Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen
Kyotodan 90 km uzoqlikda joylashgan harbiy muzey shaharcha
Tokyodagi do'stlarimiz bilan Tokyodan 600 km yo'l bosib, Kyotoning Maizuru shahriga bordik. U yerda bizni qadrdon do'stimiz, kamtar, o'z ishingiz ustasi Aslibek Ahmedov @maizuru_uzbekistan ishlaydi. Bu yigit 1 yil avval Jet programasi orqali Kyotoning Maizuru shahri hokimiyatiga, xalqaro munosbatlar sohasida yordam berish maqsadida kelgan.
Shaharchaga kechki soat 7 lar artofida yetib bordik. Dengiz bag'rida joylashgan, mo'jazgina maskan ekan. U yerdagi bir kunlik taasurotni ancha vaqt eslab yursam kerak. Bugin sizlarga u yerdagi Maizuru Repatriatsiya memorial muzeyi (舞鶴引揚記念館) haqida ozroq yozmoqchiman.
Bu muzeyda urush davrida Sovet davlatiga asir tushgan va u yerda ishlagan yaponlar tarixi haqida bilib olasiz. Eng e'tiborimni tortgan jihat esa, Navoiy opera va balet teatri haqida ham yozishibdi. U yerdagi qurilish va bino haqida to'xtalishibdi. Bu yerdagi muzeyda shunday xona ham bor ekanki, u yerga kirsangiz, xuddi osha davrdagi Sibirga tushgan asirlar holatini his qilgandek bo'lasiz.
Shahardagj harbiy kemalar manzarasi ham haqiqiy ma'nodagi port shahar bo'lganini ko'rsatib turibdi. Bu yerda xizmat qilayotgan do'stimga omad tilayman. Yanada munosbatlarni rivojlantirib, ikki davlat aloqalariga xizmat qilishdan charchamasin!
Siz ham Kyotoga yo'lingiz tushsa, bir bor kirib o'ting. Sizni kutib olib, shaharni tanishtirishga tayyor inson bor. /channel/kouryu_uz_jp
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#stajor
2023-yil 15-noyabr chorshanba kuni chet ellik ishchilarni qabul qilish bo'yicha exspertlar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda kun mavzusi sifatida stajorlar mavzusi ko'tarildi. Oktabrda bo'lgan yig'ilishda, Yaponiyaga kelgan stajor ishni 1 yilda o'zgartirishi mumkinligi bo'yicha taklifga o'zgartirish kiritildi va endi yangi taklifga ko'ra, 2 yil ishlagach, ish joyini o'zgatirishi mumkinligi bo'yicha tuzatilgan taklif berildi.
Bunda alohida band sifatida esa 1 yil ishlagan stajor oyligini oshirish va ish sharotilarini yaxshilash choralari alohida belgilab qo'yiladi.
Bundan tashqari asosiy ish o'zgartirish uchun yapon tilini bilishi ham talab qilinadi. Bunda eng kamida N5 daraja deb taklif berilgan edi, ammo bu yig'ilishda N4 daraja bo'lishi kerak degan yangi taklif berildi.
Bildirilgan takliflar bo'yicha yakuniy qaror 2024-yil boshida e'lon qilinishi belgilandi.
Manba: https://www.asahi.com/articles/DA3S15793510.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Kyotodagi poyezdda elektr o'chib qoldi...
Kyotodagi Eizan yo'nalishidagi Ichihara bekatidan Ninose bekatiga yo'lga chiqqan poyezdda elektr💡 o'chib qoldi.
Bunga sabab esa, Kyotodagi hazonrezgilik (もみじ) 🍂🍁mavsumi ekanligi bo'ldi. Chiroyli daraxt bargalari va unga berilgan bezak yorug'laridan yo'lovchilar bahra olishlari uchun bekatlar orasida poyezddagi chiroqlar o'chirildi.
🍂✨Qanday go'zal manzari ekanligini, videoda tamosha qiling.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️Yaponiyada yashaydigan yurtdoshlarimiz ko'paymoqda. Shu tufayli ham Yaponiyadagi oddiy hayotda ahamiyatsizdek ko'rinsada ammo amal qilish kerak bo'lgan 5 ta qoida haqida yozmoqchiman.
1. Avtobus va poyezda telefonda gaplashish mumkin emas.☎️❌
Ha Yaponiyada avtobusga yoki poyezd kabi jamoat transportiga chiqqan vaqtda telefonda gaplashish, baland ovozda musiqa qo'yish mumkin emas.
2. Velesoped haydayotgan vaqtda soyabondan foydlanish mumkin emas ❌🚴
Yaponiyada velesopedlarda tormoz qo'lga o'rnatilgan, oldi va orqa tormoz ham rulda joylashgan. Buning natijasida agarda yomg'irda bir qo'lda soyabon tutgan holda haydasangiz, bir qo'lda tormoz bergan vaqtda yiqilasiz. Bu boshimdan o'tgan, shuning uchun ham tavsiya qilmayman. Hattoki, bir tanishim, yapon qizni ham urib yuborgan edi.
3. Ko'chada chekish mumkin emas❌🚬
Yaponiyada jamoat joylari, ko'chalarda chekish mumkim emas. Faqatgina chekish joylari (喫煙所) dagina ruxsat berilgan. Ba'zi viloyatlarda, jumladan Kyotoda ko'chada chekkanlik uchun katta jarima qo'llaniladi.
4. Velesopedga ikki kishi mingashib haydashi mumkin emas🚲❌
Agarda yosh bola, unda ham 13 yoshdan kichik bo'lsa, velesopedga mindirish mumkin, unda ham alohida bolalar uchun o'rindiq va bolada kaska bo'lishi kerak. Boshqa holatlarda ikki kishini bir velesopedga minishi mumkin emas.
5. Jamoat transportlarida ovqatlanish mumkin emas ❌🍟
Jamoat transportlari (poyezd, avtobus) da ovqatanish mumkin emas. Bu yapon jamiyatidagi yozilmagan ahloq qoidasida sifatida bilishadi.
Ps: Har bir davlat madaniyati va ahloq qoidalarini hurmat qilish insoniylik belgisi, musulmon inson esa bu borada ham o'rnak bo'lishi kerak!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyaning Tsukuba Universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun grant e’lon qildi!
Mazkur ingliz tilidagi magistratura dasturi Yevroosiyo mintaqasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDGs) amalga oshirishda faol hissa qo‘sha oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashni maqsad qilgan.
Grant 1,5 yillik magistratura dasturidan iborat bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston fuqarolarining ariza topshirishlari mumkin.
O‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi.Muvaffaqiyatli talabalar Nippon jamg‘armasining to‘liq stipendiyalariga ham ega bo‘ladilar.
Ariza onlayn tarzda to‘ldiriladi.
Yakuniy muddat: 2024 yil 15 yanvar, 23:59 (Tokio vaqti bilan)
Dastur haqida batafsil quyidagi havola orqali tanishing
https://www.chiiki.tsukuba.ac.jp/spca/program/graduate-programs.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥技能育成 tizimi "yapon tilini bilishning ma'lum bir darajasini" talab qiladi
Yapon tilini bilish ishlab chiqarish yoki qishloq xo‘jaligida unchalik zarur bo‘lmasligi mumkin, ammo hamshiralik, oziq-ovqat va restoran sohasida yapon tilida ma’lum darajada gapirmaguningizcha ish topa olmaysiz.
Amaldagi texnik stajyorlarni tayyorlash tizimiga ko'ra, stajyorlar Yaponiyaga kirgandan so'ng darhol yapon tilida so'zlasha olmaydigan holatlar nisbatan ko'p. Yangi tizimning afzalligi shundaki, u bu nuqtani yaxshilaydi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#motivatsiya
Wakamiya Masako 81 yoshida dasturlashni o'rgangan matonatli ayol. Yoshi ulg'ayib qolgan bo'lsada dasturlashni o'rganib, 2017-yilda Tim Kuk (Apple Ceosi) e'tiborini tortdi.
"Siz yoshingiz ulg'ayganda ko'p narsani : soch, chiroy, turmush o'rtoq, ko'z nuringizni yo'qotasiz. Ammo dasturlash yoki pionina chalish kabi yangi narsalarni o'rgansangiz, bu sizni ruhlantiradi" deb o'z nutqini yakunlaydi Masako xonim.
Hech narsani boshlash uchun kech emas deb bekorga aytishmagandir balki!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
📣 Qadrli Yapon tili o’rganuvchi talaba-yoshlar, “JLPT va“NAT-TEST”imtixonlariga ham oz qoldi.
✅ Ushbu kanal sizga JLPT va NAT-TEST imtixonlaridan oldin N3 va N2 darajalari uchun mock imtixoni topshirish imkoniyatini beradi.
❇️Ushbu imkoniyat Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti talabalari uchun bepul o’tkazilmoqda. Faqatgina imtixon materiallari(print qilingan qog’oz)uchun 45 ming so’m berasiz.
📆 Oʻtkazilish vaqti:
N3 7-noyabr, seshanba kuni soat 15:00 da
N2 8-noyabr,chorshanba kuni soat 15:00 da
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetida bo’lib o’tadi.
🕑Ro’yxatdan o’tish muddati:
5-noyabr 22:00 gacha
💬Roʻyxatdan oʻtish uchun: @Abdurahmonov177
Natijalar testning keyingi kuni ushbu kanalda e’lon qilinadi.👇
@yaponiston_jlpt
🔥Agar siz nimadir qilishga imkon deyarli yo'q deb o'ylayotgan bo'lsangiz, shu videoni tamosha qiling.
Yaponiyada bo'lib o'tgan maktablar o'rtasida o'tkazilgan basketbol musobaqasidan olingan tasvir.
Eng muhimi oxirgi soniyagacha to'xtamaslik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️ Endi 12 ta ish sohasi qamrab olinadi
Biroz avval 技能実習 vizasi o'rniga ishlab chiqalayotgan yangi 育成技能 vizasida endi ish sohasi 12 ta ish turini qamrab oladi. Bunga esa 特定技能 (maxsus malaka vizasi) 12 ta ish sohasini qamrab olganligidadir.
12 ta soha esa qaysi sohalar:
1. Qariyalarni parvarishlash
2. Binolarni tozalash
3. Ishlab chiqarish, elektr bilan bog'liq ishlab chiqarish sohasi
4. Qurilish sohasi
5. Kemasozlik
6. Avtomobil ta'mirlash
7. Samalyotsozlik
8. Mehmonxona
9. Qishloq xo'jaligi
10. Baliqchilik
11. Restoran
12. Oziq-ovqat ishlab chiqarish
Ps: Bu yangi tizim uchun berilgan takliflar, bu haqida aniq va batafsil ma'lumot 2024-yil boshida aniq bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#iboralar
✅1-qism
✅쥐 구멍에 들어가고 싶은 기분이었다- sichqonning iniga kirib ketgandek bo'ldim
🇰🇷 T.ME/HABKOREAN 🇰🇷
‼️Yangi tizim 技能実習 emas 育成技能 bo'ladi
Biroz avvalroq stajor vizani almashishi va unga kiritilishi kutilayotgan yangiliklar haqida yozib o'tgandim. Endi stajor viza 育成技能 (ikusei ginou) deb nomlanadi.
Bu vizada oyliklar qanday bo'ladi?! Kutilayotgan yangilikka ko'ra, oylik avvalgidek 外国人への支払う給料水準 bo'yicha emas, balki 日本人へ支払う給料と同程度 ya'ni yapon ishchilari bilan bir xil darajada bo'lishi alohida belgilab qo'yilishi kutilmoqda.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💦Yomg'irdan keyingi quyosh🌤 ko'rinishi. Go'zal tabiat manzarasi 🍃
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#fakt
📮Dunyodagi dunyodagi eng chuqur suv tubida joylashgan pochta qutisi (post box) Yaponiyaning Wakayama prefekturasida joylashgan mashhur baliqchilar shahri bo'lgan Susamida joylashgan. Suv ostidagi pochta qutisi 10 metr (30 feet)🌊 chuqurlikda joylashgan.
2002-yilda Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritlgan. 1999-yildan beri 32 mingdan ortiq xat va xabarlar ushbu qutidan olingani haqida ma'lumot berilgan.
Ps: Suv tubiga pochtachilar qanday tushishar ekan. Daryo bo'yiga qurib qo'ya qolsa nima bolarkin😄. Shu yaponlarga ba'zida tushunmayman😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#tajriba
Bugundan boshlab nafaqat Yaponiya, yapon tiliga oid ma'lumotlar balki, ora-orada til o'rganish va Yaponiyadagi tajribalarim bo'yicha ham yozib bormoqchiman.
Bugun ko'pchilik so'raydigan yangi so'zni qanday eslab qolish kerak degan savolga o'z tajribamdan javob bermoqchiman. Matn o'qiyapman. Matn ichida 告白する (kokuhaku suru ) degan so'z chiqdi. Bu so'zni tushunmadim. Shunda nima qilaman?! Googlega kiraman va 告白する 意味 (imi) deb yozaman. Google menga かくしていた心の中を、打ち明けること degan izoh chiqarib berdi. Ya'ni "ayta olmagan yurakdagi so'zlarni aytish" (sevgi izhor qilish). Keyingi bosqich endi 告白する 例文 (reibun) deb yozaman. Endi 私は彼女に愛を告白する degan misol chiqdi. Ya'ni "men u qizga sevgi ichor qilaman." Qarabsizki, ham so'zni izohini ko'rdim, ham namuna ham o'rgandim.
Keyingi bosqich, daftarimga so'zni va uning o'zbek tilidagi ma'nosini yozib olaman. Matnni tugatgach so'zlar soni, 15-20 ta bo'ladi. Keyin daftarni olaman, tashqariga chiqib ketaman. Uyim yonidagi parkka chiqib, yurib o'zimga o'zim so'zlarni aytaman, masalan 日本 (nihon) Yaponiya, 日本 (nihon) Yaponiya deya. So'zni aytganimda, Googleda ko'rgan misol ham hayolimga keladi. Va bu so'zni esimda qolishiga sabab bo'ladi. Qarabsizki, 20 ta so'zni qidirishga, tarjima qilishga 1 soat vaqt ketsa, yodlash 30 daqiqa vaqt ketadi.
Bundan tashqari ko'pchilik tavsiya qilgan usul, so'zni kartaga yozib olib, ko'chada yurganda, avtobus yoki metroga chiqqanda ham takrorlab yurish orqali ham yanada samarali o'rganish mumkin.
Qaysi usulda bo'lsa ham, so'z ishlatilgan namunani albatta ko'ring, so'zni eslab qolish ehtimolini oshiradi. Ham so'zni to'g'ri ishlatishni o'rganasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#yapontili
Yapon tilida "xorij, chet mamlakat" ma'nosida ishlatiladigan 海外 (kaigai) so'zi bor. Bu so'zni yaponlar ishlatishadi. Bu so'zni tub ma'nosi, "dengiz orti" ma'nosini beradi. Yaponiya orol davlat hisoblangani uchun ham, ular bizdan tashqaridagi davlatlar, dengiz ortidagi davlatlar ma'nosida 海外 so'zini ishlatishadi.
Endi siz tasavvur qiling, gap tuzyapsiz. " Akam xorijda ishlaydi. "
Google yozsangiz, 私の兄は海外で働いています deb chiqaradi. Lekin bu yerda 海外 emas, 国外 (こくがい)、 外国 (がいこく) so'zlarini ishlatish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Negaki O'zbekiston dengiz yoki okean bilan qoplanmagan.
Tilni ishlatishda, nafaqat so'zni yodlash, balki so'zni to'g'ri qo'llash ham muhim.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥🐕Hatiko....?!
Bu mashhur film yaralishiga asos bo'lgan Akito zotli it haqidagi hikoya.
Sadoqat timsoli bo'lgan bu kuchuk egasi Hidesaburo Ueno vafot etgach 9 yil davomida, vafotigacha bo'lgan muddatda bir manzilda kutishda davom etgan.
Hatiko nomi esa, Hachi (sakkiz) bo'lib, sakkizinchi bo'lib tug'ulgan kuchukcha degani. Yaponlarda sakkiz omad timsoli deb qaraladi. Demak, bu shunchaki tasodifan tug'ulgan kuchuk bo'lmagan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#iqtibos
Har bir aniq maqsadingiz yuragingizda yulduzdek porlaydi. Bu maqsadni ko'zlab chin dildan mehnat qilsangiz, vaqt o'tib o'zingiz o'sha yulduzga aylanasiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada yashab ishlamoqchimisiz?
🔴 Noldan yapon tilini 4 oy davomida o'rganing va Yaponiyada ishlash imkoniyatiga ega bo'ling!
💼 O'qish davomida Yaponiyada ish beruvchilar bilan suxbatdan o'tiladi
👩🏫 Darslar haftasiga 5 kun, 3 soatdan bo'lib o'tadi
📍 Agar siz viloyatdan kelib o'qimoqchi bo'lsangiz, YOTOQXONA imkoniyatlari ham mavjud
👇 Ro'yxatdan o'ting:
https://forms.amocrm.ru/rvtmrzm
+998901205551 Ruslan
+998901205559 Zuhra
@realize_uz
✍Yaponiya fuqarolari qaysi joyga borishdan avval hukumatdan ruxsatnoma olishlari kerak⁉️
195 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo'lish orqali Yaponiya pasporti dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi. Ammo shunday bir hudud borki, yaponlar tashrif buyurishdan avval, hukumatga murojaat qilishlari va ruxsat olgandan keyingina tashrif buyurishlari mumkin. Bu qayer deysizmi?! Ha bu yer muzlik o'lkasi - Antarktida!
1997 yilda Yaponiya Antarktidani atrof-muhitga zarar etkazishdan himoya qilishga va'da bergan Antarktika shartnomasini imzoladi. Shartnomaning bir qismi sifatida Yaponiya fuqarolarning Antarktidadagi atrof-muhitga zarar yetkazadigan tadbirlarda ishtirok etishini cheklaydi.
Agarda bu qoida buzulsa 500.000 yen (3300$ atrofida) jarima qo'llaniladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❗️Yaponiyada kasal bo'lmang
Yaponiya hamma sohada rivojlangan. Iqtisodiyot (aslida ancha orqaga ketmoqda), texnika, binolar dizayni... Sanasa sanog'i yo'q. Ammo tibbiyotda emas. Ha aytishingiz mumkin, sug'urta tizimi yaxshi ishlaydi, borsangiz yaxshi qarashadi, tartib bilan kirasiz, dori retsept asosida beriladi, lekin sizda harorat bo'lsa kasalxonalar qabul qilmaydi. Qilishsa ham bir-biriga solib uzoq vaqt ketadi.
Shanba kuni, ertalabdan ishxonadan qo'ng'iroq bo'ldi. Ishxonamizda yurtdoshimizda istima borligi, bir kecha uxlamaganligini, birga doktorga borib kelishimni iltimos qildi. Men esa shu zahoti yo'lga chiqdim. Holati haqiqatda ham anchagina havotirli edi.
Shoshib, ketma-ket shifokorga telefon qila boshladim. Kasallik alomatlari, istima holati haqida aytdim. 4 ta shifoxona qabul qila olmasliklarini, bir sabab sifatida to'liq tekshiruv imkoniyati yo'qligini aytgan bo'lsa, yana biri ish vaqti tugaganligini aytishdi. Keyin hayolga yagona chora tez yordan chaqirish keldi. Tez yordam chaqiridim.
Tez yordam esa naq 45 daqiqada keldi. Ular kelib, tekshirib, haroratni o'lchashdi, tafsilotlarni eshitgach yaqin oradagi shifoxonani qidirishdi. Bunga ham 30 daqiqa vaqt ketdi. Biz turgan manzildan 5 km uzoqlikdagi shifoxona qabul qilishini, o'sha yerga olib borishlarini aytishdi. Bunga ham deyarli 20 daqiqa vaqt ketdi. Umumiy holatda tibbiy yordam yetib kelib, shifoxonaga olib borguncha 2 soatdan ko'proq vaqt ketdi.
Soat 11 da do'stimni uyiga borgan bo'lsam, soat 3 da shifoxonaga bordik. Menda olgan taasurot, istimangiz bo'lsa sizni Yaponiya shifoxonalari qabul qilmaydi, shu tufayli ham bildingizmi, vaziyat og'irmi, zudlik bilan tez yordam chaqiring. Shunda ham 2 soat yetib kelib, shifoxonaga olib borguncha vaqt ketishni inobatga oling. Avvalo o'zga yurtda o'zingizni ehtiyot qiling. Kasal bo'lmang!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
💴Yaponiyada taksi narxi qancha⁉️
Hozir sizga Yaponiyada eng ommabop foydalaniladigan taksi GO Japan taksi xizmati narxlari haqida yozmoqchiman.
🪫Dastlabki 1.2 km uchun 500 yen (40.681 so'm) bo'ladi. Keyingi har 257 metr uchun 100 yen (8136 so'm) dan qo'shilib boradi.
⏳Soat 22:00 dan 5:00 gacha taksi xizmati narxi 20% ga oshiriladi.
〽️Agarda taksi xizmati narxi 9000 yen (732,273 so'm) dan oshsa, sizga 10% chegirma qilib berishadi.
Ps: Taksi narxlari Yaponiyada anchagina qimmat, shunga taksiga chiqadiganlar ham anchagina kam hisoblanadi. 😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oson Yapon tili podkast 1-son
Podkastda yapon tili o'rganish, daraja olish kerakli kitoblar, gapirish qobilyatini oshirish uchun foydali websitelar haqida gaplashdik. Suhbatdoshimiz til o'rganish uchun qunt, qiziqish, sabr va eng muhimi muhit kerak ekanligini ta'kidladi. Qolganini eshitib olasiz!
🎙Bizda Hori sensei mehmon bo'ldi.
💥Suhbat davom etadi. Yapon tilini biz bilan samaraliroq o'rganing! Unutmang: Haqiqiy bilim, barcha eng qimmatli narsalar kabi, osonlik bilan erishilmasligi kerak. Shunda yanada qadirliroq bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Demak bugun suhbat vaqti! Birgalikda podkastda ko'rishamiz. Soat 18:30 da boshlaymiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Orzular poyezdi Totoro🚂
Yaponiya va yapon tiliga qiziqqanlar orasida Totoroni bilmayidgan odam yo'q deb o'ylayman. Totoro poyezdi, ajoyib lavha🚂🚇
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Oson Yapon tili podkast 1-son
Bizda endi yangi loyiha: Oson Yapon tili podkast. Bunda nima o'rganasiz? Avvalo, yapon tilini o'rganish uchun kerakli kitoblar, dars qilish bo'yicha muhim tavsiyalar, N5 darajadan N1 darajagacha bosib o'tilgan yo'l, yapon tilini qanday qilib samarali o'rganish.
🎙Bizda birinchi mehmon : hammaga Hori sensei nomi bilan mashhur bo'lgan Xolmirza Ergashev
⌛️Uchrashuv vaqti: 1-noyabr (chorshanba) kuni soat 18:30 (Yaponiya vaqti bilan 22:30)
💥Endi yapon tilini qanday o'rganish va yanada samarali dars qilish haqida podkastda gaplashamiz!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yapon somsasi🍙🍘
O'zbekistonda eng mazali oson tayyorlanadigan yegulik bu somsa deb o'ylayman. Ham mazali, ham to'yimli, ham cho'ntakbop.
Yaponiyada ham おにぎり deb ataladigan yegulik bor. Men buni yapon somsasi deb nomlayman. Turli ta'mlilari bor. Videoda おにぎり男 (onigiri yigit) nomi bilan mashhur bo'lgan oshpaz yigitchani ko'rishingiz mumkin.
Yaponiyada yashaydiganlar uchun savol: ongiri sizga yoqadimi?
Ha har kuni yeyman👍
Juda ham mazali🔥
Boshqa narsa yo'qligidan yeyman😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yapon tilini endi boshlagan va N5,N4 daraja uchun harakat qilayotganlarga tavsiya qilaman.
/channel/Yapontilidarslari_uz
‼️Albatta o'qib chiqing!
Tokyoda kecha tarqagan voqeaga nisbatan juda ham yaxshi munosabat bo'libdi. Bir o'qib ko'rsangizlar foydadan holi bo'lmaydi.
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid02fFqx2vKe1CTrbfjmZkN2RBSjfpGUkowF3L3MpFeyA1cFZvW14qqqgGgi7Qimonyul&id=100004966715819
Bu link orqali esa poyezdda va avtobusda yurganda tuhmatga qolmaslik uchun qanday o'zini tutish bo'yicha yaxshi tavsiya yozishibdi. https://www.facebook.com/groups/1381781302093337/permalink/3616217985316313/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan