Hisob palatasi MTRKda katta tekshiruv o'tkazayotgan ekan. Bu oxirgi vaqtlarda MTRK faoliyatiga nisbatan OAVda ko'paygan tanqidlar natijasi bo'lishi ham mumkin.
Kim biladi deysiz, balki shu tekshiruvlar yakuni bilan Milliy teleradiokompaniya direktori Alisher Xo'jayev nafaqaga kuzatilar (60 ga kirdi axir).
Nima bo'lganda ham MTRKda jiddiy islohotlar qilish vaqti kelgan. Chunki davlat kanallari arzon, sifatsiz, sezuralangan va eng muhimi, reallik bilan bog'lanmagan dasturlari bilan odamlar ishonchini yo'qotganiga ancha bo'ldi. Unga sarflanayotgan pullar esa samarasiz va shunchaki havoga uchmoqda.
Bu vaziyatda hozir rejalanayotgani kabi MTRK tarkibidagi barcha kanallarni 6-7 ta kanalga birlashtirish rejasi ham ish bermaydi. Bu shunchaki qo'lidagi vazifalarni xususiy sektorga berishga qo'rqayotgan davlatning navbatdagi samarasiz amaliyotiligicha qoladi.
O’tgan 31 yilda MDHda biz bilan bir vaqtda mustaqil bo‘lgan ko‘plab davlatlar vatandoshlari qanday qilib fikr, ong mustaqilligiga erishdi-yu, nega bu yillar biz uchun yetarli bo‘lmadi? Bu savol hukumatni jiddiy o’ylantirishi va xulosa bilan aniq choralarga yetaklashi kerak.
@haqiqatdaIlyos
Kinorejissyor Sarvar Karimov tomonidan ishlangan reklama roligi.
P.s.Qarasam, bugungi kun trendiga mos kelarkan.
@yosh_kinematografistlar
#suhbat
Film qanday o'qiladi?
Bu galgi suhbatimizda, filmlarni saviyasiga ko'ra qanday ajratamiz… Filmda mantiq va farosat qayerda bo'ladi?
Bu haqida gaplashamiz!
Ishtirokchilar:
Adhamjon Abdurahmon - rejissyor
Shoxruh Ne'matov - ssenariynavis
Nargiza Nazarova - kinotanqidchi
Chorshanba, 18-yanvar
Soat: 20:00 da
Ushbu havola orqali suhbatda ishtirok etishingiz mumkin👇
/channel/yosh_kinematografistlar?livestream=ba1f14c1b95ce81546
@yosh_kinematografistlar
Ma'lumot uchun:
Bugungi kunda Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi O'zbekistondan o'zi qazib olayotgan gazga deyarli 90/10 nisbatda egalik qiladi. Ya'ni qazib olingan gazning 10 foizini bizga qoldirib, 90 foizini olib chiqib ketadi. Kamiga o'sha 90 foiz ham bugungi bozor narxlaridan bir necha barobar arzon.
Hozirgi sovuq kunlarda esa Putin ana shu 10 foizlik ko'rsatkichni ko'pi bilan yana 4-5 foizga oshirtirish orqali butun energiya tizimlarimizni qo'lga kiritmoqchi.
Soddaroq tushuntirganda, agar bu iflos kelishuv amalga oshsa, O'zbekiston umummilliy boyligi – gazining bir necha foizini o'zida ko'proq qoldirgani uchun Kremlga butun energiya mustaqilligini ham topshirishi kerak bo'ladi.
Afsuski, o'z vaqtida qilingan rasvo siyosat va hozir ham hukumatdagi yuqori lavozimlarda o'tirgan ayrim sotqinlarning o'ylangan harakatlari bizni bugungi shunday qiyin vaziyatga tushirib qo'ydi.
@haqiqatdaIlyos
Шуҳратли умр шараф билан якунланди!
2008 йилда Россия ҳукумати Вахтанг Кикабидзени "Дўстлик" ордени билан тақдирламоқчи бўлди. Лекин у бу марҳаматни рад этди. Ҳатто Кремль концерт залида кутилаётган юбилей тантанасини ҳам йўққа чиқарди. Чунки ўша йили Россия армияси Грузия тупроқларига кирганди. Дўстининг шон-шуҳрат қозонишига имкон берган ва "боққан" давлатга муносабатини дума депутати Иосиф Кобзон кўрнамаклик деб билди, оғир олди. Тушунолмай, кечира олмай ўтди-кетди. Одам боласи ўзига ўхшамаганни кечиришга қодир эмас экан. Айниқса, сенинг каъбанг ким учундир пойгак эканини билиб қолсанг... Буба амаким ҳам ўшандан бери Россияга қадам босмай қўйган. Лекин рус халқи уни ҳанузгача севади, соғинади. Санъаткорнинг ўша саркашлигини сўзсиз тушунади. Бош эгади. У охирги пулларини Ватанини ҳимоя қилаётган украин жангчиларига эҳсон этди. Кикабидзенинг ҳаволадаги қўшиғида кўп кўргиликларни кечирган, шивири ҳам фарёдга айланган донишманд Кавказнинг куюк кўкси қалқиб турибди. Вахтанг Кикабидзенинг кўзи ва овозида ҳил-ҳил пишган виждон сувратини кўраман!
Иқбол Қўшшаева
@yosh_kinematografistlar
"Грузин Суқроти" деб тан олинган буюк файласуф Мераб Мамардашвили ВГИКда санъат фалсафасидан маърузалар ўқиган. Сокуров, Балабанов ва Звягинцев каби режиссёрлар уни ғоявий устоз деб билади. Тўғри, Звягинцев унинг талабаси бўлмаса-да, олимнинг тасмаларда ёзиб қолинган маърузаларини ва таълимотини яхши ўрганган. Шу боис айрим киношунослар Звягинцев фильмларини Мамардашвили фалсафасига таяниб тадқиқ этади. Ҳозир бизда Мамардашвили каби файласуф йўқ. Бўлган тақдирдаям уларни олийгоҳларга яқинлаштиришлари даргумон. Лекин бугун интернет асри. Сиз ҳам бу мутафаккирнинг шогирдига айланишингиз мумкин. Ҳар бир ҳукмрон сиёсат кинони пропаганда қуроли деб билар экан, ўзини ҳурмат қилган кинорежиссёр дин, фалсафа, адабиёт, тарих ва политологиядан етарлича билимга эга бўлиши шарт. Бўлмаса устозлар хатосини такрорлашингиз ҳеч гап эмас. "Мен режиссёрман, сиёсатни тушунмайман" дейиш, мен дунёга, одамлар тақдирига бефарқман дейиш билан баробар. Модомики, сиз дунёга, одамлар тақдирига бефарқ экансиз, дунё ҳам сизнинг ишларингизга бефарқ бўлади! Киношунослар кўп, лекин нега Наум Клейман ва Антон Долинни кўпроқ тинглашади, ўқишади? Чунки улар жамиятдан узилмаган, фикрловчи инсонлар. Дунё динамикасини доим сезиб туришади. Улар фикрлаётганда бир вақтнинг ўзида киношунос, футуролог, политолог, адабиётшунос ва тарихчига айланади. Шу боис, гоҳ-гоҳида ижтимоий юкка эга фикрларни ҳам улашиб борамиз.
Иқбол Қўшшаева
@yosh_kinematografistlar
#mulohaza
Андрей Звягинцев ёки Константин Хабенский каби империализм қутқусидан озод ижодкорлар юртимизга келиб дарс берса эътироз йўқ...
Икбол Кўшшева
@yosh_kinematografistlar
#kinotanqidchi
OLTIN HUMO - 2022
taqdimot tahlili
Toʻliq video:👇
https://youtu.be/ESQe1mXmzmc
Nargiza Nazarova
@yosh_kinematografislar
#animation_film #siyosat
“Monstrlar” — Kun.uz multfilm
Gap kinolardagi maxluqlar haqida emas, balki jamiyat ichida sun’iy ravishda hosil qilinadigan AJDARHOlar haqida
@yosh_kinematografistlar
#xullas_kalom
#no_comment
"Debyut" festivalidagi filmlar namoyishi.
@yosh_kinematografistlar
#tizer
Tuhfa
Ssenariy muallifi va
postanovkachi rejissyor:
Shohrux Murodov
Postanovkachi operator:
Samijon Sunatillayev
Postanovkachi rassom:
Muhiddin Tangmatov
Bastakor: Ubaydillo Karimov
Bosh rollarda:
Mansur Hamzayev
Xumora Raxmonqulova
@yosh_kinematografistlar
#masterclass
MEN BILGAN HAQIQATLAR
(to'liq video)
O'zbekiston san'at arbobi
Bahodir Yo'ldoshev bilan suhbat.
@yosh_kinematografistlar
#ijtimoiy_rolik
14-yanvar
Vatan himoyachilar kuni bilan, barcha yigitlarimizni muborakbot etamiz!
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
@yosh_kinematografistlar
#kino_va_siyosat
Rossiya kino orqali ham bizga o'z g`oyasini singdirmoqchi
Manba: Azon TV
@yosh_kinematografistlar
#news
Dilshodbek Usmonovning "Montaj" filmi Mumbai Entertainment International Film festival India festivalida "Eng yaxshi erkak rejissyor" yo'nalishida g'olib bo'ldi jamoani tabriklaymiz🥳🥳🥳
@yosh_kinematografistlar
Kino san'ati vatanni sevmaydigan insonlar qo'lida bo'lsa ular tez propaganda tasiriga tushub qoladi!
Hamid Sodiq
Biz nega propaganda ta'siriga tez tushub qolamiz chunki bizda hur, xilma-xil fikrlilar yo'q. Sovet davrida ham yo'q edi, hozir ham juda noyob!
Dilorom Karimova
Propagandaga eng ta'sirchan bo'lgan bir qatlam bor. Ular dunyoni ko'rish uchun yetarlicha ta'lim olmagan, turli xil insonlar, turli xil firklar borligini bilish uchun dunyoga chiqish imkoniyati bo'lmagan marginal qatlam bor. Ular bizda juda kopchilikni tashkil qiladi, ular uchun yeyish muhim va bir katalakdek uyida o'tirib bir narsani tahlil qila olmaydi.
©️Hamid Sodiq
@Hamid_Sodiq
#bugun soat 16:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi
Mavzu: Oʻzbek kinosi va rus propagandasi
Ekspertlarimiz: Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Dilorom Karimova va siyosatshunos Hamid Sodiq
Havola 👉 https://youtu.be/bllJqLJpN-4
@HamidSodiquz
#animation_film #short_film
https://youtu.be/4VPyllCK1v8
KITOBNI YIGʻLATMANG
Rejissyor: Shokir Holiqov
Rassom: Erkin Hushmatov
Registon TV kanalida oʻtkazilgan tanlovda 1-oʻrinni egallab, 3.000.000 soʻm yutuq puliga erishgan animatsion film
@yosh_kinematografistlar
Registon kanalida e'lon qilingan ijtimoiy roliklar tanlovi g'oliblari bilan tanishing.
1-o'rin Shokir Holiqov
3.000.000 so'm
2-o'rin Fazliddin Rustamov
2.000.000 so'm
3-o'rin Asadbek Umurzoqov
1.000.000 so'm
Qo'shimcha uch ishtirokchiga 500.000 so'mdan pul mukofotlari topshiriladi.
Barcha ishtirok etganlarga Registon tv kanali nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Manba: @tvregiston
@yosh_kinematografistlar
Rossiyada urushni faol targ'ib qilayotgan va shu tufayli Yevropa sanksiyalariga tushgan aktyor Sergey Bezrukov Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialida o'zbek talabalariga dars berish uchun kelayotgan ekan.
Bu odam Putinning prezidentlik muddatini nollashtirishda ham ishonchli vakil bo'lgan.
"O'zbekkino" rahbariyati, jumladan, Firdavs Abduxoliqov Rossiya tomoni bilan juda faol ishlashini bilaman, shuning uchun ularga eslatishdan foyda yo'q, lekin milliy g'oyaga mas'ul boshqa idoralarimiz institutning Toshkent filialidagi o'qish jarayonlariga bir e'tibor berishsa bo'lardi. Chunki bu Rossiya propagandasi bilan faol ishlaydigan aktyorlarning institutga birinchi bor kelishi emas.
Bu ketishda kino va madaniyatimiz ham kremlparastlar qo'liga o'tib ketishidan qattiq xavotirdaman.
Ma'lumot uchun, avvalroq taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do'st Rossiya kinematografiya institutining Toshkentdagi filiali ochilishiga nisbatan o'z xavotirlarini bildirib post yozgan edi.
@haqiqatdaIlyos
#mulohaza
Eron rejissyori Abbos Kiarostamining filmlarida ham hech qanday dinamika yo‘qdek tuyuladi, ular uzun-uzun kadrlardan iborat. Lekin, ularni o‘ta kuchli diqqat bilan tomosha qilasiz, chunki qandaydir boshqacha muhiti bor.
Ayub SHAHOBIDDINOV
@yosh_kinematografistlar
📍ПОБЕДА! ЛУЧШИЙ КОРОТКОМЕТРАЖНЫЙ ФИЛЬМ
Национального молодежного Фестиваля "ДЕБЮТ"
📍"МАЛЕНЬКИЙ ВЗРОСЛЫЙ"
Режиссер - Роман Грубляк
Выпусник Школы режиссуры FOCUS
Сценарист - Камила Абдужаббарова
Выпускница Сценарной мастерской и Школы режиссуры FOCUS, студентка ВГИКа
Оператор - Шахло Рахимова
Выпускница Операторской мастерской FOCUS
Худ.руководитель - Заслуженный деятель искусств, Зульфикар Мусаков
Ура!
#short_film
"Рандеву" (Uchrashuv) 🔞
Postanovkachi rejissyor:
Nilufar Ahmedova
Postanovkachi operator:
Sanjar Anvarov
Rollarda:
Vasilika Sidorova
Pavel Aleksandrov
@yosh_kinematografistlar
#tizer
Chana
Ssenariy muallifi va
postanovkachi rejissyor:
Suhrob Qodirov
Postanovkachi operator:
Nortoy Yuldashev
Postanovkachi rassom:
Alisher To'laboyev
Bastakor: Ubaydullo Karimov
Bosh rollarda:
Muhammadaziz Mirzayev,
Behruz Qobilov
@yosh_kinematografistlar
#tizer
UY
Ssenariy muallifi:
Adhamjon Abdurahmon
Postanovkachi rejissyor:
Feruz Bahodirov
Postanovkachi operator:
Otabek Saidov
Bastakor: Mariya Musoqova
Bosh rollarda: Umarjon Jumayev,
Sevinch Dalaboyeva
@yosh_kinematografistlar