Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen
🔥👵👴Qariganda ham birgalikda maqsadlar qo'yib, harakatdan to'xtamaslik uchun qanday inson bo'lish kerak ekan a?!
Ma'lumot uchun videodagi otaxon 90 yoshda, onaxon esa 87 yoshda😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Tabiat bag'rida maqola yozish! Kislorod ko'p joyda miyani sal ishlatmasak, negadir ishlamay qolyapti😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Xulosani sizlarga qoldiraman...!😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Assalamu alaykum! Hurmatli yapon tili o'rganmoqchi bo'lganlar! N2 va N3 darsiga qatnashmoqchi bo'lgan bo'lsangiz, ammo link orqali kira olmagan bo'lsangiz, menga aloqaga chiqinglar. @bestkanzen Link 50 kishi uchun edi. Link orqali to'ldirish to'lib qoldi./channel/yapontili_uzbekistan/20962 Linkdan kirib javob berganlarga, dushanba kungacha aloqaga chiqamiz. Linkdan javob berganlar yozishingiz shart emas.
Tez orada ajoyib kurs bo'ladi va nasib qilsa, 18-dekabrdan darslar boshlanadi.
Keyinroq nega bu darsda qatnashishingiz kerakligi bo'yicha ham alohida yozaman. N4 bo'yicha ham alohida e'lon beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Diqqat yapon tili kursi bo'yicha e'lon!
❗️N2 darsi
Dushanba, chorshanba, juma kunlari 18:00 (Yaponiya vaqti 22:00)
❗️N3 darsi
Seshanba, payshanba, shanba kunlari 18:00 ( Yaponiya vaqti 22:00)
Darslar men va Davronbek sensei tomonidan olib boriladi.
‼️ Agarda JLPT N2 yoki N3 olish va Yapon tilida tushunish qobilaytingizni oshirmoqchi bo'lsangiz, Iyulda imtixon topshiraman desangiz ushbu kurs siz uchun!
Quyidagi link orqali kirib, so'rovnomaga javob bering. Keyin sizga aloqaga chiqamiz.
https://survey.sogolytics.com/r/1ugTMg
So'rovnoma faqat N2 yoki N3 darsiga qatnashish uchun maqsadi qat'iy bo'lganlar uchun!
N4 bo'yicha ham tez orada yaxshi xabar yozaman!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
G’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Yoshlar kuniga 2,5 soat tarmoqda. 4 soat o’yinlar bilan. 3 soat televizor oldida.
Uxlashga qancha ketsa, isrofga ham shuncha ketyapti.
Vaqt rezinka emas, isrof ko’paymoqdami, nimadir kamayyapti.
Kitob, yurish, o’ylash, yozish, to’liq ishlash- qirilib ketish oldida turgan birinchi nomzodlar.
Qirilish arafasidagilar qizil kitobga kiradi. Qizil kitobdagilarni qidirishadi, asrashadi, katta haq to’lashadi.
Vaqtni isrof qilish bugungidan osonroq bo’lmagan.
Qadrli bo’lish ham bugungidan osonroq bo’lmagan.
Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Manba: @azizrakhimov_blog
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥今日も一日前向きに頑張りましょう!
Bugun ham yana bir kun o'z orzularimiz va majburiyatlarimizni unutmagan holatda oldinga intilaylik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#yapontili
❄️☃️Yapon tilida qishga oid eng ko'p qo'llaniladigan 15 ta so'z:
1. 冬 (ふゆ) qish
2. 寒い (さむい) sovuq
3. 雪 (ゆき) qor
4. 雪遊び (ゆきあそび) qor o'ynash
5. 初雪 (はつゆき) birinchi qor
6. 雪合戦 (ゆきがっせん) qor bo'ron o'ynash
7. スキー chang'i uchish
8. 雪だるま (ゆきだるま) qorbobo
9. お正月 (おしょうがつ) yangi yil
10. 年越しそば (としこしそば) yaponlar yangi yil kuni asosan soba (lag'mon) yeyishadi. Hayotlari soba kabi uzoq bo'lishini xohlashgani uchun shunday qilishadi.
11. おせち Yangi yil kuni dasturxonga tortiladigan, hamma masaliqlar qo'shilgan taom, keyingi yilga omad tilash maqsadida iste'mol qilishadi
12. 年賀状 (ねんがじょう) Yangi yil bilan tabriklash kartasi
13. 炬燵 (こたつ) stol tagiga pechka qo'yilib, ustiga ko'rpa to'shab o'tirish (sandal desa ham bo'ladi)
14. 焼き芋 (やきいも) cho'g'da pishirilgan shirin kartoshka
15. 雪見 (ゆきみ) qor tamosha qilish
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Siz uchun sinov endi boshlandi
Mana yilda ikki bora o'tqaziladigan JLPT ham 2023-yilda o'z yakuniga yetdi. Bu degani yana bir yil o'tdi. Testlarni ko'rdim, saviya jihatdan daraja uchun unchalik darajada murakkab emas. N3 daraja o'qiganlar 取り消し、選手、汚れ、悩む kanjilarini namuncha oson deb bajarishgan bo'lsa, N2 daraja uchun esa 腕、投票、幼い、平等 kanjilarini unchalik qiyin bo'lmagan bo'lsa ajab emas. To'g'ri N1 dagi 解れる、助長 so'zlarining ishlatilishi biroz murakkab bo'lgandir.
Nima bo'lsa yana bir yil yakuniga yetdi. Imtixonlar esa o'rgangan bilimni sinab berdi. Bu ham sizni haqiqiy kuchingiz, bilimingiz degani emas. Dam olishga shoshilmay, yanada yaxshiroq harakatga intiling.
Kecha bir N2 darsida o'qigan o'quvchim bilan telefonda gapalshdim. Uni bir ajoyib gapi meni o'ylantirdi. "Ustoz endi nima qilaman?! N2 menimcha o'tdim, yaxshi bajardim. Yapon tili o'qish hobbiyim edi, endi zerikib qolamanku." Bu bir tomondan insonni xursand qilsa, bir tomondan hafa qiladi.
Zerikib qolmang, N1 uchun yanada yaxshiroq ishtiyoq bilan harakat qiling. Yechim shu. Keyingi darajaga o'tish kerak. Nega endi, bir narsani boshlagach oxiriga yetmaslik kerak?! Oxirigacha borish kerak. Bir ishni o'rtacha bilib olib bo'ldi deyish kerak emas. Siz uchun sinov endi boshlandi.
Boshqa tomondan esa, yaxshi dars qilmay testda umuman savollarga tushunmangan bo'lsangiz, siz ham yapon tili men uchun emas ekan deyishga shoshilmang. Siz uchun ham o'z irodangizni sinash uchun sinov endi boshlandi.
Esimda 2019-yilda dekabrda N1 imtixoniga kirdim, imtixonda savollarga umuman tushunmay uxlab qolganman. Imtixon qachon tugarkin, tezroq uyga qaytsam edi deb o'tirganman. Mana oradan vaqt o'tdi, bu testdan ketma-ket 2 marta o'tdim. Va bundan keyin ham har yili topshirib turmoqchiman.
Testdan o'tishingizga ishonchingiz kuchli bo'lsa, faqat oldingga bosing. Aksi holatda ham to'xtamang, yana qaytaring, xatolarni tan olib uddalamaguncha ortga qaytamang.
Menga futbol olamidagi o'z nomini yozib qo'ygan Aleks Fergyusonning quyidagi gaplari juda ham yoqadi: "Men uchun futbolda eng asosiysi bu hech qachon taslim bo'lmaslik. Agar birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgan bo'lsangiz, hech qachon qo'lingizni tushura ko'rmang."
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Imtixonga tayyormisiz?! Yoki shu qizaloqdek, tayyorlandingizmi😅 Imtixondan avval kayfiyatni ko'taramiz. Imtixonga omad.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#ertagaimtixon
Assalamu alaykum yapon tili o'rganayotgan va daraja olib o'z maqsadlari sari oldingga intilishni niyat qilgan qadrli o'quvchi. Ertaga 2023-yilning ikkinchi JLPT imtixoni... Imtixonga tayyormisiz? Qilgan mehnatingiz, yodlagan kanjilar, o'qilgan matnlar va eshitilgan choukailar natijasi qanday bo'lar ekan deb intiqlik bilan imtixonni kutyapsizmi?
