🇺🇿 🇹🇷 Kecha e'lon qilganimiz “Turk xalqiga koʻmak” loyihamizni qo'llab-quvvatlash uchun Toshkent vaqti bilan soat 11:50 holatiga ko'ra hisobimizga 105 mln so'mdan oshiq yordam pullari yuborildi.
Siz ham bu loyihamizga uzoqdan bo'lsa ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.
Hesabın Sahibi: OSMAN ÖZTÜRK IBAN TR790020500000897364000002
8600 0304 7867 3357 (uzcard)
Bahromov Asadbek
👉 @Registon TV — Turkiya haqida kuzatib boring!
#happy_birthday
Bugun kompozitor Jon Uillyams 91 yoshni qarshi oldi. Deyarli, Spilberg bilan hamkorlik qiladigan kompozitor, uning so'nggi filmi "Fabelmanlar"ga ham o'zi musiqa bastaladi. 100 yoshda ham, 80 yoshdan oshgan Spilberg bilan birgalikda ijod og'ushida bo'lsin!
@yosh_kinematografistlar
Bugun iste’dotli rejissor va ajoyib dramaturg — Umid Hamdamov ning tavallud topgan kunlari. Ustozga doimiy sog’liq va baxt tilaymiz. Ijod olamida esa bundanda yuksak marralarni zabt etish nasib qilsin.
Читать полностью…Талантли боллар Россиядаги бугунги реаллик ҳақида "Ҳаёт ва мамот" деб номланган мультфильм ишлашибди. Мультфильм қаҳрамонлари гапирмагани учун таржимага ҳам ҳожат йўқ экан 😊
Читать полностью…Respublika Yosh ijodkorlar kengashi Eron kinorejissyor Abbas Kiarostamining "Olcha ta'mi" (1997) filmi (arthaus, drama) namoyishiga taklif etadi.
Film 1997-yilda Xalqaro Kann kinofestivalining bosh sovrini — "Oltin palma yaprog'i" bilan mukofatlangan.
Kinematografiya nazariyotchisi va rejissyor Jean-luk Godard: "Kino Devid Uork Griffitdan boshlanib Abbas Kiarostami bilan yakunlandi" deya izohlaydi. Shunday ekan, tassavvurimizdagi kinoning yakunini tomosha qilamiz.
Film rus tilida, o'zbekcha subtitiri bilan.
Davomiyligi 95 daqiqa.
Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zalida.
Vaqti: 4-fevral 17:00da.
@artjingo
#tavsiya
Kino haqidagi qiziqarli faktlarga boy yana bir telegram kanal.
Obuna boʻlishingizni tavsiya qilamiz!
/channel/kinoabout
“Oʻtkan kunlar”, “Tonglar tinch otardi, bu yerda…” – Islom Karimov yaxshi koʻrgan filmlar
📽Yozuvchi Murod Muhammad Doʻstning eslashicha, sobiq Birinchi “sovet mafkurasini miyalarga singdirgan eng katta qurol” sifatida “Chapayev” filmini ham koʻp tilga olgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1372
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#news
Serbiyada boʻlib oʻtayotgan “Kustendorf” kinofestivalida yosh rejissyor Temur Murodov oʻzining “Kaseta” filmi bilan, Oʻzbekiston nomidan ishtirok etish uchun, Serbiyaga yoʻl oldi.
Temurga omad tilab qolamiz!
@yosh_kinematografistlar
KINONI BERING KINOCHILARGA...
"Sarvqomat dilbarim" filmidan olgan taassurotlarimni bo‘lishmoqchiman. Avvalo, iste'dotli aktyorlar brigadasi, go‘zal taronalar, umuman ajoyib kino atmosfera uchun Sarvar Karimovga rahmat aytmoqchiman
Film 2018-yilda suratga olingan. Orada besh yil vaqt o‘tyabti. Sarvar Karimovdek “kino akademik” uchun bu katta tanaffus. Ma'lum bir sabablarga ko‘ra hozir film olmayabti
Umuman faqat Sarvar Karimov emas, yana boshqa ko‘plab iste'dotli rejissorlarimiz hozir kinodan uzoqda. Buning sababi — ular vijdoniga xiyonat qila olmaydi. Ko‘plab puch va'dalar, ortiqcha senzura, moliyaviy muammolar ijodkorlarni charchatdi
Aslini olganda "O'zbek kinosi" og'iz yirtar harajatli festivallardan sal tiyilib, kino yaratishga o‘tadigan payti keldi, menimcha. Tarixiy va davlat propagandasi bilan boyitilgan filmlar ham me’yorida bo’lgani ma’qul. Har yili xalq uchun hech bo‘lmasa bitta "Sarvqomat dilbarim" darajasidagi film taqdim etish lozim. Buning uchun kinoni kinochilarga berish kerak
Sh.Norqulov
“Ўртоқ Бойкенжаев” фильмидан сўнг ўзбек киносида бу даражадаги ўткир мазмунга эга, аччиқ истеҳзога бой ижтимоий-сиёсий руҳдаги фильм олинмади.
Иқбол ҚЎШШАЕВА
@yosh_kinematografistlar
Toshkentdagi Kinofestival haqida
– Meni yaqinda Toshkentda o‘tgan kinofestivalga aytishdi, – dedi adib do‘rillasa-da, o‘z ovozi ila. – Oldin ham shunday festival bo‘lgandi – mutasaddilar uni “Gepard” deb nomlagan. Men bir injiq odamman. Nomga e’tibor bering. O‘zing o‘zbek bo‘lsang, bir ish qilginki, u o‘zingga yarashsin. “Gepard”ga balo bormi? Bunisini “Ipak yo‘li durdonasi” deb nomlashibdi. Nima degani bu? Uning festivalga nima aloqasi bor? Albatta, qorin to‘ygandan keyin odamning o‘ynagisi keladi. O‘zini ko‘rsatgisi, bitta-yarimtani chaqirgisi keladi... Lekin kinofestivalning o‘z qonun-qoidasi, talablari bor. U pulni sochib tashlash degani emas. To‘g‘ri, qizil gilam ustidan o‘tish an’anasi bor. Kinochilar yilda bir yayrasa, hech nima qilmaydi. Xullas, men o‘sha ikkala festivalga ham bormadim...
Erkin A’zam
Maqolani toʻliq holda ushbu havola orqali oʻqishingiz mumkin👇
http://oyina.uz/uz/article/1343
@yosh_kinematografistlar
Ayrim filmlarni qayta-qayta koʻrsang ham joningga tegmaydi. Har gal koʻrganingda yangi ma’no topmaysan. Yoʻq. Shunchaki 10 martalab koʻrsang ham zerikmaysan. Masalan “Gladiator”, “Uyda yolgʻiz”, “Leon”, Gaydayning filmlari. Zulfiqor akada ham shunaqa kinolar koʻp. Bu katta baxt.
Nima boʻlganda ham biz Musoqovning filmlarida katta boʻlgan avlodmiz. “Abdullajon”dan kalxoʻz nimaligini bildik, “Osmondagi bolalar”dan doʻstlik va sevgini oʻrgandik, “Yaratganga shukur” qilib, “Vatan”ni sevdik.
Sarvar Karimov
@yosh_kinematografistlar
"Мен режиссёрман, сиёсатни тушунмайман" дейиш, мен дунёга, одамлар тақдирига бефарқман дейиш билан баробар. Модомики, сиз дунёга, одамлар тақдирига бефарқ экансиз, дунё ҳам сизнинг ишларингизга бефарқ бўлади!
Иқбол Қўшшаева
@yosh_kinematografistlar
RegistonTv jamosi bilan boshlagan “Turk xalqiga koʻmak” loyihamizni amalga oshirish uchun yo'lga chiqdik!
Kecha ko'mak loyihamizni e'lon qilganimizda so'ng Turkiyadagi o'zbek yurtdoshlarimiz bizga kiyim-kechak va turli xil buyumlar yuborishidi hamda karta raqamlarimizga ham yordam pullari kelib turibdi. Bugun ertalab Istanbul shahridan zilzila bo'lgan hududga qarab yo'lga otladik duo qilib turasizlar...
👉 @Registon TV — Turkiya haqidagi kuzatib boring!
Registon tv jamoasi zilziladan talofat ko'rgan ayrim shaharlarga qo'lidan kelgan yordam uchun yo'lga otlanmoqda. Kimdadir oziq-ovqat, yopinchiqlar (adeyol) bo'lsa mashinamizda joy bor, olib ketamiz.
Aloqa uchun: +905526023759
+905419619414
Hesabın Sahibi: OSMAN ÖZTÜRK IBAN TR790020500000897364000002
8600 0304 7867 3357 (uzcard)
Bahromov Asadbek
👉🏻 Ushbu postni guruhlarga va yaqin doʻstlaringizga ham ulashing 🤲🏻
#podcast
Kinoxona Podcast:
Sardor Faxriddinov, Jasurbek Turobxo’ja, Nargiza Nazarova, Sheroz Norqulov
@yosh_kinematografistlar
https://www.youtube.com/watch?v=-wUAyCgSgqQ
“Paradizo kinoteatri”.
Juzeppe Tornatore. 1988-yil.
Men bugun film ko’rmadim, go’yo unda yashadim. Film oxirlab qolgan payt, uning tugashini sezish azob berdi. Shu paytgacha ko’rilgan filmlar go’yo havoga uchdi ketti. Hozir men uchun birgina film bor faqat.
Rivojlanish inson hayotini yengillatadi, va shu bilan birga badaliga undan xotiralarini o’g’irlaydi. Sen 7 yoshligingdagi yashagan hayot hozirgi 7 yoshli bola uchun begona.
Film voqealari urushdan keyingi Italiyada sodir bo’ladi. Qishloq aholisi uchun hayot bu faqat kino. Sevgi ham, baxtli hayot ham, hammasi faqat kinoda.
“Malena” singari bu filmda ham voqelar yosh bolakay orqali ko’rsatiladi. Ennio Morricone o’lganda uni tanimas edim. Lekin endi bundan afsuslanyabman. Musiqalar yuragingiz tubidagi uxlab qolgan his-tuyg’ularni chertadi.
Film oxirida ko’zingizga yosh keladi. Bilmadim balki bu filmga baho berish uchun asos bo’lolmas.
Lekin “Paradizo” men uchun barcha davrlarning eng yaxshi filmiga aylangandek go’yo.
Shohruh Norqulov. 2021-yil.
#animation_film
"MAYIN YOMG'IR YOG'ADI" (1984)
Ssenariy muallifi va rejissyor: Nozim To'laxo'jayev
https://www.youtube.com/watch?v=quyaaszg6jc&t=13s
Гарри Поттер ҳақидаги филмларда Рон роли туфайли дунё миқёсида шуҳрат қозонган актёр Руперт Гринт франчайзинг асосидаги сериал яратилиши ҳақида гапирди.
Яқинда берган интерьвюсида актёр ушбу асарнинг янги форматини қизиқиш билан томоша қилишини таъкидлаб ўтди.
Гринтнинг сўзларига кўра, филмлар ҳар қандай ҳолатда ҳам янги томошабинлар учун қайта суратга олиниши керак.
Актёрнинг тан олишича, Рон ролида бошқа биров пайдо бўлишини кўриш унинг учун жуда оғир. "Рон образи билан чамбарчас боғланганман ва уни қўйиб юбориш жуда қийин бўлади", деган Гринт.
Эслатиб ўтамиз, ўтган йилнинг охирида Warner Bros компанияси Роулинг билан Гарри Поттер оламига асосланган сериал яратиш бўйича музокаралар олиб бораётгани маълум бўлган эди. Шунга кўра, ёзувчидан янги асарлар яратиш талаб этилади.
КиноAbout - обуна бўлинг!
#news
Temur Murodovning “Kaseta” filmi, Serbiyada boʻlib oʻtayotgan “Kustendorf” kinofestivalining “Most Poetic Movie Award” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
@yosh_kinematografistlar
#short_film #premyera
Mr.Kozyol
Animator Gʻolib Sanokulovdan ajoyib video rolik
P.s.Animatorlarni sindirish
bandasigamas😊😊
@yosh_kinematografistlar
ШУНАҚА
Замонавий ўзбек адабиётини ўқишни 95%, Ўзбек киноси махсулотларини томоша қилишни 100%, ўзбек қўшиқчилигини тинглашни 100%, Ўзбек ТВсини кўришни 100%, ўзбек сиёсатчилари гапига қулоқ солишни 100% тарк қилганман.
Мен учун инсон эрки, озодлиги акс этмаган ҳар қандай санъат, адабиёт, фалсафа бир тийинга қимматдир.
Раҳимжон Раҳмат, адабиётшунос
#kinotanqidchi
KINO TAQDIMOT vs KINO FESTIVAL
Farqi nima?
Toʻliq video:👇
https://youtu.be/Vtv9wYocrrU
Nargiza Nazarova
@yosh_kinematografistlar
#happy_birthday
Bugun sevimli kinorejissyor Zulfiqor Musiqov 65 yoshni qarshi oldilar. Ularni ushbu qutlugʻ ayyom bilan yosh kinoijodkorlar va xalqimiz nomidan chin dildan muborakbod etamiz. Ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolamiz.🎁
@focusfilmuz
@yosh_kinematografistlar
#kinotanqidchi
Seriallarimiz haqida…
Sizning sochingizdan soch toʻkiladimi, yoki boshingizdan soch toʻkiladimi?
Toʻliq video:👇
https://youtube.com/watch?v=ULpU3pq5RZk&si=EnSIkaIECMiOmarE
Nargiza Nazarova
@yosh_kinematografistlar