yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tilimiz_dilimiz

Ona tilim

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Ona tilim – do‘ppi kiygan so‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…

Iroda Umarova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin sheʼrga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

ABDULLA ORIPOV

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Guliston Davletova, qoraqalpoq shoiri

       O‘ZBEK TILIM


Assalomu alaykum og‘am va inim,
Tabassum-la Sharqdan otadi kunim.
Birga kelayapmiz Odam Otadan,
Dinim bir, dilim bir, tug‘ishgan tilim.

O‘rxun Enasoydan asli buyuging,
Tomirlashib ketgan mening ham tegim,
Barcha tүrkiy tildosh xalqlarga qondosh,
Bilga Hoqon bilan bobom Qultegin

Koshg‘ariylar  beshigini tebratgan,
Navoiyni cho‘ng cho‘qqiga to‘rlatgan.
O‘zbek tili shunday ulug‘ tilsan sen,
Cho‘lpon, Qodiriyga kurash o‘rgatgan.

Bu qadimiy turkiy til ming tarmoqli,
Qo‘ni-qo‘shni xalqlar ovul aymoqli.
Tilmoch izlab yurganim yo‘q olisdan.
O‘zbekcha – o‘z tilim, so‘zi ardoqli.

Qo‘ng‘iroqdek jaranglagan tilsan sen,
Xush muomala, tillar ichra dursan sen.
Barcha turkiy tillarni ergashtirib,
Barcha til otasi bo‘lgandirsan sen.

Ona tilim, or-nomusim, o‘ronim,
Tilim – elim-yurtim, mangu turorim.
Ona tilim – dilim, jonim va ruhim,
Xalqimizni qo‘riqlagan qurolim.

Tinglaganda zavq beradi xirgoying,
Og‘a-ini Abdulla va Ibroyim.
Sheʼriyatda baliq suvga kirgandek
O‘ynatdi ikkovi so‘zning shirmoyin.

Tili Nodiradek onaxonimning,
Zulfiya opaday dono xonimning.
So‘zlaring bol, shirin-shakar tilisan
Guliston, Halima jonajonimning.

O‘zbekcha, qoraqalpoqcha – o‘z unim,
Tug‘ishganmiz, o‘z og‘am ham o‘z inim.
Ko‘ngil ko‘ngillardan suv ichib tursa[1],
Do‘stlik ko‘prigisan o‘zing, oltinim!

Qorakalpoq  tilidan Rustam Musurman tarjimasi.

[1] Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar – Ibroyim Yusupov satriga ishora.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

⚡️ Til – millatning boyligi va bebaho mulki!

🎞 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan videorolik.

❗️ Tilimizni har kuni qadrlaylik!


_____
Bizni rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🔽

🌐
Telegram | Facebook

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#anons

📺 "Qadring baland bo’lsin, ona tilim"
🗓  21-oktabr

  16:05

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir – 
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charag‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga sadoqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mahshargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Turkiy tilim bordir, men barhayotman.

G‘ayrat Majid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir Chustiyning 120 yilligi nishonlandi (+video)

Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig‘idagi ko‘prikni yaratgan va aruznavislik sanʼati anʼanalarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Shunga ko‘ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g‘azalnavis va qo‘shiqchi shoirlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Chustiy shoirning adabiy taxallusi bo‘lib, u Namanganning Chust tumanida tavallud topgan. Asl ismi sharifi Nabixon (Nabixo‘ja) Nurillaxo‘ja o‘g‘li bo‘lib, u 1904-yilning 20-fevral kuni to‘quvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan.

📽 https://youtu.be/LFOkHLG9-LI

Батафсил: https://uza.uz/posts/647150

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

18-oktabr – Samarqand shahri kuni

SAMARQAND

Koʻz ilgʻamas manzildan yoʻlga chiqqan karvonim –
Avaylab olib kelar moziy yukin Samarqand.
Alp Er Toʻnga qoʻlida yaraqlagan farmonim:
“Xazinamda tengi yoʻq olmos mulkim – Samarqand!”

“Roʻyi zamin sayqali” deya unvon bermish kim!?
Ne shaharlar suqlanib, havas bilan boqar jim,
Saf tortadi izingda Kioto, Balx, Tabriz, Rim...
Muriding moʻl, imomlik senga mumkin, Samarqand!

Sarbadorlar dorda ham xirgoyi qilgan kuysan,
Sohibqiron safarda sogʻinib qolgan uysan,
Yarim dunyo boshida bulut – bir qovoq uysang,
Ellarni baxtli qilmish bitta kulging, Samarqand!

Ulugʻbek koʻzin taxtdan samo sari burganim,
Navoiy bilan tunlar nazmiy suhbat qurganim,
Mirzo Boburni bot-bot tushda yoʻqlab turganim,
Azizlar qalbidan rang olgan gulgun Samarqand.

Har koshining – sevgi va qudratning bir boʻlagi,
Shohizinda – abadiy tirik ruhlar yoʻlagi,
Ularga sirdosh dilning mumkin emas oʻlmagi,
Xizr kabi barhayot, uygʻoq tun-kun Samarqand.

Ne zamon edi, zer-u zabar boʻlding zirqirab,
Koʻhna harflar koʻzingdan sachradi-ku tirqirab,
Moturudiy, Sogʻarjiy faryod urdi chirqirab,
Ipakday zarqogʻozing boʻldi kukun, Samarqand.

Ozodlik paygʻomidan titilib ketdi yogʻiy,
Ne uchunkim, iqboling falak lavhida boqiy!
Tole mayin sipqorib ichaver, odil soqiy
Piyolangdan pokladi zahar yuqin, Samarqand.

Olamni chorlar yana  “Tillakori”, “Sherdor”ing,
Quchoq ochar Registon – bagʻrikeng-u bedoring,
Dildoshlik nagʻmasini chalar nay, ud, setoring,
Kuy avjidek yuksaltding doʻstlik tugʻin, Samarqand.

Husningga jilo berar davronim – usta naqqosh,
Davradoshlaring – Xiva, Buxoro, Margʻilon, Shosh,
Mehr-u ishq mehrobiga yoʻnalgaydir adil bosh,
Shu muqaddas mehrobga mangu yukun, Samarqand!

Umrimga bezak erur senda kechgan har onim,
Chanqasam – Zarafshonim, ochqasam – Siyob nonim...
Koʻz ilgʻamas manzilni koʻzlab borar karvonim,
Eltaver kelajakning nurli yukin, Samarqand!

Nodir Jonuzoq

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/647058

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli adib va shoir Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahamd To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#ijodkor_nigohi

Adabiyot – inson sirlari haqidagi fan

…yozuvchi kichik hikoya yozadimi, kattaroq qissa-romanmi, albatta, yangi gap aytishi kerak. Aslida, yozish – ko‘ngil mayli. Yozuvchi-shoirdan uni yoz, buni yoz deb talab qilish – ijod erkinligining muqaddas tamoyiliga zid. Ijod ahliga faqat bitta talab qo‘yilishi mumkin: nimani yozsang yoz, ammo toza va haqqoniy yoz!

Batafsil

Erkin A’zam

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

18-oktabr – Samarqand shahri kuni

SAMARQAND

Otashin barq yondi gulrang
Charxning mehrobida,
Charx urar ko‘nglim xayolning
Otashin girdobida.

Subhidam oftobi ko‘kning
Gumbazida yondi, yo
Yondi bu firuza gumbaz
Subhidam oftobida.

Tong emas bu, tongda bo‘lsam
Men xayol obida g‘arq,
Tong qilibdir chunki ko‘nglim
Bu xayoldek obida.

Ko‘hna shahrim, tarixingni
Ko‘z yumib qilsam xayol,
G‘arq ko‘rindi mazlum elning
Ko‘z yoshi selobida.

Bu saroylar g‘ishti elning
Ashki birlan xokidan,
Rangu bo‘yog‘i qorilmish
Qayg‘uning zardobida.

Chulg‘anib sokin xayolga
Jim yotar sog‘onalar.
Ne ko‘rar Mirzo Ulug‘bek
Besh asrlik xobida?

Keng falakni quchdi inson,
Lek ming yil o‘tsa ham,
Ilk muallimdir Samarqand
Ilmi aflok bobida.

Bosh egib ustoz Ulug‘bek
Qoshida turdim bu tong,
Charx urib ko‘nglim xayolning
Otashin girdobida.

Erkin Vohidov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Xurshid Davron,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#onatilimfaxrim

"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga

Muqaddas islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan siz, azizlarni ulug‘ allomalar yurti – O‘zbekiston zaminida buyuk muhaddis Imom Termiziyning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109988

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Farg‘onada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali maydonida viloyat bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva, uyushma aʼzosi Dilnavoz Qo‘ldosheva nutqlarida ona tilimizni tarannum etuvchi sheʼrlar jarang sochdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan bog‘liq muhim sanadir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yil "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi nishonlanmoqda.
Mobiuz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda xodimlar uchun "O‘zbek she’riyati go‘zalligi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Halima Ahmedova, Muhiddin Abdusamatov, Mansur Jumayev, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Hulkar Sherzodova so‘zga chiqdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

«ESKI O‘ZBEK TILI»GA YOZUV

Mening tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to‘g‘on tushib,
Yo‘li to‘silgan tilim.

Qushning unut patiday
To‘kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida
Rangi-ro‘yi somonim.

«Eski o‘zbek tili»mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo‘rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.

Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o‘zbek,
Arosat belgisi bor.

Besh yuz yillar avvalgi
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam baʼzan tushunmas.

Ko‘kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O‘z tilini yo‘qotgan
Xalq bo‘lmasmi yerdan daf.

Oldga, safarbarlikka
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka
Qanday karaydi bolam.

Uni kim qilib qo‘ydim,
Kim bo‘ldi og‘am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim.

Guli unut xalq bo‘ldik,
Yo‘li unut xalq bo‘ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo‘ldik.

Umrimning shom, kechiga
Shu o‘y sanchilib turib,
“Lug‘atit-turk” ichiga
Yoshim tomchilab turib,
Dedim: — Tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.

HALIMA XUDOYBERDIYEVA

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Ona til


Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

 ABDULLA AVLONIY

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
🎤Ozarbayjonlik turkolog olima Almaz Ulvi Binnatova O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tabrik yo‘llar ekan, Hazrat Navoiyni yuksak e'tirof etdi.

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Isteʼdodli ijodkordan ikki tuhfa

👇
https://xs.uz/uz/120045

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Til — millat ruhi, millat g‘ururi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Til – millat ruhi, millat g‘ururi” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Ahtamquli va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazar Eshonqul talabalar bilan suhbatda bo‘lib, o‘zbek tilining ahamiyati, tilning millat ruhida aks etishi, badiiy adabiyot va she‘riyatda so‘z qo‘llash san‘ati haqidagi qiziqarli fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Serqirra ijodkordan yangi asarlar tuhfasi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida  adib  Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar, shoirlar, jurnalistlar ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, professor Adhambek Alimbekov, "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qo‘chqorov, "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omon va boshqalar so‘zga chiqdi.
Taqdimotda muallifning yangi asarlarini ahamiyati, ijodiy faoliyati haqida so‘z bordi. Humoyun  Akbarning bugungacha “Yurakdagi rangin kamalak”, “Unutilgan gul”, “Dilxiroj”, “Ko‘nglim guli”, “Yoshlik bekati”, “Tuyg‘ular raqsi”, “Intihosiz navolar”, “Gulbong” , “Yomg‘ir” singari sheʼriy kitoblari chop etilgan.
- Xumoyun “Anaxita” romanini o‘n yil davomida yozdi, - deydi yozuvchi Muhammad Ali. - Ahamiyatli jihati adabiyotimizda ilgari bu mavzuga qo‘l urilmagan. Asarda tarix bilan bugunni bog‘lashida, uni tasvirlashda muallifning katta mahoratini ko‘rish mumkin. Bu bilan u o‘zining yozuvchilik qirrasini kashf qildi.
Humoyun Akbar Lev Tolstoy, Herman Hesse, Marsel Prust, Gabriel Markes, Chingiz Aytmatov singari o‘ttizdan ortiq mashhur adiblarning kitobga muhabbat va mutolaa sanʼati haqidagi esselarini o‘zbekchaga o‘girib, to‘plam tuzdi va “Sim-sim” nomi bilan nashr ettirdi. U ellikdan ziyod jahon adabiyoti namoyandalari asarlarini, hayoti va ijodiga oid maqolalarni o‘zbekchaga tarjima qilib, matbuotda eʼlon qildi.
- Xumoyun Akbarov dramaturgiyadan tashqari adabiyotning barcha janrlarida ijod qilib kelmoqda, - dedi Adhambek Alimbekov. - Uning yana bir jihati tarjimonligida. Dunyo adiblarining eng ulug‘larini deyarli barchasining asarlarini tarjima qilib ko‘rgan.
Adibning publitsist sifatida yozgan o‘nlab esselari “Quyosh huzuriga yo‘l olgan karvon” nomli kitobida jamlangan bo‘lib, to‘plamga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlab Andijongacha – yurtimizning barcha viloyatlari bo‘ylab sayohatnoma tarzida tartib berilgan.
Yozuvchi sifatida keyingi yillarda qator hikoyalari markaziy nashrlarda chop qilindi. “Anaxita” falsafiy romani voqealari o‘tgan asr 60-yillar hayoti hamda eramizdan oldingi IV-III asrlarda yashagan ajdodlar turmush tarzi taqqosida tasvirlangan.
Taqdimotda shoirning sheʼrlaridan o‘qildi, qo‘shiqlar tinglandi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | Ashxobod shahrida o‘zbek tilida chop etilgan «Mahtumquli» tanlangan asarlar kitobining taqdimoti o‘tkazildi

#17oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli adib va shoir Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahamd To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | 18-oktabr – Samarqand shahri kuni

#18oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasidagi tadbir

#18oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami va “Anaxita” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir "Andijon MTRK" telekanalida keng yoritildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

O‘ZBEK TILIM

Zarhal harflaringda Zardushtiy dili,
Yelkangda Enasoy toshlarin zili,
Ko‘nglingda turkiylar Otashin yo‘li,
Yuragimning tili, dilimning tili.
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Toshlarga bitilib, toshni sayratding,
So‘z olding Yassaviy piru-hazratdin.
“Xamsa”da hurlanding nuri hayratdin
Yuragimning tili, dilimning tili,
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Qullikdan qutqardi seni Navoiy,
Navoiy shaʼnida shoning ilohiy,
Turkiy tillar aro sen shahonshohiy,
Yuragimning tili, dilimning tili.
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Yozuving goh arab, goh rusu lotin,
Dardlaring to‘lg‘ondi bag‘ringda botin,
So‘zlaring gavharu mahzaning oltin,
Yuragimning tili, dilimning tili.
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Ko‘ngli buzg‘inlardan asrayin seni,
Dili to‘zg‘inlardan asrayin seni,
Har ne quzg‘unlardan asrayin seni,
Yuragimning tili, dilimning tili.
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Ashʼoru- sheʼringday g‘azal til yo‘qdir,
Sharoringday shirin, asal til yo‘qdir,
Dunyoda seningday go‘zal til yo‘qdir,
Yuragimning tili, dilimning tili.
O‘zbek degan buyuk elimning tili.

Mengnor Ollomurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

KIM TILNI BILUR — ELNI BILUR

(Avaz O‘tar g‘azaliga muxammas)

Gar ushbu Vatan bizga azal ota makondur,
Sultonlaridin shaʼni aning ro‘yi jahondur.
Kim tilni bilur — elni bilur, shoniga shondur,
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai  robitai olamiyondur.

To yog‘masalar boshingiza taʼnayu toshlar,
Toshdin ham qatiq bo‘lgusidir ilm ila boshlar,
Ey siz, qorako‘zu qorasochu qoraqoshlar,
G‘ayri tilini saʼy qiling bilgali yoshlar,
Kim ilmu hunarlar bilaki andin ayondur.

Bo‘lmas kishiga ko‘rku husn so‘zni gulidek,
Har tilni biluv — dilni biluv, dilni — elidek,
Tilni yo‘li ham shoh jahongirni yo‘lidek,
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.


Haq sizga beribmish suvingiz ham dalangizni,
O‘z bog‘ingizu, qir-adiringiz, lolangizni,
Teng aylab jahon ahliga kuch-hafsalangizni,
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

Umr o‘tgusidur suv kabi yo suvdagi xasdek,
Dilbandlaringizning bari daryoyi havasdek,
Ilm olmasalar umr bo‘lur tiyra qafasdek,
Zor o‘lmasun onlar dag‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…
Подписаться на канал