Davlatimiz rahbari Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109184
Taklifnoma
Bugun, 7-oktabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adib Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
«Ma’rifat ulashib» loyihasi:
Adiblar tashrifi adabiyotga ixlosmand yoshlar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.
Axborot 24 | O‘zbekiston xalq shoiri Usmon A'zim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Shuhrat Orif, Dadaxon Muhammadiy «Ma'rifat ulashib» loyihasi mehmoni.
#4oct #uzbekiston24
Najmiddin Komilov. «Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh…» Alisher Navoiy g’azaliga sharh | Xurshid Davron kutubxonasi
https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/najmiddin-komilov-axtarin-ashk-ettiyu-sovuq-nafasni-oq-subh-alisher-navoiy-gazaliga-sharh.html
Qutlov
JO‘RA FOZIL 75 YOSHDA
Taniqli adib Jo‘ra Fozil 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan.
1976-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1966-yilda Romitan tumani bosmaxonasi harf teruvchisiligidan boshlagan. Turli yillarda “Romitannoma” gazetasi musahhihi, adabiy xodimi, Romitan tumani madaniyat uyi uslubshunosi, “Romitannoma” gazetasi adabiy xodimi, mas’ul kotibi, muharrir o‘rinbosari, “Mulkdor” gazetasining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri, “Romitannoma” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Uning “Muhabbatning bayramlari” (1991), “Barqut mavsum” (1992), “Buxoroyi sharif elchilari” (1996), “Baxt yulduzi” (1997), “Mening qizil gulim” (1998), “Bolalikning yolg‘iz yodgori” (2002), “Buxoriyning qaytishi” (2004), “Ayriliq ostonasi” (roman, 2006), “Tiramoh armonlari” (roman, 2008), “Biz lola termagan bahor” (2010), “Gʻoziyon zindoni” (2014), “Yo‘lbarsdaraning so‘nggi sultoni” (2015), “Oshiq Buxoriy qissalari” (2016), “Xongulning sarguzashtlari” (qissalar va hikoyalar, 2018) kitoblari nashr etilgan.
Shu yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan “Yo‘l” nomli nasriy kitobi chop etildi.
2015-yilda Viktor Astavyevning “Gʻamgin sarguzasht” romanini tarjima qilib, chop ettirgan.
Jo‘ra Fozil o‘z asarlari bilan bir qator respublika miqyosidagi ijodiy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
1992-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Adabiyotimizga rivojiga qo‘shgan munosib hissasi inobatga olinib, 2019-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ijodkorni ushbu sana bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Эркин Воҳидов ижод мактабида Ўзбекистон халқ шоири Энахон Сиддиқова таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан ёшлар ўрасида ўтказилган “Шеърюрак” адабиёт танловидан суратлар.
Читать полностью…“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Koreya yozuvchilari va shoirlari bilan bo‘lgan uchrashuv efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
❗️
“VATAN! BOR QISMATIM SHU BIR SO‘ZDA HAL…”
Gulbahor ASHUROVA
Abdulla Oripovning Vatan ishqi va dardi bilan yo‘g‘rilgan she’rlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ularning har biri u yoki bu darajada she’rxonni o‘zligini bilishga, “Sen kimsan, ajdodlaring kim, erk va hurriyat beshiging qayonda?” degan savollarga mustaqil javob izlash va topishga undaydi.
Jarayon
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Ellikqalʼa tumanidagi 36-, 38-, 47-, 61-, 66-sonli umumtaʼlim maktablarida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Yangiboy Qo‘chqorov, Zulayho Nurmetova kitobxonlar bilan muloqot qildi. Yangi asarlaridan o‘qib berdi. Tadbirda faol kitobxonlarga sovg‘alar topshirildi.
TAKLIFNΟΜΑ
Shu yilning 9-oktyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Ijod nashr" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Boshimdagi tojim onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" nomli kitoblarning taqdimoti hamda "Ko‘ksimni kuydirgan alanga!" deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 7-8 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Prezident.uz
* * *
Tomchilar daryoga aylandi bu kech,
Poklik libosiga belandi olam.
Qachon yuragingga kelar bahorlar,
Sen qachon o‘zingni taniysan, Odam!..
Tokay yashagaysan o‘zingni aldab,
Yetar egilganing, ko‘tar qaddingni.
Sajda qilaverma to‘rvalaringga,
O‘zingni timdalab charchamadingmi?!
Menga ota bo‘lib otalik qilgil,
Ona bo‘lib bitta oromingdan kech.
Kelgil, yuzlaringga yuzimni bosay,
Seni sog‘inganman niqobingni yech...
Qoya o‘zingdirsan, ko‘lmak o‘zingsan,
Quyosh o‘zingdirsan, sen o‘zingsan sham.
Menga maqtovlaring kerakmas, faqat
Sening buyukliging istayman, Odam!
Men tokay quyoshning yonida turib,
Shamning shuʼlasini yo‘qlab o‘taman.
Oppoq kunlaringga qayta olmasang,
Yig‘lab tug‘ilganman, yig‘lab ketaman...
(1999)
* * *
Xonqizidek g‘imirlar umrim,
Yillar norozidek kunlardan.
Lahzalarning halovati yo‘q,
Hijron isi kelar tunlardan.
Baʼzida hammasi mukammal,
Baʼzida hammasi chaladek.
Ming bir tadorikda yashayman,
Fotihini kutgan qalʼadek...
Taqdirning ismini topmadim,
U — imlosi eskirgan chizma.
Daryolardan ro‘shnolik tilab,
O‘tayotgan sho‘rlik dengizman...
To‘lqinlar kiradi tushimga,
Dengizman va lekin isbot yo‘q.
Xijolat chekmayman, baribir
Isbot so‘raydigan bir zot yo‘q...
* * *
Isming aytar dengiz shamoli,
To‘lqinlarda sukunating bor.
Izlamoqchi bo‘lib o‘zimni,
Seni topaveraman takror.
Umr — seni topmoqqa imkon,
Taqdir — oniy lahzalar yodi.
Senga yetib bo‘lmas borlikda,
Topmoq mumkin o‘zni yo‘qotib.
Izlamoqchi bo‘lib o‘zimni,
Seni topaveraman takror.
Isming aytar dengiz shamoli,
To‘lqinlarda sukunating bor...
HOL
So‘zsiz kezinaman sohilda,
Xudo bilan qolgandek yolg‘iz.
Dengizdek masʼum va osuda,
Orom olar qaydadir bir qiz...
Dengiz to‘lg‘onadi bezovta —
Uyqusidan uyg‘ondi bir qiz...
So‘zsiz kezinaman sohilda,
Xudo bilan qolgandek yolg‘iz.
* * *
Xirgoyi boshlaydi telefon,
Xushtak chalib qo‘yar baʼzida.
O‘ttiz yetti yoshga ham keldik,
Lahzalarning aravasida.
Tilaklardan xiralashar dil,
Chorig‘ini yechar eski g‘am.
Umr mendan zerikib ketdi,
Yana umr so‘raydi onam...
Hadikda quchadi qizlarim,
Ayolim kulgumni axtarar.
Sevina boshlasam devorda
Soat menga achinib qarar...
Shu zaylda qahramon bo‘lib,
Yillarimni o‘ldirayapman.
Yosh-ku mayli to‘lib bormoqda,
Men nimani to‘ldirayapman?
Quvonaymi yoki o‘kinay,
Do‘stimmi, g‘animmi — qutlagan.
Bilaman — xudoyim yaratib,
Qaysidir nuqtani butlagan...
Sendan nolimayman, yuragim,
Avval bu dunyoga bosh keldi.
Hammasi-hammasi joyida —
Tovonimdan ko‘zga yosh keldi...
Shuhrat Orif,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Faxriyor
Kuz yomg‘iri
(turkum)
1
Xazonlar ergashdi armon xayliga,
kuz vido istadi ko‘ngil mayliga,
yomg‘irlar yog‘adi hijron saylida –
kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.
Na ko‘z – tikarga, na umid – bog‘larga,
na so‘z – aytarga, na dimog‘ – chog‘larga,
na gul – sevarga, na ko‘ngil – dog‘larga.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.
Ilinj sahrosida bir juft ko‘z sag‘ir,
suymog‘ing osondir, kuymog‘ing og‘ir,
qantarday umid ham bormoqda og‘ib.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.
Armon ajr bo‘ldi, fajr bo‘lmadi,
ko‘ngil qaqnus bo‘ldi, g‘ajir bo‘lmadi,
na suygu, na kuygu vojib bo‘lmadi.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.
Ko‘ngil yog‘ar, shivalaydi maydalab,
bir kuy bo‘lib, ostonangdan haydalar,
egam, egam, ne dardingki, qaytalar?
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.
2
Yomg‘irlarda qolgan daydi it –
yorning tillo ostonasidan
haydalgan sevgi.
Endi u kulbaga
qaytmas hech qachon.
Daydi o‘q kabi
daydi it – sevgi.
Daydi itning trayektoriyasi
taqdiring bo‘lib
sinadi har muyulishda.
3
Oyna kabi shaffof shamol
yo‘lida uchragan
narsalarga urilib sinar.
Chumchuqlarga aylanar shamolning siniqlari
daraxtlarga qo‘nmoq uchun
yaproqlar o‘rniga.
4
Yomg‘ir – ulkan ko‘ngil daraxtining
yog‘ayotgan xazon va rangpar
yaproqlaridir.
Hijron to‘lib qolgan bu yaproqlarning
har bir so‘nayotgan hujayrasiga.
Har bir yaproq simobday og‘ir,
yuzingga keltirib uradi shamol
bu yaproqlarni.
Yuzga sanchiladi mavhum hijronning
sensizlikning xazon faslida
moddiylashgan tikanaklari.
5
Kuzda osmon haqda so‘zlanmas,
ayniqsa, yomg‘ir payti.
Qishki uyqusiga ketadi iloh
osmon – ko‘zini yumib.
Osmonga aylanar bulutlar
kuzda.
Ko‘ngil esa
ilohga aylanar
aytib yig‘lamoq uchun
namozshomgulni.
Bahor yodi.
6
Men – yo‘qsil oshiq
engil qilib kiyaman dilni
kuzning salqin havolarida,
yomg‘irli kunlarda.
Dilim katta kelar egnimga.
Yerlarga sudralar dilimning bari.
Yonimda sen bo‘lsayding, sevgilim,
junjikib tursayding yonimda,
dilimni yopsaydim egningga.
Dilimni yopinib o‘tirsayding yonimda
yelkamga boshing qo‘yib…
7
Umid
janubga uchib ketolmaydigan
tutqun qush kabi
qunishib turar yomg‘irda
bir oyog‘ini
qanotlari ostiga olib.
Yurak tomi o‘pirilib tushgan
eski uy kabi
vayrondir.
Uning devorlari
shamoldan asrashi mumkin umidni,
biroq yomg‘ir atrofdan emas,
ko‘kdan yog‘ar…
1999-yil 31-oktyabr
TUNGI YURAK
Yurak ketib borar,
Kezgindi yurak,
Gohida imillab, gohida qichab.
Yuragimning qadam tovushlarini
Eshitib yotaman har tun, har kecha.
Yurak ketib borar tentib, telbarab,
Ko‘ngil ko‘chasida mendan beso‘roq.
Seni izlab borar Samarqand tomon,
Bechora uyingni bilmaydi biroq.
Sho‘rlik kutishingga hamon ishonar,
Men esam bor gapni qandoq aytayin?
Qandoq tushuntiray unga vidoni,
O‘zbekcha bilmasa, axir, qaytayin?!
Nima deb avrayin, ne deb elanay,
Qandoq qaytarayin bu yo‘ldan uni?
Yurak ketib borar...
Nachora, mening
Shu bebosh yurakka qolgandir kunim.
1987
Jo‘ra Fozil 75 yoshda. "O‘zbekiston 24" radiokanalida adib tavallud topgan kun munosabati bilan eshittirish efirga uzatildi. Muallif Durdona Dilshod.
Читать полностью…Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy muloqotlar
Ma’rifat targ‘iboti har qachongidan ham jadal va ta’sirchan bo‘lishi, boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, u yangi kuch va harakatga aylanishini davrning o‘zi taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida maxsus tuzilgan rejaga muvofiq “Ma’rifat ulashib” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlandi.
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, dotsent Gulbahor Saidg‘ani va “Mahalla” telekanali bosh muharriri o’rinbosari, shoir Suhrob Ziyo mehmon bo‘ldi.
Tadbirda universitet rektori Bahodir Mirzayev boshchiligidagi jamoa va talabalar qatnashdi. Mehmonlar universitet kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi. U yerga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 100 dona kitob taqdim etildi. Rektor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Mehmonlar tushdan keyin talabalar ishtirokidagi “Zakovat” o‘yinini kuzatdi, g‘oliblarni rag‘batlantirishdi.
Mehmonlar tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, bu jarayonlar yosh avlod uchun yaratilayotgan sharoitlar katta imkoniyat ekanini ta'kidladilar. Shuningdek, Vatanni ulug‘lovchi she’r va ijodiy asarlaridan namunalar taqdim etishdi. Ular yoshlarni yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga undashdi.
Mehmonlar universitet bilan hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, uchrashuvda qatnashdi, maktab o’quvchilari uchun ma’rifat sabog‘ini ulashdi.
Uchrashuvda universitetning iqtidorli talabalari o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdi. Mehmonlar talabalarga o‘z sohalarida qanday yutuqlarga erishish mumkinligi haqida maslahat va tavsiyalar berdi.
Tadbir so‘nggida faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, universitet rahbariyati esa mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Mehmonlar universitetdagi talabalar turar joylarini ham ko’zdan kechirdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, adabiyot va kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida katta hissa qo‘shmoqda.
Ushbu muloqot talabalar va o‘quvchilar hayotida unutilmas uchrashuv sifatida yodda saqlanadi, albatta.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Энахон Сиддиқова яшаган уйга ўрнатилган ёдгорлик лавҳасининг тантанали очилиш маросимидан суратлар.
Читать полностью…Эркин Воҳидов ижод мактабида Ўзбекистон халқ шоири Энахон Сиддиқова таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан ёшлар ўрасида ўтказилган “Шеърюрак” адабиёт танловидан суратлар.
Читать полностью…ЯХШИЛИККА САРФЛАНГАН УМРЛАР ЁДИ
Фарғона азалдан шоирларга бешик бўлиб келган замин. Бу диёрдан бугун ҳам кўплаб истеъдодли ижодкорлар етишиб чиқмоқда. Чунки бу ерда адабий муҳит, адабий мактаб бор, ҳар йили адабиёт кунлари ўтказилади. Бу йилги адабиёт байрами 3-4 октябр кунлари Қўқон шаҳри, Марғилон, Фарғона туманлари ва Фарғона шаҳрида бўлиб ўтди.
Батафсил...
Maʼrifat ulashib
Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zoslari - Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov ishtirok etdi.
Uchrashuv adabiy-maʼrifiy mavzuga oid fikr-mulohalar bilan qizg‘in kechdi.