“O‘zbekiston” radiokanalida "Ona tilim - jonu dilim" eshittirishi efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
#bir_kuni
Navoiy bir kuni…
Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bo‘lmish mavlono Alishoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid shulki, vaqf boshqaruvchilari olti oylik maoshimni birdaniga bersalar, har oyda ularga bosh og‘rig‘i bo‘lib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:
– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yo‘qmi, bilmaymiz. Nima uchun siz omonat hayotga bu qadar e’tiqod qilib, olti oylik maoshni oldindan talab qilasiz?
Mavlaviy janoblari dedi:
– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu o‘lib qolsam, o‘sha pul go‘ru kafanimga yarab qolar.
Shunda on hazrat dedilar:
– O‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Yangi nashr
Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi nashrdan chiqdi. Izlam – izlash jarayonining ilk hosilasi demak. Akademnashr galdagi “Izlam”ni – e‘tiborga tushib ulgurgan ruknning 2-faslini siz aziz kitobxonlar hukmiga havola etmoqda.
Yozish uslubi, malakasi va iste‘dodidan qat‘i nazar, mualliflar o‘quvchini muloqotga chaqira olgan: ba‘zan o‘z-o‘zi, ba‘zan jamiyat, ba‘zida Yaratgan bilan… Shu imkoniyat, agar u rostdan ham mavjud bo‘lsa, “Izlam” loyihasining asl maqsadi edi. Keling, gaplashaylik, izlanaylik, hosilalar uchun harakatni boshlaylik.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👉
TURSUNBOYNING SARGUZASHTLARI
Orziqul ERGASH
Qayerda bo‘lmay, uchala otdoshim yonimda. Kozlov ham, Tabib ham, Pakana ham. Kozlov deganimiz menga o‘xshab naynovgina. Nega unga Naynovmas, Kozlov deb laqab qo‘yganimiz sababi…
Prezidentimizning “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan shu yil 25-26-oktabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Ajiniyaz – qoraqalpoq xalqining maqtanishi” (“Ajiniyoz – qoraqalpoq xalqning faxri”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanidan fotolar.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati.
Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi
ADABIYOT – XALQLARNI BIRLASHTIRUVCHI YO‘L
Prezidentimizning “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan shu yil 25-26-oktabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Ajiniyaz – qoraqalpoq xalqining maqtanishi” (“Ajiniyoz – qoraqalpoq xalqning faxri”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli anjuman doirasidagi tadbirlar ziyoratdan boshlandi. Ishtirokchilar 25-oktabr kuni erta tongda Ajiniyoz tug‘ilib o‘sgan Mo‘ynoq tumaniga jo‘nab ketishdi. Nukusdan yo‘lga chiqqan avtobus va mashinalar karvoni Xo‘jayli orqali A 380 xalqaro yo‘liga tushdi. Shoirlar - ellar, elatlar va xalqlarni birlashtiruvchi ko‘prikdir, katta yo‘ldir. Ne ajabki, Ajniyoz tavalludning 200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir Prezidentimiz tomonidan xalqaro ahamiyatga ega “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining foydalanishga topshirilgan kunga to‘g‘ri keldi. Bu tarixiy voqealarda chuqur ramziy maʼno bor.
Mo‘ynoqqa ketaverishda katta yo‘l bo‘yida to‘qayzor orasidagi qabristonga Ajiniyoz dafn etilgan. Yurtboshimiz qaroriga binoan ushbu muborak ziyoratgohda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ishtirokchilar shoir maqbarasi qoshida tilovat qilib, fotiha o‘qishdi. Qadim zamonlarda ushbu manzillarga kelib yashagan va hoki shu tuproqda abadiy qolgan Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) maqbarasi, tarixiy obidalar ziyorati, “Orol” muzeyi, dengiz ultonidagi kemalar sayohati, shuningdek Mo‘ynoqdagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
26-oktabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqaloq davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Ahmed Reymov ochib berdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorig‘i Kengesi qo‘mita raisi Tojiboy Romanov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni tabrikladi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kengesboy Karimov, filologiya fanlari doktorlari, professorlar Quvonishboy O‘razimbetov, Bahodir Karimov, Turkiya Pamukale universiteti professori Jayhun Vedat Uygur, Turkiya Onado‘li universiteti professori Zulfikar Bayraktar, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Ozarbayjon Milliy Bilimlar akademiyasi professori Nazakat Mammedali, Ozarbayjon Hamin instituti Turk tillari bo‘limi professori Ismayl Kazimov, Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi professori Meerim Ko‘lbayeva, Qirg‘iz mamlakatlik universiteti professorlari Nazgul Turdibayeva, Jannat Usupbayeva, Qozog‘iston Huquq va davlat boshqaruvi maktabi professori Gulmira Sultanbayeva Ajiniyoz asarlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ulug‘lanishi, shoir ijodining turkiy dunyo xalqlari til va adabiyot ilmiy-adabiy olamida o‘rganilishi, chet va qardosh tillarga tarjimalari masalalari bo‘yicha nutq so‘zladilar.
Tadbirda qoraqalpog‘istonlik sanʼatkorlar va yosh ijrochilar tomonidan tayyorlangan “Ayt sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan” mavzusidagi musiqiy-badiiy konsert dasturi namoyish etildi.
Kunning ikkinchi yarmida ilmiy-amaliy anjuman shoʻbalarga bo‘lingan tarzda o‘z ishini davom ettirdi.
Anjuman doirasida ishtirokchilarning maʼruzalari jamlangan ikki jildlik kitob nashr etildi va taqdim qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maʼrifat ulashib
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Do‘stmuhammad, Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Shodiqul Hamroyev va Sirojiddin Rauf bilan yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Ijodkorlarni universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov kutib oldi. Adiblar dastlab ijodkor talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, kreativ park, innovatsion zona va foto ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Uchrashuv Tasviriy san‘at fakulteti talabalarining unikal orkestri chiqishlari bilan boshlandi.
Suhbat jarayonida yoshlarda tasavvuriy tafakkurning cheksizligi, yangilikka mushtoqlik, ishonch, qiziquvchanlik o‘z-o‘zidan qoniqish hissini uyg‘otish bilan birga, talabalarining yangi marralarni zabt etishga qaratilgan loyihalar mavzusida fikr almashdilar. Adabiy suhbatlar bilan bir qatorda talabalarning ijod jarayonlari, yaratuvchanlikda keng ahamiyatga ega tavsiyalar xususida ham so‘z bordi.
Suhbatdan so‘ng, universitet rahbari boshchiligida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi.
MAXTUMQULI
Shoir ukam, o‘qi, Maxtumqulini,
Hikmatga yo‘g‘rilgan pandu nasihat.
G‘animat demish u umr yo‘lini,
Ha, umr o‘tkinchi, umr g‘animat.
Bepisand boqmagil ko‘hna olamga,
Hali may ichmabsan qismat qo‘lidan.
Faqat bilganingni olgil qalamga,
Buni ham o‘rgangil Maxtumqulidan.
Abdulla Oripov
O‘zbek tilim boshqalarga qandoq, bilmayman, lekin men uchun dunyoda eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til. O‘zbekcha gapirib tilim chiqqan, qo‘limga qalam olib o‘zbekcha yozganman, qalbim sevinchlari va iztiroblarini o‘zbekchada qog‘ozga tushurganman. Unga mehrimni, minnatdorligimni izhor etib bir kitob yozsam degan niyatim bor. Yozganlarim she‘r bo‘lmasa-da she‘rdek o‘qilsa, deyman. Ona tilimning ko‘rki, barvasta qomati sahifalardan bo‘y ko‘rsatib tursa, deyman. Orzularim ko‘p. Qani edi parvozim orzularim qadar yuksak bo‘lsa...
"So‘z latofati" kitobidan
Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri
#Yosh_kitobxonga_diqqatiga
Gabriel Garsia MARKES.
“Atirgulning tikoni”, hikoya.
Bu muhabbat haqidagi go‘zal va mahzun asar. Unda butun hayoti hashamga, farovonlikka burkangan sohibjamol Nena Dakonte va Billi Sanchesning sevgi kechinmalari tasvirlab berilgan. Markes deyarli har bir asarini sermazmun, serishora, qaysidir ma’noda muallif badiiy g‘oyasini o‘zida mujassam etgan satrlar bilan boshlovchi adiblar sirasiga kiradi. “Atirgulning tikoni”da ham shunday alomatni kuzatamiz: “Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi taqilgan barmog‘idan hamon qon tomchilayotganini ko‘rdi”. Asar personajlari qizning ko‘nglidan kechayotgan pok muhabbat hislaridan emas, uni o‘rab turgan boylik, hokimiyat, dabdabali turmushdan ko‘proq hayratlanishadi. Nena esa sevgi sharobidan mast. Qo‘lidagi jarohatni ham keyin payqaydi. Hikoya fojiaviy yakun topsa-da, o‘quvchi ko‘ngliga yorug‘ bir tuyg‘u kirib keladi. Inson umrining bahosi hasham, dabdaba ichida o‘tganligi bilan emas, bir lahza bo‘lsa-da, pokiza muhabbat og‘ushida kechganligi bilan o‘lchanishiga yana bir karra amin bo‘ladi. “Atirgulning tikoni”ni o‘qish jarayonida buyuk adibga xos teran ifodadan zavqlanamiz.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
BU KUZ...
Qachon o‘zgaradi dunyoning tarzi,
Tinarmi ko‘ngilning azaliy arzi,
Hali tugamasdan bahordan qarzi,
Firoq shaklidagi to‘lovmi bu kuz?..
Qaydan kelayotir bu o‘tli ohlar,
O‘tinga aylandi savol-so‘roqlar,
Ko‘ksimda yonadi oltin yaproqlar,
Yurak shaklidagi olovmi bu kuz?..
Shodi OTAMUROD
Termiz davlat pedagogika institutida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Читать полностью…BILDIRISH
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi Gulobdon To‘rayevaning onasi Hafiza ayaning janozasi bugun peshin namozidan so‘ng Yakkasaroy masjidida o‘qiladi.
Uy manzili: Yakksaroy tumani Shohjahon ko‘chasi 2-uy 8-xonadon. Joylashuv ilova qilinyapti.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👉
Kitobni qanday o‘qish va o‘qitish kerak?
Kutubxona sari ketarkanman, har doimgidek tokchalarga bir xilda taxlangan jild-jild eski kitoblar, chang bosib yotgan javonlar va bitta kitobni topib berguncha 10-15 daqiqa kuttiradigan qo‘rs kutubxonachi xodimlar ko‘z oldimdan o‘tib, bolalarimni bekor olib boryapman-da, hali bular o‘qishni ham bilmaydi-ku, degan ming turli xayollar kechdi ko‘nglimdan.
To‘liq maqola: jadid-media.uz
❗️
❗️“Maqar”, “Boljon”, Matnazar Abdulhakim va ideal jadid
⚡️ Xorazmohang yozuvchi, taniqli shoir, publitsist Shuhrat Matkarim bilan suhbat
📱To‘liq video:
https://youtu.be/1HVTuN98IPM
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
TAKLIFNOMA
Shu yilning 1-noyabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tadi. Kechaga barchani chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbek adibi hikoyalari xorijiy nashrlarda
Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib va dramaturg Qoʼchqor Norqobilning "Olisdagi sevgi otashi" hikoyasi Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi nashri - “Adabiyot” gazetasida, "Qayta tugʼildi" deb nomlangan hikoyasi esa Sankt - Peterburgda chop etiladigan “Polinya” Almanaxida eʼlon qilindi.
Adiblarimiz asarlari dunyo adabiyoti minbarlarini zabt etaversin, adabiy hamkorlik va doʼstlik aloqalari tobora mustahkamlanaversin!
Yangi loyiha muhokamasi
Bugun Yozuvchilar uyushmasida mutasaddi vakillar, yozuvchilar, shoirlar ishtirokida 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda qaror loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va ijodiy tashkilotlarning masʼullari va ekspertlardan iborat ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi. Yig‘ilishda Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani yakunlari to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Muhokamada takliflar berildi, vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Аxborot xizmati
Prezidentimizning “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan shu yil 25-26-oktabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Ajiniyaz – qoraqalpoq xalqining maqtanishi” (“Ajiniyoz – qoraqalpoq xalqning faxri”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanidan fotolar.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati.
Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga bag'ishlangan anjuman doirasida ishtirokchilarning maʼruzalari jamlangan ikki jildlik kitob nashr etildi
Читать полностью…Maʼrifat ulashib
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida Navoiy viloyatidagi Navoiy pedagogika, Navoiy konchilik va Navoiy innovasiyalar universitetlari hamda 1-sonli maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Mansur Yunus bilan uchrashuv o‘tkazildi. Adabiy muloqotda pedagoglar, yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida adabiyotning yoshlar tarbiyasida turban o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ijodiy jarayonlar haqida so‘z bordi. Adib ta‘lim muassasalari va talabalar turar joylari kutubxonalariga badiiy kitoblar sovg‘a qildi
Jarayon
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida qoraqalpoq xalqining alloma farzandi, hayotsevar shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda yozuvchi Neʼmat Arslon, shoira Gulandom Tog‘ayeva hamda adabiyotshunoslar ishtirok etdi. Tadbirda talabalarga Ajiniyoz Qusiboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Adiblar shoirning ijodi haqida so‘z yuritdi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Maʼrifat ulashib
Andijon davlat tibbiyot institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Sayfiddin Rafiddinov, Abdujabbor Obidov, Abdulla Ayizov talabalar bilan yuzma-yuz adabiy suhbatga kirishdi.
Unda ijоdkorlar o‘zlarining ijodiy faoliyati, adabiy islohotlar haqida so‘z yuritdi. Sheʼrlar o‘qildi, мulohazalar tinglandi.
⏳⏳⏳⏳
28-oktyabr – yapon shoiri Takuboku Ishikava tavallud topgan kun
Ishikava Takuboku 1886-yil Yaponiyaning Xansyu orolidagi Sibutami qishlogʻida tugʻilgan. Qashshoq qishloq rohibining oilasida tugʻilgan goʻdakka Xadzime ismini berishgan. Takuboku — shoirning taxallusi boʻlib, “kakku” maʼnosini anglatadi.
Shoirning “Intilish” deb atalgan ilk kitobi yapon sheʼriyatiga yangi ovoz, kuchli shaxs kirib kelganidan darak berdi. Ikkinchi toʻplami “Bir kaft qum” esa yapon sheʼriyatining gultoji boʻldi. Anʼanaviy tankaning mavzu doirasini kengaytirgan Takuboku oʻz sheʼriy bitiklarida inson hayotining buyuk manzaralarini yaratdi. Ogʻir xastalik shoir umrini erta xazon qildi. U yigirma yetti yoshga toʻlmay vafot etdi.
Yaponiyada Takubokuni juda sevishadi. Mamlakatda shoirga qoʻyilgan yuzlab haykallargina emas, uning sheʼrlariga qoʻyilgan minglab yodgorliklar mavjud.
* * *
Uxlayotib
Yuragimni qiynadim rosa.
U hamon ishonar:
“Ertaga, albatta, yaxshi kunlar kelar,
Ertaga, albatta…”
Yangi kitoblar taqdimoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farid Usmonning joriy yilda yettita kitobi nashrdan chiqdi. Kitoblarga nazmiy, nasriy, tarixiy asarlar jamlangan bo‘lib, har biri o‘z mavzusi, badiiyati bilan eʼtirofga loyiq.
"Ruh bulbuli" devoni to‘ldirilgan ikkinchi nashr bo‘lib, unga adabiyotshunos adib Jovli Xushboq so‘zboshi yozgan. "Chingizxon avlodlari" tarixiy maʼlumotlar asosida yozilgan esseda muallif o‘sha davr voqealarini o‘quvchilarga tasvirlab beradi. "Navoiy tug‘ilgan joy", "Andijon tarixidan kichik bir lavha", "Navoiy ishlamoqda" kitoblari ham yoshu keksa kitobxonni o‘ziga qiziqtira oladi, kerakli maʼlumotlarga ega qiladi. "Xandardin tarixi" kitobi esa Bishkekda nashr etilgan tarjima kitobdir.
Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Xurshida Vahobjon qizi, Nusrat Abdusalom, Vosit Ahmad, Durbek Qo‘ldish, Ikromjon Asliy va boshqalar ushbu asarlarning ahamiyati, badiiyati haqida so‘zladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi
Ma'rifat ulashib
Termiz davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ma'rifat ulashib
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Yunusobod tumanida joylashgan 260-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetining ustozi, shoira Adiba Umirova bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir jarayonida xalqimizning boy ma’naviy merosi, o‘zbek tilining mukammaliligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, shoira o‘zining "O‘‘zbeklar" nomli she’ridan parcha o‘qib berdi. Tadbir davomida o‘quvchilar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekani aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoirаga ulanib, o‘quvchilar o‘zlari yod olan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar ma’naviyati yana-da oshirildi, ularning ziyoli bo‘lib yetishishlarida bu uchrashuv katta ko‘makchi bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayon
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shoirlarimiz bilan ma‘naviy-ma‘rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda taniqli adiblar Axtamqul Karim, Nurboy Jabborov va Nabi Jaloliddin mehmon bo‘ldi.
Kechaning asosiy qismida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Dilnoz Mushfiq ijod namunalaridan o‘qidi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘llaridan misol keltirgan holda yoshlarimizni ilm-ma‘rifatli va Ona vatanimizga muhabbatli insonlar bo‘lishga chorlab, o‘z sheʼrlaridan taqdim qildi. Shundan so‘ng, universitet yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Zakovat, insho va diktant yozish tanlovlari g‘oliblari munosib taqdirlandi.
Ijodkorlarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi