yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2880

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Nafaqat futbolda balki boshqa sohalarda ham kerak. Yaponiyaga kelib, 2-3 yilni o'tqazib ham, yapon tilida gapira olmay menga til nega kerak deb yurganlarga hali ham tushunmayman.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#kitobdan

Kitobdagi ajoyib jumla...

誰を大切にするか間違えると一生後悔する
Kimni qadrlashni tanlashda adashsangiz, butun umr afsuslanasiz.


Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bu ikki videoni ko'rmagan bo'lsangiz, albatta ko'rib chiqing!

①Yapon tili bu sizning Yaponiyadagi muvofaqiyatingiz kaliti https://youtu.be/D-VCXrnuwQw

②Yaponiyaning qonun-qoidalari va davlat bojlari haqida https://youtu.be/Sq7aUeqUBX0

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yen bu ketishda 130 ga qarab ketarmikina😅

Yaxshgina harakatga kelishni boshlayapti.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyadagilar uchun o'zingiz yashaydigan hududni yozib, qidirib, ro'za tutish vaqtlarini bilib olsangiz bo'ladi ekan.

https://www.islamicfinder.org/ramadan-calendar/2113015/chiba-chiba-jp-ramadan-calendar/

Hammaga kirib kelayotgan Ramazon muborak bo'lsin!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

MDHning eng kuchli neyrofiziologi, akademik aytyapti:

Ko’rgan narsangiz miyangizda qoladi. Umringiz oxirigacha turadi. O’lgandan keyin ham saqlanadi.

Bu degani: foydali narsa o’qisak, unutsak ham foyda olamiz.

Bema’ni narsa ko’rsak, unutsak ham zarar beradi. Chiqib ham ketmaydi.

Sumkamizga tushgan narsa qaytib chiqmasligini bilsak, o’ylab narsa solgan bo’lardik.

Tanishgan odamimiz bilan do’st bo’lishga majburlansak, hamma bilan ham tanishmasdik.

Balki kontentni tanlash payti ham kelgandir. Atrofdagilarni ham.

Bema’ni narsa ko’rgan ko’z, balki hech narsa ko’rmagani yaxshi.

Chunki qulog’i va nazarini saqlagan, miyasini saqlabdi.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️❤️❤️

Iyuldagi JLPT imtixoniga 4 oy muddat qoldi. Bu degani qaysidir darajaga astoydil tayyorlanib, qo'lga kiritish uchun, ulgurish uchun imkoniyat degani.

Shu munosabat bilan JLPT Master martdan boshlanadigan yangi guruh darslariga qabul e'lon qiladi.


🎯N5 daraja kursi (offline)
Seshanba, payshanba, shanba (10:00)

🎯N4 daraja kursi (online)
Dushanba, chorshanba, juma (17:00)

Bundan tashqari ham davom etayotgan va yangi ochilayotgan kurslarimiz mavjud.

🚀Noldan (N5) boshlab N1 darajagacha online yoki offline darslarga ro'yhatdan o'tmoqchi bo'lsangiz, quyidagi link orqali ro'yhatdan o'ting:

📌http://jlpt-master.modme.uz/entry/form/4388

✈️Telegram @JLPTMasteruz
📞Telefon +99894 1621604

Muborak Ramazon oyini JLPT MASTER bilan boshlang!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar...

Bugundan boshladim. Ko'ramiz, qanday sarguzashtlar kutayapti ekan.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Meni bir o'quvchim bor. N2 darajani 95 ball bilan olib, imtixondan o'tganda sensei men halol bo'ldim. Ko'chirmadim deb aytgandi.

Bugun univeristetida birinchi o'rinda Yaponiyaga o'qishga o'tibdi.

Inson bilim bilan, o'zi bajarib bir narsaga erishsa, u kuchni kimdir olib qo'ya olmaydi. Bu halollik, mehnat shunchaki farqni belgilaydi. Omad shunchaki emas...

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ilmiy ish 🔍uchun mavzu 📝 qanday tanlanadi?

Nutq so'zlovchilar:

💠 Dr. Alisher Umirdinov

💠 Professor Valijon Turakulov

💠 Professor Ahliddin Malikov



Telegram  |  Vebsayt

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun Uzbek Academic Clubni yil hisobidan birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbir Yokohama milliy univeristetida bo'lib o'tdi. Bugungi ilm majlisida 20 dan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. Tsukuba, Waseda, Hitotsubashi, Toyo, Aichi, Tokyo Gaidai va mezbon univerisitetdan yigit va qizlar kelishdi.

Tadbirda uch nafar taqdimotchi taqdimot qilishdi. Dastlab mezbon universitet vakili bo'lgan Elbek Ibrohimov 8 yillik ish tarjibasidan so'ng, sikulyar iqtisodiyot bo'yicha tadiqoqtga qo'l uribdilar. Juda ham istiqbolli tadiqoqot kutyatganini ishontirdilar.

Keyin esa Jurabek Hasanov yangi boshlangan loyiha haqida, Career portal taqdimotini qildilar. Siz ham ushbu portalga kirib ko'ring, https://japancareer.uz/uz Yaponiya haqidaga ko'p savolga javob topasiz menga ishonavering. Akaga va ular boshlashgan loyihaga omad. Bu akamiz hamma ishni do'ndiradilar. Vatandoshlar uchun juda ham yaxshi platforma shakllanmoqda.

Tadbir yakunida esa ustoz Alisher aka Umirdinov viza masalalari haqida ma'lumot berdilar. Yevropaga Yaponiyadan viza olish bunaqa osonligini bilmagandim to'g'risi. Bu inson tajribasi va ilm ulashishga bo'lgan harislikka shunchaki doimo qoyil qolaman.

Ko'zi chaqnab turgan yigitlar, qizlar va xattoki 1 yoshli qizaloq bilan juda ham fayzli bo'lib o'tgan, yana tadbir yakuniga yetdi.

Bunaqa tadbir, bunaqa muhit baribir boshqachada kelajakda bu yerda bir nechta professorlar uchun tamal toshi qo'yilgan bo'lsa ajab emas.

Yokohamadaga akalarga, ularni tayyorgarligiga gap bo'lishi mumkin emas. Katta rahmat.

Keyingi tadbir endi 12-aprel kuni (shanba) Tsukuba universitetida bo'lib o'tadi. Bu safar keling, vaqtingizga achinmaysiz. Aksincha nega shuncha vaqtdan beri qatnashmadim ekan deb afsuslanasiz. Demak keyingi tadbirda ko'rishamiz.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tongim bekor ketsa, kun bo’yi ishlarga ulgura olmayman.

Tong yutilsa, kunni yutish osonlashadi.

Umr bilan ham shunday.

Yoshlikda ulgurib qolmaganlar, keyin ham qila olmaydilar.

Buni o’qib kimdur bekorchilikni tashlar.

Kimdur esa afsus qilishi mumkin.

Afsus qiladiganlar uchun eslatma:

O’zR qonunchiligida 31 ga kirmaganlar yosh hisoblanadilar…

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

O'zingizni aldamang...

Imtixon natijalari chiqib kimdir sertifkat olgan bo'lsa, yana kimdir esa natijasi qoniqarsiz bo'ldi.

Hayot shunday doimo bir narsaga harakat qilsak ikkita tanlov qarshisida qoldiradi. Yoki erishamiz, yokida ko'proq o'rganamiz. Ha ko'proq o'rganamiz.

Bir vaqtlar maktabda o'qiganimda dadam olgan baholarimga qarab pul berardilar. Men esa nima qilib bo'lsada, ko'proq 5 olishga harakat qilardim. Bazida vazifa qilib kelib olsam, bazida o'zimni vazifa qilgandek ko'rsatib olardim. Ba'zida esa iltimos qilib olardim.

Jarayondan emas, natijadan zavq olishga berilib ketgan ekanman. Kechagidek esimda litseyga o'qishga kirdim. U yerda esa hayotimda ilk bor, ilm nimaligiyu, baho muhim emasligini angladim.

Qizil diplom, qator qator 5 lar aslida bilim bo'lmasa, sariq chaqaga ham arzimasligini tushundim. Dars qildim, o'qidim. 1 oyda bir marta chiqadigan Navoiy o'quv markazi abutirent gazetasini kutib yashashni boshladim. Undagi testlar qiyin, uni bajarganda esa hayotda his qilmagan rohatni his qilardim. Xato qilsam esam, keyingi sonda javoblar tahlilini birma-bir ko'rib chiqardim.

Shu tahli ilm nimaligiyu, undan olinadigan lazzatga qandaydir berilib ketdim. Natija emas, jarayon muhim ekanligini tushuna boshladim.

Endi esa yapon tiliga qaytsak, JLPT oldingiz, qaysi yo'l bilan? Ko'chiribmi, yokida qiynalib dars qilibmi. Dars qilib, o'zingiz erishganda nimani his qildingiz?

Bu boshqacha tuyg'u a. O'ta olmadingiz a ammo katta dars bo'ldi, nimani his qildingiz?

Og'riqmi? Men ham bu tajribani boshdan o'tqazganman, bir emas bir necha marta. Lekin to'xtamaganman. Oxirigacha, ha oxirigacha harakat qilganman. Qarasam o'ta olmagan bo'lsamda, gapiryapman yangi tilda, kanji oz bo'lsada bilyapman. Demak o'syapman.

Serfikat olganimda nima qilardim, o'qishni to'xtatib bo'ldi endi men bilaman dermidim. Aslida menga yanada yaxshiroq o'qish uchun, ko'proq vaqtimni unumli o'tqazish uchun imkoniyat deb qaradim. Siz ham shunday qarangchi, nima o'zgaradi. Aslida bu qaytangga, dars emasmi?

Jarayondan zavq olish, yanada intilish uchun imkoniyat emasmi?

Oxirida biroz qattiqroq bo'lsada aytmoqchiman. O'zingizni aldamang, yurakni ichida kichkina nimadir bor... Buni aldab bo'lmaydi. Jarayondan beradigan zavqni bermay qo'yadi. Bu esa aslida erishish emas, katta yutqazish bo'ladi.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kitob sotib oladiganlar kam.

Sotib olganini ochadiganlar kamroq.

Ochganini tugatadiganlar undan ham kam.

Tugatganini eslab qoladiganlar yanada kamroq.

Eslab qolganiga amal qiladiganlar eng kami.

Kamchilik erishayotgan narsalarga erishish uchun, kamchilik qilayotgan ishlarni qilish foyda beradi.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun ajoyib suhbat bo'lib qoldi.

Mendan " Siz Yaponiyada bo'lsangiz, jamoangiz O'zbekistonda bo'lsa. Siz qanday qilib, ishonib to'liq ishlaringizni topshirib qo'ya olasiz?"

Men: " Jamoa - bu maqsadlari bir bo'lgan, ishonch tuyg'usiga qurilgan oila!"

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🩵🩵🩵

Bugun Yaponiyaning Tokyo shahri Suginami shahrida 22-marotaba chet elliklar o'rtasida Yapon tili notiqlik san'ati o'tqazildi.

Ushbu Notiqlik san'atida turli davlatlardan ( Kanada, Veytnam, Rossiya, Koreya, Xitoy, Nepal, Tayvan, O'zbekiston ) kelgan 10 nafar qatnashchi ishtirok etdi.

Eng quvonarlisi esa ushbu tanlovda qatnashgan O'zbekistonlik talaba Hasan Mamurjonov g'olib bo'ldi. Ushbu yigit hozirda JLPT MASTER da ham N3 darajaga dars beradi. Yosh bo'lsada o'zini tirishqoqligi va mehnati evaziga shunday yutuqlarga erishmoqda.

Hasanbek JLPT MASTER jamoasi siz bilan faxrlanadi. Ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kecha 8 oy davom etgan Uzbekistan Makuake Project loyihasi yakuniga yetdi.

Ushbu loyihada Yaponiyaning Sasakawa Peace Foundation (SPF), CINGA kabi tashkilotlari bilan birgalikda, O'zbekistonlik yigit va qizlardan Jurabek aka Hasanov boshchiligida yig'ilgan jamoa (shu qatori men ham), 2 ta video tayyorlashga muvaffaq bo'ldik.

SPF binosida bo'lgan tadbir, ancha dunyoqarashimni o'zgartirdi. Kecha Nepal, Filippin kabi davlat vakillari bilan ko'rishib, ushbu loyihada qilgan ishlari bilan tanishdik. O'z loyihamizni namoyish qildik.

Ajoyib taasurotlar, keyingi rejalar haqida ham ko'p ilm almashinuvi bo'ldi.

Ayniqsa 35 yildan beri Yaponiya yashaydigan, yapon tilida ona tilisidek bo'lib ketgan senpai (aslida Nepal, Fillipinlik) larni ko'rib, anchagina hayratlandim. Fikrlashlari tiniq, tajriba boshqa darajada.

Keyingi tadbirni katta miqyosida iyun oyida o'tqazish haqida kelishib oldik.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Asar bir nafasda o'qiladigan kitob ekan. Har holda yaqin orada bunday kitobni o'qimagandim.

Inson bardoshi men o'ylaganimdan ko'ra kuchliroq ekan. Hayotda har bir kun, har bir ne'mat qadrlanishi kerak.

Haqiqiy sabrli va matonatli ayol qanday bo'lishi ko'rsatilgan. Agar inson o'zini baxtli his qilsa, kambag'allik fojea emas...

Oldingizdagilarni ko'proq qadrlash, nematlarga shukronalik hissi...Qarzini to'lamaguncha, pashshaxona ham olishga uyaladigan vijdonli odam...Xullasi o'qib ko'rish kerak...

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Sensei universitetda ishlaydi. Ham kurs ham o'tadi.

Shu ustoz sizga dars o'tadi, darsda zo'r qatnashasiz. Ammo kursiga kirmaganingiz uchun yaxshi baho qo'ymayotgan bo'lsa, sizni ajratayotgan bo'lsa, undan qo'rqib kursiga kirmang.

Bunday insonga ikki marta vaqt ajratishga, vaqt qimatlik qiladi.

Ustozlarga ham kichik murojatim bor.

Talabalarga dars o'tib, ham kursimga ham kir demang. Haqiqatda ham ilm o'rgatmoqchi bo'lsangiz, darsda ham yetqazib bersa bo'ladi. Men shunday ustozlarni bilaman, ular haqiqatda ham o'rgatadi. Odam ajratish bo'lib qoladi deb, alohida kurs o'tmaydi. Yo'qsa, alohida markazda ishlash kerak.

Ham kontrakt to'lab, ham kursga pul to'lmasin, bo'lib ham baho uchun...

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥O'qish 100 barobar bo'lib qaytadi

O'quvchimiz MEXT grantini yutib oldi. Endi o'zi xohlagan univeristetda o'qishga borib, 1 yil tajriba ortirib keladi.

Bu nafaqat bu yigit uchun, biz uchun ham katta muvaffaqiyat!

Keling endi shu yigit misolida o'qishga qilingan invistetsiya o'zini oqlashi haqida gaplashsak. Bu o'quvchimiz bizda 1 yildan beri o'qiydi, bu davrda kurs uchun taxminan 6 million pul sarfladi. Stipendiya miqdori esa oyiga 120.000 yen (10 million, 318 ming so'm)... Bu 11 oy olinadi.

Kursda 2 yil o'qisa, yutgan stipendiya orqali bir oyda qaytarib olinarkan. Nima deb o'ylaysiz, ta'lim investetsiya qilishga arziydimi...?!!

Grantlar uchun yapon tilini o'zi yetarli emas, undan tashqari tajriba, tavsiya, maqsad qo'yish degan narsalar ham kerak. Buni esa shu sohada tarjibasi bor insonlar bera oladi.

JLPT MASTER da esa kamida bitta grant bo'yicha Yaponiyada o'qigan, tavsiya berishga salohiyati bor insonlar ishlaydi. Tanlov sizda....

O'sha gap, o'qish kerak...

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

O'qish kerak....

Kanji yodlashga ishtiyog'im yo'q... So'zni ertaga yodlarman... Dokkai namuncha qiyin...Yapon tili menga emas ekan...

Bilib qo'ying, bu gaplarni aytayotgan aslida siz emassiz. Ichingizdagi dangasalik. Uni bugun yengmasangiz, instagramda o'tirib, boshqalarni hayotiga havas qilib vaqtingiz o'tib ketadi.

Yagona yechim: o'qish... Sizga qiyin bo'lgan narsani yengib o'tish.

Bilib qo'ying, bu imkon hammada ham yo'q.

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

JLPT MASTER jamoasi!

Ajoyib ishtirok, yurakdan nutq, hammani kuldirgan ijro, maxsus sovrin....

Qisqa qilib aytganda, unutilmas tajriba!!

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🌙Tokyo Camii masjidi Tokyodagi ramazon vaqtlari kalendarini e'lon qildi

Unga ko'ra Tokyoda Ramazonni birinchi kuni 1-mart kunidan boshlanadi.🥰

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

JLPT Master Nagoya iqtisodiyot universitetining O'zbekistondan talaba tavsiya qilish imkonini qo'lga kiritdi

13-fevral kuni JLPT Master jamoasi Nagoya shahriga tashrif buyurib, Nagoya iqtisodiyot univeristetida bo'ldi. U yerda yapon tili yuqori darajaga erishgan talabalarni universitetga yuborish masalasi muhokama qilindi.

O'quv markaz haqidagi taqdimotni eshtigan univeristet rektori janob Saburo Haruo juda ham iliq fikrlar bildirdilar. Nagoya iqtisodiyot univeristeti 2024-yilda bitirgan talabalarining 99% i ishga kirgan.

JLPT MASTER endi yangia bosqichga chiqmoqda. Nafaqat sifatli yapon tili darslari balki, Yaponiya univeristetlariga o'qishga borishlariga ham hissa qo'shish maqsadida amaliy harakatlarni boshladi.

Bu uchrashuvni tashkil etishda yordam bergan Nagoya universiteti professori Dr. Alisher Umirdinov ga katta rahmat aytamiz.

Qo'lgan universitetlar bilan munosabatlar haqida ham yoritib boramiz.

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yana bir sermahsul kun...

Bugun Inagi shahrida joylashgan maktabga dars o'tish uchun bordim.

Yapon bolalari bilan suhbat qilish, ularni savollariga javob berish boshqacha baribir.

Bugun 40 nafar yapon qiz va yigitlari ko'zida O'zbekistonga bo'lgan qiziqish uyg'ondi.

Bir o'quvchi "O'zbekistonlik bir yigit yapon tilida shunday gapiryapti. Men ham ingliz tilini o'rganaman, sizga vada beraman" dedi menga qarab. Xursand bo'lib ketdim.

Ha kecha bir men uchun eng yaqin bo'lgan shogirdim o'z kanalida "Boʻlmadi deb hafa boʻlma, shunaqa kun keladi, boʻlmaganiga shukr qilasan." deb yozgandi. Bu gapda hikmat katta...

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ushbu tadqiqotni yozishda yordam bergan va qo'llab turgan barchaga rahmat.

Avvalo, menga bu yo‘ldan borish imkoniyatini yaratib bergan ota-onamga rahmat demoqchiman.

Otam har qanday vaziyatda meni qo'llab, kerak bo'lsa ko'ylagimni sotib bo'lsada, seni o'qitaman, deb ruhlantirgan bo'lsalar.

Onam o‘zining istaklarini keyinga surib, menga o‘qishimni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Zargarlik buyumlarini taqishdan ham voz kechib, mening kelajagim uchun barcha narsani fido qildi.

Doimo ulardan uzoqda bo'lsamda, meni orzularimni amalga oshirayotganimda doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onamga, so‘z bilan ta'riflab bo'lmaydigan rahmat aytaman.

Agar siz bo‘lmasangiz, bu yutuqlarga erisha olmasdim. Hammasi uchun rahmat!


Tokyo chet tillar universiteti, magistirlik ishi birinchi beti.

Diplom ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.✅


*Ota-onani tanlab bo'lmaydi, tanlab bo'lganda ham, men shu insonlarni tanlardim. Ular oldida qarzim ko'p!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Uzbek Academic Club in Kanto yig'ilishiga ham 4 kun qoldi

Tadbir juda ham foydali ma'lumotlarga boy bo'lishi kutilmoqda.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hozirga vaqtda eng ehtiyoj ko'p narsa.

Hozirchagacha bo'lgan davrda muvaffaqiyatga erishish uchun bunaqa ko'p imkoniyat bo'lmagan bo'lsa kerak.

Bundan unumli foydalanish uchun qunt kerak.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

JLPT MASTERda CEFR C1 kurslariga qabul boshlandi.

Universitetlarining 3-4-kurs talabalariga, magistraturaga tayyorgarlik ko‘rayotgan, ustama harakat qilayotgan barcha yapon tili ixlosmandlariga ajoyib imkoniyat!

🔹 Kursda 文法、読解、聴解、作文、会話 darslari alohida qismlarga bo’lib, imtixon shakldagi 模擬試験 tahlili asosida olib boriladi. Bundan tashqari imtixondan avval yapon ustoz bilan bir marta 口頭試験da qatnashib, tavsiya olish imkoni ham bor.

🔹Dars kunlari: seshanba, payshanba, shanba soat 20:00

🔹Senseilar:
Ubaydullo Qayumov (C1, N1)
Obidjon Turdaliyev (C1, N1)

Bir oyda 14 ta darsdan iborat 3 oylik kurs bo'lib, darslar Zoom platformasida o'tkaziladi.

📌 Qo'shimcha ma'lumotlar va ro'yhatdan o'tish uchun:

✈️ @JLPTMasteruz
☎️+998 94 162 16 04

Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yangi so'z!

カンニング - imtixondan avval chiqqan javoblarni belgilab, maqtanish deb tarjima qilinglar bugundan!

O'zbek tiliga tarjimasini shunday o'zgartiramiz! 😅

Читать полностью…
Подписаться на канал