Chori Avaz xotirasiga bag‘ishlab
«Tortilgan kamon», «Uyg‘onishdan o‘zga tole izlama», «Kuz ertasi». Bu kitoblar o‘zbek adabiyotida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan otashnafas shoir Chori Avaz qalamiga mansub. Shoir qisqa umr ko‘rgan bo‘lsada, undan boy adabiy-maʼnaviy meros qoldi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonada shoir xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada shoirning yaqinlari, do‘stlari, adabiyotshunos olimlar, talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida adibning hayoti va ijodini aks ettiruvchi “Favvora film” kinostudiyasi tomonidan ishlangan “Chori Avazning yashil yo‘li” nomli film namoyish etildi. Darhaqiqat, shoir ijodidan odamlarni bahramand qilish, nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham keng targ‘ib etish borasida katta ishlar qilindi. Shoirning umr yo‘ldoshi Zebo Omonovaning tashabbusi va saʼy-harakati bilan Turkiyaning Istanbul va Ozarbayjon poytaxti Boku shaharlaridagi universitetlarda Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, uchrashuvlar, kitoblarining taqdimotlari o‘tkazilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan professor Nurboy Jabborov, shoirlar - Eshqobil Shukur, Tursun Ali, Abdulmajid Azim, Zilola Xo‘janiyozova, jurnalist Arslon Eshmurodov, Zebo Omonova “Favvora film” kinostudiyasi rahbari Keldiyor Xo‘jayorov, film rejissyori Xojimurod Valiyev hassos adibning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, betakror sheʼriyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi, ibratli umr yo‘li, unutilmas yorqin xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Ha, buyuk insonlar o‘zlaridan yaxshi nom va ibratli ishlari bilan odamlar qalbida mangu o‘chmas iz qoldirishadi. O‘zbek xalqining tanti farzandi, ajoyib shoir Chori Avaz xotirasi ham hech qachon unutilmaydi.
Ulug‘bek Xalilov
"O‘zbek adabiyoti xazinasidan" nomli ko‘p jildlik kitoblar majmuasi chop qilinadi
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi, Fandar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, "O‘zbekiston nashriyoti" vakillari, adabiyotshunoslar, navoiyshunos, boburshunos olimlar ishtirok etdi. Muhokamada davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-300-qarori ijrosini taʼminlashga hamda 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ishlarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.
Qarorga muvofiq, ushbu majmua "O‘zbekiston nashriyoti" davlat unitar korxonasi tomonidan 1150 nusxada chop qilinishi hamda davlat organlari va tashkilotlarga bepul tarqatish belgilangan. Yig‘ilishda uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma aʼzolari - Olimjon Davlatov, Bahodir Karim, Nurboy Jabborov, Risolat Haydarova va boshqalar majmuani nashrga tayyorlash bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Bu jarayonda mumtoz va zamonaviy adabiyot xronologiyasiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlarini jamlashda jiddiy yondashish kerakligi aytib o‘tildi.
Muhokama yakunida ishchi guruhning nashr borasidagi tegishli xulosalari qabul qilindi. Tez orada "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" nomli ko‘p jildlik muhtasham kitoblar majmuasi chop qilinadi.
Zulayho Ahmadjonova
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
❗️
XIRA TORTMAGAN UFQ
Ahmadjon MELIBOYEV
O‘sha paytda desangiz, Yozuvchilar uyushmasi “Yozuvchilar uyushmasi” va “Adiblar ittifoqi”ga bo‘linib, ular faoliyatini yoritish tahririyat uchun jiddiy muammoga aylangandi. Hashar-qissaning navbatdagi bobini yozishga kirishgan Said Ahmad bir o‘q bilan ikki quyonni shunaqa urdiki, ofarin demaslikning iloji yo‘q edi.
📱 Batafsil: jadid-media.uz/xira-tortmagan-ufq
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
@yangidavr_rasmiy
Taklifnoma
Bugun, 6-noyabr kuni soat 14:00da keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizdagi Maxtumquli ko‘chasiga o‘rnatilgan shoirning yodgorlik lavhasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
KETDING, DUK-DUK URADI YURAK
Isteʼdodli shoir Mansur Jumayev xotirasiga
Boshi g‘amdan egilib qoldi
Qora bulut ortida quyosh.
Erta so‘lgan bir gulni yo‘qlab,
Osmon tinmay to‘kadi ko‘z yosh.
Mansur...
Mansur...
Soat yig‘lar:
— Tong otdi, axir,
Uyqudan tur, uydan chiq-chiq-chiq.
Yomg‘ir, yomg‘ir — izillar tomchi,
Derazangni qoqar tiq-tiq-tiq.
Mansur...
Mansur...
Ketding.
Duk-duk uradi yurak,
Yurak dunyo eshigin qoqar.
Oltinchi uy bo‘ynini cho‘zib,
Qashqadaryo yo‘liga boqar.
Mansur...
Mansur...
Rustam Musurmon,
O‘zbekiston da xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
BILDIRISH
Mansur Jumayevning janozasi ertaga, 6-noyabr kuni soat 11:00da Qarshi shahri Shayx Ali qo‘rg‘oni Koson yo‘li ko‘chasi 6/42-uyda o‘qiladi.
Marhum Xo‘jai Jarroh qabristoniga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👉
Rasul Hamzatovning «Mening Dog‘istonim» asaridan iqtiboslar
O, ona tilida so‘zlayotgan va kuylayotgan odamlar! Onaningizni qay darajada qadrlasangiz, tilingizni ham shu qadar qadrlang! Sizga bu til onangizdan, otangizdan meros!
Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi isteʼdodli shoir, uyushma aʼzosi Mansur Jumayevning vafoti munosabati bilan oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun
Adabiyot jonkuyari, ma’rifatparvar olim va jamoat arbobi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ne’matulla Xudoybergenov tavalludiga 70 yil to‘ldi.
Respondentlar — O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim, Mahmud Toir, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov.
"O'zbekiston 24" radiokanali Fm 87.9da (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida), Fm 103'1 da (qolagan hududlarda) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan "Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim!" nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
"O‘zbek adabiyoti xazinasidan" deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etishga qaratilgan yig‘ilishdan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
BILDIRISH
2024-yil 8-noyabr kuni soat 8:00dan Mansur Jumayev yashagan xonadon, Toshkent shahar Kamolon darvoza mahallasi Qozirobod ko‘chasi 6-uy hovlisida fotiha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
SHUDRINGLI PARCHALAR
Taniqli shoira Halima Ahmedovaning sheʼrga sig‘magan tuyg‘ulari, xotiralari, xulosayu o‘ylari ushbu kitobda jamlangan esse, maqola, hikoya va novellalardan qo‘nim topgan. Shoiraning dramaturg, ssenariynavis sifatidagi ijodi bilan ham shu to‘plam orqali tanishishingiz mumkin.
Sheʼr shakliga kirmagan va janri esse yoki novella, hikoya yoki maqola deb belgilangan ushbu “sheʼr”lar Siz, aziz o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
#reportaj
SIDQIY XONDAYLIQIY TAVALLUDINING 140 YILLIGI
batafsil ko'ring! ☝🏽☝🏽
Muxbir: Gulnora OTAJONOVA
OBUNA BO‘LING: /channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
O‘ZBЕK TILI
Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘il,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Rauf Parfi
⏳⏳⏳⏳
6-noyabr – taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun
Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan.
Uning ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi.
Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mudan” kabi lirik qissalari va “Koinot” kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan.
Sharof Rashidov to‘qqiz yil O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumiga, yigirma to‘rt yil O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga rahbarlik qildi.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
BO‘STONLIQ TUMANI_XONDAYLIQIY NOMIDAGI KUTUBXONA OCHILDI_05.11.2024
OBUNA BO’LING:/channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
Taklifnoma
6-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
Manzil: Mirobod tumani, Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi, 28-uy
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
MANSUR JUMAYEV IJODI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, iste'dodli shoir Mansur Jumayev 33 yoshida vafot etdi.
Mansur Jumayev Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 1991-yil 17-fevralda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she‘riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she‘riy to‘plami chiqqan edi. Bu uning oxirgi kitobi bo‘lib qoldi.
Shoir “Ota yurt”, “Oldinda bir yo‘l bor...”, “Sujud”, “Bolalik”, “Mening xatolarim”, “Esingdami, aka...”, “Ertak haqida ertak”, “Hayrat qo‘shig‘i”, “Kitobsevar qizga”, “Yigirma birinchi asr tabibi”, “Yo‘lovchi qo‘shig‘i”, “Senga deganim” singari Vatanga, el-yurtga muhabbat, insoniy va ilohiy tuyg‘ular baland pardalarda kuylangan sheʼrlari bilan sinchi sheʼrxonlarning qalbidan joy olgan.
Bir qator asarlari rus, ingliz, turk, ozarbayjon, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilinib, nufuzli xorijiy nashrlarda eʼlon qilingan. Turli yillarda “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Yangi O‘zbekiston”, “Hurriyat”, “Kitob dunyosi” va boshqa markaziy nashrlarda sheʼr, hikoya, esse va publitsistik maqolalari chop etilgan. Jumladan, “Xon qizining hovlisida kechgan mushoira”, “Kichkina odamning ulkan qalbi”, “Uyqudagi go‘zallar mehmoni”, “Ulug‘ Attor va jajji jiyancham”, “Adiblari ardoqlangan yurt”, “Bulbul qachon baland sayraydi?”, “Velosipedni qaytadan kashf etamiz!” singari badiiy publitsistik maqolalari o‘quvchini befarq qoldirmadi.
Mansur Jumayevning “Alfa”, “Arilar ko‘zyoshi” kabi hikoyalari nafaqat yurtimiz ommaviy axborot vositalarida, balki rus, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, adabiy-badiiy jurnallarda chop etilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari Mansur Jumayevning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Atoqli shoir Sidqiy Xondayliqiy nomidagi xalq kutubxonasining ochilish marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi nishonlandi
Bugun Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” oromgohida atoqli shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim!" nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.
Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, ijod ahli namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash hamda faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sidqiy Xondayliqiy xotirasi va ijodiga bag‘ishlangan kecha ham anashunday ezgu ishlarning davomchisidir.
Adabiy kechada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Axmedov, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olim Bahodir Karim, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, shoir Zohidjon Olov so‘zga chiqdi.
Tadbirda Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy 1884-yili hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgani, u lirik sheʼrlarida hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi anʼanalarni davom ettirgani taʼkidlandi.
- Ilk sheʼrlarini “Shuhrat”, “Shevan” taxalluslari bilan yozgan, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Keyinroq barcha asarlarini Sidqiy Xondayliqiy taxallusi bilan chop ettirgan. Poetik ijodining asosiy qismini hajviyot va ijtimoiy sheʼrlar tashkil qiladi. Ijtimoiy mavzudagi sheʼrlari esa o‘sha davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan.
Tadbirda Minhojiddin Mirzo Zoir Mirzayevga “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan Sidqiy Xondayliqiyning “Saylanma”sini tuhfa qildi.
“Nazm va navo” ruhidagi adabiy kechada mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shoir sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.
Zulayho Ahmadjonova tayyorladi.