yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

OSMON YERGA YAQIN

"Ijod NASHR" nashriyoti

Homiy: "Mikrokreditbank"
Matn: Ahmad To'ra
Montaj: MYDesigner
Matnni Muhammadjon Xo'jayev o'qidi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mujda

“MEN VATAN DEB YO‘LGA TUSHDIM!”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tashabbusi bilan tasvirga olinayotgan shu nomli turkum ko‘rsatuvlarning dastlabki soni mehmoni taniqli shoir va tarjimon Sulaymon Shodiyev bo‘ldi. 

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | Mirzo Ulug'bekning asari Oksford rasadxonasi qurilishiga asos bo'lgan
#7dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Guliston Davletova O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan "Qoraqalpog‘iston" telekanalida sheʼr o‘qidi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ELLIK KITOB — ELLIK MING SHU’LA

Olis surxon vohasining Angor tumanida faoliyat yuritayotgan «Angor» folklor-etnografik jamoasiga uyushma homiyligida chop etilgan eng sara kitoblar ulashish bilan Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 401-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi.
Tadbir davomida so‘z olgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmaning Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov ushbu qaror ijrosi bo‘yicha Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan bir qancha folklor jamoalarga kitob ulashilganini alohida ta’kidlagan bo‘lsa, jamoa badiiy rahbari Mahliyo Qurbonova jamoa erishgan yutuqlar va yangi yildagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Marosim so‘nggida jamoa ushbu e’tibor va e’tirofdan mamnun ekanini bildirib, o‘z ijod namunalari bilan davra ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat ulashishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

XIYOBON OQSHOMLARI DAVOM ETMOQDA

   Bugun, 2024 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Xiyobon oqshomlari”ning navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.
   Unda yangi “Sheʼriyat teatri” loyihasiga start beriladi. Loyihaning ilk soni isteʼdodli ijodkorlar – Go‘zal Ro‘ziyeva, Nurmuhammad Aziz, Nargiza Odinayeva hamda Xurshid Abdurashid ijodiga bag‘ishlangan.
   Mushoira kechasi yosh ijodkorlar davrasida jarang sochadi.
   Badiiy kecha davomida yuqorida sanab o‘tilgan yosh shoirlar o‘z ijod naʼmunalarini adabiyot muxlislariga o‘qib eshittirdi. Ularning sheʼrlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
   Sheʼriyatga oshno yoshlar jam bo‘lgan davrada xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan kapsula uylardan iborat turizm maskanida bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Davlatimiz rahbari Bo‘stonliq tumaniga tashrifi chog‘ida “Ugam-1” kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

2024-yil 11-dekabr soat 15:00 da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.Tadbirga barchani taklif etamiz.

Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radikonalining “Bedorlik” adabiy eshittirishida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan “Ugam River” turistik majmuasini borib ko‘rdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdga chiqib, Toshkentdan Xojikentga keldi. Safar chog‘ida mutasaddilar bilan temir yo‘l sohasi va "Yashil makon" loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar va rejalar muhokama qilindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

XALQIM

Xalqim,
Bardam bo‘lgin, yoningda borman,
Bejiz chorlamaysan, ko‘nglingda borman.
Yillaringda borman, kuningda borman,
Oylaringda borman,
Siyratingdaman.

Ko‘ngling farzandlarda, qo‘llaring ishda,
Elga xizmat deysan yozdami qishda.
Sen hormay ishlagan dalayu dashtda,
Soylaringda borman,
G‘ayratingdaman.

Xalqim,
Darding olay ko‘ksimni ochib,
Yelkamni tutayin mehrimni sochib,
Borsam, uylaringda darvozang ochiq,
Choylaringda borman,
Suhbatingdaman.

Tinmaysan mehmonga himmat ko‘rsatib,
Ko‘ngilga yetganda sheʼrning fursati,
Poygakda o‘tirib, o‘qib to‘rt satr,
Uylaringda borman,
Izzatingdaman.

Xalqim,
Qulluq qilsam, qullug‘im arzir,
Mingta sheʼr yozsam ham uzilmas qarzim,
Sen aytgan tilakda, sen qilgan orzu –
O‘ylaringda borman,
Zahmatingdaman.

Teraklaring askar qatorasiga,
O‘g‘lonlaring o‘xshar tog‘ qoyasiga,
Ota meros yurtning himoyasiga
Shaylaringda borman,
Quvvatingdaman.

Xalqim,
Erk ko‘nglingga baxsh etdi olov,
Dilda darding bo‘lsa, bilmasin birov.
Ikki og‘iz tilak, bir osham palov –
To‘ylaringda borman,
Xizmatingdaman.

Xalqim,
Gullab-yashna, sen ulkan daraxt,
Uzilib tushmasin sendagi bir band.
O‘zbekiston degich jannatga monand
Joylaringda borman,
Davlatingdaman.

Shodi Otamurod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MEN QAYTAMAN

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga – dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi ko‘z ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, ko‘zlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash o‘g‘ilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin beg‘ubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror – tuproq, havo, o‘t va suv
himmatidan zarralab bino bo‘lgan basharman.

Anglamayman qandayin tug‘ilmoqda aytarim;
qulog‘ingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda vaʼdalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab o‘ynamasin zarra nam,
g‘am chekmagin, Sendaman – pok dilingda zindaman;
shoirlar o‘lish uchun tug‘ilmaydi, jonginam!

Mansur JUMAYEV

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFHOMA

«Fayzul-Furqon» kitobining taqdimotiga marhabo!
«Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi sonida atoqli alloma, shoir, tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Mirzo Kenjabek tomonidan nashrga tayyorlangan «Fayzul-Furqon» kitobining taqdimoti oʻtkaziladi.
Tadbirda ustoz Mirzo Kenjabek kitob va uning nashrga tayyorlash davomida qilingan ishlar haqida suhbat qilib beradi.
Taqdimot 10-dekabr kuni «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida 14:00da boshlanadi. Barchangizni ushbu ma'rifiy tadbirga taklif etamiz.
Marhamat, navbatdagi kitob taqdimotiga, ilm suhbatiga keling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

UMRIMNING KUZINI GULGA KO‘MDI BAXT

Muhayyo Rustam qizi she'ri
She'rni shoiraning o‘zi o‘qigan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!
#Xurshida_Hasanova

Sirojiddin Sayyid,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! — Chunki hayotning o‘zi oddiy – uni o‘zimiz murakkablashtiramiz!

Telegram

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Bayram_muborak!

✍️Dilshoda Ergasheva,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari


🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram‌‌

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, shoir Hol Muhammad Hasanga o‘g‘li Temur Hasanovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

DOG‘ISTONLIK IJODKORLAR UYUSHMADA

Bugun Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat va diniy ishlar bo‘yicha vaziri Enrik Muslimov hamda Dog‘iston Respublikasi Xalq yig‘ini deputati Shamil Omarov boshchiligida bir guruh madaniyat va adabiyot sohasi vakillaridan tarkib topgan delegatsiya O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mehmon bo‘ldi.
Dog‘istonlik ijodkorlar uyushma tarixi muzeyida bo‘lib, o‘zbek ijodkorlarining hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan tanishdi. Uchrashuvdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ugam daryosida navbatdagi gidro elektr stansiya foydalanishga topshirildi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Davlatimiz rahbari Bo‘stonliq tumanida "Ugam River" turizm majmuasining qurilishi bilan tanishdi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

ZAMONA XOTINI


Adabiyot muzeyi xazinasidan

Cho‘lpon beqiyos shoir bo‘lishi bilan birga mohir dramaturg ham edi. Ammo bu asarlarning aksariyati yo‘qolib ketgan yoki yashirilgan. "Zamona xotini" ham Cho‘lponning bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri edi. Sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xushxabarimiz shundan iboratki, hech kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qo‘lyozma varianti topildi. Eng muhim jihati, qo‘lyozma ustidan Cho‘lpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan, so‘zboshi ham yozilgan. Asarda zamon shamollari ta‘siri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson sha‘nini avaylash kabi azaliy qadriyatlar ustiga qurilgan. Shuningdek, bolasini bag‘riga bosgancha, yangi ijtimoiy munosabatlar ichiga qisinib-qimtinib kirib borayotgan o‘zbek ayoli haqida so‘zlab, to‘g‘rirog‘i, ko‘rsatib beradi.

Nashrga tayyorlovchi: Shahnozaxon Nazarova
Masʼul muharrir: Jabbor Eshonqulov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: «Ijod Nashr»


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz chiqargan kitob

IZLARINGNI IZLAYMAN, ALQOR

Muallif Asad Asilning ushbu kitobi tabiat va inson munosabati xususida so‘z yuritadi. Una adibning tabiatga aloqador qator voqeiy hikoyalari ham o‘rin olgan. Ular sizga ham maʼqul bo‘ladi, degan umiddamiz.

Masʼul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan "Chorvoq darvozasi" turizm majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Toshkent va Xo‘jakent yangi, yana-da qulay va zamonaviy temir yo‘l tizimi bilan o‘zaro bog‘lanadi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | To'ra Sulaymon xotirasiga ehtirom

#5dec #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | Toshkent shahrida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi

#5dec #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radikonalining “Bedorlik” adabiy eshittirishida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…
Подписаться на канал