#dayjest #Qabul_2024
#4_kun
2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 4-kuni boʻlib oʻtmoqda. Oliy ta‘lim muassasalarining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzating
🟢🟢🟢
📺 2024/2025-o’quv yili uchun kirish imtihonlari avjida…
‼️ Ayni kunlarda Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtihon topshirayotgan abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Namangan davlat universiteti tomonidan tuzilgan volontyorlar guruhi turli ko’ngilochar dasturlar tayyorlab ularni mamnun etmoqdalar.
📱 Batafsil videoda
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
🟢🟢🟢
🎥 Joriy 2024/2025-o’quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ko’tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
🇺🇿 Xususan, bugun o’qishga topshirayotgan abituriyentlarni olib kelgan ota-onalari va yaqin qarindoshlariga qulay sharoit yaratish, ularda mavjud hayajonni yo’qotish maqsadida Namangan davlat universitetining yoshlar jamoasi tomonidan ko’ngilochar dasturlar uyushtirildi.
🏆 Dastur doirasidagi viktorina, qiziqarli savol-javob hamda shaxmat musobaqalarida g’olib bo’lgan ota-onalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
💙💙💙
🎅 Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi hamda O'zbekiston Ko'rlar jamiyati Namangan viloyat hududiy bo'linmasi hamkorligida Chortoq tumanida joylashgan ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasida brayl yozuvida tez yozish va ifodali o'qish bo'yicha tuman birinchiligi bellashuvlari o'tkazildi.
🗣 Mazkur bellashuvlarni tashkil etish va o'tkazishda Milliy tiklanish demokratik partiyasi "Yoshlar qanoti" faoli, boshlang’ich tashkilotning imkoniyati cheklangan yoshlar yo’nalishi koordinatori Murodjon Rahmanov mas'ullarga yaqindan ko'maklashdi va ishtirokchilarga tanlov shartlari va tartib-qoidalarini tushuntirib o'tdi.
✅ Tanlov yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan maxsus tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
🏛 Namangan davlat universiteti Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan talaba va yoshlarning taʼtildagi vaqtlarini mazmunli tashkil etiish maqsadida yangi "Mumtoz" loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
🔺Loyihaning 3-sonida oʻrta osiyolik qomusiy olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino hayoti yuzasidan test sinovlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
📆 Test sinovi bugun 21:00 da @Namdu_istedodlari kanalida tashkil etiladi.
🙋♂Ishtirok etish bepul.
Test sinovilari roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasidagina oʻtkaziladi.
🔻Test sinovi yuzasidan eng yuqori natijaga erishgan 3 nafar ishtirokchi diplom bilan, bundan tashqari keyingi oʻrinlarda eng yuqori natijani qayd etgan yana 10 nafar ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
✔️ Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish tartibi!
🖊 Har yili 15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
💻 Talabalar uzbmb.uz sayti orqali arizani onlayn ravishda to‘ldirishadi hamda transkript (yoki reyting daftarchani tasdiqlangan shakli) yuklashadi (Pdf yoki jpg varianti).
🗓 Qabul jarayonlari 5-avgust sanasida yakunlanadi (shu kuni ham).
🖋 Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga 2 xil usul bilan “perevod” qilishi mumkin:
↕️ Mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari (imtihon) asosida*;
↕️ Mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi (imtihonsiz, shunchaki super kontrakt to‘lasa kifoya)**;
❕ Izoh: *PQ-279-son qaror 7-bandning “a” kichik bandi;
**PQ-279-son qaror 7-bandning “g” bandi ikkinchi xatboshi.
✅@Komilkhuja_uz
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
🏛 Namangan davlat universiteti Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan talaba va yoshlarning taʼtildagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yangi "Mumtoz" loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
🔹 Loyihaning 2-sonida fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi va jamoat arbobi-gumanist Albert Eynshteyn hayoti yuzasidan test sinovlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
🔺Test sinovi yuzasidan eng yuqori natijaga erishgan 3 nafar ishtirokchi diplom bilan, bundan tashqari keyingi oʻrinlarda eng yuqori natijani qayd etgan yana 10 nafar ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
“University of Business and Science” hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi taqdim etadi!
Yuragida o‘ti bor, bilimli, zukko va iqtidorli yoshlar uchun yangi, eksklyuziv loyiha — UBS intellektual shouni kutib oling!
Intellektual oʻyinda nufuzli oliygoh talabasi boʻlishni maqsad qilgan abituriyentlar saralab olinadi va ular loyiha tashkilotchisi “University of Business and Science” tomonidan grantlar, vaucherlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Shou-konsert 2024-yil 8-iyul kuni soat 20:00da Namangan shahar "Uch favvora" hiyobonida taniqli yulduzlar ishtirokida tashkil etiladi.
Shouning yulduzli mehmonlari: Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Elmurod Xaqnazarov, Jahongir Xoʻjayev, Bobur Shavkatov, Xamdam Sobirov, Afruza, Mirjalol Ne'matov va Shohruxbek Ergashev.
Demak, siz bilan tez orada uchrashamiz.
Aytgancha, shouda tomoshabinlarga ham qimmatbaho sovg‘alar bor!
💬 Batafsil ma’lumot uchun bosing
☎️ +998781132626
🏛 Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir dizaynlari bo‘yicha tanlov e’lon qildi
Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
1-o‘rin uchun — 20 mln so‘m;
2-o‘rin uchun — 15 mln so‘m;
3-o‘rin uchun — 10 mln so‘m;
4−15 o‘rinlar uchun — har biriga 3 mln so‘mdan.
“Мен ўзбекистонликман – қонимда ғалаба”.
Мамлакатимиз тарихида илк бор Олимпиада йўлланмасини қўлга киритган футбол бўйича терма жамоамиз айнан шу шиор остида Париж-2024 майдонларида беллашади.
Бир гуруҳ ташаббускорлар томонидан жамоа мадҳияси учун видео ҳам суратга олинибди.
Бундай сифатли контент учун ташаббускорларга раҳмат. Ватанпарварлик, она юртга муҳаббат ғоялари, фаол ва соғлом турмуш тарзини ёшларимизга етказишда мана шундай замонавий усуллар, ёшларбоп шакллардан фойдаланиш жуда муҳим. Ушбу видео бунга ёрқин намуна бўла олади.
Терма жамоамиз ва барча олимпиячиларимизга эса бўлажак йирик мусобақада катта зафарлар ёр бўлсин!
Facebook|Instagram|X
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
🏛 Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan 2-iyul O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan "Davlat gerbi - mustaqillik timsoli" mavzusida she'rlar hamda rasmlar tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
🎨 Rasmlar tanlovida davlatimiz ramzi hisoblangan gerbimiz tasvirlanadi. Rasmlarda davlat ramzlariga bo'lgan hurmat va e'tibor kabi jihatlar alohida yoritib berilishi kerak.
🎙She'rlar tanlovida davlatimiz ramzi hisoblangan gerbimizni madh etuvchi ta'riflar keltirib o'tilishi lozim.
📥Ijodiy ishlar joriy yilning 4-iyul kuniga qadar online tarzda quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi:📲Mira'zam To‘xtasinov ✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🟨🟨🟨🟨🟨
🤵TALABAMIZ BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALIDA
⚡️ 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda "Butunjahon Yoshlar Festivali" oʻtkazilmoqda.
👨💼 Quvonarlisi festival doirasida tashkil etilgan xalqaro yoshlar eko oromgohida Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Tursunboyev Xusayn Xabibullo oʻgʻli ham davlatimiz nomidan delegat sifatida ishtirok etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
⏺⏺⏺⏺⏺⏺
30-iyun “Yoshlar kuni” bayramingiz muborak bo’lsin!
🇺🇿 Qadrli talaba-yoshlar, barchangizni eng aziz bayramingiz bo’lgan “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman!
Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, eng muhimi, yoshlik shijoati hech biringizni aslo tark etmasin. Kelgusida yurtimizning taraqqiyoti uchun bir-tan, bir-jon bo’lishingizga ishonaman!
Hurmat bilan, Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Narimon Dexkanov
✈️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Наманган давлат университети ректори Собитхон Турғуновнинг «Ёшлар куни» муносабати билан байрам
ТАБРИГИ
Ассалому алайкум, азиз ёшлар, университетимизнинг билимга чанқоқ талабалари!
Барчангизни 30 Июнь - «Ёшлар куни» билан табриклайман ва қалбимдаги энг эзгу тилакларимни изҳор этиб қоламан.
Ҳеч иккиланмай айтишимиз мумкинки, Янги Ўзбекистон нафақат имкониятлар, балки ёшлар мамлакатига айланиб бормоқда. Айниқса, сўнгги йилларда Президентимиз ташаббуси билан ёшлар масалалари давлат сиёсатининг энг устувор мақсади ва энг асосий йўналишига айланди. Натижада юртимиздаги ҳар бир йигит-қиз тақдирида ижобий ўзгаришлар юз бермоқда, ёшлар жамиятда ва ҳаётда ўз ўрнини топмоқда.
Қувонарли жиҳати шундаки, эндиликда ёшлар билан ишлаш тизими янги босқичга кўтарилади. Кечагина Президентимиз раислигида ёшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш масалалари юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида бир қатор вазифалар белгилаб берилди.
Жумладан, янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида «Халқаро бакалавриат» ва «A-level» дастурлари жорий қилинади.
Хорижий олийгоҳларда ўқиш учун топшириладиган «SAT» имтиҳонида юқори натижа кўрсатган ёшлар ўзимизни олийгоҳларга ҳам грант асосида қабул қилинади. Олийгоҳларнинг биринчи ва иккинчи курсларидаги фанлар техникумлар билан уйғунлаштирилади. Касби бўйича малака даражаси ва икки йиллик стажи бор ёшлар корхона тавсияси билан олийгоҳларга контракт асосида қабул қилинади.
Йиғилишда шу каби эътиборга молик вазифа ҳамда чора-тадбирлар белгилаб берилдики, улар ижроси ёшлар учун катта имкониятларни тақдим этиши, шубҳасиз.
Қолаверса, Президентимиз «Ёшлар куни» муносабати билан бир гуруҳ ёшларни давлат мукофотлари билан тақдирлади.
Қадрли ёшлар!
Буларнинг барчаси - сизнинг келажагингиз учун қўйилган мустаҳкам пойдевордир. Ватан сизга, сизларнинг билим ва истеъдодингизга, куч ва шижоатингизга таянади. Шундай экан, аввало, Президентимиз ва халқимиз, шунингдек, устозларингиз, ота-онангиз ишончини оқлашингиз шарт. Бу йўлда барчангизга куч-ғайрат тилайман. Қатъият, ирода ва мардлик ҳамроҳингиз бўлсин.
Яна бир бор байрамингиз муборак бўлсин, оловқалб фарзандларим!
Тилагим - қалбингиздаги ёруғ ниятларнинг бари ушалсин. Ҳар бирингизни эркин ва озод Ватан равнақига ўз ҳиссангизни қўшишингизга ишонаман!
🎭Xalqaro “Quvnoqlar va zukkolar Do‘stlik Kubogi” bellashuvlari bo'lib o'tdi
🔹Quvonarlisi shundaki Xalqaro “QVZ” – kulgi kechasida O'zbekiston QVZ terma jamoasi safida universitetimiz talabasi, Namdu FM va Olimp jamoasi a'zosi To'ychiyeva Marhabo ham ishtirok etmoqda!
🔹Xalqaro “Quvnoqlar va zukkolar Do‘stlik Kubogi” bellashuvida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarusiya, Tatariston va Boshqirdistondan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib eng unutilmas quvonchni taqdim etish uchun raqobatlashishdi.
#YoshlarKuni #YouthDay
✈️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
🟥🟥🟥🟥
🎥 Ayni paytda Pedagogika fakultetining iste’dodli talaba-yoshlari tomonidan abituriyentlarning ota-onalari uchun tashkil etilgan maxsus konsert dasturi bo’lib o’tmoqda.
👀 Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring
#natija
❤️ Namangan Ziyolilari kanalida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijasiga ko'ra O'tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asari tanlandi.
❤️ Namangan Ziyolilari «Zukko kitobxon» tanlovi quyidagi sanalarda o'tkaziladi:
Boshlanishi: 17.07.2024
Tugashi: 25.07.2024
⏱ Shartlari:
1. Ushbu postni kitobni sevadigan 5 ta do'stingiz va 3 ta gruppaga jo'natasiz jo'natilganini tasdiqlovchi rasmni @namanganziyolilaritanlov guruhiga tashlaysiz
2. O'tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asarini o'qib tugatasiz
G'oliblarni aniqlash:
O'tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asaridan 40 tadan iborat ochiq test telegram bot orqali o'tkaziladi eng yuqori ball to'plagan 5 nafar g'oliblar taqdirlanadi.
🎁 Sovgʻalar:
🏆 1–3- o'rin egalariga esdalik sovg'alar va kitoblar jamlanmasi
🏅 4 hamda 5-o'rinlarga kitoblar jamlanmasi beriladi
⚠️ Eslatma: kitobni sevadigan 5 ta do'stingiz va 3 ta gruppaga jo'natmagan ishtirokchi g'olib boʻlgan taqdirda ham hisobga olinmaydi
✅ Rasmiy sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📹 namanganziyolilari?si=3kmu0GHW8Bo2yZkH">YouTube
💟💟💟
▶️ Ushbu hujjatli film yurtimizning taniqli aktyor va aktrisalari tomonidan mahorat bilan ijro etilibdi.
‼️ Unda qanday dolzarb masala olib chiqilganligini anglab olishni esa o’zingizga qoldiramiz…
✈️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
📣 Barcha talaba-yoshlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi hamkorligidagi "Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyatining ko'zgusi" nomli seminar-treningga taklif etamiz!
‼️ Ishtirok etish mutloqo bepul va, albatta, tering ishtirokchilari sertifikat hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
🏛 Namangan davlat universiteti Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan iste'dodli shoir, dramaturg, pedagog, jurnalist, o'zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan "Abdulla Avloniy - milliy uyg'onish davrining yirik vakili" mavzusida maqolalar va rasmalar tanlovini e'lon qilamiz.
📝Maqolalar tanlovida Abdulla Avloniyni hayoti va ijodi to'liq yoritib berilishi kerak. Maqolalar an'anaviy tarzda yoziladi.
🎨Rasmlar tanlovida Abdulla Avloniyni rasmi chiziladi. Shu bilan birgalikda rasmda Abdulla Avloniy ilgari surgan jadidchilik g'oyalari ham tasvirlanishi kerak.
📥Ijodiy ishlar joriy yilning 14-iyul kuniga qadar online tarzda quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi:📲Mira'zam To‘xtasinov ✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
💖💖💖
"TANNOZ QIZ"
🖌 Qahramon SATTIXOʻJAYEV - Yuridik fakulteti talabasi
🎤 Jumanazar URALOV
✈️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
💥 WikiStipendiya jamoaviy marafoni II tur bosqichi boshlandi!
🌎 Iyul-avgust oylarida rejalashtirilgan jamoaviy marafon II turi uchun qabul ochildi. Telegram-bot orqali 5 kishidan iborat bo‘lgan jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazing hamda marafonda ishtirokni boshlang.
🖥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bot
✔️ Navbatdagi turda qatnashish ham ancha oson bo‘lib, marafonning to‘liq shartlarini loyiha nizomida tanishib chiqishingiz mumkin — marafon nizomi
⚠️Eslatib o‘tamiz, II tur bo‘yicha jamoalarni ro‘yxatga olish va maqolalar qabul qilish 15-avgustga qadar davom etadi.
Do‘stlar, shoshiling, so‘lim oromgoh, katta imtiyozlar hamda 150 million sizni kutmoqda!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
📣“Jadid“ gazetasi haftalik “Yutuqli mutolaa” tanlovini e’lon qiladi.
📰Gazetaning yangi soni maqolalaridan tuzilgan 10 ta test savoli haftaning har juma kuni soat 21:00 da botga joylanadi. 10 daqiqa davomida eng ko'p va eng tez javob bergan 4 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Shuningdek, 3 nafar “Eng ko‘p referal egasi” (maxsus postni ulashgan ishtirokchi) ham taqdirlanadi.
🔺Tanlovda ishtirok etish uchun havola...
🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
🥇-o‘rin: 300 000 (uch yuz ming) so‘m;
🥈-o‘rin: 200 000 (ikki yuz ming) so‘m;
🥉-o‘rin (2 nafar): 100 000 (bir yuz ming) so‘mdan.
🪙 3 nafar “Eng ko‘p referal egasi” 100 000 (yuz ming) so‘mdan rag'batlantiriladi.
⚠️ Eslatma! Gazetaning yangi sonini elektron shaklda kanaldagi qadalgan xabarlardan topishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ WikiStipendiya jamoaviy marafonining I tur bosqichi yakunlandi!
🌎 I turda ro‘yxatdan o‘tgan 140 dan ortiq jamoalar ichidan oromgohga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, u yerdan grand finalga chiqqan 10 ta jamoa aniqlandi. Quyida grand finalga chiqqan jamoalar bilan tanishishingiz mumkin:
1. Panda va uning do‘stlari jamoasi;
2. Turkiston jamoasi;
3. Ukademiklar jamoasi;
4. Astrofel jamoasi;
5. WikiZ jamoasi;
6. Dominant jamoasi;
7. Kibernetik jamoasi;
8. Avitsenna jamoasi;
9. Progress jamoasi;
10. Texnika yulduzlari jamoasi.
👍 Quvonarlisi shundaki, Panda va uning do‘stlari jamoasida universitetimizning Fizika fakulteti talabasi Komilxo‘ja Otavalixo‘jayev ham bor. Bundan tashqari, Yuridik fakulteti talabasi G‘ayrat Usmonov shartnoma to‘lovi hamda Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Nafosat Valijonova IELTS sinovini bepul topshirish imkonini beruvchi vaucherlarga ega bo‘lishdi.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram|📱Instagram|📱Facebook
📢📢📢📢
🔻 Oliy ta'lim muassasalari talabalari o`rtasida "STOP! Cybercrime" nomli ogohlikka chaqiruvchi ommabop chellenjlar tanloviga marhamat!
🏆 Mukofotlar:
1-o`rin: Notebook;
2-o`rin: A15 smartfoni;
3-o`rin: Qo`l soati.
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
📣Hujjatlar qabuli boshlandi...
🌟 Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi uchun hujjatlar qabuli boshlandi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining OTM bosqichi tanlovida hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1. Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani va o'quv ishlari bo'yicha dekani o'rinbosari tomonidan ASLIGA TO‘G‘RI yozuvi bilan tasdiqlangan shaklda)
2. Ilmiy ishlar ro'yxati (3×4 varianti)
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
⏺⏺⏺⏺⏺⏺
🇺🇿 BIZNI ULG'AYTIRGAN O'ZBEKISTONDIR!
📝 Sheʼr muallifi: Qahramon Sattixoʻjayev
🎬 Video montajchi: Azizbek Abdunazarov
👍 Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti talabalasi.
#Yoshlar_kuni
#30_iyun
📌 Butun Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan yuqori kayfiyat va yoshlik zavqini tarannum etuvchi bayram- 30-iyun "Yoshlar kuni" Namangan davlat universitetida ham yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda.
1-sonli talabalar turar joyida sportning shaxmat-shashka turlaridan sport musobaqalari va "Zakovat" intellektual turniri oʻtkazildi. Ushbu jarayonlarda talabalarimiz faol tarzda ishtirok etdilar.
Bellashuvlarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar diplom va kitoblar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Universitet yoshlar yetakchisi Shoxruh Sultanov ishtirok etib, barcha yoshlarni yoshlar kuni munosabati bilan universitet rahbariyati nomidan samimiy muborakbod etdi
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
⏺⏺⏺⏺⏺⏺
⏺⏺30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat universitetida bir qator tadbir va loyihalar o’tkaziladi.
🤝 Bayram dasturi davomida zakovat bellashuvi, shaxmat-shashka hamda stol tennis o’yinlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.
📍 Manzil: universitetning 1-binosi (lolada joylashgan)
⏰ Boshlanish vaqti: 8:30 dan
📣 Barchangizni taklif etamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🌎 "WeekieHogwarts II” oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi kundan ishtirokchilar 6 ta fakultetga — Ravenklo, Slizerin, Hafflpaff, Griffindor, Ilvermorny va Durmstran bo‘linib olishdi.
👍 Quvonarlisi shundaki, Namangan davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan ʻʻBolalarʼʼ jamoasi 1-tur saralashida eng yuqori ball toʻplagan holda 1-oʻrinni egallab, Griffindor fakultetiga hamda NamDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatori K.Oʻtavalixoʻjayev jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan holda Rovenklo fakultetidan joy olishdi.
🌎 Fakultetlarga bo‘lingan ishtirokchilar bugundan boshlab musobaqaga kirishishdi.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram|😀Instagram|😀Facebook