YAPONIYA XALQARO UNIVERSITETIDA VEBINAR
🗓️ Sana: 17-fevral
⏰ Vaqti: 19:00
💳 To’lov badali: bepul
Yaponiya Xalqaro Universitetida Grant asosida oʻqib, yiliga $30000 maoshlik ishga ega boʻlish mumkinligini bilishni istasangiz, bugun 19:00 da boʻlib oʻtadigan vebinar orqali javob topishingiz mumkin.
Samarqandda joylashgan JIU- universiteti, sizga Biznes Boshqaruvi, Turizm, IT va Pedagigika yo’nalishlarida amaliyotga ega o’qituvchilardan tahsil olish, “Study and Work” dasturi doirasida Yaponiyaga ketish imkoniyatini beradi.
🎁 Aytgancha, sizda Yapon tilini o’rganish va vebinar qatnashchilari uchun tayyorlangan maxsus sovgʻalarni qo’lga kiritish mumkin.
📑 Roʻyxatdan oʻtish
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
"DUBAI BUSINESS ASSOCIATES" YETAKCHILIK DASTURI
🗓 Muddat: 19-fevral va 23-aprel, 2023-yil
⏰ Davomiylik: 9 oy
Dubay shahridagi “Dubai Business Associates” yetakchilik dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda. Dastur davomida ishtirokchilar biznes kurslarida qatnashish va mahalliy kompaniyalarda stajirovka oʻtash imkoniga ega bo'ladilar. Amaliyot tugagach, taklif olish va BAAda qolish imkoniyati mavjud.
Talablar:
- O'qishni yaqinda (bakalavr va undan yuqori) bitirib 0-3 yillik ish tajribasiga ega;
- Ingliz tilini bilish;
- Xalqaro biznesga qiziqish.
Dastur to'liq moliyalashtiriladi: ikki tomonga aviachipta, turar joy, tibbiy sug'urta, oylik stipendiya.
📑 Batafsil
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARI UCHUN HAQ TO'LANUVCHI AMALIYOT
🗓 Muddat: 20-fevral, 2023-yil
⏰ Davomiylik: 3 oy
Juru Energy kompaniyasi quyidagi lavozimlardan birida tajriba orttirish istagida bo‘lgan uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari/yaqinda bitiruvchilar uchun pullik amaliyot dasturini taklif etadi:
-RE Engineer (solar, wind)
-Electrical engineer
-Power System Engineer
-SCADA/Automation Engineer
-Mechanical/Thermal engineer
-Civil Engineer
-HVAC Engineer
-Water Supply / Wastewater/ Drainage Engineer
-Environmental Specialist
-Biodiversity Specialist
-Socio-Economic Specialist
-Energy Analyst/ Economist
-Low Carbon Specialist
-Business Development Assistant
-HR Assistant
📑 Batafsil
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
TÜRKIYE SCHOLARSHIPS
🗓 Muddat: 20-fevral, 2023-yil
Turkiya stipendiyalari – Turkiya Respublikasi tomonidan xalqaro talabalar uchun davlat tomonidan moliyalashtiriladigan oliy ta’lim stipendiya dasturi hisoblanadi. Turkiya stipendiyalarining asosiy maqsadi butun dunyo boʻylab muvaffaqiyatli talabalarga ularni ta'lim olishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Dasturga bakalavr, magistratura va PhD bosqichlari uchun hujjat topshirish mumkin.
Afzalliklar:
- Oylik stipendiya;
- Toʻliq qoplanuvchi oʻqish toʻlovi;
- Turar joy;
- Universitet va kafedraga joylashish;
- Aviachipta;
- Turk tili kursi;
- Sogʻliqni himoyalash sugʻurtasi;
- Ijtimoiy va madaniy tadbirlar;
- Turkiya bitiruvchilari tarmog'i
📑 Ariza topshirish
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
WOMAN&YOUTH MENTORSHIP NETWORK
🗓 Muddat: 1-fevral, 2023-yil
USAID – AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining Markaziy Osiyodagi faoliyati “Ayollar va yoshlar uchun murabbiylik tarmog‘i” olti oylik dasturini ishga tushirmoqda. Rivojlanish yondashuvidan foydalangan holda, netvork 30 nafar yosh mutaxassislar va talabalarni energetika sohasidagi tajribali murabbiylar bilan bog'lash orqali mustahkam munosabatlarni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Murabbiylar energetika sohasi bilan bog'liq bo'lgan turli ta'lim va ish yo'nalishlari bo'yicha shaxsiy yo'l-yo'riq va maslahatlar beradi. Shunday qilib, dastur bilim va tajriba almashish, ularning salohiyatini oshirish va amaliyot imkoniyatlarini izlash uchun mutaxassislar va yoshlarni to'playdi.
📑 Havola
📑 Ariza topshirish
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
YOSH MUTAXASSISLAR UCHUN ITALIYADA YETAKCHILIK DASTURI
🗓 Muddat: 25-yanvar, 2023-yil
Siyosat yetakchisi stipendiya dasturi butun dunyo boʻylab ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassislari hamda boshlangʻich va oʻrta martabadagi siyosatchilar uchun seminarlar, treninglar, malaka oshirish sessiyalari, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali oʻz ish va kasbiy mahoratini oshirish uchun global imkoniyat hisoblanadi.
Dastur 5 yoki 10 oy davom etadi. Ishchi tili - ingliz tili.
Tadbir tashkilotchilari yo'l xarajatlari va oylik 2,500 stipendiya bilan ta'minlaydi.
Talablar:
- Davlat xizmatlari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassisi boʻlishi;
- Karyera stajiga ega boʻlish;
- Bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlish.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
🗓 Biz o'tkan yilni shunday tugatdik. Bu yil postlar soni 151 dan ko'p bo'lishiga harakat qilib qolamiz, sizdan esa aktivlik kutamiz.
Oxirgi ulashilgan "Aspire leaders" dasturiga obunachimizning qabul qilinganliklari bizni quvontirdi.
Mehnatimiz besamar emas!
Barokatli yil hamroh bo'lsin deya,
YourChance
XALQARO TASHKILOTLARDA AMALIYOT DASTURLARI
1️⃣ Britaniya elchixonasidan amaliyot dasturi
🗓️ Muddat: 2-dekabr 2022-yil
Britaniya elchixonasi Siyosiy va jamoat diplomatiyasi bo‘limi uchun stajyor izlamoqda. Nomzodlardan ingliz, o'zbek va rus tillarini yaxshi bilish, kuchli IT ko'nikmalariga ega boʻlish, ommaviy diplomatiya tadbirlarda faollik va siyosiy ishlarda yordam berish uchun bir qator koʻnikmalarni namoyish eta olish talab qilinadi.
👉 Havola
2️⃣ Ernst&Young Uzbekistan
EY Uzbekistan IT ta’minoti uchun amaliyot dasturini taklif qiladi. Nomzodlardan yuqori IT ta'lim, ingliz tili va MS Office dasturini yaxshi bilish talab etiladi. Exceldan foydalanish, SQL so'rovlarini yaratish, dasturlash, taqdimot qilish koʻnikmasiga egalik ustunlik taqdim etadi.
👉 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
FOCUS GRAVITY HUB'DAN BEPUL KURSLAR
🗓 Davomiyligi: 12 hafta, haftada 2 marta dam olish kunlari
Toshkent shahridagi FOCUS kino va teatr maktabi Shveytsariya hukumati ko‘magida quyidagi 9 yo‘nalish bo‘yicha o‘qish va grant uchun arizalar qabulini e’lon qiladi:
I. Badiiy filmlar
II. Hujjatli film
III. Surat
IV. Kamera san'ati
V. Teatr
VI. She'riyat
VII. Xoreografiya va shahar madaniyati
VIII. Musiqiy hamrohlik
IX. Tasviriy san'at
Ta'lim barcha ishtirokchilar uchun mutlaqo bepul. Focus Gravity Hub O‘zbekiston Respublikasi hududida eng yaxshi loyihalarni amalga olish xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
• 18 yoshdan katta boʻlish;
• Muayyan ixtisoslik talab qilinmaydi;
• Mavzular bo'yicha arizaning aniq asoslanishi;
• Loyiha tashkilotchilari talabnoma beruvchi g‘oyasining muallifligi saqlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
O'ZBEK TILIDAGI BEPUL ONLAYN PLATFORMALAR
1️⃣ EduOn
Yuksalishni maqsad qilganlar uchun onlayn platforma. Mazkur platforma dunyoga mashhur Udemy.com va Coursera.com kabi platformalarning tajribasini o'rganish asosida yaratilgan bo'lib, unda istalgan inson bepul yoki pullik kurslarni o'rganish imkoniga ega.
👉 Havola
2️⃣ E-kasb
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev topshirig‘iga binoan yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi bilan birgalikda talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha ishga tushirilgan onlayn platforma.
👉 Havola
3️⃣ Xan akademiyasi
Khan Academy AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda MTI hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat. Platformada matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha 9 mingdan ortiq videodarslar bor. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi.
👉 Havola
4️⃣ Milliy ta'lim resurslari
Xalq ta’limi vazirligining YouTubedagi “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanalida o'quvchi-yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo’nalishdagi zamonaviy IT-kasblarni sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda hamda eng asosiysi o‘z ona tilingizda mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati mavjud. “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanali doimiy ravishda yangi video kurslar bilan boyitib boriladi.
👉 milliy_talim_resurslar/featured">Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
WEIDENFELD HOFFMAN 2023 GRANT DASTURI (BUYUK BRITANIYA)
🗓 Muddat: 1-yanvar 2023-yil
Grantlar Oksford universitetida yetakchilikni rivojlantirish dasturi bilan birga bitiruv imkoniyatini berib, kelajakdagi yetakchilarni yaratishga qaratilgan.
Weidenfeld Hoffman Trust, Louis Dreyfus Foundation, Chevening va Hualan Education Group Buyuk Britaniyadagi to'liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturining asosiy homiylari hisoblanadi. Bir nechta kollejlar bilan hamkorlik qilish fond hissasi omili nuqtai nazaridan foydalidir. U ijtimoiy va gumanitar fanlarga yo'naltirilgan faol fanlararo tadqiqot hamjamiyatiga ega. Universitet har yili kattalar ta'limi uchun mingdan ortiq sirtqi kurslarni taklif qiladi.
Afzalliklar:
- O'quv to'lovlarini to'liq qoplanadi.
- Yevropa madaniyati va uning tarixi bilan tanishish imkoniyati.
- Abituriyentlarga turar joy uchun 17 668 yevro taqdim etiladi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
MEDIA AYVON 2022
🗓 Sana: 22-23-noyabr
💵 To'lov badali: mutlaqo bepul
Media Ayvon 2022 - yoshlar savodxonligini oshirishga qaratilgan ochiq, norasmiy muloqotlardan tarkib topgan, g'oyalar yaratish va yoshlar bilan ishlashning innovatsion yondashuvlari va shakllarini izlash, media savodxonlik mavzusini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun o'zgaruvchan formatlarni ishlab chiqishga qaratilgan forum hisoblanadi.
Forumda Fransiya, Qirg'iziston, Qozog'iston va Tojikistonlik mutaxassislar chiqish qilishadi. Hozirda tadbirda faqat onlayn ishtirok etish mumkin.
📑 Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
IELTS WRITING 5 DAY CHALLENGE
🗓 Davomiyligi: 5 kun
IELTS 5 kunlik Writing chellenji bepul darslardan foydalanib, IELTS Writing koʻnikmalaringizni oshiring!
Birinchi kun – Strategy & Structure
Ikkinchi kun – Idea Generation
Uchinchi kun – Introductions
Toʻrtinchi kun – Main Body Paragraphs
Beshinchi kun – Conclusions
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
UNISAT 2.0 STEM TA’lIM DASTURI
⏳ Muddat: 27-noyabr, 2022-yil
🗓 Davomiyligi: 4 oy
UniSat – O‘zbekiston qizlari uchun qiziqarli tanlov bo‘lib, unda siz kosmik texnologiyalar, radioelektronika, dasturlash, koinotdan Yer tasvirlarini qabul qilish va qayta ishlash texnologiyalari hamda sun’iy yo‘ldosh meteorologiyasi haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz.
UniSat dasturining maqsadi qizlarda nanoyo‘ldoshlarni ishlab chiqish sohasida bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamoada ishlash, omma oldida chiqish qilish,taym-menejment kabi ko‘nikmalarni yaxshilash hamda O‘zbekiston yoshlari orasida ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini texnologik sohalarda gender masalalariga jalb qilishdan iborat.
✔️ Eng yaxshi murabbiylar, muhandislar va olimlar sizga yangi bilim va jamoada ishlash ko'nikmalarini olishga yordam beradi;
✔️ 4 oylik onlayn va oflayn seminarlar, amaliy ishlar;
✔️ Toshkentdagi InnoLab laboratoriyasida 20 nafar qiz CubeSat yig‘ish bo‘yicha o‘qitiladi.
Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan faqat 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishi mumkin.
📑 Batafsil
📥 Roʻyxatdan oʻtish
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
Qalb muhri – erkin volontyorlik harakati
“Qalb muhri” erkin volontyorlik harakati uchun volontyorlar qabuli boshlandi.
✅ Yo'nalishlar:
- Inson omili
- Muxrlangan qalb egasi
- Ezgulik yurak amri
- Loyihalar ummoni
- Ekopotrul saxiylar bog'i
- OAV minbari
- Media harakati
Volontyorlik harakati orqali ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam koʻrsatish, aholida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalash ko‘zda tutilgan.
📑 Ro'yxatdan o'tish
Safimizda bo'ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
CAYLA AKADEMIYASIGA QABUL
🗓 Muddat: 25-aprel 23:00
💳 To'lov badali: bepul
Yevrosiyo Jamg‘armasi Qozog‘iston va O’zbekiston 18 yoshdan 30 yoshgacha yosh yetakchilar uchun Markaziy Osiyo yoshlar yetakchiligi akademiyasi (CAYLA) da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinayotganini e’lon qiladi. CAYLA a'zolarini nima kutmoqda?
- besh oy davomida o’qitish
- CAYLA milliy va mintaqaviy konferensiyalari
- individual va guruh study turlari
- stajirovka va murabbiylik imkoniyatlari
- shuningdek, stipemdiya dasturlari va yoshlar uchun grantlar
CAYLA siz uchun, agar:
• siz 18-30 yoshdasiz
• siz Qozog'iston, O'zbekiston yoki Turkmanistondansiz
• siz hamjamiyatingiz va mintaqangizni rivojlantirishda
ishtirok etishni xohlaysiz va tayyorsiz
CAYLA-da hamfikr odamlarni toping va dunyoda
yetishmayotgan o'zgarishlarga aylaning!
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
RIPS YOZGI AMALIYOT DASTURI
🗓 Muddat: 13-fevral 2023-yil
⏰ Davomiylik: 20-iyundan 18-avgustgacha
Talabalar uchun sanoat loyihalari boʻyicha amaliyot dasturlari iqtidorli bakalavriat talabalariga sanoat yoki davlat sektori kompaniyalari tomonidan taklif etilgan real tadqiqot loyihalarida jamoalarda ishlash imkoniyatini beradi. Har bir jamoa o'zining akademik va sanoat ustozi ko'magida muammoni o'rganadi va natijalarni dastur oxirida taqdim etadi
Amaliyot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- 4000$ stipendiya;
- Sayohat puli;
- UCLA kampusidagi turar joy;
- Ovqatlanish xarajatlari;
- Tanlangan xalqaro talabalar uchun viza homiyligi.
📑 Batafsil
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
Türkiye grant ta'lim dasturi haqida o'tkan yil shu vaqtda dastur g'olibasi Vazira Ixtiyorova bilan o'tkazilgan YC MEETUP ovozli uchrashuvi orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
👉 Ovozli suhbat havolasi
🍀@yourchanceuz
HR BO'LIMIDA AMALIYOT
🗓 Muddat: 1-fevral, 2023-yil
«Najot Ta'lim» markazi HR bo'limida amaliyot (internship) o'tash imkoniyatini taqdim etadi.
Talablar:
- Rus tili va ingliz tillari (kamida bittasida erkin so'zlasha olish);
- 20-25 yosh oralig'ida bo'lish;
- 2 oy davomida ish o'rganish uchun vaqt ajrata olish.
Bizning takliflarimiz:
- O'zingizni rivojlantirish imkoniyati;
- Ahil jamoa va kuchli mutaxassilardan ish o'rganish;
- Jamoa uchun qilinadigan tadbirlarni tashkillashtirish va ishtirok etish;
- Part time amaliyot o'tash imkoniyati;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng sertifikat;
- Muvaffaqiyatli amaliyotdan so'ng, shartnoma asosida ishga joylashish.
📑 Ariza topshirish
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
DELOITTE ONE YOUNG WORLD SCHOLARSHIP 2023
🗓 Muddat: 31-yanvar, 2023-yil
2023-yil 2-5-oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Belfast shahrida boʻlib oʻtadigan One Young World Summit sammitida besh nafar yosh yetakchiga ishtirok etish imkonini beruvchi Deloitte One Young World Scholarship 2023 stipendiyasi uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Talablar:
- Ariza beruvchilar 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lishi kerak;
- Dunyoning barcha mamlakatlari fuqarolari;
- Rahbarlik qobiliyatini namoyon etish;
- Asosiy mahalliy/global muammolarni tushuna bilish;
- Iqlim va ekologik/ta'lim olishda va malaka oshirishda muammolarni yengish uchun samarali va innovatsion yechimlarni yaratish tajribasiga ega bo'lish.
Imtiyozlar:
- 2023 yilgi One Young World sammitida qatnashish, sammit oldi va uning davomidagi sessiyalarda ishtirok etishi.
- Belfastga borish va qaytish, mehmonxonada yashash, ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
OSIYO TARAQQIYOT BANKIDA PULLIK YOZGI AMALIYOT
🗓 Muddat: 15-fevral, 2023-yil
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) turli mamlakatlardan kelgan talabalarni bank bo‘linmalarida amaliyot o‘tashga taklif qiladi. OTB stajorlarni butun dastur - 8 hafta davomida toʻliq moliyalashtiradi.
Afzalliklar:
- oylik imtiyozlar;
- havo sayohat xarajatlari.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
- magistratura yoki doktorantura talabasi boʻlish;
- OTB aʼzolaridan birining fuqarosi boʻlish (shu jumladan MDH mamlakatlari);
- ingliz tilini yaxshi bilish;
- topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan professional tajribaga ega boʻlish.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
ASPIRE LEADERS PROGRAM
🗓️ Muddat: 11-yanvar, 2023-yil
Aspire Institutining yetakchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihasi ishtirokchilarni yosh lider sifatidagi qadamlarini sezilarli darajada qoʻllab-quvvatlaydi. Aspire bitiruvchilari tarmogʻi dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarni qamrab olgan. Ushbu guruhga a'zolik grantlar, netvorking va keng imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Muvofiqlik:
- 18-26 yosh
- Kam daromadli oiladan boʻlish
- Universitetga kirgan birinchi farzand
- Bakalavriat dasturiga oʻqishga kirgan yoki yaqinda bitirgan (uch yil ichida)
Loyiha GarvardX kurslari va yetakchilikni rivojlantirish vositalariga kirish, Garvard universiteti va jahon darajasidagi fakultet bilan jonli seminarlarda ishtirok etish, global tengdoshlar hamjamiyati bilan virtual fikr almashish imkonini beradi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
🍀 @yourchanceuz
Keyingi postimiz hozirda mavjud xalqaro tashkilotlardagi amaliyot dasturlari haqida boʻladi.
Ma’lumot va imkoniyatlar koʻproq yoshlarga yetib borishida oʻz hissangizni qoʻshishingizni soʻrab qolamiz. Imkoniyatlarni yaqinlaringiz bilan ulashing, safimiz kengayishiga yordam bering🙌🏻.
Kanalimiz havolasi:
T.me/yourchanceuz
AMERICAN CORNER NAMANGAN VOLONTYORLIK DASTURI 2023
🗓 Muddat: 30-noyabr 2022-yil
American Corner Namangan 2023 ko'ngillilik dasturi uchun arizalar qabuli boshlandi. Agar siz:
- Namangan shahrida yashasangiz;
- O'rta maktab o'quvchisi bo'lsangiz;
- 14 yoshdan 16 yoshgacha;
- Oldingi ACN ko'ngillilik dasturida ishtirok eta olmagan bo'lsangiz ushbu dastur siz uchun.
Suhbat sanasi ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilarga alohida yuboriladi.
📑 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
YAPONIYADA BAHORGI MADANIYAT OROMGOHI
🗓 Muddat: 31-dekabr 2022-yil
AYFNdan yapon madaniyat lageri. Yaponiyadagi ushbu almashinuv dasturi ishtirokchilarga madaniyat va ijtimoiy xabardorlik haqida tushuncha berish uchun mo'ljallangan madaniy o'rganish dasturi hisoblanadi. Ishtirokchilar Yaponiyaning Osaka shahrida 5 kun boʻladilar.
Dastur 2023-yil 9-apreldan 13-aprelgacha davom etadi. Ushbu lager Osaka va Kiotoda bo'lib o'tadi.
Afzalliklar:
- aviachiptalar va turar joy;
- ovqat;
- turistik joylarga kirish chiptasi;
- mahalliy transport (poyezd va avtobus);
- AYFN dan elektron ishtirok etganlikni tasdiqlovchi sertifikat.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
UNICEF'DAN BEPUL ONLAYN KURSLAR
🗓 Muddat: kursga bog'liq
UNICEF bepul sertifikat taqdim etuvchi 140 dan ortiq onlayn kurslarni taqdim etadi. Kurslar 6 dan ortiq tillarda mavjud bo'lib, istalganida ro'yxatdan o'tishingiz va tajribangizni boyitishingiz mumkin.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
U.S.Embassy Tashkent'dan stajorlik imkoniyati
⏳ Muddat: 15-noyabr, 2022-yil
🗓 Davomiyligi: 6 oy
Amaliyot xalqaro kompaniyada foydali ish tajribasini olish uchun ajoyib imkoniyat. Shuningdek, ingliz tilini yanada yaxshilash hamda turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Nomzod kamida 18 yoshda bo'lishi, yaxshi akademik mavqega ega bo'lishi va ingliz, rus va o'zbek tilini bilishi talab etiladi.
📑 Havola
Safimizda bo‘ling. Biz bilan birga rivojlaning!
@yourchanceuz
Kimdir yoki nimadir boshqa hodisaga sabab boʻladi.
Biz doim qoʻlimizdan kelgancha yoshlarning hayot yoʻllarida imkoniyatlar eshigini ochishga oʻz hissamizni qoʻshishga harakat qildik.
Ammo hayotdagi asosiy prioritetlar oʻzgarishi loyihaning faoliyatiga ham ta’sir oʻtkazmay qolmadi. Shunday boʻlsa-da necha yillik mehnatlar samarasi shu holicha qolib ketishini xohlamaymiz.
Talab va takliflarinigizni shu yerda kutib qolamiz:
@yourchanceuz_bot
Har bir fikr biz uchun muhim!
Doim yaxshiliklar tilab, YourChance jamoasi