yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT Masterda yangi video

Bu safar sal o'zgacharoq yondashdik! Natijani ko'rib baho berasiz. Koment qismida izoh qoldirishni unutmang!

https://www.instagram.com/reel/C6ye8WYsCur/?igsh=ajdhZHBnbnN1MXMw

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Ertaga soat 18:00 da chatimiz boshlanadi!

Menimcha bunaqa imkoniyat bir marta bo'ladi. Ertaga suhbatga Yana bir mehmon taklif qildim, bu sir bo'la qolsin. Suhbatda Mext imtixoni va Research plan yozish haqida gaplashamiz.

Magistratura va PhD uchun Mext grantini yutish uchun faqatgina yapon tili yoki ingliz tili o'zi yetarlimi?

Ertaga suhbatda gaplashib bilib olasiz. Mextga topshirmoqchilar o'tkazib yubormang!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️200 nafardan ko'proq odam ha qatnashaman deb javob beribdi.

7-may kuni (seshanba) soat 18:30 da (O'zbekiston vaqti bilan) telegramda ovozli chat qilamiz. Birgalikda Mext imtixoni haqida gapalshamiz!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

4 xil omad bor

Yaqinda Naval Ravikant'ni YouTube sahifasida chamasi 4 yil avval joylagan 3 soatlik podcastini eshitib tugattim. O'rganganlarim juda ko'p lekin ular orasida eng yoqgani omad haqidagisi bo'ldi. Uning aytishicha, omad 4 xil bo'ladi.

1. Ko'r omad (Blind luck)

Bunday omad deyarli har birimizda bir marta bo'lsa ham yuz bergan. Ya'ni bu omadni kelishi bizni aqlimiz yoki strategiyamiz tufayli emas, oddiygina g'oyibdan kelgan

2. Qattiq mehnat omad (Hard work luck)

Siz judayam qattiq mehnat qilasiz va jarayon davomida omadingiz keladi

3. Yaxshi omad aniqlovchi (Good spotter luck)

Siz bir sohani kuchli mutaxassissiz va shu sohangiz bo'yicha qayerga qancha investitsiya qilsangiz qancha qaytishini bilasiz.

4. Yagona talant omad (Unique character luck)

Siz bilgan hunarni dunyoda sanoqli odam ba'zida hech kim qila olmaydi. Bu omad turida ko'proq omad sizni qidirib topadi.

Xulosa

Omadingiz kelish ehtimolini oshirmoqchi bo'lsangiz sizni nazoratingiz tashqarisidagi omadga ishonishdan voz keching...

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ertalabdan ajoyib yangilik😒 Yen o'zini eng cho'qqisiga chiqmoqda. Ko'tarilishda davom etadimikina🧐

Karl ishlarni yig'ishtir Malayziyaga ketdik dermidi😅

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📱INSTAGRAMDA YANA BIR VIDEO!🔥

https://www.instagram.com/reel/C6GuE4ZsDZo/?igsh=MTBhd3BtdGFyaTZ1NQ==

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Poyezda yoki metroda kimdir sumkani shunday taqib olganini ko'ra boshladingizmi? Demak Yaponiyaga xush kelibsiz.

Yaponiyada poyezd juda ham gavjum va deyarli aholining 70-80% jamoat transportidan foydalanadi. Kimdir avtobusga shoshgan,kimdir esa poyezdga. Buning sababi asosan 2 ta deb o'ylayman. Birinchisi bu manzilga vaqtida yetib borasiz. Ikkinchisi esa qulay va xavfsiz.

Qayegadir, o'tlab ketib qoldingku deysizmi? Biz sumka taqish haqida gapalshmoqchi edikku a?! 😁 Yaponlar jamoat transportiga chiqqanda sumkasini oldilariga taqib olishadi. Buni ham sababi 2 ta deb o'ylayman. Birinchisi  xafvsizlik,ya'ni odam ko'p foydalanadigan poyezdda narsangizni o'g'irlab ketishsa bilmay qolmasligingiz uchun. (Yaponiyada bunday holat deyarli uchramaydi).

Ikkinchisi esa boshqalarga halaqit bermaslik. Ortingizdagi yo'lakdan odamlarni erkin harakatlanishi va ko'proq odam sig'ishi uchun. (Menimcha endi bu yapon madaniyati).

Ha aytgancha yana bir foydali tomoni bor, sumkani oldiga taqib uxlash mazza😅 Yostiq o'rnini ham bosadi. Men Shu maqsadda ko'p foydalanaman.😃

Yapon tili va Yaponiya kanalida postlar davom etadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yapon tilida yozdim, lekin shu narsalarni qilsak, qanchalik inson o'zgaradi. Bir o'ylab ko'ringga!

「会話」は「傾聴」から

「説明」は「結論」から

「食事」は「野菜」から

「知議」は「学習」から

「挨拶」は「自分」から

「努力」は「目標」から

「結果」は「行動」から

「成長」は「挑戦」から

「1日」は「早起」から

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥JLPT MASTER noldan yapon tili darslarini e'lon qiladi.

⌨️Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 16:00 da (Yaponiya vaqti bilan soat 20:00) bo'ladi.

🧭Darslar zoom platformasida online shaklda olib boriladi. Noldan N5 darajagacha 4 oylik dasturda tayyorlanadi.

Kursga ro'yhatdan o'tish uchun @JLPTMasteruz ga aloqaga chiqing!

Ertalabki soat 8:00 dagi guruhga qabul yopildi.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#fakt

Yaponiya aholisi 13 yildan beri kamayib bormoqda: agar shunday davom etsa, 155 yildan keyin dunyoda birorta ham yapon qolmaydi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugunga motivatsiya ko'payib ketdi menimcha. Ha aytgancha mukofot puli 50 万 ekan, bu hozirda 40 million so'm degani.

Bu qilingan mehnatni mevasi. Mehnat qilsangiz, menimcha niyat to'g'ri bo'lsa, hammasi zo'r bo'laveradi.

Bugungi 2 ta o'quvchimdan olgan xabarlar, kunni juda ham zo'r kayfiyatda tugattirmoqda. Reklama deb tushunmang, JLPT Masterni bekorga tashkil etmadim. Shunday xabarlarni 100 lab, 1000 lab eshitish uchun aslida.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hozir shu xabarni yozib tugatmay, bir qiz bola o'quvchimdan xabar keldi. Yaponiyaga o'qishga grant yutibdi. Siz tufayli deydi. Yo'q, biz shunchaki sababchi, aslida mehnat, harakat natijasi.

Kecha bir o'quvchim bilan gapalshib qoldim. O'sha guruhda 14 kishi o'qigandi, bugun 13 tasi Yaponiyada ekan, o'qishdan grant yutib kelishgan. 1 tasi esa 1-kursdayoq grant yutdi. Endi harakatda.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️Yapon tilida har bir oshxonada topiladigan buyum nomlarini o'rganamiz!

📷https://www.instagram.com/reel/C5s93kfsDOJ/?igsh=MWl1dnhnZXE5bHR5ag==

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Kursga qabul davom etmoqda!

Yapon tilini noldan o'rganmoqchi bo'lgan o'rganuvchilar bo'lsa, kursga qabul davom etmoqda. Darslar shanba kunidan boshlanadi.

Darslar seshanba, payshanba va shanba kunlari bo'ladi. Vaqti soat 8:00 (O'zbekiston vaqti bilan ko'rsatilgan)

Murojaat uchun: @JLPTMasteruz

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Rasman, Yaponiyada ham Ramazon hayit namozi 10-aprel kuni ya'ni ertaga ertalab o'qiladi!

Hammaga Hayit Muborak!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Mext granti haqida gaplashdik! Ilmimiz yetgan darajada suhbat qildik, kamchiliklarga rozi bo'lasiz!

Grant yutish uchun harakatda Alloh o'zi kuch-quvvat bersin! Astoydil bo'linglar!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ba'zida o'quvchilarimiz "Sensei o'qiyapman, lekin natijasi ko'rinmayapti?" deb savol berib qolishadi.

Baraka topgur, bir narsani natijasi 1-2 oyda ko'ringanda edi, hozir hamma bir chet tilida emas, kamida 10-15 ta tilda gapira olgan bo'lardi. Mehnat, intilishdan tashqari ozroq sabr ham kerak. Shunda natija bo'ladi.

Inson taslim bo'lmasa, oxirigacha harakat qilsa keyin natija bo'ladi. Taslim bo'lishni boshladingizmi, quyidagi videoni ko'ring.

Zero muvvafaqiyat tasodif emas. Qayta-qayta urinishlar, harakatlar va taslim bo'lmaslik natijasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun omad kelmagan ekan yutqazdik. Lekin futbolni tushunadiganlar bildi, jamoamizga biroz omad kelmadi.

Finalda g'olib bo'lgan Yaponiya terma jamoasi futbolchilariga esa O'zbekistonlik muxlislar sektoriga kelib rahmat aytganiga esa shunchaki qoyil qolish kerak.

Futbol o'z yo'liga davlatlar o'rtasidagi yaxshi munosabatlar abadiy bo'lsin!

Ajoyib ishtirok uchun rahmat 🇺🇿O'zbekiston, hurmat uchun esa rahmat 🇯🇵Yaponiya!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Shu hafta o'qish bilan bog'liq ish bilan Malayziya poytaxti Kuala Lumpurga sayohat qildim. Ham o'qish, ham sayohat bilan 3 kecha 4 kun shaharda bo'ldim.

Biroz xulosalarimni bo'lishmoqchiman. Aholisining asosiy qismi musulmon bo'lgan bu davlatda har bir ovqat mahsuloti, suvlarda halol sertifikati tushurilgan, tropik mintaqada yetishtiriladigan mevalarni turini ko'rib hayron qolasiz. Shaharda qandaydir hayot qaynaydi, odam ko'p. Birorta ham mashina signal chalganini eshitmaysiz. Birov bilan birovni ishi yo'q. Binolar va ularni qurilish tizimi umuman o'zgacha. Avtobuslar juda ham arzon, xattoki shahar ichida turistlar uchun bepul avtobuslar ham qatnaydi.

Borganingizda tavsiyalarim bor.

•Yengilroq kiyim oling, havosi biroz dimroq ekan. Inson ko'p terlaydi,shunga ko'proq suv ichgan yaxshi.

• To'satdan yomg'ir yog'ib yuborishi mumkin o'zingiz bilan soyabon olib yursangiz hech ham zarar qilmaydi.

•Grab taksi ilovasini yuklab oling. Taksi narxi qimmat emas, shaharda taksida harakatlanish qulayroq.

•Iloji boricha viza karta yoki kredit kartadan foydalanish qulayroq. Transport vositalari, do'konlar, restoranlar hammasida viza karta ishlaydi. Naqd pul ham ozroq olib olsangiz ziyon qilmaydi.

• Alan Jalor ko'chasi va Central Marketga tashrif buyurib, taomlar va mevalardan yeb ko'rishni unutmang.

Yaponiya bilan solishtirganda biroz xizmat ko'rsatish qo'polroq tuyulishi mumkin. Lekin albatta borib ko'rish kerak bo'lgan shaharlardan biri deb o'ylayman. Yangi madaniyat, yangi odamlar bilan tanishasiz.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hozirgina bir o'quvchimdan olgan xabar. Hammaga maqsadiga yetish nasib qilsin!

Aytgancha Mext granti bo'yicha suhbatni keyingi hafta qilamiz nasib qilsa! Kunini alohida e'lon qilaman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥早くて汚い仕事するよリしない方がいい

Kecha Yokohamaga bir ukamdek yaqin bo'lgan yigitni tug'ulgan kuniga bordim. U yigit hozir stajor vizada ishlaydi. Tug'ulgan kuniga ishxonasidagi yapon ish boshqaruvchisini (yapon tilida 職長 deyiladi) chaqiribdi. Anchagina suhbat qurib o'tirdik.

Ish boshqaruvchi ish joyidagi asosiy nuqtalar, yapon jamiyatidagi o'zini qarashlari haqida ham anchagina gapirib berdi.

U o'z gapiga qaraganda unga ustozlari maktabdan ketganing yaxshi, o'qish sen uchun emas deb aytishgan ekan. "Shuning uchun ham, o'qish men uchun emas ekan deb, o'rta maktabni tugatgach, qurulish ishiga kirib ish boshladim." deb aytib berdi.

Yuqori maktabda ham o'qimagan insonni bir gapi anchagina ta'sir qildi. "Bizni sekin ishlaydi deydi, aslida unday emas. 早くて汚い仕事するよリしない方がいい " deb aytdi. Ma'nosi esa nimadir ishni tez, rasvo qilib qilgandan qilmagan yaxshi.

Bir narsani dildan, mehr bilan bajarish muhim demoqchi bo'ldi. Pulini olsam bo'ldi demayman demoqchi bo'ldi.

Yapon tili va Yaponiya kanalida postlar davom etadi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📱Yangi video: https://www.instagram.com/reel/C5-_nIVMT1H/?igsh=MXM0dzI2ZWUzYnJudQ==

🔥Boshqacha usuldagi foydali video!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

MEXT Research Student granti boʻyicha batafsil qoʻllanma

Bugun MEXT Research Student grantiga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergandik.

Grantlar.uz jamoasi bu grant boʻyicha batafsil qoʻllanma tayyorlagan.

Qoʻllanma tarkibi:

👉 MEXT Research Student granti, imtiyozlari, talablari va boshqalar haqida maʼlumot

👉 Shu grantni yutgan oʻzbek talabasi bilan suhbat

👉 Shu grantni yutgan oʻzbek talabasining hujjatlari (yapon tilida)

👉 Shu grantni yutgan oʻzbek talabasining hujjatlari (ingliz tilida)

👉 Imtihon bosqichi uchun: avvalgi yillardagi imtihonlarda tushgan savollar va ularning javoblari

@grantlar

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Bugun yapon tilida har bir daraja uchun taxminan nechta kanji yod olish kerakligini korib chiqamiz!

https://www.instagram.com/reel/C50q0P-MACO/?igsh=MXdjYTdhZ3ZrZmlv

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥«TADQIQOTCHI TALABA» DASTURI
RESEARCH STUDENTS 2025


Yaponiya Hukumati (Monbukagakusho: MEXT) Yaponiya universitetlarida chet el talabalari uchun ilmiy
daraja olmasdan tadqiqotchi talaba sifatida yoki ilmiy daraja olish yuzasidan oddiy talaba sifatida
(magistratura, aspirantura, doktorontura) ta'lim olishni taklif etadi.

📌Hujjat topshirishning oxirgi kun: 24-may

📌So‘rovnoma-arizani va barcha ilova qilinadigan hujjatlarni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin:

https://www.studyinjapan.go.jp/en/smap-stopj-applications-research.html

Manba: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/programMEXT.html

Ps: Yapon tili yoki ingliz tilini yaxshi bilsangiz, bakalavr diplom bo'lsa, magistratura va PhD uchun zo'r imkoniyat! Bu imkonni o'tqazib yuboramang! Bosing va yana bosing deydimi😄

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistank

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kecha bir ish boldi 社長 Chaqirtirib Mukofot berdi Firmada 10tadan ortiq Gaikokujin ishlaudi 4,5yildan beri ishlayotganlarham bor lekn shular orasidan Mani Chaqirib aynan menga shu mukofot berdi sababini sorasam Yapon tiling deya qisqa javob berdi Hayolmga siz keldiz Qancha uqitdiz yordam berdiz Lekn szga arzimag pulni berolmay yurbman shuni tashlay degandim Bu mukofotda sizni õrniz bor mingan ming roziman sizham bergan bilimlarizga rozi boling konglimdan chiqdi albatta notigri tushunmang .


Yuqoridagi xabarni esa shundoqligicha qo'ydim. Stajor vizadami, boshqa holatdami o'qisangiz, yaxshi o'rgansangiz. Foydasi tegadi tilni!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hayotda hamma narsani imkoni bor ekan. Faqat bilasizmi nima, biz oxirigacha ishonmaymiz shu xolos. Oxirgacha harakat qilmaymiz shu xolos.

Oldimizdagilar qila olmaysan desa, ha shunday ekan deb qaytamiz. Aslida unday emas, yaratgan hammaga teng imkon beradi. Bir narsani o'rganishni boshladingizmi, shunday tashlab ketmang.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶️Instagramga yangi video joyladik, bu video orqali fe'llarni boshlang'ich va yuqori darajada aytilishini o'rganasiz!

🔥Siz uchun juda ham foydali video:https://www.instagram.com/reel/C5nzwgdMKgv/?igsh=M2NueGE0NXdlbXdy

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💥 Hayit ayyomi muborak bo'lsin!

♥️♥️ Ushbu fayzli va barokatli kunda yaratgan tutgan ro'zalaramiz va qilgan duolarimizni ijobat qilsin! Barchamizga bayram muborak bo'lsin!

Hurmat bilan JLPT Master jamoasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiyada ko'pchilikdan ertaga hayitmi degan savol kelyapti. Bugun soat 21:00 da e'lon qilishadi ekan.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал