Surxondaryo viloyatidan senatorlar saylandi
Kecha Surxondaryo viloyatida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Surxondaryo viloyatidan Senat aʼzolarini saylash masalasi koʻrib chiqildi. Natijada to‘rt nafar Senat aʼzosi saylandi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Dilbar Nabiyevna Suvonova, Viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Xushboqovich Eshmuratov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Salohovich Saidov – Sirojiddin Sayyid Senat aʼzosi etib saylandi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Senat a’zolarining keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Akmal Saidov, akademik
MUQADDAS KALOM FAYZI VA NURLARI
Qurʼoni Karimning o‘zbek tilidagi yettinchi tugal tarjimasi xususida
Tarjimon va qo‘shimcha izohlar muallifi: Mirzo Kenjabek
_____________________________
Акмал Саидов, академик
МУҚАДДАС КАЛОМ ФАЙЗИ ВА НУРЛАРИ
Қуръони Kаримнинг ўзбек тилидаги еттинчи тугал таржимаси хусусида
Таржимон ва қўшимча изоҳлар муаллифи: Мирзо Кенжабек
Батафсил — https://telegra.ph/MU%D2%9AADDAS-KALOM-FAJZI-VA-NURLARI-11-13
Yangi kitob
SUVLAR UXLAGAN KECHA
(Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag’ishlanadi)
Taniqli ijodkor Enaxon Siddiqovani go‘zal sheʼrlari, hayotiy hikoyalari orqali adabiyot ixlosmandlari juda yaxshi bilishadi. Uning qo‘lingizdagi “Suvlar uxlagan kecha” nomli hikoyalar to‘plami ham ko‘nglingizdan chuqur joy oladi. Kitobning nomiyoq o‘quvchini mushohadaga, mutolaaga undaydi. To‘plamdagi har bir hikoyada dolzarb va o‘tkir mavzular qalamga olinganki, unda inson hayotining oq va qora tarafi boricha tasvirlanadi. Voqea va hodisalar, qahramonlarning goh quvonchli, goh achchiq, alamli va iztirobli hayoti, taqdirning kutilmagan tuhfalariyu qaqshatqich zarbalari, og‘ir sinovlari qalbingizni larzaga soladi. Muallif o‘quvchini to‘g‘ri xulosa qilishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undaydi.
Muallif: Enaxon Siddiqova
Muharrir: Ulug’bek Xalilov
Noshir: Ahmad To’ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Nashriyot: “Ijod Nashr”
Adadi: 1000
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi tarjima kitob
YARATILISH SIRLARI
Ulug' mutafakkir Imom G'azzoliyning yana bir nodir asari - “Yaratilish sirlari” ustoz Yo'ldosh Eshbek tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilindi.
Tafakkurga chorlovchi, g'aflatdan hushyorlikka yetaklovchi bu kitob tevarak-atrofimizga ibrat nazari bilan nazar solishga undaydi.
Kitobni o'qib, yer-u osmonning yaratilishidagi hikmatlar, insoniyat, tabiat, maxluqot va mavjudotlar, quruqlik va dengiz mo'jizalari, butun borliqqa daxldor jamiki go'zalliklardan bobahra bo'lasiz, hayratga tushasiz.
Nuktadon, mohir tarjimon Yo'ldosh Eshbekka mustahkam sog'lik, yana-da barakali umr va ijodiy faoliyat tilab qolamiz!
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"An Nahar News" gazetasi: Yangi O'zbekistonda iste'dodli yosh shoirlar va adiblarning erkin ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonada bo'lib o'tgan shoir Chori Avaz xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kechadan fotolar.
Muallif – Ulug'bek Xalilov
"O‘zbek adabiyoti xazinasidan" deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etishga qaratilgan yig‘ilishdan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
BILDIRISH
2024-yil 8-noyabr kuni soat 8:00dan Mansur Jumayev yashagan xonadon, Toshkent shahar Kamolon darvoza mahallasi Qozirobod ko‘chasi 6-uy hovlisida fotiha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
SHUDRINGLI PARCHALAR
Taniqli shoira Halima Ahmedovaning sheʼrga sig‘magan tuyg‘ulari, xotiralari, xulosayu o‘ylari ushbu kitobda jamlangan esse, maqola, hikoya va novellalardan qo‘nim topgan. Shoiraning dramaturg, ssenariynavis sifatidagi ijodi bilan ham shu to‘plam orqali tanishishingiz mumkin.
Sheʼr shakliga kirmagan va janri esse yoki novella, hikoya yoki maqola deb belgilangan ushbu “sheʼr”lar Siz, aziz o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
#reportaj
SIDQIY XONDAYLIQIY TAVALLUDINING 140 YILLIGI
batafsil ko'ring! ☝🏽☝🏽
Muxbir: Gulnora OTAJONOVA
OBUNA BO‘LING: /channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
O‘ZBЕK TILI
Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Rauf Parfi
Kuzatish marosimi
TAYINLOV
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, uyushma aʼzosi, shoir Botirjon Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlandi.
Bugun shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari hamda uyushma jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni uyushma raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid olib bordi. Qatnashchilar Botirjon Ergashevga ushbu masʼuliyatli vazifani vijdonan va halol bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
E’lon
2024-yil 13-noyabr kuni soat 10.00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Barcha qiziqqanlarni taklif qilamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Эълон
2024 йил 13 ноябрь куни соат 10.00да Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Халқаро бағрикенглик кунига бағишланган “Янги Ўзбекистон китоб ва кутубхонадан бошланади” мавзусида китоблар кўргазмаси ва маърифий тадбир бўлиб ўтади.
Барча қизиққанларни таклиф қиламиз.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Ахборот хизмати
E’lon
2024-yil 13-noyabr kuni soat 15.00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Barcha qiziqqanlarni taklif qilamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Эълон
2024 йил 13 ноябрь куни соат 15.00да Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Халқаро бағрикенглик кунига бағишланган “Янги Ўзбекистон китоб ва кутубхонадан бошланади” мавзусида китоблар кўргазмаси ва маърифий тадбир бўлиб ўтади.
Барча қизиққанларни таклиф қиламиз.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Ахборот хизмати
Hamidulla Boltaboyev 70 yoshda
ADABIYOTSHUNOS OLIMGA EHTIROM
Andijon davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, "Isteʼdod va uslub", "O‘z so‘zini izlab...", "Nasr va uslub", "Qatag‘on qilingan ilm", "Abdurauf Fitrat - adabiyotshunos", "Fitratning ilmiy merosi", "Mumtoz so‘z qadri", "Islom tasavvufi manbalari", "Sharq mumtoz poetikasi", "Fitrat va jadidchilik" kabi asarlar muallifi, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyevning 70 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi ochib, olimga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tabrigini yetkazdi hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo adabiyotshunos olim va tarjimon Hamidulla Boltaboyevga Yozuvchilar uyushmasi tabriklarini yetkazdi va anjumanni boshqarib bordi.
Tadbirda institut rektori maslahatchisi, professor Muxtorxon Umarxo‘jayev, Toshkentdan kelgan mehmonlar - professor Abdumajid Madraimov, turkiyalik mehmon Voris Bey, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Qamchibek Kenja, Andijon davlat universiteti professorlari Bahodir Rahmonov, Salima Mirzayeva, olim va shoir Halim Karim, “Nuroniy” jamg‘armasi raisining o‘rinbosari Nasibaxon Yo‘lchiboyeva, Bobur jamoat fondi raisi o‘rinbosari Rustamjon Mamasoliyev hamda Hamidulla Boltaboyevning shogirdlari, professor Muqaddasxon Tojiboyeva, podpolkovnik Nilufar Mo‘minova va boshqalar olimning ilmiy salohiyati va insoniy fazilatlari haqida gapirdi. Andijon davlat pedagogika instituti, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi tabriklari yetkazildi.
Anjuman davomida Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nashr ettirgan yuzdan ortiq adabiy-badiiy kitoblarni institut kutubxonasiga topshirdi.
Talaba yoshlarning olim haqidagi hamda jadidlar hayoti, faoliyatiga doir chiqishlari olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida Hamidulla Boltaboyev qatnashchilarga hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdolik bildirdi, kelgusi rejalariga to‘xtaldi hamda yangi kitoblaridan anjuman ishtirokchilariga sovg‘a qildi.
Vosit Ahmad,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Yangi kitob
TARJIMA VA TIL
Ushbu to‘plamdan tarjimashunos olim Zuhriddin Isomiddinovning turli yillarda chop etilgan va yangi, hali bosilmagan maqolalari joy olgan. Ularda O‘zbekistonda tarjimon mutaxassislarni tayyorlash, adabiy aloqalar, badiiy tarjimaga oid masalalar, ustozlar haqidagi xotiralar, shuningdek, til va adabiyot bilan bog‘liq boshqa dolzarb muammolar xususida so‘z boradi.
To‘plam badiiy tarjima va ona tilimiz masalalariga qiziqqan kishilar uchun mo‘ljallangan.
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Chori Avaz xotirasiga bag‘ishlab
«Tortilgan kamon», «Uyg‘onishdan o‘zga tole izlama», «Kuz ertasi». Bu kitoblar o‘zbek adabiyotida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan otashnafas shoir Chori Avaz qalamiga mansub. Shoir qisqa umr ko‘rgan bo‘lsada, undan boy adabiy-maʼnaviy meros qoldi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonada shoir xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada shoirning yaqinlari, do‘stlari, adabiyotshunos olimlar, talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida adibning hayoti va ijodini aks ettiruvchi “Favvora film” kinostudiyasi tomonidan ishlangan “Chori Avazning yashil yo‘li” nomli film namoyish etildi. Darhaqiqat, shoir ijodidan odamlarni bahramand qilish, nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham keng targ‘ib etish borasida katta ishlar qilindi. Shoirning umr yo‘ldoshi Zebo Omonovaning tashabbusi va saʼy-harakati bilan Turkiyaning Istanbul va Ozarbayjon poytaxti Boku shaharlaridagi universitetlarda Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, uchrashuvlar, kitoblarining taqdimotlari o‘tkazilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan professor Nurboy Jabborov, shoirlar - Eshqobil Shukur, Tursun Ali, Abdulmajid Azim, Zilola Xo‘janiyozova, jurnalist Arslon Eshmurodov, Zebo Omonova “Favvora film” kinostudiyasi rahbari Keldiyor Xo‘jayorov, film rejissyori Xojimurod Valiyev hassos adibning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, betakror sheʼriyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi, ibratli umr yo‘li, unutilmas yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Ha, buyuk insonlar o‘zlaridan yaxshi nom va ibratli ishlari bilan odamlar qalbida mangu o‘chmas iz qoldirishadi. O‘zbek xalqining tanti farzandi, ajoyib shoir Chori Avaz xotirasi ham hech qachon unutilmaydi.
Ulug‘bek Xalilov
"O‘zbek adabiyoti xazinasidan" nomli ko‘p jildlik kitoblar majmuasi chop qilinadi
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi, Fandar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, "O‘zbekiston nashriyoti" vakillari, adabiyotshunoslar, navoiyshunos, boburshunos olimlar ishtirok etdi. Muhokamada davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-300-qarori ijrosini taʼminlashga hamda 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ishlarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.
Qarorga muvofiq, ushbu majmua "O‘zbekiston nashriyoti" davlat unitar korxonasi tomonidan 1150 nusxada chop qilinishi hamda davlat organlari va tashkilotlarga bepul tarqatish belgilangan. Yig‘ilishda uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma aʼzolari - Olimjon Davlatov, Bahodir Karim, Nurboy Jabborov, Risolat Haydarova va boshqalar majmuani nashrga tayyorlash bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Bu jarayonda mumtoz va zamonaviy adabiyot xronologiyasiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarini jamlashda jiddiy yondashish kerakligi aytib o‘tildi.
Muhokama yakunida ishchi guruhning nashr borasidagi tegishli xulosalari qabul qilindi. Tez orada "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" nomli ko‘p jildlik muhtasham kitoblar majmuasi chop qilinadi.
Zulayho Ahmadjonova
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
❗️
XIRA TORTMAGAN UFQ
Ahmadjon MELIBOYEV
O‘sha paytda desangiz, Yozuvchilar uyushmasi “Yozuvchilar uyushmasi” va “Adiblar ittifoqi”ga bo‘linib, ular faoliyatini yoritish tahririyat uchun jiddiy muammoga aylangandi. Hashar-qissaning navbatdagi bobini yozishga kirishgan Said Ahmad bir o‘q bilan ikki quyonni shunaqa urdiki, ofarin demaslikning iloji yo‘q edi.
📱 Batafsil: jadid-media.uz/xira-tortmagan-ufq
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
@yangidavr_rasmiy
Taklifnoma
Bugun, 6-noyabr kuni soat 14:00da keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizdagi Maxtumquli ko‘chasiga o‘rnatilgan shoirning yodgorlik lavhasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati