yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sevimli ijodkorlarimizdan biri To‘lqin Hayit tongni qanday kutib oladi?

📺 "Tong nafasi"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#jadidlar

Qodiriyni ko‘rganman-u

(Hikoya)

Men Abdulla Qodiriyni ko‘rganman-u ko‘rdim, deb aytolmayman. Bunga Hakim Nazir aybdor.
Marg‘ilon bozorining beshik rastasi shinam choyxona bo‘lar edi. Domlam Obidjon aka bilan bitta non, bir hovuch mayiz olib, endi choy chaqirgan edik, domla:
– Ana, u yoqqa qara… – deb qoldilar shivirlab, – Abdulla Qodiriy o‘ltiribdi.
Men qaradim ikkita soddagina, do‘ppili kishi shaxmat surishyapti. Shu o‘yinga juda berilgan paytim, gazetada chiqqan chigil masalalarni yechib, grosmeysterlarning o‘yinlarini tahlil qilardim. Haligilarning taxtasiga qarasam – juda qiziq vaziyat!… Alyoxin bilan Kapablankaning mashhur partiyasi-ku bu!
– Narigisi yutadi – dedim.
– O‘shanisi Qodiriy-da, – dedi Obidjon aka.
Mening fikri-zikrim taxtadagi vaziyatda edi, – shu vaziyatda buyuk Kapablanka taxtdan yiqilgan.
Qodiriyni ko‘rdimu ko‘rdim, deb aytolmayman.
Buning Hakim Nazirga nima dahli bor, dersiz? Hakim aka «Lenin uchquni»da ishlardilar. Shu gazetada chiqqan xabarlarim uchun qalam haqi o‘rniga (pul bolani buzadi, degan bo‘lsalar kerak) u kishi menga shaxmat yuborganlar. Donalari jajji, yiltiroq, taxtasi sirlangan. Bunaqasini ko‘rmagan edim, Qo‘ltig‘imda olib yurib, shu o‘yinga ruju qo‘ydim. Bolalik zkan-da…
Bolalik ham qoldi. Shaxmat ham qoldi. Qodiriy esa umrim, kasbim, taqdirim…
Bunday bo‘lishini kim bilib o‘tiribdi deysiz!

1992-yil.

Asqad MUXTOR

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Avaz O‘tar

TIL

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.

G‘ayri tilini saʼy qiling bilgali yoshlar,
Kim ilmu hunarlar bilaki andin ayondur.

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.

Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

Zor o‘lmasun onlar dag‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Lolaxon Sayfullina kim bo‘lgan?
Naim KARIMOV

Uning asarlari Cho‘lpon tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/lolaxon-sayfullina-kim-bolgan

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

She'r o‘qigingiz yo eshitgingiz kelyaptimi? Unda ertaga, 18-oktyabr kuni 17:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadigan Xiyobon oqshomlarining navbatdagi kechasiga keling.
Faol mehmonlarga kitoblar sovg‘a qilinadi.
Taklifnoma ma‘qul kelsa, do‘stlarga ulashib, ularni ham taklif eting!
Barchangizni Xiyobon oqshomlarida kutamiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Til -millat ko‘zgusi

21 oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyat Bolalar kutubxonasida maʼnaviy-maʼrifiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda ijodkorlar ishtirok etdi.
-Sizlar kelajakda ajoyib kasb egalari sifatida yurtimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman, - dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Abdullayeva. - Albatta buning uchun kitobga mehr qo‘ying, tilimizning ulug‘ligini o‘rganing va faxrlaning.
-O‘zbek tili dunyodagi eng boy tillardan biridir, - dedi shoira Bahor Xolbekova. - Sizlar faxrlanadigan buyuk ajdodlarimiz xuddi shu ona tilimizda dunyoni zabt etishgan. Tilni bilish bu - millatni anglashdir, ona yurtni qadrlashdir.
Bolalarga uyushmaning viloyat bo‘limi va homiylar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Noriniso Qosimova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/millat-shaniga-uning-tarixiga-umrini-bagishlagan-zahmatkash-olim-yodi_646408

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#mahalla_yangiliklari

"Insonlar ma'rifati - jamiyat ravnaqi!".

🗓 16.10.2024

@mahalla_yangiliklari_tv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan. 

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor. 

“Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom. 

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon! 

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga! 

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ZAHMATKASH ADIBGA EHTIROM KO‘RSATILDI

     Buxoro davlat universitetida zahmatkash adib, mohir tarjimon Jo‘ra Fozil tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma‘rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
     Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar, oila a‘zolari jam bo‘ldi.
     Dastlab universitet talabalari tomonidan adib asarlaridan namunalar yig‘ilganlar e‘tiboriga havola qilindi. So‘z olganlar Jo‘ra Fozil shaxsiyati, asarlarining adabiyotimizdagi o‘rni, o‘ziga xosligi xususidagi fikrlarini, samimiy tilaklarini bildirdi.
     Tadbir asnosida adibning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan chop etilgan “Yo‘l” nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazilib, yig‘ilganlarga tortiq etildi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat hududiy bo‘linmasi xonandalari ijro etgan taronalar barchaga manzur bo‘ldi.
     Yakunda adib siymosini gavdalantirgan, ijodini tarannum etgan Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutining bir guruh faol talabalariga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan kitoblar ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
❗️O‘tkan kunlar” nima uchun aeroportlarda sotilmaydi? – Mark Riz bilan suhbat

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz Qodiriy asarlari, jadidlik harakatining ahamiyati, rejasidagi kitoblar, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar, o‘zbek tilining jozibasi kabi mavzularda Jadid-media.uz’ga intervyu berdi.

Tarjimonning o‘rinli takliflari, jiddiy mulohazalari, o‘tkir fikrlari bilan JADIDmedia-ol4fc">YouTube sahifamizdagi video orqali tanishing.


📱 To‘liq video:
https://youtu.be/V3N3AzCt-GE

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xushxabar

CHUSTIYNING "SAYLANMA"SI

   Bu yil g‘azalnavis shoir Chustiy tavalludining 120 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanyapti. Sana munosabati bilan shu kunlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot” nashriyotida chop etilayotgan ushbu kitobdan shoir g‘azallari, muxammaslari, boshqa janrdagi sheʼrlari va tarjimalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

So‘lim Samarqand

Sen mening tariximda o‘razlik nomsan, Sen mening tariximda ezgu ayyomsan. Sen mening tariximda may to‘liq jomsan, Sen mening qo‘shig‘imsan, mangu maqomsan.
Yo‘q, na Nuhsan, na Zolsan, na Lut, na Somsan,
O‘sha bobokentimsan, devzot bobomsan, Oh, nechog‘lik suyuksan, soz, diloromsan, So‘lim Samarqand!

Sen Semizkentimsan-ku, qadim Semizkent,
Aslida yolg‘izmassan, oshkor egiz kent. Manglay ter daryosidan baxti dengiz kent,
Ko‘hna Sharq siynasida quyosh mengiz kent,
Ey, mening yorug‘ chashmam, nuri cheksiz kent.
Meros kentlar tojisan, suyuk, tengsiz kent,
Menga hayot tatimas edi sensiz kent, So‘lim Samarqand!

Ajib o‘lkam husnida ajib, tengsiz xol, Yarqiroq kamolingga ne-ne dunyo lol,
Ey, ko‘zim qorachig‘i, yuksal bezavol, Zahmatkash, ey mushti tosh, pokdil va halol.
Noni, tuzi tabarruk, suvi zilol, bol, Yalmog‘izga, yovuzga hamisha qattol. Maqtoviga poyon yo‘q, yetuk barkamol, So‘lim Samarqand!

