#Tavsiya
Tanlov ro'yxatidagi asarlarni topishga qiynalyapsizmi?
Quyida siz uchun juda foydali linkga havola beramiz. Uning yordamida deyarli barcha kitoblarni topib mutolaaga sho'ng'ishingiz mumkin.
@YK2022_BOT sizning ishonchli onlayn kutubxonangiz😊
Eslatma: bot da mavjud bo'lmagan asarlar mazkur kanalda bor. Fayllarni taftish qilsangiz bas!
/channel/yoshkitobxonuz
⚡️Bilimlarni sinang va noutbuk qo‘lga kiriting!
Endilikda @kitobxontestbot telegram boti orqali test ishlab, noutbukka ega bo‘lishingiz yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Hammasi juda oddiy, bilimlarni sinang, test ishlang.
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
#adiblar_olamidan
Faktlar turkumidan:
Togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoladi;
Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari;
Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi;
Birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi;
“Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor boʻldi...
Batafsil o‘qish
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#adiblar_olamidan
Faktlar turkumidan: Abdulla Oripov
🔖O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi;
🔖Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori;
🔖O‘zbekiston Qahramoni;
🔖O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi...
... haqida batafsil o‘qishni istasangiz, mazkur linkni bosing!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_mutolaa
✍Muhtor Avezov
«Abay»
Jahon adabiyotida eng faxrli oʻrinlardan birini egallagan «Abay» va «Abay yoʻli» epopeyasini yaratish jarayoni haqida Muxtor Umarxonovich shunday degan edi:
«Tarix goʻyo katta yoʻldan oʻtgan bir karvon. Bu karvon oʻz yoʻlidagi manzillardan birida toʻxtab, gulxan yoqqan. Karvon ketgach gulxan qolgan, gulxan oʻchib, kul boʻlgan. Kul sovib, uning tagidagi bittagina choʻgʻ bizning kunlarimizgacha oʻchmagan.
Ana endi epopeya yaratmoqchi boʻlgan adibning vazifasi kul ostidagi shu choʻgʻni topish, uni puflab, oʻt yoqib, karvon shu yerda manzil topganida qanday gulxan porlagan boʻlsa, oʻsha gulxanni qaytadan tiklashdir».
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#kitoblar_haqida_fikrlar
"Dunyoning ishlari" qissasi haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi:
“Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz.
Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi.
Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Toshkent viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Xorazm viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Surxondaryo viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Samarqand viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Navoiy viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Jizzax viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Andijon viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#xabar
«Yosh kitobxon» – tanlovning navbatdagi bosqichi start olmoqda!
31-oktyabr kuni tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. U quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
🥁“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
🥁“Tezkor savol-javob” sharti.
Shartlar bilan batafsil tanishish:
❕Tanlovning qay manzillarda bo‘lib o‘tishi haqda biz sizga keyinroq xabar qoldiramiz, yoshkitobxonuz ni kuzatishda davom eting!🙋
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#adiblar_olamidan
Ibn Sino haqida 10 ta fakt
Buxorodan 30 km. uzoqlikdagi katta bo‘lmagan Afshona qishlog‘i Ibn Sinoning vatani hisoblanadi.
U juda yoshligidan arab tilini o‘rganadi va 10 yoshida Qur’onni yoddan biladi.
14 yoshidan boshlab astronomiya, metafizika, geometriya va keyin tibbiyotni mustaqil ravishda o‘rgana boshlaydi.
16 yoshida yigit shifokorlik ilmini puxta va chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi, o‘sha davrning mashhur tabiblari undan maslahat olib turishadi.
Bir safar Buxoro amirining o‘zi unga yordam so‘rab murojaat qiladi.
Ibn Sino 17 yoshida o‘zining "Ma’naviy kuchlarni tadqiq qilish" falsafiy asarini yozadi.
21 yoshida olim "Al-Majmul" kitobini yozib, unda she’riyat, ritorika va boshqa fanlar haqida o‘z fikrlarini bildiradi.
Yevropada uni Avitsenna deb (ismining lotin tilidagi talaffuzida) atashgan.
U 450dan ortiq asarni yozdi, shundan 240ga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Ibn Sino 1037-yil 24-iyunda vafot etgan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#tuyg‘u
* * *
Sevgimiz oʻldimi? — libosingiz koʻk,
Koʻnglingiz — begulxan, koʻzingiz — bechoʻgʻ.
Bizdan borish yoʻqdir, sizdan — kelish yoʻq
Kelishsiz dunyoda begʻam, azizim,
Nega koʻzlaringiz benam, azizim.
Oʻt yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.
Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yoʻq,
Falakda kezgani shaʼn rohingiz yoʻq,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yoʻq -
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yoʻllaring tumandir, tuman, azizim.
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarigʻida — yurak uchadir,
Soʻngaklar uchadir, suyak uchadir -
Bu toʻfon — xazonligʻ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
Ammo siz sargʻaymang — gulli bogʻ boʻling,
Yam-yashil koʻkaring, mudom sogʻ boʻling,
Bahorning bagʻrida beadogʻ boʻling —
Axir, qargʻaganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sigʻmas, azizim...
Usmon Azim
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#bu_qiziq
Agata Kristi disgrafiyadan aziyat chekkan, ya’ni qo‘li yozishga yaramagan. Uning barcha mashhur romanlari aytib turib yozilgan.
Uilyam Folkner ko‘p xatlarni egasiga yetkazib borishga erinib axlat idishiga tashlab ketayotgani ma’lum bo‘lib qolguniga qadar bir necha yil pochtachilik qilgan.
Sherlok Xolmsni o‘ylab topgan Artur Konan Doyl ko‘z do‘xtiri bo‘lgan va u kichkina qanotli sehrgarning borligiga ishongan.
Uilyam Shekspir tug‘ilgan kunida o‘lgan. Ammo boshqa-boshqa yillarda – 1564 yil 23 aprelda tug‘ilgan va oradan 52 yil o‘tib 23 aprel kuni vafot etgan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
📝"Ikki eshik orasi"
"Quyosh har kuni uygʻongan zahoti jilmayib boqadi-yu unsiz xitob qiladi: "Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring boʻlmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh iymon? Axir hammangiz insonsiz-ku! Bir-birlaring bilan qirpichoq boʻlaverishlaringni koʻrib charchab ketdim-ku! Yetar axir, yetar, bolajonlarim! Oʻz onangizni - Yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Onangiz shu umidda tuqqanmidi sizni?! Shu niyatda koʻtarib yuribdimi koʻksida!"
Oʻ.Hoshimov
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#adiblar_haqida_zamondoshlari
Rashidiy: “U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini “Kichkina baxshi” deyishgan, u saroyda amaldor boʻlgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan doʻstlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh boʻlgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, gʻamxoʻrliklar koʻrsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday gʻamxoʻrlik qilgan”.
Hakimshoh Qazviniy: “Hech kim turkiy sheʼrni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan”.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#adiblar_olamidan
Zulfiya Isroilova haqida 10 ta fakt
Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan.
"Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931 yil 17 iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.
Batafsil o‘qish
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#ertalabki_motivatsiya
GʻAYRATDA ASALARIDAN IBRAT OLAYLIK
- Men rosa harakat qildim, lekin bu ishni eplolmadim...
- Bizda bunday ishlarni qilish osonmas, yoʻl berishmaydi, sigʻdirishmaydi... Yoʻq-yoʻq, qiyin ish bu! Imkonsiz!..
- Bu harakatlaringizdan foyda yoʻq, biz koʻp uringanmiz... Yaxshisi, voz keching!
-Xoʻsh, necha marta urindinglar? – deyman.
- Ha... uch-toʻrt marta harakat qilib koʻrdik.
- Nega oʻn ming marta emas?
- Iye, nimalar deyapsiz? Oʻn ming marta-ya! Shunaqasiyam boʻlarkanmi?!
...Ha, boʻladi. Bittagina mitti asalari yuz gramm nektar yigʻish uchun milliontacha gulga qoʻnadi. Bir kilogramm asal toʻplash uchun esa taxminan toʻrt yuz ming kilometr masofani bosib oʻtadi. Bu - Yer shari atrofini taxminan oʻn marta aylanib chiqish degani!
Birgina asalarichalik gʻayrati va himmati, harakati va umidi boʻlmagan odamlarning nolib yurishi achinarli hol.
Buning uchun, har qancha qiyin boʻlmasin, maqsad sari harakatdan toʻxtamasligi kerak!!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Toshkent shahrida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Farg'ona viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Sirdaryo viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Namangan viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Qashqadaryo viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Buxoro viloyatida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yoshkitobxon_uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tanlov qay manzillarda bo‘ladi?
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
🔎/channel/yoshkitobxonuz
⚡️Bilimlarni sinang va noutbuk qo‘lga kiriting!
Endilikda @kitobxontestbot telegram boti orqali test ishlab, noutbukka ega bo‘lishingiz yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Hammasi juda oddiy, bilimlarni sinang, test ishlang.
Test ishlash: 👉 @kitobxontestbot
#dunyo_kitobxonligi
Metroda kutubxonacha...
Janubiy Koreyada metroda kichik kutubxonalar bor. Kitob o‘qishni targ‘ib qilishda biz ham shunday usullardan foydalansak qanday bo‘larkin?
🔎/channel/yoshkitobxonuz