🇺🇿 KUN SAVOLI
🖋 Bugungi savol video shaklida bo'lib, uni boshlang'ich tashkilot yetakchisi Shoxruh Sultanov o'qib eshittirdi.
⬇️ Javobingizni izohlarda yozishingiz mumkin!
🟦🟦🟦🟦🟦
🛡 Namangan davlat universiteti "Qalqon" jamoatchilik guruhiga a'zolik uchun qabul boshlanganini ma'lum qilamiz!
🗣 Nomzodlar 3 bosqichli sinovdan o'tishlari talab etiladi:
✅ Uzoq va yaqin masofaga yugurish;
✅ Test sinovi;
✅ Suhbat.
🔴 Ariza yuborish (Arizalar qabuli 22-sentabr soat 20:00 ga qadar )
P/s. Sinov jarayonlari tugaganidan so'ng, 10 nafar o'g'il bola hamda 2 nafar qiz bola nomzodlar guruh a'zoligiga qabul qilinadi. Imtihon kuni va joyi bo'yicha qo'shimcha e'lon beriladi...
✅ Javob: Tushda kechgan umrlar.
Izoh: Yuqoridagi filmlarning barchasi tushda bo‘lib o‘tadi.
🆔 loyihaning bugungi savoliga Niholaxon Foziljonova @Niholakhon profili egasi to’g’ri javob berdi va 1 ballni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.
💼 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Telegram|🔹Instagram|🔹Facebook
🟦🟦🟦
❗ Eslatma: "Kun savoli" loyihamizning navbatdagi savoli bugun soat 20:00 da mana shu kanalimizga joylanadi.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!Читать полностью…
🔴 ISHGA MARHAMAT
👤 Kechki ta’limda tahsil olayotgan talabalarini mavsumiy ishga taklif qilamiz
💻 Batafsil ma'lumot:
⏺ ish vaqti 2 oy;
⏺ ish vaqti 7-00 dan 15-00 gacha;
⏺ ish o‘rinlari soni: 40 ta;
⏺ tushlik ishxona hisobidan;
⏺ haftada 5 kun;
⏺ oylik maoshi: 1 400 000 dan 1 700 000 gacha;
⏱ Talabgorlar uchun 15-sentabr kuni suhbat bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Namangan shahar Nodirabegim nomli kutubxona yonida "O‘QITUVCHI" kitob do‘koni
🔝 Telefon raqami: 97 580-50-55 / 97 480-20-21
💼 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Telegram|🔹Instagram|🔹Facebook
✅ Javob: Murod Muhammad Do‘st.
Izoh: Podkast nomi "Lolazor" deb ataladi. Lolazor romani muallifi Murod Muhammad Do‘st
🆔 loyihaning bugungi savoliga Tojiddjnova Mavluda Xusniddin qizi (@Lolaqaymoqm) profili egasi to’g’ri javob berdi va 1 ballni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.
❌ Birinchi yozilgan javob tahrirlanganligi uchun inobatga olinmadi.
💼 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Telegram|🔹Instagram|🔹Facebook
📺 🟦🟦🟦
🇺🇿 Ayni kunlarda e'lon qilganimizdek, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining fakultetlardagi koordinatorligi uchun tanlov jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
📑 Jumladan, Tabiiy fanlar hamda Biotexnologiya fakultetlarida fakultet koordinatorligiga hujjat topshirgan nomzodlarni suhbat qilish maqsadida ishchi guruhlar tuzib chiqildi va nomzodlar komissiya a'zolari tomonidan savol-javob tarzida sinovdan o'tdilar.
🗣Saralash ishlari barcha fakultetlarda davom etadi...
МСК Раиси Наманган вилоятида нуронийлар, маҳалла фаоллари ва биринчи марта сайловда иштирок этаётган ёшлар билан учрашди
Айни пайтда вилоятимизда бўлиб турган Марказий сайлов комиссияси Раиси Зайниддин Низамходжаев Давлатобод туманидаги Маданият марказида нуронийлар, маҳалла фаоллари ҳамда биринчи марта сайловда иштирок этаётган ёшлар билан учрашди.
Учрашувда сўз олган Зайниддин Низамходжаев мамлакатимиз тарихида илк бор сайлов билан боғлиқ барча ҳуқуқий меъёрларни ўз ичига қамраб олган яхлит қонун ҳужжати – Ўзбекистон Республикасининг Сайлов Кодекси қабул қилингани, мазкур кодексга кўра жорий йил 27 октябрда бўлиб ўтадиган Олий Мажлис қўйи палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови умумий, тенг, тўғридан-тўғри сайлов ҳуқуқи асосида яширин овоз бериш орқали очиқ ва ошкора ўтказилишини алоҳида эътироф этди.
Бундан ташқари, учрашувда мажоритар-пропорционал сайлов тизимининг ўзига хос жиҳатлари, бир вақтда ҳам мажоритар ҳам пропорционал сайлов тизимини ўзида жамлаган тизим эса - аралаш сайлов тизими деб юритилиши, аралаш сайлов тизими жамиятда сайловчиларнинг ҳуқуқий онгини юксалтириши, ижтимоий-сиёсий фаоллигини янада ошириши юзасидан батафсил маълумот берилди.
Маълумки, пропорционал сайлов тизими – ҳар бир партия олган овозлар сонига мутаносиб равишда депутатлик ўринларини тақсимлаш йўли билан белгиланадиган сайлов тизимининг бир тури. Мажоритар тизим эса шундайки, унда сайловчилар томонидан энг кўп овоз олган номзодлар парламентга сайланади.
МСК Раиси, ўз навбатида, сайловларда илк маротаба иштирок этаётган ёшларга эътибор қаратиб, уларнинг доимий равишда ўзларининг сиёсий-ҳуқуқий билимларини ошириб боришлари, жамиятимизнинг ижтимоий-сиёсий ҳаётида фаол иштирок этишлари мамлакатимизда амалга оширилаётган ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий-ҳуқуқий соҳалардаги кенг қамровли ислоҳотларнинг самараси ва таъсирчанлигининг ошишига хизмат қилишини таъкидлаб ўтди.
Учрашувда нуронийлар сўз олиб, сиёсий жараёнлар хусусида ўз фикр-мулоҳазаларини билдириб, сайлов қонунчилигидаги ўзгаришларга, хусусан, парламентни шакллантиришнинг янги замонавий тизими йўлга қўйилганига ижобий баҳо бердилар.
Самимий мулоқот якунида ёшлар ҳам МСК Раисига ўзларини қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилиб, саволларга атрофлича ва тўлақонли жавоб олдилар. Ёшлар сайловда фаол қатнашишга ҳамда Ватанимиз келажаги, халқимиз фаровон ҳаёти ва эзгу мақсадлари рўёби учун овоз беришга ваъда беришди.
Марказий сайлов комиссияси Раиси Зайниддин Низамходжаев наманганлик фаол ёшларнинг бир гуруҳига бадиий китоблар совға қилди.
📍Наманган вилоят ҳудудий сайлов комиссияси матбуот маркази
➡️ Каналга обуна
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiyasi hamda bepul davolanish yo'llanmasi uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
➡️ Kasaba uyushmalari Federatsiyalari stipendiyasi hamda sihatgohda bepul davolanish yo'llanmasi tanlovi nizomiga muvofiq har bir viloyatdan 1 nafar talaba uchun olti oy muddatda stipendiya tayinlash va sihatgohda bepul davolanish tartibi joriy etilgan.
📎Tanlov shartlari:
🟢Fanlardan yaxshi baholarga o'zlashtirganligi;
🟢2 va undan yuqori bosqichda tahsil olishi;
🟢Quyiddagi toifalarda bo'lishi: chin yetim, yetim, nogironligi bor, boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oila farzandi bo'lishi;
🟢Qo'shimcha stipendiya olmayotgan bo'lishi;
🟢Davolanishga muxtoj bo'lishi lozim.
📎 Kerakli hujjatlar:
🟢 3,5x4,5 rangli fotosurat (2 dona);
🟢 Reyting daftarchasidan nusxa;
🟢 Ijtimoiy himoyaga muxtoj oila faradi ekanligi bo'yicha tasdiqlovchi hujjatlar;
🟢 Ijtimoiy faolligi bo'yicha erishgan yutuqlaridan nusxalar (diplom, sertifikat va hokazo);
🟢 Davolanish uchun alohida kasalligi yoki davolanishga muxtojligi bo'yicha ma'lumotnoma (agar doimiy davolansa mavjud hujjatlar ilova qilinadi).
⏰ Hujjatlar joriy yilning 25-sentabr soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.
📍 Manzil: O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti (Chorsudagi Fizika-matematika fakultetiga kirishda o'ng qo'l yo'lakning oxirida) universitet Yoshlar ittifoqi xonasi
✅ Qo'shimcha savollar uchun: @sh_sultanov ga murojaat qilishingiz mumkin.
✅ Javob: Birinchi savol.
Izoh: Yuqorida hikoyalar matniga ko‘ra, berilgan birinchi savollar ko‘rsatilgan. Bu savol ham tanlovimizning birinchi savoli edi.
✅ loyihaning bugungi savoliga Mohinur Otamirzayeva (@Mohinur_Otamirzayeva) profili egasi to’g’ri javob berdi va 1 ballni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.
💼 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Telegram|🔹Instagram|🔹Facebook
🟦🟦🟦
❗ Eslatma: "Kun savoli" loyihamizning ilk savoli bugun soat 20:00 da mana shu kanalimizga joylanadi.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
#TABIATNI_ASRAYLIK
🌱 Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti Jurnalistika yo’nalishi talabalari tomonidan #eko video!
“Inson ongli mavjudot.
U bir vaqtning o’zida Ona tabiatning kushandasi ham!”
🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕🆕
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan yangi loyihaga start berilmoqda...
Qanday deysizmi?
⏺Dushanbadan jumaga qadar har kuni soat 20:00 da @yi_namdu telegram sahifamizda turli mavzularda bir donadan savol joylab boriladi.
👉 Savollar - video, audio yoki matnli shaklda bo’ladi.
🗣 Tanlov haqida qisqacha ma'lumot:
➡️ Javoblarni savol ostidagi izoh (kommentariya) qismida qoldirishingiz mumkin bo'ladi;
➡️ Eng birinchi bo'lib to'g'ri va aniq javob bergan ishtrokchiga 1 ochko beriladi, lekin tahrirlangan javob qabul qilinmaydi;
➡️ Oy yakunida barcha ishtirokchilarning jamg'argan ochkolari hisoblab chiqilib, eng ko'p javob yozgan ishtirokchi esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlanadi.
🤝 Hamkorimiz: Adolat sotsial - demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi
🔴 Tez kunda...
🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Qandy loyiha bo'lishi mumkin? Javobingizni izohlarda kutamiz...
🔴 🟦🟦🟦
🖼 "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader mont" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
💻 Namangan davlat universiteti Istedodli yoshlar bilan ishlash sektori hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang'ich tashkiloti birgalikda Filologiya fakultetida birinchi va ikkinchi bosqich jurnalistika, filologiya va tillarni o'qitish: rus tili va o'zbek tili yo'nalishi talabalari bilan uchrashdilar.
📑 Suhbat jarayonida joriy o'quv yilida talabalar uchun tashkil etiladiga loyihalar, imkoniyat va sharoitlar borasida ma'lumot berildi. Bunda tashqari, talabalarni yoshlar jamoasiga qo'shish, o'zlarida liderlik qobiliyatlarini kashf eta olishlari uchun nimalar qilish kerakligi to'g'risida motivatsion saboqlar berildi.
🟦🟦🟦
❗ Eslatma: "Kun savoli" loyihamizning navbatdagi savoli bugun soat 20:00 da mana shu kanalimizga joylanadi.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!Читать полностью…
🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining fakultetlardagi koordinatorligi uchun tanlov asosida fakultet bosqichidan o'tib, universitet bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan talabalar diqqatiga!
⏱ Tanlovning universitet bosqichi indinga 20-sentabr soat 9:00 da Lolada joylashgan rektorat binosining 1-qavatidagi Axborot resurs markazida bo'lib o'tadi.
❗️Nomzodlar joriy o'quv yili davomida talabalar uchun qanday manfaatli loyihalarni taqdim eta olishlari yuzasidan qisqacha taqdimotlari bilan ishtirok etishlari so'raladi.
👥 Ishtirokchilar Ishchi guruh tomonidan suhbat qilinadi. Bundan ko'zlangan maqsad koordinatorlik uchun munosib potensialga ega kadrlarni saralab olishdir.
🇺🇿 KUN SAVOLI
🖋 AQSHda suratga olingan “Ibtido” va 2005-yilda suratga olingan “Xayrli tun” filmi yoki “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi voqealari 1993-yili yozilgan o'zbek romanining nomiga mos tushadi deb aytish mumkin.
🟢Savol: Ushbu roman nomini uch so‘z bilan yozib bering.
👉 Javobingizni izohlar (kommentariya) qismida qoldiring...
📺 🟦🟦🟦
🇺🇿 E'lon qilganimizdek, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining fakultetlardagi koordinatorligi uchun tanlov jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
📑 Jumladan, Fizika-matematika fakultetida koordinator bo'lish maqsadida hujjat topshirgan nomzodlarni suhbat qilish uchun ishchi guruhlar tuzib chiqildi va nomzodlar komissiya a'zolari tomonidan savol-javob tarzida sinovdan o'tdilar.
🗣Saralash ishlari barcha fakultetlarda davom etadi...
🟦🟦🟦🟦
🔺 Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
🖋 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - Shavkat Mirziyoyev
🇺🇿 KUN SAVOLI
🖋 Bugungi savol audio shaklida bo'lib, uni boshlang'ich tashkilotning besh tashabbus loyihalari koordinatori Safoxon Yo'ldashev o'qib eshittirdi.
⬇️ Javobingizni izohlarda yozishingiz mumkin!
🟦🟦🟦
❗ Eslatma: "Kun savoli" loyihamizning ilk savoli bugun soat 20:00 da mana shu kanalimizga joylanadi.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!Читать полностью…
✅ 🟦🟦🟦
🛡 Namangan davlat universitetida tashkil etilgan “Qalqon” guruhi a’zolari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi.
📑 Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori hamda rektor maslaxatchisi tomonidan guruh a’zolariga yangi o’quv yilida navbatchilik faoliyati va xizmat jarayonlaridagi nazoratni kuchaytirish, qolaversa, faol guruh a’zolarini vaqtida rag’batlantirib borilishi yuzasidan fikrlar ilgari surildi.
📝 Bundan tashqari bo’sh (vakant) o’rinlarga yangi nomzodlarni ochiq tanlov orqali saralab olish ishlarini tashkil etish bo’yicha profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchisiga tegishlicha topshiriqlar berildi.
✅🟦🟦🟦🟦
📑 Menga sadoqatli, ko'zi yongan yoshlar kerak! Shuni bilinglar, yoshlar xato qilishi mumkin, lekin ular xiyonat qilmaydi!
🖋 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - Shavkat Mirziyoyev
🇺🇿 KUN SAVOLI
🖋 Savolda "U" - boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi.
🟢Artur Konan Doylning "Doimiy bemor" qissasida U “Agar London bo‘ylab kezsak nima bo‘ladi, Uotson?” edi. "Dengiz shartnomasi" hikoyasidagi U esa - "Do‘stingiz, janob Xolms bilan bu yerga tashrif buyura olasizmi?" bo‘lgan. Bu savol ham bugungi loyihadagi U dir.
🟢Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram|📱Instagram|📱Facebook
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
🌟 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
✍️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
✔️Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
✔️Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
✔️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✔️Yilning eng faol sportchi talabasi;
✔️Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✔️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✔️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
💰 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining;
🥇- oʻrin 15 barobari,
🥈- oʻrin 10 barobari
🥉- oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
#vacancy
✅ Soha: Face (qiz bola)
💸Maosh: Suhbat asosida
🗄Kompaniya: Marketing agentligi
🟢 Ish turi: Oflayn
📍Manzil: Namangan shahar
Ish haqida ma'lumot:
- tajriba ustunlik beradi
- kamera qarshisida erkin nutq so’zlash
📞Aloqa uchun:
@yesjob_manager
✅ @yesjob_uz
🔴 🟦🟦🟦
🎭 Kuni kecha Andijon shahrida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining mintaqaviy saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
🇺🇿 Ushbu bellashuvda vodiyda mavjud oliy ta'lim muassasalari qatorida Namangan davlat universitetining "NamDU-FM" terma jamoasi ham o'zining yangicha hazillari bilan ishtirok etib qaytdilar.
✅ Yakuniy natijalar barcha mintaqalardagi bellashuvlar yakuniga yetganidan so'ng, QVZ assotsiatsiyasining rasmiy kanallarida e'lon qilinadi. Jamoamizni ham keyingi bosqichlarda ishtirok etishiga umid bildirgan holda, ularga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
🟦🟦🟦
✅ Namangan davlat universiteti iste'dodli talabalar bilan ishlash sektor rahbari hamda Namangan davlat universiteti yoshlar yetakchisi ishtirokida Filologiya fakultetida iste'dodli talabalar bilan uchrashuv tadbiri o'tkazildi. Batafsil videoda...
🎙Munisa Abduvaliyeva
📹Zohidjon Abdusattorov
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔴 🟦🟦🟦
😮 "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader mont" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
🗣 Istedodli yoshlar bilan ishlash sektori hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti birgalikda Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan uchrashdilar.
✅ Muloqot davomida universitetda mavjud imkoniyatlar, yoshlar jamoasi hamda sektor tomonidan yangi o'quv yili uchun mo'ljallangan rejalari borasida ma'lumotlar berildi.