#nostalgiya
Hoy shirintoy bolalar,
Qoʻshiling davramizga…
Bekzod Muhammadkarimov.
P.s.Oʻsha mashxur ovoz😊
@yosh_kinematografistlar
“Hayit Namozi”
🎥Rejissyor: Sardor Faxriddinov
Hayit Muborak☺️
@yosh_kinematografistlar
#news
Ajoyib yangilik!
“Yoshlar kinosi oyligi” tadbiri doirasida koʻplab kutilayotgan filmlarning premyeralari boʻlib oʻtarkan.
25-aprel - “Osmondagi bolalar-3”
26-aprel - “Samarqandda qovun tarovati”
27-aprel - “Sudya”
28-aprel - “Bardosh”
3-may - “Ofitser 55”
6-may - “Evrilish”
9-may - “Oʻzbek qizi”
12-may - “Yakshanba”
16-may - “Qora tuynuk sxemasi”
23-may - “Doktor Abdullayev”
25-may - “Osmondagi bolalar-3”
1-iyun - “Parining sovgʻasi”
1-iyun - “Shaxmatchilar”
Manzil: Kinochilar uyi.
Soat: 18:00
Kirish BEPUL.
@yosh_kinematografistlar
#ijtimoiy_rolik
Ustozlar
Ssenariy muallifi: Jahongir Ahmedov
Rejissyorlar: Umid Hamdamov, Jahongir Ahmedov.
@yosh_kinematografistlar
“Madaniyat va Ma’rifat” telekanali yopilib, oʻrniga “Karvon” nomli koʻngil ochar telekanal ochilayotganining sababi nimada?
San’atshunos: Iqbol Qoʻshshayeva va
Siyosatshunos: Kamoliddin Robbimov fikrlari.
@yosh_kinematografistlar
"Маданият ва маърифат" телеканалини тугатиш, уни бошқа ўзанга буришни миллат эртасини маданият ва маърифатдан бебаҳра қилиш билан баробар хатти ҳаракат деб баҳолаш мумкин. Дунё маданият вазирлиги борлиги ёки йўқлиги билан эмас, маданияти бор ёки йўқлигига қараб халқларни ҳурмат қилади. Миллат маданияти вазирлик тасарруфидаги соҳа
эмас, балки миллатнинг мавжудлигини, қудратини, онгу идрогини намоён қилувчи умуммиллий маънавий, моддий фаолиятдир. Маданиятсиз ва маърифатсиз миллатнинг эртанги куни зулмат, жаҳолат, парокандалик ва охир- оқибат бошқа бир маданиятга қуллик ва қарамлик билан якун топади. Тарихга боқинг. Шу керакми, сизларга?
Маданият вазирлиги вазифалари билан миллий маданиятнинг, маърифатнинг фарқига бормас экансиз, нима қиласиз, сувни лойқалатиб, муҳтарам лойиҳа яловбордорлари?!
Назар Эшонқул
@yosh_kinematografistlar
“Madaniyat va maʼrifat” endi kerak emas...mi? Ziyolilar telekanal yopilishiga qarshi chiqmoqda
project.gov.uz portalida “Madaniyat va maʼrifat” telekanalini “Karvon” telekanaliga aylantirish loyihasi eʼlon qilindi. Ushbu yangilik ijtimoiy tarmoqlardagi faollar va ziyolilarning keskin noroziligiga sabab boʻlmoqda. Oyina.uz portali bildirilayotgan fikrlarni bir joyga jamladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1521
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#afsus
“Madaniyat va ma’rifat” telekanali yopilib, oʻrniga “Karvon” degan yangi kanal ochilarkan.
Afsus, bitta-yu bitta adabiyot va san’at durdonalariga boy, ma’rifat ulashuvchi, oʻzini vazifasini unutib qoʻymagan yagona telekanal edi. Endi uniyam koʻp koʻrishdi.
P.s.Bizga keragi boʻlmay qoldi menimcha, na Madaniyatni, va na Ma’rifatni…
@yosh_kinematografistlar
#taziya
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, dublyaj ustasi Svetlana Murodxoʻjayeva olamdan oʻtdi.
@yosh_kinematografistlar
"Navoiy anglagan narsaning 20-30 foizini anglasak, hozir bizdan o'tadigan millat bo'lmasdi..."
Nazar Eshonqul
📺 "Fikrlayotgan odam"
👉 @mm_telekanal
#tez_kunda #premyera
HOKIM BUVA - mini serial
Ssenariy muallifi va postanovkachi
rejissyor: Sarvar Karimov
Postanovkachi operator:
Izzatilla Lutfullayev
Postanovkachi rassom: Akmal Saidov
Kartina direktori: Ibrohim Saidjabborov
Ovoz rejissyori: Javlon Asatullayev
Bosh rolda: Shukurillo Isroilov
“Media House” prodaction
https://youtu.be/wiACbXow27M
@yosh_kinematografislar
#retro
Kinodagi ilk speseffektlar.
P.s.Buniyam oʻziga yarasha gashti boʻgan lekin
@yosh_kinematografistlar
#bugun #news #premyera
Ajoyib yangilik!
Bugun, 20-aprel soat 18:00da, “Kinochilar uyi”da Yolqin Toʻychiyevning “Evrilish” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
P.s.Kirish tekindan besh battar😊
@yosh_kinematografistlar
#nostalgiya
Aka-uka grimm ertaklari
Soundtreck
P.s. Bir silayam mazza qilila…
@yosh_kinematografistlar
Унвон, орденлар ҳеч нарса бермайди. Совет давридан ҳам тўғри гапни ёзганларнинг китоби қолди. Тўғонлар, электростанциялар, кенг пахтазорлар ҳақида ёзилган достону романлар қолиб кетди. Одамнинг дардини, жамиятнинг дардини ёзган одам ютади. Амал, унвон — булар ҳеч нарса эмас. Одамзотнинг кўзи бир ҳовуч тупроққа туяди-ку. Қаноат қилган одам ютади. Бир замонлар Қашқадарёда 108 ёшли чол билан учрашган эдим. Қандай қилиб шунча ёшга кирдингиз деб сўраганимда, “Болам, мен ўзимни ҳаммадан паст олдим” деганди. Одамзот озига шукур қилиш керак. Ҳамма нарсага эришишнинг иложи йўқ. Битта яхши ҳикоя ёзсанг ёки ўқисанг, бир шеърдан таъсирлансанг шунга хурсанд бўл. Фақат бадбин бўлмасанг, ҳасадгўй бўлмасанг — бировнинг боғи сеникидан яхшироқ, яшилроқ туюлмаса бўлди.
Мурод Муҳаммад Дўст
@yosh_kinematografistlar
O’zbekiston xalq artisti, ko’plab rollari bilan bizni qalbimizdan joy olgan, Ustoz aktyor Murod Rajabov hotirasiga bag’ishlanadi.
Muallif: Sardor Faxriddinov
@marokandsky
@yosh_kinematografistlar
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor, o‘zbek kino xazinasidan joy olgan bir qator filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan Murod Rajabov bugun, 8 aprel kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.
👉 https://kun.uz/uz/84911283
Kun.uz rasmiy kanali
Endi “Karvon”iga otarchilar toʻladigʻonga oʻxshayotir
“Madaniyat va ma’rifat” telekanalida, bundan 1 oylarcha oldin efirga uzatilgan edi bu she’r!
@yosh_kinematografistlar
“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining yopilishi yuzasidan, twitter ijtimoiy tarmogʻi obunachilari keskin e’tiroz bildira boshlashdi.
“Madaniyat va ma’rifat” telekanaliga faoliyati davomida piar va trendlar ortidan quvmasdan, oʻz vazifasiga vijdonan yondashgani uchun minnaddorchilik bildiramiz. Siz toʻgʻri yoʻlda edingiz va hammasini toʻgʻri bajardingiz.
P.s.Qisqasi endi televideniya degan matohni janozasini oʻqib qoʻyvursagam boʻlovradi.
@yosh_kinematografistlar
Vatanparvar Bunsha, uddaburon o‘g‘ri va qitmir shoh – mashhur komediya sovet tuzumi haqida nimalar demoqchi bo‘lgan?
Sovet zamonida katta amaldorlarni poraxo‘r, byurokrat, axloqiy buzuq, ikkiyuzlamachi, nodon sifatlar bilan tasvirlash mumkin emasdi. Oliy rahbariyat har qanday kamchiliklardan xoli, farishtasifat obrazlarda tashviqot qilinardi. Shu bois Bunshaga o‘sha paytdagi eng past “lavozim” – uy boshqaruvchisi vazifasi nasib etgandi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1518
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#taziya
Yana bir dublyaj qirolichasi ketti!
Svetlana Murodxoʻjayeva doim yoshlani qoʻllab, kamchiliklari koʻrsa tanbeh berib, yutuqlaridan quvonib yuradigan, koʻngli ochiq, samimiy inson edi.
@yosh_kinematografistlar
DIQQAT!
Siyosatga qiziqmaydiganlar oʻqimasin.
Yil boshida Germaniya, Ozarbayjon va Qozogʻistonda noroziliklar sabab bekor qilingan «ЖАРА» nomli konsert dasturining afishalari, endi Oʻzbekistonda ilinib turganini koʻrgan koʻplab faollar norozilik bildirishdi.
Ushbu «Жара» konserti koʻplab davlatlardan quvilishining sababi, konsert ishtirokchisi boʻlgan bir qator rus qoʻshiqchilar, Rassiyaning Ukraina hududlarini bosib olishini ochiq qoʻllab quvvatlaganidir.
Oʻzbekistonliklar e’tiroz bildira boshlaganidan keyin, afishadan urushni oqlovchi ayrim qoʻshiqchilar, xususan, Grigoriy Leps, Dima Bilan va Lalita olib tashlandi. Bari bir koʻplab yurtdoshlarimiz, asosan Twitter ijtimoiy tarmogʻida, mazkur konsertga BAYKOT e’lon qilishdi. Shundan soʻnggina biletlar sotuvi toʻxtatilganini aytishdi.
Telman parkiga borsak, afishalarni ayrimlari hali turganini koʻrdik. Mutasaddilar bilan bogʻlandik. Ular konsert rostan ham bekor qilingani va afisha ertagacha olib tashlanishini aytishdi.
@yosh_kinematografistlar
San’atkor davlatning dastyori bo‘lishga majbur emas, aksincha hukumat u bilan hisoblashishi shart – kinotahlil
Afsuski, xalq, xalqdan ham oldin ziyolilar va siyosatchilar mana shu riyokorlikni tez o‘zlashtiradi... Dunyoning qay burchagida bo‘lmasin, boshiga qanday sinovlar tushmasin, qamoqxonaning to‘rt devori orasida ham Vatanini yuragida ko‘tarib yurgan Neru tanqidiy ruhdagi asarlarning mualliflaridan muxolifat yasamadi, aksincha, o‘ziga Ona Hindistonning jarohatlariga malham bo‘luvchi hammaslakni, dardkashni topdi!
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1241
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#trailer #tez_kunda
OSMONDAGI BOLALAR-3
film treyleri
Zulfiqor Musoqov filmi.
@yosh_kinematografistlar
#tez_kunda #poster
HOKIM BUVA - mini serial
Rejissyor: Sarvar Karimov
“Media House” prodaction
@yosh_kinematografistlar
Sun’iy intellektning yana bir ijod mahsuli.
Ana xash-pash deguncha “Oʻtkan kunlar”dan Zaynab ham tayyor boʻlibdi.
@yosh_kinematografistlar