Uchinchi variantni bosishingiz shart emas, birinchi va ikkinchi tanlov oldidagi xolis fikringiz muhim🙏
Читать полностью…HR BOʻLIMIDA AMALIYOT VA ISH
"Telefonchi uz" kompaniyasi HR bo'limida amaliyot o'tash imkoniyatini taqdim etadi.
Talablar:
- 10 kun davomida ish o'rganish uchun to'liq vaqt ajrata olish;
- 19-23 yosh oralig'ida bo'lish;
- Full time ya'ni to'liq grafikda amaliyot o'tash va ishlay olish;
- Shaxsiy noutbukka ega bo'lishi;
- Rus tilini boshlang'ich darajada bilish. (Ingliz tilini ham bilsa afzal ko'riladi);
- HR sohasiga qiziqishi va o'rganishga bo'lgan xohish.
Takliflar:
- O'zingizni rivojlantirish uchun imkoniyat;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng sertifikat;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng, shartnoma asosida ishga joylashish.
Ariza qoldirish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
HR MENEJER LAVOZIMI UCHUN BOʻSH ISH OʻRNI
💼 Kompaniya: Yosh Tadbirkor University
📌 Hudud: Toshkent shahar
📑 Ish turi: Ofisga kelib; Full-time
💳 Maosh: 3 500 000 – 8 000 000 so’mgacha
Talablar
✔️ HR sohasida 1+ yildan ortiq tajriba
✔️ Rus, o'zbek va ingliz tillarini bilish
✔️ Xodimlarni baholashning joriy usullarini bilish (KPI);
✔️ Mehnat qonunchiligini bilish, ishbilarmonlik aloqasi asoslari, hujjatlar bilan ishlash va og'zaki va yozma nutqni bilish.
✔️ Xodimlar va boshqaruv qobiliyatlari.
Murojaat uchun: @boboqulov_bb
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
УКРЕПЛЕНИЕ ЦИФРОВЫХ НАВЫКОВ ЖЕНЩИН-ПРЕДПРИНИМАТЕЛЕЙ
🗓 Muddat: 29-yanvar 2024-yil
OSCE tashkiloti 2024-yil 19- fevraldan 3-aprelga qadar onlayn tarzda oʻtkaziladigan “Tadbirkor xotin-qizlarning raqamli koʻnikmalarini oshirish” dasturiga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
Afzalliklar:
✔️Raqamli koʻnikmalar boʻyicha amaliy bilimlar;
✔️Taqdirlash marosimining barcha xarajatlari: sayohat, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi;
✔️Tanlangan gʻoliblari har yili onlayn obuna va raqamli kurslarga ega boʻladi.
Kimlar qatnasha oladi:
✔️18 yosh va undan katta boʻlgan ayol biznes egalari;
✔️Kamida 2 yil biznesini yuritib kelayotgan boʻlishi;
✔️Oʻrta Osiyo davlatlari fuqarosi boʻlishi;
✔️Rus tilida soʻzlasha olishi; ✔️Barqaror internetga aga boʻlishi;
✔️Yangiliklarni oʻrganishga ochiq va vazifalarni bajarishga tayyor bo'lishli.
Batafsil
Roʻyxatdan oʻtish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
YOUNG LEADERS DEVELOPMENT PROJECT
🗓️ Muddat: 20-yanvar 2024-yil
UzTEA va Mahorat & Management kompaniyasi “Yosh liderlarni rivojlantirish loyihasi” (YLDP) uchun 10-avlod stajyorlari tanlov e’lon qiladi! Agar siz haqiqiy ish tajribasiga ega boʻlishni va oʻz mahoratingizni oshirishni xohlasangiz, bu olti oylik sarguzasht siz uchun.
Afzalliklar
✔️ Haqiqiy loyihalar ustida ishlash va kelajakdagi yoʻlni qurish imkoni;
✔️ Problem-solving koʻnikmasini oshirish va qiziqarli jamoaviy mashgʻulotlar hamda uchrashuvlarda tanishlar orttirish.
Roʻyxatdan oʻtish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
HANSEN LEADERSHIP INSTITUTE FELLOWSHIP 2024-2025
📅Muddat: 15-yanvar, 2024
Hansen AQSH yetakchilik almashinuv dasturi 2024 yil 1-23 iyul kunlari boʻlib oʻtadigan navbatdagi dasturiga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
Xalqaro munosabatlar va nizolarni hal qilishga qiziquvchi yoshlar uchun yaxshi imkoniyat boʻlib dastur trening va seminarlarni oʻz ichiga oladi.
Afzalliklar:
✔️Ikki tomonlama reyslar uchun chiptalar.
✔️Tibbiy sug'urta qoplanadi.
✔️Bepul turar joy qoplanadi.
✔️Dastur davomida yaxshi ovqatlanish.
✔️Talabalar shaharchasiga/uydan barcha uchrashuvlar va tadbirlarga transport.
Kimlar qatnasha oladi:
✔️Bakalavriat talabasi (dastur vaqtida kamida 2 kursni tamomlagan) yoki 20 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yaqinda bitirgan boʻlish.
✔️Yetakchilik qobiliyatlariga ega boʻlish
✔️ingliz tilini yaxshi bilish
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
Assalomu alaykum, yaxshilar!
Kirib kelgan 2024-yil barchangizga xayrli, manfaatli, barokatli va yaxshiliklarga boy yil bo'lsin.
Ushbu yilda sizga yanada foydali imkoniyatlar va manbalar ulashishga harakat qilamiz.
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
CIVICUS DIGITAL ACTION LAB (DAL) 2024
🗓️ Muddat: 10-yanvar, 2024-yil
Dastur fuqarolik jamiyati vakillari imkoniyatlarini kengaytirish tashabbusi boʻlib, ularga inklyuziv demokratiyani rivojlantirish boʻyicha samarali choralar koʻrish uchun koʻnikma, resurslar va ishonch beradi.
Dastur maqsadi Global janubdagi fuqarolik jamiyati guruhlarining tashkiliy, advokatsion va targ’ibot salohiyatini, shu jumladan mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali real pilot loyihalarini ishlab chiqishdan iborat.
9 oy davomida ishtirokchilar CIVICUS ekspertlar jamoasi bilan birgalikda mahalliy sharoitda amalga oshiriladigan to‘liq moliyalashtirilgan loyihani ishlab chiqadilar.
Afzalliklar:
✔️ $10 000 - $30 000 gacha grantlar
✔️Murabbiylik va butun jarayon davomida qo'shimcha yordam
✔️ Kengroq tarmoqlar va tadbirlarda ishtirok etish
Dasturga kimlar qatnasha oladi:
✔️ NGO, volontyorlik, xayriya tashkilot va guruhlar fuqarolik jamiyati vakillari
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
Shu bilan birga hozirda kanalga reklama olmasligimizni, siz istagan postlarni joylab berolmasligimizni aytib oʻtmoqchimiz, chunki kanal bir muncha muddat aktiv boʻlmadi, endi faollikni tiklashga urinyapmiz.
Iltimos, bu masalada bir muncha muddat murojaat qilmasliklaringizni soʻrab qolamiz🙏🏻
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
TURKIYA UNIVERSITETLARI TA’LIM KOʻRGAZMASI
🗓️ Sana: 25-nobayr
⏰ Vaqti: 11:00 dan 18:00 gacha
Bugun Wyndham mehmonxonasida Turkiya universitetlarining ta’lim ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Turkiyadagi nufuzli universitetlar vakillari Turkiya universitetlari haqida ma’lumot olishni xohlovchilar bilan uchrashadi. Kirish bepul.
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
Assalomu alaykum, yaxshilar🤗
Zamon bilan hamnafas boʻlib biz ham telegramda storieslar qoʻyilik degan maqsadda, sizdan bir urunish bilan kanalimizni “boost” qivorishingizda yordam soʻraymiz☺️
Mana oʻsha havola, 15 ta kifoya:
/channel/yourchanceuz?boost
Har kun chiqib ketayotgan obunachilarni koʻrib, naqadar jonli auditorya yigʻilganiga amin boʻlaman😅
Читать полностью…Kechki oʻylar (koʻp qiynayotgan)
Kanalimiz oldingiday faoliyatini hech tiklayolmayapti😅, aniqrogʻi tiklayolmayapman. Bu yosh, vaqt va prioritetlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq, albatta. Hozir oldingidek bir muncha yosh qatlamni his qilolmayman, chunki endi tengdosh emasman. Ammo oʻylar va bu loyihaga boʻlgan ishtiyoq batamom soʻnganicha yoʻq, faqat bir necha savollarga javob topib olishim kerak. Oʻylab yuraverganim bilan foyda yoʻq, keling oʻzlaringizdan bilay, obunachilar ancha saralanib qoldi, qolganlar esa, oʻzimizniki)
Quyidagi savollardan istaganiga oʻz fikringizni qoldirishingiz mumkin, shu savollar doirasida boʻlmasa ham, nimadir desangiz, albatta quvonaman)
- Ushbu kanalga hali ham ehtiyoj bormi (bilaman hozir resurslarning katta va turfa manbalari mavjud, kanallar ham koʻp)?
- Ha boʻlsa, qanday imkoniyatlar yoki qanday yoʻnalishlar qiziqtiradi?
- Bu kanaldan qanday manfaat olishni istardingiz?
- Yoki bir yoʻla barini tugatib qoʻya qolsakmikan😅
Ha aytganday, 11-iyun kuni kanalimizga 5 yil toʻlibdi😅 oʻzimning ham ishongim kelmaydi) bolam 5ga toʻlibdi-ya)) Bu kanalga qancha mehrim, mehnatim va vaqtim singan) Ehe menga qancha eshiklarni ochgan) Grantlar, sayohatlar, tanishlar, qadrdonlar, ish imkoniyatlari, sanab adogʻiga yetolmayman. U bilan koʻrgazmalarda ishtirok etdik, ma’lum muddat saytimizni ham muvaffaqiyatli yurgazdik. Shuncha mehnat singanidan keyin tashlab qoʻyishga koʻz qiymaydi-yu, bunaqa ora sarson boʻlishi ham yaxshimasda… shuning uchun ham sizning maslahatlaringizga ehtiyojim bor🙏🏻
WEBSTER CAREER FAIR 2023
🗓 Sana: 24-mart 2023-yil
📌 Manzil: Toshkentdagi Vebster universiteti
Toshkentdagi Vebster universiteti 100 dan ortiq kompaniyalar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning mahalliy va xalqaro talabalari uchun Career Fair 2023’ni tashkil etmoqda. Koʻrgazma davomida siz tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan qisqa va uzoq muddatli amaliyot dasturlari, ish oʻrinlari bilan tanishish, shuningdek tajriba orttirish uchun qoʻl keluvchi master klass va seminarlarda oʻz bilmingizni oshirish imkoniga ega boʻlasiz.
Mavjud kompaniyalar roʻyxati va seminarlar jadvali bilan postning komment qismida tanishing.
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
12 KUNLIK BEPUL KURS
🗓 Muddat: 28-fevral 2023-yil
IT Park, Qlik va hamkorlardan 12 kunlik bepul kurs. Qlik Sense BI-platformasi bilan ishlash asoslarini oʻzlashtiring va Oʻzbekiston va undan tashqaridagi keyslar va ekspertlar misolida maʼlumotlardan qanday qiymat olishni oʻrganing. 12 kunlik marafon oxirida, siz Qlik Sense asosida birinchi boshqaruv panelini yaratasiz va sertifikat olasiz (barcha amaliy topshiriqlarni bajarish sharti bilan).
Marafon dasturida:
- ishtirokchilarni ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish uchun Qlik Sense flagman mahsuloti bilan tanishtiruvchi nazariy darslar va amaliy vazifalar
- Beeline Uzbekistan, UzAuto, Havas Food, Baraka Market, Green White Solutions va boshqalar ekspertlaridan Qlik Sense bilan real analitik holatlar.
- Hamjamiyat bilan tanishuv va vebinarlarda eng yaxshi amaliyotlar almashinuvi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
👩🏻💻 Qizlar va ayollar uchun O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida to‘lanadigan stajirovkalar!
Stajirovkalarning ko‘pchiligi Toshkentdagi kompaniyalarda o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin. Ishtirokchilar bir oy davomida Toshkentda yashash va ishlash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya oladi.
Biz 30 nafar ishtirokchini 1 oylik to‘lanadigan stajirovka uchun tanlab olamiz. Dastur 2024 yil oktabrdan noyabrgacha davom etadi va Toshkentda yakuniy tadbir bilan tugaydi, unda ishtirokchilar o‘z natijalarini taqdim etadi va sertifikatlar oladi.
❗️Arizalar 2024-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Ariza shakli: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScCxt9CuPsQlAFLGxo0kB6QcNrmH0kFrlHwiAnlND2q_odpYw/viewform
Dastur Tech4Impact NNT tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihasi doirasida.
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
#tavsiya
Shu kunlarda turli loyihalar uchun qoplanadigan grant dasturlariga koʻzimiz tushadi. Ammo doim ham oʻylan yurgan yoki amalga oshirish istagidagi gʻoyamizni qogʻozga tushurolmaymiz.
Sizga oʻzim birga grant loyihada ishtirok etgan, dunyoning 15 dan ortiq davlatlariga grant asosida sayohat qilgan, Prezident stipendiyasi sohibasi Hilola Toʻxtamurodovaning “Imkoniyatlar maydoni” oʻquv kursini tavsiya qilaman.
Kurs davomida siz:
✔️ Ģoyani loyihaga aylantirish, loyihani dasturi va budjetini yozishni òrganish
✔️ Xalqaro grantlar yutib olish va loyihangizni moliyalashtirish
✔️ Loyihangizni chet el mukofotlariga topshirish
✔️ Loyihani kengaytirish, chet el tashkilotlari bilan hamkorlik òrnatish
✔️ O'z loyihangizni OAVlarda tarģibot qilish
✔️ Doimiy konsultatsiya va muloqot (boshqa turli grantlarga oid ham)ga ega boʻlasiz.
Kurs davomida bir nechta ajoyib dasturlar va grandlar roʻyxati bilan tanishib, ularga birgalikda hujjat ham topshirasiz.
Men ham ushbu imkoniyatdan foydalanayapman, sizga ham tavsiya qilaman. Ishoning, kelajak uchun qilingan har qanday investetsiya oʻzini oqlaydi.
Murojaat uchun
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
NATURE FOR DEVELOPMENT DASTURI UCHUN MA'LUMOTLARNI VIZUALLASHTIRISH BO'YICHA BMTDA ONLAYN KO'NGILLILIK
🗓 Muddat: 7-fevral
🎒 Davomiyligi: 4 hafta
💼 Ish: haftasiga 16-20 soat
💸 Mukofot: topshiriqni bajarganingizdan soʻng siz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koʻngillilar platformasidan sertifikatga ega boʻlasiz
National Biodiversity Strategies and Action Plan (NBSAP) jamoasi Biologik xilma-xillik konvensiyasining ikkita tadqiqotini tahlil qildi va soʻrovlar asosida brifing eslatmasi uchun ma'lumotlarni vizuallashtirishga yordam beradigan koʻngillilarni izlamoqda.
Nimalar bilan band boʻlasiz:
✔️ sizdan uchta ma'lumotlar toʻplami boʻyicha tahlil va vizualizatsiya yaratish soʻraladi
✔️ tahlil natijalari axborot eslatmasida aks ettiriladi va 2024-yilda BMT Atrof-muhit assambleyasida taqdim etiladi.
Talablar:
✔️ ingliz tilini mukammal bilish
✔️ ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish boʻyicha tajriba yoki ma'lumot
✔️ tahliliy koʻnikmalar va ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari (R, Public Tableau, Excel va boshqalar) bilan ishlash qobiliyati
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
AUDIT INTERNSHIP | KPMG
🗓 Muddat: 11-yanvar 2024-yil
KPMG Uzbekistan bitiruvchilar uchun Audit bo'yicha amalyotga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
11-yanvar kuni, soat 14:00 da Toshkent shahri Baholash markazida testda qatnashing va amalyot oʻtash imkoniga ega boʻling!
Registratsiya formasini toʻldirganingizdan soʻng, xodimlar sizga aloqaga chiqishadi.
Arizani toʻldirish
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
İRENA YOUTH FORUM 2024
📅 Muddat: 31 - yanvar, 2024
Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi 2024-yil 15-18- aprel kunlari Abu-Dhabi shahrida “IRENA Youth Forum: The New Generation of Decision Makers” nomli konferensiyasiga qabul ochilganligini e’lon qiladi.
Yoshlar Forumi Agentlikning qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadallashtirish missiyasiga yoshlar hissasining qoʻshilishini maqsad qilgan. Forum Yoshlarni hukumat vakillari, global yetakchilar va IRENA ekspertlari bilan bogʻlashga maydon vazifasini oʻtaydi.
Natijada, yoshlar ochiq muloqot va interaktiv seminarlar orqali oʻzlarining nuqtai nazarlarini soha rivojiga qoʻshishlari mumkin boʻladi.
Afzalliklar:
✔️ Barcha sayohat va turar-joy xarajatlari toʻliq tashkilotchilar tomonidan qoplanadi
Dasturga kimlar qatnasha oladi:
✔️ 16-35 yosh oraligʻidagi barcha davlat ishtirokchilari
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
YOUTH LEADERSHIP PROGRAM (Food Systems)
📅 Muddat: 15 - yanvar, 2024
Dastur maqsadi kam va oʻrta daromadli davlatlardan kelgan, karyerasini yaqinda boshlagan innovatorlar, amaliyotchilar va olimlar oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro ilmiy munosabatlarni mustahkamlash boʻlib, dasturga tanlab olingan yoshlar 5 kunlik liderlikka oid workshop’da ishtirok etadilar va birgalikda kelajakni xavfsiz oziq ovqat bilan ta’minlash borasidagi siyosatlarni olib borishda kuchlarni birlashtirishdan iborat.
Dastur mart va aprel oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur oʻtkazilish manzili boʻyicha esa tez orada ma’lum qilinishi aytilgan.
Afzalliklar:
✔️ Dastur yetakchilik qobiliyatlarini oshirishga, netvorkingni kengaytirish va oziq ovqat tizimini yaxshilash uchun ishtirokchilarga keng imkoniyatlarni taqdim etadi
✔️ Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar: sayohat, turar joy, oziq ovqatlar toʻliq qoplanadi
✔️ Muvaffaqiyatli ishtirokchilarning Mahalliy Hukumatlari bilan hamkorlikdagi lohiyalari qoʻllab quvvatlanadi
Dasturga kimlar qatnasha oladi:
✔️ Kam va oʻrta daromadli davlat fuqarolari (Oʻzbekiston shu guruhga kiradi)
✔️ 18-35 yosh atrofida boʻlish
✔️ Oziq ovqatga aloqador sohada faoliyat yuritganlik isbotiga ega boʻlish (mehnat tajribasi, yangilik qilgan yoki ilmiy ish bilan shugʻullanganlik va boshqalar)
✔️ Ingliz tilini yaxshi bilish
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
ONE YOUNG WORLD SUMMIT 2024
📅 Muddat: 31 - yanvar, 2024
Dunyo bo'ylab yosh liderlarni aniqlash uchun One Young World, "CUSEF Yosh Liderlar 2024 Stipendiyasi" ni e’lon qiladi.
Iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, gender tengsizlik, va jamoat salomatligi kabi global muammolarga o’zining ijobiy ta’sirini oʻtkazib kelayotgan yosh liderlar saralanib, 2024 - yil, 18-24 - sentabrda Kanadaning Montereal shahrida oʻtkaziladigan Yoshlar Jahon Sammiti’da ishtirok etish va "One Young World Ambassador Community" jamiyatiga qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Afzalliklar:
✔️ Sammit xarajatlarining toʻliq qoplanishi
✔️ CUSEF va One Young World jamiyatlariga a’zolik
✔️ CUSEF’ning kelajak lohiyalarda mentor sifatida ishlash va boshqalar
Dasturga kimlar qatnasha oladi:
✔️ Barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi
✔️ 18-30 yosh atrofida boʻlishi
✔️ Liderligini tasdiqlovchi tarixga ega boʻlishi
✔️ Mahalliy yoki global muammolar bilan shug'ullanayotgan boʻlishi
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
ONLINE FORUM OF INTERNATIONAL CATEGORY "PROSPECTIVE DIRECTIONS"
🗓 Muddat: 20-dekabr
📌 Platforma: Zoom, YouTube, Social network
O'qituvchi, talaba, abituriyent yoki maktab o'quvchilari uchun xalqaro toifada bo'lib o'tadigan onlayn forum.
Yoʻnalishlar :
Ayti: Chat bot va Sun'iy intellekt
Ta’limda axborot texnalogiyalarining o’rni
Grafik dizayn sohasiga kirish
Web dizayn orqali daromad qilish
Afzalliklar:
✔️Professional tajriba
✔️E - Sertifikat, Diplom
✔️Do'stlar jamoasi
✔️Qo'shimcha daromad topish
Roʻyxatdan oʻtish
Batafsil
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
UNICEF’DA ONLAYN STAJIROVKA
🗓️ Muddat: 1-dekabr
💳 Stipendiya miqdori: 1,700 AQSH dollari
Tahliliy ishlar bilan shugʻullanuvchi nomzodlar izlanmoqda. Tegishli ish tajribasiga ega boʻlish va ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi. Nomzodlar universitetda tahsil olayotgan talabalar yoki yaqinda tegishli mutaxassisliklarni bitirgan boʻlishlari lozim.
Havola
Yoshlar manfaati uchun,
@yourchanceuz
"Education in USA and UK" seminariga marhamat!
🎙 Seminar davomida siz ...
- 25 yillik xalqaro ta'lim tajribasiga ega malakali EFL o'qituvchisi;
- "INTO University Partnerships" tashkiloti direktorlaridan biri bo'lgan - Samuel Mark Jones dan ...
🇺🇸|
🇬🇧 AQSH va Birlashgan Qirollikdagi ta'lim sifati, ular beradigan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlarni va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javoblarni qo'lga kiritasiz. Va eng muhimi bularning barchasi BEPUL.
📌 Toshkentdagi seminar: 10-oktabr kuni soat 15:00 da, Toshkent shahridagi CIU binosida bo'lib o'tadi.
📌 Samarqanddagi seminar: 11-oktabr kuni soat 14:00 da, Samarqand shahridagi Pushkin kutubxonasida bo'lib o'tadi. Mo'ljal: (Bulvar oxiri).
👉 JOY BAND QILISH UCHUN - https://forms.gle/t8BfmoHEjxf3cJiE7
📞 Murojaat uchun: +998712309191
YouTube | Instagram | Facebook
Ishli bo'l - orzungizdagi ish o'rinlari
Hozirgi kunda online tarzda ish o'rinlarini topish imkoniyati mavjud. Bu jarayondagi muhim jihatlardan biri bu - ishonchli manbadan ish topishga e'tibor qaratish hisoblanadi.
Ish izlovchilar va ishchi izlovchi kompaniyalarni birlashtirishni va ishonchli, har bir kadr o'ziga mos ish topishiga ko'mak berishni maqsad qilgan @ishlibol kanali o'z faoliyatini boshladi.
Kanalda siz doimiy bo'sh ish e'lonlari, hafta davomida bo'lib o'tadigan rezyume tahlillari, ish izlovchilar uchun tavsiyalar bilan tanishib borishingiz mumkin.
👉 Havola
Sahifamizda bo'ling. Biz bilan rivojlaning!
O'zbekistonning barcha iqtidorli va izlanuvchan yoshlarini Butunjahon yoshlar ko’nikmalari kuni bilan tabriklaymiz!🥳🥳🥳
Bugun biz yorqinroq kelajakni barpo etish yo’lidagi sizning yangi ko'nikmalarni 📈 egallashga bo'lgan qat'iyatingiz 💪 va intilishingizni 🌞 nishonlaymiz. Siz hozir ham ko'p narsani namoyish qilyapsiz ⤵️
✅ Jamiyatingizni rivojlantirish uchun ijtimoiy innovatsion g'oyalarni ishlab chiqmoqdasiz
✅ Nanosun'iy yo'ldoshni ishga tushirib, hududlardagi iqlim ma'lumotlarini tahlil qilmoqdasiz
✅ Turli dasturiy vositalar yordamida raqamli mahsulotlar yaratmoqdasiz
Va yana juda ko’p narsalar!
Keling, barcha avlodlar uchun yaxshiroq ertangi kunni shakllantirish yo’lidagi yoshlarning hissasini e'tirof etib, #YouthSkillsDay kunini nishonlaymiz! Yoshlarga zarur #KonikmalarHoziroq huquqi bilan yoshlarni qo'llab-quvvatlashimiz muhim.
UNFPA’DAN 6 OYLIK STAJIROVKA
🗓️ Muddat: 20-may 2023-yil
UNFPA 6 oylik muddatga amaliyot dasturini e’lon qiladi. Amaliyot 15-iyundan 30-noyabrga qadar davom etadi. Dasturni masofadan va oflayn tarzda birlashtirgan holda oʻtash mumkin. Nomzodlardan tegishli sohadagi ta’lim darajasi va rus, ingliz, oʻzbek tillarini bilish talab qiladi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
WORLD YOUTH PARLIAMENT MUN 2023
🗓 Muddat: 10-aprel 2023-yil
📌 Manzil: Buxoro, O'zbekiston
Haqiqiy MUN muhitini qo'msaganlar uchun - yilning eng yaxshi tadbirlaridan biri - Butunjahon yoshlar parlamenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli (WYPMUN) 2023!
Tadbir yoshlarni dolzarb ijtimoiy muammolarga jalb etish va ularning inklyuzivligini oshirishga qaratilgan xalqaro konferensiya hisoblanadi.
MUNchilar tomonidan MUNchilar uchun tashkil etilayotgan ushbu MUN yuqori darajali diplomatlar, soha mutaxassislari, ishtiyoqli MUNchilar uchun informativ va ta'limiy panellar, vorkshoplar, global hamkorlik va, albatta, MUNga oid mavzularni muhokama qilish imkonini taqdim etadi.
Bu yilgi sammit bir nechta interaktiv tadbirlar va netvorking imkoniyatlarini taqdim etadi, shu sababli hoziroq ro'yxatdan o'ting va joyingizni band qiling!
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
GLOBAL PEACE SUMMIT DUBAI 2023
🗓 Muddat: 25-fevral
⏰ O'tkazilish vaqti: 15-18 – mart
GPSD xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun barcha mamlakatlardan arizalar qabul qilinmoqda. Sammit mavzulari quyidagilardan iborat: Siyosatni ishlab chiqishda yoshlarning roli – imkoniyat va harakatsizlik. Qanday qilib gender diskriminatsiyasi barqaror rivojlanishga to'sqinlik qilishi mumkin? Ekologik muammolaridagi o'zgarishlar agentlari – davlatlar, yoshlar yoki korporatsiyalar?
Talablar:
- 16 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan yuqori ishtiyoqli talabalar va yosh professionallar;
- BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga intiluvchanlar.
Аfzalliklari:
- Konferensiya 15 to'liq moliyalashtirilgan, 25 qisman va 160 o'z xarajatlarini qoplaydigan o'rinlar taqdim etilgan;
- aviachipta va turar joy;
- viza yordami;
- dunyo yetakchilari bilan muloqot qilish imkoniyati;
- asosiy notalar bilan chiqishlar;
- sertifikatlar.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz