yoshkitobxonuz | Неотсортированное

Telegram-канал yoshkitobxonuz - “Yosh kitobxon” INFO

119356

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Подписаться на канал

“Yosh kitobxon” INFO

#Tavsiya

Tanlov ro'yxatidagi asarlarni topishga qiynalyapsizmi?

Quyida siz uchun juda foydali linkga havola beramiz. Uning yordamida deyarli barcha kitoblarni topib mutolaaga sho'ng'ishingiz mumkin.

@YK2022_BOT sizning ishonchli onlayn kutubxonangiz😊

Eslatma: bot da mavjud bo'lmagan asarlar mazkur kanalda bor. Fayllarni taftish qilsangiz bas!

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

​​#Xayrli_kun

🍃 ​​ Aslida barchasi: joylar, odamlar, narsalar, voqealar sizning tasavvuringizdagidek boʻlmasligi, balki mutlaqo teskarisi boʻlishi ham mumkin. Xulosa qilishga hech ham shoshilmang.😉

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#kitob_tavsiya

"Kuchli his-tuyg'ularni yashirishning eng yaxshi usuli - bu niqobdir" deydi Pol Ekman.

Chindan ham shundaymi? Haqiqatdan ham buning iloji bormi?

Qarshingizdagi suhbatdoshingizning nechog'lik yolg'on yoki rost so'zlayotganini bir zumda aniqlashni istaysizmi? Javobingiz "Ha" bo'lsa, sizga "Yolg'on psixologiyasi" kitobini o'qib chiqishni tavsiya qilamiz. Kitobda siz yolg'onning turli ko'rinishlari bilan yuzlashasiz, yolg'on so'zlayotgan insonning xatti-harakatlari haqida o'rganasiz va uni qanday aniqlash mumkinligini bilib olasiz.

✍️ Pol Ekman
📕 "Yolg'on psixologiyasi"

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Rumiyning so‘filik hikoyatlari

Jaloliddin Rumiy so‘fichilikning arkonlaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab odamlar uning oldiga maslahat va dono so‘zlarini tinglagani kelishgan. Bir kuni uning oldiga qo‘shni ayol o‘g‘li bilan kelib, shunday deydi:

- Men allaqachon barcha usullarni qo‘llab ko‘rdim, lekin o‘g‘lim menga quloq solmaydi. U juda ko‘p miqdorla shakar yeydi. Iltimos, bu yaxshi emasligini unga ayting. U sizning gapingizga quloq soladi, zero, sizni juda hurmat qiladi.

Rumiy bolakayga qarab, uning ko‘zlaridagi ishonchni ko‘rib dedi:

- Uch haftadan so‘ng keling.

Ayol taajjubda edi. Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushunmadim... Odamlar uzoq o‘lkalardan o‘z muammolarini hal qilish uchun kelishgan va Rumiy ularga shu zahotiyoq yordam bergan... Shunga qaramay, ayol uch haftadan so‘ng keladi. Rumiy bolakayga yana qarab, deydi:

- Yana uch haftadan so‘ng keling.

Shunda ayolning toqati toq bo‘lib, gap nimada ekanligini so‘rashga qaror qiladi. Ammo Rumiy oldinroq aytganini qaytaradi. Ular uchinchi hafta kelishganda, Rumiy bolakayga deydi:

- O‘g‘lim, maslahatimga quloq tut, ko‘p shakar yema, bu sog‘liq uchun zararli.

- Siz menga aytyapsizmi, boshqa yemaganim bo‘lsin, deya javob berdi bolakay.

Shundan so‘ng ona o‘g‘lidan ko‘chada poylab turishini so‘raydi. Bola ko‘chaga chiqqach, ona Rumiydan nima uchun birinchi kuniyoq nasihat qilmagani haqida so‘raydi. Jaloliddin iqror bo‘lib, o‘zi ham shakar yeyishni yaxshi ko‘rganligini, boshqalarga maslahat berishdan oldin, avvaliga o‘zi bu odatdan voz kechishi lozim bo‘lganligini aytadi. Avvaliga, buning uchun uch hafta yetarli, deb hisoblaydi, ammo adashadi...

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#siz_kutgan_xabar

"Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘ladi?

Tez kunlarda "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi. Tanlovning qaysi kunda bo‘lib o‘tishi yuqoridagi jadvalda viloyatlar kesimida ko‘rsatilgan.👆👆

Ma'lumot uchun: To‘rtinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylari davomida quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1️⃣“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

2️⃣“Tezkor savol-javob” sharti.

✔️Shartlar bilan batafsil tanishish:


🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#til_biladiganlar_uchun

Ushbu suratdagi aforizmi eng yaxshi tarjima qila oladigan kitobxon bormi? 🙋‍♀🙋‍♂

Til bilmoq, el bilmoq demakdir. Ingliz tilini yaxshiroq o‘rganing. Zero, bu zamon talabi! Eng yaxshi tarjimani esa, surat tagiga "edit" qilib qo‘yamiz😊

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#adiblar_haqida_fikrlar

“Said Ahmad baʼzan kitobxon kulavermasa, qitiqlab kuldiradi, yigʻlayvermasa koʻziga piyoz surtib yigʻlatadi”

Abdulla Qahhor

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Faktlar turkumidan👇👇👇

Mavlono nomlari bilan taniqli - asosan, fors tilida sharq she’riyati asarlarini yaratgan atoqli fors- tojik shoir-so‘fisidir.

1207 yilning 30 sentabr kuni Vaxsh shahrida, o‘sha vaqtlar Xurosonning yirik poytaxt viloyatining shimoliy Balx hududida dunyoga kelgan.

Nafaqat diniy-huquqiy, balki, aniq fanlar sohasida ham yaxshi tahsil olgan, arab, yunon tillarini, “Qur’on”ni va uni tavsirini yaxshi bilgan.

Usmoniylar Turkiyasidagi eng obro‘li darveshlardan hamda bizning davrimizdagi mavjud tariqatning ma’naviy davomchilaridandir.

Farididdin Attor unga bog‘lanib qoladi va o‘zining “Asrornoma” kitobini bag‘ishlaydi.

Buyuklar olamidagi ushbu zot kimligini batafsil o‘qish uchun linkni bosing:
LINK

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#iqtibos

"Ichindagi ichindadur"

"Natija shuki, olam bir toqqa oʻxshaydi. Yaxshi yoki yomon soʻzingning aksi oʻzingga, faqat oʻzingga qaytadi. Men yaxshi gap aytgan edim, togʻ yomon javob qaytardi deya olmaysan. Bu - imkonsiz. Chunki togʻda bulbul sayrasa, aks-sado boʻlib hech qachon eshak yoki qargʻaning ovozi qaytmaydi. Aks-sado eshak ovozi esa, demak, bilgilki, bu yoqda hangragan ham eshakdir."

Jaloliddin Rumiy

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#xabarlarga_kora

O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida aholi ko‘proq kitob sotib oladi?

Aholi tomonidan onlayn nazorat kassa texnikasi orqali 2022-yil yanvar-avgust oylarida 111,7 mlrd so‘mlik kitob sotib olingan.

Ushbu davr mobaynida 5 708 ta kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektning 15,3 ming savdo shoxobchalari orqali 980,6 ming marta kitob mahsulotlari realizatsiya qilingan.

📊 Eng ko‘p kitob xarid qilingan hududlar:

1️⃣ Toshkent shahri – 58,9 mlrd so‘mga
2️⃣
Andijon viloyati – 14,8 mlrd so‘mga
3️⃣
Toshkent viloyati 12,5 mlrd so‘mga
4️⃣
Navoiy viloyati – 6,8 mlrd so‘mga
5️⃣
Samarqand viloyati – 4,1 mlrd so‘mga

Siz yil davomida qancha kitob xarid qildingiz?

🔍
/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#Til_biladiganlar_uchun

Qovoqvoy nabiralariga kitob o'qib bermoqda...

Siz bu "komiks" haqida qanday fikrdasiz?😉

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️Bilimlarni sinang va noutbuk qo‘lga kiriting!

Endilikda @kitobxontestbot telegram boti orqali test ishlab, noutbukka ega bo‘lishingiz yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Hammasi juda oddiy, bilimlarni sinang, test ishlang.

Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#iqtibos

OMAD MAVHUM TUSHUNCHAMI?🧐

"Omad yo'q: iste'dod imkoniyat bilan uchrashadigan bir lahza bor."

Lusio Anneo Seneka

"Omad quyosh botishiga o'xshaydi, agar uzoq kutsangiz, yutqazasiz."

Uilyam Artur Uord

"Omad tasodif tufayli emas, balki sa'y-harakatlar tufayli, omadning qimmat tabassumiga erishish kerak."

Emili Dikkinson

"Omad hech qachon odamni dono qilmagan."

✍Lusio Anneo Seneka

❗️Ishtirokchilar orasida «omadim kelmadi-da! » kabi fikrlarni ko‘p eshitayapmiz. Yuqoridagi iqtiboslarda esa boshqa mazmun. Sizningcha ham omad mavhum tushunchami?❓❓❓


🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#buyuklar_hayotidan

Xiva umrining so‘nggi kunlarigacha Chingizxon qo‘shinlariga qarshi kurashgan buyuk dinshunos va din peshvosining vatani bo‘ldi.👇👇👇

İstedodli shoir 1145-yilda Xivada tug‘ilgan.

Yoshligidan hadis va kalom ilmlarini o‘rgangan.

Misr, Tabriz, Hamdonda tahsil olgan.

Vataniga qaytgach, diniy faoliyat bilan faol shug‘ullanadi.

Urganchda “Kubraviya” birodarligiga asos soladi

Arab va fors tillarida tasavvufga oid she’r va risolalar yozadi.

U mo‘g‘ullar qo‘liga tushganda ham dushman bayrog‘ini qo‘lidan qo‘yib yubormadi. Mo‘g‘ullar bayroqlarini qaytarib olish uchun shayxning barmoqlarini shafqatsizlarcha kesib tashlaydi.

Batafsil o'qish

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#bilasizmi

Bobur va Navoiy

Bobur o‘z davrining taniqli shoir va yozuvchilari bilan xat va she’rlar almashgan. Bir kuni u buyuk Alisher Navoiyga she’rlarini yubordi va uning ijodi haqidagi ma’qullagan sharhlarini oldi.

Keyinchalik "Boburnoma"da Bobur Alisher Navoiyni tengi yo‘q shaxs sifatida tilga olib, uni ilm va san’at odamlarining homiysi deb ataydi

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

​​#kitob_tavsiya

Shunday yozuvchilar borki, ular oʻz oʻy-fikrlari va gʻoyalari bilan zamonasidan ham ilgarilab ketadi.

✍🏻 Herbert Uells - mana shunday ijodkorlardan. U oʻzining mashhur «Voyna mirov» (The war of the worlds) kitobini yozganida, ilm-fan hali mars sayyorasi haqida yetarlicha maʼlumotga ham ega emas edi.

Eng ajablanarlisi, ushbu romanning radiopostanovkasi ilk marta eshittirilganda, olti million tinglovchidan bir millioni uni haqiqat deb qabul qilgan va ommaviy vahima koʻtarilib, minglab odamlar uyini tashlab qochgan.

🌏 Yozuvchi ushbu ilmiy-fantastik romanida zaminimizni egallab olishga uringan marsliklar, ularning bosqini va Yer aholisi oʻrtasidagi kurashni tasvirlaydi. Fikrlashni, tasavvurni oʻstiradigan kitob izlagan boʻlsangiz, ushbu asar aynan siz uchun.

📘 Kitob: «Dunyolar jangi»

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#mashhurlar

Faktlar turkumidan: Az Zamaxshariy

Tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi. Arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallaydi.

Ustozi — til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfaxoniy (1113 yil Marvda vafot etgan) dan ilm o‘rganadi.

Buxoroda o‘qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi.

Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq, Bag‘dod va Hijozda, 2 marta Makkada bo‘ladi.

Zamaxshariy ko‘p asarlarini Makkada yozadi. Shu boisdan u Jorulloh («Allohning qo‘shnisi») degan sharafli laqabga muyassar bo‘lgan.

Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan...

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#foydali_tavsiyalar

Kitobni qanday qilib yaxshiroq eslab qolish mumkin?🧐

Agar vaqtni tejab, uni yoqimli oʻtkazishni istasangiz, boshqa ishlar bilan shugʻullanish vaqtida audiokitob tinglang. Biroq matnni eslab qolishingiz zarur boʻlsa, uni mustaqil tarzda oʻqing. Yaxshisi ovoz chiqarib oʻqigan afzal.

Yanada samarali eslab qolish uchun barchaga maʼlum usullardan foydalaning: kerakli joylarning tagiga chizing, kitobni doʻstlar bilan muhokama qiling, asosiy fikrlarni koʻchiring, oʻqiganlaringizni hayotda qoʻllang. Ana oʻshanda kitob oʻqish uchun ketkazilgan vaqt oʻzini ikki barobar oqlaydi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#iqtibos

"​​Nur qancha koʻpaysa, soya shuncha kamayadi. Ammo u oʻzidan oʻzi yoʻqolmaydi. Buning uchun biz hayotimizni yanayam nurli qilishimiz kerak, soyalarni yoʻqotishimiz kerak. Nima dedingiz?"

©Oʻtkir Hoshimov (Nur borki soya bor) asaridan

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#iqtibos

"Ilmni tunlari o’rgan. Chunki kunduzi qalbing dunyo tashvishlari bilan behalovat bo’ladi. Tunda sokin bo’lganda ko’p narsani o’rganasan."

Zamaxshariy

🔺/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

10 ta fakt turkumidan

Nodira — shoira va davlat arbobi.
«Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan.

Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.

Nodira bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi.

U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga koʻtargan.

Buxoro amiri 1842 yilda Qoʻqonga bostirib kirib, Nodirani fojiali ravishda oʻldiradi.

Bugungi kunda biz Nodiraning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

Nodira mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi.

Uning oʻzbekcha va forsiycha-tojikcha gʻazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan.

Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida «Nodirabegim» filmi yaratildi.

Oʻzbekistonda koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#adiblar_olamidan

🎯 Mashhur adiblar haqida Jeyms Joysning oʻzgacha fikrlaridan bahramand boʻling:

🔹 Xans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxshi yozuvchi. Dunyoda undan yaxshi yozadigani yoʻq. Hech kim Andersenchalik tarixni bolalarga yaxshi hikoya qilib berolmaydi. U – jahonda noyobdir.

🔹 Stendal asarlari Napoleon urushlari, yaʼni frantsuzlar dunyoga hukmron boʻlgan davrlar haqida. Uning pozitsiyasi shunday. Bundan tashqari, uning kitoblari romantizmdan iborat, biroq ularda muallifning his-tuygʻusi juda kam. U hech qachon sentimentalizm ruhida shakllanmadi.

🔹 Daniel Defo asarlari menga juda yoqadi. Kutubxonasida hamma yozuvchilarning saylanma asarlari boʻlib, u barchasini oxirigacha oʻqib chiqqan. Jumladan, Flober, Ben Jonson va Ibsenni. U “Robinzon Kruzo” asarini inglizlarning “Uliss”i deb aytgan edi.

🔹 Onore de Balzakning dongʻi va mahorati oʻquvchini ushlab turadi, deb oʻylayman.

🔹 Dante. Italyan adabiyoti Dantedan boshlanib, Danteda tugaydi. Shuning oʻzi kifoya. Danteda hamma narsa tiklanish ruhida. Men Danteni Bibliyani sevganchalik sevaman. U ruhimni oziqlantiradi. Qolgan hammasi daxmaza.

🔹 Gi de Mopassan… Qiziqarli va jonli… ammo uning asarlarini buyuk ishlar deb aytmagan boʻlardim.

🔹 Mixail Lermontov. “Zamonamiz qahramoni” asari jahonda mening kitobimga oʻxshagan yagona asar. “Zamonamiz qahramoni”ning shafqatsiz taqdiri menga kitobimni eslatib turadi.

🔹 Aleksandr Pushkin. Men bir narsani tushunolmayman: Pushkinning askarlar, yovuz odamlar, tanti qahramonlar haqidagi asarlaridan qanday zavqlanish mumkin? Pushkin bolalarcha yashadi va yozdi, shu tariqa oʻldi ham.

🔹 Lev Tolstoy. Hamma davrlarda ham adabiyotga yangilik olib kirganlar eng yaxshi yozuvchi deb tan olingan. Lev Tolstoy buyuk adib. Uning asarlari hech qachon oʻlmaydi. Chunki uning yelkasida doim boshi boʻlgan.

🔹 Jek Londonga qarshi biror gap aytolmayman. Chunki biz bir-birimizdan tubdan farq qilamiz.

🔹 Franchesko Petrarka meni maftun etolmagan, chunki unda intellekt yetishmaydi. U goʻzallik shaydosi, xolos.

🔹 Fyodor Dostoyevskiy. Oʻylab topilgan qotillikni boʻyniga oladigan Fyodor Dostoyevskiy qahramonlaridan koʻra Russoning qanday qilib kumush qoshiqchalarni oʻgʻirlagani toʻgʻrisidagi iqrornomasini eshitish qiziqroq.

🔹 Prosper Merime asarlari qiziqarli, biroq bu durust yozuvchi degani emas.

‼️Siz bu fikrlarga qoʻshila olasizmi?


🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#adiblar_olamidan
#qiziqarli_faktlar

😅 Balzak kun va tunni bilmagan!

👉Yozuvchi Onore de Balzakning gʻalati odatlari haqida u hayotlik chogʻidayoq koʻp gaplar yurgan.

Masalan, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga oʻz xonasida qamalib olar ekan.

Yozuvchi pardalarni yorugʻlik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorugʻida ishlarkan.

Balzak kuniga 18 soat yozar, bu vaqt davomida unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi.

🤓 Balzak boʻyinbogʻ (galstuk)ga bagʻishlab… butun boshli kitob yozgan.


🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#zamonaviy_kutubxonalar

Almerdagi yangi kutubxona  bir necha qismdan tashkil topgan: kafe, internetga ega maxsus xona, oʻquv zali va multimedia xonasi.

Bu yer bir qarashda savdo markazi yoki supermarketga oʻxshaydi. Kutubxona kitoblarning janri hamda sohasiga qarab bir necha boʻlimlarga boʻlingan.

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#иқтибос

"Юлдузлар тўла осмонга тикиламан. Эҳтимол, осмондаги энг ёруғ юлдузлар оналарнинг жонидир. Эҳтимол, оналарнинг сўнган юлдузлари бирлашиб қуёшга айлангандир. Офтобни она дейишлари, эҳтимол, шундандир."

"Дунёнинг ишлари"
Ўткир Ҳошимов


/channel/haqiqatonline

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Faktlar turkumidan: At Termiziy

Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziy hijriy hisobda 209- yilda Termizda, badavlat boʻlmagan oilada tavallud topdi.

Uning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtib, dastlabki maʼlumotni ham shu shaharda olgan.

At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, «Al-jome» boʻlib, paygʻambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar toʻplamlaridan biridir.

Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan.

Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan.

Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan.

279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq boʻlmagan Bugʻ qishlogʻida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.

At-Termiziy asarlari:
🔺«Al-jome»
🔺«Ash-shamoil annasaviya»
🔺«Al-ilal fil-hadiys»
🔺«Risola fil-xilof val-jadal»
🔺«At-tarix»
🔺«Kitob az-zuhd»
🔺«Kitob ul-asmo val-kuna»

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#talqin

Qadimgi Xitoyliklar tinch-omonlikda yashashni istaganlarida, "Xitoy devorini" barpo etganlar. Bu devor mustahkam, baland va ishonarli himoya vositasi edi.

"... Hech kim bostirib kela olmaydi, bizga hujum uyushtira olmaydi, oshib ham kira olmaydi" deya eʼtiqod qilganlar. Lekin, "Devor" barpo etilgan avvalgi yuz yildayoq, uch bora hujumga duch keldilar. Quruqlik orqali kelgan dushmanlarning hech biri, bu "Devor"ni agʻdarib yoki yoqib yuborishmadi, oʻgʻirlikcha oshib ham kirishmadi.

Balki, har safar "Devor" qoʻriqchilariga pora berib, eshikdan kirib kelaverganlar. Xitoyliklar "Buyuk Devor" barpo etish bilan mashgʻul boʻldilar-u, ammo ishonchli qoʻriqchi inson tarbiyalashga eʼtibor qaratmadilar.

"Himoyangiz qanchalar mustahkam boʻlmasin, siz suyangan kishilar ishonchli boʻlmasalar, himoya qoʻrgʻoningizdan naf yoʻqdir..."

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#tabassum

Maktabda ona-tili darsida oʻqituvchi:
— Xoʻsh Bozorov, siz turingchi. Sizga savol: "Men sizga yangi kostyum-shim sovgʻa qildim" bu qanday gap?
— Domlajon, shuyam qiyinmi? Bu boʻlmagan gap, - dermish.

* * *
Topishmoq aytsam topasanmi?
— Ayt-chi...
— Bir xonada toʻrttasi, ishlar faqat bittasi.
— Bilmadim?!..
— Ishxonada 3 ta xodim va 1 ta konditsioner.

* * *
Nodon shogird bir kuni ustozi piri komildan soʻrabdi:
— Ustoz, nima uchun Hindistonda oila mustahkam boʻladi?
Ustoz javob beribdi:
— Chunki toʻy kuni, kuyovga miltiq sovgʻa qilinadi, kelinning peshonasiga esa qizil nuqta chiziladi.



/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#bilasizmi

Hayot saboqlari

Charli Chaplin 88 yil yashagan edi. U bashariyatga yetkazmoqchi boʻlgan oxirgi soʻzlarini qogʻozga yozib qoldirgan ekan. Mana oʻsha soʻzlar (tarjima)

- Dunyoda hech narsa mangu emas, hatto muammolarimiz xam.

- Men yomgʻir ostida sayr qilishni sevaman, chunki yomgʻirda mening koʻz yoshlarimni hech kim sezmaydi.

- Inson uchun eng yoʻqotilgan kun bu uning kulmagan kunidir.

- Dunyoning eng zoʻr oltita tabibi bular......... Quyosh, xordiq, diyeta (parhez va roʻza), mashq, doʻstona suhbat va samimiy kulgudir. Umringizning barcha pogʻonalarida shulardan doimiy foydalaning va hayotdan zavqlaning.

- Oyga qarasangiz xudoning goʻzalligini koʻrasiz, quyoshga qarasangiz esa xudoning kuch-qudratini.

- Agar oynaga qarasangiz xudoning sanʼatini koʻrasiz, shuning uchun unga ishoning.

- Hayot bu bor yoʻgʻi sayohatdir! Shuning uchun bugun yashang! Chunki ertaga boʻlmasligi ham mumkin.

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#yoshkitobxon_hayotidan #xabarlar

Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi "'Yosh kitobxon" tanlovining tuman (shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

31- oktyabr kuni viloyatimizning turli nuqtalarida yangi iqtidorlar kashf etildi. 3 to‘siqdan o‘tib, viloyatga tomon yo‘l olgan yosh kitobxonlar orasida albatta eng munosiblari e'tirofga sazovor bo‘lishadi, so‘nggi bosqichda esa, spark avtomobilini qo‘lga kiritishadi.

Tuman (shahar) bosqichi g‘oliblarini tanib olay desangiz, quyidagi fotojamlanmaga e'tibor qarating!

Fotohikoyani ko‘rish

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…
Подписаться на канал