yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mulohaza

YOG‘OCH VELOSIPED IXTIRO ETMANG…
…Ba’zida talantli shoirlar ham yomon she’rlar yozadilar. Nega shunday bo‘ladi? Chunki ular she’r yozishga yetarlicha “to‘lmay”, ilhomsiz kirishadilar. Natijada puxta jihozlangan kema o‘rniga jo‘ngina qayiq vujudga keladi. Shoir bizga birorta ham qiziq narsa aytmaydi, balki allaqachon ma’lum bo‘lgan haqiqatlarni bayon etadi. Haqiqatlar ham ko‘pincha aniq bo‘lmaydi. Bunday holda shoir latifadagi “oq sigirlar sut beradi, qora sigirlar esa qahva beradi”, deb o‘ylagan bolaning kulgili holatiga tushib qoladi. Talantli shoirlarning yomon she’rlar yozishiga yana nima sabab bo‘ladi? Ular asarlari ishonarli chiqishi uchun dalillarni mohiyatan emas, tashqaridan qidiradilar. Bu esa hech qachon ishontirmaydi. Masalan, bir qancha turkman yoki ozarbayjon shahar-qishloqlarining nomini sanash va qofiyalash mumkin. Ammo biz Turkmaniston yoki Ozarbayjonni ko‘rmaymiz. Bayonchilik ulkan his-hayojon o‘rnini bosolmaydi. Agar biz ishimizni bug‘ dvigatelining ishi bilan qiyoslasak, ko‘p hollarda “bug‘imiz”ning qudrati harakatga emas, balki gudokka sarf bo‘ladi.

***
Bizning ishimizda nimadan qo‘rqish kerak! Karra jadvalidan. To‘qqiz karra to‘qqiz – sakson bir ekanini sen o‘ylab topganing yo‘q. Vatanni sevish g‘oyasini ham ilk bor sen olg‘a surgan emassan. Ammo uni qanday sevish kerakligini odamlarga sen aytishing kerak. Vatanparvarlikni takrorlash emas, davom ettirishing zarur. Aks holda metalldan yasalganlari borligini bilmay, yog‘och velosiped ixtiro etgan kishiga o‘xshab qolasan.

***
She’r ham inson kabi yaxshi kiyingan bo‘lishi zaruz: o‘quvchi qarshisiga kir ko‘ylakda chiqmasligi kerak.

***
Talant, muhabbat va samimiylikning mushtarakligi – chinakam poeziya mana shudir.

***
Olim so‘zlarini o‘z ma’nosida qo‘llaydi. She’riyatda esa xuddi suhbat chog‘idek, ohang hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda so‘zlar lug‘aviy ma’nosidan ancha uzoqlashib ketishi mumkin. Fanda so‘zlar bir tekisda qadam tashlab borsa, she’riyatda – yuguradi, sirg‘anadi, parvoz qiladi.

***
Bizda ko‘pincha shunday bo‘ladi: yosh shoir qo‘riqqa boradi va shu zahoti qo‘riq haqida doston yozib tashlaydi. Magnitkaga borsa – o‘sha lahzada lol qolgan o‘quvchiga Magnitka haqidagi she’rlarni taqdim etadi. Ammo bu doston ham, she’rlar ham hech kimning yuragini jizillatmaydi. Nega shunday bo‘ladi? Chunki hali tuyg‘ular tiniqqan emas. Borliqni faqatgina ko‘rish, faqat eshitish yoki faqat hidlash bilan idrok etib bo‘lmaydi. Hatto birgina she’r yozish uchun ham barcha tuyg‘ularni safarbar etish zarur.
Mixail Svetlov
N.Muhammadiyev tarjimasi
(“Yoshlik” jurnali 1984/3-son)

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoir va tarimon Rahmat BOBOJON tavallud topgan kun!

Rahmat Bobojon (Rahmatjon Bobojonov) – 1998-yili Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.
“Iztirob shiviri” nomli kitobi nashr qilingan.


* * *
Sen yolg‘iz yashaysan olis shaharda,
Balki, poying uzra dengiz shovullar,
Balki, boshing uzra gullaydi osmon.
Ko‘ksingni o‘ylasam, ko‘ksim lovullar,
Joningni o‘ylasam, eziladi jon.

Sen holsiz yashaysan olis shaharda,
Ruhingga bir quvvat topolmaysan sen.
Hamdam bo‘lmoq istar, balki, allakim...
Ruhingni allalar, ehtimol, Shopen,
Chapani ko‘nglini bilmas Parij, Rim.

Sen kuzsiz yashaysan olis shaharda,
Tashrif yo‘llarini yo‘qotgan bahor,
Ko‘zini suzmay yot panjaralarga,
Eshigingga boqib ko‘chang boshidan
Befasl qismatlar o‘tadi qator.

Ko‘chada dard kezar oyoq uchida,
Bir narsa ayondir o‘ylagan damim:
Men qolgan shaharda – yashaydi sitam,
Men qolgan shaharda – yashaydi g‘aming.

Men – arosat ichra gangigan bir qush,
To‘rt tomon – sukunat. Kunlarim – xarob.
Bundan ketmoq esa, bir umrlik tush,
U olis shaharlar sarobdir, sarob.

Аksingni tiklayman, bir so‘ngan chiroq
Lipillab turar bu daqiqalarda.
Birgina sen meni o‘ylaysan uzoq –
Sen olis yashaysan olis shaharda.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Uchrashuv

Tongda meni uyg‘otgin, hayot

(Sonet)

Tongda meni uyg‘otgin, hayot,
Mudroq bosgan tunim beo‘xshov.
Men quyoshdan ko‘mak o‘tinay,
Axir oymas, falak menga yov.

Tongda meni uyg‘otgin, hayot,
Shabnamlar-la aylayin sayr.
Men abadiy shunga mahkumman,
Taqdirimda boqiy bu dayr.

Men kechaman qaro tunlardan,
Yuragimda charx urar bir dard.
Sog‘inch azob beradi tinsiz.

Baxt toparman, balki, kunlardan,
Avval barvaqt uyg‘onmog‘im shart.
Uyg‘onmoqqa undaydi bir qiz...

Abdumalik Xursanaliyev,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Qimizxo‘rlik

Tursunboy aka qishloqqa borsa, tanish-bilish, do‘st-qadrdonlari shoirni darhol o‘rab olishar, she’r o‘qishni, yangi latifa aytib berishni so‘rashar edi. Qishloq chetidagi soy yoqasida, tog‘ yonbag‘ridagi yaylovda, soya-salqin joylarda mehmondorchilik avjiga chiqardi.
Bir gal ana shunday mehmondorchilik payti qimizxo‘rlik boshlanibdi. Tog‘ qimizi shifobaxsh bo‘lib, ichgan odamning badani qizib, rohat qiladi. Ammo bu gal mehmonlar qimizdan bir-ikki xo‘plashibdi-yu, kosani bo‘shatmay, dasturxonga qo‘yib, boshqa yeguliklardan totinib o‘tiraverishibdi. Davradagilardan biri xijolat bo‘lib, Tursunboy akaga asta shivirlabdi:
– Qimizga ayron aralashtirvorishibdi, yaramaslar.
Tursunboy aka bu fikrga qo‘shilmay, shunday debdi:
– Yo‘q, unday emas, ayronga ozroq qimiz qo‘shilib ketibdi. Sen xijolat tortmay ichaver, ammo mevaga qo‘l uzatma...

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Bahodir JOVLIYEV 2001-yili 16-dekabrda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Qarshi davlat universitetining Filologiya fakulteti talabasi.

* * *
Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Sevgimiz hazildan boshlanganini.
Axir, menda gunoh yo‘qdir, azizim,
Bilmovdim ko‘nglimning toshlanganini.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Yolg‘on o‘tli qarash rost bo‘lib ketdi.
Har nedan yuqori ko‘rgan hayotim,
Ko‘z ochib yumguncha ost bo‘lib ketdi.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
So‘nggi pushaymonim o‘zimga dushman.
Odamdek yashamoq istab yuruvdim,
Bir tuyg‘u tuydim-u, endi men qushman.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Hammasi bir onda tugaydi, devdim.
Sevgimiz hazildan boshlandi, ammo,
Hazillar ichida rosmana sevdim...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Dengizgacha qancha yo‘l?..

Bilmadim, yer yuzida nechta dengiz bor ekan… Kaspiy, Oq, Boltiq, Qora, Marmara, Shimoliy Egey, O‘rta yer, Sariq, Arab, Janubiy Xitoy, O‘lik va Qizil dengiz… Dengiz desam, ko‘ksimda nimadir simillab qo‘yadi. Bu og‘riqmi, sanchiqmi, bilmayman. Dengiz desam, yuragimning qaqroq yoriqlaridan qo‘zg‘algan to‘zon o‘zi kabi chang bosgan tuyg‘ularni qalbim yuzasiga qalqib chiqaradi.

Davomi...

Iroda Zokir qizi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Bu jurnalni kim o'qigan?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jarayon

Tut pishig‘iga yetib olsak!..

Aftobusda ketar ekanman, ikki kishining gurungi qulog‘imga chalindi: “Ey nimasini aytasiz? Xonaning harorati tushib ketgan. Endigina bir yoshga to‘lgan nabiramning tomog‘i bitib qolgan”. Yana biri esa o‘tgan yilgi va’dabozliklarni sanay ketdi. Toshkentga kelibmanki, har yili qish mavsumida eng ko‘p eshitadigan narsam uylarning sovib ketishi-yu, javobgar shaxslarning: “Bu yil qish biz o‘ylagandan ertaroq tushdi”, “Bu yil juda ko‘plab uylar qurildi”, “Gaz yetishmovchiligi kuzatilyabdi”, “Kelasi yildan bu holat takrorlanmaydi”, deya oqlanishlar bilan o‘tkazamiz. Bolaligimizda pechkaning pinjida, bobom bizga qor – ne’mat der edi. Shaharda esa qor yog‘dimi, amaldorning kovushiga qurt tushib qoladi? Yoz bo‘yi qog‘ozbozlikda silliqqina qilib bajarilgan ishlarining “natijasi” birinchi qordan oshkor bo‘ladi. Nima ham der edik. Har yerda bor tosh-u tarozi, har yerni qilmagin orzu. Sizningcha bu yil ham e’tiborsizlik qurboniga, oqlanishlar “ertagiga”, balki eskilar aytganidek: Tut pishig‘iga yetib olsak, kelasi yil hammasi yaxshi bo‘lishiga umid bilan o‘tkazamizmi?!

S. Tolliboyev

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qish

QORBO‘RON

Qarshimda qorbo‘ron o‘ynar yer-u ko‘k,
Tinimsiz qor otar zaminga osmon.
Angladim: ona Yer naqadar buyuk –
Osmonga qaytarib otmas hech qachon!

2023.13.12

© Nasrullo Ergash

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_tarjimon

Qum odam

Tong otgani hamoni torgina xonalardagi maxsus o‘rinlarda uxlovchi bolalar xuddi shisha idishning tiqinidek sakrab o‘rnidan turishadi, tez-tez yuvinib, shosha-pisha nonushta qilishadi va yer ostida joylashgan silindrsimon vakuum inshootiga kirishadi-da, orolning o‘rtasida joylashgan semantika maktabining qarshisida yana otilib chiqishadi. Darsdan keyin vakuum quvuri Robini bog‘ga keltirib qo‘yadi va u ruhshunoslar tomonidan tayinlangan mulohazalar vaqtini o‘tkazish uchun daydib yuradi. Ammo Robining o‘ziga mulohaza vaqti sirayam kerak emas…

Davomi...

Izoh: Rey BREDBERIning hikoyasini yosh tarjimon Gulnoz TOJIBOYEVA ingliz tilidan o‘zbekchalashtirdi.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Abadiy

Chingiz Aytmatov butun ijodiy umri davomida vijdon amriga quloq tutdi, uzoqni ko‘ra oldi va bizga g‘oyat muhim saboqlar qoldirib ketdi.

Ahmadjon Meliboyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Chorlov

“Yoshlik” jurnalini futbolchilarimizga ham o‘qitamiz, dedi Ravshan Haydarov!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xotira

Alloh taolo menga bir necha yil Chingiz Aytmatovdek ulug‘ inson bilan yonma-yon turib ishlashni nasib etdi. Men buni taqdirning bir inoyati deb bilamanki, shu davr mobaynida men do‘stimning ijodidan tashqari shaxsi, ichki dunyosi, tabiati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘ldim. Eng muhimi, u g‘oyat kamtar inson bo‘lishi bilan birga, jahon adabiyotining bilimdoni, o‘tmish tariximizni, hozirgi adabiy jarayonimizni juda yaxshi bilgan donishmand edi.

Odil Yoqubov,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

"Yoshlik"/2017/12

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sport

10-dekabr – Butunjahon futbol kuni!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_qalbi

Qora ko‘zligim

G‘amzang o‘qi hurlarda yo‘q malohatday,
Kipriging sho‘x yuragimni yarolatgay.
Bog‘lar aro ohlar urib kezdim biram,
Ko‘ksimdagi dog‘lar go‘zal jarohatday.

Itob aylar tutab xazonrezgim mudom,
Shitob bilan yonmoq ulkan jasoratday.
Xalovatsiz umrim hadsiz sevgim bilan,
Muhabbatsiz yashamoq ham jaholatday.

Suyukligim, kuyib tilim yozdim o‘lan,
O‘yiq dilin ko‘shkka ilmish gado xatday.
Ishq bedavo dardki, ichki sezgim bilan
Sezdim, shifo yo‘qdir vafo-sadoqatday.

Botayotgan quyosh juda vazmin bu dam,
Oy boshini egmish undan xijolatday.
G‘am chekkanni poklar sitam, sevgim bilan,
Kel, sening ham yuragingni jarohatlay.

Shuhrat Azizov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Luqma

NOMIGA XAT KELMAGAN AMALDOR!

O‘tgan yili ishxonamizga viloyatdan bir amaldor keldi. Ayni obuna mavsumi payti edi. Gapdan gap chiqib: “Jurnallaringga obuna qilaman”, deb qoldi. Bizga bu gap yoqib tushdi-ku. “Lekin nomimga, jurnallaring nomidan xat yuboringlar”, dedi. Biz xatni yubordik. Xat manzilga yetdi, ammo obunadan darak bo‘lmadi. Vaqtlar o‘tib bilsakki, u amaldorning nomiga biz yuborgan xatdan boshqa “obro‘liroq” xat bormagan ekan. Yuborgan o‘sha xatimizni ramkaga solib, xonasining devoriga osib qo‘ygan emish.
Hayotda shunaqa o‘ziga tilab oladigan odamlar ko‘p ekan. U insonlarni qanday tushinish mumkin?!

G‘iyosiddin

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_xazinasidan

"Yoshlik" jurnali 1991-yil 6-son!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Uchrashuv

Ijozat

Vaqtni bosib o‘tib piyoda
Ketsang
Yalang‘och bag‘rini qitiqlab yerning.
Safar hozirlanib turibdi – bashang,
Ichish uchun she’r
Va ijozat bering...

Tangrim, oq fotiha yubor nurlardan,
Izningsiz haromdir qulga erk isi.
Maylimi, Mavloyim, kechib hurlardan,
Tanlasam notanish qizning kulgisin?

E’tiqod yo‘limni to‘sadi,
Yonib
Jannatga o‘t qo‘yar ko‘ngil, yo‘q, desam.
Men uchun begona bo‘lgan dunyoni,
Maylimi, Xudoyim, ozgina sevsam?!

Rustam Halimov,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

"Yoshlik"/2022/1

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xotira

Sobir O‘nar muxlislari!

Keyingi yil yozuvchi Sobir O‘nar tavalludiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan adib hayoti va ijodi haqida xotira kitobi tayyorlashni reja qildik! Sizlardan iltimosimiz, yodnoma va bag‘ishlov she’rlaringizni bizga yuborsangiz.

Sobir O‘narning ruhi shod bo‘lsin!

Izoh: maqolalarni G‘iyosiddin O‘narov yig‘yapti.
Telegram (94) 602-05-63

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir Salim ASHUR tavallud topgan kun!

Salim Ashur 1964-yili 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Ko‘rg‘ontepa viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan.
1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Ijodkorning “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Ona tilim”, “Kelajakka qadam” (publitsistik maqolalar), “Mashinalar karvoni” (bolalar uchun she’rlar), “Titroq”, “Mangu el” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. . A. Blok, I. Bunin, A. Fet she’rlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K. Paustovskiyning qissa va ba’zi hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Izoh: Shoirning "Men asli qayerlikman?" essesini jurnalimizda berganmiz.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Adashgan shoir

Bolalar shoirlari Tursunboy Adashboev, Safar Barnoev va Hamza Imomberdiev o‘zaro ahil-inoq, boshqalar havas qiladigan darajada do‘stu qadrdon bo‘lishgan. Bir-birlariga qilgan hazil-mutoyibalari hamon og‘izdan-og‘izga ko‘chib yuradi. Har uchovlari ko‘plab yosh shoirlarga beminnat ustozlik qilishgan.
Bir kuni Tursunboy aka ikki-uchta yosh shoirlarni, ularning iltimosiga binoan, Safar akaning uyiga olib boradi. Buxoroliklarning qadimiy odatiga ko‘ra, dasturxonga hamisha qand-qurs, konfet qo‘yilgan bo‘ladi. Ziyofat boshlanishidan avval mehmonlar og‘izlarini shirin qilib oladilar.
Dasturxonga ikki-uch xil sara konfentlar qo‘yilgan ekan, havaskor shoirlardan biri to‘rt-beshtasini ustma-ust yeydi, ikkitasini cho‘ntagiga soladi. O‘tirish tugab, tashqariga chiqishganda, Tursunboy aka uning “Juda yaxshi o‘tirdik-da, utoz” degan gapiga shunday javob beradi:
– Yaxshi o‘tirdik, ammo buxoroliklarning odatiga ko‘ra, cho‘ntakni emas, og‘izni shirin qilish kerak. Sen biroz adashding, uka.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
Daraxtlarni surib qarar chiroqlar,
Sanayman: oq, qizil, sariq, zangori…
Orqa o‘rindiqda o‘tiribman jim,
Qalqinib bir tomchi ko‘zyosh singari.
Bilaman, ko‘plarning yig‘ilariman,
Undan ham ko‘plarga hech kimman biroq.
Sanayman: oq, qizil, sariq, zangori…
Ko‘nglim… ko‘nglimda hech yonmaydi chiroq.
Ajab, tiriklikni sezdiradi dard,
Baxt – orada malham kabi totganim.
Xijolat bo‘laman, erish tuyular
O‘zimni sal ko‘proq o‘ylayotganim…

Iroda Umarova

Davomi...

@yoshlikjirnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

O‘rnimiz almashib qopti

Bir davrada tanqidchilardan biri gap orasida Tog‘ay Murod O‘rta Osiyoda Chingiz Aytmatovdan keyingi ikkinchi zo‘r yozuvchi deydi. Ertasi kuni bu ta’rifni o‘sha suhbatda qatnashganlardan biri Tog‘ay Murodning o‘ziga aytadi. Yozuvchi bir lahza hayratlangandek bo‘ladi va shunday javob qiladi:
– Umuman olganda, to‘g‘ri aytibdi, faqat o‘rnimizni almashtirib qo‘yibdi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_qalbi

SO‘NGGI XAT

Qor kechib, bog‘chani kezaman,
Ko‘zimni yashirib yorug‘dan.
Men balki qochishni istayman,
Yurakda uyg‘ongan og‘riqdan.

Bog‘chaga ochilgan deraza
Taratar navoni – yog‘duni.
Men esa tushaman larzaga,
Yo‘qotib qadrdon tuyg‘uni.

Qo‘limda sen yozgan so‘nggi xat,
Vujudda kezadi qaltiroq.
Maktubing shu qadar qisqaki,
Og‘riqning azobi uzunroq…

Xurshid Davron

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

“Zo‘r she’r”ni eshitmadi

Kunlardan bir kun Rauf Parfi yosh shoirlar davrasida o‘tirgan edi. Gurung asnosida nogoh she’rxonlik boshlanib ketadi. Sho‘shib-toshib she’r o‘qishni yaxshi ko‘radigan bir yosh shoir Rauf akaga qarab shunday xitob qiladi:
– Rauf aka, eshiting, hozir zo‘r bir she’r o‘qiyman!
– Yo‘q, “zo‘r she’r”ni eshitmayman! – ustoz sekin o‘rnidan turib davrani tark etadi.
Ertasi kuni shoirning yaqin shogirdlaridan biri Rauf akadan so‘rab qoladi:
– Ustoz! Kecha nega zo‘r she’rni eshitgingiz kelmadi?
– Eh! – deya ustoz tizzasiga afsus bilan uradi. – U rohatimni oldindan buzib qo‘ydi. Oldindan she’rini zo‘r deyapti. O‘sha zo‘r she’rdan olishim mumkin bo‘lgan zavqdan meni mahrum qildi. Yo‘q, endi bu she’rni eshitmayman!..

Sh. Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mulohaza

ALIFBO MILLATGA EMAS, TEXNIKAGA XIZMAT QILISHI KERAK(MI?)

Ey, bizning minbarimizda senga ne bor, arg‘umoqda yol yo‘q, deb yo‘lga tashlab ketmang-da bizni. Har holda sizga kelajakda kasbdosh bo‘lish niyat bor. “Hali ko‘ramiz, bu sohada har kim ham ishlay olmaydi”, deya kuyib-pishib gapirib, ichimni tirnamang, shundayin ham…
Ha aytgancha, eshitdingizmi “yangilik”ni, bo‘lg‘usi hamkasblar? Burnog‘idan eshitganmiz, deysizmi? Ha, savolni noto‘g‘ri berdim, shekilli. Biz ham eshitdik, yurakning bir xuruji tutdi-yu, bizdan ajrab qolishingizga sal qoldi. Mayli, men ham ikki og‘iz gapirib qolay, balki keyingi safar “Yangi O‘zbekistonning yangi alifbosi”da gurunglasharmiz.
Avvalo, men taklif kiritmoqchiman, yo‘q-yo‘q, alifboga emas, tilshunoslarga doir. Aslo ularni ishdan oldirish haqida emas, har holda ularning ham bolalari bor. Ularga Nobel mukofoti berishni taklif etaman. “Biz nima dardda-yu, sen nima darddasan, suffee”, deya oldindan yuzimga eshikni yopmang-da. Munday bir o‘ylab ko‘ring, mening bobom umrining so‘nggigacha yozuvni bilmay o‘tdi, qog‘ozga qo‘l qo‘ysa, eski davrdagi ritsarlar kabi ikki chiziq qo‘ymasa ham, shundan nari-beri qo‘l qo‘yardi. U zamonda yozuv bilmaslik unchalik ayb hisoblanmagan, quloq ko‘p narsani o‘tagan.
He gapniyam olding-da, dersiz. Ha aytgancha, Nobel masalasiga kelsak. Internetni “chuqulab” ko‘rsam, bizning millatchalik alifbosini sevadigan xalq yo‘q ekan. Demoqchimanki, Nuh alayhissalomning kemasida balki bu ma’lumotlar qolib ketgan bo‘lmasa, olti qit’aning to‘rt tomonida bizchalik alifbosini sevuvchi xalq yo‘q, ishonavering! Bir nazar tashlasak: arab alifbosiga, keyin lotin, undan so‘ng kirill, yana lotin alifbosiga, qo‘yingki, 1993-, 1995-yillardagi islohotlarni aytmaysizmi? Bir tilni sevish, bir alifboni ardoqlash shuncha bo‘ladi-da. Keyin surishtirib ko‘rsam, bir millatga Nobel berishmas ekan. Shu tilshunoslarimizni tavsiya qilaman. “Ular bir alifbo masalasida bir yoqadan bosh chiqarmayabdi-yu, Nobelni kimga olib berasan”, dersiz. Hech xavotir olmang, bu yog‘ini ham juda puxta o‘ylab qo‘yganman. Keyingi besh yillikda qaysi tilshunos alifboga yangi islohotni taklif qilsa, o‘shanga beramiz. Xalq-chi deysizmi? Hay-hay bo‘yingiz yetmagan joyga sakiramang-da, xavotir ham olmang men bildim. Momam bizni aldagan cho‘pchaklar bor-ku, o‘shaning boshqa variantini bizga aytib berishadi, shu-shu eski hammom, eski tos.
Axir, zamonga moslab alifbo yaratishimiz kerak, deb qichqirishyabti-ku, ziyolilar. Nima bo‘lganda ham, ular “ziyoli”, millatni alifbosi orqali dunyoga ko‘rsatmoqchi-da, qurmag‘urlar. Hali zamonaviy alifbo yaratib olaylik, hozir odamlar uchun emas, texnika uchun xizmat qiladigan alifbo yaratish zarur. Obbo, juda mijg‘ov ekansiz-da, hatto, rivojlangan Amerikada ham texnika ko‘p narsada qo‘l keladi. Manov inglizlar, ruslarning alifbosi to‘la elektronlashgan, shuning uchun bu tillar rivojlangan. Biz ham shuning orzusida deb o‘ylayman-da tilshunoslarimizni. Siz xavotir olmang. Xalq, ayniqsa, chekka qishloqdagilar bu alifbo haqida xabar topguncha hali o‘n yil o‘tadi. Ungacha biznikilar yangi o‘zbek tili alifbosining elektron variantini yaratadi yoki yangi alifbo borasida takliflar beradi.
Eski alifboda yaratilgan kitoblar-chi dersiz, qo‘yavering makulaturaga topshiramiz. Yurtimizda qog‘oz tanqisligi ko‘p muammo, balki shu munosabat bilan eski kitoblarni yangisiga almashtirarmiz. Ey aqlingga qoyil, dersiz. Bu mening aqlim emas, islohotni o‘ylab topganlarniki.
Gapning indallosi, siz shunday bo‘yin qisib tura-turing. Kimni aytardim, alifboni sevuvchi xalqni aytyabman-da...

Sardor Tolliboyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Abadiy

Chingiz Aytmatovdek inson hamisha ham tug‘ilavermaydi. Ikki elning sevimli adibiga aylanganini, eng asosiysi, bugungi yoshlarning, barchaning sevimli yozuvchisiga, tug‘ishgan ijodkoriga aylanib qolganini qaysi o‘zbek bilmaydi deysiz.

Islom Karimov

"Yoshlik"2017/12

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Тошкентда 11-12 декабрь кунлари “Жадидлар: миллий ўзлик, истиқлол ва давлатчилик ғоялари” мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтмоқда.

Тадбирнинг мен учун асосий янгиликларидан бири маърифатпарвар олим Маҳмудхўжа Беҳбудийнинг неваралари Шоҳруҳхон Беҳбудий билан суҳбат бўлди. Жуда самимий ҳамда камтар одамнинг ўзига хос принсипи бор экан. Гаплашиб турганимизда олдимизга бир журналист келиб:
— Сиздан интервю олсам майлими?
— Хўп, фақат тайёрланиб олишим керак. Асосан рус тилида гапириб катта бўлганман, фикрларимни жамлаб олсам.
— Жуда, яхши. Рус тилида берсангиз ҳам бўлади. Ўзимиз таржима қилиб оламиз.
— Ия, мен Маҳмудхўжа Беҳбудийнинг авлодиман, ўзбек тилида гапирмасам уят бўлмайдими?

Журналист индамай кетди. Akram Xamraqulov

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adib_ijodxonasi

Shaxs qani? O‘zlik qani?

Jahon adabiyoti erishgan badiiy mahorat maktabini o‘rganish o‘rniga “chaqqonlik” qilib, “bolta bilan” adabiyot maydoniga kirish kayfiyatida bo‘lgan “ijodkor”lar soni ortib borayotgandek taassurot uyg‘onadi. Buning ustiga, yuzta ijodkorning yuzta kitobini yig‘ib o‘qishga tutunib ko‘ring: barchasi bir rang, bir ohangda. Shaxs qani? O‘zlik qani? Oddiy kishilar, hatto adabiyot muallimlarini qo‘ying, adabiyotshunoslar, yozuvchilar kitob emas, kundalik adabiy nashrlarni kam o‘qishyapti. Buning natijasida adabiy savod ancha past ekani sezilyapti. Deylik, buyuk Alisher Navoiyning bir g‘azalini o‘qib bahramand bo‘lish (maza qilish, badanning yayrab rohatlanishi) uchun, eng avval, u nima deyayotganini tushinish kerak.

Omon Muxtor

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun taniqli shoir Shodi OTAMUROD tavallud topgan kun!

Shodi
OTAMUROD – 1978-yili Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Sog‘inch ranglari” hamda bolalarga atalgan “Muloyim mushuk”, “Umr o‘tib boradir, gulim” nomli she’riy to‘plami nashr etilgan.

Hol

Vo ajab, ko‘nglimdan ohlar o‘tgaydir,
Shu ohlar meniki zorlari bilan.

Yana gunoh qilsam, xudo, kechirgin,
Shu jazo meniki dorlari bilan.

Tog‘lar qizg‘anmaydi mendan o‘zini,
Shu tog‘lar meniki qorlari bilan.

Men ham turibman-ku qatoringizda,
Shu qator meniki norlari bilan.

O‘zi eslatgaydir insonligimni,
Shu g‘urur meniki orlari bilan.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал