❗️
Taniqli jadid namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini Mark Riz ingliz tiliga tarjima qilgan. “Asaxiy books” kitob do‘konida mazkur kitobning taqdimoti va tarjimonning imzo kuni bo‘lib o‘tdi.
📱 Biz Mark Riz bilan suhbat uyushtirdik. Suhbatni tez kunda JADIDmedia-ol4fc">YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
TAKLIFNOMA
16-oktyabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tadi. Kechaga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilaru uyushmasi Axborot xizmati
❗️
MAXTUMQULI, XALQ YODIDAN AYRILMA!
Sheʼrlar
Har yigitning aslin bilay desangiz,
Ma’rakada o‘tirib-turishin ko‘ring.
Birov bilan oshno bo‘lay desangiz,
Avval o‘z so‘zida turishin ko‘ring.
Tahlilnoma | Ashxobodga amaliy tashrif: e’tiroflar, tashabbuslar, muloqotlar maydoni
#13oct #uzbekiston24
Shamol bilan suhbat
Shamollar, yo‘l bo‘lsin, sizga saharlab,
Yo‘l olibsiz qay bir sokin joylarga?
Mehmonni qarshilab charchamaydi hech,
Bormasdan qo‘ymassiz G‘ovasoylarga?
Ortimdan ergashgan tog‘larga bo‘ylang,
Qarsak chalib kutar sizni teraklar.
Soylarga qo‘shilib men uchun kuylang,
Axir sel bo‘ldi-ku bunda yuraklar.
Dehqon otalarning yuzlarin silab,
Bo‘y qizlar sochini o‘ynatib keling.
Mevalarni to‘kib, shoxin qayirib,
Bog‘bonni shoshirib, o‘ylatib keling.
Shamollar, derazam siz uchun ochiq,
Qaytishda kirarsiz bir ho‘plam choyga.
Yomg‘irga qo‘l yuving, men tutay sochiq,
Sizni o‘tqizayin eng baland joyga.
Kelsangiz qurigay ko‘zimning nami,
Yelpib yuboring dil ozorlarimni.
Olib keling albat menga onamning
Qalampirmunchoqli iforlarini.
Maʼmura Zohidova
#anons #hayrat
✨ «Hayrat» sizni Navoiyning hikmatlar bilan to‘la maktublar dunyosiga yetaklaydi!
📜 Munshaot — faqat so‘zlar jamlanmasi emas, balki teran o‘ylar, chuqur hislar va tarixiy saboqlarning mo‘jizaviy birligi.
✍️ Navoiy qalami orqali kechmish va bugunning ulug‘ qadriyatlarini qayta kashf eting!
📍 "Madaniyat va ma’rifat" telekanalida o‘tkazib yubormang.
🗓 Tez kunda
“O‘zbekiston” radiosining “Bedorlik” dasturida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan Adabiyot kunlari efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
SEN, JONIM, MANA SHU BOG‘LARNIKISAN
(turkumdan)
Bog‘larda xazonlar sipohi
Azaldan muzaffar bir lashkar...
Bugun menga qarshi anduhlar
Birlashgan... birlashgan... birlashgan...
Biron-bir mehribon ko‘rinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar to‘kilar tinimsiz —
Zaʼfaron... zaʼfaron... zaʼfaron...
Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolg‘iz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz —
Yengaman... yengaman... yengaman...
Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borlig‘im shahd tilar, g‘ulu tilar.
Yog‘ib-yog‘mas, tarqab-tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...
Hali yulduzlardek charaqlarim bor
Bordir bulutlardek bo‘zlarim.
Bo‘lgim kelayotir osmonning
Ko‘zlari... ko‘zlari... ko‘zlari...
Matnazar Abdulhakim
Maʼrifat ulashib
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida yoshlar ma‘naviyatini oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirish maqsadida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkor ustozlar bilan keng ko‘lamli uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo'min va shoir Shodi Otamurod talabalar bilan adabiyot, ijod olamining sehrli olami haqida suhbat qurishdi. Davrada yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yana-da ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Ахborot 24 | Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy nomiga bag‘ishlangan maxsus yubiley medallarni topshirish marosimi bo‘ldi
#10oct #uzbekiston24
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga kitob sovgʻa qildi
Bugun, 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ashxobod shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum yuksak darajada oʻtkazilgani bilan samimiy muborakbod etgan.
Shundan soʻng tomonlar Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Jumladan, oʻzaro tovar ayirboshlash jadal oʻsayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqqan. Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilingan.
Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qilgan.
Guliston davlat pedagogika instituining kutubxonasida Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz ijodini chuqur o‘rganishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident.uz
Ijod ahli bilan uchrashuv
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimov, shoira Sayyora Samandarova, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Xaliyla Davletnazarov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmonlar dastlab institutning yangi binosida bo‘lib, u yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, ijodkorlar jahon adabiyoti va mumtoz adabiyot xususida so‘z yuritib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Fikr-mulohazalar davomi mushoiraga ulangan kechada talabalar o‘z ijodlaridan parchalar o‘qidi. Yakunda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kengesboy Karimov institut kutubxonasiga “Qoraqalpoq sheʼriyati antologiyasi” kitobini sovg‘a qildi. Bundan tashqari shoir-yozuvchilar yaxshi tilaklar bilan institut bog‘iga ko‘chat ekdi.
Bu kabi uchrashuvlar tumanlarda davom etmoqda.
Fotima Abduraimova
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent tumaniga tashrif buyurib, Keles yo‘li ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Prezident.uz
«MAHALLA» radiosida efirga uzatiladigan «BIR ASAR TARIXI» loyihasining navbatdagi sonida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos Muhammad VALI ishtirok etdi. U ardoqli adib Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub «JALOLIDDIN MANGUBERDI» dramasining ijodiy tarixi haqida so’zlab berdi.
Muloqot chog’ida drama Milliy akademik teatrda sahnalashtirilgani, spektakl bosh qahramonining ulug’vor yuksak romantik ruhdagi monologi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgani, ayniqsa, «Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o’shal, Ulug’vor niyatlarda kor qilmas ajal» misralari tillarda doston bo’lgani xususida mulohaza yuritildi.
Ikkinchi jahon urishidan so’ng drama va uning muallifi boshiga tushirilgan qora kunlar, Jaloliddin Manguberdi shaxsi va faoliyatiga istiqlol yillarida alohida ehtirom ko’rsatilayotgani bilan bog’liq qimmatli ma’lumotlar tinglovchilar tomonidan olqishlanmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maʼrifat ulashib
Mazkur loyiha doirasida taniqli adib Normurod Norqobilov hamda shoir O‘roz Haydarov Navoiy davlat konchilik universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari Bahriddin Sadriddinov so‘zga chiqib, adiblarning ijodiy faoliyati bilan talabalarni tanishtirdi.
Normurod Norqobilovning hikoyalari asosida yoshlar ijro etgan sahna ko‘rinishlari barchaga zavq bag‘ishladi. Ijodkorlar va talabalar taʼlim dargohi bog‘iga daraxt ko‘chatlari ekishdi. Adiblarga navoiyliklarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Yozuvchlar uyushmasi viloyat bo‘limi
Shoir va yoshlar
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida "Shoir va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Unda shoirlar - Sirojiddin Rauf va Islom Ali mehmon bo‘ldi. Tadbir davomida ijodkorlar o‘z sherlaridan yoshlarga o‘qib berdi. Talabalar ijodkorlardan mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Munavvara Tillaboyeva 80 yoshda
Shoira Munavvara Tillaboyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, adiblar - Qamchibek Kenja, Farid Usmon, Guljahon Mardonova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov, viloyat Nuroniylar kengashi raisi o‘rinbosari Nasibaxon Yo‘lchiboyeva, shoirlar - Ikromjon Asliy, Ro‘zixon Iminova so‘zga chiqib, shoirani qizg‘in muborakbod etdi.
Sanʼat maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilarining badiiy kompozitsiyalari davraga fayz kiritdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi
#iqtibos
Ayolni qadrlagan el ulug‘ bo‘ladi. Chunki ayol yaratadigan millat farzandlarining ilk Vatani, ko‘zlari yumuq holda ham chayqaladigan beshigi – ona vujudi. Shu bois ham biz Onani Vatan deb ulug‘laymiz. Uning himoyasiga jon qadar shay turamiz. Bilgan odamga Vatan – Onadir.
Abdulla ORIPOV
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
“Mahalla” radiokanalining "Kitob va kelajak" dasturida yozuvchi Habib Siddiqning “Nimkosa” kitobi haqidagi mushohadani tinglang.
Читать полностью…❗️
FARGʻONADA ADABIYOT BAYRAMI
Muhammadjon OBIDOV
Anjumanda ulug‘ allomalar, marhum ijodkorlar bilan birga, bugun yetuk asarlar yaratayotgan Hamid Burhonov, Nosir Zohidov, Karimabegim, Abdulatif Muhammad kabi shoir va adiblar haqida e’tirof so‘zlari aytildi.
Andijon axboroti | Shoira Munavvara Tillaboyevaning 80-yilligiga bag‘ishlangan kecha. 10.10.2024-yil.
Читать полностью…Taniqli adib Shodiqul Hamro 60 yoshda
Shodiqul Hamro 1964-yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlab “Yoshlik” jurnalida muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida кeyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezident devonida konsultant, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri sifatida ishlagan. Ayni damda Oliy sud muassisligidagi birlashgan tahririyat bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Adibning “Suratdagi ayol”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Millat xotirasi”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Muazzam” nomli nasriy asarlar to‘plamlari, “Qora kun”, “Ko‘k ko‘l”, “Qaqnus qanotidagi umr” (“Ismsiz”), “Muazzam” nomli qissalari, “Suratdagi ayol”, “Alvon mato ostidagi hayot”, “Hovlidagi daraxt”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qushxonadagi voqea”, “Ajrim”, “Tushimdagi olovxon”, “Uyiga qaytayotgan odam”, “Muhabbat maktublari” kabi hikoyalarichop etilgan.
Bir qator hikoyalari asosida telenovellar tayyorlangan. Shuningdek, ko‘pgina asarlari audio kitob qilingan. Shodiqul Hamroning hikoyalari umumtaʼlim maktablari darsligiga kiritilgan. Norboy Xudoyberganov, Ahmad Otaboy, Nazar Eshonqul, Salim Ashur, Uzoq Jo‘raqulov va boshqa taniqli adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar uning qissa va hikoyalari haqida ilmiy va adabiy-tanqidiy maqolalar eʼlon qilib, betakror isteʼdodini munosib baholagan.
U XX asr adabiyotining Xorxe Luis Borxes, Yasunari Kavabata, Fridrix Dyurrenmatt kabi buyuk namoyandalari va jahon nasrining yana boshqa ko‘plab mumtoz adiblari hikoyalarini yuksak badiiy mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan.
Shodiqul Hamroning ijodi va faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, “Jasorat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ko‘p sonli aʼzolari adibni qutlug‘ 60 yoshi bilan samimiy muborakbod etadi. Uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Oʻzbek ijodkorlari Turkmaniston tomonidan taqdirlandi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25240
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X