🌖日の入れ (quyosh botishi)
Ajoyib tabiat manzarasi. Bunday go'zallik insonni zavqqa to'ldiradi. Siz ham quyosh botishini yoqtirasizmi?
🔥Ha, men kuzataman
🫣Men e'tibor bermas ekanman
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N1 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N1 daraja olish uchun esa siz eng kamida 100 ball (55.6%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❓N2 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N2 daraja olish uchun esa siz eng kamida 90 ball (50%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
Har bir savolga necha balldan berilishi esa yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
❓Yapon do'stim uyiga taklif qildi. Nima sovg'a olib borsam yaxshi?
Yapon do'stingiz uyiga taklif qilsa neg yaxshi sovg'a bu shubhasiz - meva (果物)dir. Yaponiyada meva juda ham qimmat hisoblanadi. Shu tufayli ham bitta tarvuz🍉 va qovunni🍈 qo'ltiqlab borsangiz, quchoq ochib kutib olishadi😄
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Kansai yoki Kinki mintaqasi?!
Yaponiya hududi yettita mintaqaga bo'linadi. Bugun shulardan biri bo'lgan Kansai mintaqasi haqida yozmoqchiman. Kansai (関西) mintaqasi boshqacha nom bilan Kinki (近畿) mintaqasi deb ham nomlanadi. Yaponiyaning asosiy 4 oroldan biri ya'ni Honshu orolida joylashgan hudud hisoblanadi. Kansai (Kinki) hududiga Osaka, Kyoto, Nara, Mie, Shiga, Hyogo va Wakayama viloyatlari kiradi. Shu viloyatlarning umumiy nomini bildiradi.
Ingliz tilidagi manbalarda Kinki mintaqasi emas, aynan Kansai deb yuritilishiga sabab, ingliz tilidagi "kinky" (ahloqan buzuq) so'ziga talafuzi yaqin bo'lganligi hisoblanadi. Shu tufayli ham xattoki Kinki universiteti nomi Kindai universiteti deb o'zgartirilgan. Xattoki Kinki Nippon Railway nomi Kintetsu Railway deb o'zgartirilgan.
Xullas shunaqa gaplar, mintaqa nomlari va ularni tarixi va nomlanishi chuqurroq o'rganilsa, qiziq hisoblanadi. Bekorga hamma, Kinkida yashayman deb emas, Kansaida yashayman der ekanda😅.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Yaponiyadagi chet ellik talabalarning 75%i qo'shimcha ish (アルバイト) qiladi. Arubaito qiladigan talabalar asosan コンビニ (24 soat ishlaydigan kundalik yumushlar sotiladigan do'kon) da ishlashadi. Bu yerda ishlash uchun Yapon tilini kamida N4 darajada bilish talab qilinadi.
Yuqorida asosiy va keng qo'llaniladigan so'zlar ro'yhati. Yodlab qo'ying, ishda as qotib qoladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
✍Yaponiyada kecha 9-iyun kuni Immigratsiya nazorati va qochqinlarni tan olish to‘g'risidagi qonun Kengashlar palatasining yalpi majlisida Liberal-demokratik partiyaning ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashi bilan qabul qilindi. Unga ko'ra ariza beruvchilar qochqin deb tan olinishi uchun 2 marta ariza berishi mumkin, ammo 3-marta ariza berilganda ariza rad etilishi va mamlakatiga qaytarilishi belgilandi.
Ma'lumot uchun Yaponiyada 難民申請 deb nomlanuvchi "qochqin vizasi"uchun berilgan 3772 ta arizadan 202 tasigina asosli deb topilib qabul qilingan. 2011-yildan 2020-yilgacha esa 117 ta arizadan 22 tasi qabul qilingan.
Yuqoridagi faktlarni hisobga olsak, bu viza uchun ariza topshirishga urunib ko'rgan bilan, chiqish ehtimoli yo'q. Bu borada yozishimga sabab oxirgi vaqtlarda bu viza bo'yicha savollar ko'paygani bo'ldi. Menimcha xulosa qilish uchun yuqoridagi faktlar yetarli deb o'ylayman.
Manba: https://www.yomiuri.co.jp/politics/20230609-OYT1T50190/
https://www.refugee.or.jp/refugee/japan_recog/
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍀🍵抹茶 (machcha) - sharqiy osiyo davlatlarida sevib iste'mol qiladigan ko'k choy kukuni va undan tayyorlangan ichimlik hisoblanadi.
Hozir 抹茶 mavsumi hisoblangani uchun ham, 抹茶 kukunidan tort, choy, shirinliklar tayyorlanadi.
Sizga 抹茶 yoqadimi?!
Ha men yoqtiraman🔥
Men icha olmayman😁
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Chat GPT zarar yetqazadi?!
Odamni dangasa qilib qo'yadi deb bahslashilayotgan vaqtda. To'g'ri ishlatsangiz, foydali degan mazmunda, universitetimizda alohida Chat GPTdan foydalanishni o'rgatadigan burchak tashkil etilibdi. Bundan bitta xulosa qilish mumkin: to'g'ri yo'lda ishlatilsa akademik sohada katta yangiliklar yaratishga turtki bo'ladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
❗️N1 daraja baholash me'zoni qanday?!
N1 daraja uchun birinchi qism ( Goi, Kanji va grammatika) qanday baholanadi. Jadvalda taxminiy baholar berilgan.
Ma'lumot uchun: Jlptda maksimal 180 ball to'plash mumkin. Undan 60 ball 文字•語彙•文法 (goi, kanji va grammatika qismi) uchun, 60 ball 読解 (o'qish qismi) uchun, 60 ball esa 聴解 (eshitish qismi) uchun beriladi.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Aichi prefekturasi.🎆🎇♨️ 花火 (はなび). Mushakbozlik!
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
‼️Yaponiyada ham poyezdlar kechikadi?!
Ha dunyoda Yaponiya eng aniq vaqtlarda va kech qolmaydigan taasurotga ega bo’lgan Yaponiyada ham poyezdlar o’z vaqtida kelmaslik holatlari kuzatiladi. Nega poyezd kechikadi?
Bunga quyadiga 4 ta sababni keltirib o’tish mumkin:
1. 人身事故(じんしんじこ) ya’ni inson bilan bog’liq kuzatilgan falokatlar tufayli, bu haqida ya’na batafsilroq yozaman.
2. 悪天候(あくてんこう)yomon ob-havo tufayli. Kuchli shamol (tayfun), yomg’ir, qor tufayli ham poyezdlar qoldirilishi va kechikishi kuzatiladi.
3. 自然災害(しぜんさいがい)tabiiy falokatlar tufayli. Yaponiyada tez-tez zil-zila, toshqin, yer o’pirilishi kabi holatlar kuzatiladi. Shu tufayli ham bu vaqtda poyezdlar kechikadi.
4. 設備上の異常(せつびじょうのいじょう)texnik nosozlik tufayli. Svetafordagi uzilishlar, eshiklarni ochilish yoki yopilishidagi muammo tufayli ham poyezdlar o’z vaqtida kelmay qoladi.
Poyezd kechikkan holatda yapon tilida 遅延している、遅れている、遅れが出ている kabi yozuvlarni ko’rishingiz mumkin. Keyingi safar ko’pchilik no’to’g’ri tushunib oladigan 人身事故 (inson bilan bo’gliq falokatlar bo’yicha batafsil ma’lumot beraman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥O'zbek akademik klubining 2-yig'ilishi haqida
Kecha yakshanba kuni O'zbek akademik klubining 2-yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish tom ma'noda ilm majlisiga aylandi. 4 nafar yurtdoshimiz o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ularni orasida men ham taqdimot qildim. Taqdimotlar orasida Yaponiyada energiyaning yangi muqobil variantiga erishi yo'lida qilinayotgan ishlar, chet ellik talabala va yaponlar munosabatlarini yaxshilash uchun olib borilayotgan o'rganishlar, Yaponiyada o'z biznesiga asos solish va oilaviy yemakxona yaratish ustida MBA da qilingan taqdimotlar bo'lib o'tdi. Men yurtdoshlarimizni texnik satjorlar va ular yuzpashayotgan muammolarga qaratishga harakat qilib ko'rdim.
Tadbirda nafaqat Tokyo balki Nagoya, Saitama kabi yerlardan ham yurtdoshlarimizni tashrif buyurgani, networking va o'zaro fikr almashish uchun yaxshi ilm maskani shakllanib borayotgani meni xursand qildi. Lekin hali ko'p narsa oldinda deb o'ylayman. Hali yanada rivojlanib, yanada ko'proq odamni jalb etadi.
Shu yerda, Yaponiyadagi yurtdoshlarimizdan birozgina hafaman. Facebookda turli muammolar haqida yoziladi. Lekin mana bunday yig'ilishlarda esa, ko'rinishmaydi. Keling, birga suhbatlashaylik. Birgalikda maslahat qilamiz. Ustozlar, professorlargina emas, o'z ishini topib, yaxshi kompaniyada ishlayotgan senpailar ham kelishmoqda. 2-3 oyda bir marta bo'ladigan tadbirga ishtirok etish, sizni kelajak uchun nima qilish kerakligi haqida o'ylantirib, mulohaza qilish uchun ajoyib imkoniyat deb o'ylayman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Ertaga elchixonada chiroyli ilm majlisi bo'ladi. Yaponiyadagi yurtdoshlar albatta o'tinglar. Bir piyola choy ustida, turli mavzularda gaplashamiz. Men ham bir kichikroq mavzuda taqdimot qilaman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🍡🍦Yaponiyadagi ko'chada sotiladigan taomlar (Streetfood in Japan)
🔥Tatib ko'rgan bo'lardim
👍Mazaliga o'xshaydi
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Bugun imtixon kuni! MEXT testida omad tilayman! Unutmang, bu hayotingizdagi eng ajoyib imkoniyatlardan biri.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi
Yaponiyada kattalar uchun chiqarilgan pamperslar chaqaloqlar uchun chiqarilgan pampersdan ko'ra ko'proq sotiladi. Xattoki bu miqdor 2.5 barobar ko'p. Bunga sabab esa aholining 20%ini 65 yoshdan yuqori bo'lgan insonlar tashkil etishidir.
Kattalar uchun pampers ishlab chiqarish Yaponiyada kelajagi bor bizness sifatida ko'rilmoqda. Nikkei gazetasi ma'lumotiga qaraganda Daio, Nippon paper kabi qog'oz ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar ham bu tarmoqni ishga tushirishmoqda.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#jlptyaqin
✍N3 daraja olish uchun JLPTda necha ball to'plash kerak?
JLPT imtixonida maksimal 180 ball beriladi. N3 daraja olish uchun esa siz eng kamida 95 ball (53%) olishingiz kerak. Shunda ham uchta qismdan olingan ball har biri 19 balldan kam bo'lmasligi kerak.
✍Bitta testga necha ball beriladi?!
Bu savolga esa yuqoridagi jadvaldan bilib oling.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
📚🤓Yapon tili vaqti
Yapon tilida Yaponiyadagi vazirlik nomlari
外務省(がいむしょう) Tashqi ishlar vazirligi
環境省(かんきょうしょう)Atrof-muhit vazirligi
経済産業省(けいざいさんぎょうしょう)Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi
厚生労働省(こうせいろうどうしょう)Sog'liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi
国土交通省(こくどこうつうしょう)Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi
財務省(ざいむしょう)Moliya vazirligi
総務省(そうむしょう)Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi
農林水産省(のうりんすいさんしょう)Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi
防衛省(ぼうえいしょう)Mudofaa vazirligi
法務省(ほうむしょう)Adliya vazirligi
文部科学省(もんぶかがくしょう)Ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi
復興庁(ふっこうちょう)Qayta qurish agentligi
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
😄TDSHU “Yapon filologiyasi” kafedrasi faxriy dotsenti, shogirdlarning muhtaram ustozi SUGANO REIKO xotirasiga bag'ishlangan film premyerasi.
📆4-iyun 17:00 da
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐 https://www.youtube.com/watch?v=mQezONC03JY
💧💦Bugundan yomg'ir mavsumi boshlandi. Bu yog'iga deyarli har kuni yomg'ir yog'adi. ☔️
Sizga yomg'ir yoqadimi?!
Ha menga yoqadi💦🔥
Men yoqtirmayman😒
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
#bilasizmi?!
❗️Okinawa qadimdan Yaponiya hududi bo'lmagan?!
Okinava Yaponiyaning go'zal dengiz shahri hisoblanadi. Okean ustida joylashgan bu shahar juda ham chiroyli va tabiati betakror maskan hisoblanadi. Ammo bu hudud 19-asrgacha Yaponiya hududi hisoblanmagan. Bu hududda yashovchi aholining etnik qismi asosan Ryukyuliklardan tashkil topgan. Ular asosan Ryukyuan tilida gapirishgan.
19-asrgacha hozirgi Okinawa hududida Ryukyu podsholigi (1429-1879) mavjud bo'lgan. Bu hudud Yaponiya tomonidan anneksiya qilingan (1879-yilda) va shahar qamish yetishtiriladigan makonga aylangan.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Satdionga tushib futbol ko'rmaganimga ham ancha yil bo'lib ketibdi. Oxirgi marta adashmasam 3 yil avval Pahtakor stadioniga tushgandim. Bugun uyim yaqinidagi TOKYO FC uy stadioni bo'lgan Ajinamotoga tushdim. O'yin juda ham ajoyib bo'ldi. Bu tuyg'uni sog'inibman to'g'risi.
O'yin tugagach esa yana o'sha odatiy manzar, ko'ngilli yoshi katta otaxon va onaxonlar qo'llarida paket bilan stadionni yig'ishtirishga tushib ketishdi. Biroz kuzatib turdim, haqiqatda ham ular buni mehr bilan bajarishmoqda. Xatto bir ayol, "qo'lingizdagi musirni ham mana bu paketga tashlashga hech ham hijolat qilmang" deya chin dildan gapirdi.
Shu vaqtda yoshligimda bobomni aytgan gaplari yodimga keldi: "bolam, yerga musir tashlama, farishtalar ketib qoladi". Bugun inson sifatida bu gap naqadar haq ekanligini, yerni, tabiatni sevish muhim ekanligini, hamma yerni ozoda saqlash muhim ekanligini anglagandekman.
Keling, yerga musir tashlamaylik, farishtalar ketib qolmasin. Kichkina tabibda aytilganidek, qanoti bor, kichkina kichkina farishtlar...
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥Yaponiyada metroda tez-tez quloqqa chalinadigan 人身事故 (じんしんじこ) atamasi nima o'zi?!
Yaponiya. Poyezd kechikmoqda. Platformada esa 人身事故 degan yozuv chiqdi. Beixtiyor ko'pchilik yana kimdir o'zini poyezd tagiga tashlabdi. O'z joniga qasd qilibdida. Shu tushmagur yaponlar nega o'zini poyezd tagiga tashlayverarkin degan gaplarni yurtdoshlarimizdan ko'p eshitganman. 人身事故 haqiqatda ham o'z joniga qasd qilishmi?!
Aslida 人身事故 degani "inson ta'sirda kelib chiqqan halokat" ma'nosini beradi. Bu termin o'z ichiga nafaqat o'z joniga qasd qilish, balki e'tiborsizlik tufayli poyezd yo'lagiga tushib ketish, temir yo'l liniyasiga telefon yoki naushnik kabi narsalarini tushirib yuborish, temir yo'l liniyasini poyezd kelayotganiga qaramay bosib o'tishga urinish, temir yo'l liniyasining yo'l qismidan o'tgan qismida mashina turib qolishi yoki favqulotda vaziyat tufayli 非常ボタン tugmasini bosish kabi holatlarni ham o'z ichiga oladi.
Jumladan, 2021-yilda poyezdni 30 daqiqa kechikiga sabab bo'lgan 6410 ta holatni 3118 tasi aynan 人身事故 ga aloqador bo'lgan. Va buning ichida 536 ta holat (8%) o'z joniga qasd qilishga urunish holati bo'lgan.
Demak keyingi safar siz shunaqa yozuvni ko'rib qolsangiz, kimdir o'zini o'ldiribdi deyishga shoshilmang.
Manba: https://www.mlit.go.jp/tetudo/tetudo_fr8_000051.html
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
Assalomu alaykum.
Sizda “GenerousMe” saxovat loyihasini qo’llab-quvvatlash niyati bor. Lekin, uni qanday amalga oshirish haqida o’ylayapsizmi? Sizga 3 xil yo’lni taklif qilamiz.
1. Yaponiyadagi o’zbek restoranlariga qo’yilgan GMe qutilari orqali;
2. GMe bank hisob raqamlariga pul o’tkazish orqali;
3. Iqra Books Japan onlayn do’konidan xarid qilish orqali.
Yig’ilgan mablag’ yurtimizdagi moliyaviy imkoniyati cheklangan oila farzandlarining qo’shimcha ta’lim olishiga hamda ijtimoiy ko’mak uchun ishlatiladi. Yig’ilgan mablag’ va sarflangan xarajatlar haqida kanalimizda hisobotlar berib boriladi.
Sizlar bilan birga mehr ulashishda davom etamiz.
Kuningiz xayrli o’tsin!
@GenerousMe_UZ
☘🌿Ko'k choy dalasidan o'tayotgan Shinkansen🚅 Kikugava shahri, Shizouka viloyati.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan
🔥YAPONIYA HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASIGA ALMASHTIRISH (外免切り替え) HAQIDA
Demak boshladik!
O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasiga egasiz. Endi Yaponiyada ham haydovchilik guvohnomasi olmoqchisiz?! (外免切り替え deyiladi yapon tilida) Birinchi e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihat, O'zbekistonda olgan haydovchilik guvohnamasi yangi bo'lishi (ID karta shaklida) va Yaponoyaga kirish sanasidan 3 oy oldin olingan bo'lishi kerak. Agar sizda shunday bo'lsa muammo yo'q, borib test va amaliy imtixondan o'tib Yaponiya haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lasiz.
Batafsil o'qish uchun link: https://telegra.ph/YAPONIYA-HAYDOVCHILIK-GUVOHNOMASIGA-ALMASHTIRISH-%E5%A4%96%E5%85%8D%E5%88%87%E3%82%8A%E6%9B%BF%E3%81%88-HAQIDA-05-16
Yuqorida menimcha bir imtixondan o'tish uchun kerak bo'ladigan hamma narsani yozib chiqdim. Kamchiliklar ham bo'lishi mumkin, men shu yo'ldan bordim va imtixondan o'tdim, sizga ham as qotib qolsa xursand bo'laman. Yaponiya yo'llarida oq yo'l tilayman.
Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan