#rahbar_va_yoshlar
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
🤝Jalaquduq tumani uyushmagan, otaliqqa olingan va harbiy qismga biriktirilgan yoshlari bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
🇺🇿Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Andijon garnizoni boshlig‘i, 34241 harbiy qism qo‘mondonligi, Jalaquduq tuman yoshlar agentligi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, muddatli harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
🎤Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
🎁Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#saylov_2024
#kelajak_uchun_ovoz_beraman
“Yosh saylovchi sayli”
🎞️ Andijon davlat pedagogika institutida “Saylov va yoshlar” targ‘iboti loyihasidan videolavha.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#saylov_2024
#kelajak_uchun_ovoz_beraman
“Yosh saylovchi”
🎉Andijon davlat pedagogika institutida “Yosh saylovchi” sayli tashkil etildi. Ushbu tadbirda institutning talaba yoshlari faol ishtirok etdi.
📝Jumladan: o‘quv seminari, Munozara, Bilasizmi? viktorinasi, Zakovat, Ibrat farzandlari, Mutolaa taqdimoti, Ustoz Al taqdimoti, Qizlar akademiyasi, ( shaxmat, Valeybol), kabi intelektual va sport tadbirlari bo’lib o’tdi. Tadbir yakunida talaba yoshlar uchun ma’daniy dastur, ( galakonsert ) tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
ANDIJON AXBOROTI | SAYLOV JARAYONLARIDA HARBIYLAR ISHTIROKI YUZASIDAN TRENING O'QUV MASHG'ULOTI 17.10.2024 YIL
Telegram | AndijonVTRK">Youtube | Instagram | Facebook
#Saylov_2024
#jarayon
#Andijonyoshlari
✅”Saylov va yoshlar” o‘quv seminar”
DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda "Saylov va yoshlar" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
♻️Saylov komissiyasining trenerlari tomonidan aralash saylov tizimi, saylov kodeksidagi o‘zgarishlar hamda yangiliklar bo‘yicha huquqiy tushunchalar va ko‘nikmalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
Andijonda “Polo sporti” bo‘yicha vodiy birinchiligi
👉 Milliy gvardiya Andijon viloyati chavandozlar maktabida vodiy ot sportining "Polo" turi bo‘yicha mo‘jizaviy vodiy birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Andijon harbiy prokuratura, Viloyat ichki ishlar, Qo‘riqlash boshqarmasi va viloyatimizdagi maktab o‘quvchilari, shuningdek, uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
🔰Musobaqaga o‘zgacha ruh bergan harbiy chiqishlar va xizmat itlari, ishtirokchilarning ishtiyoqiga ta’sir ko‘rsatdi yuksak kayfiyatni yaratdi.
🥇Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan viloyati jamoasi 3-o‘rin, Farg‘ona viloyati jamoasi 2-o‘rinni, faxrli 1-o‘rin esa Andijon viloyati jamoasiga nasib etdi.
🎗G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi shu bilan birga respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Yoshlar_harbiy_qismda
#Andijonyoshlari
“Ochiq eshiklar” kuni
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism qo‘mondonligi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” shiori ostida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
👉 Yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnikalar va harbiy anjom- aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. So‘ng Andijon garnizoni harbiy orkestr jamoasini hamda Faxriy qorovul vzvodini ko‘rgazmali chiqishlar uyushtirishib, yoshlar e’tiboriga havola etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
“Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi!
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahrida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi Andijon viloyat Faxriylar Kengashi bilan hamkorlikda yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat” mavzusida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.
⚡️Ko‘zlangan maqsad Hozirgi kunda Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlarni yetkazish, harbiy xizmatchilarda milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoiy, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashdir.
🗣️Qizg‘in olib borilgan “Uch avlod” uchrashuvi davomida, yoshlar vatanga bo‘lgan sof his-tuyg‘ulari va vatan oldidagi burchini ado etish maqsadida yurti va millati uchun so‘nggi nafasi qolguncha xizmat qilishga va’da berishdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Yoshlar_yili
#Biznes_marafon
✨ Andijon davlat pedagogika institutiga “Biznes marafon”
5-mavsumining mehmonlari tashrif buyurdi.
⚡ Unda mehmonlar institutning iste’dodlik yoshlari bilan uchrashib hamda institutning boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tomonidan tashkil etilgan "Talaba Parti" va "Talabalar oqshomi" konsert dasturida ishtirok etishdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🔥 Ayni paytda Andijonda “Biznes marafon” tadbiri qizgʻin davom etmoqda…
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🏅“Vatan tayanchi" otryadi a’zolariga ko‘krak nishoni topshirildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq "Vatan tayanchi" otryadi a’zolariga ko‘krak nishoni va sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎉 Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik B.Zulfiqarov ishtirok etib, ko'krak nishoni sohibi bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etdi.
🥁Tadbir yakunida harbiy orkestr jamoasi hamda faxriy qorovul vzvodining ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#HuquqiyYangiliklar
❗️ Kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni internetda tarqatganlik va reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilandi
🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🗒 Unga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalangan holda muomalaga kiritganlik va ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
👥 Shuningdek, ushbu moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
🚫 Bunday harakat ma'muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan taqdirda, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanishi belgilandi:
➡️ BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;
➡️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
➡️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➡️ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
➡️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
🖋 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
#AndijonYoshlarittifoqi
#Eko_obodonlashtirish
#Koordinatorlar_faoliyatidan
Siz ham planging eko-aksiyasida faol ishtirok eting!
🌱 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Talaba qizlar” koordinatori boshchiligida faol talaba-yoshlar tomonidan institutimiz hududida “Hayot uchun joy ajrating!” planging eko-aksiyasi tashkil etildi.
🍂 Ko‘ngilli talabalar atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashdilar, hamda institutimizni ozodaligi uchun o‘z hissalarini qo‘shdilar.
💥 Safimizga qo‘shiling, aksiyada faol ishtirok eting va atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
👋 Barchangizni ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
YOSHLAR HARBIY QISMDA
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism qo‘mondonligi bilan hamkorlikda “Men shu yurt farzandiman” shiori ostida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
👉 Tadbir davomida, yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi hamda davra suhbatlari o‘tkazildi, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🤝"Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi"
👨🏫Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev “Rektor va yoshlar” loyihasi doirasida Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.
🎉Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida rektor barchani hayotlaridagi yangi bosqich – talabalik atalmish davrga qadam qo‘yganlari bilan yana bir bor tabrikladi.
⚡️Shuningdek, institut rektorining talabalar bilan muloqotda ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyorligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.
👨🎓👩🎓Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarni bildirish bilan birga, o‘quv jarayonlari haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
✅ Saylovga tayyormisiz?
👥Aholi va yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, ularning saylovga oid bilimlarini tekshirish maqsadida O'zbekiston bolalar tashkiloti volontyorlari tomonidan "Saylov viktorinasi" o'tkazildi.
#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
Andijon mashinasozlik institutida Biznes seminar o'tkazildi.
#Foydali #TalabalarUchun
🎓 Talabalarga uyni ijaraga berishda soliq imtiyozi mavjud
📌 Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.
📍 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali (ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
🏆Andijonda “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
🇺🇿O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning qobiliyati va mahoratini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
⚡️Musobaqada yoshlar voleybol, arqon tortish, shaxmat, yong‘in o‘chirish estafetasi hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish turlari bo‘yicha bahs olib borishdi.
🎉Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
♟️“Aql gimnastikasi bahslarida g‘oliblar aniqlandi”
🤝O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Transport va logistika fakultetida sportning shaxmat turi bo‘yicha "Tafakkur shaxmat taxtasi" shiori ostida "Rektor kubogi" musobaqalari o‘tkazildi.
🇺🇿Prezidentimizning 2021-yil
14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada 60 nafardan ortiq aql gimnastikasi ixlosmandlari ishtirok etdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
✅Viloyat hokimi pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi
➡️Uchrashuvda viloyat rahbari mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, talaba-yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, xususan, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab, mazkur yo‘nalishda viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
➡️Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga doir rejalar, katta imkoniyatlar xususida atroflicha so‘z yuritib o‘tildi. Yoshlarning takliflari, fikr va mulohazalarini tinglandi. Muloqot davomidagi takliflar hamda fikr almashishlar ortidan bir guruh bitiruvchilar istaklariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilishi belgilandi. Shuningdek, faol talabalar rag‘batlantirilib, viloyat hokimi tomonidan ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
“Chegara oldi hududi yoshlari bilan uchrashuv”
🤝Chekka va chegara oldi hududlaridagi o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Milliy gvardiya, harbiy prokuratura hamda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tomonidan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
🗣️Izboskan tumanidagi Log‘umbek qishlog‘i Chekyor MFY hududi aholisi hamda 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va qurolli kuchlarimizga qiziqishni oshirish maqsadida katta tadbir o‘tkazildi.
⚡️Yoshlar uchun qurollar ko‘rgazmasi tashkil etilib, harbiy orkestr tomonidan muhim va kuchli musiqa namoyishlari taqdim etildi. Shuningdek, harbiy chiqishlar ham o‘tkazilib, o‘quvchilarga qurolli kuchlarimizning vazifalari va ahamiyati hamda sportning Kamondan otish turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab, ushbu sport haqida ma’lumot berildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Yoshlar_yili
#Biznes_marafon
#videolavha
✨ Andijon davlat pedagogika institutiga “Biznes marafon” 5-mavsumining mehmonlari tashrif buyurdi.
🎞️ Mehmonlar hamda talaba yoshlar ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirdan videolavha.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Yoshlar_yili
#Biznes_marafon
✨ Andijon davlat universitetida “Biznes marafon” 5-mavsumining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
⏺ Unda yurtimizning 6 nafar muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlari hamda 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.
👇 Marafonning qanday o‘tganligini quyidagi videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#Live
🗣️Andijonda Biznes Marafonning
5-mavsumi mehmonlari Andijon davlat universitetiga yetib keldi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
👨✈️Harbiy qism va muassasalardagi yoshlar ittifoqi yetakchilariga amaliy ko‘mak berildi!
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tomonidan Mudofaa vazirligi va DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida, harbiy qismlarda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot yetakchisining xonasi, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar, yosh harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yillik ish rejasining bajarilish holati ko‘rib chiqildi.
⚡️Aniqlangan kamchiliklarni boshqarma rahbariyati bilan tanqidiy muhokama qilinib, bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar hamda muddatlar belgilandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism qo‘mondonligi bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlarni Andijon davlat universitetida joylashgan "Qatag‘on qurbonlari muzeyi"ga sayohati tashkil etildi.
🖼️ Muzeyda harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilar ma’rifatparvar bobolarimizning hayoti va ijodi bilan bog‘liq bir qator eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#BiznesMarafon #Vodiy
🙋Vodiylik yoshlar tayyormisiz?!
👋 Orziqib kutilgan Biznes Marafonning navbatdagi manzili Vodiy viloyatlari boʻladi.
🏠 Uchrashuv manzillarimiz:
💳 8-oktabr 16:00da
📍 40.9960017,71.6729416,3007m/data=!3m1!1e3!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb4c06ab5b49c9:0xd657661edd9cedf5!2sYoshlar+Markazi!8m2!3d40.9960017!4d71.6729416!16s%2Fg%2F11c2p360jd!3m5!1s0x38bb4c06ab5b49c9:0xd657661edd9cedf5!8m2!3d40.9960017!4d71.6729416!16s%2Fg%2F11c2p360jd?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Namangan shahridagi viloyat Yoshlar markazida
40.9998172,71.5991532,19.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb4b54eb862641:0x82cf3abb3c1a9c40!2sViloyat+Madaniyat+Markazi!8m2!3d41.0002983!4d71.5984147!16s%2Fg%2F11p0bmykh2!3m5!1s0x38bb4b54eb862641:0x82cf3abb3c1a9c40!8m2!3d41.0002983!4d71.5984147!16s%2Fg%2F11p0bmykh2?entry=ttu">
💳 9-oktabr soat 15:00da
📍 40.7881207,72.3726618,3017m/data=!3m1!1e3!4m14!1m7!3m6!1s0x38bcec8187a14f81:0x82b53c72a937651f!2z0JDQvdC00LjQttCw0L3RgdC60LjQuSDQs9C-0YHRg9C00LDRgNGB0YLQstC10L3QvdGL0Lkg0YPQvdC40LLQtdGA0YHQuNGC0LXRgg!8m2!3d40.7881207!4d72.3726618!16s%2Fm%2F013228r0!3m5!1s0x38bcec8187a14f81:0x82b53c72a937651f!8m2!3d40.7881207!4d72.3726618!16s%2Fm%2F013228r0?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Andijon davlat universitetida
40.7947105,72.3469036,16.86z/data=!4m10!1m2!2m1!1sAndijon+shahri+Yoshlar+markazi!3m6!1s0x38bcecedbce65433:0xcfa397e64372cc42!8m2!3d40.7941911!4d72.3483789!15sCh5BbmRpam9uIHNoYWhyaSBZb3NobGFyIG1hcmthemmSARJ5b3V0aF9vcmdhbml6YXRpb27gAQA!16s%2Fg%2F11f3cs1cn3?entry=ttu">
💳 10-oktabr soat 15:00da
📍 40.5358305,70.9434728,16.03z/data=!4m10!1m2!2m1!1sQo%60qon++drama+teatri!3m6!1s0x38baeee0c7aa5b09:0x140a7598eb6751f!8m2!3d40.5359399!4d70.9496568!15sChRRb2Bxb24gIGRyYW1hIHRlYXRyaVoVIhNxbyBxb24gZHJhbWEgdGVhdHJpkgEXcGVyZm9ybWluZ19hcnRzX3RoZWF0ZXKaASNDaFpEU1VoTk1HOW5TMFZKUTBGblNVUmxhVWxQTldaQkVBReABAA!16s%2Fg%2F11c5h3rphw?entry=ttu">Qoʻqon shahridagi Drama teatrda!
🖋 Ro‘yxatdan o‘tish: 👉🏻 t.me/biznesmarafon_bot
🔎 Marafonda qatnashish mutlaqo bepul! O‘z kelajagingizni biz bilan yarating!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
⚡️ Vodiylik yoshlar tayyormisiz?!
💰 Orziqib kutilgan Biznes Marafonning navbatdagi manzili Vodiy viloyatlari bo'ladi.
Uchrashuv manzillarimiz:
🏁 8-oktyabr 16:00da
📍40.9960017,71.6729416,3007m/data=!3m1!1e3!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb4c06ab5b49c9:0xd657661edd9cedf5!2sYoshlar+Markazi!8m2!3d40.9960017!4d71.6729416!16s%2Fg%2F11c2p360jd!3m5!1s0x38bb4c06ab5b49c9:0xd657661edd9cedf5!8m2!3d40.9960017!4d71.6729416!16s%2Fg%2F11c2p360jd?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Namangan sahridagi viloyat Yoshlar markazida
40.9998172,71.5991532,19.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb4b54eb862641:0x82cf3abb3c1a9c40!2sViloyat+Madaniyat+Markazi!8m2!3d41.0002983!4d71.5984147!16s%2Fg%2F11p0bmykh2!3m5!1s0x38bb4b54eb862641:0x82cf3abb3c1a9c40!8m2!3d41.0002983!4d71.5984147!16s%2Fg%2F11p0bmykh2?entry=ttu">
🏁 9-oktyabr soat 15:00da
📍40.7881207,72.3726618,3017m/data=!3m1!1e3!4m14!1m7!3m6!1s0x38bcec8187a14f81:0x82b53c72a937651f!2z0JDQvdC00LjQttCw0L3RgdC60LjQuSDQs9C-0YHRg9C00LDRgNGB0YLQstC10L3QvdGL0Lkg0YPQvdC40LLQtdGA0YHQuNGC0LXRgg!8m2!3d40.7881207!4d72.3726618!16s%2Fm%2F013228r0!3m5!1s0x38bcec8187a14f81:0x82b53c72a937651f!8m2!3d40.7881207!4d72.3726618!16s%2Fm%2F013228r0?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Andijon davlat universitetida
40.7947105,72.3469036,16.86z/data=!4m10!1m2!2m1!1sAndijon+shahri+Yoshlar+markazi!3m6!1s0x38bcecedbce65433:0xcfa397e64372cc42!8m2!3d40.7941911!4d72.3483789!15sCh5BbmRpam9uIHNoYWhyaSBZb3NobGFyIG1hcmthemmSARJ5b3V0aF9vcmdhbml6YXRpb27gAQA!16s%2Fg%2F11f3cs1cn3?entry=ttu">
🏁10-oktyabr soat 15:00da
📍40.5358305,70.9434728,16.03z/data=!4m10!1m2!2m1!1sQo%60qon++drama+teatri!3m6!1s0x38baeee0c7aa5b09:0x140a7598eb6751f!8m2!3d40.5359399!4d70.9496568!15sChRRb2Bxb24gIGRyYW1hIHRlYXRyaVoVIhNxbyBxb24gZHJhbWEgdGVhdHJpkgEXcGVyZm9ybWluZ19hcnRzX3RoZWF0ZXKaASNDaFpEU1VoTk1HOW5TMFZKUTBGblNVUmxhVWxQTldaQkVBReABAA!16s%2Fg%2F11c5h3rphw?entry=ttu">Qo'qon shahridagi Drama teatrda!40.5358305,70.9434728,16.03z/data=!4m10!1m2!2m1!1sQo%60qon++drama+teatri!3m6!1s0x38baeee0c7aa5b09:0x140a7598eb6751f!8m2!3d40.5359399!4d70.9496568!15sChRRb2Bxb24gIGRyYW1hIHRlYXRyaVoVIhNxbyBxb24gZHJhbWEgdGVhdHJpkgEXcGVyZm9ybWluZ19hcnRzX3RoZWF0ZXKaASNDaFpEU1VoTk1HOW5TMFZKUTBGblNVUmxhVWxQTldaQkVBReABAA!16s%2Fg%2F11c5h3rphw?entry=ttu">
🚩 Ro`yxatdan o`tish: 👉🏻 biznesmarafon_bot
Marafonda qatnashish mutlaqo bepul! O’z kelajagingizni biz bilan yarating!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
"Harbiy qism va muassasalardagi yoshlar ittifoqi yetakchilariga amaliy ko‘mak berildi"
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismdagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyati o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida boshqarmasida va harbiy qismda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot yetakchisining xonasi, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar, yosh xodimlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yillik ish rejasining bajarilish holati ko‘rib chiqildi.
👉 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf yuzasidan boshqarma rahbariyati bilan tanqidiy muhokama qilinib, bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar hamda muddatlar belgilandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram