yosh_kinematografistlar | Неотсортированное

Telegram-канал yosh_kinematografistlar - YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

1168

Yosh kinematografistlar tomonidan suratga olingan barcha qisqa metrajli filmlar va ijodiy ishlarni, shuningdek, kino olamiga oid qiziqarli ma'lumotlarni ushbu kanaldan topishingiz mumkin. Talab va takliflar uchun: @Yosh_kinematograflar_bot

Подписаться на канал

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#happy_birthday
Bugun kinorejissyor Sarvar Karimovning tavallud ayyomlari. Ularni ushbu qutlugʻ kun bilan muborakbod etamiz.
🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#iqtibos
Jaholat albatta jazolanishi kerak! Beparvolik, koʻngil boʻshlik hukm surgan jamiyatda, jinoyatchilik gurkiraydi.

“Betmen: Muqaddima” filmidan
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Amerikaning dunyoga mashhur Hollywoodreporter.com hamda variety.com nashrlari o'zbek kinosi haqida maqola e'lon qildi.

https://www.hollywoodreporter.com/movies/movie-news/shanghai-film-festival-uzbekistan-sunday-wins-asian-new-talent-1235518043/

https://variety.com/2023/film/news/shanghai-film-festival-sunday-asian-new-talent-1235646492/
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

AKS | Qisqa metrajli film

Ssenariy muallifi: Shokir Xoliqov
Rejissyor: Adhamjon Abdurahmon

Tez kunda REGISTONTV">RegistonTV YouTube sahifasida tomosha qiling!
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

⚡⚡#kinonamoyish

Respublika Yosh ijodkorlar kengashi   kinorejissyor Damien Shifronning "Yovvoyi hikoyalar" (yumorli trago-komediya, 2014) filmi namoyishiga taklif etadi.

Film antologiya hisoblanib, "Pasternak", "Kalamushlar", "Eng kuchlilar", "Kichik bomba", "Taklif" va "O'lim bizni ajratmaguncha" kabi hayotiy hikoyalardan iborat.
Zukko tomoshabinlar uchun film axloqiy terapiya vazifasini bajaradi.

Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zali
Vaqti: 17-iyun 17:00

@artjingo

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Qaysi serialning minimalistik posterini ko’rib turibsiz?

Javobni izohda qoldiring👇🏽

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Бу хеч қандай Триллер фильмдан кадр эмас. Шунчаки Нью Йоркнинг хозирги ахволи.

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

"За нас с вами" фильмининг премьераси яқинда бўлди. Асосан инетернет платформаларида намойиш этиляпти. Бугун Россия телевидениеси ва кинотеатрлари бу фильмни кўрсата олмайди. Хуллас, гапи бор, дарди бор одам йўлини топиб айтадиганини айтади. Фильмни Андрей Смирнов ("Белорус вокзали"нинг режиссёри) суратга олган. Вазиятга реал қарайдиган бўлсак, бу режиссёрнинг сўнгги асари. Ҳаёт билан,ижод билан ва халқи билан муносиб хайрлашиш ҳамма ижодкорга ҳам насиб этмайди. Айниқса, постсовет республикалари учун ўта камёб ҳодиса. Воқеалар Сталин ўлими арафасидаги ойларда кечади. Ҳар қандай сиёсий зуғумнинг гурзиси аввало хат-саводи бор, фикрлаш кўникмасига эга одамларнинг бошига тушади. Фильмда акс этган ҳануз давоси йўқ дард — нега халқ золим мустабидларга мубтало бўлади? Нега халқ ўзини қон қақшатган қўлларни севади? Албатта, бу манқуртлаштириш жараёнига пропагандага айланиб бўлган ОАВ жонбозлик кўрсатади. Қизиқ, етмиш йил олдин ҳам косаси ҳеч оқармаган шу қора халқ "Америка" отлиқ ёвуз махлуқнинг васвасасига чалинган... Албатта, фильмни "навбатдаги "чернуха" деб айблаётганлар бор. Лекин ўша "чернуха" санъаткорнинг юрагига осмондан тушмаган-ку.

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#kinonamoyish#premyera

Respublika Yosh ijodkorlar kengashi  qozoq kinorejissyori Azkar Uzabaevning "Baqyt"(Baxt) 2022 filmi namoyishiga taklif etadi.

Film Berlin kinofestivalida "Tomoshabinlar e'tirofi" kategoriyasi bo'yicha mukofatlangan.
Filmda ayollarga nisbatan oiladagi zo'rovonlik mavzusi haqida.

Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zali
Vaqti: 3-iyun 17:00

@artjingo

Belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingiz so'raladi.

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova bilan
https://youtu.be/kG0VNJy15X8
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#serial #premyera
HOKIM BUVA 2-seriya

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor: Sarvar Karimov
https://youtu.be/94xTllG0hFc
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

(3/3)
Mavzuga qaytsak. Bu guruh kishilar siyosatdan tashqari madaniyat tamoyilini ilgari suradi. «Biz siyosatga aralashishni xohlamaymiz, konsert tinglashni xohlaymiz». Oʻz-oʻzidan, mazkur tamoyil ishonchli. Biroq, u madaniyatning oʻzi unga ergashgandagina ishlaydi. Agar qizimga Raxmaninov asarlarini qoʻyib eshittirsam — bu siyosatdan tashqari madaniyat. Raxmaninov Putin rejimining harbiy jinoyatlari uchun javobgar emas. Biroq, oʻsha Mixalkovlar, Gazmanovlar va boshqalar — javobgar. Shuning uchun ularning konsertlariga borish — bu madaniy tadbirlarga tashrif buyurish emas, balki, birinchi navbatda, ular targʻib qilayotgan siyosiy kun tartibini maʼqullash demak. Bu Kreml rasmiylarining mamlakatlarimizni shantaj qilish, bosqinchilik urushlarini olib borish va postsovet makonini beqarorlashtirish huquqini qonuniylashtirish demakdir.

Apolitiklikning bunday koʻrinishi befarqlik bilan bir xil. Va bu, bizga maʼlumki, faol agressiyadan ham yomonroq. Ikkinchi holda, biz tahdid qayerdan kelib chiqqanini bilamiz. Birinchi holda esa — nima kutish mumkinligini hech qachon bilolmaysiz.

Ma’lum bo‘ladiki, shahrimizda o‘zini oʻz uyidadek his qilayotgan z-sanʼatkorlar muammosi faqatgina nima uchundir ularni mamlakatga kiritib, itoatkorona sukut saqlash Kreml imperializmidan qutqarishiga umid qilishda davom etayotgan amaldorlarimizning muammosi emas. Bu, shuningdek, jamiyatimizdagi ushbu sanʼatkorlarga - va rus dunyosining butun kun tartibiga ham - mavjud boʻlgan talab bilan bogʻliq muammodir. Chunki z-sanʼatkorlarning tashriflariga yoʻl qoʻyib berganlik uchun eng munosib javob — boʻsh zallar boʻlishi mumkin edi. Jamiyatimizda tajovuzkor Kreml revanshizmining mafkuraviy muxlislari borligi, bu odamlar jismonan bu yerda yashab turgani holda, ruhan O‘zbekistondan tashqarida yashayotganligidan dalolat beradi. Xuddi arab, turkiy, gʻarb, tolibon, xitoy va boshqa makro dunyo muxlislari kabi. Darvoqe, bu mamlakatimizdagi tugallanmagan fuqarolikni juda yaxshi namoyon qiladi🤷‍♂️

Bunday status-kvo har qanday mamlakat uchun potensial xavf tugʻdiradi va uzoq muddatda koʻplab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, agar siyosiy elita mamlakatni faqatgina hamma narsa maksimal darajada siqib chiqarilishi kerak boʻlgan feodal meros sifatida qabul qiladigan, milliy manfaatlarni himoya qilish haqida qaygʻurmaydigan, doimiy ravishda hokimiyatni saqlab qolishiga imkon beruvchi qandaydir tashqi markazni qidiradigan boʻlsa. Bunday ssenariyda jamiyat birinchi navbatda davlat bilan, keyin esa mamlakat bilan aloqani yoʻqotadi, chunki bunda hokimiyat, davlat va mamlakat tushunchalarini bir butunga birlashtiruvchi hamma narsani hokimiyat amalga oshiradi. Fuqarolik jamiyatining kuchli institutlari mavjud boʻlmagan sharoitda —avtoritar tizimlarda shunday boʻlishi kunday ravshan — bu oʻzlikni himoya qiladigan hech kim yoʻq, mamlakatning hech kimga keragi boʻlmay qoladi va asta-sekin, baʼzida ekzistensial inqiroz tomon siljiydi.

Chin dildan umid qilardimki, biz bunday inqirozga duch kelmaylik. Biroq, shunday inqiroz vujudga kelgan taqdirda, bizning siyosiy elitamiz va jamiyatimiz turli makro dunyolardan chiqib keta oladimi, ruhan va jismonan Oʻzbekistonga qayta oladimi, birlashib, qarshilik koʻrsata oladimi - hozirning oʻzida aniq bir narsa deya olmayman. Ukraina🇺🇦 buni bir yildan koʻproq vaqt davomida uddasidan chiqib kelmoqda. Bizga bularning barchasini amalda boshdan oʻtkazishga toʻgʻri kelmasa, juda maqsadga muvofiq boʻlardi.

Rossiya shou-biznesi, sanʼati va madaniyatiga kelsak, mening pozitsiyam juda oddiy. Bu rossiyalik sportchilarga nisbatan XOQ sxemasiga mos keladi. Mamlakatga Z-bannerlari ostida minbarga koʻtarilmagan va Putin imperializmiga qarshilik koʻrsatishdan qoʻrqmaydiganlarni kiritish kerak. Misol uchun, Shevchuk, BG, Spleen, Noize, Monetochka, Bi-2 va boshqalar — doim marhamat. Z-sanʼatkorlar Lujnikidagi paradlarda kuylay qolishsin. Rus dunyosi ixlosmandlari ularni, tomosha qilishni hech kim taqiqlamayotgan, istalgan rus kanallarida tomosha qilishlari mumkin😈🤔

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

(1/3)
Nazarimda, Toshkent rossiyalik san’atkorlar, madaniyat va san’at arboblarining qadamjosiga aylanib qolganini hamma payqadi. Afsuski, ularning aksariyati urushga qarshi chiqayotgan emas, balki bu urushni faol ravishda qoʻllab-quvvatlayotgan z-sanʼatkorlardan iborat. Жара qiyofasidagi z-meyniventga qarshi hartugul kurashildi. Biroq, boshqa tomondan, kichikroq miqyosdagi tadbirlar afishalarga kirib bormoqda. Yaqinda Ukrainani yoʻq qilishga chaqirgan pianinochi Konservatoriyani bulgʻadi, bu hafta esa Mixalkovning shaxsan oʻzi mamlakatimiz poytaxti boʻylab kezadi. Opportunizm, siyosiy fohishalikning sulolaviy timsoli va Putinning agressiv propagandasining avangardlaridan biri🤦‍♂️

Umuman olganda, z-sanʼatkorlarni mamlakatga kiritish — bu qandaydir siyosiy mazoxizm. 24-fevraldan beri O'zbekiston haqida qayg‘urayotgan men va boshqa odamlar Ukrainada urush Rossiya-Ukraina yoki Rossiya-G‘arb munosabatlarining muammosi emasligini boshqalarning ongiga yetkazishga urinyapmiz. Bu rus imperialistik revanshizmining epizodlaridan biri. Va biz - postsovet hududidagi boshqa barcha mamlakatlar singari - agar Putinning Ukrainadagi rejalari amalga oshgan taqdirda, potensial nishonga aylanishimiz mumkin edi (hozir ham shunday)🤷‍♂️ Shunday ekan, mazkur revanshizmni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, Ukraina shaharlarini vayron qilishga daʼvat qilayotgan va yangi raketa hujumlari haqidagi xabarlarni o‘qib, «Goyda!» deya shod-xurram qichqirayotgan san’atkorlarning oʻz mamlakatingizda chiqish qilishlariga yoʻl qoʻyib berar ekansiz, siz Kremlning Ukrainada qilayotgan va boshqa istalgan mamlakatda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham qilishi mumkin boʻlgan qilmishlariga sadoqatingizni namoyish qilmoqdasiz.

Biroq, bugun men mamlakatimizda bu singari tadbirlarning tashkil etilishiga yoʻl qoʻyib berayotgan rasmiylarimiz haqida soʻz yuritmoqchi emasman. Ular haqida allaqachon gapirib boʻlganman. Men jamiyatimiz haqida soʻz yuritmoqchiman. Chunki bunday tadbirlarga borishadi, demak, ularga talab bor. Shunday ekan, keling, bugun bu singari z-konsertlarga kimlar borishini aniqlashtirib olaylik. Nazarimda, bundaylar barcha postsovet mamlakatlarida bor va ular taxminan bir xil.

Birinchi guruh. Oramizda yashayotgan faol, oʻz qarashlarini yashirmaydigan z-fashistlar. Oʻzlarini zargʻaldoq-qora matoga burkaydigan, farzandlariga harbiy kiyim kiydiradigan, avatarlariga Z-stikerlarini qoʻyib oladigan va rus propagandasining turli xil choʻpchaklarini repost qiladigan kishilar. Ularning oʻzi ikki toifaga boʻlinadi.

Birinchi toifaga shunchaki tanqidiy fikrlash, maʼlumotni tahlil qilish va sabab-oqibat aloqasini qurish qobiliyatiga ega boʻlmaganlar kiradi. Bular propagandaga duchor boʻlgan, bitta maʼlumot manbasini tanlaydigan (qisman, aytaylik, meros qilib olingan: masalan, oilalarida bir nechta avlodlar tomosha qilgan Первый kanal) va faqat unga ishonadigan kishilar. Ular shunisi bilan xavfliki, tanqidiy fikrlash va shunga mos ravishda mustaqil fikrga ega boʻlmaganligi sabab ularga har qanday propaganda taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun, agar bugun ularni rus propagandasi qoʻlida oʻynatayotgan boʻlsa, ertaga uning oʻrnini boshqasi egallamasligi haqiqatdan yiroq😕

👇👇👇

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Нима кўрамиз? Журналист Гулмира Мусажонова тавсия қилади

Яхши кино — яхши китобдек. Айни дамда, бири иккинчисига халал бермайди. «Газета.uz» вақтни мазмунли ўтказишга кўмаклашмоқ ниятида «Нима кўрамиз?» лойиҳасини бошлади. Кўрилиши мақсадга мувофиқ ҳисобланган фильмлар ҳақида киноижодкорлар, журналистлар, жамоат фаолларининг тавсияларини сизга етказамиз.

«Нима кўрамиз?» лойиҳасининг бу галги меҳмони — журналист Гулмира Мусажонова.

https://www.gazeta.uz/uz/2023/05/19/tomosha-gulmira-musajonova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

HOKIM BUVA serialining ikkinchi va uchinchi qismlari, voxe.tv platformasiga joylangan. Serialning davomini, bemalol kirib koʻrishingiz mumkin.
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Literally me😢

Инсонлар қўрқоқлар қуршовида қолганида ўзини ёлғиз ҳис этади.

© Алберт Камю

манба: @marokandsky

@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Bugun 22-iyun Eron kinosining chinakam afsonasi, Abbas Kiarostamining tug’ilgan kuni.

Abbas Kiorastami filmografiyasi!

Muallif: Sardor Faxriddinov

@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

https://youtu.be/XLzOzyOLBkg

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

“Shanhai Xalqaro kinofestevali” nufuzli “A” toifadagi yirik fetevallardan biri xisoblanib 1993-yildan beri Xitoyning Shanhai shahrida o’tkazilib kelinadi.
Festevalning oliy mukofoti “Oltin kubok” bo’lib, asosiy konkrusda 7 ta nominatsiya bo’yicha (eng yaxshi ssenariy, eng yaxshi rejissyo va hkz) g’olib bo’lgan filmlarga topshiriladi. Festavalda asosiy konkursdan tashqari yana 4 ta kategoriyada g’oliblar aniqlanadi. Bular “Osiyoning yangi talantlari”, “Animatsion film, “Xujjatli film”, “Qisqa metrajli badiiy film” va “Qisqa metrajli animatsion film”.

Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmi “OSIYONING YANGI TALANTLARI” kategoriyasida g’olib deb topildi va festevalning oltin kuboki bilan taqdirlandi!!!

@inependentforcinema

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#NEW📍
Ushbu rolik:
Jaloliddin Rumiy she’riyatiga bag’ishlanadi.🕯
———————————————
Посвящается поэмам Джалалиддина Руми.🕯
Стих: Потеряй Себя. (Eng)
Режиссёр: Сардор Фахриддинов

Eng yomon yolg'izlik-sizni tushunmaydiganlar orasida qolishdir.
Самое худшее одиночество-это оставаться среди тех, кто тебя не понимает.

Джалолиддин Румий

@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

⚡⚡#kinonamoyish

Respublika Yosh ijodkorlar kengashi   kinorejissyor Mikelanjelo Frammartinoning "Tuynuk" (drama, 2021) filmi namoyishiga taklif etadi.

Film Venetsiya kinofestivalida hakamlarning maxsus mukofatiga sozovar bo'lgan.
"Tasavvurimizdagi san'at, adabiyot va hayot degan tushunchalarning vertikal va gorizantal chegaralarida sayr qilamiz"
Faylasuf, yozuvchi-shoir va san'atkorlarni, estetlar, sinafillar va boshqalarni ushbu kinonamoyishda kutaman.
Filmda so'zlar, dialog-monologlar yo'q, tasvir va tabiat musiqasidan iborat.

Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zali
Vaqti: 10-iyun 17:00

@artjingo

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#trailer
Hokim Buva | Trailer-2

Serialning barcha qismlarini voxe.tv da tomosha qilishingiz mumkin.
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

“Mendirman” klipi AQSHda mukofot oldi

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/17072

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#news
Shokir Xoliqovning ilk toʻliq metrajli filmi "Yakshanba" A toifadagi "Shanghai International film festival" da Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi. Bu filmning jahon premyerasi! Ijodkorlarga omad

https://www.siff.com/english/content?aid=101230529144622432878934279852037565
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#news #festival
Shu yilning 24-28 oktyabr kunlari Qozog'iston Respublikasida ikkinchi Markaziy Osiyo hujjatli filmlar forum festivali boʻlib oʻtadi.

Bu galgi forum asosiy etiborini yosh kinoijodkorlarning xujjatli filmlariga qaratadi. Festivalda ishtirok etishni istagan o'zbekistonlik yosh ijodkorlar o'z ishlari (havola-linki) ni @Shokir_Xoliqov telegram manziliga yuborishi mumkin. Saralash komissiyasi ishlarni ko'rib chiqadi va eng yaxshi deb topilgan filmlar forum festivalda ishtirok etish uchun tanlanadi.
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

#tizer #premyera
"Men qo'rqoqman..."

G'oya muallifi va produsser:
Ozod Hurramov

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor:
Eldor Qudratillayev

Postanovkachi operator:
Johongir Ibragimov

Postanovkachi rassom:
Ibrohim Namozov

Rejissyor yordamchisi:
Umidjon Ro'ziboyev

Montaj ustasi:
Oxunjon Ubaydullayev

Bastakor:
Adham Abduraimov

@obyektivoynasii
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

(2/3)
Ushbu guruhning ikkinchi toifasi yanada xavfliroq. Bular rus dunyosining mafkuraviy vositachilari. Bular vayron qilingan Mariupol va Baxmut manzaralaridan zavq oladigan, yangi vayronagarchiliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni sabrsizlik bilan kutadigan, Rossiyaning (chor, Sovet yoki Putin Rossiyasi boʻladimi, ular uchun farqi yoʻq) qaytishiga umid bilan yashaydigan kishilar. Bular bugungi kunda Ukrainaning bosib olingan hududlarida Kreml amaldorlari sifatida faoliyat yuritayotgan potensial pushilinlar, motorolalar, saldo va boshqa banditlardir. Eng xavotirlisi shundaki, ular, odamlar taʼbiri bilan aytganda, mahalliy ekspertlar hamjamiyati orasida ham yetarlicha topiladi. "Podrobno" yoki "Sputnik" ni oʻqing - u yerda bundaylar juda koʻp🤥 Bu odamlar ruhan O‘zbekistonda emas, rus dunyosida yashaydi. Ularni O‘zbekiston va o‘zlari yashayotgan boshqa davlatlar mutlaqo qiziqtirmaydi. Shuning uchun tarix darsliklari tili bilan aytganda, bundaylar shahar kalitini bosqinchiga bajonidil topshiradilar.

Ikkinchi guruh. «Ezgu niyatli ahmoqlar» deb yuritiladigan kishilar. Oʻzlarini atrofda nima boʻlayotganini tushunmayotgandek koʻrsatadigan yoki haqiqatan ham tushunmaydigan kishilar. Rus armiyasi ukrainaliklarni qirib, Ukraina shaharlarini yer yuzidan supurib tashlayotgan bir paytda, Pushkin va Chaykovskiydan xavotirlanadigan Leopold mushuklar😏 Madaniy tinchlikparvarlar. Ularning pozitsiyasida bitta yirik muammo bor. Pushkin va Chaykovskiy Putin rejimi tomonidan boshlangan urushdan aziyat chekkan taqdirda ham, bu vaqtincha. Chunki ularda bu rejim bilan hech qanday umumiylik yo‘q, rus klassik madaniyatining qolgan qismida ham. Putinizm qulagandan keyin, rus siyosatchilari imperializmdan voz kechgan taqdirda, Pushkin, Chaykovskiy va boshqalar 24-fevralgacha mavjud boʻlgan joylariga yana qaytadilar.

Sanʼat va madaniyat olamining zamonaviy rus vakillari haqida nima ham deyish mumkin. Urushga qarshi chiqmoqchi boʻlganlarning hammasi allaqachon qarshi chiqib boʻlgan. U yoki bu sababga koʻra sukut saqlashni maʼqul koʻrganlarning hammasi allaqachon sukut saqlagan. Urushni madh etadigan, propaganda ruhidagi shou va kontsertlarda ishtirok etadigan, Putinning ritorikasini ilgari surish bilan shugʻullanadigan faol z-sanʼatkorlar o‘z shaʼnlariga abadiy dog‘ tushirib boʻlganlar. Shu bois, bu kabi sanʼatkorlarning kontsertlariga tashrif buyurganda «Bu yerda nimalar boʻlyapti?!» deya hayratlanish, yumshoq qilib aytganda, nooʻrin. Ezgu niyatli ahmoqlarning ongiga yetib borish juda qiyin. Afsuski, bundaylarning ongiga faqatgina ularga notanish boʻlgan ukrain shaharlaridagi uylarga emas, balki oʻz uylariga kelib tushgan raketalar yetib borishi mumkin. Yoki agressor tomonidan bosib olingan hududlardagi ukrain bolalarining emas, balki ularning farzandlari o‘g‘irlanishi. Bu guruh odamlar tajovuzkor emas, biroq, afsuski, ularning tinchlikparvarligi aslida agressor foydasiga ishlaydigan oʻyin ekanligini tushunishmaydi.

Uchinchi guruh. Oʻzini siyosatdan yiroq - apolitik deb ataydigan kishilar. Umuman olganda, apolitiklik yuzasidan mening oʻz qarashlarim bor. Shunday apolitiklik mavjudki, u siyosat bilan shugʻullanishni istamaslikdir. Bu mutlaqo odatiy hodisa - hamma ham siyosatchi boʻlishni istamaydi va bu ularning huquqi🤷‍♂️

Va shunday apolitiklik ham mavjudki (bu toifadagilar kamida oʻzlarini aynan shunday koʻrsatishadi), bu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tushunish, chuqurroq oʻrganish va ularga aralashishni istamaslikdir. Men odamlarning bu shaklda apolitik boʻlish huquqiga qarshi chiqyapmanmi? Albatta yoʻq. Bu ham ularning huquqi. Biroq, bu pozitsiyani tushunolmayman ham. Chunki zamonaviy dunyoda o‘zini ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan olib qochishga urinish muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqadi. Va koʻp hollarda bunday apolitik kishilar qarshilik koʻrsatish va oʻz huquqlarini himoya qilishga unchalik tayyor boʻlmaganliklari sabab istalgan repressiv rejimning ilk qurbonlariga aylanishadi. Apolitik rossiyaliklar siyosatning mobilizatsiya haqidagi xabarlari yetib kelganida, qanday qilib qoʻshni davlatlarga qochib qolishgani esingizdadir?👀

👇👇👇

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

“Inson hayoti qanchalik qaygʻuli boʻlsa, uning hazillari shunchalik kulguli boʻlarkan”

Badriddin Husniddinov
@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

Hokim Buva | 2-seriya (anons)

voxe.tv platformasida tomosha qiling!

@yosh_kinematografistlar

Читать полностью…

YOSH KINEMATOGRAFISTLAR

"UY" qisqa metrajli filmi

Yozuvchi Nazar Eshonqulning "Ozod qushlar" hikoyasi asosida

Postanovkachi rejissyor: Feruz Bahodirov
Ssenariy muallifi: Adhamjon Abdurahmon
Postanovkachi operator: Otabek Saidov
Postanovkachi rassom: Islom Fattoyev
Badiiy rahbar: Zulfiqor Musoqov
Bosh rollarda: Umarjon Jumayev, Sevinch Dalaboyeva, Jo'rabek Arziyev

You tubeda ko'rish: https://www.youtube.com/watch?v=NIajP-ijP7M&list=PPSV

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал