♾Yosh tadbirkorlar va startapchilar uchun yangilik!
🚀🚀Startapingiz uchun $20 ming AQSH dollari yutib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
📍Startap g'oya yoki loyihangizni yuboring va Qozon shahrida (Tatarston Respublikasi) bo'lib o'tadigan Yoshlar tadbirkorligi forumi doirasida o'tkaziladigan startap tanloviga yo'llanma oling va startapingiz uchun $20 ming AQSH dollari yutib oling!
📆Arizalar 2023-yilning 18-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
✅Ariza topshirish bu yerda
♾Batafsil ma'lumot bu yerda
🔒Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook
💦🇿🇦O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov 15-17 fevral kunlari Keyptaunda (Janubiy Afrika) bo'lib o'tgan BMTning "Suv xavfsizligi uchun transformativ kelajak" global forumida ishtirok etdi.
🌍Global forumda sayyoramizning barcha qit'alaridan tashrif buyurgan 55 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirok etdilar.
✅Forumning maqsadi sayyoramizning suv xavfsizligini ta'minlash bo'yicha BMTning global konferentsiyasi uchun takliflarni o'ylab ko'rish va tayyorlashdan iborat.
🚀Uchrashuvlar davomida Markaz rahbari tadbir homiylari va Xalqaro donor tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikni muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi va ularni mamlakatimizga jalb etish, yoshlar tadbirkorligi va ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi.
🔒Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🤖🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori V.I.Norov bilan Sunʼiy Intellekt sohasini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mamlakatimiz yoshlarining loyihalarini Markaziy Osiyo darajasiga olib chiqish maqsadida hamkorlikda “Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi” ni tashkil etish kelishib olindi.
🇺🇿🇮🇱Oʻzbekistonning Isroil mamlakatidagi elchisi Feruza Mahmudova Yuldashevna bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2023-yilda Isroil mamlakatidagi yetakchi kompaniyalarni taʼlim, startup va venchur jamgʻarmalar sohasidagi tajribalarini Oʻzbekistonga joriy qilish va imkoni boricha qoʻshma loyihalarga grantlarni jalb qilish reja qilindi.
🧳🧭🚐"Yosh Tadbirkor University" loyihasi talabalariga Nationuz marketing agentligiga biznes sayohat tashkil etildi. Biznes sayohat davomida talabalarning marketing sohasidagi bilim va koʻnikmalari shakllantirildi.
🤵🏻🦉"Yosh Tadbirkor University" loyiha doirasida “Bilimli tadbirkorlar” zakovat oʻyinining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi. Zakovat oʻyini loyihaning 30 nafar talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida tashkil etildi va oʻyin qiziqarli savollarga boy boʻldi.
👨🏫"Yosh tadbirkor University" loyihasining onlayn oʻquv jarayonlarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalari uchun oflayn darslar yoʻlga qoʻyildi. Oflayn dars davomida talabalarga tadbirkorlikda faoliyat turini tanlash boʻyicha malakali soha mutaxassislari tomonidan trening tashkil etildi.
🎥👩🏫"Yosh tadbirkor University" loyihasining onlayn darslari uchun 5 ta videodarslar suratga olinib montaj ishlari amalga oshirildi hamda platformaga joylashtirildi.
🏫🎓"Tadbirkorlar uchun 100 OTM" loyihasini amalga oshirish uchun taniqli va tajribali marketolog Farhod Kamilov bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga marketing bilimlarini joriy qilish va institutdagi dasturlarni qaytadan tayyorlash boʻyicha rejalar qilindi.
📚"Tadbirkor" kitobi doirasida Asaxiy.uz asoschisi Firuz Allayev bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kitob yozish jarayonlari muhokama qilindi va kelgusi oyda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Kitob haqida podkast oʻtkazish rejalashtirildi. “Tadbirkor” kitobi loyihasining web sahifasiga kitobdan keltirilgan iqtiboslar joylashtirildi va dizayn jihatdan yangilandi.
