Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen
Faxrlandim!
Bu tuyg'u boshqacha tuyg'u, bir o'quvchim N1 dan goi qismidan 53 ball to'plabdi. Shu vaqtgacha men o'qitgan eng kuchli o'quvchilardan biri. Umumiy ball 121 ball!
Haqiqatda qattiq o'qirdi! Bunga munosib edi. Muhimi halol edi.
@yapontili_uzbekistan
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Yaponiyadagilar test natijasini qanday tekshirsa bo'ladi:
1️⃣ My jlpt saytiga https://my.jees-jlpt.jp/user/VCPGCLGN010.php kirasiz.
2️⃣ Bu yergai Id va parolni kiritasiz
3️⃣ Ekranda 2-rasmdagidek holat ko'rinadi. Siz Test result and certificate Issuance joyini bosasiz.
4️⃣Erkanda natija ko'rinadi.
Hammaga omad yor bo'lsin! 合格 (passed) yozuvi chiqsin! ID va parolni tayyorlab qo'ying!
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
Yaponiya sari birinchi qadamni JDU bilan tashlang!
JDU – bu sizni Yaponiyaga olib boradigan imkoniyatlar yo‘lidir! Biz bilan o‘qishni boshlang va orzularingiz sari intiling.
✔️ Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish oson va qulay!
✔️ Universitetimiz rasmiy sayti: jdu.uz
📚 Yaponiyada ishlash va malaka oshirish imkoniyatini boy bermang! Ariza topshiring va Yaponiyada karyera qilish va o‘qish uchun qadamni tashlang!
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
Qo‘ng‘iroq qiling va ma'lumot oling:
📞 71-200-05-95
Uzbek Academic Club in Kanto navbatdagi ilmiy anjumanga taklif qiladi📚
2025-yil hisobidan birinchi ilmiy yig‘ilishimizga barchani taklif qilamiz! Bu tadbir Yaponiyadagi o‘zbek ilm-fan ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyat. 🌟
📆 Sana: 2025-yil 8-fevral, shanba kuni
⏰ Vaqt: 11:00 da boshlanadi
📍 Manzil: Yokohama Milliy Universiteti, Media Hall Google xaritada ko‘rish
Bu tadbir nafaqat ilmiy tadqiqotlar balki fikr almashish, yangi tanishuvlar va Yaponiyadagi o‘zbek ilmiy hamjamiyatining birlashish maskani bo‘lib xizmat qiladi.
📢 Maqsadimiz:
Yaponiyada yashayotgan o‘zbeklarni ilm-fan orqali birlashtirish va yangi ilmiy imkoniyatlar eshigini ochish.
Notiqlik san'atidan qisqa lavha. Bu JLPT MASTER oila sifatida qilgan maqsadlardan biri edi.
Yaxshi niyat... Bu natija ortida ulkan mehnat, bir maqsad yo'lida katta jamoa bor. Men jamoamiz bilan faxrlanaman!
https://www.instagram.com/reel/DFSilNnshae/?igsh=MWlhb255bjk1cWRiZA==
Jamoamiz a'zosi bir gap aytgandi, "Bugun qachondir orzu qilgan kunimizdamiz. Niyat qildim, bugun qilgan orzularimizda ham qachondir yashash nasib etsin!"
@yapontili_uzbekistan
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Va niyohat...
JLPT natijasi 31-yanvar kuni Yaponiya vaqti bilan soat 10:00 da e'lon qilinadi. O'zbekistonda esa soat 6 dan boshlab ko'rsangiz bo'ladi ekan.
Manba:https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
小さな一歩、大きな成果 – Kichik qadamlar, katta natijalar
Ertadan chet elliklar uchun yapon tilidagi eng qiyin bo'lgan bilimlarni o'rganishni boshlaymiz!
Yapon tilini o‘rganish boshlaganda, ko‘p odam kanjilar sonidan, murakkab grammatikadan yoki boshqacha talaffuzdan cho‘chiydi. Tezda tashlab qo'ygisi keladi. O'rganishdan to'xtaydi.
Biz sizga tildagi qiyin narsalarni oson tilda tushunitirib beramiz, nafaqat tushuntiramiz, balki qiyin yo'lni bosib o'tgan, hozirda yuqori natijaga erishgan insonlarni bilan suhbatlar ham tashkil etamiz.
Bu yog'iga endi yangi daraja, yangi ishtiyoq...!!!
Unutmang: har qanday buyuk maqsad kichik qadamlar bilan boshlangan.
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
Juda ham yaxshi inson, o'zim hayotda ko'rishmagan bo'lsamda. Eldor akani o'zimga senpai deb bilaman.
Siz ham akamiz haqida o'qib qo'ying! Motivatsiya shart bo'lmay qoladi.
Haqiqatda ham ilmli, o'ziga xos tajribaga ega inson!
@yapontili_uzbekistan
Bazi bir insonlarni sodiqligiga qoyil qolaman! Hammaga shunaqa insonlar bilan ishlash nasib qilsin.
Hayotga motivatsiya uyg'otadigan tuyg'u!
@yapontili_uzbekistan
🌸 2025-yilda sakura ochilish vaqtlari e’lon qilindi
Yaponiya tabiatining go‘zalligi bo‘lmish sakuralar, har yili bahorda o‘zining betakror gullari bilan ko‘ngillarni xushnud etadi.
Yapon tilida "sakura ochilish vaqti" 開花予想 (kaika yosou) deb ataladi, bu esa "gullash prognozi" degan ma'noni anglatadi.
Yapon madaniyatida sakura gullarini tomosha qilish 花見 (hanami) deb ataladi.
Bu "gulni ko‘rish" degan ma'noni bildiradi. Yaqin do‘stlar, oila bilan dam olishning ajoyib an’anasidir.
⁉️Bilasizmi?
Sakura gullari qisqa muddat davomida gullaydi, bu esa hayotning go‘zalligini va uning o‘tkinchiligi ramzidir.
Yaponlar buni "もののあわれ" (mono no aware), ya'ni hayotdagi o‘tkinchi lahzalarga mehr qo‘yish hissi deb atashadi.
Yaponiyada haydovchilik guvohnomasi olish haqida to'ldirilgan batafsil:
https://telegra.ph/YAPONIYA-HAYDOVCHILIK-GUVOHNOMASIGA-ALMASHTIRISH-%E5%A4%96%E5%85%8D%E5%88%87%E3%82%8A%E6%9B%BF%E3%81%88-HAQIDA-05-16
@yapontili_uzbekistan
Yaqindagina Nagoya iqtisodiyot universitetiga 2 o'quvchimiz qabul qilingani, bakalavr o'qishi haqida xabar bergan edik.
Shunda bir qiziq voqea bo'ldi. Bir yigit kontrakt to'lovi o'tqazgan, keyin Yaponiya tomondan
恐れ入りますが、届いている学費は10円不足していました。
入学後に現金でお支払いくださいますよう
Universitet talabalariga shaxsan tavsiya qilaman!
Vaqt tez o'tib ketyapti, 3 oy bekorga ketmasin, CEFR olib, C1 bilan o'qishni yakunlayman, diplom ishi himoyasiga ham o'rin qoldirmayman desangiz, o'qish kerak Kouhailar.
@yapontili_uzbekistan
Kecha internetda bir yigitni MIT ga kirgani haqida eshitgandim, bugun esa bir futbolchimiz 50 million dollarga dunyoning eng mashhur klublaridan biriga o'tyapti.
Bizdan ham shunaqa insonlar chiqadi, faqat sabr bilan mehnat, harakat kerak menimcha. Yetarlicha harakat qilsa, hamma sohada ko'p narsani imkoni bor....
@yapontili_uzbekistan
Вазият ўзгарса қиламан, деб юрган ҳамма ишингизни, вазият ўзгарганда ҳам қилмайсиз.
@Mubashshirahmad
Yaponiyada JLPT natijalari ko'rina boshladi!
Читать полностью…❤️🔥❤️🔥❤️🔥
‼️JLPT javobi chiqishiga bir necha soat qoldi...Bugun uxlash yo'q😅
Avvalroq xabar berganimizdek, 31-yanvar juma kuni JLPT 2024-dekabr imtixoni natijalari chiqadi.
Natijalarni Yaponiya vaqti bilan soat 10:00 (O'zbekiston vaqti bilan esa 6:00) da ko'rishingiz mumkin.
Katta ehtimol 3 soatdan keyin javoblar chiqa boshlaydi. Avvalgi yillari soat 24:00 (Yaponiya vaqti) da chiqqan! Ko'ramiz, kuzatamiz!
🇺🇿Yurtimizdagilar javobni tekshirish uchun: https://www.jlpt.jp/e/guideline/results_online.html
🇯🇵Yaponiyadagilar uchun esa: https://info.jees-jlpt.jp/
‼️Yaponiyadagilar myjlpt ID va Parolini, vatanimizdagilar esa imtixon varog'ini tayyorlab qo'ying! Hammaga omad yor bo'lsin!
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
Bu ikki videoni ko'rmagan bo'lsangiz, albatta ko'rib chiqing!
①Yapon tili bu sizning Yaponiyadagi muvofaqiyatingiz kaliti https://youtu.be/D-VCXrnuwQw
②Yaponiyaning qonun-qoidalari va davlat bojlari haqida https://youtu.be/Sq7aUeqUBX0
JLPT MASTER da o'qiyman deydigan yuragida o'ti bor yigit va qizlar uchun!
CEFR va JLPT kurslariga ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga bosing:
http://jlpt-master.modme.uz/entry/form/4388
@yapontili_uzbekistan
Yapon talabalar ham ko'chiradi!
Yaponlar ham odam, talaba xalqi esa qayerda bo'lsa ham talaba. Shunday ekan, yaponlar orasida ham, garchi nodir bo'lsada, ko'chirmoqchi bo'lganlari uchrab turadi. Buni yapon tilida 不正行為- fusei koui - nomaqbul hatti-harakat deb atashib, talabaga ma'lum jazolar beriladi.
Bizning universitetda bir fan imtihonida ko'chirmachilik qilish yoki darsda taqiqlangan material (kitob, dars tarqatma materiali kabi)larni olib kirganlik va uni ishlatganlik aniqlansa, talabaning butun semesterda olgan barcha fanlari kuyib ketadi. O'ziga esa ma'lum muddat o'qishdan to'xtatilish jazosi qo'llaniladi. Haydalmaydi, ammo yarim yillik butun mehnati kuyib ketadi. Talabalar hayotini qo'llab-quvvatlash komiteti a'zosi bo'lganim uchun ba'zan mana shunday noxush voqealarni ham tahlil qilishga to'g'ri keladi. Ammo bu hodisalar juda ham nodir kuzatiladi.
Nega nodir, dedim? Chunki, yapon talabalar bunday katta riskni avvalo olishni istashmaydi. Ikkinchidan, bunga ko'pchiliklari o'rganmaganliklari va or qilishlarini ham qo'shish mumkin. Uchinchidan esa ko'chirayotgan talabalar yon-atrofidagi talabalar ham tinch o'tirmay, biror narsani sezsalar darrov 'sotishadi'. To'g'rida, bahoni halol qilib olish kerak-da!
Yurtimizdagi yonidagidan yoki biror kitobdan imtihon paytida ko'chirish masalasiga qanday qaralishi bilmayman. Ammo, kamida yaponlar darajasida bu ishga jiddiy qarasak aslo kam bo'lmas edik.
Internetdagi faol xabarlarga qaraganda, JLPT natijalari chiqishi biroz kechikmoqda.
Lekin Yaponiya bank foiz stavkasini oshirishi natijasida yen qadrlanmoqda. Bugun yanada bu oshishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun real vaqtda dollar 155 yen bo'b turibdi.
Nima deysiz? 140 ga tusharmkina😅
@yapontili_uzbekistan
#tavsiya
Yaxshi suhbat bo'libdi. Harakatdan to'xtamaydigan o'zbek samuraylaridan biri:
https://youtu.be/o72e_T_mugg?si=7ifDiWKgnObQsl8Q
@yapontili_uzbekistan
Yaxshi niyat...
2022-yil 19-oktabr... O'zbekiston yaponshunoslik darg'asi Sugano Reiko sensei vafot etdilar. O'sha kuni kechagidek yodimda bir hafta avval sensei menga telefon qilib, doktordagi ekanliklarini, magistraturaga topshirayotgan mavzuyimni yuborishimni, ko'rib berishlari haqida gapalshdik.
Imtixon ham o'tdi. Oradan bir hafta o'tib, univeristetdan o'qishga kirganligim haqida xabar keldi. Kechqurun ne ko'z bilan ko'rayki, ustozimni do'stidan xabar keldi. Sugano sensei vafot etdilar.
Osha kecha uxlay olmaganim kechagidek yodimda. Shu bilan ustoz nomlarini abadiylashtirish maqsadida, UJC ga O'zbekistondagi notiqlik san'atida maxsus sovrinni ustoz nomlariga nomlash bo'yicha taklif bilan chiqdim. Ma'lum bir sabablarga ko'ra, taklifni qanoatlantirishmadi.
O'sha kuni hayotimda qachondir ustoz nomiga nimadir tashkil etish va ruhlarini shod qilishga maqsad qildim. Oradan 2 yil o'tib, bizda imkon bo'ldi.
Bugun JLPT MASTER da notiqlik san'ati bo'lib o'tdi. Unda esa maxsus sovrin nomini, Sugano Reiko yodogorlik maxsus sovrini deb nomladik. Ustoz nomlari va ular qilgan ishlari haqida yangi avlodga ma'lumot berdik.
Bu inson haqiqiy yaponshunoslar onasi, ha hayot va ilmdagi yetakchi... Bugun ularni nomlarida mukofot qo'ydik. Bu ish ko'ngilga ozgina taskinlik berdi. Yangi maqsadlar sari kuch ham...Lekin hali ham munosib shogird emasman...
@yapontili_uzbekistan
🔥19-yanvar kuni JLPT Masterda birinchi marotaba Yapon tili notiqlik san’ati tanlovi o‘tkaziladi! 🎤
Ushbu tanlov doirasida ijtimoiy tarmoqlar sovrini ham tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi JLPT Master Media nominatsiyasi g‘olibi bo‘ladi va qimmatbaho sovrin bilan taqdirlanadi! ✨
📊 Ovoz berish muddati:
19-yanvar, soat 12:00 gacha
Sizning ovozingiz ishtirokchilar uchun juda muhim! O‘zingiz yoqtirgan nomzodni qo‘llab-quvvatlang va ularning g‘olib bo‘lishiga yordam bering!
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
Ayollarni bayramida hamma tabriklardi.. Erkaklar yerdan chiqanmi deymana, tabriklar chog'i kam😅😅😅
Mayli yigitlar hammamizga bayram muborak bo'lsin!😅
O'quvchilaringga shunaqa gaplar ta'sir qilsada🤣
JET programasiga qabul boshlanibdi.
Yaponiyada Nara hokimiyatida ishlash uchun ekan. Bir do'stim bu dastur bo'yicha kelib juda ham muvaffaqiyatli loyihalar qilmoqda.
Yaponiyada ishlayman, hukumat doirasida tarjiba oshiraman deganlar uchun zo'r imkoniyat!
Batafsil: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ja/11_000001_00606.html
@yapontili_uzbekistan
Hozir tayyorlanishni boshlasak, 100% lik natijaga erishish ehtimoli oshadi. Aprelda imtihon CEFR ga.
3 oyda C1 ga ega boʻlish uchun zoʻr imkoniyat.
Imtihondan 2 oy 1 oy qoganda
Nazariy bilimlarni hammasi tugagan boʻladi. Mock examlarda, bor bilimni qayta oʻlchaganiz qoladi. Yangi bilim qoʻshilmaydi .
Qulay paytini kutsangiz vaqt yoʻqotasiz, va kelmasligi ham mumkin qulay vaqti. Sessiya tugasa boshlayman demang, sessiya shundogʻam oʻtadi.
JLPT MASTERda CEFR C1 kurslariga qabul boshlandi. Avvalgi imtixonda 90% natijaga erishdik, bu safar 100% ga birgalikda harakat qilib ko'rmaymizmi?
Universitetlarining 3-4-kurs talabalariga, magistraturaga tayyorgarlik ko‘rayotgan, ustama harakat qilayotgan barcha yapon tili ixlosmandlariga ajoyib imkoniyat!
🔹 Kursda 文法、読解、聴解、作文、会話 darslari alohida qismlarga bo’lib, imtixon shakldagi 模擬試験 tahlili asosida olib boriladi. Bundan tashqari imtixondan avval yapon ustoz bilan bir marta 口頭試験da qatnashib, tavsiya olish imkoni ham bor.
🔹Dars kunlari: dushanba, chorshanba, juma soat 19:00 (qabul soniga qarab, juft kunlarda ham guruh ochish reja qilingan)
🔹Senseilar:
Ubaydullo Qayumov (C1, N1)
Obidjon Turdaliyev (C1, N1)
Bir oyda 14 ta darsdan iborat 3 oylik kurs bo'lib, darslar Zoom platformasida o'tkaziladi.
📌 Qo'shimcha ma'lumotlar va ro'yhatdan o'tish uchun:
Telegram: @JLPTMasteruz
Telefon: +998 94 162 16 04
🎯 Sifatli va ishonchli ta'limga intiluvchilar uchun eng yaxshi tanlov! Magistraturaga harakatni boshlash vaqti aynan hozir!
Bizga qoʻshiling |フォロー Telegram | Instagram | Lokatsiya
Qiyinlik qilyapti...
Siz bir darajani tugatdingiz, unda soʻzlar, kanjilar soddaroq va kamroq edi, siz ancha moslashib qolgan edingiz.
Lekin siz endi bir bosqich yuqori darajani oʻqishga kirishdingiz. Tushunaman, oson emas, chunki siz taʼtildan keyingi davrdasiz. Darslik yangi, koʻz hali oʻrganmagan, dangasalik esa yoqimli tuyulishi tabiiy.
Bahonalar topgingiz keladi: dars vaqtidan, kitob shaklidan, vazifa miqdoridan, xotirangiz sustligidan (aslida unday boʻlmasa ham). Ingliz tili jozibali koʻrinadi, yapon tili esa qiyinligicha sezilaveradi. Bu hammasi mehnatdan qochish emasmi?
Lekin nima toʻgʻriligini oʻzingiz ham yaxshi bilasiz. Hech boʻlmasa, 6 darsni toʻliq qilib keling. “Eplasa boʻlarkan,” deb boshlaysiz. Keyin 12 dars keling, yangi bilimlarni oʻraganish yoqib boshlaydi.
Shu tarzda 4-5 oy oʻtadi-ketadi. Avgustda natijangiz chiqsa, hozirgi qaroringiz uchun oʻzingizni maqtashingiz yoki soʻkishingiz mumkin.
Talaba boʻlib turib, oʻqishni eplashni istamasangiz (eplolmasangiz deyilmayapti), qanday mutaxassis boʻlasiz?
Zero, har bir insonning qadri oʻz vazifasini uddalay olishi bilan oʻlchanadi, degan gap (farzand, shogird, talaba, mutaxassis boʻlgan) har birimizga tegishli!
Qiynalmas ekansiz, yuksalmaysiz!
Yaponiyada qalbaki haydovchilik guvohnomasi bilan 外面切り替え qilishga harakat qilayotganlar, bu yo'ldan qaytganingiz yaxshi.
Pravalarni alohida qalbakiligini tekshirish boshlanibdi.
O'zingizga ham, cho'ntagingizga ham zarar menimcha.
@yapontili_uzbekistan