O‘LMAS UMARBEKOV TAVALLUDINING 90 YILLIGI
«Qiyomat qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Sevgim – sevgilim», «Oq qaldirg‘och», «Odam bo‘lish qiyin», «Fotima va Zuhra»... bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning asarlari o‘zbek kitobxonining qalb qo‘ridan joy olgan chinakam o‘lmas asarlardir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli adib, dramaturg, davlat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada adibning oila-aʼzolari, yozuvchi-shoirlar, ziyolilar, jamoatchilik vakillari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
Xotira tadbirini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Kechada O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zuhriddin Isomiddinov, “Jadid” gazetasi bo‘lim muharriri Gulchehra Umarova va boshqalar so‘zga chiqdi.
Tadbirda so‘z olganlar yozuvchi asarlarining maʼno-mazmunini, ulug‘ adib bilan bog‘liq yorqin va o‘chmas xotiralarni, uning insoniy fazilatlarini yodga oldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning oila aʼzolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ulug‘bek Xalilov
Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligiga munosabati bilan o‘tgan adabiy tadbirdan suratlar. Muallif – Fozil Farhod.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
Bugun, 1-noyabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tadi. Kechaga barchani chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Prezident "Yangi Navoiy" shaharchasining qurilish maydonida bo‘lib, nuroniy va ziyolilar bilan muloqot qildi
Prezident.uz
Maʼrifat ulashib
"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida taniqli adiblar Bahodir Karimov, Shuhrat Jabbоrov, Dilmurod Do‘stbekov yoshlar bilan uchrashdi.
Mehmonlar oliygoh vakillari tomonidan tantanali kutib olindi. Dastlab, ijodkorlar institutda yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Yuzma-yuz diydor suhbat zavqi bilan davom etdi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Matbuot xizmati
❗️
Abdulhamid Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanidan iqtiboslar
Ibtidoiy tarbiyani rus maktablaridan boshlab bo‘lmaydi, uni milliy maktablarda berish kerak. Ilgari milliy hissini o‘stirib, o‘z millatini tanigandan keyin rus maktabiga berish kerakki, hunarga, ixtisosga tegishli ilmlarni o‘qisin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
Prezident.uz
TAKLIFNOMA
Ertaga, 2024-yil 1-noyabr kuni soat 10:00da O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligi munosabati bilan shoirning Adiblar xiyobonidagi haykali poyida xotira kechasi o‘tkaziladi. Tadbirda adiblar, tarjimonlar, talabalar qatnashadi.
Xotira kechasiga barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir “O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
OZARBAYJONNI “ONA VIDOSI” TUTDI
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Xoliyor Safarovning “Ona vidosi” hikoyasi Ozarbayjonning “Xazon” adabiy-badiiy jurnalining yangi (sentabr-oktabr) sonida chop etildi. Bu o‘zbek-ozar adabiy aloqalarining kundan-kunga yaxshilanib borayotganligidan dalolatdir.
Eslatib o‘tamiz, 2-jahon urushi voqealari aks ettirilgan ushbu hikoya yaqinda Ozarbayjonning “Herbi and” gazetasining 27-sentyabr sonida hamda 4 ta rasmiy saytida ham e’lon qilingan edi.
Belarusning Grodno viloyatida "O'zbek she'riyati kechasi" o'tkazildi
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
#mutolaa
“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 3-sonini havola etmoqdamiz!
Jurnalni onlayn o‘qish!
Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligiga munosabati bilan o‘tgan adabiy tadbirdan suratlar. Muallif – Fozil Farhod.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligi
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir va tarjimon Nikolay Ilin olib bordi. Xotira tadbirida uyushmaning Rus adabiyoti kengashi raisi Artyom Goroxov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti Andrey Pavlyuk, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Rufat Gumerov va boshqalar Aleksandr Faynberg ijodi, uning serqirra faoliyati xususida batafsil gapirdi.
Aleksandr Faynberg 1939-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Uning nomi va ijodi o‘zbek kitobxonlari, she’riyat ixlosmandlari uchun qadrli.
Shoirning “Lahza” (1969), “Olis ko‘priklar” (1978), “Erkin ohanglar” (2003) kabi ko‘plab she’riy to‘plamlari kitobxonlarga yaxshi tanish. Aleksandr Faynbergning o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgda nashr etilgan.
Aleksandr Faynberg qalamiga mansub yettita badiiy film ssenariysi o‘ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Ijodkor yigirmadan ziyod multfilmlar, nasriy asarlar muallifi edi. Bu asarlarga o‘zbek o‘quvchilarining qiziqishi tobora ortib boryapti.
Aleksandr Faynberg katta tarjimon sifatida ham so‘z san’ati muxlislariga yaxshi tanish. U rusiyzabon kitobxonlarga ko‘plab o‘zbek shoirlarining ijodini ochib berdi.
Moskvada O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni, Toshkentda “Oqqushlar galasi” nomli o‘zbek shoirlari ijodidan qilgan tarjimalari jamlanmasi nashr etildi.
Taniqli shoirning o‘zbek tiliga o‘girilgan she’rlari “Chig‘ir” kitobida o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘lgan Aleksandr Faynberg 1999-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2004-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri hamda 2008-yilda Pushkin medali hamda unvonlari bilan taqdirlangan.
Aleksandr Arkadevichning faoliyati, chin insoniy fazilatlari mamlakatimizda o‘zga tillarda ijod qilayotgan ko‘plab adabiyot ahli, qalamkashlar uchun ibratdir.
Adabiy anjumanda Aleksandr Faynberg ijodi, faoliyati, insoniy fazilatlari haqida batafsil so‘z yuritildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari shoir she’rlarini ifodali o‘qidi.
Tadbir yakunida Aleksandr Faynbergning rafiqasi Inna Koval so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirdi.
Fozil Farhod
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi 22-son umumtaʼlim maktabida bo‘ldi.
Prezident.uz
#mahalla_yangiliklari
Qodiriy asarlarining yangi tarjimasi.
🗓 30.10.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiyga kelgach, sanoat tarmoqlari uchun muhim xomashyo - vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishdi.
Prezident.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi.
Prezident.uz
Maʼrifat ulashib
"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida taniqlik adiblar Qutlibeka Rahimboyeva, Gulnoza Sattorova , O‘ktam Mirzayоrov mehmon bo‘ldi.
El suygan ijodkorlar oliygoh talabalari tomonidan doira sadolari ostida iliq kutib olindi. Vodiy gavhari sanalgan Farg‘ona dong‘ini el uzra tanitgan o‘ziga xos adabiy muhit, musiqa sadolari bilan yuraklarga kirib bordi.
Adabiyot vakillari e‘tiboriga bilim dargohida Besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Sport, san‘at, adabiyot, axborot texnologiyalari sohalarida bugun katta yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarga chinakam motivatsiya hissi ustoz ijodkorlar bilan yuzma-yuz uchrashish, muloqot qilish zavqi bilan uyg‘unlashdi.
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
❗️
Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kichkina shahzoda» asaridan iqtiboslar
Kattalar raqamlarni yaxshi ko‘radi. Yangi do‘stingiz borligini aytsangiz, ular hech qachon eng muhim narsani so‘ramaydi. Hech qachon “Ovozi qanday? Qanday o‘yinlarni o‘ynashni yaxshi ko‘radi? Kapalak tutadimi?” deb so‘rashmaydi. Ular “U necha yoshda? Nechta aka-ukasi bor? Vazni qancha? Otasi qancha pul topadi?” deb so‘raydi. Shundan keyin ular bu odamni bilamiz deb o‘ylaydi.
MEHR
Gullar to‘kib bahor ketar so‘ringizdan,
Erta-indin oy ham ketar qiringizdan,
Nima foyda ko‘ngildagi kiringizdan,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.
Maysalar ham bir-biriga suykaladi,
Qarang, hatto chumolilar to‘y qiladi.
Nechun hasad ko‘ksingizda kuy chaladi?
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.
Bugun sizga oq dasturxon to‘shar hayot,
Taronani tog‘oraga qo‘shar hayot.
Ham singil, ham yoringizga o‘xshar hayot,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.
Kelolmagay endi hargiz tuproq yorib,
Otangizning mozorlari buncha g‘arib,
Onangizning izlarini o‘ping borib,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.
Dunyoning bu pallalari topilmaydi,
Eshiklari tun-kun ochiq, yopilmaydi.
Mehr keyin do‘konlarda sotilmaydi,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
30-oktyabr – O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun.
Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan muborakbod etadi.
TAKLIFNOMA
31-oktyabr soat 12:00da Toshkent Amaliy Fanlar universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Sherzod Komil Xalil bilan adabiy uchrashuv va uning «O‘lim labirinti» hikoyalar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni universitetda kitoblar yarmarkasi ham tashkil etiladi.
Mazkur adabiy uchrashuv va taqdimotga barcha qiziquvchi kitobxonlarni taklif qilamiz.
Manzil: Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasi 22A -uy.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#onatilimfaxrim
"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlar akademiyasi jamoasi