Mirtemir

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

18-oktyabr — Samarqand kuni

Sana munosabati bilan "Assalom, O‘zbekiston!" telekanalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xosiyat Bobomurodova bilan suhbat efirga uzatildi. Marhamat, tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#onatilimfaxrim

"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"

Rahmatilla JABBOROV, O'zbekiston qirg'iz milliy madaniy markazi raisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#anons #bong

Ona tilimizga munosabat haqida mulohazalar- “Bong” teleloyihasida

"Bong"
🗓 19-oktabr
⏰ 19.35

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Chustiy tavalludiga 120 yil to‘ldi

Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ijod ahli ishtirok etgan tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Kecha shoirning "Bog‘ aro" sheʼriga bastalangan qo‘shiq bilan boshlandi.
Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olimlar — Suvon Meli, Zuhriddin Isomiddinov, adib Muxtor Xudoyqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Munojotxon Nurmatova so‘zga chiqdi.
Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig‘idagi ko‘prikni yaratgan va aruznavislik sanʼati anʼanalarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Chustiy butun umri davomida yigirmaga yaqin sheʼriy to‘plam yaratgan va nashr ettirgan.
— Xalq yashar ekan, Chustiy domla ana shu xalqning tilida, qalbida asrlar o‘tsada yashayveradi, — dedi Mahmud Toir. — Uning satrlari hech qachon o‘lmaydi. Misralaridagi har bir so‘zni odamlardan olib, yana o‘z xalqiga taqdim etgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning “Qo‘zg‘ol”, “Shamshir”, “Lolazor”, "Hayot zavqi", "Gul mavsumi", “G‘azallar”, "Yod eting kamtarin Chustiyni ham" kabi qator sheʼriy majmualari qatorida “Zafarnoma”, "Tiriklayin jannatga kirgan kampir", “Kiyiknoma”, "Gul sadosi", “Uyg‘urobod”, "Bog‘i eram" kabi dostonlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olinganligini taʼkidladi.
— Chustiy domla qo‘shiqchi shoirning eng yuqori darajasiga chiqqan deyish mumkin,- dedi Suvon Meli. — U bitganlarida odamlarga pand-nasihat berishni sheʼriyat, sanʼat darajasiga ko‘tara olgan. Uning buyukligi, mahorati ham ana shundadir.
Adibning g‘azallari asosida yaratilgan o‘nlab qo‘shiqlar 30-yillardayoq grammplastinkalarga muhrlanib qolgan. Shoirning "Yorimga savol", "Noz etma", "Ovora bo‘lma deydi", "Ming baloni yengadi", "Muhtoj bo‘lmag‘ay", "Surmaga muhtoj emas", "Bevafolarning ishi", "Oshno bo‘lmay turib" va “Onanoma” kabi bir qancha ko‘shiqlari hozirgi kunda ham xonandalar ovozida baralla yangramoqda.
Xotira kechasida shoirning boy adabiy merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilishga eʼtibor qaratildi.
Sana munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Adabiyot" nashriyoti tomonidan Chustiyning “Saylanma”si nashrga tayyorlandi.
Shoir sheʼrlari bilan kuylanadigan qo‘shiqlar kechaga fayz bag‘ishladi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qozogʻistonda Oʻzbek tili bayrami oʻtkazildi

Maʼrifiy kechada Chimkent shahridagi Oʻzbek etnomadaniy markazi rahbarlari va faollari, shuningdek, mazkur hududda ta'lim olayotgan vatandoshlar qatnashdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25309

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va 213 va 218-maktablarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Ashurali Boymurod, Kumush Abdusalomova va Rustam Jabborov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Diydor zavqi samimiy muloqot, sheʼriy lahzalarga boy bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

Yozuvchilar uyushmasida 18-oktabr kuni soat 15:00da uyushma aʼzosi Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#bugun #Xotira     
📌 
16-oktabr O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topgan kun.

 🎤Respondentlar - adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor, farzandlari Gulnora Nosirxo‘jayeva va Kamola Ibragimova                                        
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

“Ma‘rifat ulashib” loyhasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Nuriddin Aminjon, Chorsham Ro‘ziyev hamda Mirzakarim Toshboltayev ishtirokida Yashnobod tumanidagi 23-,156-, 216-sonli umumta‘lim maktablarida davra suhbati uyushtirildi.
Samimiy muloqotda taniqli ijodkorlar o‘z hayot va ijod yo‘li haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Jumladan, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirda o‘quvchilar adiblar tomonidan yozilgan sheʼrlarni aytib berdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adiblardan javob olishdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Arosat”

Nodir Jonuzoq sheʼri

Sitora Shomurodova o‘qidi

"Qaqnus"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

📺"Nurafshon TV" taqdim etadi.

📚"BUGUN ADABIYOTDA..." 
ko‘rsatuvining navbatdagi sonida O‘zbekiston xalq shoiri, faylasuf olim Abdulla Sher portretiga chizgilar.
✅ Ko‘rsatuvning batafsil jarayonlari ushbu videoda.

🎤Muallif: Gulnora Otajonova
🎥Tasvirchi: Olim Latipov
🎙Matnni o‘qigan: Jasur Islomov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi asosida adabiy-ma‘rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Muhammad Ismoil va jurnalist Zamiraxon Ro‘ziyeva o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etdi.
Talabalar shoirlarning mualliflik sherlaridan o‘qidi. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chatlar ekildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adib yodi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar jam bo‘ldi. Tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Kechada O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, O‘zbekiston axborot agentligi rahbari Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor, yozuvchining qizi Gulnora Nosirxo‘jayeva so‘zga chiqdi.
Tadbirda adibning hayoti, mehnat faoliyati, yaratgan asarlari xususida so‘z bordi. Insoniy fazilatlari, ustozlik o‘gitlari, iliq xotiralar yodga olindi.
- “Zo‘ldir”, “Bir o‘likka bir tirik”, “Sochqi” kabi asarlari nomi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Abduqahhorning dramaturgiyasi yumor, kulgu, ajoyib pichinglari bilan ajralib turadi. Shu tufayli ham o‘zbek adabiyotida original nomga ega bo‘lgan asarlar qoldirdi. U respublikamiz teatrlarini rivoji yo‘lida jon kuydirdi.
Abduqahhor Ibrohimov “Toshkent ko‘chalari”, “O‘zbeki­ston – uyg‘ongan o‘lka” hujjatli-maʼrifiy filmlar muallifi. Uning “Arra”, “Meni aytdi demang”, “Bu zamon o‘g‘loni”, “Tusmol”, “Mayli, mayli”, “Ofarin”, “Puch”, “Shayton yo‘li” komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan. “Birinchi bo‘sa”, “Tusmol” singari ko‘plab pyesalari Respublika­miz hamda Ozarbayjon, Tojiki­ston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan.
- Abduqahhor Ibrohimovni “Birinchi bo‘sa” asari orqali taniganmiz, - dedi Abdusaid Ko‘chimov. – Ushbu pyesa sahnalashtirilgan paytda katta voqeaga aylangan edi. Bu insonda juda katta ilm, cheksiz madaniyat mujassamligiga ko‘p marotaba guvoh bo‘lganman.
- Otam maqtovni juda yaxshi ko‘rar edi. Bugungi otam haqidagi fikrlarni tinglarkanman, hozir ular eshitib, xursand bo‘lib turgandek tuyuldi menga, - dedi adibning qizi Gulnora Nosirxo‘jayeva. – Barchaga birdek namuna bo‘la oladigan inson edilar. Ijodi va xotirasiga bo‘lgan hurmat va eʼtibor uchun tashakkur.
Tadbirda adibning yozgan asarlari, sahna yuzini ko‘rgan pyesalari o‘zbek adabiyotining maʼnaviy merosiga aylanishi taʼkidlandi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…
Подписаться на канал