🇺🇳Unfpa vakillari bilan potensial loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muloqot oʻtkazildi. Markazning barcha loyihalari haqida batafsil yoritib berildi va hamkorlikdagi loyihalar uchun grant mablagʻlarini jalb qilish rejalashtirildi.
💦🇿🇦Xalqaro suv xoʻjaligi instituti (IWMI) vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Markazimiz rahbari Keyptaunga (Janubiy Afrika) uchib ketish boʻyicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi va Afrika mintaqasidagi suv muammolarini yechish boʻyicha ham tashkilotchi sifatida (co-host) qatnashishga tayyorgarlik koʻrishdi.
☎️1000+ nafar tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga tadbirkorlik va biznes sohasi boʻyicha operatorlarimiz tomonidan onlayn va oflayn shaklda konsultatsiyalar (call markaz: 781130403) taqdim etildi.
🔸Markaz rahbari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi tadqiqotining 5 yillik natijalariga bagʻishlangan davra suhbatiga ishtirok etdi.
👩🏫"Imkoniyat" loyihasi g'oliblarining muammolari tahlil qilinib yechim sifatida soha mutaxassislari ishtirokida 2ta onlayn (zoom) trening tashkil etildi.
💧“Suv xavfsizligi uchun transformativ kelajak” tashabbusining Markaziy Osiyo mintaqaviy muloqoti bo'lib o'tdi
✅Muloqotda Xalqaro suv xo‘jaligi instituti (IWMI) va O'rta Osiyo mamlakatlarining suv xo'jaligi sohasidagi ekspertlari ishtirok etishdi.
👍Muloqot davomida Markaziy Osiyoda suv tanqisligining ortib borayotganligi, Orol dengizi muammolari, Amudaryo, Sirdaryoda suv sathining keskin pasayib ketayotganligi, dehqonlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi, suv xo'jaligi sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi.
🚀Muloqotda O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov ham ishtirok etdi va fevral oyida Keyptaunda(🇿🇦Janubiy Afrika) bo'lib o'tadigan BMTning global forumida O'rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etishi va nutq so'zlashi uchun taklif etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🇺🇿🔤🔤🔤➖2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣ 6-Global tadbirkorlik haftaligi yakuniga yetdi.
Haftalik davomida TEAM universitetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida, shuningdek, GroundZero kovorking markazida turli xil tadbirlar tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
🔹GEW 2022 uchun 300+ tinglovchilar qatnashdi.
🔸O'zbekiston, Turkiya, AQShdan 40+ ma'ruzachilar tashrif buyurdi.
🔹15+ hamkor tashkilotchilar va homiylar ishtirok etishdi.
🔸Toshkent va Samarqandda 10+ sessiyalar tashkil etildi.
P.S. Haftalikni tashkil etishdan asosiy maqsad “Turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi tadbirkorlik” ni rivojlantirish bosqichlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🚀O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.
✅Malaka oshirish kurslarida O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov ham qatnashdi.
👍Kursda qatnashgan NNT rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
🙏Malaka oshirish kurslarini tashkil etgani uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🚀🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 loyihasi g'oliblari OAV lari e'tirofida!
🚀Loyihaga Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan ishtirok etib g'olib bo'lgan Xurshidjon Jo'raboyevga o'z o'quv markazini tashkil etishi uchun 50 mln so'mlik imtiyozli ssuda mablag'li ajratilgan edi.
😀Xo'sh! Natijalar qanday bo'ldi?
📹 Batafsil yuqoridagi videolavhada ko'rishingiz mumkin.
P.S. Loyiha doirasida 85 ta o'quv markazi uchun 4.25 mlrd so'm miqdoridagi ssuda mablag'lari ajratilgan va o'quv markazlari rahbarlari uchun bepul videodarsliklar yaratilgan. Shuningdek o'quv markazlari uchun subsidiya olish bo'yicha imkoniyatlar ham mavjud!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🇺🇿🇺🇿O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov "O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
#Prez.Adm. #Tosh.Hokim.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🚀Yangiliklarga tayyormisiz?
✅ Modul5 loyihasi 3 yillik faoliyatdan soʻng yangi yoʻnalishni boshlamoqda. Bu – “Modul5 International”. Ushbu loyihada siz ingliz tilidagi spikerlarning onlayn va oflayn seminarlarini kuzatib borishingiz mumkin.
👍“Modul5 International”ning ilk soni milliy va xorijiy kompaniyalar rahbari, investor Oybek Shayxov bilan boʻlib oʻtdi.
🎥To'liq video👉 https://youtu.be/LhFb5EI6zog
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
💬Telegram 📹Instagram 📱Facebook 📹YouTube 📹TikTok
👩💼Poytaxtda «Ayol va biznes - o'sishga qodirmiz!» forumi bo'lib o'tdi
🚀Forum "MPA" creativ media acency, Oʼzbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi, Savdo-sanoat palatasi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda oʼtkazilgan boʼlib, unda spikerlar oʼzlarining faoliyatlari, yengib oʼtgan qiyinchiliklari, qanday qilib oʼz bizneslarini yuqori choʼqqilarga olib chiqishga muvaffaq boʼlganliklari, fond bozori qanday ishlashi, qurilish sohasida ayollarning oʼrni va boshqa bir qator mavzularda soʼz yuritishdi.
🎥Batafsil yuqoridagi videolavhada tomosha qiling!
👇Ijtimoiy tarmoqlarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sahifa
Ахборот 24 | ШҲТга аъзо давлатлар ёшлари ўртасида танлов ўтказилди
#8june #uzbekiston24
ШҲТга аъзо мамлакатларнинг ёшлари ўртасида энг яхши стартап “Unicorns SCO” лойиҳаси танлови финал босқичи старт олди.
Читать полностью…16:00 8.06.2022
SHHT YOSHLARINING STARTAP LOYIHALARI
#Toshkent
Muxbir: Nigora Elmurodova
🚀🧳🧭🚐"Yosh Tadbirkor University" loyihasi talabalariga "Uic group" IT kompaniyasiga biznes sayohat tashkil etildi. Biznes sayohat davomida talabalarning IT sohasidagi tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalari shakllantirildi.
🚀👨🏫"Yosh Tadbirkor University" loyihasining oflayn o'quv jarayonlari amalga oshirildi. Oflayn o'quv jarayonlariga qatnasholmagan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida oflayn darslar suratga olindi, montaj qilindi va platformaga joylashtirildi.
🚀💸👨🏻🎓“Yosh Tadbirkor University” loyihasi talabasi Muxtorjon Miraliyev Qozog’istondan tashrif buyurgan investor (Jumabekov Abdurahim Seidbekovich)ga o’zining “Ferulla Farm” loyihasini taqdimot qildi va ushbu loyihani hamkorlikda amalga oshirish uchun $1.2 mln. dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.
🇺🇳Unfpa bilan "Raqamli akseleratsiya dasturi" loyihasini hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi. Loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi, kalendar rejasi, dasturi tayyorlandi.
💦🇿🇦Markaz rahbari 15-17 fevral kunlari Keyptaunda (Janubiy Afrika) bo'lib o'tgan BMT ning global forumida O'rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etdi va mintaqadagi suv muammolarini hal etish uchun takliflar kiritdi hamda tadbir homiylari va Xalqaro donor tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikni muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi va ularni mamlakatimizga jalb etish, yoshlar tadbirkorligi va ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi.
📒Markazning 2022-yil sarhisobi + katalogi tayyorlandi va chop etildi.
🤖🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi” ni tashkil etish maqsadida xalqaro tajribani o'rganilmoqda va Markaziy Osiyoda sun'iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bazasi shakllantirildi .
🚀"Imkoniyat" loyihasi g'oliblarining muammolari tahlil qilinib yechim sifatida soha mutaxassislari ishtirokida onlayn (zoom) trening tashkil etildi.
🗣🎓🏫“Biznes treninglar” loyihasi doirasida Toshken davlat transport universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent moliya instituti, O’zbekiston milliy universiteti talabalarini biznes va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida biznes trenerlar va soha mutaxassislari tomonidan treninglar tashkil etildi.
🗓🇨🇭Shveysariya elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Yosh Tadbirkor University", "Biznes treninglar", "Yosh tadbirkorlar platformasi" loyihalari doirasida 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar kalendar rejasi tasdiqlandi
🚀🤝🚀Markaz rahbari va Plug and pleyning O'zbekistondagi rahbari Farrux Maqsumov o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda startap sohasiga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va shu sohadagi hamjamiyatlar bilan ishlash kelishib olindi.
🚀🦄Startapchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan sovrin jamg'armasi 150 mln. so'm va venchur jamg'armalarining $8 mln. dollarlik investitsiya mablag'laridan tashkil topgan "Unicorns" loyihasi 3-mavsumining veb sahifasi tayyorlandi, reklama videoroligining ssenariysi tayyorlandi, loyihaning nizomi ishlab chiqildi, startap loyihalarni qo'shimcha ravishda moliyalashtirish maqsadida venchur jamg'armalar bilan muzokaralar o'tkazildi. (Tez orada loyihaga start beramiz).
💰📤📁Xalqaro va mahalliy grant dasturlariga yosh tadbirkorlar uchun foydali bo'lgan loyihalar tayyorlandi va yuborildi.
📖Payme, Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy books, "Yoshlar kelajagimiz" jamg'armasi va Yosh Tadbirkor markazi bilan hamkorlikda o'zbek tiliga tarjima qilingan "Latte omili" kitobini 4500 nusxada Respublika bo'ylab, yoshlarga va yosh tadbirkorlarga bepul tarqatish rejalashtirildi.
☎️📞1500+ nafar tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga tadbirkorlik va biznes sohasi boʻyicha operatorlarimiz tomonidan onlayn va oflayn shaklda konsultatsiyalar (call markaz: 781130403) taqdim etildi.
Marketing strategiya qanday tuziladi?
«Yosh Tadbirkor University»da Marketing sohasiga qiziquvchi barcha uchun navbatdagi master-klass!
⚡️ Master-klass spikeri O'zbekistondagi top marketolog, «Inmarketing.uz» va «Futurum.uz» asoschisi — Farhod Kamilov bo'ladi.
«Marketing strategiya va jamoani to'g'ri boshqarish» mavzusidagi suhbatda:
— marketing strategiya tuzish;
— jamoani boshqarish va uni tizimlashtirishga oid mavzularda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz, deb o'ylaymiz.
📆Qachon: 10-mart, Juma, soat 15:00
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun
📍 Qayerda: «Yosh Tadbirkor University»,
📝 Master-klass uchun ro'yxatdan o'ting
☎️ Hoziroq ro'yxatdan o'ting: +998930728125
📹 Instagram | 📱 Facebook | 🕸 Web
#2022_yil_natijalari
🚀2022-yilda O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun foydali bo'lgan 14 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi va ushbu loyihalarga mahalliy va xalqaro grantlar va davlat ijtimoiy buyurtmalari jalb qilindi.
✅Batafsil shu yerda
2022-yil natijalari
2021-yil natijalari
2020-yil natijalari
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
🚀Qirg'izistonda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlik haftaligida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi va qo'shni davlatning yoshlar tadbirkorligi bo'yicha tajribasi o'rganildi.
✅Sayohat doirasida Orian-Mehroj Rashidov Qirg'izistonning iqtisodiyoti va tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bilan shug'ullanayotgan insonlar bilan uchrashdilar
👍Tez orada tajribamizdan kelib chiqib, qator tashkilotlar va hamkorlarimiz bilan birgalikda mamlakatimizning 120 nafar OTMlari doirasida loyiha amalga oshirishni rejalashtirganmiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Yilni marketing haqida yangi bilimlar bilan yakunlang!
Marketing sohasining tajribali ekspertlari - Habibullo Sa’dulloyev, Azizbek Umaraliyev, Shaxrux Nizamutdinov ishtirokidagi “Marketing Club” loyihasi 24-dekabr, soat 14:00 da bo’lib o’tadi.
Marketologlar, tadbirkorlar va sohaga qiqizuvchi yoshlarni Yoshlar press klubida kutib qolamiz.
Ishtirok etish mutlaqo bepul! Ro’yxatdan o’tish uchun havola👉🏻 https://forms.gle/mEWLEBZmapMrqEot9
@marketingclub_event
TEAM universitetida 🔤🔤🔤➖2️⃣2️⃣ 6-tadbirkorlik haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ochilish marosimiga davlat idoralari, tijorat tashkilotlari, universitetlar, moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, talabalar va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirok etishdi.
✅Haftalik davomida 10 dan ortiq tadbirlar - muhokamalar, treninglar, mahorat darslari va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar ro‘yxati: @GENUzbekistan
12-dekabrda 🔤🔤🔤➖2️⃣2️⃣ 6-Global tadbirkorlik haftaligi start oladi.
✅Ushbu haftalik davomida Turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi tadbirkorlikka oid 10 dan ortiq tadbirlar — muhokamalar, treninglar, mahorat darslari va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etiladi.
🗒Ochilish marosjmi dasturi:
• 9:00-10:00 - Mehmonlarni ro'yxatga olish;
• 10:00-12:00 - haftalikning ochilish marosimi;
• 14:00-17:00 - O'zbekistonda tadbirkorlik, turizm va mehmondo'stlik sanoati muhokamasi
📍Barcha Turizm sohasiga qiziquvchi tadbirkorlar va yoshlarni TEAM universiteti binosida bo'lib o'tadigan ochilish marosimiga taklif etamiz.
📝Ochilish marosimiga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/xGLpHPHAiBKcf8A46
P.S. Tadbirda qatnashish mutlaqo bepul.
Batafsil ma‘lumot: @GENUzbekistan
🚀"Imkoniyat" loyihasi g'oliblari OAV lari nigohida
🚀Loyihaga Xorazm viloyatidan ishtirok etgan Sohiba Babanazarovaga o'z o'quv markazini tashkil etishi uchun 50 mln so'mlik imtiyozli ssuda (qarz) mablag'i ajratilgan edi.
😀Xo'sh! Natijalar qanday bo'ldi?
📹 Batafsil yuqoridagi videolavhada ko'rishingiz mumkin.
👇Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:👇
✅Telegram 📸Instagram 💬Facebook
❗️Hurmatli yosh tadbirkorlar!
🚀Sizdan Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki (ETTB) tomonidan Yoshlar Tadbirkorigi bozorini (35 yoshgacha bo‘lgan) o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn so‘rovnomada ishtirok etishingizni so‘raymiz.
✅Ushbu tadqiqot natijalari kelgusida tadbirkorlik sub'yektlariga, tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi davlat organlari va boshqa moliya va bank tashkilotlariga texnik yordam ko'rsatish bo'yicha istiqbolli dasturlarga kiritiladi.
📋So'rovnomada qatnashish: https://www.surveymonkey.com/r/6LS7JB9?lang=uz
🙏Sorovnomada ishtirok etganingiz uchun tashakkur!
Islom Hamkorlik Tashkiloti, Yoshlar Ishlari Agentligi va Yoshlar Tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligida Xalqaro Debat chempionatining saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi!
Saralash bosqichi o‘yinlarida Oliy ta’lim muassasalaridan saralab olingan 8 ta eng faol va iqtidorli jamoa ishtirok etdi, va yutgan jamoa Azerbayjonda bo'lib o'tadigan keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi!
Joriy yilning 8-oktyabrida bo‘lib o‘tgan saralash va final o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetib, oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun bu debat musobaqasi katta tajriba maydonini yaratdi.
👇Ijtimoiy tarmoqlarimiz:👇
Telegram | Instagram | Web-sayt
Новости 24 | Состоялась торжественная церемония открытия Конкурса лучших стартап-проектов
#8june #uzbekiston24
Янгиликлар 24 | ШҲТ ёшлари ўртасидаги «Энг яхши стартап лойиҳалар» танлови
#8june #uzbekiston24
Янгиликлар 24 | ШХТ ёшлари ўртасида «Енг яхши стартап лойиҳалар» танловининг очилиш маросими
#8june #uzbekiston24
👇Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Instagram | Web-site