yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Andijon mashinasozlik institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari — O‘ktamxon Soliyeva, Guljahon Mardonova ishtirok etmoqda.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Maʼrifat ulashib” loyihasiga start berildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari talabalari va maktablarning oʻquvchilarini kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning badiiy savodxonligini oshirish maqsadida “Maʼrifat ulashib” loyihasi oʻtkazilmoqda.

Bugun Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari — O‘ktamxon Soliyeva, Guljahon Mardonova va bir guruh andijonlik ijodkorlar mehmon bo‘ldi.

Loyiha doirasida adiblar professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SEHRGARNING UZUGI

  “O‘zbekiston" nashriyoti “Kitobxon bolalar” rukni ostida bir qator taniqli yozuvchilarning yangi kitoblarini nashr etdi.
Quvonarlisi, ular orasida namanganlik adib Isoqjon Nishonovning bolalarga bag‘ishlab yozgan “Sehrgarning uzugi” qissalar va hikoyalar to‘plami ham alohida kitob holida chop etildi. Yosh kitobxonlar uchun katta tuhfa bo‘ladi, deb umid qilamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ozorbayjon yozuvchisi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Akif Bag’ir Xayriddin Sultonovning “Ishonch telefoni” kitobini mutolaa qilmoqda.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#nasr

Ona

Rahmatli otamiz Normatov Boshbek ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi bo‘lganlar. Bola edim. Otamiz odamni titratib yuboradigan bir voqeani onamizga gapirib berganlari hamon esimda.
-Vyazma yo‘nalishidagi bir chog‘roq shaharchani dushmandan ozod qildik, – deya gap boshladi otamiz. – Qahraton qish. Ikki qavatli yog‘och uylar, ko‘cha to‘la o‘liklar... Bir uyning ikkinchi qavatiga chiqsam, latta-puttalar uyumi yonida bir ayol o‘lib yotibdi. Bitta ham dushman yo‘q – qochib ketishgan shekilli. Endi o‘girilib ketmoqchi edim, o‘lik yonidagi latta uyumi qimirlaganday bo‘ldi. Ochib ko‘rsam, yo qudratingdan, tirik chaqaloq o‘lik onasini emib yotibdi!.. Derazaga yugurib borib, pastdagi hamshirani chaqirdim. Zudlik bilan hamshirayu vrachlar yetib kelishdi. Hayratlanarli joyi shundaki, murda sovuqda qotib qolgan bo‘lsa ham chaqaloq emayotgan ko‘krak yumshoq va issiq edi, ikkinchisi qotib yotibdi! Harbiy vrachlar ham hayratda: odam o‘lgandan keyin uzog‘i bilan yigirma daqiqadan so‘ng organizmdagi barcha a’zolar o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerak-ku!.. Vrachlarning aytishicha, bu ayolning joni uzilganiga o‘n kun, bo‘lmaganda bir hafta bo‘lgan ekan!.. Hamshiralar tezda go‘dakning tagligini almashtirishdi, qaytadan yo‘rgaklab, shinelga o‘rashdi. Oradan ko‘p ham vaqt o‘tgani yo‘q, bir payt qarasak, hozirgina chaqaloq emib turgan qaynoq va yumshoq ko‘krak ham ikkinchisiga o‘xshab sovuqda qotib yotibdi. Xuddi jigargo‘shasining ishonchli qo‘llarga tushganidan xotirjam bo‘lganday... Birov gapirib berganida ikki dunyoda ham ishonmasdim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim axir... – deb otamiz hikoyasini tugatdilar.
Nima bu? Bu ne sinoat, ne mo‘’jizaki, ona o‘lganidan keyin ham yuragining bir parchasiga ummon qadar mehr, osmon qadar muhabbat sog‘insa! Tabiat qonunlariga bo‘ysinmaydigan, tibbiyot qonunlarini tan olmaydigan ONA MEHRI oldida butun borliq ta’zimda.

Sharof Boshbekov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#MA'RIFAT ULASHIB

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin SAYYID, taniqli shoirlar Jo'rabek Jahon hamda Zavqiddin Nasimovlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.

Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

BOLJON

Shuhrat Matkarimning ushbu kitobiga kirgan hikoyalar va qissalarning qahramonlari bugungi jamiyatning oddiy odamlari hisoblanadi. Ular goh samimiyligi, goh o‘ziga xos xarakteri bilan o‘z tashvishlarini gardaniga ortib, kishilik sahnasida umguzoronlik qiladilar. Olam mukammalligi kimlarningdir qalbida ezgulik chirog‘ini yoqsa, yana qaysidir zamondosh qiyofadasini eslatuvchi shaxs o‘ziga xos yo‘l bilan yashashga intiladi. Yozuvchi qahramonlarini ana shunday murakkab vaziyatlarda kuzatadi va ularni tushunishga harakat qiladi. Asarlardagi o‘ziga xos badiiy tasvir va ifodalar sizga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Davron Rajab
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz

AYOL

U butun dunyoni nurga o‘raydi
Mulki borliq undan mehr so‘raydi
Oftob ham boshqacha kulimsiraydi
Ayol baxtli bo‘lsa...

Baxtni baxtli qilar bir tabassumi
Umringiz tark etmas sevgi mavsumi
Ayting, atirgulmi yo u masʼummi?
Ayol baxtli bo‘lsa...

Yurtga Sohibqiron Temurni bergan
Hazrat Navoiyni, Boburni bergan
Erkakka mardlikni, g‘ururni bergan –
Ayol baxtli bo‘lsa...

Muhabbatning umri uzun bo‘lgaydir
Sadoqatning qo‘li ustun bo‘lgaydir
Bu dunyoning bag‘ri butun bo‘lgaydir
Ayol baxtli bo‘lsa...

Hayotxon Ortiqboyeva,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tomchilar ozib ketdi

Tipratikancha o‘rmondagi o‘rtoqlari bilan o‘ynash uchun uyasidan tashkariga chiqqan ham ediki, birdaniga shatir-shuturlab yomg‘ir yog‘ib ketdi. Tipratikancha darrov uyasiga qaytib kirdi-da, deraza oldida o‘tirib, daraxtlarning barglari va mevalari ustida raqs tushayotgan yomg‘ir tomchilarini tomosha qila boshladi.
Yomg‘ir tomchilari:
— Osmonga chiqsa bulut,
Raqs tush, tashvishni unut! — deb qo‘shiq kuylashardi.
Tipratikancha deraza oldidagi yumshoq o‘rindig‘ida shunaqangi uzoq o‘tirdi-ki, hatto zerikkanidan uxlab ham qoldi. U uyg‘onganida raqs tushaverib charchagan yomg‘ir tomchilari daraxtlar tagida, o‘tlar orasida uxlab yotishar, barglar uzra bir nechta mitti-mitti tomchilar raqs tushishardi.
— Voy, oyijon, qarang, yomg‘ir tomchilari raqs tushaverganidan ozib ketishibdi-ya! — deb xitob qildi, ajablangan Tipratikancha.

Muhabbat Yo‘ldosheva,
bolalar yozuvchisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qaytarmikin Alpomish chohdan...

Donoxol Jumayeva sheʼri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109212

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hovliqma tuyaqush

Tuyaqush bir kuni tuya bilan poyga o‘ynamoqchi bo‘ldi.
— Tuya juda tez yuguradi, — dedi Quyonvoy. — U bilan poyga o‘ynamaganing maʼqul edi-da!
— Tuya baribir sendan o‘zib ketadi, — dedi chumchuq.
Lekin tuyaqush hech kimga quloq solmay, tuyaga poyga o‘ynashni taklif qildi. Tuya boshini asta qimirlatganicha tuyaqushning maqtanishlarini tingladi, keyin “Bo‘pti, ertaga ertalab quyosh chiqishi bilan cho‘l yoqasiga kelgin”, - dedi.
Ertasi kuni quyoshning ilk nurlari cho‘ldagi qumlar ustini yoritayotgan paytda, tuya va tuyaqush poyga boshlashdi. Ular shunaqangi tez yugurishdiki, oyoqlari ostidagi qumlar har tarafga otila boshladi. Poygani tomosha qilgani kelgan hayvonlar qum bo‘roni boshlanganini ko‘rib, pana joylarga yashirinib olishdi.
Tomoshabin hayvonlar har tarafga qochayotganlarini ko‘rgan tuyaqush qo‘rqib ketdi. U boshini qumtepa orasiga tiqib oldi-da, qimirlamay turaverdi. Tuya esa yugurishda davom etdi va poygada yutib chiqdi.

Xurshid Tojiboyev,
bolalar yozuvchisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Davlatimiz rahbari Moskvada o‘tayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodkorlar va yoshlar “milliy liboslar va
qadriyatlar” tadbirida uchrashdi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mutolaa_vaqti

IKKI ESHIK ORASI

Oʻtkir Hoshimov oʻz romani haqida va shu orqali dilidagi soʻzlarni ham aytib oʻtgan:
„Rost bilan yolgʻonning oʻrtasi — toʻrt enlik“, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, koʻp emas, toʻrt enlik? Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi — toʻrt enlik ekan. Eshitganingga emas, koʻrganingga ishon … Maqsad — shu. Bu kitobdagi koʻp odamlarni oʻzim koʻrganman. Koʻplari bilan gaplashganman. Baʼzilarining oʻzi bilan, baʼzilarining … ruhi bilan …" 
Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi
.

Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | «G`ordagi omonat» kitobi taqdimoti

#8oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#MA'RIFAT ULASHIB

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin SAYYID, taniqli shoirlar Jo'rabek Jahon hamda Zavqiddin Nasimovlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.

Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

AFGʻONISTON NAVOIYSHUNOSLIGI
Azizullah Aral

Bugungi Afg‘oniston va Eron hududida Alisher Navoiy tomonidan jami 370 dan ortiq xayriya inshootlari qurilgani haqida ma’lumotlar bor.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/afg%ca%bboniston-navoiyshunosligi

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | "Maʼrifat ulashib" loyihasi

#8oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Millat ustozlari — bir qancha avlodlarning didini, qalbini, farosatini tarbiyalaydi.

Eshqobil Shukur,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

‘Yangi O‘zbekiston‘ gazetasining 2024-yil 8-oktabr kungi 203-sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi O‘rolboy Qobilning ‘Moziyga qarab ish кўрмоқ...'' maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz

OILA

Kattasi ketgandi baliq oviga,
Cho‘milib-netmasin, ishqilib.
Turli tasavvurlar olar doviga,
Kampirning nafasi kelar tiqilib.
— Hoy, siz ham bolani o‘ylang-da бундоқ...-
Kampir erk bergancha puch xayoliga,
Kapgirni qaygadir ilib o‘sha choq
Tanbeh bera boshlar choliga.
Chol-chi, ko‘zoynagin artgancha bot-bot
Kitob varaqlaydi: Bedilmi, Mashrab...
— Moshinda ketuvdi kenjasi shaddod,
Yursin-da, ishqilib, ko‘ziga qarab...
Kun ham erta botdi, bilmadim, kuzmi,
Bittasi kechkida o‘qiydi.
— Sen ham o‘ylagin-da anavi qizni?—
Chol ham kampirini nuqiydi.
Hech qayda hech gap yo‘q, shundoq ikkovlon
Bir-birin besabab koyir, turtkilar.
Lekin ikkisi ham biladi pinhon:
Bolalarni o‘ylaydi ular.
So‘ngra bir mahalda uzun-qisqa bo‘lib
Bolalar ham kelar galma-gal.
Dasturxon atrofi boradi to‘lib,
Xayriyat, hammasi jam, tugal.
Kampir: — Shukr, — deydi qimtinib labi,
Chol ham jilmayadi:
Tushunar...
Dunyoda hech bir gap bo‘lmagan kabi
Bolalar ovqatni tushirar.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

VATAN

Sirojiddin Sayyid she'ri
Chirchiq shahridagi 12-maktab o‘qivchilari ijro etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi roman taqdimoti

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar ishtirok etgan tadbirni uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Unda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, adabiyotshunos olimlar Adhambek Alimbekov, Baxtiyor Abdushukurov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi o‘rinbosari Bekmurod Rahmatullayev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Ushbu kitob hikoya va qissalari bilan o‘qirmanlarning mehrini qozongan adib Xolmuhammad Karimiyning ilk romanidir. Unga Orziqul Ergash muharrirlik qilgan. “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.
- G‘ordagi omonat bu - o‘tov. Voqealar uning atrofida aylanadi, - dedi Adhambek Alimbekov. - Asarning ahamiyatli jihati unda milliy qadriyatlarimizni unutmaslikka chaqiradi.
Asarni o‘qir ekansiz, muallifning xalq hayotidan na­qadar yaxshi xabardor ekanini anglaysiz. Unda ming yillardan buyon o‘zligimizga singib ketgan o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz qahramonlarning umr yo‘lini yoritib boradi. Ayni shu hol manzaralar tasvirida ham izchil davom ettirilganiga guvoh bo‘lasiz.
Tadbirda Bekmurod Rahmatullayev so‘zga chiqib, yangi roman xususida fikrlarini bildirdi va uyushma raisi Sirojiddin Sayyidga jangchi-faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda fidoyilik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining medalini topshirdi.
Adibning bugungacha “Hurayro”, “Hurliqo”, «Buni hayot deydilar..." nomli qissa va hikoyalar to‘plami nashr qilingan.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar yozuvchining ijod yo‘li, yozuvchilik mahorati, ilk romanining mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratishdi. Muallif yig‘ilganlarga dastxati qo‘yilgan yangi asarini ulashdi. Ijodkorga uyushmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kun hikmati

Insonning bilim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘zini shunchalik baxtli his qiladi.

Abu Ali ibn Sino

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qanday taxallus ostida she’riy luqmalar chiqargani haqida quyidagi maqolada o‘qishingiz mumkin:

👉 jadid-media.uz/ulugimsan-vatanim


Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…
Подписаться на канал