Sizga bir narsani ayta olamanki, agar dildan mehnat qilib, yetarli darajada o'qigan bo'lsangiz, albatta imtixondan o'tasiz. Shunchaki bugun yaxshilab dam oling, ertalab esa ota-onangizdan duoni olib, Allohdan so'rab, yaxshi niyat bilan imtixonga boring. Men ishonaman, siz testni juda ham yaxshi bajarasiz.
O'z orzularingiz yo'ladiga bir ustunni shunchaki qo'yib yubormang! Men uddalayman deb, ishonch bilan harakat qiling!
Ertaga imtixonda omad tilayman. Sidqidildan o'rganilgan ilm va qilingan mehnat hech qachon natijasiz qolmaydi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❄️🌨Bugundan qish fasli kirib keldi.
冬といえば、まずは雪が思い浮かびます。真っ白な雪景色は、心を和ませてくれるものです。そして、寒さも冬の代表的なイメージですね。厚手の暖かい服装や防寒グッズを身につけて、外出することが多くなります。
皆さん、冬が好きですか。Siz qishni yoqtirasizmi?
Ha menga yoqadi🔥
Qish zo'rku👍
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N2 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N2 daraja olish uchun esa siz eng kamida 90 ball (50%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#JLPTyaqin
JLPT necha ball to'plasangiz, darajaga ega bo'lasiz?
✨N1 100 ball (har bir qismdan eng kamida 19 balldan olish kerak)
⚡️N2 90 ball (har bir qismdan eng kamida 19 balldan olish kerak)
💫N3 95 ball (har bir qismdan eng kamida 19 balldan olish kerak)
🌟N4 90 ball ( birinchi qismdan eng kamida 38 ball, eshitishdan esa 19 ball olishingiz kerak)
✍N5 80 ball (birinchi qismdan eng kamida 38 ball, eshitishdan esa 19 ball olishingiz kerak)
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍂Kyotodan ajoyib tasvir. O'tgan hafta borgan edik. Haqiqatda 紅葉🍁 vaqti, sakuradan ham chiroyli bo'lar ekan Kyoto.
Tabiat mazarasi - din, millat, mamlakat tanlamaydigan, rohat oladigan mo'jiza!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#motivatsiya
Alloh nasib qilmaydigan narsalarni hayol qildirmaydi!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Yuqoridagi gaplar ko'pchilikka ta'sir qib ketdi😅! Ko'proq yozib turaman shekili. Yaponiyadagi o'quvchilar hammasi eslab qolishdi😃
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Eng yaxshi narsani xohladingizmi, shunga munosib harakat qiling!
Chetga chiqqan odam ko'p savol berishni boshlaydi. Nega kitobni elektron varainti yo'q, shundan kopiya qilib olsam nima bo'ladi, yangi kitob olish shartmi?
Birodar siz ilm xohlayapsiz, ilm olish uchun, eng yaxshi narsanj ishlatish uchun uni yaratgan, yozgan insonni mehnatini rozi qilish kerak. Shunda sizga u haqiqatda ham foyda olib keladi. Va qandaydir natija erishasiz.
O'z tarjibamdan bir voqeani aytib bersam, bundan 2 yil avval bir yigit menga yozdi, "sensei sizdagi N3 darslarini to'xtatmoqchiman, men ingliz tili o'qimoqchiman. " U yigitdan maqsadi nima ekanligini soradim. " Maqsadim univeristetdan grant yutib Yaponiyaga borish, shu tufayli ikkita kursga pul yetqiza olmayapman". Men vaziyatni tushundim. Shunchaki unga bir gapmi yozdim.
Sizni tushunaman, lekin bir narsani o'ylab ko'ring. Siz boradigan yurt Yaponiya. U yerga grantni univeristetdan yapon tili orqali yutasiz. Kursga to'lagan to'lovingiz bir yil uchun 500$ dan ortmaydi. Lekin bir oylik stipendiya 1000$. Nima deb o'ylaysiz? Bu kurs narxiga arziydimi?!"
Oradan 2 kun o'tgach javob keldi, ustoz men o'ylab ko'rdim. O'qiyman. Shu yigit o'sha yili qattiq o'qidi va grant yutdi. Yaponiyada hozir o'qiyapti. N2 darajaga ham ega bo'ldi. Lekin bir bora bo'lsa, ham o'sha kuni tashlab ketmay to'g'ri qilibman deb yozmadi. Lekin grantni yutgani, N2 olgani menda o'sha yigitga nisbatan hurmatimni oshirdi.
Bu yerdan men bir narsani aytmoqchiman. Hayotda qachondir nimadir qimmatli narsaga, qadrli narsaga erishishingiz uchun siz eng yaxshi narsani olishingiz, vaqtingizni sarflashingiz kerak. Shunchaki mehnat qilmay, eng yaxshi narsaga harajat qilmay yetib bo'lmaydi. Ayniqsa, ta'limga qilingan investitsiya o'zini oqlaydi, nafaqat oqlaydi balki sizga qachondir 100 barobar qilib o'zini olib keladi.
Shunga eng yaxshi narsani xohladingizmi? Harakat ham shunga munosib bo'lsin! Ertaga ishga borsangiz, ishxonaga siz ilmingiz, hunaringizni qimmat sotish uchun (yaxshi oylik nazarda tutyapman) yaxshi ilm oling va nimadir o'rganishni boshlasangiz oxirigacha boring! Qimmat sotish uchun, biroz harajat qilishga ham o'rganing.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#animepost
Kuroka Basketboll animesida ajoyib jumla bor: "yiqilib tushish uyatli holat emas, qayta turmaslik haqiqiy uyat!"
Bugungi kuningiz hayrli bo'lsin!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Chibli animelarini yoqtiradiganlar bormi? Keling, birgalikda videoni ko'rib eslaymiz.
Tonari no Totoro animesida ajoyib jumla bor: "Kulishga harakat qil. Shunda sen qo'rqqan narsa ortga chekinadi."
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#JLPT
🔥2023-yil iyul oyida O'zbekistonda o'tqazilgan JLPT imtixonida nechta odam test topshirgan?
2023-iyul iyul oyidagi imtixonda O'zbekistondan 717 kishi hujjat topshirgan va ulardan 622 nafari testga qatnashgan.
Bu borada bizda topshiruvchilar soni qardosh davlatlar hisoblangan Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjondagi topshiruvchilarning umumiy sonidan ham ko'proq.
Manba: https://www.jlpt.jp/e/statistics/archive/202301.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#hazil
Izohsiz rasm🤣 Keyingi imtixonga yaxshilab o'qib kelgin😅
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
☃️Yaponiyada qish havosi❄️🌨 Ammo Tokioda qor yo'q⛄️😐 Qor yog'sin bizda ham deganlar bormi?!
Ha qor yog'sin🔥
Men qorni yaxshi ko'raman👍😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yana bir kun muborak. Hayrli kun hammaga.
JLPT imtixonidan keyingi tong, menimcha boshqacharoq bo'lsa kerak. Gifu shahridagi ajoyib manzara!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Bugun yana bir guruh darsi tugadi. N2 darsimdagi yigitlarga, qizlarga harakati uchun rahmat. Sizlar uddalaysiz, N2 imtixonidan o'tasiz. Imtixondan oldin esa, ruhiyatni ko'taramiz.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N1 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N1 daraja olish uchun esa siz eng kamida 100 ball (55.6%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✨Kyoto kuzning oxirgi kunida Hazonrezgilik tarovati! 🍂紅葉 vaqtida eng go'zal manzara Kyotoda! 🍁🍂
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Himeji shahri, Hyogo prefekturasi! Qasrning tungi, ko'cha manzarasidagi ajoyib ko'rinishi.✨
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
✍N3 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N3 daraja olish uchun esa siz eng kamida 95 ball (53%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
✍Bitta testga necha ball beriladi?!
Bu savolga esa yuqoridagi jadvaldan bilib oling.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#fakt
1900-yillar Tokyo ko'rinishi. Hamma kimonoda, hayot esa oddiy bo'lgan. Ajoyib manzara!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan