yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Anglam

hijrat
(termalarga tatabbu)
attanglar uxlab yotar,
xarsanglar uxlab yotar,
satanglar uxlab yotar,
vatan ketib boradi.

hijrat zamoni yetar,
imkonlar qoʻldan ketar,
xoin murodga yetar,
vatan ketib boradi.

zaharlanadi muhit,
qargʻar bobolar ruhi,
jadidlarning anduhi –
vatan ketib boradi.

yerning dini oʻzgarar,
qilich qini oʻzgarar,
ogʻa, ini oʻzgarar,
vatan ketib boradi.

har qadaming poyloqchi,
sarhadda yotlar soqchi,
qol deguvchi zot taqchil,
vatan ketib boradi.

tilni egasi zoʻrlar,
tomosha qilar koʻrlar,
figʻon falakka oʻrlar,
vatan ketib boradi.

borar manzilin aytmas,
na xorijmas, na saytmas,
ketar, ortiga qaytmas,
vatan ketib boradi.

qaytarguvchi bir zot yoʻq,
haydagich koʻp, imdod yoʻq,
atar, minar bir ot yoʻq
vatan ketib boradi.

bulutlarga toʻqnashar,
oy-u yulduzdan oshar,
bilmam, qaylarga shoshar,
vatan ketib boradi.

er qolmas, qullar qolar,
mardikor, tullar qolar,
egasiz gullar qolar,
vatan ketib boradi.

xoinlar haydab solar,
qilich zabtiga olar,
mungʻayib bir el qolar,
vatan ketib boradi.

Faxriyor

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adabiy_gurung

Uch funt…
Bir yosh nemis yozuvchisi ko‘pchilik oldida maqtandi:
– Men Aleksandr Fon Gumboltdan atigi uch funt yengil ekanman.
Davrada mashhur yumorist Moris Safir ham bor edi. U dedi:
– O‘sha uch funt miyangizga taaluqli bo‘lsa kerak.

“Yoshlik”/1982-yil 9-son

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Bu jurnalni kim o'qigan?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_qalbi

Onamning peshonasi

Uyquda edimmi,
qimirlabdi Yer…
Bir chiziqni ko‘rdim shiftda ajinday.
Onam taskin berib,
kuyunmagin der:
Dunyoning ishlari hamisha shunday.

Nogoh ming chiziqni bir joyda ko‘rdim,
Ajinday darz ketdi ichimda so‘zlar.
Xudodan yashirib, nima ham qildim,
Onam peshonasi edi u, do‘stlar…

Bobur Elmurod

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Farrux Hasanov – 1995-yili 6-dekabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumantda tug‘ilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Ichkari” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.

Sabr

soʻz bitadi koʻzlarimga ishq
xotirotdan toʻrlab yosuman
xayolimga botiradi tish
sen bor tushlar ichra osuda

kechar umrim bargdek asabiy
choʻkib tushar ruhim toliqqan
umidsizlik bir dahriy kabi
chiqib qolar yomonotliqqa

ne istigʻfor qutqarur oxir
qay shaklda boʻladi tuzoq
urugʻ bersa bepusht xavotir

duoga toʻldirib qoʻlimni
faqat joiz boʻlar yukunmoq
faqat eslash mumkin oʻlimni

Xulosa

Men – kurashlar ichra yashayotgan hur,
Yuragimda fotih tig‘ga tavajjuh.
Axir oson emas yashamoq axir –
Idrok va hissiyot aro talosh tug‘.

Qanday kuch mujassam tayanch nuqtada,
Bitilgani sayoz, bashorat teran.
Tafakkur dunyoni bilgan nuktadon,
Ko‘ngil hali dinga kirmagan eran.

Ne isyon erur bu,
Bu kurash nima –
Bayrog‘im moviy qon, tig‘im zulfiqor.
Menga tus berguvchi har bir kechinma
Tun misoli ezgin, tongdek zulxumor.

Ikki taraf endi bu dunyo malol,
So‘roqlar (?) dol bo’lib yaralar – nayza.
Tafakkur shaklida essa gar shamol,
Dinning sur’atida tebranar maysa.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hayrat

...Yurtma-yurt, elma-el, farsax-bafarsax
Umrim dovonlarin o‘lchab yuribman.

Abdulla Oripov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Shoirlikni ayirboshlash

(Shukur Qurbon hikoyasi)

Sho‘rolar davri edi. Bosh muharrir huzuriga kirib, jurnalimizning navbatdagi sonlaridan birida shoir Rauf Parfining yangi she’rlarini tayyorlash niyatida ekanimni aytdim. Boshliq ro‘yxushlik bermadi. Keyingi gal iddao qildi:
– “She’rxonlik bilan shug‘ullanmaslik” haqida ko‘rsatma olganmiz. Qolaversa, kallam joyida – yelkamda turishini istayman.
Rauf aka bilan keyingi yuz ko‘rishganimizda bu haqda yorilmay turolmadim. So‘zimning oxirida qo‘shimcha ham qildim: “Qanday ilmli, qanday talantli” deyishardi u haqda gap ketganda. Menga ham shunaqa tuyilardi.
Shunda Ustoz bir og‘iz so‘z bilan meni tinchitdi – qo‘ydi:
– Shukurjon, shoirligini bosh muharrirlikka ayirboshlab yuborgan odamdan nimani kutasizu, nimaga xafa bo‘lasiz?

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Nasr

Imom Moturidiy. Roman

Quyosh Qorabo‘rk qoyasi qiyasidan go‘yo qimtinibgina mo‘raladi. Uning iliq nurlari olacha to‘nga o‘rangan, zarang tayoqqa xayolchan suyangan bir tutamgina et-suyakka xush yoqdi. Boshidagi gumbazsimon qalpog‘ini manglayidan andak surib qosh-ko‘zlarini silab qo‘ydi. Qator dov-daraxtlar ortidagi yalanglikka yoyi­lib ketgan o‘n-o‘n besh chog‘li qo‘y-qo‘zisi tomon yurindi.

Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#fikr

Hikoya haqida

Chamasi, hikoya yozishdan koʻra, hikoyaning õzini yozish qiyin emas ekan, sababi - hikoyangdagi qahramonlar ham, ular xatti-harakati, ana shu harakatdan kelib chiqadigan ma'no ham õzingniki boʻladi, bularning hammasi, Annenkov aytmish "qanoting ostida" turadi. Yozganda ham, yozayotganda ham õzingni erkin his etasan, nafsilambiri, ruslar "kitob õzi uchun õzi kabi javob beradi" deganlaridek, hikoyaning õzi ham har bir asar kabi õziga xos bir olam, sen - yozuvchi - ana shu olam ustida turib, undagi õzing "bino etgan sarguzashtlarni, Flober aytmish "insonlar taqdirini kuzatuvchi Xudo singari kuzatasan", lekin albatta, ular ishiga hadeb bosh suqaververmaysan.

Shukur Xolmirzayev,
Õzbekiston xalq yozuvchisi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hajviya

Odam qanday qariydi?

Bir kuni ovulda ma’raka bo‘ldi. Pishqirib turgan sur eshagim bor edi, o‘zing ham bir-ikki marta ko‘rgansan. Shu jonivorni egarlab, ma’rakaga minib bordim. Uyning oldidagi stolda Pirimbet, Gulman, Sherboy – uchalasi o‘tirgan ekan. Darvoqe, sen ularni tanimaysan.
– Senda o‘g‘il yo‘qmi? – dedi Pirimbet.
– Xudoga shukr, bor, – dedim qovoq uyib.

Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bitik

Baxtlidir ul shoir, koʻzyosh, tabassum
She’rida bir yoʻla topsa tajassum.

NIKOLA BUALO

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

So‘nggi saboq

Bechora! U oxirgi dars sharafiga o‘zining bayramona liboslarini kiygandi; orqa o‘rindiqlardagi qishloq odamlarining nima uchun bu yerga to‘planishganini endi tushundim. Ular maktabga tez-tez kelib turmaganliklaridan afsusda edilar. Yuz-ko‘zlaridan muallimning qirq yillik halol xizmati uchun minnatdorlik bildirayotganga o‘xshab ko‘rinishardi…

Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Istak

Shunday do‘sting bo‘lsa, qayerda yurma,
Borligini doim his qilib tursang.
Va yo shunday sevsang, qayga yuz burma,
Faqat u ko‘rinsa, bir uni ko‘rsang.

Baxtli sezar eding o‘zingni butkul,
Tonglar otar edi sen uchun mahtal –
“Vatan nima?” desang, oh, yonib gul-gul
Yuraging so‘zlasa tilingdan avval…

Shohsanam Nishonova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Истайманки, ҳамма рост гапирса – Шукур Холмирзаев

📌 Бизга етишмай келаётган нарсалардан энг муҳимлари – ижодда ҳалоллигу ҳаётда мардликдир.

Oʻz: http://oyina.uz/uz/article/2074

Ўз: http://oyina.uz/kiril/article/2075

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

* * *
Toshdan qattiq ekan tiriklik,
or-nomusdan zo‘r ekan o‘lim.
Gadoga bir dirham uzatsam,
o‘ng qo‘limni sezdi chap qo‘lim.

Xudbinlikda yo‘qmi chegara –
bilmam, qachon tugaydi bari.
Seni topib olardim, ishon –
ketsaydim sal o‘zimdan nari…

Alisher Narzullo

Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Suhbat

– “Yig‘lab kelamiz, yig‘latib ketamiz – kulib yashamoqdan o‘zga chora yo‘q”. Bu Sharof Boshbekovning hayotdagi shiorimi yoki ijoddagi?
– O‘zbek xalqining boshidan ko‘p sinovlar o‘tgan. Avval Iskandar Zulqarnayn bosqini bo‘ldi, keyin arablar, so‘ngra mo‘g‘ullar va, nihoyat, o‘rislar bosqini. O‘zbekning tinka-madori quridi, holdan toydi. Shuning uchun ham musiqalarimiz g‘amgin va mungli. Shu sababdan ham hind filmlarini tomosha qila turib ho‘ng-ho‘ng yig‘laymiz.
Yig‘lab tug‘ilamiz, kimdir o‘lsa, yig‘laymiz, hayotning o‘zi g‘irt g‘am-tashvish, xullas, hamma yoq qorong‘ilik. O‘sha zulmatni yorib chiqadigan bir nur ham bo‘lishi kerak-ku! Shu sabab yozganlarimning aksariyati komediya. Yuqorida keltirgan iborangiz ijoddagi shiorim bo‘lsa kerak.

Suhbatdosh Muhiba Ismatullayeva
“Yoshlik” jurnali, 2019-yil, 8-son

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#41_yosh

Bugun jurnalimiz – 41 yoshga to‘ldi!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Imkon

Har bir narsa o‘z qo‘limizda! Respublika bo‘yicha o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Tanlovda ishtirok etayotgan yoshlar yaxshi bilishadiki, tanlov uchun kitoblar bilan bir qatorda “Yoshlik” jurnali ham o‘qishga tavsiya etilgan. Shuning uchun, tahririyat tomonidan “Yoshlik” jurnali kanaliga 100 nafar odam qo‘shib hamda uni skanerlagan holatda quyidagi raqamlarga: +998946020563, +998939030354 telegram orqali tashlasa, jurnalning 2023-yilgi sonlari sovg‘a sifatida beriladi.
Bee’tibor bo‘lmang! Birgina savolning javobi orqali siz “Spark”ning kalitini qo‘lga kiritishingiz mumkin!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adabiy_gurung

Bu voqeani eshitganmisiz?

Ingliz kinoaktyori Genri Irving o‘z hayotida bo‘lib o‘tgan qiziq hangomalarni do‘stlariga so‘zlab berishni juda yaxshi ko‘rardi. Bir kuni Mark Tven huzurida bir voqea to‘g‘risida hikoya qilarkan, yozuvchidan so‘radi:
– Bu voqeani eshitganmisiz?
– Yo‘q eshitmaganman, – dedi Mark Tven.
Irving hikoyasini davom ettirdi va birozdan so‘ng yana so‘radi:
– Janob Tven, nahotki bu voqeani eshitmagan bo‘lsangiz?
Mark Tven ikkinchi marta “yo‘q” deb javob bergandan keyin u yana hikoyasini davom ettirdi. Hikoyaning yana bir qismini aytib bo‘lgach, uchunchi marta so‘radi:
– Janob Tven, siz rostdan ham bu voqeani eshitmaganmisiz?
– Aziz Irving, men ikki marta hurmat yuzasidan sizga yolg‘on gapirdim. Kechirasiz, uchunchi marta yolg‘on aytishga tilim bormayapti. Bu hikoyani bundan bir necha yil avval o‘zim yozganman.

“Yoshlik”/1982-yil 9-son

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Bu jurnalni kim o'qigan?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mulohaza

MUTOLAA MAKTABI: SO‘FIYONA ISTILOHLARNI O‘RGANAMIZ

Orif qalbidagi jilva, nur bu – qalbning o‘zidan taralayotgan nur emasdir, aks holda bu nur dunyodagi narsalarning taratayotgan nuriga o‘xshab qolardi. Yo‘q, orif qalbidagi nur, bu – Alloh tajalliysi.

Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Yo‘q

Shodmonqul Salomga

Yer dardidan yaralganman,
Tuproqdan o‘zga yo‘rgak yo‘q.
Yakunim ham zamin erur,
Zamindan o‘zga falak yo‘q.
Ruhim bir gulrux izmida,
Tanamdan o‘zga halak yo‘q.
Olov o‘ynar yuragimda –
Onamdan o‘zga sergak yo‘q.
Sirqiratar qo‘hna og‘riq,
Titroqdan o‘zga so‘ngak yo‘q.
Nur yo‘liga ko‘z tutaman,
Zulmatdan o‘zga darak yo‘q.
Qismat chalar oyog‘imdan,
O‘zimdan o‘zga tirgak yo‘q…

Alibek ANVARIY

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Insof

Bir gal Rauf akaning qo‘liga yaxshigina pul tushadi. U turk shoiri Nozim Hikmatning yirik asarini tarjima qilib, mo‘maygina qalam haqi oladi. Tabiatan saxiy bo‘lgan shoir bu pulni ijarada turadigan uyining tokchasiga ochiq-sochiq tashlab qo‘yadi. Kunda shunda shogirdlariga qancha pul kerak bo‘lsa bemalol olaverishlari mumkinligini aytadi. Shogirdlar bu muruvvatni suiste’mol qilishmaydi, faqat yo‘lkira va ovqatga loyig‘ini olib turishadi.
Bir kuni ijaraxonaga Rauf akaning yaqin do‘sti, taniqli shoir Cho‘lpon Ergash kelib qoladi. Tokchadagi pulni ko‘rib, ko‘zlari o‘ynab ketadi.
– Oling do‘stim, qancha kerak o‘zi? – iltifot qiladi Rauf aka.
– Menga sal... ko‘proq kerak edi-da.
– Masalan, qancha?
– Masalan, besh yuz so‘m!
– Yo‘q do‘stim, buncha pulni berolmayman, agar uch yuz so‘m bo‘lsa, mayli, oling.
Shunda Cho‘lpon Ergash do‘stini lol qoldirib, shunday iddao qiladi:
– Sizda insof bormi o‘zi?..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Bu jurnalni kim o'qigan?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun yosh shoir Shahobiddin Luqmon tavallud topgan kun!

Shahobiddin Luqmon 2000-yili 1-dekabrda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini tamomlagan.


* * *
Qon sachrar tanimga,
Hansirar g‘azab.
Ko‘zimning oqida oqar qon daryo,
Deraza oynasi qip-qizil,
Yoriqlardan sizadi...
To‘ymayman.

Bir alvon ko‘rimga keladi dunyo.

Bir jirkanch iljayar uzilgan boshlar,
Ko‘zlarda ko‘rinmas zarra talvasa,
Ko‘rinmas bir umr — yarq etgan vijdon,
Ko‘rmoq istayman!

Barmoqqa yopishar quyuqsigan qon,
Sukutni parchalar tamshangan lablar.
Gʻimirlar, tinmaydi burda-burda losh,
Cho‘zilar uzilib yotgan kekirdak.

Faqat menga yetmayin nafas,
Pajmurda tus olar, oqarar tanam...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnali_arxividan

Shu jurnalni o‘qiganlar orangizda bormi?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlik_kelajakning_xaloskoridir

INJU DIYOR UCHUN

Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.

Yoshlik – bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik – kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.

Mo‘tabar onalar – xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir – yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.

Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.

Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.

1983-yil, noyabr

Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yondaftar

***
Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgan tanqidchi qo‘rqoq qorovulday har sharpadan cho‘chib shaqildoq chalaveradi.

***
Muhabbat – dutor, ehtiyot qilib tutmasang, tob tashlaydi.

***
Oramizda faqat bitta kelishmovchilik bor: u mendan keyin o‘lishni, men undan keyin o‘lishni istamayman.

“Yoshlik” jurnali 1985-yil 8-son. Kibriyo Qahhorova “Chorak asr hamnafas”.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikhurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Mukofot qachon beriladi?

Tohir Malik bir zamonlar atoqli adib Pirimqul Qodirov boshchiligidagi Davlat mukofotlari qo‘mitasida xizmat qilgandi. Pirimqul aka ish yuzasidan arzimas narsalarni ham so‘rayverib, xodimini bezor qilardi. Bir kuni vaqt allamahal bo‘lganda rahbar Tohir Malikning uyiga yana telefon qiladi. Adib ensasi qotib, ustozga e’tiroz bildiradi:

– Pirimqul aka, hozir ancha kech bo‘lib qoldi, men dam olayapman. Hukumat qoq yarim tunda hech kimga mukofot bermaydi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mehr

Kim qanday o‘ylaydi?!

Farzandlari yoki nabiralari ta’limi va tarbiyasiga pul va vaqt sarflamagan odamning puli va vaqti ko‘pga o‘xshaydi, u bemalol qimmat kiyim kiyadi, tansiq taom yeydi, choyxonada soatlab yonboshlab narda o‘ynaydi, Chodakka borib dam olib keladi.
Agar inson farzand va nabiralari ta’limi va tarbiyasi uchun vaqt va pul sarflasa, bo‘sh vaqti va puli kamdek tuyuladi.
Bizlar bola tarbiyasidan iqtisod qilgan pulimizga maishat qilamiz va yaxshi yashayapman, deb o‘ylaymiz.
Ongimizning katta qismini mangu muzliklar qoplagan.

Rahimjon Rahmat

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал