yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

Бу бола 12 йиллик комадан чиқди ва у айтиб берган нарсалар ҳаммани лол қолдирди: Манашу 12 йил ичида...

💬 ДАВОМИНИ ЎҚИШ…

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️🚆Yaponiyada temir yo'l kompaniyasi o'zining yubiley to'yini qanday nishonladi deysizmi? Unda rasmga qarang. Shunchaki qoyil qolish kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Yaponiyada ishga kirmoqchi boʻlgan ukalarimizga maslahat.

就職活動 - yaʼni "Job hunting" qilishni niyat qilgan Yaponiyadagi vatandoshlarimiz uchun muhim boʻlgan narsalardan biri, bu kompaniya tanlashda xato qilmaslik.

Yapon kompaniyasiga ishga kirishdan oldin, Yaponiyada qancha vaqt qolishni aniqlab oling. Keyin, bu davrda nimalar qilishni, qanday natijalarga erishishni, yurtga qaytishdan oldin nima olib qaytishni (yaxshi tajriba, katta mablagʻ, koʻplab tanishlar va h.k.) bilib oling.

Keyin esa, kompaniya tanlashga oʻting. Hozirda koʻp uchrayotgan holatlardan biri, haqiqiy yapon kompaniyasiga kirib, hamkasblari bilan til topisha olmayotgan, yurtdoshlarimiz ham talaygina topiladi.

Buning asosiy sabablaridan biri, kompaniya tanlashdagi yoʻl qoʻyilgan xato. Keyin, sabrning yetishmasligi, kasbga boʻlgan qiziqish... va boshqalar.

Yuqoridagi xatolarning oldini olish uchun, avvalo chet el kompaniyasi, yoki yapon kompaniyasiga kirishni aniqlab oling. Javob, yapon kompaniyasi boʻlsa, ularning chet el bilan aloqasi qanday, chet elliklar u kompaniyada bormi yoki yoʻq, boʻlsa qaysi davlatlardan, bularni ham oʻrganib chiqing.

Yuqoridagi omillar kim uchundir oddiy boʻlib tuyulishi mumkin, ammo bizning madaniyatimiz, dunyo qarashimiz, ishga boʻlgan munosabatimiz yapon doʻstlarimizdan farq qiladi. Tan olishimiz kerak, ular bizga nisbatan sabrli boʻlishadi.

Biz, Yaponiyada va yapon kompaniyasida ishlar ekanmiz, keyingi keladigan ukalarimiz uchun ham javobgarmiz. Faqat oʻzimizni oʻylab, millatimiz haqida yaxshi boʻlmagan tasavvurlarni emas, aksincha oʻzbeklarni quchoq ochib kutib oladigan tasavvur shakllantirish uchun masʼulmiz.

Asosiy maqsadingiz Yaponiyada ishlash boʻlsa, kompaniyaga ishga kirishdan oldin yaxshilab oʻylab, oʻzingiz uchun mos boʻlgan kompaniyaga kirishga harakat qiling. Ishga kirgandan keyin, sabr va matonat bilan ish oʻrganib, berilgan vazifalarni masʼuliyat bilan bajarib, yetuk kadr boʻlishga harakat qiling!

Manba:https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid02nByY65Kpdnv8oRysrML9rZcgghPhdHAYkjgRKBPitg9C4JhbPbyygSppU2uCDqegl&id=1207010715

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

JLPT N1darajaga tayyorlanayotgan va 読解 bo'yicha birga haftada bir marta tahlil qilib ishlamoqchi bo'lgan yapon tili bilimdonlari bo'lsa @UmidjonTulanboyev ga murojaat qiling! Birgalikda 読解 o'qib, tahlil qilib tayyorlanish uchun zo'r imkoniyat! Faqat N1 daraja bo'yicha va pulli emas!

Ps: Keyingi bir oy davomida JLPTga asoslangan testlar va materiallar ko'paytirib berib boriladi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💮 Rasmdagi go'sht nimani go'shti? Nima deb o'ylaysiz?
Baliq? Mol? Yoq topa olmadingiz! Bu Sakura go'shti. Ot go'shti🐴! 馬刺し (バサシ) deb nomlangan bunday taom Yaponiyada juda ham mashhur. Ot go'shti Yaponiyada 16-asrdan boshlab iste'mol qilinadi. 1960-yillardan boshlab esa sezilarli darajada o'sdi. 馬刺し( basashi) xom ot go'shti bo'lib, odatda zanjabil va soya bilan tanavvul qilinadi. Yaponiyada Sakura niku ( 桜肉) nomi bilan mashhur. Yaponiyaga borsangiz Sakura niku yeysanmi deyishsa, baliq deb o'ylamang, yaxshilab o'ylab ko'ring, bu o'zimizni qazi emas har holda😅


Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Yapon animesida ham O'zbekiston deb ishlatishyapti. Odam boshqacha bo'lib ketarkan.😊

Anime manbasi:https://www6.nhk.or.jp/anime/program/detail.html?i=shirobako

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎵Dunyodagi eng tez va baland tovush qaysi? O'q ovozi, raketa ovozi? Yo'q, irashimaseee 😄 Yaponiyada baito qiladiganlar tushundi menimcha😂

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📢 Ayni Damda O’zbekistonda
Eng ommalashib borayotgan kanal❗

👀Tezkor Yangiliklar

Eng Dolzarb mavzular....


Bizda realni muammolarni kanalga olib chiqamiz....👁‍🗨ko'z bo'yamachili yo boricha bo'lgan tezkor kanal‼️

📷Foto
💿Audio
🎥Video Yuboring

👇👇👇Kirish👇Bosing👇
@Uzbekiston24

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponshunoslik fakultetida 2022-yil 28-oktabr 10:00 da dotsent Sugano Reikoni hotirlab "Yaponshunoslikka baxshida umr" nomli tadbirimizga taklif etamiz.

Zoom havolasi: https://us05web.zoom.us/j/89988946196?pwd=ZWNwZ0tEK2cxb1lZNHRUUXNLeENKQT09

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Электрон Карсет: эгилган қадди-қоматни, букчайган елкаларни, тиклаш учун, ҳаққоний тасир кўрсатувчи карсет.

✅ Букурликга қарши даволаш воситаси.
✅ Аёллар ва эркаклар учун идеал.
✅ Уйда, ишда, ўқишда, дам олиш масканларида.
✅ Кийим ичида билинмайди, ноқулайлик туғдурмайди.
✅ Бел оғриқлари учун самарали шифо таъсирига эга.
✅ Размер: без размер

✨Аксия 1+1=3 🎁 бонус 1та

👉
Richshop.uz/link/nBv5MQ
👉 Richshop.uz/link/nBv5MQ
🚚 Етказиб бериш хизмати бепул!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#JLPTN3

~わけではない

Tarjimasi: degani emas

お金がたくさん持てば幸せになるわけではない

Ko'p puli bo'lsa, baxtli bo'ladi degani emas.


Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

O'zbekiston ifori ufurib turgan yana bir maskan

Tokyoda Shinjukudan uzoq bo'lmagan Takadanobaba degan bekat bor. Bu yerda esa Samarqand Terrace degan restoran bor. Yaponiyadagi yurtdoshlarimizga albatta borib ko'rishni tavsiya qilaman. Oshni ta'mini ta'tib ko'rmadim, lekin somsaga gap yo'q.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#JLPTN3

~わけがない

Tarjimasi: Imkoni yo'q, qilish ilojsiz

彼はお金がないですから、家を買えるわけがない

Uni puli yo'qligi uchun, uy sotib olishi umuman mumkin emas.

Bir narsani keskin ravishda qat'iy rad etganda ishlatiladi. Va bu rad etish uchun esa nimadir asosli sababga ega bo'lish kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💣Yaponiyadagi Halloween bayramidan lavhalar. Rasmlar internetdan olindi. Men bu bayramga qatnashmadim. Shunchaki muhitni tamosha qiling!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

😍Qaysi oyda tug'ilganizni va guruhni tanlang!

Natijasini o'ziz ko'rasiz 😄

Yaqinlarga ham ulashib ularni ham xursand qiling❗️

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar. Yaqin kunlar ichida Yaponiyada helloween bayrami bo’lib o’tmoqda. Kecha Korea Respubkikasida ushbu bayramga chiqgan odamlar bir birini bosishi natijasida 149 kishi vafot etgan vodea sodir bo’ldi. Bunday bayramlarga qatnashish har tomonlama bizning madaniyatimiz, urf - odatlarimiz va dinimizga to’g’ri kelmaydi. Barchangizdan o’zingizga va atrofdagilaringizga ehtiyot bo’lishni so’raymiz.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tekin! Umuman pul to'lash shart emas!

Nima tekin ekan deb o'ylayotgan bo'lsangiz kerak? Ha Yaponiyada mutalaqo hamma yerda foydalanish bepul bo'lgan narsa bu hojatxona hisoblanadi. Bu haqida aytmasam bo'lmaydi menimcha, mamlakatda hamma yerda tekinga foydalanasiz va eng muhimi toza va ozoda.

Qulayliklari haqida ham aytib o'tsak bo'ladi. Bunda hotajxonada isitish, suv, xattoki musiqa qo'yish funksiyalarigacha mavjud. Bunday toza va muhimi bepul bo'lgan tizim menimcha boshqa yerda yo'q.

Hayotda hamma uchun zaruriyatga aylangan joydan pul ishlamay, shunday ozoda saqalash uchun qanchalik "kalla" bo'lish kerak? Menimcha yapon bo'lish kerak.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал