Poytaxtimizdagi Toshkent Perfekt universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda adiblar - Isajon Sulton, Zilola Xo‘janiyozova, Begali Eshonqulov yoshlar bilan yuzma-yuz adabiy, ijodiy muloqotda bo‘ldi.
Читать полностью…BRIKS sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozondagi BRIKS sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezident.uz
#tavsiya
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.
Lev Tolstoy
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
TIL BAYRAMI – EL BAYRAMI, IJOD BAYRAMI
Viloyatimizda bo‘lib o‘tgan Adabiyot kunlari o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi tantanalarini har qachongidan keng qamrovda tarannum etish imkonini berdi.
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni. Kuzning bayram shukuhiga to‘la tarovatli tongi namanganlik ijodkorlarni, ilmiy jamoatchilik va ma‘naviyat targ‘ibotchilarini viloyat markazidagi «Adiblar xiyoboni»da birlashtirdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo rahbarligidagi taniqli yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olim va san‘at ustalari bobo Mashrabning muazzam haykali poyida o‘zbek tilining jahonaro nufuzini yuksaltirish uchun qilinayotgan ishlar yuzasidan namanganliklar bilan bir go‘zal majlis tuzdilar.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Hotamovning mavzuga doir nutqida Navoiy hazratlaridan Habib Sa‘dullagacha, Chustiy g‘azaliyotidan Husniddin Sharipov dostonlarigacha o‘zbek tilining sayqali va bu tengsiz xazinani boyitish yo‘lidagi intilishlar, davlatimiz rahbarining bu boradagi tashabbus va tavsiyalari haqidagi ma‘lumotlar bilan yoqimli, siyosiylikka va ilmiylikka hamohang edi.
Chustiy tavalludining 120 yilligi, Husniddin Sharipovning 90 yoshlik yubileylari tilimiz xazinasiga qo‘shgan amaliy hissalari va targ‘ibotchilik faoliyatlari sharaflandi. Ishtirokchilar Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Ziyoviddin Mansurov hamda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Mastura Nabixonovalarning mavzu doirasidagi fikrlarini tinglagach, Rahimbobo Mashrab haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Katta adabiy anjumanga viloyat teatri jamoasi astoydil taraddud ko‘rishganki, sahnada Chustiy va Husniddin Sharipov siymolari eng dilbar ash‘orlari jarangi bilan namoyon etildi. Atoqli kun yana sakkiz nafar yubiley yoshi nishonlanayotgan namanganlik shoiru adibning shaxsi va ijodiga hurmat-ehtirom izhorlari bilan yana-da fayzli edi. Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Sanobar Hasanova, Lutfulla Mahmud, Temur Bek, Boqiy Mirzo, Isoqjon Nishonov, Sodiq Sayxun, O‘ktamoy Xoldorova, Muhammad Vali viloyat teatri sahnasida sharaflanib, Yozuvchilar uyushmasi, viloyat hokimligi va ma‘naviyat va marifat kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari, tabriknomalari bilan siylandilar.
– Ona tilimiz rivojiga hamda biz ijod ahlini ilhomlantirish uchun ko‘rsatilayotgan e‘tibor uchun davlatimiz rahbaridan boshlab ijodiy tashkilotlarga, xususan, viloyatimiz rahbariyatiga bugun yubiley yoshi nishonlangan barcha ijodkor do‘stlarim va o‘z nomimdan cheksiz tashakkurimizni bildiraman, – dedi yozuvchi Isoqjon Nishonov.
Yozuvchilar uyushmasidan viloyat hokimligiga Alisher Navoiy “Xamsa”sining yangi chop etilgan mukammal to‘plami sovg‘a qilindi.
To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi Ishoqxon Ibrat majmuasi endilikda uzoq-yaqindan Namanganimizga tashrif buyuruvchilarning ziyoratgohiga aylandiki, poytaxtlik mehmonlar ham majmuada bo‘lib, o‘ndan ortiq tilni bilgan, oltita tilli lug‘at yaratib, o‘zbek tilining umrboqiyligiga beqiyos hissa qo‘shgan Ishoqxon to‘ra Ibrat haykali poyiga gullar qo‘yishdi. Filologiya fanlari nomzodi Hulkarxon Hamroyeva, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Namangan davlat chet tillari instituti hamda Ishoqxon Ibrat ijod maktabi talaba-o‘quvchilari bilan ma‘rifiy muloqot o‘tkazdilar. Unda iste‘dodli yoshlar tomonidan qadri baland, qaddi yuksak o‘zbek tilini ulug‘lovchi badiiy dastur ham namoyish etildi.
Chust madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ma‘naviy-ma‘rifiy suhbat adabiy anjuman tusini oldi. Nazmu navo jarangidan ko‘ngillarga nur indi. Taniqli telesuxandon Muslimbek Yo‘ldoshev boshqargan davrada Chustiy g‘azallari yangradi.
Mavlono Chustiyning hayoti ham, ijodi ham haqiqiy vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, olijanoblik, sabru qanoat va shukronalik, matonat va jasoratning noyob namunasidir. O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.
Nosirjon DEHQONOV
SINFDAN TASHQARIDA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid “Sinfdan tashqarida” ko‘rsatuvining bu galgi mehmoni.
Iqtibos
Kitob - zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.
Frensis Bekon
Til – millatning faxri va g‘ururidir!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xodimlari hamkorligida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Fanlar akademiyasi xodimi, tilshunoslar hamda vazirlik va markaz mas'ullari mamlakatimizda Davlat tili borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z ma’ruzalari va ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbirda o‘zbek tili qanchalik boy va takrorlanmas ekani borasida misollar keltirildi hamda davlat tilini tarannum etuvchi video roliklar namoyish etildi.
#Jadidlar
Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir!
Abdulla Avloniy
Uchrashuv va kitob taqdimoti
Mahmud Zamahshariy nomidagi axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Sayyora Samandarova bilan ijodiy uchrashuv va uning “Faqat ishq” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Dastlab talabalar markazimizda taniqli adib Erkin Samandarga bag‘ishlab tashkil qilingan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Tadbirda so‘z olgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams shoira asarlari g‘oyasi, o‘ziga xos jihatlari, ilmiy ishlari hamda “Faqat ishq” to‘plami haqida o‘zlarining iliq fiklarini bildirdilar.
So‘ng Sayyora Samandar o‘z ilmiy faoliyati, ijodi, yangi nashr qilingan to‘plami haqida so‘zladi va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga javob berdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Qozonda uchrashuv o‘tkazdilar
Читать полностью…BRIKS sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Boshimdagi tojim onam" hamda "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" kitoblari taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahriga jo‘nab ketdi.
Prezident.uz
❗️
23-oktyabr – italiyalik bolalar yozuvchisi Janni Rodari tavallud topgan kun
Janni Rodari 1920-yil 23-oktyabrda Italiyaning Pyemont viloyatidagi Omenya shaharchasida dunyoga kelgan.
Rodari 1948-yil “Unita” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirib, oʻsha yildan eʼtiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1950-yildan Rimda tashkil etilgan “Pioniyere” bolalar jurnaliga bosh muharrir etib tayinlanadi. 1951-yilda uning ilk kitobi “Quvnoq sheʼrlar” dunyo yuzini koʻradi. Soʻng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning sarguzashtlari” asarini yaratadi.
Tez orada Rodarining “Jelsamino yolgʻonchilar mamlakatida”, “Osmon va zamindagi sheʼrlar”, “Yangi yil archalari sayyorasi”, “Samodagi tort”, “Bekorchi laqabli Jovanninoning sarguzashtlari” singari asarlari bolalar kitob javonidan joy oladi. Uning asarlari bir qator tillarga tarjima qilina boshlaydi.
Janni Rodarining ertak, qissa va hikoyalarida bolalarcha soddalik, begʻuborlik yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Shu bilan birga, u oʻz asarlarida yangicha, noanʼanaviy usul va uslublardan ham unumli foydalandi. “Uchtadan yakuni bor ertaklar” toʻplamida ana shunday yangicha yondashuvni koʻrish mumkin. Bu ertaklarning har birida oʻquvchiga voqealarning uch xil yechimini taqdim etadi. Adibning barcha asarlari bolalarni rostgoʻy, dovyurak boʻlishga, odamlarga faqat ezgulik ulashishga daʼvat etadi.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Jasorat, bilim va ko‘zyosh bilan yozilgan sheʼrlar – uch zamonaviy shoir sheʼriyati tahlili
U Qashqadaryoda, togʻlar orasida katta boʻlgani sheʼrlaridagi tabiatga yaqinlik, zaminga oshnolikdan seziladi. Va ayni shu oshiqlik uni boshqa shoirlardan ajratib turadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3130
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
❗️
“Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi...”
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, publitsist, adib Eshqobil Shukur bilan suhbat uyushtirdik.
📱 Suhbatni bugun 21.00 da JADIDmedia-ol4fc">YouTube kanalimizda tomosha qiling.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling