yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

​​ЭНДИ МЕН БИЛАН ЎЙНАШМАНГЛАР!

Ассалому алайкум, палаги тоза ўқирманлар.
Бугун мендан бахтли одам йўқ. Иккита забардаст, дуоси ижобат бўладиган аҳли илмларимизни ўртасида туриб олдим. Энди ўқ ўтмайди мендан) Болалагимиздан кўришни, кўришишни орзу қилган устозларимиз билан кўришиш насиб қилди.
Устозлар Японияга ташриф буюришибди. Ватандошлар билан учрашув ташкил қилишиб, икки дунёмизга ҳам фойда бўладиган маърузалар қилишди.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid устоз: "Сиз ўша йигитмисиз?" деганларида ҳаяжонланиб кетдим. Шундай замонамиз дарғаларини назарига тушириб қўйган Аллоҳга ҳамд санолар бўлсин! Суҳбатларини тинглаш, бир дастурхонда ўтириш бахтига муяссар бўлдик.

Икала устоз ҳам, ҳақиқий эргашишга лойиқ, замонамиз жадидлари, қори, забардаст инсонларимиз! Ҳар томонлама бизга ўрнак бўла олади. Ака-ука ўртасидаги меҳр-оқибат, ўзаро хурмат ҳам тасаввур қилиб бўлмайдиган даража экан. Устоз, Ҳусайн Буҳорийга, "Устоз, сизни акангиз билан қандай ажратиб олсак бўлади? Жуда бир-бирларингизга ўхшайсизлар?" деган савол берилганда, ҳақиқий зукколик ва файласуфлик билан, "Мен, ҳар доим акамнинг ортларида юрган бўламан" деб жавоб берибдилар. Ана сизга ака-ука ўртасидаги оқибат ва тарбия.

"Баҳодиржон, сизни қандай ажратиб оламиз?" деб қийналишингизга ҳожат йўқ Иккита забардаст олимимизни ўртасида бўламан) Ҳазил албатта. Бундай инсонларни илмларини яқинига ҳам яқинлаша олмаймиз биз. Ташаккур сизларга устозлар. Сизларни Аллоҳ учун яхши кўрамиз!

Шунақа гаплар. Азизлар, аҳли илмларимиз, олимларимизни қадрлайлик. Хоҳ машхур олимларимиз бўлишсин, хоҳ оммага ўзларини намойиш қилмаётган олимларимиз бўлишсин, барчаларини қадрлайлик. Олимини хурмат қилган миллат кам бўлмайди. Илоҳим, барчаларимизни фарзандларимиз устозлардек оқибатли бўлишсин. Тарбияли бўлишсин. Олим бўлишсин. Жамиятга нафи тегадиган инсонлардан бўлишсин. Овмин!

/channel/BahodirIskandarov

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📣 Yaponiyada ishlashni xohlaysizmi? Maxsus Malaka vizasi bilan imkoniyatlaringizni kengaytiring!

🎓 Yapon tili maktabi yoki kollejni tugatgandan so'ng, Maxsus Malaka Vizasi (Specified Skilled Worker Visa) bilan yaponlar bilan teng ravishda ishlash va maosh olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Siz ham bu imkoniyatdan foydalanishni xohlaysizmi? Unda quyidagi seminarga qatnashing!

📆 Kun: 4-dekabr, 2024
Vaqt: Yaponiya vaqti bilan soat 18:30 da
📞 ZOOM: Ulanish uchun bosing
🌐 Qo'shimcha ma'lumot: Japan Career Portal

Eslatma: Ushbu seminar faqat Yaponiyada bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun mo'ljallangan. O'zbekistonda bo'lganlar uchun alohida seminar tashkil etiladi.

💼 Yaponiyada o'zingizni yangi kasbiy darajaga olib chiqing!

Hurmat bilan,
Japan Career Portal

🌐japancareer.uz🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬YouTube

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Imtihonda oʻzini aldab chiqqan paloncha'san ning japandagi sarguzashtlari:



Tenchou: mana, paloncha'san, N2/N1 darajangiz bor ekan. Demak, kirim chiqim boʻyicha hisobot yozib berishni sizga topshirsam boʻladi.

Paloncha'san:
Tenchou, sumimasen, sertifikatni tarqab ketgan javobini koʻchirib goukaku qiganman.



Japanese university professor:
Paloncha'san, N2/N1 darajangiz bor ekan, demak, mana bu 80 betlik tadqiqotni ertagacha bemalol oʻqib kelolasiz.

Paloncha'san: Sensei, sumimasen sertifikatni tarqab ketgan javobini koʻchirib goukaku qiganman. Shunga....


Bunaqa vaziyatda eng paloncha'san pushaymon boʻladi. Oʻsha payt u na talabalikka qayta oladi, na ishda davom eta oladi. Na taʼlimga yaraydi, na ishga!

Va uzbga qaytadi, va ingliz yoki koreys tiliga qoʻl uradi va oʻsha davlatlarda ham oʻzbeklarni tanitadi!
Siz paloncha boʻlmang!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

O'zini iymonli deb biladigan, o'zini hurmat qiladigan odam imtixondan ko'chirib, natija qilsa maqtanmaydi. Shunday qilib, o'zingizni ovutayotgan bo'lsangiz, o'qishni yig'ishtirish kerak.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#китоб
Уламолардан бири айтади: "Бир куни устозимдан сўрадим:
- Китоб ўқийман, аммо ундан ҳеч нарса ёдимда қолмайди?!
Устозим менга бир дона хурмо бериб дедилар:
- Буни чайнаб егин!
Мен едим. Сўнгра устоз сўрадилар:
- Шуни еганинг билан сен катталашиб қолдингми?
- Йўқ!
Устозим дедилар:
- Бу хурмо сенинг танангда майдаланиб, гўшт, суяк, пай, тери, соч, тирноқ ва ҳужайраларга айланди.

Шундан билдимки, ўқиган китобим менинг сўз бойлигимни, маърифатимни ва ахлоқимни бойитар екан!"

Бир, иккита китоб ўқиш биланоқ, ўқигани ёдланиб, киши илмли бўлиб қолмайди. Китобларни ихлос ва бардавомлик билан ўқилса, вақтлар ўтиб, ўз натижасини беради. Ўқишдан тўхтамаймиз...

Каналга уланиш
/channel/komillikuz

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔥 Hurmatli imtihon topshiruvchilar

Yakshanba kungi imtixon haqida!

01.12.2024 soat 12:45 da JLPT imtihoni o'tkaziladi!!

🗺Imtihon darajasi va joyi:

🔸 N1 / N5 IBC-9-qavat

🔸 N4 IBC-9/11-qavat

🔸 N2/N3
INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT

⁉️ O'zingiz bilan olib kelishni unutmang
🪪 Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
📄 Vaucher
️✏️ Qalam va o'chirg'ich

Manba: TAMPOPO

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Kursga yozilish

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔥JLPT MASTER noldan boshlanadigan N5 daraja darslarga qabul e'lon qiladi.

📅Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 18:00 da (Yaponiya vaqti 22:00) onlayn shaklda bo'ladi.

👩‍💼Sensei: Mashhura sensei (yapon tili darajasi N1, yapon tili notiqlik san'ati g'olibi. Hozirda Tsukuba universitetida ta'lim olmoqda)

Ayolimni yapon tili kursida o'qitaman degan bo'lsangiz, unda bundan yaxshi dars topa olmaysiz!


✉️Kursga ro'yhatdan o'tish uchun:
@JLPTMasteruz
+99894 1621604

✏️So'rovnomani to'ldirish: http://jlpt-master.modme.uz/entry/form/4393

*Sharqshunoslikdagilarga alohida yuborib qo'yasila e'lonni!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

👫Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi ilm uchrashuviga taklif qiladi.

Tadbirga bu safar ham Tokyo chet tillar universiteti mezbonlik qiladi. Tadbir agendasi bilan tanishing!

🕓O'tkazilishi sanasi va vaqti: 30-noyabr (shanba), 11:00-14:00

O'tkazilish joy: Tokyo University of Foreign Studies, Sakura hall

🗺https://g.co/kgs/JnwnJGr

Biz sizni ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!

✔️Qatnashish uchun ro'yhatdan o'tish shart emas va ishtirok etish bepul!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Juda ham yaxshi seminarga o'xshadi. Lekin o'zbeklar uchun o'zbek tilida qilinsa yanada yaxshi bo'lardi.

Bu haqida UJC dagilar o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lar edi. Har holda yapon tilini juda ham yaxshi biladigan o'zbek tilida ham gapira oladigan kadrlar kam emas. Men shaxsan rus tilida tushunmayman.

/channel/ujc_uz/1695

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Soat 1:53...

JLPT MASTER da bir odat bor. Qaysidir guruh darslari yakunlansa senseilar bilan o'tirib, 2-3 soat tahlil qilamiz, xatolar, fikrlar, takliflar...

Bugun ham soat 24:00 da boshlangan yig'ilish, soat 1:53 da tugadi. CEFR darslarini muhokama qildik. O'quvchilar fikri, senseilar taasuroti, xatolar va kamchiliklar haqida gaplashdik.

Yosh bo'lsada o'z ustida ishlayotgan jamoamiz bilan faxrlanaman, shunchaki natija emas, unga halol, vijdonan bajarib erishishni odatga aylantiring deb o'rgatayotgan bu jamoa mehnati bekorga ketmaydi.

Dars o'tish, bu grammatikani o'zini tushuntirib berish emas. O'quvchilar fikrini o'rganish, imtixonga kirib testni o'z ko'zi bilan ko'rib, shunga moslab 改善 qilib borish hamdir.

Tahlil, tahlil va jarayon... O'z ustida ishlash va natija. Vijdonan kadr yetishtirishga ishtiyoqni oxirigacha bersin!

Natijalar ham shunga mos bo'ladi Inshialloh!

Aytgancha yuqoridagi so'rovnomadagi natija, darslar sizga manzur bo'ldimi mazmunidagi savol edi.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Hayotimda anglab yetayotgan falsafa:

面倒なときが本当の人間関係を作る
Qiyin vaziyatlar haqiqiy munosabatlarni yaratadi!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💙💙💙

Keyingi 2 oyda N4 darajamni takorlayman yoki ko'nglim to'lmayapti deb o'ylayapsizmi? Iyul oyida N3 darajani maqsad qilganmisiz?

Unda sizga JLPT Master davom etayotgan N4 daraja guruh darsini tavsiya qiladi.

📅Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 da oflayn shaklda bo'ladi.

👨‍🏫Sensei: Kamronbek sensei

JLPT MASTER nafaqat yapon tilini balki, katta maqsadlarga erishishni ham o'rgatadi.


✉️Kursga ro'yhatdan o'tish uchun:
@JLPTMasteruz
+99894 1621604

📌Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.282806,69.209336&ll=41.282806,69.209336&z=16
Mo'ljal: Ⓜ️Mirzo Ulug'bek metro

Ps: Ayniqsa kechkida o'qiydiganlar uchun mos guruh, kelib o'qib, birdaniga N3 ga topshiraman desangiz, albatta shu guruhga qatnashing!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Pul kerak. Iloji boricha ko‘proq kerak. Lekin biz o‘zimizni shaxsiy kurashimizda yutganligimiz uchun bonus bilan kelsin. Jamiyatning sog‘lom qismiga aylanganimiz uchun, qiymatli bilimimiz, hunarimiz uchun kelsin. Shunchaki quruq o‘zi kerak emas. Quruq o‘zini, shunchaki borligi uchun fohishalar ham oladi. Man sizlarga boshidanoq yetkazmoqchi bo‘lgan g‘oya ham shunda. Natijaga kafolat hech qachon yo‘q. Bu dunyoda kafolat izlagan insonning o‘zi sog‘ emas. Tanamiz qanaqa ishlashiga kafolat bera olmaymiz. Hozir sizlarga shu gapni gapirib turganimda, tanamdagi qaysidir bir hujayra kayfiyatini o‘zgartirsa, Xudo ko‘rsatmasin ertaga davolanishim uchun pul yig‘amiz. Urug‘ini ekib qo‘yib, uni oylar davomida parvarishlagan, mehr bergan dehqon hosil ololmaganda qanaqa ahvolga tushadi? Bu qanchalar og‘riqli ekanligini his qilib ko‘rganmisiz? Va bu og‘riqni siz ham hayotingizni bir qismida his qilishingiz mumkin.

📹 “O’ZGARISH UCHUN YONDASHUV” VIDEOSIDAN

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Yaponiya.... Ikkinchi uyimga aylanib qolgan bu borada shubha yo'q menda. O'qish uchun muhit, tabiat, qulaylik...

Shu vaqtgacha qo'limdan kelgancha kimdir Yaponiyaga kelganda foydasi tegsin deb harakat qilyapman.

37 daqiqalik videoda, Yaponiyaga grant yutish, o'qish va kerakli jihatlar haqida gapalshdik. JLPT MASTER nega ochilgani va nimalar tavsiya qila olamiz shu haqida gapalshdik.

Ko'rib chiqing, vaqtingiz bekorga ketmaydi.

https://youtu.be/hNI38MzMYSA?si=Lbqyq5M6n6xt95V1

Yana bir bor Allohga shukur ishimizni samarali qilishga g'ayrat beryapti.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bunaqa uchrashuvni qanaqa maza ekanligini bilsangiz edi. Baito demay, yetib kelardingiz. Video orqali ko'rib olasiz endi!

Alisher aka haqiqatda ham zamonamiz faylasufi. U insondan o'rganadigan narsa juda ham ko'p!

https://www.facebook.com/share/p/1BbJEMboug/

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

JLPT uchun mukkamal tayyorlanish vaqti

Mana 2024-yildagi ikkinchi marta o'tqazilgan JLPT ham o'z yakuniga yetdi. Testlar saviya jihatdan har bir daraja uchun unchalik darajada murakkab emas.

N3 daraja o'qiganlar 深い、配る、主要 kanjilarini namuncha oson deb bajarishgan bo'lsa, N2 daraja uchun esa 優秀、 迷う、実践 kanjilarini unchalik qiyin bo'lmagan bo'lsa ajab emas. To'g'ri N1 dagi so'zlarining ishlatilishi biroz murakkab bo'lgandir.

Nima bo'lsa yana bir imtixon yakuniga yetdi. Imtixon o'rgangan bilimni sinab berdi. Bu ham sizni haqiqiy kuchingiz, bilimingiz degani emas.

Marra hali oldinda, N5 ga topshirgan bo'lsangiz, N4ni marra qilib oling. N3 bo'lsa, N2 darajaga topshrish maqsad bo'lsin. Keyingi darajaga o'tish kerak. Nega endi, bir narsani boshlagach oxiriga yetmaslik kerak?!

Oxirigacha borish kerak. Bir ishni o'rtacha bilib olib bo'ldi deyish kerak emas. Siz uchun sinov endi boshlandi.

Boshqa tomondan esa, yaxshi dars qilmay testda umuman savollarga tushunmangan bo'lsangiz, siz ham yapon tili men uchun emas ekan deyishga shoshilmang. Siz uchun ham o'z irodangizni sinash uchun sinov endi boshlandi.

Testdan o'tishingizga ishonchingiz kuchli bo'lsa, faqat oldingga bosing. Aksi holatda ham to'xtamang, yana qaytaring, xatolarni tan olib uddalamaguncha ortga qaytmang.

Shuni yodda tuting, iyulgacha bo'lgan tayyorlanish tsikili uchun eng mukammal vaqt, qachonki hozirdan boshlasangiz! Yangi yilga yangi maqsadlarni boshlab, yanada samara bilan kirib borish, keyingi yilni ham barokatli qiladi.

Futbol olamidagi o'z nomini yozib qo'ygan Aleks Fergyusonning quyidagi gaplari juda ham yoqadi: "Men uchun futbolda eng asosiysi bu hech qachon taslim bo'lmaslik. Agar birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgan bo'lsangiz, hech qachon qo'lingizni tushura ko'rmang."

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Kursga yozilish

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

UJCga alohida takliflar bor! Tez orada rasmiy topshiramiz. Umid qilamiz hammasini ko'rib chiqishadi.

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bugun JLPT imtixoni! Ichki xotirjamlik va halollik, nasib qilsa natija!

Imtixonga omad!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#ertagajlpt

Assalamu alaykum yapon tili o'rganayotgan va daraja olib o'z maqsadlari sari oldingga intilishni niyat qilgan qadrli yapon tili bilimdoni!

Mana 2024-yil ham yakunlanib bormoqda. Ertaga esa 2024-yilning ikinchi JLPT imtixoni... Imtixonga tayyormisiz?

Qilgan mehnatingiz, yodlagan kanjilar, o'qilgan matnlar va eshitilgan choukailar natijasi qanday bo'lar ekan deb intiqlik bilan imtixonni kutyapsizmi?

Sizga bir narsani ayta olamanki, agar dildan mehnat qilib, yetarli darajada o'qigan bo'lsangiz, albatta imtixondan o'tasiz.

Shunchaki bugun yaxshilab dam oling, ertalab esa ota-onangizdan duoni olib, Allohdan so'rab, yaxshi niyat bilan imtixonga boring. Biz ishonamizki: siz testni juda ham yaxshi bajarasiz.

O'z orzularingiz yo'lidiga bir ustunni shunchaki qo'yib yubormang! Men uddalayman deb, ishonch bilan harakat qiling!

Ertaga imtixonda omad tilaymiz! Sidqidildan o'rganilgan ilm va qilingan mehnat hech qachon natijasiz qolmaydi.

Hurmat bilan JLPT MASTER jamoasi!

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Ertaga tadbirda kutamiz hammani!

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Uzbek Academic Club in Kanto ilm uchrashuvida katta yangilik!

Bu safargi tadbirda ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid mehmon bo'ladilar.

To'kis ilm uchrashuviga sizni taklif qilamiz. Tokyoda bunaqasi bir marta bo'ladi.

🕓O'tkazilishi sanasi va vaqti: 30-noyabr (shanba), 11:00-14:00

O'tkazilish joy: Tokyo University of Foreign Studies, Sakura hall

🗺https://g.co/kgs/JnwnJGr

Biz sizni TO'KIS ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!

✔️Qatnashish uchun ro'yhatdan o'tish shart emas va ishtirok etish bepul!

@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Kecha Yaponiyada ryuugaku qilayotgan bir o'quvchimiz bilan gapalshib qoldim. N1 kursida o'qiydigan yigit, bilimi bor, N1 bemalol oladi. Bunga shaxsan ishonaman.

"Sensei yaxshilab o'ylab ko'rdim. Yana qaytadan N1 kursida o'qimoqchiman" deb qoldi.

Men esa "nega menimcha bemalol olasiz. Shart emas qayta o'qish" deb javob berdim. U yigit esa: sensei bunaqa dars, sizdan o'rganish menga yoqadi. Yaponiyada ham bunaqa o'qitishmayapti. Iltimos yoq demang.

Ko'zimga yosh keldi. Kelajakda bu yigitdan yaxshi ustoz chiqadi. Ilmni qadriga yetgan insonni qadri baland bo'ladi.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Xalqaro Yoshlar Palatasi (JCI) va men

Mening hayotdan maqsadlarimdan biri - yetuk kadrlar yetishtirish.

Jamiyatimizda yechimini kutayotgan muammolar ko’p. Lekin, aminman-ki, har qanday muammoni ko’tarib gapirganimiz bilan, uni yechadigan inson (kadr) bo’lmasa, barchasi sarob.

Ishonavering, bunday kadrlar portreti - jamiyatdagi muammolarga ko’z yummaydigan, o’z shaxsiy/oilaviy ehtiyojlaridan ortib, o’zgalar uchun yashaydigan, qayg’uradigan birisi ekanligini vijdonimiz aks ettirtiradi.


Ammo, bu mas’uliyat yukini ko’tarib yurish uchun, quruq xohish-istakning o’zi yetmaydi. Iroda insoni o’laroq, doim fikrlashdan, harakatdan to’xtamaydigan, va bu jamiyatda o’zgarish qilishni sevadigan, “o’zgarish qiladigan” birisi bo’lishni taqozo qiladi.

Odatda, bunday shijoat, mardlik kurtaklari, vatan va xalq oldida burch - yoshlarda ko’p ko’rinadi. Bu gaplar biz kattalarga xuddi ertakdek go’yo.

Bu mavzuda bugun gigant tashkilotga aylangan Xalqaro Yoshlar Palatasi (Junior Chamber International, JCI) kimlar uchundir Bill Klinton yoki Aso Taro kabi prezident va bosh-vazirlar yetishtirib chiqaradigan rasmiy tashkilot bo’lsa, boshqalar (va men) uchun jamiyatda o’zgarish qiladigan ko’ngilli yoshlar o’zini sinaydigan butun boshli erkin platformadir.

Mening bu tashkilotga qiziqishim ham aynan JCI Yaponiyaning yorqin vakillaridan Yaponiyaning uzoq yillik bosh va moliya vaziri Janob Aso Taro bilan bog'liq. O’zim ham bu aqlli siyosiy arbobni birinchi bor yaqindan 25-chi O’zbekiston-Yaponiya Biznes Forumida uchratganman. U kishining Janob bosh vazir Shinzo Abe va undan keyingi davrlarda ham O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida eng muhim ko’prik va shaxs, Yaponiya hukumati ichida doim O’zbekistonni qo’llagan inson sifatida ko'raman. Janob Taro bir paytlar JCI Yaponiyaning prezidenti bo’lib yapon jamiyati uchun ko’p ishlarga qo’l urgan bo’lsa, o’tgan yili bu tashkilotning prezidenti uning o’g’li bo’lgandi.

Xo’p, Xalqaro Yoshlar Palatasi (Junior Chamber International, JCI) bugun bizga va sizga nima beradi?
⁃ Birinchi navbatda, men jamiyatga nima berolaman, jamiyatda nima o’zgarish qila olaman deb fikrlashni o’rgatadi - o’z kuchingiz bilan!

Buning uchun, yana qanday imkoniyatlarim beradi?
⁃ Yetakchilik loyihalari,
⁃ Global netvorking,
⁃ Loyihalarda hamkorlik,
⁃ Professional o’sish,
⁃ Madaniy va tolerant bo’lish

Hali bilmadim, bu tashkilotning vakili sifatida jamiyatga qanday foydam tegadi, lekin 2025-yilda JCI O’zbekistonning Milliy bosh kotibi sifatida yoshlar bilan yelkama-yelka ortimizdan nimadur foydali loyihalar qoldirolsak, jamiyatda kichik bo'lsa-da o'zgarish qilolsak, foydamiz tekkanidan hursandmiz.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bir ishni boshlash oson deyishadi, ammo uni yuritish, ayniqsa davom ettirish qiyin. Lekin Yaponiyaning 3 katta markaziy hududlarida tashkil etilgan Uzbek Academic Clubs ishi nihoyatda samarali ketyapti deb ayta olaman. Bunga esa kunchiqar yurtda yashovchi talantli yigit-qizlarimizning saboti va qiziqishi asosiy tirgak bo'lyapti. Rasmda Osaka universitetida o'tgan hafta bo'lib o'tgan 4-yig'ilishimiz aks etgan. Tabiatga foydali Green Bonds masalasi bo'yicha ko'p va ho'p munozaralar qildik.

Keyingi hafta Shanba kuni esa Tokiodagi yig'ilishimiz bo'lib o'tadi. O'zbekistonlik talabalar, albatta kelinglar. Yutqazmaysizlar.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Bitkoin narxi 100 000$ ga chiqdi.

2017 yilda 6k$ga 2ta olib qo’yganingizda, hozir 200k pulingiz bo’lardi.

Yoki bo’lmasdi. Balki 90% investorlarga o’xshab 10k$ga chiqqanda sotib yuborardingiz.

2017-yilda blog boshlab, to’xtatmaganingizda - sohangizda eng kuchli blog bo’lardingiz.

2017-yilda bitta sohani ushlab, kuniga 20 daqiqa o’rganganingizda - top 1% mutaxassis bo’lardingiz.

2017-yilda kichkina xobbi biznes boshlab, haftasiga bitta mijoz qo’shganingizda - o’rta biznes darajasiga chiqardingiz.

Oxirgi uchta holatning hammasida 200kni bir yilda topib qo’yardingiz.

Orzu qilishni to’xtating. Ishni bosing.

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

Bugun bizni xursand qilgan katta yangilikni siz bilan bo‘lishmoqchimiz!

🎓 Bizning ikki nafar o‘quvchimiz Nagoya iqtisodiyot universiteti (名古屋経済大学) bakalavr dasturiga qabul qilindi!

Bu nafaqat ularning mehnatkashligi va irodasining natijasi, balki JLPT MASTER oilasi sifatida birgalikdagi mashaqqatli mehnatimizning yorqin samarasidir.

🚀 Bu natijaga qanday erishildi?

🔥 Mehnat va qat’iyat

📚 JLPT MASTERning mukammal ta’lim dasturi va tajribali ustozlar mehnati

Bu muvaffaqiyat shuni ko’rsatadiki: kuchli orzu, qat’iyat va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq bilan orzularingizni ro‘yobga chiqarish mumkin!
💡 Endi navbat sizga!

O‘zingizni rivojlantirish, ta’lim olish va Yaponiya orzularingiz sari qadam qo‘yish uchun biz bilan birga bo‘ling. JLPT MASTER sizni har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlaydi!

JLPT MASTER – YAPONIYANI ORZU QILGANLAR MANZILI! 🌏✨

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

▶︎ 成功者の考え方

(Muvaffaqiyatli insonning fikrlashi)


Insonning fikrlashi, dunyoqarashi ko’p narsalarni o’zgartirishi mumkin. Har bir insonning kichik bir muammoga bo’lgan yondoshishi turlicha bo’ladi.

Masalan, pul topishga bo’lgan yondoshishni olaylik. Kimdir, tezroq ko’p pul topishni istaydi va turli xil ishlarga o’zini urib ko’radi.

Ammo, bunday insonlar qilayotgan ishlaridan bir narsa o’rganishi juda qiyin bo’ladi. Sababi, ular ishlayotgan ishlarda miyani ishlatishga hojat yo’q.

Aksincha, muvaffaqiyatli insonlar esa, ko’p va birdaniga katta pul topishga shoshilmaydi. Aniq reja bilan va miyasini ishlatib, har bir kichik narsadan ham ko’p narsani o’rganishadi.

O’zining ishini puxta o’rganib, keyin mustaqil ish boshlashadi. O’ziga bo’lgan ishonch ham yuqori bo’lgani uchun, risk qilishdan qo’rqmaydi.

Muvaffaqiyatli inson bo’lish uchun, avvalo odatlarni o’zgartirish kerak. Odatlar o’zgarsa, fikrlash o’zgaradi, fikrlash o’zgarsa, harakatlar o’zgaradi, harakatlar o’zgarsa natija o’zgaradi.


Haftangiz yaxshi o’tsin!

@jalilov_akbar

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💛💛💛

Imtixonga tayyorlanish uchun 模擬テスト (mock test) bajarib ko'ring. 2012 va 2018-yildagi test namunalari!

🎯Quyidagi link orqali kirsangiz, har bir darajaga mos bo'lgan, real imtixonda tushgan test berilgan:

https://www.jlpt.jp/e/samples/sampleindex.html

🕰️Ko'proq vaqtga qo'yib ishlashga harakat qiling! Vaqtga ulgurishni o'rganish juda ham muhim.

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎯 JLPT MASTER nafaqat yapon tilini balki,
Katta maqsadlarga erishishni o'rgatadi.


❗️Iyuldagi JLPT imtixonida 33 ta o'quvchimiz turli darajalarga ega bo'lishdi. Hali JLPT MASTER o'quvchisiga aylanmagan, lekin tezroq o'quvchilarimiz safiga qo'shilishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat.

JLPT MASTERda sizni:

- JLPT N1 va N2 daraja va 6 yillik tajribaga ega SENSEIlar
- alohida jadval asosidagi darslar
-
yapon muhitidagi shinam xona
- oylik 模擬試験 imtihonlar kutmoqda.

⚡️Oktyabr mavsumi uchun qabul davom etmoqda

📋N5 dan N2 darajagacha bo'lgan kurslar uchun guruh ochiladi. Kurs vaqtlari esa o'qishingizga qarab moslab beriladi.

✉️Kursga ro'yhatdan o'tish uchun:
@JLPTMasteruz
+99894 1621604

📌Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.282806,69.209336&ll=41.282806,69.209336&z=16
Mo'ljal: Ⓜ️Mirzo Ulug'bek metro

Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал