yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
JADIDLIK HARAKATIDA TIL MASALALARI
Ixtiyor ERMATOV

Turkistonda Fitrat boshchiligidagi ma’rifatpar­var shaxs­­­­lar ilk bor o‘zbek tilini ilmiy o‘rganishga kirishdi. Ular milliy til qoidalari arab yoki rus tili grammatikalari asosida emas, balki milliy tilning ichki tabia­ti­dan kelib chiqib yarati­lishi kerak­ligini anglaganlari sababli ham tilni tarixiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namuna­lari va hududlarga xos sheva materiallari asosida o‘rgana bosh­ladilar.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/jadidlik-harakatida-til-masalalari

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Bugun, 21-oktyabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi! Shu munosabat bilan erta tongdan Guliston shahridagi "Bilimdonlar maskani"dagi Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi. Buyuk shoir xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Unda viloyat hokimligi, turli mehnat jamoalari, yoshlar, milliy madaniy markazlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat Musiqali drama teatrida davom etgan asosiy bayram tantanasida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizni sana munosabati bilan qizg‘in qutladi. Tadbir davomida ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi, sheʼrlar aytildi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qaerdan!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim dargʼazab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Bal‘zak, Tagor.

«Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

— Hey, bu qanday aqida! —
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tigʼ urdi
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, togʼlar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
Sheʼr yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

 Muhammad Yusuf,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda keng jamoatchilik vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, harbiylar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini alohida ta‘kidlab, jahondagi ilk leksikologik lug‘at ham aynan o‘zbek tilida yozilganini qayd etdi. Shuningdek, tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurod o‘zbek tiliga bag‘ishlangan sheʼrini o‘qib berdi.
San‘at saroyi majmuasida davom etgan kechada viloyat musiqali drama teatri san‘atkorlari ona tilimiz ulug‘langan sahna asarlaridan parchalar namoyish qildi. Bayram tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Muzaffar Qurbonov,
Uyushmaning Surxondaryo viloyat bo‘limi adabiy xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
🎤 Usbekistan-online.de va Uzbekistan Gallery internet portallari asoschisi Gerhard Birkl O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tabrik yo‘llab, Erkin Vohidovning “Inson” qasidasidan parcha o‘qidi.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar Xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirdan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ona til

Eshqobil Shukur

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Farg‘onada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali maydonida viloyat bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva, uyushma aʼzosi Dilnavoz Qo‘ldosheva nutqlarida ona tilimizni tarannum etuvchi sheʼrlar jarang sochdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan bog‘liq muhim sanadir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yil "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi nishonlanmoqda.
Mobiuz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda xodimlar uchun "O‘zbek she’riyati go‘zalligi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Halima Ahmedova, Muhiddin Abdusamatov, Mansur Jumayev, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Hulkar Sherzodova so‘zga chiqdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

«ESKI O‘ZBEK TILI»GA YOZUV

Mening tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to‘g‘on tushib,
Yo‘li to‘silgan tilim.

Qushning unut patiday
To‘kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida
Rangi-ro‘yi somonim.

«Eski o‘zbek tili»mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo‘rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.

Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o‘zbek,
Arosat belgisi bor.

Besh yuz yillar avvalgi
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam baʼzan tushunmas.

Ko‘kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O‘z tilini yo‘qotgan
Xalq bo‘lmasmi yerdan daf.

Oldga, safarbarlikka
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka
Qanday karaydi bolam.

Uni kim qilib qo‘ydim,
Kim bo‘ldi og‘am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim.

Guli unut xalq bo‘ldik,
Yo‘li unut xalq bo‘ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo‘ldik.

Umrimning shom, kechiga
Shu o‘y sanchilib turib,
“Lug‘atit-turk” ichiga
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.

HALIMA XUDOYBERDIYEVA

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Ona til


Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

 ABDULLA AVLONIY

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
🎤Ozarbayjonlik turkolog olima Almaz Ulvi Binnatova O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tabrik yo‘llar ekan, Hazrat Navoiyni yuksak e'tirof etdi.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Isteʼdodli ijodkordan ikki tuhfa

👇
https://xs.uz/uz/120045

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Til — millat ruhi, millat g‘ururi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Til – millat ruhi, millat g‘ururi” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Ahtamquli va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazar Eshonqul talabalar bilan suhbatda bo‘lib, o‘zbek tilining ahamiyati, tilning millat ruhida aks etishi, badiiy adabiyot va she‘riyatda so‘z qo‘llash san‘ati haqidagi qiziqarli fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Diqqat, tanlov!

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI,
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI,
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BUYICHA QO‘MITA


Islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, axloqiy komillik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida buyuk mutafakkir Imom Dorimiy va allomaning ilmiy merosi davomchilari haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar (elektron varianti bilan) kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan tartib bo‘yicha taqdim etilmagan asarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o‘qib, baholab boradi. G‘olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda kitob holida chop etiladi. Mualliflar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qutlov

BAHOR XOLBEKOVA 70 YoSHDA

Bahor Xolbekova 1954-yil 21-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Dastavval, “Guliston” keyinchalik “Sirdaryo haqiqati”, “Jizzax haqiqati”, "Universitet ovozi”, “Davr yoshlari” gazetalarida, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasida turli vazifalarda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i, “Ziyo” nashriyoti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Uning “Sirli ohanglar” (1982), “G‘animat dunyo” (2002), Sirdaryo viloyati tarixiga oid “Chaman ichra bir gul” (1996), “Sirdaryoning ayoli” birinchi va ikkinchi ocherklar to‘plami (hammualliflikda 2011-2013), “Bir dasta gul” (hammualiflikda 2014), “Piri komil keksalar” (hammualliflikda 2015) ocherklar to‘plamlari, “O‘zing o‘zimga kerak” (2014) sheʼriy to‘plamlari chop qilingan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ijodkorni qutlug‘ yosh bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni

#21oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Green University"da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan suhbatlashdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

QORA SEVINCH

Turkiy-o‘zbek tili davlat tili deb eʼlon etilgan kun

Kimga xatlar yozdim,
Kimni ranjitdim.
Kimning mehr ipin uzdim.
Bog‘layman.
Siz kuling, quvoning,
Siz chekkan ranjdan
O‘zim yig‘layman.

Bu kun qizil rangdan
Nafrat qilmangiz –
U mening unimdir,
Xunimdir!
Sho‘x kuling, quvoning siz,
Bugun
Mening yig‘laydigan kunimdir!

It azobin totgan ko‘p, biroq
Kim mendek xo‘rlikda kuladi?!.
Toshkentning kattakon ko‘chalarida
Navoiy yurgandek bo‘ladi!
Men dedim:
Maqtama, mayli, yaxshini,
Va lekin yomonni so‘kib qol.

Yig‘lamaslik uchun endi ko‘p zamon
Ko‘zim, sen boringni to‘kib qol,
Kim dedi:
Rohat yo‘q,
Zulm bor.
Yo‘q, kurash deyilgan ilm bor!
Balki, so‘zim yo‘qdir,

Ovozim yo‘qdir,
Lekin endi mening tilim bor!
Men-xasman, maysaman,
Tuproqman,
Yaksonman tarixning izlari bilan.
Lek bugun olamga
Mag‘rur boqaman
Hazrat Navoiyning ko‘zlari bilan!

1989

Mirzo Kenjabek

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

​​21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri

TIL VA MILLAT MAQOMI

Bu dunyoda millat bo‘lsa – davlat yashar,
Davlat bo‘lsa – bu dunyoda millat yashar.
Davlating bor – millating bor agar bilsang,
Millating bor – davlating bor asray bilsang.
Yofas bobolardan yodgor xilqatimsan,
Ona tilim, millatimsan, davlatimsan.

Toshbitiklar poyin o‘pgan Enasoylar,
Soylaringda kokil yuvgan Momo oylar.
Ko‘nglim aro uch ming yillik avjlaring bor,
Uch ming yillik javlonlaring, mavjlaring bor.
Uch ming yillik qoyalarday qudratimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.

Oq fotiha so‘rab bordim qoshlariga,
Oq tog‘larim o‘xshar bobom Qoshg‘ariyga.
Kim dunyoga kelib faqat dunyo buzgan,
Bobolarim mening so‘zdan dunyo tuzgan.
Dunyolarga dalolatim, tilxatimsan,
Ona tilim, toju taxtim, davlatimsan.

Hech bir avlod o‘zi shunday bino bo‘lmas,
O‘z-o‘zidan Beruniy yo Sino bo‘lmas.
Yer yuziga hikmat ekding arobiyda,
Qancha ilmu urfon bordir Forobiyda.
Jaholatga qarshi mangu daʼvatimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.

So‘z mulkida sultonlikni bola sherga –
Lutfiy bo‘lib lutf etgan zot Alisherga.
Samarqandsan – buyuklarga beshik bo‘lgan,
Maʼnaviyat dunyosiga eshik bo‘lgan.
Olam ahli aro hamon hayratimsan,
Ona tilim, millatimsan, davlatimsan.

Bobur Mirzo sog‘ingan ul qovunlarday,
Qolib ketding ne-ne dovul quyunlarda.
“Boburnoma”ng jabrnomang bo‘ldi sening,
Har nomang bir sabrnomang bo‘ldi sening.
Avlodlarga mangu meros dastxatimsan,
Millatimsan, ona tilim, davlatimsan.

Yoddan chiqmas Qodiriy ham Cho‘lponlaring,
Jonlar berib to‘lab ketgan o‘lponlaring.
Adabiyot yashasa gar – millat yashar,
Millat yashar – Adabiyot yashasa gar.
Avloniysan, Behbudiysan, Fitratimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.

Yangi davru davronimsan desam haqdir,
Bir yuz o‘ttiz to‘rt millatga o‘zing taqdir.
Yangrab ketdi tomirlarim, jonu dilim,
Olam uzra yangraganda ona tilim.
Millatlarni birlashtirgan millatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, davlatimsan.

Har qizing, har bolangni men bolam dedim,
Bolam dedim, bag‘rimdagi lolam dedim.
Ay bolamay, qandu asal tillaringdan,
Tillaringdan aylanayin, tillaringdan!
Bu dunyoda qolar mehru shafqatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.

Davru zamon shiddatlidir – ortga qaytmas,
Inson umri mehnatlidir – sayru gashtmas.
Vatan vatan bo‘lgaymu biz jon chekmasak,
Jondan kechib, zahmatin har on chekmasak.
Yangi azmu shijoatim, shiddatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, millatimsan.

Tasanno deb yozgan edim, yana yozay,
Yonib yozay, kecha-kunduz yonib yozay:
Shavkatli el bu dunyoda davlatlidir,
Davlatli el olam aro shavkatlidir.
Olam uzra yuksak shaʼnu shavkatimsan,
Davlatimsan, ona tilim, davlatimsan.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar Xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirdan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tilimiz_dilimiz

Ona tilim

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Ona tilim – do‘ppi kiygan so‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…

Iroda Umarova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin sheʼrga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

ABDULLA ORIPOV

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Guliston Davletova, qoraqalpoq shoiri

       O‘ZBEK TILIM


Assalomu alaykum og‘am va inim,
Tabassum-la Sharqdan otadi kunim.
Birga kelayapmiz Odam Otadan,
Dinim bir, dilim bir, tug‘ishgan tilim.

O‘rxun Enasoydan asli buyuging,
Tomirlashib ketgan mening ham tegim,
Barcha tүrkiy tildosh xalqlarga qondosh,
Bilga Hoqon bilan bobom Qultegin

Koshg‘ariylar  beshigini tebratgan,
Navoiyni cho‘ng cho‘qqiga to‘rlatgan.
O‘zbek tili shunday ulug‘ tilsan sen,
Cho‘lpon, Qodiriyga kurash o‘rgatgan.

Bu qadimiy turkiy til ming tarmoqli,
Qo‘ni-qo‘shni xalqlar ovul aymoqli.
Tilmoch izlab yurganim yo‘q olisdan.
O‘zbekcha – o‘z tilim, so‘zi ardoqli.

Qo‘ng‘iroqdek jaranglagan tilsan sen,
Xush muomala, tillar ichra dursan sen.
Barcha turkiy tillarni ergashtirib,
Barcha til otasi bo‘lgandirsan sen.

Ona tilim, or-nomusim, o‘ronim,
Tilim – elim-yurtim, mangu turorim.
Ona tilim – dilim, jonim va ruhim,
Xalqimizni qo‘riqlagan qurolim.

Tinglaganda zavq beradi xirgoying,
Og‘a-ini Abdulla va Ibroyim.
Sheʼriyatda baliq suvga kirgandek
O‘ynatdi ikkovi so‘zning shirmoyin.

Tili Nodiradek onaxonimning,
Zulfiya opaday dono xonimning.
So‘zlaring bol, shirin-shakar tilisan
Guliston, Halima jonajonimning.

O‘zbekcha, qoraqalpoqcha – o‘z unim,
Tug‘ishganmiz, o‘z og‘am ham o‘z inim.
Ko‘ngil ko‘ngillardan suv ichib tursa[1],
Do‘stlik ko‘prigisan o‘zing, oltinim!

Qorakalpoq  tilidan Rustam Musurman tarjimasi.

[1] Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar – Ibroyim Yusupov satriga ishora.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

⚡️ Til – millatning boyligi va bebaho mulki!

🎞 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan videorolik.

❗️ Tilimizni har kuni qadrlaylik!


_____
Bizni rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🔽

🌐
Telegram | Facebook

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#anons

📺 "Qadring baland bo’lsin, ona tilim"
🗓  21-oktabr

  16:05

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir – 
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charag‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga sadoqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mahshargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Turkiy tilim bordir, men barhayotman.

G‘ayrat Majid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir Chustiyning 120 yilligi nishonlandi (+video)

Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig‘idagi ko‘prikni yaratgan va aruznavislik sanʼati anʼanalarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Shunga ko‘ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g‘azalnavis va qo‘shiqchi shoirlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Chustiy shoirning adabiy taxallusi bo‘lib, u Namanganning Chust tumanida tavallud topgan. Asl ismi sharifi Nabixon (Nabixo‘ja) Nurillaxo‘ja o‘g‘li bo‘lib, u 1904-yilning 20-fevral kuni to‘quvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan.

📽 https://youtu.be/LFOkHLG9-LI

Батафсил: https://uza.uz/posts/647150

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

18-oktabr – Samarqand shahri kuni

SAMARQAND

Koʻz ilgʻamas manzildan yoʻlga chiqqan karvonim –
Avaylab olib kelar moziy yukin Samarqand.
Alp Er Toʻnga qoʻlida yaraqlagan farmonim:
“Xazinamda tengi yoʻq olmos mulkim – Samarqand!”

“Roʻyi zamin sayqali” deya unvon bermish kim!?
Ne shaharlar suqlanib, havas bilan boqar jim,
Saf tortadi izingda Kioto, Balx, Tabriz, Rim...
Muriding moʻl, imomlik senga mumkin, Samarqand!

Sarbadorlar dorda ham xirgoyi qilgan kuysan,
Sohibqiron safarda sogʻinib qolgan uysan,
Yarim dunyo boshida bulut – bir qovoq uysang,
Ellarni baxtli qilmish bitta kulging, Samarqand!

Ulugʻbek koʻzin taxtdan samo sari burganim,
Navoiy bilan tunlar nazmiy suhbat qurganim,
Mirzo Boburni bot-bot tushda yoʻqlab turganim,
Azizlar qalbidan rang olgan gulgun Samarqand.

Har koshining – sevgi va qudratning bir boʻlagi,
Shohizinda – abadiy tirik ruhlar yoʻlagi,
Ularga sirdosh dilning mumkin emas oʻlmagi,
Xizr kabi barhayot, uygʻoq tun-kun Samarqand.

Ne zamon edi, zer-u zabar boʻlding zirqirab,
Koʻhna harflar koʻzingdan sachradi-ku tirqirab,
Moturudiy, Sogʻarjiy faryod urdi chirqirab,
Ipakday zarqogʻozing boʻldi kukun, Samarqand.

Ozodlik paygʻomidan titilib ketdi yogʻiy,
Ne uchunkim, iqboling falak lavhida boqiy!
Tole mayin sipqorib ichaver, odil soqiy
Piyolangdan pokladi zahar yuqin, Samarqand.

Olamni chorlar yana  “Tillakori”, “Sherdor”ing,
Quchoq ochar Registon – bagʻrikeng-u bedoring,
Dildoshlik nagʻmasini chalar nay, ud, setoring,
Kuy avjidek yuksaltding doʻstlik tugʻin, Samarqand.

Husningga jilo berar davronim – usta naqqosh,
Davradoshlaring – Xiva, Buxoro, Margʻilon, Shosh,
Mehr-u ishq mehrobiga yoʻnalgaydir adil bosh,
Shu muqaddas mehrobga mangu yukun, Samarqand!

Umrimga bezak erur senda kechgan har onim,
Chanqasam – Zarafshonim, ochqasam – Siyob nonim...
Koʻz ilgʻamas manzilni koʻzlab borar karvonim,
Eltaver kelajakning nurli yukin, Samarqand!

Nodir Jonuzoq

Читать полностью…
Подписаться на канал