Besh tashabbus olimpiyadasining ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxonˮ tanlovining Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblari bilan tanishing.
10-14-yosh toifasida:
1-oʻrin Turg‘unboyev Shaxriyor Shuxrat o‘g‘li,
Oqqo‘rg‘on tumani, H.Olimjon MFY
2-oʻrin Asatullayeva Aziza Dilshod qizi,
Toshkent tumani, Uchchinor MFY,
3-oʻrin Shodiyeva Maftuna G‘ofur qizi,
Bo‘ka tumani, Kiyikchi MFY
15-19 yosh toifasida:
1-oʻrin Ermakboyev Shodiyor Zafar o‘g‘li,
Bo‘stonliq tumani, Sijjak MFY
2-oʻrin Muxitov Javoxir Toxirovich,
Qibray tumani, Do‘rmon MFY
3-o‘rin Obidjonova Nazokat Yorqin qizi,
Piskent tumani, Mo‘minobod MFY
20-30 yosh toifasida:
1-oʻrin Qo‘ziyev Baxtiyor Murod o‘g‘li,
Parkent tumani, Samarobod MFY,
2-oʻrin Jovliyeva Yulduz Abduvosid qizi,
Chirchiq shahar, Shodlik MFY,
3-oʻrin Umarova Madinabonu Fazliddin qizi,
Yangiyo‘l shahar, Oltinobod MFY.
📚 Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi
📚 Mamlakatimiz bo‘ylab an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan, yurtimizning turli hududlaridagi yoshlarni birlashtirib, kitobxonlik rivojiga hissa qo‘shayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining Jizzax viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
/channel/yoshkitobxonuz
Psixologiyadagi asosiy uch nuqta
🔘Sen uchun eng muhim vaqt – sening hozirgi oningdir.
Chunki, faqat shu ondagina, hozir faqat sen bir yaxshi ish qilishing mumkin.
🔘Sen uchun eng muhim inson – hozir sening oldingda boʼlgan odamdir. Chunki, oʼsha ondan keyin balki, uni boshqa koʼrmaysan. Shunday ekan, undan foydalanib qol. Unga yaxshilik qil.
🔘Sen uchun eng muhim ish – yaxshilik qilishdir. Chunki, insoniyatning asosiy vazifasi ham, hayotining gʼoyasi ham shudir.
Omadli insonlar mana shu uch nuqtaga ahamiyat beradi va undan foydalanadi.
/channel/yoshkitobxonuz
#tanlov_nizomidan
🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblarini qanday sovg‘alar kutmoqda?
🥇uchta yosh toifasida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri “Prezident sovg‘asi” yengil avtomobil va diplom bilan;
🥈uchta yosh toifasida 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 50 mln (ellik million) so‘m pul mukofoti va diplom bilan;
🥉uchta yosh toifasida 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri 30 mln (o‘ttiz million) so‘m pul mukofoti va diplom bilan;
🏅Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari 10 mln (o‘n million) so‘mdan pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#fikrlashamiz🤓
❓❓❓Yevropa adabiyotini qiynaydigan savollar:
1. Yashashdan maʼno nima?
2. Ayrim qadimgi xalqlar adabiyoti hamon tarjima qilinmadi. Qadimgi tillarni oʻrganishni qay yoʻsin rivojlantirish mumkin?
3. Rossiyaga kelib tushayotgan sanksiyalar rus yozuvchilariga Nobel berilishiga toʻsqinlik qilishi mumkinmi?
4. Yigirma birinchi asrda inson psixologiyasini tasvirlash uchun qanday adabiy yangiliklar kashf etildi?
5. Postmodernizmdan soʻng metamodernizm maydonga chiqdi. Yaqin kunlarda u ham eskirsa nima boʻladi?
6. Shimoliy Yevropa mamlakatlari adabiyoti nega choʻka boshladiyu, irland adabiyoti birinchilikka chiqib oldi?
7. Inson mavzusini yoritarkan, uning ezgu va yovuz qirralaridan tashqari bugungi kunda yana qaysi taraflariga eʼtibor qaratish lozim?
8. “Don Kixot” dan keyin boshlangan romannavislik davrida peshqadamlik qilgan yozuvchilar nega mashhur?
9. Siyosatning adabiyotga aralashuvini qay tarzda kamaytirish mumkin?
10. Qadimgi xalqlar afsonalarini qayta adabiyotga olib kirish, Yevropa qadriyatlarini tiriltirish kerak. Qanday?
11. Nobel olganlarning nechtasi bu mukofotga loyiq edi va nega?
12. Nobel adabiyot darajasini belgilab bermaydi. U siyosiy qoʻgʻirchoqqa aylandi. Yangi mukofot joriy etsakmikan?
13. Fransiya Polshaga qaraganda oʻz adabiyotiga koʻproq eʼtibor qaratyapti, ammo Polsha yozuvchilari nisbatan faolroq ijod qilishyapti. Nimaning hisobiga?
14. Globallashuv adabiyotga nechogʻlik taʼsir koʻrsatadi?
‼️ O‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz, «izohlar»ga marhamat🤗
🔎/channel/yoshkitobxonuz
⚡️Jeńimpazlar anıqlandı
📚Jas kitapqumar tańlawında 10-14 jas kategoriyası boyınsha qatnasıwshılarınıń shıǵıwları juwmaqlandı. Aldın ala berilgen kitaplar dizimi tiykarında tayarlanǵan soraw-juwap tárizinde ótkerilgen 2 shárt juwmaǵına kóre jeńimpazlar anıqlandı.
Jeńimpazlar hám barlıq qatnasıwshılar shólkemlestiriwshiler tárepinen múnásip sıylıqlandı.💐💐
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#kechki_mutolaa
✍Stendal
👉«Qizil va qora»
Stendal jamiyatning chiriganligini, butun tizimning qanchalik buzilganini mahorat bilan tasvirlaydi, lekin eng yomoni bularning bari asrlar o'tsada o'zgarmagan.
Muallif asarni bejiz "Qizil va qora" deb nomlamagan.
❤️Qizil - bu shijoatli yoshlik, oliy maqsadga erishish istagi, jo'shqin qon ramzi.
🖤Qora - shu maqsadga yetish uchun oson yo'l, hiyla-nayrang bilan erishiladigan cho'qqi.
Asar mutolaasi davomida hammamiz shu ikki yo'ldan birini tanlaymiz va bu kelgusi hayotimizga ham daxl qilmay qolmaydi...
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_hayotidan
“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 15-19 yosh toifasi bo'yicha Xorazm viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi:
🥇-o'rinni Gurlan tumani "Saxtiyon" mahallasidan Rajabbayeva Marjona O'rinboy qizi;
🥈-o'rinni Bog'ot tumani "Mehnatguli" mahallasidan Po'latov Og'abek Ne'matovich;
🥉-o'rinni Urganch tumani "Oq oltin" mahallasidan Madaminova Dilnura Bahodir qizi egalladi.
/channel/yoshkitobxonuz
#sinov_uchun
❓Quyidagi fusunkor jumlalar kimga tegishli ekanligini bilasizmi?
«Sen orada ko'prik bo'lding-da,
Geyne bilan o'rtoq tutindim.
Lermontovdan ko'mak oʻtindim.
Butun umrim sening bo'yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men - Majnunman, she'rim, sen
Layli!.. »
‼️Yashiringan so‘zlarni o‘zingiz topishga harakat qiling, bu sizni kitobxonlik sinoviga tayyorlaydi✊
😍😍😍👍
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon
Andijon viloyatida “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Quyida nomi keltirilgan kitobxonlar respublika bosqichi ishtirokchisi sifatida tanlab olindi.
👉10-14 yosh toifasida:
Isroiljonova Mavludaxon Qo’rg’ontepa tumani, Eshonobod MFY;
👉15-19 yosh toifasida:
Isroiljonov Ilhomjon, Qo'rg'ontepa tumani, Eshonobod MFY;
👉20-30 yosh toifasida:
Boburmirzo Xabibullo o’g’li Qo'rg'ontepa tumani, Uchtegirmon MFY.
/channel/yoshkitobxonuz
#surat_nima_demoqchi🤓
__
__
__
Chiziqchalar o‘rniga eng yaxshi izohni tanlab qo‘yamiz. Karikatura haqida bir ko‘rishda nima fikr o‘ylaganingizni yozib qoldiring! 😊
Til masalasida muammo bo‘lmaydi degan umiddamiz))
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
"Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin.
Agar eng zoʻr mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf boʻlib tugashi mumkin.
Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va maʼrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan".
SH.M. Mirziyoyev
🔎/channel/yoshkitobxonuz
"Yosh kitobxon" tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o'z nihoyasiga yetdi
Tanlovning 20-30 yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
1-O‘RIN - Safoyeva Iroda Foziljon qizi, Narpay tumani;
2-O‘RIN - Sa’dullayeva Mavluda Aktam qizi Samarqand shahri;
3-O‘RIN - Rashidov Al qodir Rashid o‘g‘li Bulung‘ur tumani.
Eslatib o'tamiz, tanlovning birinchi o'rin sohiblari respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.
/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon
Sirdaryoda 33 nafar yoshlar "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichida o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
10-14 yosh toifasida:
1-o‘rin Akromov Azizxo‘ja Ravshan o‘g‘li;
2-o‘rin Marqaboyev Inomjon Oybek o‘g‘li;
3-o‘rin Yarashova Aksana Panjiyevna
15-19 yosh toifasida:
1-o‘rin Jo‘rabekova Dilshoda Gʻulom qizi;
2-o‘rin Ismoilxo‘jayeva Mohinur Murodovna;
3-o‘rin Ravshanova Gulsanam Nuriddin qizi.
20-30 yosh toifasida:
1-o‘rin Fayzullayev Azamat Abdulla o‘g‘li;
2-o‘rin Asatullayev Abrorhon;
3-o‘rin Tursunqulova Yulduz Raxmatillo qizi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon
Qashqadaryo viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryolik kitobxonlarning suratlaridan ko‘rinib turibdiki, bu yil tanlov oson kechmagan. O‘ylaymizki, eng yaxshi va eng munosib ishtirokchi tanlov g‘olibligiga qo‘l bergan.😊
🔎/channel/yoshkitobxonuz
Salom kitobxonlar!!!!
Kitob oʻqib charchamadingizmi!?
Siz "Yosh kitobxon" tanlovining respublika bosqichiga borasizmi? Tanlov jarayoni, kitobxonlarning hayajonini kuzatishga nima deysiz...
Tanlov 15-dekabrdan 25-dekabrgacha davom etadi. Kutamiz, kuzatamiz.
#adiblar_olamidan
Ibn Sino haqida 10 ta fakt
Buxorodan 30 km. uzoqlikdagi katta bo‘lmagan Afshona qishlog‘i Ibn Sinoning vatani hisoblanadi.
U juda yoshligidan arab tilini o‘rganadi va 10 yoshida Qur’onni yoddan biladi.
14 yoshidan boshlab astronomiya, metafizika, geometriya va keyin tibbiyotni mustaqil ravishda o‘rgana boshlaydi.
16 yoshida yigit shifokorlik ilmini puxta va chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi, o‘sha davrning mashhur tabiblari undan maslahat olib turishadi.
Bir safar Buxoro amirining o‘zi unga yordam so‘rab murojaat qiladi.
Ibn Sino 17 yoshida o‘zining "Ma’naviy kuchlarni tadqiq qilish" falsafiy asarini yozadi.
21 yoshida olim "Al-Majmul" kitobini yozib, unda she’riyat, ritorika va boshqa fanlar haqida o‘z fikrlarini bildiradi.
Yevropada uni Avitsenna deb (ismining lotin tilidagi talaffuzida) atashgan.
U 450dan ortiq asarni yozdi, shundan 240ga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Ibn Sino 1037-yil 24-iyunda vafot etgan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Namangan_viloyati
Davlatobod tumanida joylashgan "Yangi O'zbekiston-Yoshlar ziyo maskani" da "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Batafsil lavhada👆👆
/channel/yoshkitobxonuz
🏆Jeńimpazlar menen tanısıń:
🥇-orın Zikrillaeva Shoira Abduhákim qızı Qońırat rayonı “Qırıq qızˮ máhállesi
🥈-orın Kadirova Marhabo Uktam qızı Nókis qalası “El abatˮ máhállesi
🥉-orın Eldesova Aygerim Teńelovna Nókis rayonı “Baqanshaqlıˮ máhállesi
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
🏆Jeńimpazlar menen tanısıń:
🥇-orın Xaldurdieva Maya Abajanovna Tórtkul rayonı “Kelteminarˮ máhállesi
🥈-orın Tagabergenova Diana Murat qızı Qońırat rayonı “Súwenliˮ máhállesi
🥉-orın Maxsetova Móldir Azat qızı Shımbay rayonı “Baxıtlıˮ máhállesi
Jeńimpazlardı qutlıqlaymız💐💐
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
📚Aldın xabar bergenimizdey, áyne máwritlerde “Bes baslama olimpiadasıˮ sheńberinde ótkerilip atırǵan “Jas kitapqumarˮ tańlawınıń Qaraqalpaqstan Respublikası basqıshı bolıp ótpekte.
🟢Tańlawdı 10-14 jas kategoriyası boyınsha qatnasıwshıları baslap berdi. Házirde olar 1-shárt “Soraw-juwapˮ shárti boyınsha óz bilimlerin sınawdan ótkermekte.
📸Bizdi baqlap barıwda dawam etiń.
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tanlov_nizomidan
‼️Beshinchi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida teletanlov shaklida, quyidagi 5 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
3-shart. “Buyuk mutafakkir va adib” sharti.
4-shart. “She’riyat” sharti.
5-shart. “Insho yozish” sharti.
🤗Joriy yilgi tanlov uchun yangilik bo‘lgan 5-shart haqida quyida o‘qib olishingiz mumkin:
👉Ushbu shartda ishtirokchilar mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va mavzu yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bayon etishi so‘raladi.
👉Insho yozishda ishtirokchi mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berishi, imlo va uslubiy qoidalarga rioya etgan holda 3-5 (10-14 yosh 3, 15-19 yosh 4, 20-30 yosh 5) sahifadan kam bo‘lmasligiga e’tibor qaratishi lozim.
👉Ishtirokchilarga insho yozishi uchun 60 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon #Xorazm
📖 “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 20-30 yosh toifasi bo'yicha Xorazm viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi:
🥇-o'rinni Urganch shahri "Nurli-hayot" mahallasidan Ochilova Maftuna Omonjon qizi;
🥈-o'rinni Gurlan tumani "Vatanparvar" mahallasidan Rahimova Gulnoza Ro'zmatovna;
🥉-o'rinni Turoqqal'a tumani "Obod" mahallasidan Masharipova Dinora Iskandar qizi egalladi.
✅ /channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon #Xorazm
📖 “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 10-14 yosh toifasi bo‘yicha Xorazm viloyat bosqichi g‘oliblari:
🥇-o‘rin Quronboyeva Zebo O‘ktamboy qizi, Qo‘shko‘pir tumani "Qorovul" mahallasidan;
🥈-o‘rin Ozodova Dilnoza Dilshod qizi, Shovot tumani "Beshmergan" mahallasidan;
🥉-o‘rin Sharifboyeva Kamola Anvar qizi, Gurlan tumani "Sovunchi" mahallasidan.
Faol ishtirokchilarning har biriga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayyorlangan maxsus kitoblar jamlanmasi, 3-o‘rinni egallagan yoshlarga planshet, 2-o‘rin sohiblariga noutbuklar topshirildi.
1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan yoshlar esa final bahslarida kafolatlangan 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
/channel/yoshkitobxonuz
📚 “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi boshlandi
📚 Har yili an’anaga aylanib borayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining Xorazm viloyat boshqichi bugun Yoshlar markazida start oldi.
📚 Viloyat bosqichini boshlashdan oldin ishtirokchilarga tanlov shartlari yana bir bor eslatib o’tildi va komissiya a’zolari to’liq tanishtirildi. Yoshlari ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i S.Palvanov tanlovni ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
📚 Ma’lumot uchun; tanlovda 3 yosh toifasi bo’yicha ishtirok etiladi. Har bir tuman-shaharlardan 3 nafardan (jami viloyat bo’yicha 39 nafar) yoshlar ishtirok etishadi.
#live #yosh_kitobxon #5tashabbus_olimpiadasi
✅ Telegram ✅ Facebook ✅ Instagram ✅ YouTube
#tillar #ingliztili #tavsiya
Til oʻrganish uchun super sayt. Oʻzingizga kerakli soʻzning gaplarda ishlatilish oʻrinlariga misollar topishingiz mumkin. Ushbu saytda arab, ingliz, nemis, ispan va boshqa 10 lab tillarni oʻrganishingiz mumkin.
Foydali LINK 👉 context.reverso.net
👉 🔎/channel/yoshkitobxonuz
#mutolaa
Rivoyat
Doʻstlar, keling sizga bir
Nurli oyat soʻylayin.
Aka-uka haqida
Bir rivoyat soʻylayin.
Eshitgandim bobomdan,
Hali-hamon yodimda.
Oqibatli ogʻalar
Boʻlgan ekan qadimda.
Keng dalada uylari,
Tevarak yaydoq ekan.
Akada beshta farzand,
Ukasi boʻydoq ekan.
Meros qolgan yeriga,
Sherikchilik qilardi.
Har yili bugʻdoy ekib,
Tirikchilik qilardi.
Mehnat qilib kun koʻrib,
Koʻngillari toʻlardi.
Hosilini kelishib,
Teng ikkiga boʻlardi.
Bir yil hosil moʻl boʻlib,
Xoʻp yugurib tolishdi.
Daladagi hosilni,
Yigʻib, terib olishdi.
Uka yarmini oldi,
Qolganini akasi.
Bir kuni xijolatli,
Oʻyga toldi ukasi:
“Akam turmushi ogʻir,
Bolalari hali yosh.
Roʻzgʻorida yetti jon,
Men esa bir soʻqqabosh.
Hosilni boʻlingani
Adolatli boʻlmadi!” –
Uka oʻylab oʻzidan,
Sira koʻngli toʻlmadi.
Qarashay deb ukasi
Akaning roʻzgʻoriga.
Yashirib bir qop qoʻshdi,
Akaning omboriga.
Tonglar oʻtdi shu zayl,
Oqshomlar oʻtaverdi.
Uka har kun bir qopdan,
Akaga qoʻshaverdi.
Tushunmasdi hech uka,
Uchib fikr-u, parvoyi.
Shuncha qoʻshsa ham sira
Kamaymasdi bugʻdoyi.
Bir kecha sir ochildi,
Oqshom tiniq, sof edi.
Akasini uchratdi,
Yelkasida qop edi.
Mehr shunday ulugʻ kuch,
Tashlar dilni tilkalab.
Yigʻlashdi-ku jigarlar,
Bir qopdan don yelkalab.
Akasi ham shu kabi,
Xayollar surgan ekan:
Ukaning omboriga,
Don qoʻshib yurgan ekan...
Xurshid KARIM
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Tavsiya
Adabiyotshunos olim, professor Ozod Sharafiddinov tilga olgan XX asr oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asar:
1. Abdulla Qodiriy. "Oʻtkan kunlar" (roman)
2. Choʻlpon. "Kecha va kunduz" (roman)
3. Abdulla Qahhor. "Sarob" (roman)
4. Oybek. "Navoiy" (roman)
5. Odil Yoqubov. "Ulugʻbek xazinasi" (roman)
6. Pirimqul Qodirov. "Yulduzli tunlar" (roman)
7. Togʻay Murod. "Otamdan qolgan dalalar" (roman)
8. Oʻtkir Hoshimov. "Dunyoning ishlari" (qissa)
9. Abdulla Oripov sheʼrlari.
10. Erkin Vohidov sheʼrlari.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#adiblar_olamidan
Davlat boshqaruvidan ilmni ustunroq qo‘ygan Temuriyzoda👇
🏷Ulugʻbek (Muhammad Taragʻay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
🏷Otasi Shohruhning oʻlimidan soʻng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh boʻladi.
🏷U arab va fors tilini erkin egallagan, turk sheʼriyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. Oʻzi ham sheʼrlar yozgan.
🏷Ulugʻbekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy boʻlgan.
Davomini o‘qish
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtiboslar
«Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz» — Set Godin
«Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Set Godin
«Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz» — Jon Maksvel
«Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanmang. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi» — Ziad K. Abdelnour
«Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim» — Este Lauder
«Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir» — Este Lauder
🔎/channel/yoshkitobxonuz