O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-maʼrifiy tadbirdan foto suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Mushoira zavqi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Shahriyor Shavkat va Nozima Habibullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ijodkorlar tomonidan “She‘ryurak” loyihasi doirasida maroqli mushoira o‘tkazildi. Ijod maktabi o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan adabiyot haqidagi savollarga o‘rinli javob oldilar.
She‘riy kechada iste‘dodli o‘quvchilar ham o‘z chiqishlari bilan sahnaga fayz ulashdi. Uchrashuv yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova shoirlarga minnatdorlik bildirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot kechasi unutilmas va zavq-u shavqqa boy bo‘ldi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Abduqayum Yo‘ldoshev, Faxriddin Hayit va Muhammad Siddiq Rahmatov Qashqadaryo viloyatida "Maʼrifat ulashib" tadbirlarida qatnashdi. Jarayon “Qashqadaryo” telekanalining "Yoshlar hayoti" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#bugun #Xotira
📌
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.
🎤Respondent - uning shogirdi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Abdunabi Boyqo‘ziyev
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif - Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
#iqtibos
* * *
Iste’dodli odam boshqa bir iste’dod egasiga hech qachon hasad qilmaydi. O‘zgalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish omadsizlarga xos narsa.
* * *
Muammosi bo‘lmagan yozuvchining o‘zi yo‘q. Lekin ijod odamni ba’zi bir muammolardan qutqaradi. Har holda menda shunday: agar shu haqda yozmasam, muammo meni g‘ajiydi, botinimda yashab, meni ich-ichimdan xarob qiladi. Muammo haqida yoza boshlasam, o‘zimni shu azobdan xalos bo‘lganday sezaman.
Prezident Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdi
Prezident.uz
Yangi kitob
TO‘KILAYOTGAN YAPROQLAR
Sheʼriyat muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Oygul Ubaydulla qizi qalamiga mansub mazkur kitobda ijodkor dil suvratining goh mayus, armonli, g‘amgin, gohida shukronalik, baxtu quvonch aralash rangin jilolari o‘ziga xos tashbehlarda chiroyli tasvir etilgan.
Kitobda Vatan, tarix, tinchlik, muhabbat, do‘stlik mavzulari, yurt chehrasini bezagan to‘rt fasl manzaralari o‘ziga xos yorqin tarzda namoyon bo‘ladi.
Kitobni o‘qish jarayonida shoiraning satrlarida ezgulik, yaxshilik, mehr, muhabbat, sadoqat, oqibat kabi inson maʼnaviyatining gultoji bo‘lgan qadriyatlar ifori taralayotganini his qilasiz. Mana shu ifor qalbingizni nurlantirishga qodir lahzalarni, kunlarni o‘quvchiga inʼom etadi.
Kitob mutolaasi Siz o‘quvchini sheʼriyatning sehrli olamiga yetaklab kirib, yangi maʼnaviyat chashmasidan nasiba ulashadi. Kitobdan yangi sheʼrlar o‘rin olgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Vengriyada O'zbekistonga bag'ishlab birinchi madaniy yodgorlik ochildi
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
HARRI POTTER KITOBLARIDA YASHIRINGAN 3 SIR
Peshonasida belgi bor Harri ismli bolakay bugun butun dunyo bolalari va yoshlarining qalbidan joy olib, u haqidagi kitob "XXI asr dunyo kitobi" nomiga sazovor bo'ldi. Muallif Joan Rouling (J.K.Rowling) esa tarixda ilk milliarder-yozuvchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Uning kitoblari bir sutkada 4 million nusxada sotilgani esa eskpertlar tomonidan "Kitobxonlik va noshirlik tarixida fenomen", deb ta'riflandi. Lekin bu kitoblarda yashiringan asosiy uch sir bor.
Asarda ishlatilgan sehrli so'zlar va afsunlar lotin va grek tiliga mansub hisoblanadi. Misol uchun, "Albus" ismi "oq", "Severus" ismi "qahri qattiq", "rubeus" so'zi "qizil", "ekspekto patronum" afsuni "himoyachini chaqiraman" deb tarjima qilinadi. Yozuvchi talabalik yillarida antik tarix, madaniyat, mifologiya, lotin hamda grek tillarini chuqur o'rganib, bilimlarini kitob uchun ishlatgan.
Gulnoz Tojiboyeva tarjimasi
Fakt 24 | «O‘tkan kunlar» asarini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz bilan o‘zbekcha muloqot
#14oct #uzbekiston24
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi.
Prezident.uz
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-maʼrifiy tadbirdan foto suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
TAKLIFNOMA
17-okytabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Tafsilot: "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlarning mazmun mohiyati haqida
Читать полностью…#yosh_kitobxonga_tavsiya
Maqsud SHAYXZODA
“Mirzo Ulug‘bek” tarixiy tragediya
Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek,
Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek.
Hazrati Alisher Navoiy shu qadar yuksak ta’rif bergan buyuk shoh va munajjim, alloma Mirzo Ulug‘bek haqida injako‘ngil shoirimiz Maqsud Shayxzoda 1959 yili katta dramatik asar yaratgan edi. Asar hozirgi Milliy teatr sahnasida ellik besh yil burun sahnalashtirilib, Shukur Burxonday buyuk san’atkorning ijrosi bilan o‘zbek teatr san’atining oltin fondiga kirgan. Mazkur asarni bugungi kunda qayta o‘qib, Shayxzodaning hech mubolag‘asiz, haqiqiy mumtoz asar yaratganini anglaymiz. Uni sira ikkilanmay Shekspir tragediyalari bilan qiyoslasak bo‘ladi. Shoh va alloma, ota va o‘g‘il, ona va o‘g‘il, jamiyat va adolat, inson va uning hayotdagi vazifasi borasida teran mushohadalarga undaydigan “Mirzo Ulug‘bek” pyesasini bugungi globallashgan dunyoning muammolariga qarshi o‘ziga xos bir badiiy qo‘llanma sifatida qabul qilish mumkin. Mutaassiblik va ilmu irfon, jaholat va ma’rifat, yuksak insoniy tuyg‘ular bilan ma’naviy qashshoqlik o‘rtasidagi murosasiz kurash tragediyaning markaziy g‘oyasi bo‘lgani bilan bugungi kunlarimizga hamohanglik kasb etadi. Shu boisdan ham asar joriy bir yil davomida ham Samarqand teatri, ham poytaxt Milliy teatri sahnalarida qo‘yildi. Muhimi, Shayxzoda ilgari surgan g‘oyalar va ehtiroslar qayta jonlanib, katta sahnalarda jarangladi va Shayxzodani ham zamondoshimizga aylantirdi. Har qanday ijodkor o‘z asari bilan shunday taqdirga munosib topilsa, u barhayot baxtli ijodkordir.
Batafsil
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Kun iqtibosi
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti kitob va kutubxonalarda.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maʼrifat ulashib
"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabalar turar joyida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘min va shoir Shodi Otamurod mehmon bo‘ldi.
Ular talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, yoshlarni o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, to‘g‘ri kasb tanlash va kelajakdagi maqsadlarga erishish haqida qiziqarli ma‘ruzalar qildi. Bu jarayonda ustozlar zamonaviy texnologiyalar, ijodiy yondashuvlar va intellektual resurslardan to‘g‘ri foydalanishning ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
#bugun #Xotira
📌
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
ONA TILIM
Ozodlik – jon so‘zing edi bir zamon,
Qadim karvon – necha dovon oshgan tilim.
Oh, yer qattiq edi!
Oh, olis edi osmon!
O‘tdan suvga, suvdan o‘tga tushgan tilim.
Jurʼating tik edi, mana, g‘olib kelding,
Kishanlarni uzib kelding, nodir tilim.
Elga shunday ulug‘ davron olib kelding,
So‘z sehri-la buyuklikka qodir tilim.
Sen tufayli tilim chiqdi, dilim uyg‘oq,
Sen tufayli maʼrifatga to‘ldi shuur.
Ona tilim, onam kabi aziz, tilim,
Olam uzra mehring sochib, taratding nur.
Qulog‘imga alla bo‘lib kirgan tilim,
Nafis navo, yalla bo‘lib kirgan tilim.
Xazinabon elga asl xazinasan,
Bahosi yo‘q tilla bo‘lib kirgan, tilim.
Shoirlarga qalam berding – ilhom bo‘lding,
Xofiz xonishida bulbul – sayroq tilim.
Yuraklarni titratuvchi kalom bo‘lding,
Elim ko‘kka tik ko‘targan bayroq tilim.
Zumrad Masharipova,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori
Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Vengriyaning Lakitelek shahrida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan byustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109655
Yangi kitob
BUYUKLAR QADRI
Yuksak insoniy sifatlari, rost, samimiy satrlari bilan zamondoshlari xotirasidan mustahkam o‘rin egallagan buxorolik marhum shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, ustoz G‘ulom Shomurod umrining so‘nggi kunlarida ham sermahsul ijod qildi, ulug‘larning maʼnaviy dunyosi, insoniy fazilatlarini ochib berishga intildi.
Aynan ana shunday sheʼrlardan tarkib topgan “Buyuklar qadri” nomli kitobida buyuk shaxslar: ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Muhammad Narshaxiy, Mahmud Tarobiy, Ahmad Donish, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abdurauf Fitrat kabi allomalarning tariximizga qo‘shgan buyuk hissalari iftixor hissi bilan tilga olingan.
Shuningdek, muallif sho‘ro davrida xalqparvar davlat arboblari va ijodkorlarning zamona zaylidan chekkan azob-uqibatlarini tasvirlash orqali o‘tmish va yaqin o‘tmishdagi ulug‘ shaxslar haqida chuqurroq maʼlumotlarni aks ettirgan.
Aynan ana shunday sheʼrlardan tarkib topgan mazkur majmua shoirning o‘g‘li G‘ayrat Shomurodov tomonidan nashrga tayyorlanib, “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etildi.
Aziz kitobxon, o‘ylaymizki to‘plamdan joy olgan sheʼrlar sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
❗️
SHE’RIYATNING O‘KTAM OVOZI
Bahodir KARIM
A’zam O‘ktamning chin do‘stlaridan biri chiroqchilik, ikkinchisi ishtixonlik edi. Garchand “Bitta do‘stim yo‘q mening, oh, Shu bo‘ldimi taqdirim?” deb yozgan bo‘lsa-da, shoir ikkita jonajon do‘st topgan edi.
***
Yomg‘irli kun edi,
Atrof jim, sokin,
Mayus ko‘zlaringga boqardim sarmast.
Sekin shivirlading: — Boqmagil, yigit,
Sevging menga yangilik emas...
Yomg‘ir ham tinmadi o‘sha kuni hech,
U ham quvolmadi ko‘zdan xobingni.
Sovuq, rutubatli xonamga shu kech
Olib qaytdim iztirobingni.
Tunda ham jimgina yosh to‘kdi osmon,
U mening holimga yig‘lar edi, bas!
Bas, do‘stim, meni deb chekmagil fig‘on,
Sening ko‘z yoshing ham yangilik emas.
1966
Abdulla Oripov
Kuzgi o‘ylar
Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Uzilar yaproqlar uzoq-yaqinda.
Uzilar ushalgan, ushalmagan armon,
O‘ylayman uchag‘on vaqt haqinda.
Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Daraxtlar yo‘llarga to‘kishar g‘amni.
Xayolim uchadi qushdek uy tomon,
O‘ylayman munkaygan ota-onamni.
Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Yerga sariq yoshlar tomadilar jim.
Duk-duk sado berar o‘rtab nogahon
Doriga suyanib qolgan yuragim.
Oyoqlar ostiga to‘kilar xazon,
Olam to‘lib borar rangin nolaga.
O‘ksinib kasalmand do‘stim o‘ylayman,
Xayolim uchadi shifoxonaga.
Yaprog‘in to‘kar nok, teragu jiyda,
Shamol sovuray der bog‘, xiyobonni.
O‘ylayman ertaning tashvishlarida
Bargin to‘kayotgan O‘zbekistonni!
1973-yil
Erkin Samandar