Salom kitobxon yoshlar!!!
Sizlarni Yoshlar ishlari agentligi va "Factor books" nashriyoti hamkorligida ilk katta adabiy rezonans – IKAR loyihasi kitoblari taqdimotiga taklif etamiz.
Loyiha doirasida o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari Usmon Azim, Erkin A'zam, Murod Muhammad Do‘st hamda Xurshid Davronning kitoblari chop etilgan.
Sana: 19-oktabr, soat 17:00
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
(“Mustaqillik maydoni” metro bekati yonida)
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#live #sirdaryo #yoshkitobxonoila #5tashabbus #yoshlarishlariagentligi
⚡️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilinayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichiga start berildi.
Jarayonlarni biz bilan kuzating.
Telegram sahifamiz👉
@yoshlar_sirdaryo
#retro_film
SIZ IZLAGAN KITOB👆👆👆
"Shum bola" ichidagi katta bir dardi bilan kuldiradi oʻquvchilarini. Yozuvchi davr muammolarini achchiq mutoyiba qiladi. Bu orada bolakayni istagan yoʻrigʻida oʻynatadi. Ammo filmdagi bu lavhada uni holiga kulolmaysiz... faqat qoʻshiqni miriqib tinglash mumkin...
❗️Qoʻshilishib aytsangiz ham boʻladi, axir uni siz sogʻingansiz😊
***
Daryo toshqin, suvlar toʻlqin oʻtolmayman yor-yor,
Otim oriq, manzil uzoq yetolmayman yor-yor.
Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh yor-yorey,
Rangginamni sariq qilgan ul qalam qosh yor-yorey.
Ipdanmidi, ipakmidi kiyganingiz yor-yorey,
Bizlardan ham ortiqmidi, sevganingiz yor-yorey.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Live
⚡️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilinayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining Jizzax viloyat bosqichiga start berildi.
Jarayonlarni biz bilan kuzating.
Telegram sahifamiz👉 @Jizzax_yoshlar_agentligi
🟢 “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichi start oladi
“Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari 2022-yilning 2-14-iyun kunlari 2 ta shart “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari asosida o‘tkaziladi.
Hudud bosqichidagi gʻoliblar:
👉1-o‘rin 1,5 mln,
👉2-o‘rin 1,2 mln,
👉3-o‘rin 1 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, har bir hududdan birinchi o‘rinni egallagan yosh oilalar respublika bosqichida “Prezident sovg‘asi” — “Spark” avtomashinasi uchun o‘zaro bellashadilar.
⚡️Ma'lumot uchun: Joriy yilning aprel-may oylari davomida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining mahalla-sektor-tuman bosqichlarida 56 mingga yaqin yosh oilalar ishtirok etdi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#izlangan_asarlar
✍Mixail Bulgakov ITYURAK (qissa)
Qissa o’z mohiyat-e’tibori bilan fantastik motiv asosiga qurilgan.
Butun Yevropaga nomi chiqqan mag’rur va ulug’vor professor
Preobrajenskiy odamzodni yanada takomillashtirish maqsadi-da itning
miyasi o’rniga inson miyasini ko’chirib o’tqazadi.
Takabbur olimning bu qaltis tajribasi mohiyatan ma’naviyatsizlik va odamzod hamda tabiat
ustidan qilingan zo’ravonlikdan iborat ekanligi tufayli inqirozga yuz
tutadi. Oxir-oqibatda professorning o’zi bunyod etgan chala odam —
chala it — Sharikov o’z egasining boshiga malomat toshlarini yog’diradi.
M. Bulgakov asarda fantastikaga moyilligiga qaramay, inqilobdan
keyingi jamiyatimiz hayotidagi kamchiliklarni ayovsiz satira tig’i ostiga
oladi, o’zining boy hayotiy tajribasi va kuzatuvlaridan kelib chiqib, o’sha
davr «qiyofa»sini badiiy umumlashtiradi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiyalar
👨🏻💻Kitob oʻqish uchun eng yaxshi ilovalar:
1. AlReader
2. Apple Books
3. ReadEra
4. PocketBook Reader
5. Bookmate
Eslatib o‘tamiz: ❗️«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga
@yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#kitobxon_uchun
👉Kambagʻal va oʻrta aholi pulga ishlaydilar.
👉Boylar pulni oʻzlariga ishlashga majbur qiladilar.
👉Notoʻgʻri fikrlash - pul hamma muammolarni hal qiladi deb oʻylashdir...
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
«Men yonib ketsam, zamon oхir boʻladi!» – deganmish chinor.
Oʻshandan buyon odamlar unga tikilishadi.
Lekin chinor oхir zamonni emas, mangulikni eslatadi odamlarga. Yuzdan oshgan chollar ziyoratga kelganda: «Yoshligimda uni qariya deyishardi,
endi oʻzim qariyaman, u boʻlsa oʻsha-oʻsha», – deyishadi. Hozir uning yoshini hech kim bilmaydi.
Uning yoshini sanash ham gunoh hisoblanadi.»
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
⚡️⚡️⚡️SIZ IZLAGAN KITOBDAN
💔❤️🩹 «Armon toshdek zil boʻlgani uchun ham dil tubiga choʻkadi deydilar...
Toshlari togʻdek qalashib ketgan yurakni nima deb atash mumkin?
Toshyurak deymizmi?Inson shu tariqa bagʻritoshga aylanadimi?
Bu metin koʻngilni nechuk taft, harorat eritadi? Qanday kuch unga
qayta jon bagʻishlaydi?Qaysi qudrat bu toshlarda gul undira oladi?
Bilmadim, bilmayman... »
🔎/channel/yoshkitobxonuz
Bugungi kun holatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tganlar soni quyidagicha👇👇👇
✅Jami ro'yxatdan o'tganlar: 23619
Hududlar kesimida:
Andijon viloyati — 3906
Buxoro viloyati — 1400
Fargʻona viloyati — 895
Jizzax viloyati — 555
Namangan viloyati — 2767
Navoiy viloyati — 1464
Qashqadaryo viloyati — 2166
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3250
Samarqand viloyati — 2222
Sirdaryo viloyati — 188
Surxondaryo viloyati — 558
Toshkent shahri — 469
Toshkent viloyati — 653
Xorazm viloyati — 3126
❗️«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga
@yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiyalar
🤔 Biron nimani eslab qololmasangiz yoki tushunmasangiz bu usulni qo'llang👇👇
Biron nimani eslab qololmasangiz yoki tushunmasangiz u holda uni kimgadir tushuntirishga harakat qiling. Sababi biz kimgadir nimanidir tushuntirganimizda uni soddalashtirishga urinamiz va natijada o'z ongimizga ham muhrlab qo'yamiz.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
«Kambagʻallik ayb emas, biroq yoʻqchilik – illat. Birinchisida inson tugʻma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi,
ammo yoʻqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi»
‼️Hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi.
👉Bir bora varaqlagan kishini o‘z olamiga olib kiradigan ajoyib asar, ammo ruhiy ta'siridan ehtiyot bo‘ling. G‘arb olimlari kichik yosh vakillariga bu kitobni o‘qimaslikni tavsiya etishgan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#motivatsiya
‼️HECH KIM MAJBUR EMAS...
Kim bo‘lish sizning harakatlaringizga bog‘liq.👆👆👆
Unutmang, sizga hech kim hech narsa qilib berishga majburmas. Boshqalardan emas, o‘zingizdan ko‘mak kuting!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak?
👆👆👆
#yoshkitobxon
16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#live #sirdaryo #yoshkitobxonoila #5tashabbus #yoshlarishlariagentligi
Tanlovning “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti o’z nihoyasiga yetdi.
⚡️Shartning yakuniy natijasiga ko’ra ayni damda Boyovut tumanidan Noryigitovlar oilasi 91.3 ball bilan peshqadamlik qilmoqda.
Jarayonlarni biz bilan kuzating!
Telegram sahifamiz👉
@yoshlar_sirdaryo
📚«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
«Agar o‘ylayversak, xotiralar bizni ezib tashlaydi; har holda men bir narsani payqadim; taqdirga tan berib qo‘yganingda barcha azoblarga chidash mumkin, lekin ular haqida hadeb o‘y sursang, bu o‘ylar seni adoyi tamom qiladi.»
✍E.M.Remark
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#bu_qiziq
❓❓❓BILASIZMI?
Naql qilishlaricha, Amir Temur Eronga qarshi yurish boshlaganda, Isfaxonning qamali koʻpga choʻzilib, qoʻshinni ozuqa bilan taʼminlashga mablagʻ yetmay qolibdi. Nihoyat Amir Temur Samarqandga chopar yoʻllab, Saroy Mulk xonimga maktub joʻnatadi. Maktub qisqa boʻlib, "qoʻshinning zaxirasi tugadi, xazinadan zar yuboring!" deyilgandi.
Saroy Mulk xonim maktub mazmunidan ogoh boʻlgach, mazkur maktubning orqa tomoniga "Ulugʻ amir! Zaringiz tugagan boʻlsa, siyosatingiz xam tugadimu?"-deb yozadi va maktubni choparga berib yoʻlga ravona qiladi. Amir Temur maktubni olgach, Saroy Mulk xonimning kinoyasini mushohada qilib, nihoyat bir qarorga keladi:
❔Ayting-chi shunday vaziyatda sarkarda Amir Temur qanday qaror qiladi?
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
✍Ch.Aytmatov, «Birinchi muallim»
«Togʻlarda shunday chashmalar boʻladiki, yangi yoʻl ochilsa, bu chashmalarga eltadigan soʻqmoq yoʻllar esdan chiqib ketadi, suvsaganda yoʻldan burilib boradigan yoʻlovchilar tobora kamayadi, shu bilan bu chashmalarni yalpiz yoki naʼmatak bosib ketadi.»
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiyalar
👉MASHHURLAR TAVSIYA ETADI
🇮🇳 Mohandas Karamchand Gandi davlat va jamoat arbobi, Hindiston Milliy ozodlik harakati faoli, Hindiston Milliy qahramoni. Gandini hind xalqi sharaflab "Mahatma" - "Buyuk qalb sohibi" deb chaqirishadi.
⚜️Quyida Mahatma Gandi tomonidan tavsiya etilgan kitoblarni taqdim etamiz. Zotan, buyuklar tavsiyasi buyuklikka yetaklaydi. 😉
📚 "Ezop masallarining klassik xazinasi" - asar toʻla majoziy maʼnoga ega. Turli xil hayvonlar, buyumlar va insonlar orqali jamiyatdagi qusurlar, insonning salbiy xislatlari qoralangan.
📚 "Onamga maslahat" Devdasning ushbu asari 1900-yilda nashr etilgan. Gandi bu asarni farzandlarini tarbiyalash uchun, rafiqasiga oʻqib bergan.
📚 "Sarakens tarixi" - ushbu asarni Mahatma Gandi 1932-yil Yeravda qamoqxonasida hibsda saqlanayotgan payti oʻqib chiqqan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#hikmat #iqtibos
"Aslida hayotimdagi soxta borliqlarni borligini juda yaxshi bilaman. Xohlasam bir zumda ulardan qutilishni ham bilaman. Ammo buncha soxtaliklarni mening samimiyatimga ehtiyojlari bor ..."
✍️- Jaloliddin Rumiy
🔎/channel/yoshkitobxonuz
Bugungi kun holatiga👇👇👇
🔴 Jami ro'yxatdan o'tganlar: 24761
Hududlar kesimida:
🔺Andijon viloyati — 3927
🔺Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3669
🔺Xorazm viloyati — 3304
🔺Namangan viloyati — 2994
🔺Samarqand viloyati — 2260
🔺Qashqadaryo viloyati — 2198
🔺Navoiy viloyati — 1508
🔺Buxoro viloyati — 1454
🔺Fargʻona viloyati — 938
🔺Toshkent viloyati — 675
🔺Jizzax viloyati — 582
🔺Surxondaryo viloyati — 566
🔺Toshkent shahri — 483
🔺Sirdaryo viloyati — 203
🔎/channel/yoshkitobxonuz
📚Birinchi elektron kitobning tarixi
Bularning barchasi 1971 yilda, Illinoys shtatidan (AQSh) istiqbolli yozuvchi Maykl Stern Xart AQSh mustaqilligi deklaratsiyasini "raqamlashtirgan" paytda boshlangan. Xart ushbu rasmiy hujjatni raqamlashtirdi, chunki u bilan ushbu shaklda ishlash qulayroq edi va o'sha paytda kuchli bo'lgan Xerox Sigma V kompyuteriga kirish imkoniyati unga o'z rejalarini amalga oshirishga imkon berdi.
Keyinchalik, Maykl yana bir nechta nashrlarni raqamli shaklga o'tkazdi va keyinchalik "Gutenberg" nomli loyihada ishtirok etdi, uning asosiy maqsadi minglab elektron kitoblar uchun elektron kutubxona loyihasini ishlab chiqish edi. Ishtirokchilarning g'ayrat va fidoyiligi tufayli loyiha muvaffaqiyat qozondi va 2005 yilga kelib kutubxona saytida 17000 nusxadan ortiq turli xil materiallar mavjud edi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
Xalqaro madaniyat indeksiga koʻra, dunyoda eng koʻp kitob oʻqiydigan aholisiga ega davlatlar reytingi maʼlum qilingan.🔎
Bu ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q.
Reyting aholining bir haftada necha soat kitob oʻqishga vaqt sarflashiga qarab tuzib chiqilgan boʻlib, quyidagi davlatlar kuchli 26 talikka kirgan:
Hindiston – 10:42 (soat:daqiqa);
Tailand – 9:24;
Xitoy – 8:00;
Filippin – 7:36;
Misr – 7:30;
Chexiya – 7:24;
Rossiya – 7:06;
Shvetsiya – 6:54;
Fransiya – 6:54;
Vengriya – 6:48;
Saudiya Arabistoni – 6:48;
Polsha – 6:30;
Venesuela – 6:24;
Janubiy Afrika Respublikasi – 6:18;
Avstraliya – 6:18;
Indoneziya – 6:00;
Argentina – 5:54;
Turkiya – 5:54;
Ispaniya – 5:48;
Kanada – 5:48;
Germaniya – 5:42;
AQSH – 5:42;
Italiya – 5:36;
Braziliya – 5:12;
Yaponiya – 4:06;
Janubiy Koreya – 3:06.
P.S. Davlatimiz kuchli 26 talikka kirishi uchun javobgarligingni bilasanmi, yosh kitobxon?!
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiya
🙋♀🙋♂«Yoshlik»jurnalini izlayotganlar uchun muhim yangilik. Endilikda tahririyat bilan bog‘lanish imkoni bor sizda:
✅97 440 66 83
✅94 602 05 63
Yuqorida ko‘rsatilgan telegram manzillaridan biriga xabar qoldiring, ular albatta sizga jurnalning 2022- yilgi sonlarini topishda ko‘maklashadi. 👆👆👆
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Motivatsiya
‼️NOLISHNI BAS QILING!
♻️ Psixologik nuqtai nazardan hamma narsa avval oʻy-xayolda, keyin real hayotda sodir boʻladi. Shuning uchun doim ijobiy fikrlang.
Ruhan kuchli boʻlsangiz, yoʻlingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling va buni roʻyobga oshishiga qattiq ishoning, u albatta amalga oshadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
‼️«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻta oldingizmi?🧐
#yoshkitobxon
16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlangan. Roʻyxatdan oʻting va xotirjam mutolaaga shoʻngʻib ketasiz!😉
👆Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#kitob_haqida
📚 «Martin Iden» romani buyuk yozuvchi Jek Londonning qalamiga mansub boʻlib, birinchi marta 1908–1909 yillarda The Pacific Monthly jurnalida chop etilgan, 1909 yilda esa Macmillan Company nashriyotida alohida kitob sifatida nashr etilgan.
📚 Roman asosi avtobiografikdir: Martin Iden va Jek Londonning oʻxshash jihatlari juda koʻp. Ikkalasi ham jamiyatning quyi tabaqasidan chiqqan va faqat oʻz kuchi bilan adabiyotda ulkan yutuqlarga erishgan. London yoshligida oʻzini juda koʻp ishlarda sinab koʻrgan; u dengizchi, zavod ishchisi, kir yuvish shirkati ishchisi sifatidagi tajribasiga tayangan holda mohirona asarlar yozdi. Ruf obrazi esa Jek Londonning birinchi muhabbati Meybl Epplgartdan olingan.
‼️Asar bilan tanish bo‘lsangiz, fikrlaringizni izohlarda kutamiz😉
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#siz_uchun #yosh_kitobxon
"YASHIL KECHA"NI O‘QIGANMISIZ?
📚 Rashod Nuri Gunteginni Choliqushi orqali yaxshi taniymiz. Biz taqdim etayotgan asari ham undan qolishmaydi, mazmun va g‘oyaviy jihatidan juda kuchli asar. 🔥
O‘qib bo‘lganlar uchun quyida kommentlar sahifasi ochiq😉
Yuqoridagi she'r muallifi kim?
anonymous poll
Mirtemir – 992
👍👍👍👍👍👍👍 69%
Hamid Olimjon – 189
👍 13%
Oybek – 131
👍 9%
Bilmayman🙃 – 100
👍 7%
Internetdan ko‘rib oldim😉 – 30
▫️ 2%
👥 1442 people voted so far.