobning taqdimoti va tarjimonning imzo kuni bo‘lib o‘tdi.

📱 Biz Mark Riz bilan suhbat uyushtirdik. Suhbatni tez kunda JADIDmedia-ol4fc">YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

16-oktyabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tadi. Kechaga barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilaru uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
MAXTUMQULI, XALQ YODIDAN AYRILMA!
Sheʼrlar

Har yigitning aslin bilay desangiz,
Ma’rakada o‘tirib-turishin ko‘ring.
Birov bilan oshno bo‘lay desangiz,
Avval o‘z so‘zida turishin ko‘ring.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/maxtumquli-xalq-yodidan-ayrilma

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tahlilnoma | Ashxobodga amaliy tashrif: e’tiroflar, tashabbuslar, muloqotlar maydoni
#13oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shamol bilan suhbat

Shamollar, yo‘l bo‘lsin, sizga saharlab,
Yo‘l olibsiz qay bir sokin joylarga?
Mehmonni qarshilab charchamaydi hech,
Bormasdan qo‘ymassiz G‘ovasoylarga?

Ortimdan ergashgan tog‘larga bo‘ylang,
Qarsak chalib kutar sizni teraklar.
Soylarga qo‘shilib men uchun kuylang,
Axir sel bo‘ldi-ku bunda yuraklar.

Dehqon otalarning yuzlarin silab,
Bo‘y qizlar sochini o‘ynatib keling.
Mevalarni to‘kib, shoxin qayirib,
Bog‘bonni shoshirib, o‘ylatib keling.

Shamollar, derazam siz uchun ochiq,
Qaytishda kirarsiz bir ho‘plam choyga.
Yomg‘irga qo‘l yuving, men tutay sochiq,
Sizni o‘tqizayin eng baland joyga.

Kelsangiz qurigay ko‘zimning nami,
Yelpib yuboring dil ozorlarimni.
Olib keling albat menga onamning
Qalampirmunchoqli iforlarini.

Maʼmura Zohidova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#anons #hayrat

«Hayrat» sizni Navoiyning hikmatlar bilan to‘la maktublar dunyosiga yetaklaydi!

📜 Munshaot — faqat so‘zlar jamlanmasi emas, balki teran o‘ylar, chuqur hislar va tarixiy saboqlarning mo‘jizaviy birligi.

✍️ Navoiy qalami orqali kechmish va bugunning ulug‘ qadriyatlarini qayta kashf eting!

📍 "Madaniyat va ma’rifat" telekanalida o‘tkazib yubormang.

🗓 Tez kunda

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiosining “Bedorlik” dasturida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan Adabiyot kunlari efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SEN, JONIM, MANA SHU BOG‘LARNIKISAN

(turkumdan)

Bog‘larda xazonlar sipohi
Azaldan muzaffar bir lashkar...
Bugun menga qarshi anduhlar
Birlashgan... birlashgan... birlashgan...

Biron-bir mehribon ko‘rinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar to‘kilar tinimsiz —
Zaʼfaron... zaʼfaron... zaʼfaron...

Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolg‘iz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz —
Yengaman... yengaman... yengaman...

Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borlig‘im shahd tilar, g‘ulu tilar.
Yog‘ib-yog‘mas, tarqab-tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...

Hali yulduzlardek charaqlarim bor
Bordir bulutlardek bo‘zlarim.
Bo‘lgim kelayotir osmonning
Ko‘zlari... ko‘zlari... ko‘zlari...

Matnazar Abdulhakim

Читать полностью…
Подписаться на канал