🧡🧡🧡
💥 Bugun erta tongdan talabalar turar joyida universitet Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan "Mehrli tong" aksiyasi o'tkazildi.
🎵 Aksiya davomida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar tashkil etilgan "Rejalar taxtasi"ga o'zlarining kun davomida qanday rejalari borligi, qanday maqsadlarni ko'zlaganliklari bo'yicha maxsus stikerlargayozib qoldirdilar.
👉 Bunday loyihalarni tashkil etishdan maqsad shuki, talabalarning kun davomidagi kichik rejalarini yana bir bor eslatgan holda, ularga yaxshi tongi kayfiyat ulashishdir.
🔹 "Insta Challenge" davom etmoqda
🖼 Talabalar uchun tashkil etilgan fotozona Yuridik, Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakultetlarida!
👍 NamDU o'z talabalari uchun yaxshi kayfiyat ulashishda davom etadi…
Наманган давлат университети ректори Собитхон Турғуновнинг университет талаба-ёшларига
МУРОЖААТИ
Азиз талабалар, қадрли ўғил-қизларим!
Мана, катта мақсад, чексиз ҳаяжон билан янги 2024-2025 ўқув йилини бошлаб олдик. Бу йил талабалик бахти насиб этган, университетимизнинг кўпминг сонли толиби илмлари сафига қўшилган йигит-қизларимизни яна бир бор табриклайман. Сиз бугун орзуларингиз сари энг асосий қадамни қўйдингиз. Устозларингиз, ота-онангиз, яқинларингиз ишончини оқлаб, талаба деган номга сазовор бўлдингиз. Эндиликда янада чуқур масъулият ҳисси билан таълим оласиз, нафақат ўз шаънингиз, балки университет шаънига доғ туширмайсиз, аксинча, унинг нуфузини янада оширишга ўз ҳиссангизни қўшасиз, деган умиддаман.
Жондан азиз дилбандларим!
Аслида талабалик - юксак шараф, катта имконият демакдир. Ишонаманки, сиз шунчаки ўзингиз севган касб бўйича мутахассис бўлишнигина мақсад қилмагансиз. Сиз эртага университетни кучли ва малакали мутахассис, етук шахс сифатида тамомлашингиз керак. Бунинг учун олий таълим муассасамизда барча шарт-шароит ва имкониятлар мавжуд. Бу имкониятлардан унумли фойдаланиш - ўз қўлингизда. Устозларнинг ҳар бир сабоғини қунт билан ўзлаштириб, изланиб, илм йўлидаги машаққатлардан чўчимай, турли танлов ва мусобақаларда ўз иқтидорингизни намоён этиб, муваффақият чўққиларини забт этинг ва шу тариқа ҳаёт ҳамда жамиятда ўз ўрнингизни топинг. Янги Ўзбекистонимиз ривожига, халқимиз ҳаётининг янада фаровон бўлишига ўз ҳиссангизни қўшинг!
Талабаларимиз орасида илмга чанқоқ ёшларнинг кўплиги доим мени қувонтиради. Уларнинг ҳар бир ютуғидан беҳад севинаман ва бу талабаларнинг моддий-маънавий жиҳатдан рағбатлантирилишини доим қўллаб-қувватлайман. Сиз ҳам улар қаторидан жой олинг. Талабаликнинг ҳар бир дақиқасини ғанимат билинг. Китоб мутолаасини, спортни, жамоат ишларида фаолликни ўзингизга одат қилинг. Устозлар этагини маҳкам тутинг, уларнинг олтиндан қиммат билимларини олиб қолишга улгуринг. Изланинг, интилинг. Замон - жуда тезкор, замон - бугун ундан бир қадам олдинда юрганларники. Олдинда бўлмоқ учун инсонга билим, кенг дунёқараш, ўткир заковат керак. Буларнинг барчасига сиз айнан талабалик даврида эриша оласиз.
Ҳар бирингиз учун Наманган давлат университети - орзуларингиз сари пиллапоя, ёрқин келажак сари йўллагувчи даргоҳ, фаровон ҳаёт сари энг муҳим йўл бўла олади. Токи, сиз илм олишда собитқадам бўла олсангиз!
Барчангизга ишончим жуда баланд, азиз талабалар! Барча устозларингиз дилларида ҳам шу гап. Сизларни мана шу сўзларни ёдингизда тутиб, ишончимизни оқлашингизни истаймиз. Бизнинг бор билим, маҳорат, тажриба, куч-салоҳият, имконият ва меҳримиз - сизлар учун. Сиздан эса фақат илм олиб, Ватанга муносиб фарзанд бўлишингизни сўраймиз!
🔴 ISHGA MARHAMAT
👤 Kechki ta’limda tahsil olayotgan talabalarini mavsumiy ishga taklif qilamiz
💻 Batafsil ma'lumot:
⏺ ish vaqti 2 oy;
⏺ ish vaqti 7-00 dan 15-00 gacha;
⏺ ish o‘rinlari soni: 40 ta;
⏺ tushlik ishxona hisobidan;
⏺ haftada 5 kun;
⏺ oylik maoshi: 1 400 000 dan 1 700 000 gacha;
⏱ Talabgorlar uchun 15-sentabr kuni suhbat bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Namangan shahar Nodirabegim nomli kutubxona yonida "O‘QITUVCHI" kitob do‘koni
🔝 Telefon raqami: 97 580-50-55 / 97 480-20-21
💼 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Telegram|🔹Instagram|🔹Facebook
Ibrat…
🆔 Ijtimoiy fanlar fakulteti koordinatori Ismoil Abdusalomov tomonidan ishlangan "Senga ishonaman oʻgʻlim deganingiz uchun harakatdaman dadajon" nomli ibratli videoni eʼtiboringizga havola etamiz
✅ kontentni ko'rish
🌐 Havola orqali kirib like va obuna bo'lish tugmasini bosib qo'yish esdan chiqmasin😉
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining yangi o'quv yili oldidan Yoshlar Kengashi bo'lib o'tdi.
🗣 Yig'ilish kun tartibida fakultet koordinatorligi hamda talaba-dekanlik uchun o'tkazilishi rejalashtirilgan tanlov jarayonlarini tashkil etish, o'quv yili davomida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan rejalar muhokama qilindi.
Namangan davlat universitetida fakultetlar joylashuvi
📍Manzil: Namangan shahar Boburshoh ko'cha 161-uy (📍 joylashuv)
Fakultetlar nomi: Xorijiy tillar, Biotexnologiya va Pedagogika
Ta'lim yo'nalishlari:
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili
Psixologiya
Biotexnologiya
Biologiya
Sport faoliyati: voleybol
Ta'lim yo'nalishlari:
Kimyo
Geografiya
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Fizika
Matematika
Amaliy matematika
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Ta'lim yo'nalishlari:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya xisobi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Bank ishi
Menejment
Yurisprudensiya
Davolash ishi
Pediatriya ishi
Ta'lim yo'nalishlari:
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili
Jurnalistika
Ta'lim yo'nalishi:
Tarix
Aloqa uchun telefonlar:
📞+998999702902
📞+998972300307
📞+998999779398
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🛡 🟦🟦🟦🟦🟦
🎥 Ayni kunlarda Namangan davlat universitetida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda. Xususan, dovon orti viloyatlaridan yo’llanma asosida kelayotgan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌜Universitet talabalaridan tashkil topgan “Qalqon” guruhi a’zolari ham o’quv binolari hududlarini nazorat qilish hamda TTJga joylashish uchun kelgan talabalarga ko’maklashish masalalarida faollik ko’rsatishmoqda.
🟦🟦🟦
📣 Mumtoz loyihasining 11-sonidan boshlab gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
🥇- oʻrin uchun: 300 000 soʻm
🥈- oʻrin uchun: 200 000 soʻm
🥉- oʻrin uchun: 100 000 soʻm
💠 Qolaversa, keyingi oʻrinlarda turuvchi 5 nafar yuqori natijani qayd etgan ishtirokchlarga esa faol ishtiroki uchun sertifikat taqdim etiladi.
🔻Endilikda tarixni oʻrganish, millat va jahonning faxri hisoblangan davlat va jamoat arboblari - mumtozlarning ilm-fan, sanʼat, madaniyat, adabiyot va jadidchilik sohasidagi hayoti va ijodini oʻrganish orqali nafaqat bilimingizni mustahkamlashingiz, ulkan ilmiy merosga ega boʻlishingiz hattoki pul mukofotlariga ham ega boʻlishingiz mumkin.
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🟦🟦🟦🟦
✍️ Odamni barbod qilish uchun ko‘p narsa kerak emas, shunchaki u qilayotgan ish hech kimga kerak emasligiga uni ishontirish kerak xolos.
©️ Fyodor Dostoyevskiy - mashhur rus yozuvchisi
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
👩💼Talaba ijodi...
✍️ "Islom Karimovni sog’inib"
🎙 Turg'unova Azizaxon - Biotexnologiya fakulteti 2-bosqich talabasi
#talaba_ijodidan
🇺🇿 BIZNI ULG‘AYTIRGAN O‘ZBEKISTONDIR!
📝 Sheʼr muallifi: Namangan davlat universiteti talabasi Qahramon Sattixoʻjayev
🎙 Ijroda: Dublyaj aktyori Oybek Tohirov
Bizni kuzating
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasini Prezident matbuot xizmatining Тelegram messendjeri, YouTube videoxostingi va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida tomosha qiling.
#Abituriyent
🗂 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
✍️ Mazkur faylda 2024/2025-oʻquv yili qabulida o'tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmaganlar uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
📩 Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan.
Diqqat, diqqat!
Turizm sohasiga qiziquvchi hamda tashabbuskor yoshlarni o'z safimizga chorlaymiz!
Yoshlar turizmini rivojlantirish, yoshlarda sog‘lom fikr va sog‘lom ongni shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, yoshlarda vatanparvarlik hisini rivojlantirish va chet eldagi yoshlar bilan turizm va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Yoshlar turizm elchilari kengashi tashkil etilgan.
📣Талабалар ўртасида “Меҳнат ҳуқуқи ёшлар нигоҳида” танлови ўтказилади!
🚨Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Тошкент давлат юридик университети билан ҳамкорликда республикадаги барча олий таълим муассасалари талабалари учун танлов эълон қилинмоқда. Танловнинг саралаш босқичи 2024 йил 23 сентябрь кунида старт берилади ва интернет тармоғидаги www.tanlov.kasaba.uz сайти орқали 31 сентябрига қадар давом этади.
Танловнинг саралаш босқичи тест шаклда бўлади ва иштирокчилар меҳнат ҳуқуқига оид тестларга жавоб беришлари лозим.
🖥Бунинг учун www.tanlov.kasaba.uz сайтига кириб, рўйхатдан ўтиш ва тестдаги саволларга жавоб бериши кифоя.
🎤Танловнинг Республика босқичи оғзаки савол-жавоб тарзда ташкил этилади ва талабаларнинг билимини баҳолаш мақсадида танлов комиссияси бевосита суҳбат олиб боради.
Танловда ғолиб чиққан иштирокчилар қуйидаги совринлар билан тақдирланади:
🥇1-ўрин: 1-йиллик тулов-контракт пулини тўлаш;
🥈2-ўрин: ярим йиллик тулов-контракт пулини тўлаш;
🥉3-ўрин: ноутбук.
Танлов олий таълим муассасалари талабаларининг ҳуқуқий маданиятини юксалтириш, улар ўртасида халқаро ва миллий меҳнат стандартларининг моҳиятини тарғиб қилиш, шу орқали фаол фуқаролик позициясига эга бўлган авлодни тарбиялашга ҳисса қўшиш мақсадида ўтказилмоқда.
/channel/namangan_kasaba
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida o'tkazilayotgan "Leader mont" (tanishtiruv haftaligi) davom etmoqda...
👍 Bugun targ'ibot ishlari Tabiiy fanlar fakultetida bo'lib, Kimyo hamda Geografiya yo'nalishlariga o'qishga qabul qilinagn birinchi bosqich talabalari bilan suhbatlashildi.
💬 Muloqot davomida boshlang'ich tashkilot hamda fakultet Yoshlar Kengashlari uchun a'zo bo'lish tartiblari, mavjud imkoniyatlar va ulardan foydalanish yo'llari borasida o'zaro fikrlar almashildi.
🔹 "Insta Challenge" davom etmoqda
🖼 Talabalar uchun tashkil etilgan fotozona Ijtimoiy fanlar fakultetida!
👍 NamDU o'z talabalari uchun yaxshi kayfiyat ulashishda davom etadi…
🟦🟦🟦
🛡 Namangan davlat universitetida tashkil etilgan "Qalqon" guruhi o'tgan 2023/2024-o'quv yilidagi faoliyati uchun e'tirof etilib, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
⚪️ Bunday yuksak ishonch uchun vazirimiz Qo'ng'irotboy Sharipov, ushbu jamoatchilik guruhi mas'ullari hamda guruh a'zolariga universitet jamoasi nomidan minnatdorlik bildiramiz.✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹 "Insta Challenge" davom etmoqda
🖼 Talabalar uchun tashkil etilgan fotozona Fizika-matematika fakultetida!
👍 NamDU o’z talabalari uchun yaxshi kayfiyat ulashishda davom etadi…
🎥 🟦🟦🟦
🇺🇿 Bugun “Tanishtiruv haftaligi” doirasida universitet yoshlar yetakchisi Sh.Sultanov Ijtimoiy fanlar fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
🟢 Uchrashuv davomida universitetdagi sharoitlar, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amaliy tajribalar hamda boshlang'ich tashkilot jamoasiga yangi a'zolarni qabul qilish tartibari bo'yicha ma'lumotlar berildi.
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi Rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook
👍 🟦🟦🟦
🔴 Joriy o'quv yilida Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan va uzoq hududlardan yo'llanma asosida kelayotgan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.
👥 Jarayonda Talabalarni turar joy bilan ta'minlash sektori, fakultet dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, volontyorlar hamda "Qalqon" guruhi a'zolari faollik ko'rsatmoqdalar.
P/s: Bahonada Qashqadaryolik otaxondan intervyu olib, sharoitlardan olgan taassurotlari haqidagi fikrlarini tingladik...
🟦🟦🟦
🏆 Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan tashkil etilayotgan "Mumtoz" loyihasining navbatdagi sonini eʼlon qilamiz.
🔺 Loyihaning 11-sonida Temuriylar davri hukmdori, buyuk astronom va matematik Mirzo Ulugʻbek hayoti yuzasidan test sinovlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
📆 Test sinovi 7-sentabr 21:00 da @Namdu_istedodlari kanalida tashkil etiladi.
🙋♂Ishtirok etish bepul.
Test sinovlari roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasidagina oʻtkaziladi.
🔻Test sinovi yuzasidan eng yuqori natijaga erishgan 3 nafar ishtirokchi diplom va
🥇- oʻrin 300 000 soʻm
🥈- oʻrin 200 000 soʻm
🥉- oʻrin 100 000 soʻm
bilan ragʻbatlantiriladi.
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
👍👍👍
📌Ehtiyot boʻling! Ushbu post izlanuvchan yoshlar uchun!
👫 Hurmatli yoshlar Sizlarga Namangan viloyatida tez orada Yoshlar sammiti boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
🖊 Bizning yoʻnalishlar:
1.Xalqaro universitetlar va chet el grantlari;
2.StartUp loyihalar;
3.Ekologik innovatsiyalar;
4.Psixologik treninglar;
🎚️ Sammit davomida ishtirokchilarga yaratilgan qulayliklar:
🔰 Yotoqxona;
🔰 Oziq-ovqat(3 mahal);
🔰 Kechki konsert dasturlar;
🔰 Professionallar ishtirokida oʻquv seminarlar;
🔰 Zakovat intellektual oʻyinlari;
🔰 Namangan boʻylab sayohat;
🔰 Esdalik sovgʻalari;
🟦🟦🟦 🟦🟦
💥 QVZning navbatdagi mavsumiga start berilmoqda!
😃 Namangan davlat universitetining NamDU FM terma jamoasiga qoʻshilish istagida bo'lgan talabalar quyidagi raqamlarga bogʻlanishlarini soʻraymiz.
Istedod va qobiliyatlaringizni biz bilan namoyon eting va universitetimizda QVZ oilasini tuzishda bizga hamroh boʻling!
✍️ Izoh: Sizda iqtidor bormi? Unda quyidagi telegram manzili orqali bizning jamoaga qoʻshiling.
⚠️ 🟦🟦🟦
💳 Qadrli talaba-yoshlar, bugungi kiberjinoyatlar olami tomonidan talabalarimizga “Sizga davlat tomonidan moddiy yordam puli ajratildi” deya turli yolg’on xabarlar kelmoqda ekan.
💰 Bunday kiberjinoyatchilar sizga pul o’tkazib beramiz deya plastik raqamingizni so’raydilar va tabiiyki kartangizdagi bor pulingizni yechib olishadi.
‼️ Hech qachon hech kim sizga o’zidan o’zi pul bermasligini yana bir bor eslatmoqchimiz. Feyk xabarlar qurboniga aylanib bor mablag’ingizni ham yo’qotib qo’ymang. Shunchaki ogoh bo’ling!
Наманган давлат университети ректори
Собитхон ТУРҒУНОВнинг мамлакатимиз
Мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан
БАЙРАМ ТАБРИГИ
Ассалому алайкум, қадрли ҳамкасблар, муҳтарам устозлар ва азиз талаба-ёшлар!
Барчангизни энг улуғ, энг азиз байрам – жондан азиз Ватанимиз мустақиллигининг 33 йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман ва қалбимдаги энг самимий тилакларимни изҳор этиб қоламан!
Истиқлол айёми ҳар биримизнинг чиройли тақдиримизга, фаровон турмушимизга, эркин меҳнат фаолиятимиз ва юксалишларимизга дахлдор қутлуғ санадир. Зотан, инсон эркинликдагина ўзини бахтли ҳис этади. Қадри улуғлансагина, ўз тақдиридан рози бўлади. Меҳнатига, интилишларига, фидокорлигига яраша манфаат ва эътибор топсагина, шукроналик ҳисси билан яшайди.
Не бахтки, Ўзбекистон, Янги Ўзбекистон аталмиш заминда айнан мана шундай эзгулик ва толе бизга насиб этаётир. Қай бир юртдошимиз ҳаётига назар ташламайлик, мустақиллик берган имкониятлар натижасини кўришимиз мумкин. Эҳтиёжманд оилалар, фуқаролар, илмга чанқоқ ёшларга берилаётган эътибордан кўнгил яйрайди. Босқичма-босқич амалга оширилаётган ислоҳотлар самараси яққол сезиляпти. Халқ ҳаётини янада яхшилаш, янада фаровон умр кечиришимиз учун манзилли иш ташкил этиляпти. Давлат дастурларида кенг кўламли чора-тадбирлар белгиланиб, ижроси жиддий назоратга олинмоқда.
Бир сўз билан айтганда, Янги Ўзбекистон – янгича қарашлар, янги ҳаёт ва янги имкониятлар мамлакатига айланиб бормоқда.
Мен ёш авлод таълим-тарбияси йўлида бор куч-салоҳиятини, илмини, тажриба ва маҳоратини сарф этаётган сиз азиз профессор-ўқитувчилар ва педагогларни, илм-фан ривожига муносиб ҳисса қўшаётган ёш олимларимизни, жамият тараққиётида ўзига хос ўрин топган ташаббускор ёшлар, талабалар, барча ўғил-қизларимни Мустақиллигимизнинг қутлуғ тантанаси билан яна бир бор табриклайман.
Барчангизнинг хонадонларингизга тинчлик, осойишталик, бахт, фаровонлик тилайман. Мустақил Ватанимизнинг гуллаб-яшнаши ва равнақи йўлида қилаётган хизматларингизда омад ёр бўлсин. Бошланаётган янги 2024-2025 ўқув йили жамоамиз учун янада юксак марраларни забт этиш, янада улуғвор режа-мақсадларни амалга ошириш, янада кўпроқ ютуқ ва муваффақиятларга эришиш йили бўлсин!
#OTM_BoshlangʻichTashkilotlarYetakchilari
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida oliy ta’lim muassasalaridagi Boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilarining o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlari hisoboti va 2024-2025 o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan masalalariga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔎 Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari, Toshkent shahri va hududiy oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, hamkor vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Namangan davlat universitetida fakultetlar joylashuvi
📍Manzil: Namangan shahar Boburshoh ko'cha 161-uy (📍 joylashuv)
Fakultetlar nomi: Xorijiy tillar, Biotexnologiya va Pedagogika
Ta'lim yo'nalishlari:
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili
Psixologiya
Biotexnologiya
Biologiya
Sport faoliyati: voleybol
Ta'lim yo'nalishlari:
Kimyo
Geografiya
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Fizika
Matematika
Amaliy matematika
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Ta'lim yo'nalishlari:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya xisobi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Bank ishi
Menejment
Yurisprudensiya
Davolash ishi
Pediatriya ishi
Ta'lim yo'nalishlari:
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili
Jurnalistika
Ta'lim yo'nalishi:
Tarix
Aloqa uchun telefonlar:
📞+998999702902
📞+998972300307
📞+998999779398
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
#chellenj
#mustaqilligimizning_33_yilligi
🇺🇿 Namangan davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan “Biz bir bo'lsak yagona xalqmiz - birlashsak vatanmiz” shiori ostida “Siz mustaqillikni qay darajada bilasiz” nomli chellenjimiz davom etmoqda...
1️⃣ Otaxanova Zaynabxon
2️⃣ Ubaydullayeva Dilfuza
3️⃣ Xodjayeva Feruza - NamDU Axborot resurs markazi xodimlari