❣️ Donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, lekin oliy qahramonlikdir!
💫 Biz esa Sizni qahramonlikka chorlaymiz! Bemorlarga hayot hadya eting! Donorlik xayriya aksiyasida faol qatnashing! Unutmang, Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin!
📆 Sizni 30-noyabr kuni soat 9:00dan 15:00ga qadar viloyat qon quyish markazida qon topshirish xayriya aksiyasida kutamiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
✅Oliy ta’lim muassasalardagi yoshlar yetakchilar va koordinatorlarning bilimlari oshirilmoqda!
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish institutida boshlang‘ich tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari yo‘nalish koordinatorlari va “Qalqon” jamoatchilik a’zolari bilan yaqindan muloqot qilinib ularning taklif va murojaatlari tinglanib, zaruriy ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🌲 Andijon tumanining Yangi Andijon massivida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilyotgan ushbu umumxalq tadbirida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ajratilgan hududga mevali hamda manzarali koʻchatlar oʻtkazildi.
#Yashil_makon
#Atrof_muhit
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Andijon viloyat Kengashi, Andijon garnizonidagi harbiy qism bilan hamkorlikda Imom ota dala o‘quv maydonida Safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni muddatli harbiy xizmatchilari ishtirokida “Qurol aslaha va harbiy texnikalar” ko‘rgazmasi tashkil etildi
✅Ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, Ona-Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, xalqimizning tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir ekanligiga qat’iy ishonchini yanada mustahkamlashdan iborat.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#QonunchilikdagiYangiliklar
🗣 Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi
🇺🇿 Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi. (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi)
🗒 2025-yil 1-fevraldan boshlab:
➡️ oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi;
➡️ 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;
➡️ ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;
➡️ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.
💳
Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etildi.
📊
Endilikda aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qat’i nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga to‘lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilinmaydi.
"Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, hurmatli Sattarov Xayrulla Fayzullayevich!
Tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz! Sizning mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi fidokorona mehnatingiz uchun sizga tashkilot va uning jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Sizning boshqaruvingiz ostida Yoshlar ittifoqi nafaqat yoshlarning manfaatlarini himoya qilishda, balki ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Tug‘ilgan kuningizda sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik, hamda mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlaringizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga va atrofingizdagi barcha yaqinlaringizga tinchlik va quvonchli kunlar tilaymiz. O‘zbekiston yoshlari nomidan sizga minnatdorlik izhor qilamiz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
🔥"15-noyabrdan 15-dekabrgacha Yong‘in xavfsizligi oyligi".
🇺🇿Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi bilan "Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.
✅Unda o‘quvchilarga kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar jumladan, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish hamda yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish borasida keng tushunchalar berildi.
⚡️Tadbir davomida o‘quvchilar yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
"MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I"
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Andijon davlat chet tillari instituti hamda Andijon harbiy prokuraturasi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahrida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi bilan hamkorlikda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
✅Tadbir davomida mazkur oliygohda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faolligi, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi hissasi uchun institut boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi viloyat Kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan bilan taqdirlandi.
🎉Tadbirning yakuniy qismida harbiy orkestr tomonidan bayramona kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, faxriy qorovul vzvodi jamoasini harbiy chiqishlari talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga erishildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
Yoshlar “Shaxmat-shashka” musobaqasida bellashdi
👉O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism bilan hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari o‘rtasida “Shaxmat-shashka” musobaqasi o‘tkazildi.
🎗G‘oliblikni qo‘lga kiritganlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿Andijonimizda davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33-yillik tantanasi nishonlanmoqda. Tadbir butun Andijon bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🗣 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
🙋 RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot o‘tash imkonini beradi.
🗒 Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 23-iyundan 22-avgustgacha bo‘lib o‘tadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma’lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o‘zi ichiga oladi.
📌 Dastur imkoniyatlari:
➡️ Stipendiya (odatda 4000-4500 dollar);
➡️ Bepul turar joy va oziq-ovqat;
➡️ AQSHga borish-kelish uchun mablag‘;
➡️ Viza olishga yordam.
🖋 Arizalar 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.
Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
#VatanBayrogʻi #33Yoshda
🇺🇿 18-noyabr — mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorligimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilingan kun!
🙋 Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik–obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Bayrog‘imiz — bizning g‘ururimiz!
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 33 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
🇺🇿"Millat bayrog‘i -Millat g‘ururi"
🎞️Andijon viloyatidagi “Vatanparvar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ining 33-yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirdan videolavha
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿Yurtdoshlar ko’ksida yurt bayrog’i
🎗 Andijonlik faol yoshlar hamda harbiy xizmatchilar tomonidan davlatimiz bayrog’i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan aholi gavjum joylarda davlat bayrog’i tasmalarini taqish aksiyalari o'tkazilmoqda.
🎗Bu kabi tadbirlar yurtdoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat, tinchlikka shukronalik va bayrog’imizga hurmat tuyg'ularini uyg'otish maqsadida barcha tuman, shaharlarda, mahallalarda tashkil etilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#GrantVaStipendiya
🗣 Belarus elchixonasidan O‘zbekiston yoshlari uchun imtiyozli grant dasturi!
🇧🇾 Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatimiz yoshlari uchun 2025/2026-o‘quv yili uchun Belarusdagi oliy ta'lim muassasalariga bakalavr va magistratura bosqichlari uchun imtiyozli grant dasturini taklif qiladi.
🗒 Dastur doirasida quyidagi ta'lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:
Bakalavr darajasi uchun:
➡️ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➡️ Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar;
➡️ Kompyuter fanlari va dasturlash texnologiyalari;
➡️ Tibbiyot;
➡️ Dorixona va farmatsevtika;
➡️ Biotibbiyot fani;
➡️ Elektr va avtonom transport;
➡️ Texnologik mashinalar va uskunalar.
Magistratura darajasi uchun:
➡️ Agrosanoat majmuasida texnik xizmat ko‘rsatish;
➡️ Jahon iqtisodiyoti.
🎓 Grant dasturi stipendiya, ilmiy ishlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, yotoqxona bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladi.
💳 Batafsil ma'lumot va zaruriy hujjatlar namunalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin!
➡️ Yuklash
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
#ToshkentViloyati #YashilMakon
🙋 “Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bog‘i” tashkil etildi
☀️ Bugun Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi “Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bog‘i” barpo etildi.
🔎 Loyiha doirasida 8,5 gektar yer maydoniga 7 mingdan ziyod pavloniya, oqterak, gilos va boshqa manzarali daraxt ko’chatlari ekilib, yashil makon yaratildi. Ushbu aksiyada minglab yoshlar faollik koʻrsatib, bogʻni obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi.
📌 Loyihaning asosiy maqsadi, yoshlarni tabiatni asrab-avaylashga, ekologik madaniyatni shakllantirishga va maʼnaviyatni rivojlantirishga ragʻbatlantirishdan iborat. “Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bog‘i” nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki yoshlar oʻrtasida birgalikda ishlash, jamiyatga foyda keltirish hissini uygʻotishga ham qaratilgan.
👋 Loyiha Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat va ma‘rifat markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.
#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
#GrantVaStipendiya
🗣 Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani o‘qish uchun qisman grantlar
🙋 Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada o‘qishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.
🗒 Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.
🎓 Grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega bo‘ladi:
➡️ Shartnoma summasiga 10 000 yevro chegirma;
➡️ Shartnoma summasiga 15 000 yevro chegirma;
➡️ Shartnoma summasi yiliga 2601 yevro chegirma;
🖋 Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
"Dala o‘quv maydonida uch kunim” loyihasi tashkil etildi.
🇺🇿Andijon viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bilan hamkorlikda yoshlar ishtirokida “Dala o‘quv maydonida uch kunim” loyihasi tashkil etildi.
✅Uch kun davomida “Dala o‘quv maydonida quyidagi mashg‘ulotlar tashkil etildi:
1) avtomatni to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha master klass o‘tish;
2) Amaliy o‘q otish mashqlarini bajarish;
3) mutaxassislar bilan tank boshqaruvini o‘rganish;
4) minalangan hududni zararsizlantirish hamda undan o‘tish;
5) gazga qarshi niqobni to‘g‘ri va tez kiyish;
6) granata uloqtirish;
7) kompas yordamida ishlashni o‘rganish;
8) jabrlangan askarga birinchi tez yordam ko‘rsatishni o‘rganish kabi turli mashqlarni bajarish.
🤝Loyiha doirasida yoshlar va rahbarlar ishtirokida suhbat hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
🇺🇿 Andijon davlat pedagogika instituti hududida jamoat tartibi, fuqarolardan tegishli hududda sodir etilayotgan har qanday huquqbuzarlikni to‘xtatishni talab qilish, shuningdek institut yaqinida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasidagi turli nizolarni bartaraf etishda, faol bo‘lish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda harbiy-vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Yurt posponlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o'tkaziladi.
🏛 Musobaqada institutda mavjud har bir fakultetdan 10 nafar talaba-yigitlar (1 nafardan tyutor) jami 11 kishilik tarkibda jamoa tuzishlari hamda musobaqa o'tkazilishidan 3 kun oldin musobaqa o'tkazish nizomiga muvofiq, so'ralgan hujjatlarni topshirishlari so'raladi.
1. Tezkor savol- javob bahsi.
2. “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish.
3. “Turnikka tortilish”.
4. Estafeta yugurish (4x200).
5. Kamondan o‘q otish.
6. Arqon tortish.
📌 Musobaqa 27-noyabr kuni, soat 9:00da Andijon shahridagi sharqiy harbiy okrugi 14014 harbiy qism
🏆“Yurt posponlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Mudofaa, Ichki ishlar boshqarmalari hamda Andijon davlat pedagogika institutining I, II va III darajali diplom, medal, ko‘chma kubok va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.
📄Musobaqa nizomi
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
#GrantVaStipendiya
🗣 Scientific Internships: Avstriyada haq to‘lanadigan amaliyot!
🙋 Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.
🗒 Kimlar qatnasha oladi?
➡️ Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.
🎓 Amaliyotchilarga oyiga kamida 1462 yevro haq to‘lanadi.
🖋 Arizalar yil bo‘yi qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muxitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi!
🇺🇿El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
HARBIY PROKUROR SOVRINI
👉 Andijon harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorligida Jalaquduq tumanidagi 2-sonli Kasb-hunar maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” va “Voleybol” turlari bo‘yicha “Harbiy prokuror sovrini” uchun musobaqalar tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32-yilligi hamda Davlat bayrog‘ining 33-yilligi munosabati bilan ushbu bellashuvlarning taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
⚡️Unda g‘olib jamoa a’zolari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🎗 Shuningdek, tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿“MANGU HILPIRAYVER - VATAN BAYROG‘I” SHIORI OSTIDA TADBIR O‘TKAZILDI
✅Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘I qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami shukuhi davom etmoqda.
🎉Tadbirda Ilmiy kengashlar zalida ko‘tarinki kayfiyatda, sho‘x kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Iqtidorli talabalar yoshlar tomonidan vatanimiz bayrog‘ini madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar yangradi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿 Millat bayrog‘i - millat g‘ururi
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, erkin va farovonligimiz timsoli bo'lgan bayrog'imiz, dunyo bo'ylab O'zbekiston nomini tanitishda davlatimiz ramzi, millatimiz g'ururi va iftixori sifatida namoyon bo'ladi.
🇺🇿 Bugun yurtimiz bo'ylab bayrog'imiz qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Andijon viloyatida o'tkazilgan markaziy tadbir ham ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlangan tadbir harbiylar, keng jamoatchilik faollari va yoshlardan iborat vatanparvarlik paradi bilan davom etdi.
#bayrogim_faxrim #bayrogim_iftixorim #ozbekiston_bayrogi
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Andijon shahridagi harbiy qism bilan hamkorligida "Yuksaklarda-hilpirar bayrog‘im" shiorida ma’naviy-madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, har bir yoshlarni g‘ururga to‘ldiruvchi davlat bayrog‘ining 33 yilligi bilan barchani muborakbod etishdi.
Tadbir davomida, Harbiy orkestr chiqishi hamda yoshlar tomonidan turli tillarda aytilgan bayram tabrigi tinglandi. Qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🎓 Hurmatli talabalar!
Sizlarni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
🌟Talabalik – bu nafaqat bilim olish, balki yangi g‘oyalar yaratish, kelajakni qurish va o‘z orzularingizni haqiqatga aylantirish davridir. Sizning qat’iyatingiz va izlanishingiz yurtimizning yangi yutuqlariga yo‘l ochadi.
🎓Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi jamoasi!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
🇺🇿"Millat bayrog‘i -Millat g‘ururi"
✅Andijon viloyatidagi “Vatanparvar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ining 33-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda Andijon viloyatidagi barcha kuch tuzilmalari hamkorligida “Millat bayrog‘i” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyatdagi yoshlar, harbiylar, turli tashkilotlar vakillari birlashib, bayrog‘imizni ulug‘lashdi.
🎉Tadbir dasturida harbiy orkestr tomonidan bayramona musiqa ijro etilib, ishtirokchilarni yuqori kayfiyatga boshladi. Harbiy paradda o‘zlarining yuqori mahoratini namoyish etgan harbiy xizmatchilar, bayrog‘imizni hurmat bilan olib o‘tishdi.
🇺🇿Bayrog‘imizning 33-yilligi – bu xalqimizning mustaqilligi va o‘ziga xosligining yana bir yorqin ifodasi sifatida har bir o‘zbek farzandi uchun muhim sanadir.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
👨🎓"Talabalar haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda"
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Talabalar haftaligi doirasida “Talabalik oltin davrim” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.
✅Tadbirda viloyat Kengashi raisi A.Tangirqulov, Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Saloxiddinov, viloyat Filarmoniya bo‘limi vakillari, pedagog ustozlar va talaba yoshlar ishtirok etdilar.
🤝Tadbir davomida mazkur oliygohda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faolligi, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi hissasi uchun institut boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi va bir guruh faol yoshlar viloyat Kengashining tashakkurnomasi, institutning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan bilan taqdirlandilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram