#Koordinatorlar_faoliyatidan
#17_noyabr_Xalqaro_talabalar_kuni
Talabalar o‘rtasida “Munozara” bellashuvi o‘tkazildi.
✨Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi tomonidan 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Munozara” bellashuvi o‘tkazildi.
📚Bellashuv jarayonida talablarning “Suv resurslarining kamayishi aholi oʻsishi bilan bogʻliq”; “Sun'iy intellekt ayrim kasblar qisqarishiga sabab boʻladi” mavzularida bilimdonlik va tezkor fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
"Ochiq eshiklar kuni"
👮♀️Milliy Gvardiyaning Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tadbir davomida IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchi yoshlari Qo‘riqlash xizmati faoliyati, xodimlar uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va xizmatning psixologik jihatlari bilan yaqindan tanishib o‘tdilar.
⚡️Qo‘riqlash boshqarmasi mutaxassislari o‘quvchilarga o‘zlarining kundalik ish faoliyatlarini, zamonaviy texnika va uskunalar bilan ishlashdagi tajribalarini taqdim etishdi.
🎗️Shuningdek, psixologlar jamoaviy ishlash va stressga bardosh berish bo‘yicha o‘quvchilarga muhim ma’lumotlar berib, huzurlaridagi ishlarning murakkabligini tushuntirdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarga kasblar va mutaxassisliklar haqidagi tushunchalarini kengaytirishga va ularni kelajakdagi ish hayotiga tayyorlashga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🤝"Komandir va yoshlar uchrashuvi"
⚡️Andijon viloyati Xonobod shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda bugun "Komandir va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Xonobod shahar hokimligi hamda Andijon harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga harbiy qismga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha biriktirilgan mahallalar istiqomat qiluvchi yoshlari taklif etildi.
🗣️Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarga berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha o‘z maslahatlarni berib o‘tdilar. Shundan so‘ng yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Rahbar xodimlardan javob oldilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Tabrik
🙋 Hurmatli Kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari,
📍 Sizlarni kasaba uyushmalari harakati uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlaringiz jamiyatimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega.
👤 Sizlarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va ish faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qilgan mehnatingiz bardavom, sa’y-harakatlaringiz esa jamiyatimiz farovonligiga xizmat qilishda davom etsin!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
📚"Andijon viloyati IIB xizmat sohalari va barcha shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarida kitob yarmarkalari tashkil etildi"
✅ Yangilanayotgan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetini kuchaytirish, kasbiga sadoqat va fuqarolik burchini vijdonan ado etishga qaratilgan bir qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Xususan, ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi talablarini bajarish hamda shaxsiy tarkibning huquqiy, siyosiy, ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish maqsadida Andijon viloyati IIB xizmat sohalari va barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida “Kitob” savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🧮 3-4 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida “Mental arifmetika” bo‘yicha o‘tkazilgan jahon olimpiadasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jajji bolajonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎗️Andijon shahridagi “Bilimdonlar” maktabgacha va maktab ta’lim muassasasida “Men shu yurt farzandiman” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
🎉Tadbirda Andijon garnizoni harbiy orkestri hamda faxriy qorovul vzvodi jamoalarini ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. G‘olib bolajonlarni diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#HuquqiyYangiliklar #ZulfiyaMukofoti
🗣Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
🇺🇿 Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024 y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.
🙋 Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
🗒 Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
👥 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➡️ tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
➡️ respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
🥇 Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
🎉 Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
🏆Kubok sohibi aniqlandi!
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” uchun gandbol musobaqalarining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Natijalar bilan tanishing:
1-o‘rin: Andijon viloyatining “Obod turmush” mahalla jamoasi;
2-o‘rin: Jizzax viloyatining “Sovungarlik” mahalla jamoasi;
3-o‘rin: Toshkent shahrining “Dilbuloq” mahallasi jamoasi.
Ayni vaqtda g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Live
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Andijon yoshlari bilan ochiq muloqotni boshladi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🎉Andijonda g’alaba!
🤾🏻Samarqandning “Hofiz Sheroziy” mahallasi bilan bo’lgan qizg’in bahs yakunlariga ko’ra 28:19 hisobida Andijonning “Obod turmush” mahallasi jamoasi g’alaba qozondi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🤾 Gandbolda D guruhi bahslari boshlandi
🖐 Ayni daqiqalarda Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Buxoroning "Oqshix" va Surxondaryoning "Jayhun" mahallasi jamoalari o'zaro bellashmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Live
⚡️ Ayni daqiqalarda Andijon shahridagi muhtasham Universal sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Koordinatorlar_faoliyatidan
✅"Talaba yoshlar o'rtasida Tafakkur o'yini tashkil etildi"
💠Bundan asosiy ko'zlangan maqsad intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish nazarda tutilgan.
#Live
🇺🇿 Ayni daqiqalarda Andijonda O’zbekiston bolalar tashkiloti boshqaruv Kengashi raisi Xasanboy Nabiyev hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi Akmaljon Tangirqulovlarning ta’lim muassasalaridagi o’quvchi yoshlari bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
"Paxtaobodda rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi"
✅ Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha tashkilot rahbarlari birdek mas’ul etib belgilangan. Andijon viloyatida ham huquq-tartibot hamda mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, tizimli ish tashkil etib kelinmoqda.
🏷Ayni shu maqsadda Paxtaobod tumanida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi Shoyatbek Babayev hamda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Azizbek Atayevlar tumandagi 200 nafardan ziyod otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashishdi.
🏷Ochiq muloqot tarzida, samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, qiynayotgan muammolar va amalga oshirishni istagan takliflari bilan murojaat yo‘lladilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Andijon_yoshlari
#QVZ_ADTI
🏆"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
👉17-noyabr – Talabalar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi bilan institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
✅Uchta shart davomida jamoalar o‘zlari tayyorlagan ijod namunalari bilan bor mahoratlarini namoyish etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir chiqish munosib baholandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
👨🎓"Andijonda talabalar haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda"
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon davlat pedagogika instituti hamkorligida Talabalar haftaligi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🤝Uchrashuvda viloyat Kengashi raisi A.Tangirqulov, Andijon pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Parpiyev, harbiylar, pedagog ustozlar va talaba yoshlar ishtirok etdilar.
🎗Tadbir davomida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va talabalarning bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdagi hissasi uchun institut rahbariyati va bir guruh yoshlar viloyat Kengashining tashkkurnomasi bilan taqdirlandi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tomonidan taqdim etilgan 400 turdagi kitoblar jamlanmasi hamda tashakkurnomasi institut kutubxonasiga yetkazildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
👨🎓Talabalar haftaligi doirasida tadbirlar davom etmoqda!
✅Bugun Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamkorligida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Kreativ tadqiqotlar va innovatsiyalar, Yangi O‘zbekiston va jahon tajribasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy talabalar forumi o‘tkazildi.
🎗️Forumida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidagi O‘sh davlat universiteti talabalari, yosh olimlar hamda bir qator hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🤝Harbiy xizmatchilar bilan davra suhbati
👉 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi Safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni, Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda "Shaxs psixodiagnostikasida proaktiv metodlardan foydalanish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
🎗 Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i I.Abduholiqov, Andijon shahridagi Safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni komandiri O‘.Baxramov, Andijon davlat universiteti psixologiya fanlar bo‘yicha professor dotsent J.Axmadaliyev hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🗣 Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada o‘qish uchun 200 o‘rinli to‘liq moliyalashtiriladigan Clarendon granti
📌 Talablar:
➡️ Nomzodlar 2025-yil 15-yanvarga qadar Oksford universitetidan o‘zlariga tegishli yo‘nalishni tanlab hujjat topshirishgan bo‘lishlari lozim;
➡️ Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikat bali nomzod topshiradigan yo‘nalishiga bog‘liq;
➡️ akademik ko‘rsatkichi yuqori, faol va harakatchan bo‘lishi kerak.
🎓 Foydali tomonlari
➡️ Shartnoma pulidan ozod qilinadilar;
➡️ Talabalarga o‘qish davomida stipendiya beriladi;
➡️ O‘qish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi.
🙋 Eslatma: oxirgi muddat yo‘nalishga qarab farq qilishi mumkin!
🖋 Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
👮♀️Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha inspektor-psixologlarning qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
🇺🇿Ushbu muhim tadbirga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Andijon harbiy prokuratura, Milliy gvardiya xizmatchilarining oila a’zolari, hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
🎉Marosimda qasamyod qabul qiluvchi psixologlar harbiy hayotga va xalqimizga sadoqatli xizmat qilishga barcha kuch va imkoniyatlarini sarf qilishga va’da berishdi, harbiy orkestr tomonidan jamoa kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🏆“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” gandbol musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur musobaqalar yurtimizning barcha hududlaridan minglab yosh gandbolchilarni bir maqsad atrofida birlashtirdi!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🏆 Andijon - chempion!
⭐️ Andijon “Obod turmush” 32:28 Jizzax “Sovungarlik”
🎉G’alaba muborak Andijon yoshlari!!!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
⚡️ Ayni vaqtda Andijon viloyatidamiz.
Obunachilarimiz ichida Andijonlik yoshlar ham bormi, bir jonli muloqot qilsak nima deysizlar?
Andijonda ham yoshlarimizga zamonaviy kasblarni, xorijiy tillarni o'qitish yuzasidan o'quv markazlari bilan muloqot qilmoqchimiz. Shuningdek, talabalar, yosh tadbirkorlar va tashabbuskor yoshlar bilan 16:00da Andijon davlat chet tillari institutida ko'rishib olmoqchimiz.
Savollaringiz bo'lsa, izohlarda mas'ullar javob berishadi. Uchrashuv hamma uchun ochiq, hech qanday ro'yxatdan o'tish shart emas.
P.S. Qaysi o'quv markaziga yoki yosh tadbirkorlar subyeklariga borsak bo'ladi?
#Live
🔥 Ayni daqiqalarda gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi B guruhi doirasida Andijonning “Obod turmush” mahallasi hamda Samarqandning “Hofiz Sheroziy” mahallalari o’rtasidagi bahslar bo’lib o’tmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🏆 Final musobaqalariga start berildi
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi A guruhi doirasidagi o’yinlarga start berildi.
⏰ Andijon shahridagi Universal sport majmuasida Toshkent shahrining “Dilbuloq” mahallasi hamda Qoraqalog’iston Respublikasining “Sari oltin” ovuli jamoalari maydonda bellashmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🔥 Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi ishtirokchilari kutib olindi.
#fotoreportaj #beshtashabbusolimpiadasi #gandbol #final
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
✅Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida yoshlar uchun sportning "Kamondan otish " turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
🇺🇿Milliy gvardiyaning Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi hamkorlikda tashkil etgan ushbu tadbir doirasida mahorat darslari va sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🤝Musobaqada yoshlar o‘z merganlik mahoratlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, qatnashchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Tangirqulov Akmaljon Abdulhay o‘g‘li Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati etib saylandi.
🎉O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi jamoasi hamda viloyat yoshlari nomidan A.Tangirqulovning kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
📢 “Bolalar harakati” sardorlar saylovi boshlandi!
✅29-oktabrdan butun Respublikamiz bo’ylab Oʻzbekiston bolalar tashkilotining “Bolalar harakati” sardorlar sayloviga start berildi.
📍Andijon viloyat Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabda ham saylov yuqori kayfiyatda o’tkazildi.
Barcha bolalarni saylovlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram