yapontili_uzbekistan | Неотсортированное

Telegram-канал yapontili_uzbekistan - Yapon tili va Yaponiya

2866

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdujabborov Ibrohimjon. Kanalda Yaponiya va undagi hayot, o'qish va ish uchun dasturlar haqida ma'lumot berib boraman. Murojaat uchun: @bestkanzen

Подписаться на канал

Yapon tili va Yaponiya

♻️Sakura ifori qachondan boshlanadi☘

Yaponiya tabiatini sakurasiz🌸 tasavvur qilib bo'lmaydi. Yaponiya deganda hayolga dastlab chiroyli 🌸Sakura daraxti va uning xushbo'y ifori keladi. 2023-yil uchun Sakura gullashi bo'yicha taximiniy sanalar e'lon qilindi. Ko'rib qaysi hududga sayohat qilmoqchi bo'lsangiz, shunga qarab tashkil etishingiz mumkin.

Manba: https://n-kishou.com/corp/news-contents/sakura/?lang=en

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Сиз кўриб турган барча кийимлар бор ("наличие"да)!

✔️ Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати мавжуд.
✔️ Бугун буюртма берсангиз, эртага қўлингизда бўлади.
✔️ Карго йўқ, серия кутиш йўқ!

Бу ҳали ҳаммаси эмас! 😳 Каналимизга кирсангиз бунданда кўп ассортиментлар мавжуд!

Каналга уланиш👇
/channel/+cODNCqF2a-JhNTky

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

#kishining_ichida_ikki_qalb_mavjud_emas

1980-yillarda Pomidor texnikasi(pomodoro technique) paydo boʻldi. Bu usulning asosini oʻrganish vaqtida fikr faqat oʻrganilayotgan narsaga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerakligi tashkil etadi.

Endi, bir oz ortga qaytib XI-XII asrlarda yashagan imom Gʻazzoliyning fikrlariga ham eʼtibor beraylik:

"Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi... Har tarafga sochilgan fikr, xayol koʻplab ariqlarga tarqalib ketgan suvga oʻxshaydi:

Uning bir qismini yer shimadi, qolgani havoda bulgʻanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi".

Eʼtibor bersak, yaqin oʻtmishda ham uzoq oʻtmishda ham ilm oʻrganishdagi mantiq oʻzgarmayapti, shunday emasmi?

Biz-chi, biz hozir nima qilamiz:

Kitobdan bir jumla, FBdan bir jumla

Kitobdan bir jumla, Telegramdan bir jumla

Kitobdan bir jumla, Instagramdan bir jumla

Kitobdan bir jumla, Youtubeʼdan bir jumla...

Natija=

imtihonni qayta topshirish;

berilgan vazifani qayta topshirish uchun ustozdan ruxsat soʻrash;

Yoki quyidagi idea paydo boʻladi:

Boʻldi, biznes qilish kerak. Oʻqib olim boʻlarmidim).

Xullas, yuqoridagi natija paydo boʻlmasligi uchun, endi nima qilishni bilamiza)

Manba: https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid08gmXSxd8CneKdjMFpq3ZAyza2HmcdfhoAa8NboWV48LxBkNkopyfsH52UhX9y2Crl&id=100060030548938

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Bir muvvafaqiyat tarixi

Honda 1922-yilda sakkiz yillik maktabni tamomladi. Bir kuni Soichiro gazetada Tokiodagi Art Shokai avtoulovlarini ta'mirlash ustaxonasidagi ish haqidagi e'lonni ko'rib qoldi. Shundan so‘ng u to‘g‘ri Yaponiya poytaxtiga yo‘l oldi. Uni ishga qabul qilishdi, lekin eng yosh xodim bo'lganligi uchun ham unga tozalash va ovqat tayyorlash ishini topshirishdi. Shunga qaramay, avtoservis egasi Soichiroga har kecha poyga mashinasini loyihalashtirish bilan shug'allanadigan ikkinchi ustaxonada qo'shimcha ishlashga ruxsat berdi.

1923-yildagi zilzila paytida Soichiro yonayotgan garajdan uchta mashinani boshqarib olib chiqdi, biroq u avval hech qachon rulga o‘tirmagan edi. Shu voqeadan so'ng Honda Art Shokaida yordamchi sifatida tayinlandi, u ustaxona egalariga, aka-uka Sakakibaralarga Kurtis poyga mashinasini loyihalashda yordam berdi. Soichiro poygalarda poygachilar bo'yicha mexanik edi. Uning jamoasi 1924-yil 23-noyabrda bo'lib o'tgan beshinchi Yaponiya motorli avtomobil chempionatida birinchi o'rinni egalladi.

✍Davomi bor...

✅1-qism uchun havola: /channel/yapontili_uzbekistan/19964

✅2-qism uchun havola: /channel/yapontili_uzbekistan/20047

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🏔Fujisan yaqinidagi ほんちょう ko'chasi. Manzara shunchaki tamosha qilib zerikmaydigan go'zal✨

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

💥Энди атига 327.000 Су́м😍

"VITEK" оригинал Иситгичи келди шошилинг сони кам колмокда!

☀️ Қиш ва Ёз мавсуми учун

● Тўрт хил режимда ишлайди✅
● Пулт орқали бошқарилади ✅
● 25-30 квадратни иситади ✅
● 1-2 КВ (Экономний)✅
● Иситиши +40, Совутиши зор✅

💰Акция нархи: 327.000 СЎМ

🚚 БУЮРТМА БEРИШ УЧУН👇
👉
https://100k.uz/oqim/187267
👉 https://100k.uz/oqim/187267

📧Телеграм: @Zakaz_qabul_qiluvchii

✅ Агар заказ бермоқчи бўлсангиз сайтга кириб телефон номерингизни ёзинг! Мутахасис қўнғироқ қилади.

🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ БЕПУЛ!
Тўловни маҳсулотни қабул қилиб олганда қиласиз!

♻️ Бошқа маҳсулотлар ✅

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

✔️FARZANDINGIZ UCHUN BETAKROR KIYIMLAR KOLLEKSIYASI

✔️ARZON NARXLARDA 1-QO'L

✔️BARCHASI NALICHIDA

✔️BUTUN O'ZBEKISTON BO'YLAB TEZKOR DOSTAVKA


Kanalga ulanish👇👇
/channel/+8Qvl22x1aCU3ODZi
/channel/+8Qvl22x1aCU3ODZi

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Bir nech kun avval MEXT granti uchun qabul boshlangani haqida ma'lumot berib o'tgan edik /channel/yapontili_uzbekistan/19819. Testga tayyorlanish uchun namuna testlar to'plami. Bajarib ko'ring va o'zingizni sinab oling.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

@tavsiyakitob

❗️Yapon tilida hurmat shakli bo'lgan 敬語 (keigo) ning 5 ta shakli bor:

1.尊敬語
2.謙譲語I
3.謙譲語II
4.丁寧語
5.美化語

Keigo hurmat shakli bo'lib, suhbatdoshning qaysi pozitsiyada ekanligiga qarab, unga bo'lgan hurmatni so'zlar orqali e'tirof etish hisoblanadi. Asosan xizmat ko'rsatish, ish sohasi, o'qishda, rasmiy doiralarda ishlatiladi. Va biznes yapon tilining asosiy qismini tashkil etadi.

🔥Batafsil ma'lumotni esa quyidagi kitob orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

​​#PSIXOLOGIK_TEST

Taqdiringizdan nima kutayotganingizdan bilib oling bu kartalar omad haqida so'zlaydi marxamat tanlang.

Biz bilan albatta yuksalasiz!
Yaqinlarga ham ulashing

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Мактаб қизларининг аянчли тақдири 🚷

Ушбу суратдаги қизлар CCCP мактабининг энг алочи қизларидан эдилар. Кунлардан бир кун, уларга янги филмга суратга тушиш таклифи берилди ва улар рози бўлишди. Келишилган жойга борган 12 қизни бир хонага киргизишди ва ... 😢

🙈Давомини ўқиш учун пастдаги тугмани босинг👇👇👇

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Yilni yaxshi xabar bilan yakunlaymiz.

Tashqi ishlar vazirining Yaponiyaga bo'lgan tashrifi yakunlari bo'yicha hisobotda kanalimiz haqida ham ozroq yozishibdi. Shunday e'tibor va munosabat shunchaki emas, yangi yilda yanada yaxshiroq bo'lamiz Inshialloh!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Kurslarga qabul boshlanyapti

Hurmatli kanal kuzatuvchilari e'tibor uchun, yapon tilini o'rganishga qiziqishingiz va kurs bo'yicha yozayotganingiz uchun katta rahmat. Kurs bo'yicha yangilik bor.

🔥Yapon tili N1 darslarini yo'lga qo'ymoqchiman, 12 nafar o'quvchi olaman xolos. Kurs haftada 3 marta toq kunlari bo'lib o'tadi. Agar siz N2 darajaga ega bo'lsangiz, N1 olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, birgalikda bu darajani olishga urunib ko'ramiz. Darslar 6 oy davom etadi.

❗️Oxirgacha bormoqchi va haqiqatda ham natijaga erishmoqchi, grant yutmoqchi bo'lgan yoshlar bolsa aloqaga chiqinglar.

@JLPT_TESTS

Boshqa daraja bo'yicha ham tez orada xabar beraman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Tilni bilmaganim uchun sabrim yetmadi

You tube platformasida "Yaponiyaga ishga borish sohasini korrupsion mafiya qo'lga olmoqchi" degan mahsus ko'rsatuv e'lon qilinibdi. Oxirigacha ko'rib chiqdim. Video uchun havola https://youtu.be/-pnqGlG6lw8 Voqeani batafsil bilmaganim uchun bir nima deya olmayman.

Yaponiyaga ishga kelmoqchi bo'lgan yurtdoshlarimizga shunday demoqchiman. Siz pul bermasangiz ham, o'qisangiz, tilni o'rganib harakat qilsangiz kela olasiz. Va kelib ham qiynalmaysiz.

Men XBA(xususiy bandlik agentligi ) da ishlaganimda kelgan fuqarolar bir savol berishardi, qancha pul bersam tezroq ketaman. Bir ukamiz kelib shunday savol bergandi, men esa eshikni ko'rsatib qo'ygandim.Oradan 1 yil o'tdi, shunday savol bergan ukamiz, yapon tili maktabiga ham kelibdi. Va menga yozdi, ustoz siz to'g'ri aytgan ekansiz, men til o'rganishim kerak ekan. Men qiynaldim, hozir ayraportdaman yurtga qaytayapman. 2 oydan ortig'iga sabrim yetmadi.

Sizni qanchaga sabringiz yetadi? Qachon bir narsaga erishish uchun pulni vosita qilishni to'xtatamiz!?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

‼️#bilasizmi

Yaponiyada Christmas bayramiga nima yeyiladi?🍗

Yaponiyada 1974-yildan beri Krismas bayrami uchun asosiy buyurtma qilinadigan taom bu 🍟🍗KFC hisoblanadi. 2018-yil 20-25-dekabr kunlari 63 million$ lik KFC sotilgan. Dekabr oyi oxiriga kelib, odatdagi ishlardan ko'ra, KFC do'konlaridagi ish 10 barobarga ko'payadi. 1970-yilda birinchi marta Nagoya ochilgan tarmoq, 384 ta do'konga ega bo'ldi. Har yili birgina Yaponiyaning o'zidan 200 million$ tushum bo'ladi.

🔥Dunyoda Kentucky Fried Chicken deb mashhur bo'lgan KFC Yaponiyada Kentucky For Christmas ga aylandi.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️💵💴Yen dollarga nisbatan  o'zining holatiga qaytib bormoqda. Bugun 127.8 gacha tushdi. Nima deb o'ylaysiz yanada tusharmikin?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

❗️ШОШИЛИНГ ЖУДА КАТТА АКЦИЯ ОРГИНАЛ МАХСУЛОТ💯

🎞Видеони кўринг😊👍


💥Энди атига 327.000 Су́м😍

"VITEK" оригинал Иситгичи келди шошилинг сони кам колмокда!

☀️ Қиш ва Ёз мавсуми учун

● Тўрт хил режимда ишлайди✅
● Пулт орқали бошқарилади ✅
● 25-30 квадратни иситади ✅
● 1-2 КВ (Экономний)✅
● Иситиши +40, Совутиши зор✅

💰Акция нархи: 327.000 СЎМ

🚚 БУЮРТМА БEРИШ УЧУН👇
👉
https://mahsulot.com/m/DMlTPd
👉 https://mahsulot.com/m/DMlTPd

📧Телеграм: @ZakazOluvchi

✅ Агар заказ бермоқчи бўлсангиз сайтга кириб телефон номерингизни ёзинг! Мутахасис қўнғироқ қилади.

🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ БЕПУЛ!
Тўловни маҳсулотни қабул қилиб олганда қиласиз!

️ Бошқа маҳсулотлар

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️ 175.000 nafar inson...

Dunyoda yapon tiliga e'tibor qaysi davlatda juda ham yuqori? Nima deb o'ylaysiz? Xitoy? Amerika? Balki Koreadir? Yo'q, adashdingiz, dunyoda yapon tili o'rganishga bo'lgan qiziqish Veytnamda. Jumladan, 2017-yilgi JLPT testida 71.242 nafar Veytnamlik test topshirgan. Taqqoslash uchun, 2011-yilda 14.317 nafar test topshiruvchilar bo'lgan edi bu mamlakatda.

2018-yilda esa Veytnamdagi yapon tili o'rganuvchilar soni 175.000 nafarga yetdi, bundan 115.000 nafari xususiy ta'lim dargohlarida, 31.000 nafari esa oliy ta'limda, 28.000 nafari esa maktabda o'rganishmoqda. Bunga asosiy sabab esa Yaponiya mehnat bozori uchun Veytnam asosiy ishchi yetqazib beruvchi mamlakat ekanligini alohida ta'kidlab o'tish kerak.

O'zbekistonda yapon tili o'rganuvchilar soni qancha deb o'ylaysiz?

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️ Yaponiyadagi ajoyib odat

Yaponlar uylarida 家計ノート deb atalgan xo'jalik daftarini yuritishadi. Bu daftar orqali ular yillik oilaviy harajatlarni yozib borish va uni nazorat qilish imkoniga ega bo'lishadi. Bu xo'jalik daftari juda ham foydali bo'lib, unda har bir oy alohida bo'lib chiqilgan va ichida gaz, svet kabi komunal to'lovlar uchun, oziq-ovqat hatajatlari uchun ham alohida sahifalar ajratilgan. Har bir oyda ishlatilgan elektr, gaz, suv taqsimoti, oziq-ovqat harajatlari, boshqa chiqimlarni qayd etib borish va keyingi oyni rejalashtirish uchun ajoyib qo'llanma.

Menimcha bizda ham shunday xo'jalik daftalarni sotuvga joriy qilish kerak. Bu orqali anchagina moliyaviy savodxonlik darajasini yaxshilash mumkin deb o'ylayman. Yaponiyadagi yurtdoshlarimiz esa Daisodan topishlari mumkin, narxi esa 110 yen (9000 ming so'm atrofida).

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Bir muvvafaqiyat tarixi

Otasiga temirchilik ishlarida yordam bera boshladi, u har kuni qattiq ishlar va kiyimlari esa kuyik bilan ifloslanardi, lekin u juda ham tirishqoq edi.

Maktabda chorak yakunida barcha o'quvchilarga baholari ko'rsatilgan hujjat topshirildi, u hujjatga esa ota-onalar imzo emas oila muhrini bosishlari kerak edi. Soichiro a'lochi talaba emas edi, shu tufayli ham past baholari bilan u ota-onasini xafa qilishni xohlamadi. U eski shinadan oilaviy muhr yasadi va o'zi baho hisobotini "imzoladi". Soichiro shtampni ko‘zguda aks ettirish kerakligini bilmagan edi. U boshqa sinfdoshlari uchun ham soxta muhr yasashni boshladi. Uning familiyasi Honda bo'lib, vertikal yozilganda u nosimetrik joylashar edi, shuning uchun muhr yasashda muammo tug'dirmadi, lekin boshqa bolalarning familiyalari nosimmetrik emas edi. O‘qituvchi buni payqagach, tabassum bilan ba’zi ierogliflar ko‘zguda tasvirlanmaganligini aytdi.

Soichironing otasi uni tushliksiz qoldirib, bir kun davomida bir burchakka tiz cho‘ktirib qo‘ydi. Otasi bu jazoni qalbakilashtirish uchun emas, balki Soichiro naqsh va muhr o‘rtasidagi bog‘liqlikni sezmagani uchun qildi.

✍Davomi bor... (1-qism uchun havola : /channel/yapontili_uzbekistan/19964)

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

​​#PSIXOLOGIK_TEST

Ushbu test kaft chizig'ida. Sevgi munosabatlaringiz qanday bo'lishini bilib oling

O'zingiznoming kaftingizdagi chiziqlarni tanlang

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Haqiqiy insoniylik shudir balki...

Men dam olish kunlari do'konda ishlayman. Ishlar, safarlar bilan bo'lib do'konga bormaganimga ham 1 oycha bob qoldi. Bugun ishga bordim, u yerda ancha vaqtdan beri ishlaydigan yapon ayolini uchratdim. Ismi Okubo xonim. Anchadan beri ishga kelmayotganimni aytib, ahvol so'radi. Men esa undan bayramni qanday o'tqazgani haqida so'radim. Okubo xonim boshiga kulfat tushgani haqida aytib qoldi. "Nima bo'ldi? Yaxshimisiz?" deb so'radim. U esa shunday gap boshladi "Uyimda "Ferrito" ismli burunduq boqaman. U bayram kuni yotaverdi, hech nima yemadi. Keyin doktorga olib bordim. Ferritoyim rak bo'lib qolibdi. 5-6 ta doktorga bordim, bayram kuni qabul qilmaymiz deyishdi. Keyin oxiri Tokyodan 80 km uzoqdagi shifoxonada qabul qilishdi, rakni operatsiya qilib kesib olib tashlashdi. Hozir uyda qarayapman. Kislorod aparat olib kelganman, unga ulab qo'ydim. Har 3 soatda suv berib turishim kerak. Shunga bugun 3 soatgina ishga kirdim."

Men esa to'g'risi hayron bo'ldim, va so'radim: "Qancha mablag' ketdi?". Okubo xonim esa "Doktor ko'rigi va jarrohlik amaliyoti uchun 30 man yen (taxminan 2200 dollar) ketdi. Endi har bir ko'rik uchun 2 man yen (170 dollar) ketadi" deb javob berdi. Men qiziqib so'radim "U yashab ketadimi? Nima deyishdi shifokorlar?". "Yo'q, uzog'i bilan 3 oy yasharkan". Men "Unda shuncha pul sarflashdan sizga nima manfaat bor?" U esa bosiqlik bilan "O'zing o'ylab ko'r, uni o'rnida farzandim yoki turmush o'rtog'im bo'lsa, yoki yaqin do'stim bo'lsa, nima qilardim? Baribir o'ladiku dermidim? U ham tirik jonku, qanday qilib jim turish mumkin?". U yog'iga men gap topa olmadim, haridor kelib qolganini bahona qilib, uzoqlashdim.

Do'stim bu voqeani nega yozdim, bu ayol buncha pul ishlatib yuboradigan darajada boy emas, oyiga ko'pi bilan 1000-1200$ atrofida daromad qiladi. Shunda ham hayvoni uchun borini sarflayapti. Shu onda meni hayolimga kasal bo'b qolsa, ayolini uyiga davolinishga yuborayotgan erkaklar, qo'shnisi hasta bo'lsada menga nima deb e'tibor ham bermaydigan insonlar keldi. Balki insoniylik shudir, nimadandir manfaat izlamaslik, bir tirik jonni saqlab qolish uchun borini berish. Yana bilmadim..... Xulosani esa o'zingizga qoldiraman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🔥Bir muvvafaqiyat tarixi

Siz rasmda ko'rib turgan inson Honda kompaniyasi asoschisi Soichiro Honda. Soichiro 1906 yil 17 noyabrda Yaponiyaning Hamamatsu, Shizuoka shahrida tug'ilgan. Uning onasi Mika to'quvchi bo'lgan va hatto o'z to'quv dastgohini juda murakkab naqshlarni to'qish uchun qaytadan loyihalashtirgan. Uning otasi Gihei temirchi bo'lib, velosiped ta'mirlash bilan shug'ullangan. O'sha yillarda katta shaharlarda velosiped transporti juda mashhur bo'lgan davr edi. Uning otasi Tokioda buzilgan velosipedlarni arzon bahoga sotib olib, ularni ta'mirlab, qimmat narxda sotardi. Soichiro otasiga beshikdanoq yordam bergan va velosiped qismlari uning sevimli o'yinchoqlari edi.

✍️Davomi bor...

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

♻️Nagasakidagi tik turgan yigitcha

1945-yil 9-avgust Amerika dunyoda birinchi bor Nagasaki shahrida atom qurolidan foydalanganidan bir necha soatlardan keyingi holat. Yuqoridagi tasvirdagi 10 yoshli bola sabr bilan yelkasidagi vafot etgan ukasini dafn etish uchun navbatda turibdi. Bola chuqur g'amga botgan. Bola lablarini tishi bilan qattiq tishlab olgan, yig'lamaslikka tirishmoqda. Lablari chetidan qon tommoqda. Qabriston ishchisi bolaga: "Menga orqangdagi jasadni ber, u og'ir" deb aytdi. Bola esa "Bu meni ukam, u og'ir emas".

Bola jim turgan holatda dafn marosimini kuzatdi, jasad yongach esa jim ortga o'girilib ortiga qaytdi. Yaponiyada bu tasvir bugungacha kuch ramzi sifatida qoldi.

✍️Manba: NHK World

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎥 БУ ВИДЕОНИ КЎРГАН 99% ОДАМ КАНАЛГА ОБУНА БЎЛАДИ 🔥


/channel/+5QjTbHe6SttiMGZi
/channel/+5QjTbHe6SttiMGZi

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎶 Har qanday musiqani topib beradigan yangi bot!

Videoni yuborsangiz ham qo'shiq nomini yozsangiz ham topib beradi.
👉 @OxangBot

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

🎄良いお年を!✨

🔥Yapon tili va Yaponiya kanaliga befarq bo'lmagan do'stlar, ustozlar, akalar, opalar, ukalar va singillar. Mana bir yilni ham yakunlayapmiz, bu yilda qaysidir ma'noda bu kanalda ham o'sish bo'ldi. Yil davomida 23 nafar Yaponiya va yurtimizda Yaponiyaga aloqador sohalarda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar bilan suhbat tashkil etdik. Bundan tashqari o'z fikrlarimni berib bordim. Kitoblar, testlar va xabarlar bilan bo'lishib borildi.

💥Sizlarga befarq bo'lmay kuzatib borganlaringiz va vaqtingizni sarflaganingiz uchun tashakkur. Yangi yilda yanada yangi loyihalar bilan sizlarga ajoyib ma'lumotlarni berib borishga harakat qilaman.

🤲Yangi yil sizga 2022-yildanda omadli bo'lsin. 2023-yil quyon yilida o'z hayotingizda yuksaklarga sakrash nasib qilsin! Yangi yilni yaxshi kutib oling.良いお年をお迎えください!

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

Jamiyatdagi muammolarni o'rganib Afrikaliklarga yordam beraman

Yana bir dastur va undan olingan o'zgacha taasurotlar. Qaysi dasturga bormay, Yaponiyadagi maktab o'quvchilari bilan kelajakdagi 10 yilda nima qilmoqchisan va 10 yildan keyin qayerda bo'lasan degan savolga javob olish menga doimo qiziq bo'lgan. Bugun yana 6 nafar yoshga (16-17-yosh atrofidagi 9-sinf o'quvchilari) yuzlandim.

Ulardan biri Retto ismli yigitcha 10 yildan keyin tabiatni asrashga hissa qo'shadigan xalqaro tashkilotda ishlayotgan bo'laman. Yoshligimda kuchukchamni mashina bosib ketib vafot etgan, meni shu kundan boshlab tabiat va hayvonlarga yordam berish hissi bir soniya bo'lsin tark etmagan deya javob berdi.

Yana bir qizaloq Kaori esa kelajakda jamiyatdagi muammolarni o'rganmoqchiman va ochlikdan qiynalyotgan insonlarga yordam berishni xohlayman, buning uchun esa Afrikaga bormoqchiman deb to'lqinlanib gapirdi.

Okayamadan kelgan Nanami esa kelajakda turistlarga xizmat ko'rsatadigan gid bo'lmoqchiligi, Okayamani butun dunyoga tanitish uchun loyihaga hissa qo'shmoqchi ekanligini buning uchun esa ingliz tili muhimligini, shu tufayli ham Tokyoga kelib bugungi dasturda qatnashayotganini aytdi.

Yaponiya jamiyati o'zgarayotgani, yoshlar aynib ketayotgani haqida ko'pchilik gapirsada, men bu yoshlar bilan suhbatda aksincha holatlarni guvohi bo'lyapman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

👑 Qadrli ayollar, sizga Turkiyaning eng oldi brend tekstil maxsulotlari kanalini tavsiya qilaman.

✨Ishonchli
✨Sifatli
✨Boy assortment
✨Yuqori darajadagi servis
✨Viloyatlarga yetkazib berish xizmati mavjud

LUX SARPA LUX SARPA
LUX SARPA LUX SARPA

/channel/+BW1ssQvNWRQ5YmE6

Читать полностью…

Yapon tili va Yaponiya

📣 Career Forum in 名古屋

Ushbu tadbirda siz, turli kompaniyalarda ishlayotgan tajribali “Senpai”lar, “Job hunting” qilayotgan tengdoshlar va Recruiting kompaniyalarda ishlayotgan O’zbek mutaxassislar bilan muloqot qilib, foydali maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Bu tadbir, universitetning 1-4 kurs talabalari, “Senmon gakko" va Yapon tili maktabi talabalari uchun mo'ljallangan.

✍Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lgan vatandoshlar quyidagi ilova orqali royxatdan otishingiz mumkin.
https://docs.google.com/.../1FAIpQLScCfhcstYR.../viewform...
Barchangizni Nagoyada kutib qolamiz.

Ps: Bu akalarimiz bilan bo'ladigan suhbatni o'tkazib yubormaslikni maslahat beraman.

Bizga qoʻshiling | Join us|フォロー
@yapontili_uzbekistan

Читать полностью…
Подписаться на канал